toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Daryolar, soylar, suv omborlari va boshqa suv havzalari, suv xoʻjaligi obyektlari hamda boshqa barcha suv manbalarini sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa obyektlarning zararli taʼsiridan muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash ishlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tegishli suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash ishlarini ularning ustivorligidan kelib chiqib oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-dekabr,
981-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibini, shuningdek, suv resurslarining ifloslanishi, bulgʻanishi va tanqisligining oldini olish, suv obyektlaridan samarali foydalanish va suv resurslarini oqilona boshqarish uchun ushbu zonalarda xoʻjalik faoliyatini yuritish rejimini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
suv obyekti — suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha toʻplanadigan va suv rejimining oʻziga xos shakllari va belgilari boʻlgan tabiiy (jilgʻalar, soylar va daryolar) hamda sunʼiy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek, kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (koʻllar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlar) va sunʼiy (suv omborlari, sel suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari, shuningdek, buloqlar va boshqa obyektlar;
suv xoʻjaligi obyekti — suv resurslarini toʻplash, boshqarish, yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularni isteʼmol qilish, ajratib berish va muhofaza qilish maqsadida suv xoʻjaligi faoliyati amalga oshiriladigan suv obyekti;
xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi — jismoniy va yuridik shaxslarning xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari uchun suvni manbadan olish, tozalash, zararsizlantirish, uzatish va saqlash inshootlari hamda suvni yetkazib beruvchi yopiq quvurli tarmoqlardan iborat suv xoʻjaligi inshootlar kompleksi;
suv sathi chizigʻi — suv sathining suv obyekti oʻzani (qirgʻoq) bilan kesishgan chizigʻi;
suv obyektlarini muhofaza qilish — suv obyektlarini saqlash va tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi;
suvni muhofaza qilish zonasi — sanitariya holatini zarur darajada saqlash, suvning ifloslanishi va bulgʻanishining hamda suv obyektlarini tuproq eroziyasi mahsulotlari bilan loyqa bosishining oldini olish, shuningdek, qulay suv rejimini tashkil etish va ushlab turish maqsadida maxsus foydalanish rejimi va xoʻjalik faoliyati yuritish oʻrnatiladigan suv obyektlarining oʻzanlari yoki atrofiga tutash tabiiy hudud;
suv fondi yerlari — suv obyektlari, suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;
sohil boʻyi mintaqasi — tabiiy yer usti suv obyektlari, shuningdek, foydalanilayotgan, loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan suv xoʻjaligi obyektlarining suvni muhofaza qilish zonasi doirasida suv obyekti boʻylab yoki uning atrofida suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash hamda suv resurslarini oqilona boshqarish va hisobini yuritish uchun qatʼiy rejim oʻrnatiladigan tabiiy hudud;
sanitariya-muhofaza zonasi — ichimlik, maishiy va davolash-sogʻlomlashtirish maqsadlari uchun foydalanilayotgan, loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan suv obyektlariga tutash, rejim asosida muhofaza etiladigan, ularni sanitariya-epidemiologik jihatidan ishonchliligini taʼminlash maqsadida tashkil qilinadigan tabiiy hudud;
sanitariya-himoya mintaqasi — foydalanilayotgan, loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi, shuningdek, mineral suvlar va boshqa davolash vositalari manbalarining sanitariya-muhofaza zonasi ichida ulardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash hamda xoʻjalik-ichimlik suvini oqilona boshqarish, hisobini yuritish uchun qatʼiy rejimda tashkil qilinadigan tabiiy hudud;
yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari — daryolarning uvalarida, yoyilma konuslarda, togʻ yonbagʻirlarining etaklarida tashkil qilinadigan va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;
baliq xoʻjaligi zonalari — suv obyektlarini yoki ularning qismlarini oʻz ichiga oladigan, noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan baliqlar va boshqa suv organizmlari turlarini saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun, shuningdek, baliq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar.
3. Suv obyektlarining bulgʻanishi, ifloslanishi, qurib qolishi va tuproq eroziyasi mahsulotlari bilan loyqa bosishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, shuningdek, qulay suv rejimini saqlash, suv obyektlaridan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlash va tiklash ishlarini olib borish uchun normal shart-sharoit yaratish maqsadida qonunchilikka muvofiq suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari belgilanadi va ulardan sohil boʻyi mintaqalari uchun yer maydonlari ajratiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Jismoniy va yuridik shaxslarning xoʻjalik-ichimlik va davolash-sogʻlomlashtirish ehtiyojlari uchun ishlatiladigan suvlarni muhofaza qilish uchun qonunchilikka muvofiq suv obyektlarining sanitariya-muhofaza zonalari belgilanadi va ulardan sanitariya-himoya mintaqalari uchun yer maydonlari ajratiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya-muhofaza zonalari birinchi mintaqalarining yerlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan xoʻjalik faoliyatidan olib qoʻyiladi hamda ulardan normal foydalanish uchun zarur boʻlgan tabiatni muhofaza qilish, suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash hamda suv resurslarini oqilona boshqarish, hisobini yuritish va boshqa tadbirlar oʻtkazilishini amalga oshirishni taʼminlash maqsadida mansubligiga koʻra tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tabiiy suv obyektlari boʻyicha bunday yerlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tasarrufida boʻladi.
2-bob. Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini tashkil qilish
6. Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari va sohil boʻyi mintaqalari, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonalari va sanitariya-himoya mintaqalari loyihalar asosida ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish hamda davlat geologiya va mineral resurslar organlari, shuningdek, suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning takliflari boʻyicha belgilanadi.
7. Suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash, ulardan sohil boʻyi mintaqalarini ajratish, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash va ulardan sanitariya-himoya mintaqalarini ajratish boʻyicha loyihalar (keyingi oʻrinda loyihalar deb ataladi):
tabiiy suv obyektlari boʻyicha — alohida har bir shunday suv obyekti boʻyicha;
suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha — ularni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash loyihalari tarkibida yoki alohida ishlab chiqiladi.
8. Quyidagilar loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachilar hisoblanadi:
tabiiy yer usti suv obyektlari boʻyicha — ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari;
tabiiy yer osti suv obyektlari boʻyicha — geologiya va mineral resurslar organlari;
suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash loyihalari tarkibida ishlab chiqilganda — ushbu loyihalarning ixtisoslashgan buyurtmachi tashkilotlari;
suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha alohida ishlab chiqilganda — ulardan foydalanuvchi tashkilotlar.
9. Loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti (keyingi oʻrinlarda “Oʻzdaverloyiha” loyihalash instituti deb ataladi) tomonidan, zaruratga koʻra, boshqa loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda ishlab chiqiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 721-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son)
10. Loyihalar dala tadqiqotlari va topografik izlanishlar, gidrologik, gidrogeologik, muhandislik-geologik, sanitariya-epidemiologik, agrotexnik, tuproq va geobotanik maʼlumotlar, murakkab geologik va gidrogeologik sharoitli suv obyektlari boʻyicha esa qoʻshimcha ilmiy-tadqiqot ishlari hamda mazkur nizom talablari asosida ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi.
11. Suvni muhofaza qilish zonalari va sohil boʻyi mintaqalari, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonalari va sanitariya-himoya mintaqalarining hududlarini belgilash va ajratish ishlari buyurtmachilarning loyiha hujjatlari asosidagi takliflariga binoan:
tuman va viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan suv obyektlari boʻyicha — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining;
transchegaraviy, viloyatlararo va alohida ahamiyatga ega boʻlgan suv obyektlari, shuningdek, respublika ahamiyatiga ega boʻlgan kurortlar va sanatoriylarning mineral suv manbalari hamda boshqa davolash vositalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etiladi.
12. Suv obyektlarida suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash hamda ajratish ishlari quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
a) buyurtmachi tashkilot tomonidan:
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash uchun dastlab tegishlicha ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari, suv xoʻjaligi organlari, Sanepidqoʻm organlari, geologiya va mineral resurslar organlari hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi organlarining taqdimnomasini (xulosasini) olish taʼminlanadi;
(12-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
“Oʻzdaverloyiha” loyihalash institutini shartnoma asosida jalb qilgan holda suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha loyihani belgilangan tartibda ishlab chiqish tashkil etiladi;
loyiha ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari, Sanepidqoʻm organlari (suvi xoʻjalik-ichimlik va davolash-sogʻlomlashtirish maqsadlarida ishlatiladigan suv obyektlari boʻyicha), geologiya va mineral resurslar organlari (tabiiy yer osti suv obyektlari boʻyicha), suv xoʻjaligi organlari (yer usti suv obyektlari boʻyicha), shuningdek, manfaatdor boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi;
