1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (yig‘in);
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
6.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
7.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar);
8.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.99.00 Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari);
9.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari;
10.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun to‘lovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari;
11.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.01.00 Asosiy qoidalar;
12.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi;
13.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.10.00 Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar;
14.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.01.00 Umumiy qoidalar;
15.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar;
16.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar;
17.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar;
18.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.01.00 Umumiy qoidalar;
19.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.01.00 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi. Saylanishi. Vakolatlari;
20.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.01.00 Umumiy qoidalar;
21.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
3.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar;
4.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;
5.Tabiiy resurslar / Er;
6.Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari;
7.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari;
8.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi;
9.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar);
10.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat;
11.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi;
12.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xo‘jalik sud ish yurituvi;
13.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ma’muriy javobgarlik;
14.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik;
15.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun to‘lovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
I. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda):
1) 30-moddasining beshinchi qismidagi “ishlab chiqarish va ro‘zg‘or chiqindilarining” hamda 41-moddasi ikkinchi qismidagi “ishlab chiqarish va ro‘zg‘or chiqindilari”degan so‘zlar “chiqindilarning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“34-modda. Tabiatdan maxsus foydalanganlik va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lovlar
Tabiatdan maxsus foydalanganlik va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lovlar tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlardan, shuningdek atrof muhitni ifloslantirganlik (ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik, oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik) uchun kompensatsiya to‘lovlaridan, tabiiy resurslarni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliq stavkalari va boshqa majburiy to‘lovlarning miqdorlari, shu jumladan ijara to‘lovining miqdori tabiiy resurslarning qay darajada keng tarqalganligi, sifati, ularni qayta tiklash imkoniyatlari, ulardan foydalanishning qay darajada qulayligi, kompleksliligi, samaradorligi, ularning joylashgan yeri, chiqindilarni qayta ishlash va ulardan foydalanish imkoniyatlari hamda boshqa jihatlarni inobatga olgan holda, shuningdek tegishli limitlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi va tasdiqlanadi.
Atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarining miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tabiiy resurslarni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun to‘lovlarning miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar tabiatdan foydalanuvchi korxonalar mahsulotlarining (bajargan ishlarining, ko‘rsatgan xizmatlarining) tannarxiga qo‘shiladi.
Atrof muhitni ifloslantirganlik uchun, shuningdek tabiatdan limitda (normativda) belgilanganidan tashqari va o‘zgacha tarzda nooqilona maxsus foydalanganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari yuridik shaxsning daromadidan (foydasidan) undiriladi.
Tabiiy resurslardan foydalanganlik, ularni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun to‘lov Davlat budjetiga tushadi.
Atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarganlik va oqizganlik hamda chiqindilar joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarining summalari tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalariga tushadi.
Tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun to‘lovlar va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlarni va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini to‘laganlik yuridik va jismoniy shaxslarni ekologiya tadbirlarini bajarishdan va yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatidan ozod etmaydi”;
“tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun belgilangan to‘lovni, shuningdek atrof muhitni ifloslantirganlik va unga zararli ta’sir ko‘rsatishning boshqa turlari uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lashdan bosh tortganlikda”;
o‘ninchi xatboshisidagi “ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini” degan so‘zlar “chiqindilarni” degan so‘z bilan almashtirilsin;
5) 50-moddasining birinchi qismidagi “ishlab chiqarish hamda iste’mol chiqindilarini” degan so‘zlar “chiqindilarni” degan so‘z bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
II. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan “Sog‘lom avlod uchun” ordeni to‘g‘risidagi nizom (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 257-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 141-modda):
1) 2-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“I darajali orden yuqori darajali hisoblanadi. Mukofotlash, qoida tariqasida, quyidagi tartibda: avval II darajali, oradan kamida uch yil o‘tganidan keyin I darajali orden bilan taqdirlash tarzida amalga oshiriladi”;
“I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam ish haqining qirq karrasi miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar”;
“II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam ish haqining yigirma besh karrasi miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar.
