Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 14.03.2005 yildagi PQ-29-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 14.03.2005 yildagi PQ-29-son
Date of entry into force
14.03.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-2006-YILLARDA KORXONALARNI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISH DASTURI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati qoʻshma majlisidagi maʼruzasida belgilab berilgan xususiy sektorning jadal rivojlanishini, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishi sifatida ushbu sektorning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi koʻpayishini taʼminlash, shuningdek xoʻjalik jamiyatlarining ustav jamgʻarmalarida davlat ulushini tubdan qisqartirish, ularning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, qimmatli qogʻozlar, eng avvalo ikkilamchi qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-iyuldagi PQ-407-sonli Qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 264-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning 1—3 ilovalarida koʻrsatilgan korxonalar, obyektlar hamda davlatga qarashli boshqa aktivlarni baholash, savdoga qoʻyish va sotish jadvallarini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat tender komissiyasi (R.S. Azimov) uch oy muddatda bolalar sogʻlomlashtirish lagerlarining texnikaviy holatini tekshirib, roʻyxat qilib chiqsin hamda ulardan maqsadli, shu jumladan Oʻzbekiston Bolalar sporti jamgʻarmasiga topshirish yoʻli bilan foydalanish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi qanday bajarilayotganligini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning baʼzi masalalari toʻgʻrisida” 1995-yil 31-avgustdagi 119-1-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda xususiylashtirilishi mumkin boʻlmagan korxonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlarini qisqartirish nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4 va 5-ilovalarga* muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin hamda baʼzilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 4-5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 14-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-29-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 10-11-son, 73-modda; 51-son, 378-modda; 2006-y., 16-son, 132-modda; 23-son, 205-modda; 25-26-son, 231-modda; 28-29-son, 264-modda; 30-son, 289-modda; 2010-y., 1-2-son, 5-modda; 2015-y., 17(1)-son, 216-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)