(12-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash va ajratish boʻyicha takliflar tayyorlanadi hamda belgilangan tartibda tegishlicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilinadi;
b) buyurtmachilar tomonidan suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash va ajratish boʻyicha kiritilgan takliflar tegishlicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
13. Suvni muhofaza qilish zonasiga kiritilgan yerlar, daryolar, qurimaydigan soylar, suv omborlari va boshqa suv havzalari, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining sohil boʻyi, shuningdek, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti va mineral suv manbalarining sanitariya-muhofaza zonalari birinchi mintaqasidan tashqari yerlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar hamda fuqarolardan olib qoʻyilmaydi va ushbu Nizom talablariga rioya qilingan holda ular tomonidan foydalanilishi mumkin.
14. Buyurtmachi tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda muhandislik, irrigatsiya-melioratsiya, sanitariya-texnik va boshqa suv muhofaza tadbirlari rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.
3-bob. Suv omborlari va boshqa suv havzalarining suvni muhofaza qilish zonalarini va sohil boʻyi mintaqalarini belgilash
15. Suv omborlari va boshqa suv havzalarining suvni muhofaza qilish zonalari ularning butun perimetri boʻyicha belgilanadi va ularning doirasida sohil boʻyi mintaqalari ajratiladi.
Suv omborlari va boshqa suv havzalarining suvni muhofaza qilish zonasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
sohilning 50 yil ichida yuvilishi (yemirilishi) bashorat qilinadigan zona (yangi qurilish chegaralangan zona);
soylik, jarlik, sohil boʻyi qiyaliklari, qiyaligi 5 gradusdan koʻp boʻlgan va nuragan yerlarni oʻz ichiga oluvchi eroziya jihatdan aktiv zonalar, suv omborlari va boshqa suv havzalariga bevosita tutashib ketadigan siljuvchi yer uchastkalar;
suv omborlari va boshqa suv havzalari suv sathining maksimal darajaga koʻtarilishi sharoitida vaqtincha suv bosgan zonalar;
doimiy suv bosgan zonalar;
suv omborlari va boshqa suv havzalarining sohillaridagi ihota daraxtzorlari.
16. Suvni muhofaza qilish zonasining chegaralari joyning oʻziga xos xususiyatlari eʼtiborga olingan holda, muvaqqat suv oqimlarining tabiiy va sunʼiy suv ayrigʻichlari, daryo vodiysi, yoʻl-transport tarmoqlari va boshqa muhandislik inshootlari chetlariga mos tushgan tarzda belgilanadi.
17. Suv omborlari sigʻimlarining suvni muhofaza qilish zonasi ichki chegarasi suvning normal koʻtarilgan suv sathi chizigʻidan, boshqa suv havzalariniki esa oʻrtacha koʻp yillik suv sathi chizigʻidan belgilanadi.
Suv omborlari toʻgʻoni, suv olish va suv chiqarish hamda boshqa inshootlari suvni muhofaza qilish zonasining ichki chegarasi ularning eng chekka konturlaridan (chegaralari) belgilanadi.
18. Suvni muhofaza qilish zonalarining kengligi suv omborlari va boshqa suv havzalarining vazifasidan, ularga tutash yerlarning xususiyatlari hamda ulardan xoʻjalik maqsadlarida foydalanish sharoitlari, shuningdek, joyning relyefidan kelib chiqqan holda, quyidagicha boʻlishi mumkin:
katta suv omborlari va boshqa suv havzalari (sigʻimi 1,1 mlrd. kub metrdan 10 mlrd. kub metrgacha boʻlgan) atrofida — 200 — 250 metr;
oʻrtacha suv omborlari va boshqa suv havzalari (sigʻimi 0,6 dan 1 mlrd. kub metrgacha boʻlgan) atrofida — 150 — 200 metr;
kichik suv omborlari va boshqa suv havzalari (sigʻimi 0,2 dan 0,5 mlrd. kub metrgacha boʻlgan) atrofida — 100 — 150 metr;
juda kichik suv omborlari va boshqa suv havzalari (sigʻimi 0,1 mlrd. kub metrdan kam boʻlgan) atrofida — 50 — 100 metr.
Suv omborlari va boshqa suv havzalarining suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash boʻyicha loyihalarni ishlab chiqishda joylardagi haqiqiy holatni toʻliq oʻrgangan holda suvni muhofaza qilish zonalari kengligining yuqori chegarasiga aniqlik kiritilishi mumkin. Bunda suvni muhofaza qilish zonalari kengligining pastki chegarasini kamaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
19. Suv obyektlarida baliq xoʻjaligi zonalari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq xoʻjaligi, suv xoʻjaligi va veterinariya organlarining taqdimnomasiga binoan belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Baliqchilik xoʻjaliklari sunʼiy suv havzalarida suvni muhofaza qilish zonasining kengligi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qirgʻoqlarni mustahkamlash va himoya qilish talablari eʼtiborga olingan holda, alohida ishlab chiqiladigan loyihalar asosida belgilanadi.
Baliq xoʻjaliklari zonalarida baliqlar va boshqa suv organizmlarining saqlab qolinishi, takror koʻpaytirilishi va tiklanishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Baliqchilik ahamiyatiga ega boʻlgan suv havzalarida (suv omborlarida) xoʻjalik faoliyati suv havzasidan (suv omboridan) foydalanish boʻyicha belgilangan tartiblarga rioya qilish va oʻz faoliyatini taʼminlash uchun mablagʻlar jalb qilish kafolatlangan tarzda suv havzasi egasi (suv ombori) va foydalanuvchi oʻrtasida shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlarining yerlarida joylashgan kichik suv havzalari (suv omborlari) atrofidagi suvni muhofaza qilish zonalari joyning xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi va ulardan sanitariya talablariga rioya qilingan holda foydalaniladi.
20. Suv omborlari va boshqa suv havzalarining sohil boʻyi mintaqasida xoʻjalik faoliyati qatʼiy belgilangan rejimda yuritiladi.
Sohil boʻyi mintaqasi tarkibiga suvni muhofaza qilish zonasi chegarasidagi choʻmilish joylari, turistlar uchun tomosha maydonlari, qirgʻoq kamarlari, tuproq siljishi xavfi boʻlgan va nurashga moyil hududlar kiradi.
21. Suv omborlari va boshqa suv havzalarining sohil boʻyi mintaqalarining eng kam oʻlchamlari suv sigʻimi hisobga olingan holda, ularga tutash yerlarning (haydaladigan yerlar, pichanzor va boshqalar) turiga va qiyaliklarning tikligiga bogʻliq ravishda, suv omborlari va boshqa suv havzalaridan ishonchli foydalanish talablaridan kelib chiqib belgilanadi.
Sohil boʻyi mintaqalarining eng kichik kengligi haydaladigan yerlar va koʻp yillik daraxtzorlar, oʻrmonlar hamda butazorlarda:
sohil nishabligi 3 gradusgacha boʻlganda — 35 — 55 metr;
sohil nishabligi 3 gradusdan 8 gradusgacha boʻlganda — 55 — 100 metr kenglikda belgilanadi.
Sohil nishabligi 8 gradusdan yuqori boʻlgan hollarda sohil boʻyi mintaqasining kengligi har bir holat uchun alohida belgilanadi.
Suv omborlari va boshqa suv havzalarining sohil boʻyi mintaqalarini belgilash boʻyicha loyihalarni ishlab chiqishda joylardagi haqiqiy holatni toʻliq oʻrgangan holda sohil boʻyi mintaqalari kengligining yuqori chegarasiga aniqlik kiritilishi mumkin. Bunda sohil boʻyi mintaqalari kengligining pastki chegarasini kamaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Barcha holatlarda, sohil boʻyi mintaqasining tashqi chegarasi suv omborlari va boshqa suv havzalarining tegishli suv sathi chizigʻidan boshlab 20 metrdan kam boʻlmagan kenglikda belgilanadi.
22. Suv omborlari va boshqa suv havzalarining yuviladigan uchastkalarida sohil boʻyi mintaqasining eng kam kengligi qirgʻoqning 5 — 10 yilda bashorat qilinadigan chekinishi miqdori hisobga olingan holda koʻpaytirilishi kerak.
23. Aholi punktlari doirasida suv omborlari va boshqa suv havzalari sohil boʻyi mintaqalarining oʻlchamlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, Sanepidqoʻm organlari, shuningdek, favqulodda vaziyatlar, qurilish, suv xoʻjaligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va tegishliligi boʻyicha boshqa organlar bilan kelishilgan holda aniq sharoitlardan kelib chiqib belgilanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
24. Baliqchilik xoʻjaligi ahamiyatiga ega boʻlgan suv obyektlari uchun suvni muhofaza qilish zonasining kengligi veterinariya, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, suv xoʻjaligi organlari oʻrtasida kelishiladi hamda kirgʻoqni mustahkamlash, qirgʻoqni himoya qilish va ekologiya talablarini buzmaslik kafolatlangan holda oʻrnatilgan tartibda belgilanadi.
25. Agar ushbu Nizomning 21 — 23 bandlariga muvofiq belgilangan sohil boʻyi mintaqasining tashqi chegarasi suv ombori va boshqa suv havzasi uchun ajratilgan suv fondi yerining chegarasiga nisbatan qirgʻoqqa yaqin boʻlsa, sohil boʻyi mintaqasi ajratilgan suv fondi yerining chegarasi boʻyicha belgilanadi, agar ajratilgan yerdan narida boʻlsa, sohil boʻyi mintaqasining chegarasi ajratilgan suv fondi yeri doirasidan tashqariga chiqishi mumkin.
4-bob. Daryo va qurimaydigan soylarning suvni muhofaza qilish zonasini va sohil boʻyi mintaqasini belgilash
26. Suvni muhofaza qilish zonalari ular egallagan hududlar kimga tegishli va kim tomonidan foydalanishidan qatʼi nazar, doimiy yoki vaqtinchalik oqimga ega boʻlgan barcha daryolar va qurimaydigan soylar boʻylab belgilanadi.
27. Suvni muhofaza qilish zonasiga qayirlar, yer osti suvlari sizib chiqqan yer uchastkalari, toshqin paytida suv bosadigan yer uchastkalari, qayir yuqorisidagi birlamchi terrasalar, oʻzak qirgʻoqlarining chetlari va tik qiyaliklari, daryo vodiysiga toʻgʻridan-toʻgʻri tushuvchi jarliklar, koʻchkili yer uchastkalari, qirgʻoqlarning yuvilgan uchastkalari kiradi.
28. Daryolarning suvni muhofaza qilish zonalarining ichki chegaralari oʻrtacha koʻp yillik suv sathi chizigʻidan boshlab qabul qilinadi.
29. Daryolar va qurimaydigan soylarning suvni muhofaza qilish zonalarining kengligi geomorfologik, gidrogeologik sharoitlar hisobga olingan holda, tutash yerlardan foydalanish xususiyatiga hamda oʻrtacha koʻp yillik suv sarfiga koʻra quyidagi oʻlchamda qabul kilinishi mumkin:
yirik daryolarda (suv sarfi sekundiga 100 kub metrdan ortiq) — 300 — 500 metr;
oʻrtacha daryolarda (suv sarfi sekundiga 5 kub metrdan 100 kub metrgacha) — 100 — 300 metr;
kichik daryolarda (suv sarfi sekundiga 2 kub metrdan 5 kub metrgacha) — 50 — 100 metr;
juda kichik daryolarda (suv sarfi sekundiga 2 kub metrgacha boʻlgan qurimaydigan soylar) — 35 — 50 metr.