II darajali yoki II va I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar”.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
III. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan “Mustaqillik” ordeni to‘g‘risidagi nizomning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 115-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda) 5-moddasidagi “ellik karrasi miqdorida” degan so‘zlar “yetmish besh karrasi miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
IV. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan “Amir Temur” ordeni to‘g‘risidagi nizomning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 63-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda) 3-moddasidagi “ellik karrasi miqdorida” degan so‘zlar “yetmish karrasi miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
V. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 30-avgustda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan “Jaloliddin Manguberdi” ordeni to‘g‘risidagi nizomning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 202-modda) 5-moddasidagi “ellik baravari miqdorida” degan so‘zlar “oltmish besh karrasi miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni to‘g‘risidagi nizomning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 119-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda) 3-moddasidagi “qirq karrasi miqdorida” degan so‘zlar “oltmish karrasi miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan “El-yurt hurmati” ordeni to‘g‘risidagi nizomning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 163-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda) 3-moddasidagi “qirq karrasi miqdorida” degan so‘zlar “ellik karrasi miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
VIII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda; 1996-yil, № 5-6, 63-modda, № 9, 120-modda; 1998-yil, № 9, 163-modda; 2000-yil, № 7-8, 202-modda) 11-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11-modda. O‘zbekiston Respublikasi ordenlari quyidagilardan iborat:
“Mustaqillik” ordeni;
“Amir Temur” ordeni;
“Jaloliddin Manguberdi” ordeni;
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni;
“El-yurt hurmati” ordeni;
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni;
“Mehnat shuhrati” ordeni;
I va II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni;
I va II darajali “Shon-sharaf” ordeni;
“Do‘stlik” ordeni”.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (yig‘in)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari]
IX. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 110-modda):
1) 7, 8 va 9-moddalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolarining yig‘inlari (bundan buyon matnda fuqarolar yig‘ini deb yuritiladi) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli hududda amalga oshiradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, belgilangan namunadagi muhrga ega bo‘ladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida hisobga olinishi kerak.
8-modda. Fuqarolar yig‘ini
Fuqarolar yig‘ini aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiladigan qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
Fuqarolar yig‘inida shaharcha, qishloq va ovul, shuningdek shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla hududida doimiy yashayotgan, voyaga yetgan shaxslar qatnashadilar.
Fuqarolar yig‘ini organlari quyidagilardan iborat:
fuqarolar yig‘ini kengashi;
fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar;
fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi;
tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo‘lgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan ma’muriy komissiya (bundan buyon matnda ma’muriy komissiya deb yuritiladi).
Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar, fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi va ma’muriy komissiyani saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari ta’minlangan holda yashirin yoki ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibiga ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘inida (vakillar yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan hisoblanadi.
9-modda. Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizom
Fuqarolar yig‘ini o‘zi tasdiqlagan nizom asosida faoliyat yuritadi. Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
fuqarolar yig‘inining nomi;
fuqarolar yig‘inining hududi;
fuqarolar yig‘ini va uning organlari vakolatlari;
fuqarolar yig‘inini chaqirish tartibi;
fuqarolar yig‘ini kengashini tuzish tartibi;
fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, shuningdek fuqarolar yig‘ini organlarining boshqa mansabdor shaxslarini saylash tartibi;
fuqarolar yig‘ini komissiyalarini tuzish tartibi;
fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) va rais maslahatchilarining vakolatlari;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi faoliyatining moliyaviy asosi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organini qayta tashkil etish va uning faoliyatini tugatish tartibi.
Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomda qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin.
Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
“uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga majburiy to‘lovlarni yig‘ish, issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish yuzasidan tadbirlar o‘tkazishda, tegishli hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, uy-joylar va hovlilarni namunali saqlash yuzasidan ixtiyoriy ishlarni tashkil etishda ko‘maklashadi”;
“ichki ishlar organlarining profilaktika bo‘yicha tegishli inspektori bilan birgalikda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yarashtiruv komissiyasida raislik qiladi”;
o‘n ikkinchi — o‘n yettinchi xatboshilari tegishincha o‘n to‘rtinchi – o‘n to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“17-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha respublika kengashi, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar muvofiqlashtirish kengashlari tuziladi”;
“Fuqarolar yig‘inini chaqirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, fuqarolar vakillarining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilishga hovlilar, uylar, ko‘chalar, mahallalar, mavzelar, dahalardan fuqarolarning namoyandalari vakil qilinadilar. Vakillik normasini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha tegishli tumanlar va shaharlar muvofiqlashtirish kengashi belgilaydi”;
