Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 28.08.1992 yildagi PF-464-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni , 28.08.1992 yildagi PF-464-son
Date of entry into force
28.08.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HAVO TRANSPORTINING XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH CHORALARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi va osmon bo‘shlig‘idan foydalanish haqidagi Davlatlararo Bitimni O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish, havo transportining xavfsizligini ta’minlash, aviatsiyasi texnikasining pishiq-puxtaligini va uning xalqaro bozordagi raqobatchilik qobiliyatini yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qo‘yilsinki, aviatsiya xodimlarini, xalqaro va toifalashtirilgan aerodromlarni, ularning uskunalarini sertifikatlash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonun akti qabul qilingungacha aviatsiya texnikasini ishlatuvchilar, ishlab chiquvchilar va tayyorlovchilar, shuningdek fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi va osmon bo‘shlig‘idan foydalanish haqidagi Bitimda qatnashuvchi davlatlarning Kengashi amalda joriy etadigan qoidalarga amal qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ikki va undan ko‘proq davlatlarning manfaatlariga daxl qiladigan aviatsiya hodisalarini nazorat tariqasida taftish etish, havo kemalarini, aviatsiyasi texnikasini ishlab chiquvchilar va tayyorlovchilarni, xalqaro yo‘llarda tashiydigan ishlatuvchilarni, shuningdek xalqaro va toifalashtirilgan aerodromlar hamda ularning uskunalarini sertifikatlash tegishli hujjatlar berilib O‘zbekiston Respublikasining hududida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) tavsiyanomalarini hisobga olib va O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga rioya etgan holda Davlatlaro aviatsiya Komiteti tomonidan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risida va osmon bo‘shlig‘idan foydalanish haqida 1991-yil dekabr oyida Minsk shahrida qabul qilingan Bitimda qatnashuvchi davlatlarning Kengashida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining muxtor vakillari etib tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining Bosh direktori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— V.P. Chkalov nomli Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining Bosh direktori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— O‘zbekiston Respublikasi harbiy havo kuchlarining qo‘mondoni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasining hukumati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va rayonlarning hokimliklari, korxonalar va tashkilotlar aviatsiya hodisalarini taftish qilish va ularning oqibatlarni tugatish chog‘ida Davlatlararo aviatsiya komitetiga zarur yordam va ko‘mak bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 28-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-464-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 417-modda)