Suvni muhofaza qilish zonasining kengligi daryoning butun uzunligi boʻylab, uning har bir boʻlagida suv sarfiga bogʻliq ravishda belgilanadi.
Daryolar va qurimaydigan soylarning suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash boʻyicha loyihalarni ishlab chiqishda joylardagi haqiqiy holatni toʻliq oʻrgangan holda, suvni muhofaza qilish zonalari kengligining yuqori chegarasiga aniqlik kiritilishi mumkin. Bunda suvni muhofaza qilish zonalari kengligining pastki chegarasini kamaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
30. Daryo va qurimaydigan soylarning suvni muhofaza qilish zonasi doirasida sohil boʻyi mintaqasi ajratib koʻrsatiladi.
Bu mintaqada xoʻjalik faoliyati yuritish va har qanday turdagi qurilish ishlari taqiqlanadi, suv xoʻjaligi obyektlarini qurish bundan mustasno.
Daryo va qurimaydigan soylar sohil boʻyi mintaqasining kengligi oʻrtacha koʻp yillik suv sathi chizigʻiga koʻra aniqlanadi hamda daryolarda ularga tutashib ketgan ekin maydonlariga va sohil qiyaligiga, shuningdek, daryolarning suv sarfiga bogʻliq ravishda quyidagi oʻlchamda belgilanadi:
haydaladigan yerlar va koʻp yillik daraxtzorlar egallagan maydonlarda sohil qiyaligi 3 gradusgacha boʻlsa — 35 — 55 metr, 3 gradusdan ortiq boʻlsa — 55 — 100 metr;
pichanzor va yaylovlarda sohil qiyaligi 3 gradusgacha boʻlsa — 25 — 35 metr, 3 gradusdan ortiq boʻlsa — 35 — 50 metr;
oʻrmon va daraxtzor-changalzor maydonlarda sohil qiyaligi 3 gradusgacha boʻlsa — 35 — 55 metr, 3 gradusdan ortiq boʻlsa — 55 — 100 metr.
Sohil boʻyi mintaqasining eng katta oʻlchami yemiriluvchan (yuviluvchan) tuproqlarga tegishlidir.
Daryolar va qurimaydigan soylarning sohil boʻyi mintaqalarini belgilash boʻyicha loyihalarni ishlab chiqishda joylardagi haqiqiy holatni toʻliq oʻrgangan holda sohil boʻyi mintaqalari kengligining yuqori chegarasiga aniqlik kiritilishi mumkin. Bunda sohil boʻyi mintaqalari kengligining pastki chegarasini kamaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Togʻ daryolari va qurimaydigan soylar uchun sohil boʻyi mintaqa kengligi har bir aniq holatda tutashgan yerlardan foydalanish xususiyati va ularning suv holatiga tasiridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Aholi punktlari doirasida daryo va qurimaydigan soylarning sohil boʻyi mintaqasining oʻlchamlari shaharsozlik bosh rejasini eʼtiborga olib, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, Sanepidqoʻm, favqulodda vaziyatlar, qurilish, suv xoʻjaligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va tegishliligi boʻyicha boshqa organlar, shuningdek, suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda, joylardagi aniq sharoitlardan kelib chiqib belgilanadi.
(30-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Yer tuzish loyihasi boʻyicha daryo va qurimaydigan soylar egallagan yerlar va ularning sohilboʻyi mintaqalari Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 20-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori asosida tegishlicha suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoniga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
5-bob. Kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining suvni muhofaza qilish zonalari hamda sohil boʻyi mintaqalarini belgilash
31. Suvning holatiga taʼsir koʻrsatishning oldini olish maqsadida suvi xoʻjalik-ichimlik va davolash-sogʻlomlashtirish maqsadlari uchun ishlatiladigan kanallar boʻylab suvni muhofaza qilish zonalari belgilanadi, ulardan sohil boʻyi mintaqalari ajratiladi.
Suvi xoʻjalik-ichimlik va davolash-sogʻlomlashtirish maqsadlari uchun ishlatiladigan kanallarning suvni muhofaza qilish zonalari kengligi geomofologik, gidrogeologik sharoitlar, ularga tutash yerlardan foydalanish xususiyati hisobga olingan holda belgilanadi hamda ularning normal suv sathi chizigʻidan quyidagi oʻlchamlarda qabul qilinadi:
suv oʻtkazish qobiliyati sekundiga 50 dan 100 kub metrgacha boʻlgan kanallar uchun — 50 — 70 metr;
suv oʻtkazish qobiliyati sekundiga 100 dan 150 kub metrgacha kanallar uchun — 70 — 100 metr;
suv oʻtkazish qobiliyati sekundiga 150 kub metrdan ortiq boʻlgan kanallar uchun — 100 — 150 metr.
Suvi xoʻjalik-ichimlik va davolash-sogʻlomlashtirish maqsadlarida ishlatiladigan kanallar boʻylab suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash boʻyicha loyihalarni ishlab chiqishda joylardagi haqiqiy holatni toʻliq oʻrgangan holda, suvni muhofaza qilish zonalari kengligining yuqori chegarasiga aniqlik kiritilishi mumkin. Bunda suvni muhofaza qilish zonalari kengligining pastki chegarasini kamaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ushbu mintaqalarga nasos stansiyalar, suv oluvchi boshqa mashina va mexanizmlar oʻrnatish, suv olish va suv tashlash inshootlarini qurish faqat suv xoʻjaligi organlari, tozalangan oqava suvlarini tashlash holatlarida esa qoʻshimcha ravishda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, Sanepidqoʻm organlari hamda ulardan foydalanuvchi tashkilotlarning ruxsatnomasi bilan amalga oshirilishi mumkin.
(31-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
32. Suvi sugʻorish va texnik ehtiyojlar uchun ishlatiladigan suv xoʻjaligi obyektlari, jumladan kanallar, ikki va undan ortiq fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlarga xizmat koʻrsatadigan sugʻorish tarmoqlari, barcha kollektor-drenaj tarmoqlari boʻylab, shuningdek, boshqa suv xoʻjaligi inshootlari atroflarida ulardan foydalanish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash hamda suv resurslarini oqilona boshqarish, hisobini yuritish va boshqa tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida faqat sohil boʻyi mintaqalari belgilanadi.
33. Sohil boʻyi mintaqalarini belgilashda:
kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari suvini yer usti suv oqimlari bilan ifloslanishidan, ularning oʻzanlarini loyqa bosishdan, yon qiyaliklari (devorlari)ning yuvilish va oʻpirilish (koʻchish) jarayonidan, suvning holatiga taʼsir etuvchi boshqa harakatlardan himoya qilishni;
kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlaridan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash hamda suv resurslarini oqilona boshqarish va hisobini yuritish, oʻzanlarni tozalashda chiqqan tuproqlarni joylashtirish, shuningdek, shamol eroziyasiga uchragan hududlarda ihotazorlar tashkil qilishni nazarda tutish lozim.
Kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari shaharlar, tumanlar markazlari va qishloq aholi punktlari ichidan oʻtgan hollarda ularni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish jarayonida chiqarilgan tuproqlar ushbu hududlardan texnikalar yordamida chiqarib tashlanadi hamda tuproq uyumlarini joylashtirish uchun sohil boʻyi mintaqasiga qoʻshimcha yer maydoni ajratilmaydi.
34. Sohil boʻyi mintaqalarining ichki chegaralari kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining normal suv sathi chizigʻidan boshlab belgilanadi. Tashqi chegarasi esa ulardan foydalanish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish, suv resurslarini boshqarish va hisobini yuritish uchun avtotransport, texnika, mashina va mexanizmlarning harakatlanishiga yoʻl boʻlishni, oʻzanlarni tozalashdan chiqadigan tuproqlarni joylashtirish hamda shamol eroziyasiga qarshi kurashish uchun ihotazorlarni barpo qilishni eʼtiborga olgan holda, ajratilgan yerlarning chegarasiga muvofiq boʻlishi lozim.
35. Sohil boʻyi mintaqasi hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, boshqa suv xoʻjaligi obyektlari uchun ajratiladigan yer uchastkalari kengligi ularning namunaviy qirqimlari, shuningdek, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash ishlari loyihalariga koʻra hamda ularning haqiqiy holatini joyida oʻrgangan holda yer ajratishning amaldagi qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari sohil boʻyi mintaqasi kengligining eng kam oʻlchami:
umumiy chuqurligi 0,75 — 2 m boʻlgan ikki va undan ortiq fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlarga xizmat koʻrsatadigan sugʻorish tarmoqlari normal suv sathi chiziqlari boʻylab kamida 5 metr;
umumiy chuqurligi 2 — 5 metr boʻlgan kanallar va kollektor-drenaj tarmoqlari normal suv sathi chiziqlari boʻylab kamida 6,5 — 9 metr;
umumiy chuqurligi 5 — 10 metr va undan ortiq boʻlgan kanallar va kollektorlar normal suv sathi chiziqlari boʻylab kamida 9,5 — 12 metr belgilanadi.
Kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari sohil boʻyi mintaqalari kengligining eng kam oʻlchamlari ularning boʻyida mavjud boʻlgan va yangidan joylashtiriladigan tuproq uyumlari, shuningdek, tashkil qilinadigan ihotazorlar va boshqa xususiyatlarni eʼtiborga olib sohil boʻyi mintaqalarini belgilash boʻyicha loyihalarni ishlab chiqishda koʻpaytirilishi va aniqlik kiritilishi mumkin. Bunda sohil boʻyi mintaqalari kengligining pastki chegarasini kamaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Temir-beton lotokli sugʻorish tarmoqlaridan foydalanish, suvni boshqarish va hisobini yuritish hamda ularni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish uchun bir tarafi boʻylab 4,5 metr, ikkinchi taraf boʻylab esa 1 metr kenglikda sohil boʻyi mintaqasi ajratiladi.
36. Murakkab geologik va gidrogeologik yerlardan oʻtuvchi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining sohil boʻyi mintaqalari qoʻshimcha ilmiy-tadqiqot ishlari asosida belgilanadi.
37. Shaharlar, tumanlar markazlari va qishloq aholi punktlari doiralarida kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xoʻjaligi obyektlari sohil boʻyi mintaqalarining oʻlchamlari shaharsozlik bosh rejasini eʼtiborga olib, atrof-muhitni muhofaza qilish, Sanepidqoʻm, favqulodda vaziyatlar, qurilish, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, suv xoʻjaligi va tegishliligi boʻyicha boshqa organlar, shuningdek, suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda, aniq sharoitlardan kelib chiqib belgilanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
38. Kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining sohilboʻyi mintaqalarini belgilash boʻyicha loyiha hujjatlarida koʻrsatilgan hududlar Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 20-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori asosida tegishlicha ulardan foydalanuvchi suv xoʻjaligi va boshqa tashkilotlarga ajratib beriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)
6-bob. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti manbalarining sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash
39. Barcha foydalanilayotgan, loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimlarining sanitariya-epidemiologik jihatidan ishonchliligini taʼminlash maqsadida suv manbalarining hamda xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi inshootlarining sanitariya-muhofaza zonasi va sanitariya-himoya mintaqasi belgilanadi.
Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi obyektlari atrofida sanitariya-muhofaza zonalari va sanitariya-himoya mintaqalari, mineral suvlar va boshqa davolash vositalari atrofida esa sanitariya-muhofaza zonalari tegishliligi boʻyicha belgilanadi va ajratiladi.
40. Yer usti va yer osti suv manbalarining xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti uchun suv olish joylaridagi sanitariya-muhofaza zonasi uch mintaqadan iborat:
birinchi mintaqa — qatʼiy tartibli mintaqa;
ikkinchi va uchinchi mintaqalar — xoʻjalik faoliyati cheklangan tartibli mintaqalar.
41. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti yer usti manbalarining sanitariya-muhofaza zonasi birinchi mintaqasining chegaralari suv olish joylaridan quyidagicha masofada belgilanadi:
a) daryo va kanallar uchun:
oqim boʻylab yuqoriga — kamida 200 metr;
oqim boʻylab quyiga — kamida 100 metr;
suv olish joyiga tutashib ketuvchi sohil boʻylab yoz-kuz oylaridagi suv sathi chizigʻi boʻyicha kamida 100 metr;
qarama-qarshi sohil tomon yoʻnalishda:
daryo va kanallar kengligi 100 metrdan kam boʻlganda — yoz-kuz oylaridagi suv sathi chizigʻidan ularning oʻzanlari boʻylab 50 metr;
daryolar va kanallar kengligi 100 metrdan koʻp boʻlganda — ularning oʻzanlari boʻylab kengligi kamida 100 metr mintaqa;
b) suv omborlari va koʻllar uchun:
akvatoriya boʻyicha barcha yoʻnalishlarda — kamida 100 metr;
suv olinadigan joyga tutashib ketuvchi sohil boʻyicha suv omborida — normal koʻtarilgan suv sathi chizigʻidan, koʻlda yoz-kuz mavsumidagi suv sathi chizigʻidan kamida 100 metr.
42. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti yer usti manbalarining sanitariya-muhofaza zonasining ikkinchi mintaqasi chegaralari quyidagicha belgilanadi:
a) daryo va kanallar uchun:
oqim boʻylab yuqoriga, shu jumladan irmoqlar, — daryo va kanallar kengligi va uzunligi boʻyicha suv oqimi oʻrtacha tezligidan hamda yoz-kuz mavsumida suv sathining oʻrtacha oylik suv sarfi 95 foiz taʼminlanganda, suvning mintaqa chegarasidan suv olish joyigacha oqib kelish vaqtidan kelib chiqqan holda kamida 3 sutka;
oqim boʻylab quyiga — birinchi mintaqa chegarasidan kamida 250 metr;
yon tomondagi chegaralar — yoz-kuz mavsumidagi suv sathi chizigʻida tekis relyefda 500 metr, togʻli relyefda — daryo yoki kanal tomonga qaragan birinchi qiyalikning yuqorisigacha, lekin qiyalama nishablikda 750 metrdan va tik qiyalikda 1000 metrdan koʻp boʻlmagan;
b) suv omborlari va koʻllar uchun:
akvatoriya boʻylab barcha yoʻnalishlarda shamollar soni suv olish joyiga tomon 10 foizgacha boʻlganda 3 kilometr masofagacha, shamollar soni 10 foizdan ortiq boʻlganda 5 kilometrgacha;
yon tomondagi chegaralar — suv omborida normal koʻtarilgan suv sathi va koʻlda suvning yoz-kuz mavsumidagi suv sathi chizigʻidan tekis relyef boʻlganda 500 metr masofada, togʻlik relyefda — suv ombori yoki koʻlga qaragan birinchi qiyalikning yuqorisigacha, lekin yotiqroq qiyalikda 750 metrdan va tikroq kiyalikda 1000 metrdan koʻp boʻlmagan.
43. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti yer usti manbalari sanitariya-muhofaza zonasining uchinchi mintaqasi chegaralari daryo va kanallar oqimi boʻylab yuqoriga va quyiga yoki ikkinchi mintaqa uchun boʻlganidek, suv ombori va koʻllarning akvatoriyasi boʻylab barcha tomonlarga, yon tomondagi chegaralar — suv ayirgich boʻylab, biroq daryo va kanallar yoki suv omborlari va koʻllardan 3 — 5 kilometrdan koʻp boʻlmagan masofada boʻlishi kerak.
44. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti yer osti manbai sanitariya-muhofaza zonasining birinchi mintaqasi chegaralari yakka suv olish joyidan (tik quduq, kon qudugʻi, suv yigʻgich) yoki guruhli suv olishda eng chekkadagi suv olish inshootidan boshlab quyidagicha masofada belgilanishi kerak:
muhofaza qilingan yer osti suvlaridan foydalanilganda — 30 metr;
yetarlicha muhofaza qilinmagan yer osti suvlaridan foydalanilganda — 50 metr;
infiltratsion suv olish joylarida suv manbaining yuzasidan kamida 150 metr;
oʻzan osti suv olish joylarida yoki infiltratsion suv olish joyini taʼminlovchi uchastkada — ushbu Nizomning 43-bandiga muvofiq suv taʼminoti yer usti manbaning birinchi mintaqasi zonasiga oʻxshash;
yer osti suvlari zaxiralari yopiq tipdagi infiltratsion inshootdan sunʼiy ravishda toʻldirilganda — 50 metr, ochiq tipda — 100 metr.
45. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti yer osti manbai sanitariya-muhofaza zonasi ikkinchi mintaqasining chegarasi iqlim rayonlariga va mikrob bilan ifloslanishining suv olish joyiga qadar 100 dan 300 sutkagacha siljishi hisobga olingan holda muhofazalanganligiga koʻra belgilanadi.
46. Ushbu zonaning uchinchi mintaqa chegarasi suvning kimyoviy ifloslanishi suv olish joyiga siljishi vaqtiga koʻra aniqlanadi. U suv olish joyidan foydalanishning qabul qilingan muddatidan ortiq boʻlishi, lekin 25 yildan kam boʻlmasligi kerak.
Suv saqlaydigan qatlamning infiltratsion taʼminot sharoitida sanitariya-muhofoza zonasining ikkinchi va uchinchi mintaqalarini ushbu Nizomning 42 va 43-bandlariga muvofiq suv taʼminoti yer usti manbaining ikkinchi va uchinchi mintaqalari chegaralariga mutanosib ravishda qabul qilish kerak.
47. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi inshootlari (nasos stansiyalari, suvni tayyorlash stansiyalari, sigʻimlar) sanitariya-muhofaza zonalari birinchi mintaqa chegarasidan va uning atrofida sanitariya-himoya mintaqasi (qoʻriqlash zonasi)dan iborat boʻlishi kerak.
48. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi inshootlari hududi sanitariya-muhofaza birinchi mintaqasining chegarasi maydonning oʻrab olinishiga mos keladi va quyidagi masofada boʻlishi kerak:
toza suv sigʻimlari devoridan, filtrlardan, kontaktli yoritgichlardan — kamida 30 metr masofada;
qolgan boshqa inshootlardan va xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimlari minorasidan kamida 15 metr masofada.
49. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti manbai sanitariya-muhofaza zonasining ikkinchi mintaqasi tashqarisida joylashgan xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimlari inshootlarining toʻsiqlari atrofidagi sanitariya-himoya mintaqasi kamida 100 metr kenglikka ega boʻlishi kerak.
50. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi boʻylab sanitariya-himoya mintaqalari belgilanadi, ularning kengligi eng chekkadagi suv tarmogʻidan boshlab hisoblanadi:
suv tarmogʻi qurilishi tugallangan hududda quruq tuproqqa yotqizilganda — diametri 1000 millimetrgacha boʻlganda kamida 10 metr va diametri undan katta boʻlganda kamida 20 metr, nam tuproqda — diametridan qatʼi nazar, kamida 50 metr;
qurilish ishlari amalga oshirilgan hududda Sanepidqoʻm hamda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi organlari bilan kelishilgan holda, mintaqa kengligining yuqorida koʻrsatib oʻtilgan oʻlchamlarini kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
(50-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
7-bob. Davolash-sogʻlomlashtirish maqsadlari uchun foydalaniladigan mineral suv manbalarining sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash
51. Aholini davolash va madaniy-sogʻlomlashtirish maqsadlarida foydalaniladigan mineral suv manbalari, shifobaxsh balchiq olinadigan joylar, mineral koʻllar atrofida davolash manbalarining tabiiy fizik va kimyoviy xossalarini saqlash, shuningdek, ularni buzilishdan, ifloslanishdan hamda kamayib ketishidan asrash maqsadida sanitariya-muhofaza zonalari belgilanadi.
Bir yoki bir-biriga bogʻliq bir necha mineral suv konlaridan, aralash choʻmilish joylaridan va boshqa tabiiy davolash vositalardan foydalanilganda ular uchun yagona sanitariya-muhofaza zonasi belgilanishi mumkin.
52. Sanitariya-muhofaza zonasi qatʼiy tartibli, cheklangan va kuzatuv kabi uch zonaga boʻlinadi.
53. Birinchi zona mineral suvlar yuzaga chiqadigan, shifobaxsh balchiq konlari, mineral koʻllar, suvidan davolash maqsadlarida foydalaniladigan koʻrfazlar, choʻmilish joylari, shuningdek, dengizning sohil boʻyi mintaqasi va choʻmilish joylariga tutashib ketuvchi, kengligi kamida 100 metrli hududni qamrab oladi.
54. Ikkinchi zona:
yer usti suvlarning mineral suvlar yuzaga chiqadigan joyga, shifobaxsh balchiq konlariga, mineral koʻllar va koʻrfazlarga, mineral manbalar hosil qilishda ishtirok etuvchi mineral va chuchuk suv sirkulyatsiyaga uchraydigan yer yuzasidan uncha chuqur boʻlmagan joylarga tomon oqishi yuz beradigan hududni;
mineral suvlar va shifobaxsh balchiqlar tabiiy hamda sunʼiy saqlanadigan joylarni;
sanatoriy-kurort va dam olish tashkilotlari joylashgan hududni, shuningdek, loyiha hujjatlariga koʻra istirohat bogʻlari, oʻrmon-parklar va boshqa koʻkalamzor joylar barpo qilish moʻljallangan hududlarni qamrab oladi.
Bunday yerlarni kurortning sanitariya-muhofaza zonasi uchun nazarda tutilgan qoidalarga rioya kilinmagan holda foydalanish mineral suv va shifobaxsh balchiqlarning ifloslanishi, ular tarkibining oʻzgarishi yoki miqdorining kamayib ketishi yoxud tabiiy davolash vositalarining yomonlashuviga olib kelishi mumkin.
55. Uchinchi zona (uning tashqi chegaralari sanitariya-muhofaza zonasi chegaralari bilan mos tushadi) gidromineral resurslar toʻyinadigan va shakllanadigan tevarak-atrofdagi barcha hududlar va ular atrofidagi oʻrmon daraxtzorlarni, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonasi uchun belgilangan qoidalarga amal qilmagan holda xoʻjalik maqsadlarida foydalanilishi mineral suv va shifobaxsh balchiq konlarining gidrogeologik rejimiga, sanitariya va landshaft-iqlim sharoitlarga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hududlarni oʻz ichiga oladi.