“Fuqarolar yig‘inida shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlarning vakillari o‘z faoliyatlariga doir masalalar bo‘yicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir”;
7) 20-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari, agar fuqarolar yig‘inida hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i ularni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan hisoblanadilar. Agar taqdim etilgan shaxslar zarur miqdorda ovoz ololmasalar, ko‘rib chiqish uchun boshqa shaxslar taqdim etiladi”;
8) ruscha matnining 10-moddasi ikkinchi qismining sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilaridagi, 12-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisidagi, 18-moddasining birinchi qismidagi, 24-moddasining birinchi qismidagi “Soveti”, “Soveta”, “Sovetov”, “Sovetami” degan so‘zlar tegishincha “Kengashi”, “Kengasha”, “Kengashey”, “Kengashami” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
X. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda);
1) 154-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Yollanma shaxsni yollash, o‘qitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy ta’minot berish, xuddi shuningdek undan harbiy to‘qnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish –
yetti yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
2) quyidagi mazmundagi 1541-modda bilan to‘ldirilsin:
“1541-modda. Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirishi –
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi –
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
“225-modda. Harbiy yoki muqobil xizmatdan bo‘yin tovlash
Fuqarolarning muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati safiga olinish yoxud xizmatni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida o‘tashdan uzrli sababsiz bo‘yin tovlashi, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) o‘z badaniga shikast yetkazish;
b) hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga safarbarlik bo‘yicha chaqiruvdan bo‘yin tovlashi –
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
“235-modda. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash
Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, ya’ni gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, guvohga, jabrlanuvchiga yoki jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud jazoni o‘tayotgan mahkumga, ularning yaqin qarindoshlariga ulardan biror bir axborot, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik ko‘rsatuvi olish, ularni sodir etilgan qilmish uchun o‘zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan yoki huquqni muhofaza qilish organining, jazoni ijro etish muassasasining boshqa xodimi tomonidan qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy yoki jismoniy ta’sir ko‘rsatish –
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlikni qo‘llagan holda yoki shunday zo‘rlikni qo‘llash tahdidi bilan;
b) milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy kamsitish zamiriga asoslangan har qanday sabab bo‘yicha;
v) bir guruh shaxslar tomonidan;
g) takroran;
d) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, –
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar badanga og‘ir shikast yetkazilishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ma’muriy javobgarlik]
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, №3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165 va 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda):
1) 88-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa, –
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“237-modda. Harbiy yoki muqobil xizmatdan bo‘yin tovlash
Muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati safiga olinishdan yoki xizmatni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida o‘tashdan bo‘yin tovlash –
eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
ikkinchi xatboshisidagi “yetti baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravarigacha” degan so‘zlar “fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravarigacha” degan so‘zlar “fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(XII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 31-maydagi O‘RQ-431-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 22-son, 407-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakli]
XIII. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda):
1) 14-moddasidagi “yoki ta’sis shartnomasi va ustav yoxud faqat ta’sis shartnomasi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
3) 16-moddasining matnidagi “yig‘ilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi” degan so‘zlar “yig‘ilishining qaroriga, ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda esa, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga yoki jamiyat kuzatuv kengashining bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan amalga oshiriladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha ellik ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summadan kam bo‘lmasligi, yopiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori esa, jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravari miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak”;
to‘rtinchi qismidagi “ustavda ko‘zda tutilgan bo‘lsa” degan so‘zlar “bunday qaror qabul qilish huquqi jamiyatning ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyatning kuzatuv kengashiga berilgan bo‘lsa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Jamiyatning ustav fondini qo‘shimcha aksiyalar joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirish joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida qayd etiladi. Bunda e’lon qilingan muayyan toifa va turdagi aksiyalarning miqdori joylashtirilgan ana shu toifa va turlardagi aksiyalarning soniga qisqartirilishi kerak”;
uchinchi qismidagi “baholovchi (auditor)ni” degan so‘zlar “baholovchini” degan so‘z bilan almashtirilsin;
8) 64-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin ko‘pi bilan olti oy ichida o‘tkaziladi. Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishida jamiyatning kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash to‘g‘risidagi, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi to‘g‘risidagi, auditorlik tekshiruvi o‘tkazish haqida qaror qabul qilish to‘g‘risidagi masalalar, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash masalalari hal etiladi, shuningdek ushbu Qonun 65-moddasining birinchi qismi o‘n uchinchi xatboshisiga muvofiq jamiyatning yillik hisoboti va boshqa hujjatlar qarab chiqiladi”;
“auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilish”;
o‘n uchinchi xatboshisidagi “jamiyatning yillik hisobotlarini” degan so‘zlar “jamiyatning yillik biznes-rejasini, yillik hisobotlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalar jamiyatning kuzatuv kengashi hal etishi uchun berilishi mumkin emas, quyidagilar bundan mustasno:
ushbu Qonunning 16 va 21-moddalariga muvofiq jamiyat ustaviga uning ustav fondini ko‘paytirish bilan bog‘liq o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
ushbu Qonunning 86-moddasi o‘n birinchi qismiga muvofiq jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) to‘g‘risidagi masalani hal etish;
ushbu Qonunning 82-moddasi birinchi qismi o‘n birinchi xatboshisiga muvofiq yillik biznes-rejani tasdiqlash”;
10) 66-moddasining oltinchi qismidagi “birinchi—uchinchi, beshinchi” degan so‘zlar “ikkinchi—to‘rtinchi, oltinchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 69-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborotga (materiallarga) jamiyatning yillik hisoboti, jamiyat moliya-xo‘jalik faoliyatini yillik tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashining yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi to‘g‘risidagi xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jamiyat ustaviga kiritiladigan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar loyihasi yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi loyihasi kiradi”;
birinchi va uchinchi qismlari “taftish komissiyasiga” degan so‘zlardan keyin “(taftishchiligiga)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi qismining birinchi xatboshisi, beshinchi va oltinchi qismlari “taftish komissiyasiga” degan so‘zlardan keyin “(taftishchiligiga)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
“82-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
jamiyat aksiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishlarini chaqirish, ushbu Qonun 72-moddasining o‘n birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibini tayyorlash;
umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning ro‘yxati tuziladigan sanani belgilash;
ushbu Qonun 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan masalalarni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi muhokamasiga kiritish;
agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga tegishli huquq berilgan bo‘lsa, e’lon qilingan aksiyalarning soni va turlari doirasida aksiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish yoki jamiyat tomonidan qo‘shimcha aksiyalar joylashtirish orqali jamiyat ustav fondini ko‘paytirish;
jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish;
mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash;
agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga tegishli huquq berilgan bo‘lsa, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan joylashtirilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni olish;
agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan bo‘lsa yoki bu masalani hal etish aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida kuzatuv kengashiga topshirilgan bo‘lsa, shunday biznes-rejani tasdiqlash;
jamiyatning ijroiya organi faoliyatiga daxldor har qanday hujjatdan erkin foydalanish va ijroiya organidan kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun ularni olish. Olingan hujjatlardan kuzatuv kengashi va uning a’zolari faqat xizmat maqsadlarida foydalanishlari mumkin;
agar jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolati doirasiga kiritilgan bo‘lsa, ijroiya organiga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorini belgilash;
jamiyat taftish komissiyasi a’zolariga (taftishchisiga) to‘lanadigan haq va kompensatsiya miqdori yuzasidan hamda auditorlik tashkilotining xizmatlariga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilashga doir tavsiyalar berish;
aksiyalar bo‘yicha dividendlar miqdori va ularni to‘lash tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;
jamiyatning zaxira va boshqa fondlaridan foydalanish;
jamiyatning boshqaruv organlari faoliyat tartibini belgilovchi hujjatlarni tasdiqlash;
jamiyatning vakolatxonalarini ochish hamda filiallarini tashkil etish;
jamiyatning shu’ba va tobe korxonalarini tashkil etish;
ushbu Qonunning VIII bo‘limida nazarda tutilgan hollarda mol-mulkni olish va mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq yirik bitimlar tuzish;
agar bitimlar tuzishdan manfaatdorlik bo‘ladigan bo‘lsa, ushbu Qonunning IX bo‘limida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish;
ushbu Qonun va jamiyat ustaviga muvofiq kuzatuv kengashi vakolatlariga kiritilgan boshqa masalalarni ham hal etish.
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyat ijroiya organiga o‘tkazilishi mumkin emas”;
“Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari ushbu Qonun va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan bir yillik muddatga saylanadilar”;
to‘rtinchi qismidagi “aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining yoki kuzatuv kengashining mutlaq vakolatlariga” degan so‘zlar “aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlariga yoki kuzatuv kengashining vakolatlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Jamiyat ijroiya organlarini tashkil etish hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilmagan bo‘lsa, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining yoxud jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga binoan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organini (direktorini), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) a’zolarini tayinlash tanlov asosida amalga oshirilishi mumkin.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organining (direktorining), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) a’zolarining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining huquqlari va majburiyatlari ushbu Qonun, boshqa qonun hujjatlari, jamiyat ustavi tomonidan hamda ularning har biri jamiyat bilan bir yil muddatga tuzadigan shartnomada belgilanib, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi to‘g‘risida har yili qaror qabul qilinadi. Jamiyat nomidan shartnomani kuzatuv kengashining raisi yoki kuzatuv kengashi vakolat bergan shaxs imzolaydi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktori) bilan, kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) rahbari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuziladigan shartnomada ularning aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha majburiyatlari hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashi oldida jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish qanday borayotganligi yuzasidan beradigan hisobotlari davriyligi nazarda tutilishi lozim.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organiga (direktoriga), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) a’zolariga to‘lanadigan mehnat haqi va boshqa haqlar miqdori, shuningdek boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchi xizmatlariga haq to‘lash shartlari jamiyat faoliyatining samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, shartnomada belgilanishi kerak”;