8-bob. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarida xoʻjalik faoliyatini yuritish tartibi
56. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalariga kirgan yerlar, sohil boʻyi va sanitariya-himoya mintaqalaridan tashqari yerlar ushbu yerlardan foydalanuvchi hamda ijarachilardan olib qoʻyilmaydi, ular tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya qilingan holda foydalaniladi.
57. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarori bilan:
daryolar va qurimaydigan soylarning sohil boʻyi mintaqalari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda boshqa tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlash, shuningdek, yer uchastkalaridan samarali foydalanish maqsadida yerdan foydalanuvchi hamda ijarachilarga;
suv xoʻjaligi obyektlarining sohil boʻyi mintaqalari ushbu obyektlardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash, suv resurslarini oqilona boshqarish va hisobini yuritish, shuningdek, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlash hamda yer uchastkalaridan samarali foydalanish maqsadida ushbu obyektlardan foydalanuvchi tashkilotlarga beriladi.
58. Kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining sohil boʻyidagi tuproq uyumlari egallagan maydonlar ulardan foydalanuvchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda fuqarolar, fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa tashkilotlarga oʻz mablagʻlari hisobidan tuproq uyumlarini olib tashlash yoki tekislash ishlarini bajarib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, shuningdek, tuproq uyumlarini qurilish materiallari sifatida ishlatish uchun muddatli (vaqtincha) foydalanishga yoki ijaraga shartnoma asosida berilishi mumkin.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
59. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti va mineral suvlar manbalari sanitariya-muhofaza zonalarining birinchi mintaqalari yer uchastkalari bilan birgalikda suv olish va boshqa inshootlar qurish uchun belgilangan tartibda bu inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlarga foydalanishga beriladi.
60. Suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, qurimaydigan soylar, shuningdek, suvi xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti ehtiyojlari uchun ishlatiladigan kanallarning suvni muhofaza qilish zonalarida quyidagilar taqiqlanadi:
oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklariga, begona oʻtlarga qarshi ishlatiladigan zaharli kimyoviy vositalarning har qanday turini qoʻllash va koʻmish;
zaharli kimyoviy vositalar, pestitsidlar, gerbitsidlar va mineral oʻgʻitlar saqlanadigan omborlar, zaharli kimyoviy vositalar apparatlarini toʻldiradigan maydonchalar, aviatsiya-kimyo ishlarini olib borish uchun uchish-qoʻnish yoʻllari qurish;
markazlashgan kanalizatsiya tarmoqlari boʻlmagan yangi uy-joylar va turistik komplekslarni qurish;
kanalizatsiya-tozalash inshootlarini va oqava suvlarning turli xil sigʻimlarini (toʻplagichlarini) qurish;
yangi qabristonlarni joylashtirish va mavjudlariga yangi mayitlarni qoʻyish;
chorvachilik va parrandachilik fermalari, nobud boʻlgan hayvonlar, chorva mollari, parrandalar va baliqlarni koʻmish joylarini qurish;
chiqindi, shu jumladan kimyoviy va radioaktiv moddalarni ishlab chiqarish chiqindilarini joylashtirish, shuningdek, suyultirilgan goʻngdan sugʻorishda foydalanish;
transport vositalari va boshqa texnikalar uchun toʻxtash joylari, yonilgʻi-moylash materialarini quyish shaxobchalari, tuzatiladigan, yuviladigan va texnik qarovdan oʻtkaziladigan joylar qurish;
qor qoplami ustidan oʻgʻit solish, tarkibida mahalliy goʻng boʻlgan oqava suvlarni zararsizlantirmasdan oʻgʻit sifatida foydalanish, shuningdek, tozalanmagan sanoat va xoʻjalik-maishiy oqava suvlarni tashlash;
chorva mollarini tartibsiz oʻtlatish, ayniqsa jarlik-botqoq joylarda, yaylovlarni payhon qilish;
daraxt va butalarni kesish, oʻrmonni parvarishlash uchun kesish va sanitariya kesish bundan mustasno.
Suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar va qurimaydigan soylar hamda yer osti chuchuk suv hosil boʻladigan hududlarning suvni muhofaza qilish zonalarida suvning holatiga taʼsir koʻrsatuvchi qurilish, kovlash, qirgʻoqlarni mustahkamlash va portlatish ishlarini olib borish, foydali qazilmalar va suv oʻtlarini olish, ularni qayta ishlash, quvurli tarmoqlar va kommunikatsiya kabellarini yotqizish, burgʻilash, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlarni bajarish ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, Sanepidqoʻm va Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda favqulodda vaziyatlar va suv xoʻjaligi organlari bilan kelishilgan holda faqat mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ruxsati boʻyicha amalga oshiriladi.
(60-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suv omborlari va boshqa suv havzalarining tegishli suv sathlari chizigʻidan 2 kilometr masofagacha aviatsiya yordamida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlariga zararli kimyoviy vositalarni sepish taqiqlanadi.
61. Sohil boʻyi mintaqasi doirasida ushbu Nizomning 60-bandida belgilangan cheklashlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilar taʼqiqlanadi:
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda suv xoʻjaligi organlari, shuningdek, suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar roziligisiz hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ruxsatisiz qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirish (yosh daraxt qatorlari orasiga ekilgan vaqtinchalik ekinlar bundan mustasno);
organik va mineral oʻgʻitlarni saqlash va qoʻllash;
chorva mollarini boqish va ularni saqlash joylarini tashkil etish;
har qanday turdagi doimiy va vaqtinchalik bino va inshootlar, shu jumladan molxona, oʻtinxona, hojatxona va boshqalar qurish (suv xoʻjaligi inshootlarini qurish bundan mustasno);
maxsus ajratilgan joylar tashqarisida palatkalar shaharchasini qurish, qayiqlar bogʻlab qoʻyiladigan joylar qilish;
mineral oʻgʻitlardan boʻshagan idishlarni saqlash va yoʻq qilish;
mineral oʻgʻitlarni transportda tashish va sepishda qoʻllanilgan idishlar, mashina va asbob-uskunalarni tozalash va yuvish;
jun, kanop va teri yuvish.
Ushbu band qoidalari kanalizatsiya tizimiga yoki filtratsiyadan himoyalangan oʻralarga ulangan, avvaldan mavjud uy-joylar, ommaviy dam olish hududlari va turistik majmualar uchun tadbiq etilmaydi.
62. Daryo oʻzanlarini oʻzgartirish, ulardan foydali qazilmalar qazib olish va suv obyektlari holatiga taʼsir qiladigan boshqa ishlarni bajarishga faqat favqulodda vaziyatlar, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda suv xoʻjaligi organlarining, shuningdek, davlat geologiya va mineral resurslar organlarining ruxsatnomasi belgilangan tartibda olingandan soʻng yoʻl qoʻyiladi.
63. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti yer usti va yer osti manbalari sanitariya-muhofaza zonasining birinchi mintaqasi hududida, shuningdek, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi inshootlari sanitariya-muhofaza zonasining birinchi mintaqasi hududida quyidagilar taqiqlanadi:
xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi asosiy inshootlaridan tashqari qurilishning barcha turlari;
uy-joy va jamoat binolarini joylashtirish, odamlarning, shu jumladan xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimida ishlovchi xodimlarning yashashi;
xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi inshootlariga xizmat koʻrsatuvchi quvurlardan tashqari boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan quvurlarni oʻrnatish;
oqava suvlarni yer usti suv manbalariga chiqarish, choʻmilish, chorva mollarni sugʻorish va boqish, baliq ovlash, zararli kimyoviy vositalar, pestitsidlar, gerbitsidlar, mineral va organik oʻgʻitlar qoʻllash, saqlash va koʻmish, transport vositalarini yuvish;
barcha binolar suvni chiqarib tashlashning eng yaqin kanalizatsiya tizimiga ulangan, oqava suvlarni tozalash inshootlari birinchi mintaqa tashqarisiga joylashgan boʻlishi kerak, kanalizatsiya mavjud boʻlmagan taqdirda, sanitariya talablari hisobga olingan holda suv filtratsiya boʻlmaydigan (sizmaydigan) handaklar qazilishi kerak;
yer usti suv oqimini birinchi mintaqa tashqarisiga chiqarish taʼminlanishi kerak;
daraxtlarni sanitariya maqsadida kesish va ularni parvarish qilishga yoʻl qoʻyiladi.
64. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti yer usti va yer osti manbalari sanitariya-muhofaza zonasi ikkinchi mintaqasi hududida, shuningdek, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi inshootlari sanitariya-himoya mintaqasi doirasida quyidagilar taqiqlanadi:
hududning maishiy chiqindilar, mahalliy goʻng, sanoat va qurilish chiqindilari, maishiy oqavalar va boshqalar bilan ifloslanishi;
zaharli kimyoviy moddalar va mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi-moylash materiallari, oʻra-chuqurlar, shlam saqlanadigan joylar va xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti manbalarining kimyoviy ifloslanishiga olib keluvchi boshqa inshootlarni joylashtirish;
nobud boʻlgan hayvon, parranda va baliqlar koʻmiladigan joylar, qabristonlar, assenizatsiya va filtrlash dalalari, sugʻoriladigan yer uchastkalari, mahalliy goʻng saqlanadigan joylar, silos saqlanadigan chuqurlar, chorvachilik va parrandachilik tashkilotlarini, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti manbalarining mikrob bilan ifloslanishiga olib keluvchi boshqa inshootlarni joylashtirish;
bevosita toshqin xavfi boʻlgan davrda muzlagan yoki qor bilan qoplangan dalaga oʻgʻit solish, oʻgʻitlarni aviatsiya yordamida sepishda sochilib ketishiga yoʻl qoʻyish;
qum va shagʻal qazib olish, shuningdek, oʻzan tubini chuqurlash ishlari olib borish;
sanitariya-muhofaza zonalari birinchi mintaqasining tashqi chegaralaridan 500 metr masofada chorva mollari, shuningdek, parranda va baliq boqish.
65. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti yer usti va yer osti manbalarining sanitariya-muhofaza zonasi uchinchi mintaqasi hududida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi hamda Sanepidqoʻm organlari bilan kelishib amaldagi sanitariya normalari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda, xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
66. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimining sanitariya-himoya mintaqalari zonalarida hojatxonalar, yuvundi oʻralar, mahalliy goʻng saqlanadigan joylar, axlatxonalar hamda tuproq va yer osti suvlarining ifloslanishi uchun sharoit yaratuvchi boshqa inshootlar boʻlmasligi kerak.
Chiqindixonalar hududida, assenizatsiya va filtrlash dalalari, qabristonlar, nobud boʻlgan hayvonlar, parranda va baliqlar koʻmiladigan joylarda xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimini qurish taqiqlanadi.
67. Mineral suv manbalari, shifobaxsh balchiq konlari, mineral koʻllarning sanitariya-muhofaza zonalari doirasida tuproq, suv, havoni ifloslantiruvchi, oʻrmonlar va boshqa daraxtzorlarga zarar yetkazuvchi, eroziya jarayonlari rivojlanishiga olib keluvchi hamda suvning tabiiy davolash xossalariga va hududning sanitariya ahvoliga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi barcha ishlar taqiqlanadi.
Sanitariya-muhofaza zonalarida tabiiy davolash vositalarining zarur darajasidagi sanitariya holatini taʼminlovchi, shuningdek, davolanish va dam olish uchun qulay sharoitlar yaratuvchi sanitariya-sogʻlomlashtirish hamda boshqa chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
68. Birinchi zona hududida:
tabiiy davolash vositalaridan foydalanish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan fuqarolarning doimiy yoki vaqtincha yashashlari;
bino va inshootlar qurish, kon qazish va tuproq ishlari bajarilishi;
manbaning tabiiy davolash xossalariga va hududning sanitariya holatiga zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa harakatlarni qilish taqiqlanadi.
69. Ikkinchi zona hududida:
aholining davolanishi va dam olishi bilan bogʻliq boʻlmagan bino va inshootlar qurish;
kurortning rivojlanishi va obodonchiligi bevosita bogʻliq boʻlmagan kon ishlari va boshqa ishlarni bajarish;
shimuvchi quduqlar qurish;
sugʻoriladigan va yer osti filtratsiya maydonlar, qabristonlar, nobud boʻlgan hayvonlar, parranda va baliqlar koʻmiladigan va chorva mollari ommaviy haydab oʻtiladigan joylarni tashkil qilish;
oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash maqsadida zaharli kimyoviy vositalarni qoʻllash;
yashil daraxtzorlarni chopib tashlash (oʻrmonni parvarish qilish uchun kesish va sanitariya kesishlaridan tashqari) hamda yer uchastkalari, oʻrmonlar va suv havzalaridan davolash vositalari sifatining yomonlashuviga yoki ularning kamayishiga olib kelishi mumkin boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
70. Uchinchi zona hududida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi hamda Sanepidqoʻm organlari bilan kelishgan holda, tabiiy davolash vositalariga va hududning sanitariya holatiga salbiy tasir koʻrsatishi mumkin boʻlmagan barcha ish turlariga yoʻl qoʻyiladi.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
71. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ekologiya va atrof-muhit muhofazasi hamda Sanepidqoʻm organlarining tavsiyasi bilan mahalliy sanitariya-gigiyena sharoitlarini hisobga olgan holda, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi obyektlari suvni muhofaza qilish zonalarida xoʻjalik faoliyatiga qoʻshimcha cheklovlar qoʻyishi mumkin.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
9-bob. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini kelishish va tasdiqlash tartibi
72. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
73. Buyurtmachi:
loyihani ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda texnik topshiriq tayyorlaydi, uni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, Sanepidqoʻm (sanitariya-muhofaza zonasi boʻyicha), qurilish va Qishloq xoʻjaligi vazirligi (obyekt shaharlar, tumanlar markazlari va qishloq aholi punktlari hududidan oʻtganda) organlari bilan kelishadi va uni tasdiqlaydi;
(73-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti bilan loyihani ishlab chiqish boʻyicha belgilangan tartibda shartnomani rasmiylashtiradi.
74. “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti:
suv xoʻjaligi, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimining rivojlanishini hisobga olgan holda, ulardan foydalanish boʻyicha amaldagi normativlarga, atrof-muhit muhofazasi hamda yer tuzishning hududiy sxemalari va kompleks dasturlariga, tegishli joyning shaharsozlik bosh rejasi, shuningdek, mazkur nizomga amal qiladi;
suv inshootlari joylashgan yerlarning hamda yer osti suvlari sathi tushgan va koʻtarilgan zona doirasidagi tutashib ketgan hududning zoogeografik, ov qilish xoʻjaligi, suv xoʻjaligi, geobotanik, tuproq, oʻrmon xoʻjaligi, gidrogeologik xususiyatini oʻrganadi;
xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti manbai akvatoriyasining ixtiologik, baliq xoʻjaligi, gidrogeologik, gidrobiologik, gidrokimyoviy xususiyatini oʻrganadi (suv olish inshooti stvoridan 2 kilometr yuqori va 2 kilometr quyi zona hajmida);
sanitariya-epidemiologik vaziyat, shuningdek, flora va faunaning alohida muhofaza etiladigan turlari, suv inshootlari taʼsiri zonasida joylashgan tabiat yodgorliklari, qoʻriqxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplaydi va oʻrganadi;
suvning ifloslanishi va bulgʻanishining oldini olish, unumdor yer maydonlarini va hududning mavjud tuzilishini eng koʻp darajada saqlab qolish, yemirilish jarayonlarini, yerning botqoqlanishini va boshqa zararli taʼsirlarni toʻxtatish hisobga olingan holda, suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash hamda amaldagi norma hamda qoidalarni qoʻllash imkoniyatlarini oʻrganadi va tekshiradi;
suvning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi inshootlar roʻyxatini aniqlaydi;
suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari, shuningdek, sohil boʻyi va sanitariya-himoya mintaqalarining chegaralarini rejali-kartografiya asosga tushiradi hamda uchastka va yer-suvning tartibi hisobga olingan holda umumiy maydonni aniqlaydi. Rejali-kartografiya asosida suvni muhofaza qilish zonasi va unga tutashib ketgan uchastka chegarasida oldin turli ehtiyojlar uchun ajratilgan barcha uchastkalar chegarasi koʻrsatiladi;
suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarining oʻlchamlarini asoslovchi, inshootning atrof-muhitiga taʼsiri darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va boshqa texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar tayyorlaydi;
inshootlarni qurish, suvning holatiga, hududning obodonchiligiga va boshqalarga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi korxonalar, binolar va inshootlarni yopish yoki buzib tashlash yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
75. Buyurtmachi:
ishlab chiqilgan loyihani loyiha tashkiloti bilan birgalikda belgilangan tartibda tegishli tashkilotlardan ekspertizadan oʻtkazadi;
suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha tegishli takliflarni hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tegishli qarori loyihasini ishlab chiqib, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar, Sanepidqoʻm organlari (sanitariya-muhofaza zonasi boʻyicha), suv xoʻjaligi (yer usti suvlari boʻyicha), geologiya va mineral resurslar (yer osti va mineral suvlar boʻyicha), qurilish va “Oʻzdavergeodezkadastr” qoʻmitasi (obyekt shaharlar, tumanlar markazlari va qishloq aholi punktlari hududidan oʻtganda) organlari hamda suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar bilan kelishadi;
(75-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
kelishilgan taklif va qaror loyihasini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda tegishlicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim qiladi.
76. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari huzuridagi Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyalar tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
77. Materiallarning komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
komissiya tarkibi;
suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalariga kiritiladigan yer uchastkalariga tavsif;
yer uchastkasidagi qurilishlar, inshootlar, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xoʻjaligi inshootlari, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi, koʻp yillik daraxtzorlar, ularning balans qiymati;
suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini maʼqullash toʻgʻrisida komissiya xulosasi;
ekologiya va atrof-muhitni, moddiy madaniy meʼros obyektlarini muhofaza qilish, suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini, shuningdek, sohil boʻyi va sanitariya-himoya mintaqalari uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish boʻyicha tavsiya etiladigan chora-tadbirlar;
komissiyaning ixtiyoriga koʻra boshqa masalalar.
78. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarining komissiya tomonidan maʼqullangan chegaralari (hududlari):
tuman ahamiyatiga ega boʻlgan kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xoʻjaligi inshootlari, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi boʻyicha — ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, Sanepidqoʻm, suv xoʻjaligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tuman organlari bilan;
(78-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
viloyat va Toshkent shahri ahamiyatiga ega boʻlgan kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xoʻjaligi inshootlari, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi, mineral suv manbalari va boshqa suv obyektlari boʻyicha — ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, Sanepidqoʻm, suv xoʻjaligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi viloyat organlari bilan;
(78-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