“Kuzatuv kengashi jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani, agar shartnoma tuzishda ular jamiyat ustavini qo‘pol tarzda buzishga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa yoki ularning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jamiyatga zarar yetkazilgan bo‘lsa, muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) huquqiga ega.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyat ijroiya organining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda ijroiya organining vakolatlarini boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchiga o‘tkazish to‘g‘risidagi masala o‘sha umumiy yig‘ilishning o‘zida hal etilishi yoki ijroiya organi rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni ham tayinlagan holda aksiyadorlarning yaqin oradagi umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun qoldirilishi mumkin. Agar jamiyatning ijroiya organini tuzish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan bo‘lsa, ijroiya organining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kuzatuv kengashi ijroiya organi rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek ijroiya organi to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqiradi”;
19) 87-moddasining ikkinchi qismidagi “auditorga” degan so‘z chiqarib tashlansin;
21) 95-moddasining birinchi qismidagi “muassislarning yoki vakolatli organning” degan so‘zlar “aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
22) 105-moddasining to‘rtinchi qismidagi “auditorni” degan so‘z “auditorlik tashkilotini” degan so‘z bilan almashtirilsin;
23) 110-moddasining yettinchi qismidagi “kuzatuv kengashining” degan so‘zlar “jamiyat kuzatuv kengashining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Auditorlik tashkiloti jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshiradi va unga auditorlik xulosasi taqdim etadi.
Auditorlik tashkiloti jamiyatning moliyaviy hisoboti va moliyaga doir boshqa axborotlar haqida noto‘g‘ri yakun bayon etilgan auditorlik xulosasi tuzganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun jamiyat oldida javobgar bo‘ladi”;
25) 112-moddasining nomi va birinchi xatboshisidagi “yoki auditorning”, “yoki auditor” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
26) 114-moddasi birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “auditorlar” degan so‘z “auditorlik tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
27) 117-moddasidagi “auditorlar” degan so‘z chiqarib tashlansin.
(XIV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
XV. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 52-modda) 25-moddasining nomi, birinchi va ikkinchi qismlaridagi “to‘lovlar” degan so‘z “kompensatsiya to‘lovlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(XVI bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
XVII. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda):
birinchi qismidagi “sud” degan so‘z “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan manzil-koloniyalar;
umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan, shuningdek tarbiya koloniyalaridan o‘tkazilgan mahkumlar saqlanadigan manzil-koloniyalar”;
3) 53-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qasddan sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlar uchun birinchi marta olti yilgacha va olti yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida hollarda, mahkumning yozma roziligi bo‘lgan taqdirda, muassasa boshlig‘ining qaroriga binoan xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasi yoki turmada qoldirilishi mumkin”;
“Bir oy davomida sarflashga ruxsat etilgan pulning umumiy summasi quyidagi miqdorlardan oshmasligi lozim:
umumiy tartibli koloniyalarda — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining uch baravaridan;
qattiq tartibli koloniyalarda — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yarim baravaridan;
maxsus tartibli koloniyalarda — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki baravaridan;
turmalarda — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining bir yarim baravaridan;
tarbiya koloniyalarida, ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida, shuningdek mahkum birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, homilador ayollar va jazoni ijro etish muassasasidagi bolalar uyida bolalari bo‘lgan ayollar uchun — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining uch yarim baravaridan”;
5) 76-moddasining uchinchi qismidagi “114, 130 va 134-moddalarida” degan so‘zlar “114 va 130-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga telefon orqali so‘zlashuvlar huquqi beriladi, bunday so‘zlashuvlar muassasa ma’muriyati nazorati ostida o‘tkaziladi va ularning haqi mahkumning shaxsiy hisobvarag‘idan to‘lanadi”;
ikkinchi qismidagi “alohida hollarda” degan so‘zlar “mahkum jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelgandan keyin, shuningdek alohida hollarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin”;
“Hukm qilingan homilador ayollarning va jazoni ijro etish muassasasidagi bolalar uyida bolalari bo‘lgan ayollarning, shuningdek vrach xulosasiga ko‘ra davolanish va kuchli taomga muhtoj deb e’tirof etilgan bemorlarning, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironlarining tibbiy xulosada belgilanadigan miqdorda va xillarda qo‘shimcha posilkalar, yo‘qlovlar va banderollar olishiga ruxsat etiladi”;
to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
8) quyidagi mazmundagi 791-modda bilan to‘ldirilsin:
“791-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning sayr qilishi
Jazoni umumiy, qattiq tartibli koloniyalar, tarbiya koloniyalari qabul bo‘linmalarining kameralarida, shuningdek maxsus tartibli koloniyalarning kameralarida o‘tayotgan ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlar, agar ular ochiq havoda ishlayotgan bo‘lmasa, har kuni muddati ikki soatlik sayr qilish huquqiga ega.
Sayr qilishning muddati jazoni ijro etish koloniyalarining, tergov hibsxonalari va turmalarning intizomiy bo‘linmalarida saqlanayotgan mahkumlar uchun ushbu Kodeksning 109 va 127-moddalari bilan, jazoni turmalarda o‘tayotgan mahkumlar uchun esa 123-moddasi bilan belgilanadi.
Mahkumlarning sayr qilishi maxsus jihozlangan sayr qilish hovlilarida kunduzgi vaqtda o‘tkaziladi. Sayr qilish, mahkum jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarini buzgan taqdirda, muddatidan ilgari tugatilishi mumkin”;
Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning umumiy o‘rta ta’limi tashkil etiladi. Muassasa ma’muriyati mahkumlarga ular ta’lim olishi va mustaqil ta’lim olishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sharoitlar yaratadi hamda zarur ko‘mak ko‘rsatadi”;
“Hibsxonalarga kiritib qo‘yilgan mahkumlarga uchrashuv, telefon orqali so‘zlashuv, oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, posilka, yo‘qlov va banderollar olish hamda jo‘natish, xatlar va boshqa jo‘natmalar yuborish taqiqlanadi. Ularga chekish, stolda o‘ynaladigan o‘yinlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Mahkumlar har kuni muddati bir yarim soatlik sayrdan foydalanish huquqiga ega”;
17) 113-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Manzil-koloniyalarga ijobiy tavsifga ega va:
qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida beshdan bir qismini o‘tagan mahkumlar;
og‘ir jinoyat, shuningdek qasddan jinoyat sodir etganlik uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismini o‘tagan mahkumlar, agar shaxs muqaddam qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa;
muqaddam jazodan shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etilgan yoki jazo sud tomonidan yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs o‘ta og‘ir jinoyat, shuningdek jazo muddatining o‘talmagan qismi davomida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o‘tagan mahkumlar o‘tkaziladi”;
18) 114-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar cheklanmagan miqdorda uchrashuv olish huquqiga ega. Uchrashuvlar, odatda, ishdan bo‘sh vaqtda beriladi. Uchrashuv mahkumning iltimosiga binoan manzil-koloniya hududidan tashqarida o‘tkazilishi mumkin”;
birinchi qismi ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qasddan sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun hukm qilingan shaxslar – ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar saqlanadigan manzil-koloniyaga;
sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar — umumiy tartibli koloniyaga”;
“Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyat uchun hukm qilingan mahkumlar o‘n sakkiz yoshga to‘lganidan keyin jazo o‘tashni davom ettirish uchun ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar saqlanadigan manzil-koloniyaga o‘tkaziladi”;
29) 169-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan to‘ldirilsin:
“Sil kasalligiga duchor bo‘lgan shaxslarning ozod qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarga belgilangan namunadagi shtamp qo‘yiladi”;
30) 173-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkumlarning ozod etilganligi to‘g‘risida:
birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga, homilador ayollar va yosh bolasi (bolalari) bor ayollarga, shuningdek voyaga yetmaganlarga nisbatan — ularning qarindoshlari yoki qarindoshlarining o‘rnini bosuvchi boshqa shaxslarni;
ishga kirish va turmushini yo‘lga qo‘yishga muhtoj bo‘lgan shaxslarga nisbatan — viloyatlar (tumanlar, shaharlar) hokimliklari huzuridagi ijtimoiy moslashuv markazlarini;
sil yoki tanosil kasalliklariga duchor bo‘lgan, shuningdek alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash kursini tugallamagan shaxslarga nisbatan — viloyat, shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari (bo‘limlari) yoki sog‘liqni saqlash organlarining davolash muassasalarini;
ma’muriy nazorat ostiga olinishi lozim bo‘lgan shaxslarga nisbatan — ichki ishlar hududiy organlarini oldindan xabardor etadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan mahkumlar kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi oqibatida, amnistiya akti yoki afv asosida ozod etilgan hollarda, shuningdek mahkumlar jazodan shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etilgan taqdirda, bildirish qog‘ozi ular ozod etilgan kuni jo‘natiladi.
Hukm qilingan chet el fuqarolarining ozod etilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlarning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida biror bir davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, bunday davlatning vakolatli organini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ozod etilganlik to‘g‘risidagi bildirish qog‘ozi jo‘natiladi.