transchegaraviy, viloyatlararo va alohida ahamiyatga ega boʻlgan suv obyektlari, shuningdek, mineral suv manbalari va respublika ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa kurortlar va sanatoriylar davolash vositalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishiladi.
(78-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 721-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son)
Baliqchilik sanoati ahamiyatiga ega boʻlgan inshootlarning suvni muhofaza qilish zonalari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xoʻjaligi hamda veterinariya organlari bilan kelishiladi.
Daryolar, qurimaydigan soylar, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xoʻjaligi inshootlari, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi shahar, tumanlar markazlari va qishloq aholi punktlari hududi boʻyicha oʻtganda suvni muhofaza qilish zonalari va sohil boʻyi mintaqalari tegishli qurilish va Qishloq xoʻjaligi vazirligi organlari bilan kelishiladi.
(78-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 721-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son)
Mineral suv manbalari va boshqa mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan kurortlar va sanatoriylar davolash vositalarining sanitariya-muhofaza zonalari sogʻliqni saqlash va kasaba uyushmalari viloyat organlari bilan, respublika ahamiyatiga ega boʻlganlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishiladi.
79. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha tasdiqlashga taqdim etiladigan materiallar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
komissiyaning suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash toʻgʻrisidagi dalolatnomasi;
davlat va boshqa organlarning suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari kelishilganligi toʻgʻrisidagi xulosalari;
rejali-kartografiya material.
80. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza qilish zonalarini belgilash boʻyicha tasdiqlashga taqdim etiladigan materiallar yuborilgan tegishli davlat tashkilotlari ularni 3 kun ichida koʻrib chiqadi va koʻrish natijalari boʻyicha oʻzlarining asosli xulosalarini beradi.
81. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari:
tuman ahamiyatiga ega boʻlgan kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlar, shuningdek, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi va boshqa suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha — tumanlar hokimlarining qarorlari bilan;
viloyat va Toshkent shahri ahamiyatiga ega boʻlgan daryolar, qurimaydigan soylar, suv omborlari va boshqa suv havzalari, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, shuningdek, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi va boshqa suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari bilan;
transchegaraviy, viloyatlararo va alohida ahamiyatga ega boʻlgan suv obyektlari, shuningdek, mineral suv manbalari va respublika ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa kurortlar va sanatoriylar davolash vositalari boʻyicha — Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
82. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarining tegishli tartibda tasdiqlangan chegaralari (hududlari) joyning oʻzida (naturada) ogohlantiruvchi belgilar bilan ifodalanadi.
83. Loyiha tashkiloti tomonidan har bir suv obyektining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari hududining pasporti ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklda tayyorlanadi.
Muhofaza etiladigan hududning pasportida inshootning nomi, belgilangan zonalar (mintaqalar) va bu zonalardagi yerdan foydalanish tartibi koʻrsatiladi.
Pasportga belgilangan zonalar (mintaqalar) chegarasi (hududi) aks ettirilgan kartografik material ilova qilinadi.
Pasport mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari tomonidan imzolanadi va xoʻjalik faoliyati tartibiga rioya qilinishini nazorat qilish uchun davlat nazorati va boshqa manfaatdor organlarga yuboriladi.
84. Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida va ularga tutashib ketuvchi hududlarda suvni ifloslanish, bulgʻalanish va kamayib ketishdan muhofaza qilishni, shuningdek, suv holati va undan foydalanish tartibi yaxshilanishini taʼminlovchi quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi, jumladan:
texnologik chora-tadbirlar — sanoat suv taʼminotining suv aylanishi tizimlari, oqava suv tozalash va zararsizlantirish inshootlarini qurish;
oqava suvlar qoldiqlaridan iqtisodiyot tarmoqlarida foydalangan holda utillashtirish boʻyicha;
sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish obyektlari oqava suv tozalash va zararsizlantirish inshootlarining barqaror ishlashini taminlovchi texnologik jarayonlarini tashkil etish boʻyicha;
iflos oqava suvlar hosil boʻlishini istisno etuvchi texnologik jarayonlarni tashkil etish boʻyicha;
oʻrmon-meliorativ va agrotexnik chora-tadbirlar — suv obyektlari qirgʻoqlarining mustahkamligini taʼminlash, ularni oʻpirilishdan, botqoqqa aylanishdan saqlashga, shuningdek, suv obyektlari suv oqimining tabiiy rejimini barqarorlashtirish va yaxshilash;
irrigatsiya-melioratsiya chora-tadbirlar — suvdan foydalanishda qulay sharoitlar yaratishni taʼminlovchi suv xoʻjaligi inshootlarini qurish, shuningdek, zarur hollarda daryo, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari oʻzanlarini, hovuz, koʻllar va suv omborlarining tublarini zararli balchiq va choʻkindilardan tozalashni nazarda tutuvchi;
sanitariya-texnik chora-tadbirlar — suv obyektlariga tashlanadigan oqava suvlarni zararsizlantirish va xavfsizlantirishni taʼminlash, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonasini va xoʻjalik faoliyati yuritiladigan hududni tuzish;
tashkiliy chora-tadbirlar — suvning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi korxonalar, binolar va inshootlarni suvni muhofaza qilish zonalaridan koʻchirish yoki yopish;
atrof-muhitga qulay taʼsir koʻrsatish uchun ifloslantiruvchi vositalardan foydalanilmay koʻkalamzorlashtirish va daraxt ekish.
85. Yangidan qurilayotgan suv xoʻjaligi obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida bu chora-tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari ularni qurish qiymatiga tegishli boʻladi.
Mavjud suv xoʻjaligi obyektlarida suvni muhofaza qilish zonalari belgilanishi munosabati bilan hududning ifloslanishini bartaraf etish boʻyicha ishlab chiqilayotgan texnologik va sanitariya-texnik chora-tadbirlar ifloslanish manbalari hisoblangan tashkilotlar, shuningdek, fuqarolarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Ular bu koʻrsatmalarni bajarishdan bosh tortgan taqdirda, ularga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy, iqtisodiy va boshqa daʼvolar qoʻzgʻatiladi.
Irrigatsiya va melioratsiya, agrotexnik va tashkiliy chora-tadbirlar suv xoʻjaligi obyektlari qarashli boʻlgan tegishli vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar mablagʻlari hisobidan bajariladi.
(85-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
86. Suvni muhofaza qilish zonalarida yerdan foydalanish, xoʻjalik faoliyatini yuritish va boshqa hatti-harakatlar boʻyicha mazkur nizomda nazarda tutilgan rejimlarga rioya etish majburiyati yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va yer ijarachilariga yuklatiladi.
Belgilangan rejimga rioya etishning davlat nazorati mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda Sanepidqoʻm organlari, shuningdek, Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(86-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suv xoʻjaligi obyektlari va ulardagi inshootlarni nazorat qilish hamda ularni muhofaza qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish ular qarashli boʻlgan tashkilotlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(86-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suvni muhofaza qilish zonalarida joriy qilingan rejimga rioya qilishda jamoatchilik nazorati qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(86-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi  Qonun.
10-bob. Yakunlovchi qoida
87. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(87-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash
SXEMASI
1. Suv obyektlari suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash uchun taqdimnoma (xulosa) olinadi.
2. Loyihani ishlab chiqish uchun texnik topshiriq tayyorlanadi va kelishilgan holda tasdiqlanadi.
3. Loyiha tashkiloti bilan suv obyektlari suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha belgilangan tartibda shartnoma imzolanadi.
Loyiha tashkiloti tomonidan texnik topshiriq va mazkur nizom asosida loyiha ishlab chiqiladi.
4. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha loyiha belgilangan tartibda manfaatdor idora va tashkilotlardan ekspertizadan oʻtkaziladi.
5. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash va ajratish boʻyicha takliflar tayyorlanadi hamda belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Takliflar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan oʻrganib chiqiladi va suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash va ajratish boʻyicha tegishli qaror qabul qilinadi.
6. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash va ajratish boʻyicha qaror ijro uchun buyurtmachilarga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
7. Transchegaraviy, viloyatlararo va alohida ahamiyatga ega boʻlgan suv obyektlari suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha takliflar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
8. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash va ajratish boʻyicha takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va qabul qilingan qaror ijro uchun buyurtmachilarga va manfaatdor vazirlik va idoralarga yuboriladi.
9. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarining chegaralari (hududlari) belgilangan tartibda joyida (naturada) belgilanadi va ajratiladi.
Buyurtmachilar va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tegishli muhofaza ishlari amalga oshiriladi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 721-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi__________________viloyati (___________ tumani)
‎ hududidagi ___________________________________________ning