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi bo‘yicha yashagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ozod qilinayotganda jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkum qamoqqa olinguniga qadar ro‘yxatga olingan joydagi ichki ishlar hududiy organining mamlakatga kirish, undan chiqish va ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanuvchi tegishli xizmatini xabardor qiladi.
Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra doimiy parvarishga muhtoj shaxslar, shuningdek o‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslar qarindoshlari yoki boshqa shaxslar yoxud muassasa ma’muriyati vakilining kuzatuvida yashash joyiga jo‘natiladi.
Nogironlar va qariyalar, o‘z iltimosiga ko‘ra, nogironlar va qariyalar uyiga jo‘natiladi.
Voyaga yetmagan mahkumlar ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga jo‘natiladi. Ota-onasi yo‘q voyaga yetmagan shaxslar, zarur hollarda, internatlarga jo‘natiladi yoki homiylar qaramog‘iga beriladi”.
(XVIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.01.00 Asosiy qoidalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er]
XIX. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda):
“Yer fondining toifasi yer uchastkalarini berish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan qabul qilinadigan yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi qarorlarda, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi guvohnomalarda, shartnomalarda, boshqa hujjatlarda, davlat yer kadastri hujjatlarida ko‘rsatiladi”;
3) 10-moddasining birinchi qismidagi “yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning davlat yer kadastrida va davlat ro‘yxatiga olish hujjatlarida” degan so‘zlar “davlat yer kadastrida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“23-modda. Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish)
Yer uchastkalarini egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) yer ajratish tariqasida amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini ajratib berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Egalikdagi, foydalanishdagi, ijaradagi va mulk qilib berilgan yer uchastkasini boshqa shaxslarga berish (realizatsiya qilish) faqat shu uchastka belgilangan tartibda olib qo‘yilganidan (sotib olinganidan) keyin amalga oshiriladi.
Sanoat korxonalari, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, aloqa va elektr o‘tkazish liniyalari, magistral truboprovodlar qurish uchun, shuningdek qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar yoki qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz bo‘lgan yerlar yoxud qishloq xo‘jaligining sifati yomon yerlari beriladi (realizatsiya qilinadi). O‘rmon fondiga qarashli yerlardan mazkur maqsadlar uchun yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) asosan o‘rmon bilan qoplanmagan maydonlar yoki buta va arzonbaho dov-daraxtlar bilan qoplangan maydonlar hisobidan amalga oshiriladi.
Berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralarini tegishli yer tuzish xizmati naturada (joyning o‘zida) belgilaguniga va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilguniga qadar mazkur yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanishga kirishish taqiqlanadi.
Yer uchastkalarini egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
to‘rtinchi qismi “qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
oltinchi qismidagi “o‘n” degan so‘z “o‘ttiz” degan so‘z bilan almashtirilsin;
6) 31-moddasidagi “huquqni tasdiqlovchi hujjatlar” degan so‘zlar “huquq” degan so‘z bilan almashtirilsin;
7) 33-moddasidagi “yer uchastkasidan muddatli foydalanish shartnomasi” degan so‘zlardan keyin “yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Ushbu modda birinchi qismining 1-11-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga muvofiq huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarga asosan tegishincha tumanlar, shaharlar, viloyatlar hokimlarining qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi. Yer uchastkalariga egalik qilish huquqini, yer uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda mazkur mansabdor shaxslarning qarorlaridan norozi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishlari mumkin. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini tugatish ijara shartnomasini bekor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 6 — 10, 12-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini tugatish ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasini bekor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi”;
“49-modda. Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklariga), boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkalari berish
Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) — tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida pay usuliga asoslangan qishloq xo‘jaligi korxonasining tashkiliy-huquqiy shakli.
Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) kooperativning (shirkatning) ishlab chiqarish faoliyatida, asosan oila (jamoa) pudrati asosida shaxsan ishtirok etuvchi mulkiy pay egalari bo‘lgan a’zolarini birlashtiradi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda (aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar hamda xo‘jalik shirkatlari shaklida) ham tuzilishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklariga) va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish maqsadida yer uchastkalari ijaraga yoki doimiy egalik qilish uchun beriladi, mazkur yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilgan taqdirda esa ular ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga qo‘shimcha yer uchastkalari olishlari mumkin.
Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklariga) va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berilgan yerlar jamoat egaligidagi yerlardan va fuqarolarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yerlardan iborat bo‘ladi hamda ulardan faqat belgilangan maqsadda foydalaniladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tuman yoki viloyat hokimining qarori bilan qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklariga) ijaraga, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga esa doimiy egalik qilish uchun yoki ijaraga beriladi. Yer uchastkasining ijara shartnomasi qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) raisi, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonasi, muassasasi, tashkiloti rahbari bilan tuman hokimi o‘rtasida tuziladi. Yer uchastkalarini doimiy egalik qilish uchun olgan qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari, tashkilotlariga Yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati beriladi.
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining yer uchastkalariga bo‘lgan huquqi ular uyushmalar va boshqa agrosanoat birlashmalari tarkibiga kirganida saqlanib qoladi”;
13) 51-moddasining birinchi va ikkinchi qismlaridagi “vaqtincha foydalanishga” degan so‘zlar “kamida besh yil muddatga foydalanishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Fermer xo‘jaligi o‘ziga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir.
Fermer xo‘jaligini yuritish uchun:
zaxiradagi yerlardan yer uchastkalari;
yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan yer uchastkalari;
qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkat xo‘jaliklarining) hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalari;
qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkat xo‘jaliklarining) hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalari beriladi”;
“Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkalarining o‘lchamlari yer resurslarining mavjudligiga qarab belgilanadi. Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi qaror qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuman hokimi tomonidan qabul qilinadi”;
16) 58-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi hamda boshqa yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yerlari olib qo‘yilayotgan yer egalarining roziligiga ko‘ra va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishuvga muvofiq yer uchastkalarini ajratish loyihalariga asosan tuman yoki viloyat hokimining qarori bilan beriladi.
Yangi tashkil etilayotgan, qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan qishloq xo‘jaligi hamda boshqa yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari ular tuman yoki viloyat hokimining qarori asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi yoki tugatiladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni berish xo‘jalik faoliyati uchun qulay chegaralarda amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yer uchastkalarining tarqov, o‘zga yerlarga suqulib kirgan bo‘lishiga va boshqa kamchiliklarga ega bo‘lishiga, qoida tariqasida, yo‘l qo‘yilmaydi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yerlarning tarqov, o‘zga yerlarga suqulib kirgan bo‘lishini va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish xo‘jaliklararo yer tuzish tartibida amalga oshiriladi”;
17) 78-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Kodeks 8-moddasining 1—7-bandlarida ko‘rsatilgan yer fondi toifalariga kiritilmagan hamda yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan (realizatsiya qilinmagan) barcha yerlar zaxira yerlardir”.
(O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuniga asosan XX bo‘limning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 12-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son)
(XXI bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi O‘RQ-680-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan – Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er]
XXII. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 165-modda) 7-moddasining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar hamda ularga oid bitimlarning davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil etish”.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.10.00 Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari]
XXIII. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 12-modda):
“Ushbu Qonun 5-moddasining uchinchi qismiga muvofiq investorlarga foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarida yo‘l qo‘yiladigan darajadagi xarajatlarning o‘rnini qoplash tijorat maqsadida kavlab olish boshlangan kun to‘g‘ri keladigan kalendar yildan boshlab kompensatsiya mahsuloti hisobidan amalga oshiriladi. Investorning joriy kalendar yilda o‘rni qoplanmagan yo‘l qo‘yiladigan darajadagi xarajatlari bitim amal qilishining butun muddati davomida keyingi kalendar yillarda qoplanadi. Bunday hollarda bitimda o‘rni qoplanadigan yo‘l qo‘yiladigan darajadagi xarajatlarning eng yuqori miqdori belgilab qo‘yiladi”;
2) 20-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Investor atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini va mehnat haqi fondidan ajratmalarni qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi”.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun to‘lovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
XXIV. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 72-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda):
1) 5-moddasining o‘n birinchi xatboshisidagi “to‘lov” degan so‘z “kompensatsiya to‘lovlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 15-moddasi birinchi qismining o‘n to‘rtinchi xatboshisidagi “haq” degan so‘z “kompensatsiya to‘lovlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“23-modda. Chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari
Chiqindilarni maxsus ajratilgan va jihozlangan joylarga joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari undiriladi.
Kompensatsiya to‘lovlari miqdori belgilangan tartibda chiqindilarni joylashtirish limitlari asosida, chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i hamda atrof muhit uchun xavflilik darajasiga qarab belgilanadi”.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.01.00 Umumiy qoidalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
XXV. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda) 3-moddasi quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shu kabi boshqa organlariga xizmatga kirish taqiqlanadi”.
XXVI. Ushbu Qonun XII bo‘limining 1, 2, 3, 7 va 8-bandlari O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasiga saylov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish natijalariga ko‘ra kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-avgust,
535-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son, 533-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son)