(suv obyektining nomi)

suvni muhofaza qilish (sanitariya-muhofaza) zonasi (sohil boʻyi, sanitariya-himoya mintaqasi) hududining
‎PASPORTI

1.____________________________________________________________________
______________________________________________________________________

(suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari, sohil boʻyi va sanitariya-himoya mintaqalari hududlarini tasdiqlagan organning nomi, hujjatning tartib raqami va sanasi hamda uning nomi)

ilova qilinayotgan grafik materiallarga muvofiq chegaralarda umumiy maydoni ______ga, jumladan _____ ga sohil boʻyi mintaqasi boʻlgan suvni muhofaza qilish zonasi belgilangan.

2. Suvni muhofaza qilish (sanitariya-muhofaza) zonasining hududi suv sathi chizigʻidan ___-___m, sohil boʻyi (sanitariya-himoya) mintaqasi esa ___-___m masofada belgilangan.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil “___” __________dagi ____-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq suvni muhofaza qilish (sanitariya-muhofaza) zonasida (sohil boʻyi va sanitariya-himoya mintaqalarida) quyidagilar taqiqlanadi:

1) ___________________________________________________________________________________
‎‎2) ___________________________________________________________________________________
______________________________________________________________________

4. Suvni muhofaza qilish (sanitariya-muhofaza) zonasi va sohil boʻyi (sanitariya-himoya) mintaqasida quyidagi birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish moʻljallanadi:

_____________________________________________________________________
_____________________________________________________________________

5. Fermer va dehqon xoʻjaliklari, klaster tashkilotlar hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari va fuqarolar suvni muhofaza qilish (sanitariya- muhofaza) zonasida xoʻjalik faoliyati rejimiga rioya etilishi uchun javob beradilar.

‎‎_____viloyat (_____ tuman) hokimi

_______________
‎(imzo)

_______________‎‎
‎(F.I.O.)

‎‎_____viloyat Ekologiya va tabiat muhofazasi
‎Bosh davlat nazoratchisi ‎ ‎

‎‎_______________ ‎(imzo)

_______________‎‎ ‎(F.I.O.)

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash ishlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha
CHORA-TADBIRLAR

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Masʼul ijrochilar

I. Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha qabul qilingan qarorlarning joylardagi ijrosini oʻrganish hamda maʼlumotlar bazasini toʻliq tashkil qilish

1.

Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tahil qilish hamda ushbu qarorga muvofiqlashtirish.

1. Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish.

2019-yil dekabr

Suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda ushbu qarorga muvofiqlashtirish.

2020-yil yanvar

2.

Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash yuzasidan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari hamda tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlar (buyruqlar)ni xatlovdan oʻtkazish hamda maʼlumotlar bazasini toʻliq tashkil qilish.

1. Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha qabul qilingan qarorlar (buyruqlar)ni xatlovdan oʻtkazish.

2020-yil yanvar

Suv xoʻjaligi vazirligi, “Uyjoykommunxizmat” vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar hamda ularning tizim tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, ishchi guruhlar

2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining maʼlumotlar bazasini toʻliq tashkil qilish.

2020-yil fevral

3.

Tabiiy yer usti va yer osti suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha qabul qilingan qarorlarning joylardagi ijrosini oʻrganish.

1. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari oʻrnatilgan tartibda belgilangan suv obyektlari holatini joylarda oʻrganish boʻyicha ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlash.

2020-yil avgust

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, ishchi guruhlar

2. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari oʻrnatilgan tartibda belgilangan tabiiy yer usti va yer osti suv obyektlarining roʻyxatini ishlab chiqish.

2020-yiloktabr

3. Tabiiy yer usti va yer osti suv obyektlari holatini joylarda oʻrganish hamda mavjud kamchilik va muammolarni aniqlash.

2020-2021-yillar jadval boʻyicha

4. Tabiiy yer usti va yer osti suv obyektlarida aniqlangan kamchiliklar va muammolarni bartaraf qilish va ularning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha chorlarni belgilash va ijrosini nazoratga olish.

2021-2022-yillar belgilangan muddatlarda

4.

Suv omborlari, kanallar, kollektorlar, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha qabul qilingan qarorlarning joylardagi ijrosini oʻrganish.

1. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari oʻrnatilgan tartibda belgilangan suv xoʻjaligi obyektlari holatini joylarda oʻrganish boʻyicha ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlash.

2020-yil yanvar

Suv xoʻjaligi vazirligi, “Uyjoykommunxizmat” vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, ishchi guruhlar

2. Ishchi guruhlar tomonidan suvni muhofaza qilish va sohil boʻyi mintaqalari, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonalari va sanitariya-himoya minaqalari belgilangan suv omborlari, kanallar va kollektorlar, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining roʻyxatini ishlab chiqish.

2020-yil yanvar

3. Ishchi guruhlar tomonidan roʻyxatda belgilangan suv omborlari, kanallar va kollektorlar, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining holatini joylarda oʻrganish hamda mavjud kamchilik va muammolarni aniqlash.

2020-2021-yillar jadval boʻyicha

4. Suv omborlari, kanallar va kollektorlar, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarida aniqlangan kamchiliklar va muammolarni bartaraf qilish va oldini olish boʻyicha qoʻshimcha choralarni belgilash va ijrosini nazoratga olish.

2020-2021-yillar jadval boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi, “Uyjoykommunxizmat” vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

II. Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash

5.

Tabiiy yer usti va yer osti suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha ustuvor suv obyektlarini aniqlash va ularning suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini oʻrnatilgan tartibda bosqichma-bosqich belgilash.

1. Tabiiy yer usti va yer osti suv obyektlari suvining sifat koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlarni tahlil qilish.

2020-yil jadval boʻyicha

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, ishchi guruhlar

2. Suvning sifat koʻrsatkichi boʻyicha talablarga javob bermaydigan va strategik ahamiyatga ega boʻlgan tabiiy yer usti va yer osti suv obyektlarini aniqlash hamda ularning suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini bosqichma-bosqich belgilash boʻyicha zarur choralar koʻrish.

2020 — 2030-yillar jadval boʻyicha

6.

Suv omborlari, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining suvni muhofaza qilish va sohil boʻyi mintaqalarini, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonalari va sanitariya-muhofaza mintaqalarini belgilash boʻyicha ustuvor obyektlarni aniqlash hamda ularning suvni muhofaza qilish va sohil boʻyi mintaqalarini, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonalari va sanitariya-himoya mintaqalarini oʻrnatilgan tartibda bosqichma-bosqich belgilash.

1. Suv omborlari, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi va boshqa suv xoʻjaligi obyektlari suvining sifat koʻrsatkichlari, texnik holati boʻyicha maʼlumotlarni tahlil qilish.

2020-yil jadval boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, ishchi guruhlar

2. Suvning sifat koʻrsatkichi va foydalanish boʻyicha talablarga javob bermaydigan strategik ahamiyatga ega boʻlgan suv omborlari, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarini aniqlash hamda ularning suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha belgilangan tartibda zarur choralar koʻrish.

2020 — 2030-yillar jadval boʻyicha

7.

Tabiiy yer usti va yer osti suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarining elektron xaritalarini yaratish.

1. Tabiiy yer usti va yer osti suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini xatlovdan oʻtkazish.

2. Xatlov yakuni boʻyicha maʼlumotlar asosida suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini aniq chegaralarini belgilash.

3. Tabiiy yer usti va yer osti suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarining geoaxborot bazasini yaratish.

2020 — 2022-yillar jadval boʻyicha

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, ishchi guruhlar

III. Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish boʻyicha nazoratni kuchaytirish

8.

Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha qabul qilingan qarorlar ijrosini joylarda maqsadli oʻrganib, natijasini tanqidiy muhokama qilib borish.

1. Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash boʻyicha qabul qilingan qarorlar ijrosini joylarda maqsadli oʻrganib borish boʻyicha ishchi guruhalar tarkibini tasdiqlash hamda ularning joylarda tizimli ravishda ishini tashkil qilish.

har yili jadval boʻyicha

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

2. Oʻrganish natijalarini Qorqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan joylarda tanqidiy muhokama qilish hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan chora-tadbirlarni tasdiqlash.

har yili jadval boʻyicha

9.

Ustuvor ravishda aniqlangan suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sohil boʻyi mintaqalari, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonalari va sanitariya-himoya mintaqalarini belgilash boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosi ustidan tizimli monitoring oʻrnatish hamda natijalarini tahlil qilib borish.

Ustuvor ravishda aniqlangan suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sohil boʻyi mintaqalari, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonalari va sanitariya-himoya mintaqalarini belgilash boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosi ustidan tizimli monitoring oʻrnatish hamda monitoring natijalarini tahlil qilish.

Tahlil natijalarini vazirlik va qoʻmitalar va idoralarning hayʼat yigʻilishlarida tanqidiy muhokama qilib borish.

har yili jadval boʻyicha

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Uyjoykommunalxizmat” vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzgidroenergo” AJ, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

10.

Kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi, gidroenergetika hamda boshqa suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash ishlari boʻyicha loyihalarni ekologik ekspertizasini tizimli tashkil qilish.

1. Kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi, gidroenergetika hamda boshqa suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash ishlari boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlarni tayyorlashda suvni muhofaza qilish va santariya-muhofaza zonalarini belgilash masalalarini eʼtiborga olish.

har yili jadval boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi, “Uyjoykommunalxizmat” vazirligi, “Oʻzgidroenergo” AJ, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi, gidroenergetika hamda boshqa suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash ishlari boʻyicha loyihalarni ekologik ekspertizadan oʻtkazish.

har yili jadval boʻyicha

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 721-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek ichimlik suvi va maishiy suv taʼminotining, davolash va madaniy-sogʻlomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1992-yil 7-apreldagi 174-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 202-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2003-yil 24-sentabrdagi 411-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Ekoturizmni rivojlantirish va suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari ajratish tartibini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 3-dekabrdagi 978-son qarorining 6-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 09/19/981/4136-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son)