toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq;
Qurilish sohasida maxsus texnik shartlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizom 41-ilovaga muvofiq;
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 5-ilovaga muvofiq;
Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
2. Belgilansinki:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat siri bilan bogʻliq obyektlarning birlamchi ruxsat berish hujjatlarini, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ularni ekspertizadan oʻtkazishdan tortib obyektlarni foydalanishga topshirishgacha boʻlgan barcha qurilish jarayonlari Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP ishtirokisiz toʻgʻridan-toʻgʻri belgilangan tartibda aloqador tashkilotlarni ijobiy xulosasi olingandan soʻng qurilish va uy-joy kommunal organlari tomonidan amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida belgilangan alohida hududlarda obyektlarning loyiha hujjatlari (yakka tartibdagi uy-joylarning loyiha hujjatlari bundan mustasno) ushbu hududlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan direksiyalar (yoki boshqa shakldagi boshqaruv tashkilotlar) bilan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali kelishiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlar talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
bir oy muddatda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
2022-yil 1-dekabrga qadar qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlari bilan belgilangan tartiblarning qoʻllanilishi natijalariga koʻra ularni yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-aprel,
200-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga
1-ILOVA
Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) tegishli boʻlgan bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek, uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (oʻtkazish, ulash) uchun moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi — bino va inshoot fasadiga kiritiladigan oʻzgartirishlarning yakuniy natijasi toʻgʻrisida toʻliq tasavvur beruvchi bino va inshoot fasadining rangli tasvirdagi arxitekturaviy chizmasi.
3. Ushbu Reglamentning amal qilishi bino va inshootning hajmi va maydonini oʻzgartirmasdan turib koʻcha (koʻchalar)dan koʻrinadigan old va yon fasadlar (fasad maydonining 25 foizidan ortiq qismi)dagi arxitekturaviy elementlar (sokoli, quyoshdan himoyalash elementlari, parapetlari, ustunlari, tomi, derazalari, peshayvoni, ayvonlari va shu kabilar)ning rangi, konfiguratsiyasi va oʻlchamlari oʻzgartirilishiga tatbiq etiladi.
Bino va inshootning, yakka tartibdagi uy-joyning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish boʻyicha agar bino va inshoot, yakka tartibdagi uy-joy magistral koʻchalar, xalqaro, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari boʻylab joylashgan hollarda fasad maydonining 25 foizidan ortiq qismidan qatʼi nazar kelishish talab etiladi.
Yakka tartibdagi uy-joylar, tumanlarning maʼmuriy markazi boʻlmagan shaharchalarda, qishloq aholi punktlari (qishloq va ovullar)da hamda aholi punktlari tashqarisida joylashgan bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish uchun kelishish talab etilmaydi.
Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi tegishli litsenziyasi boʻlgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi.
Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirgandan soʻng obyektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.
4. Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini kelishmasdan turib bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish tartibotini amalga oshirishda bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) bilan kelishiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
6. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻrtasidagi axborot almashuv elektron raqamli imzodan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda faqat elektron tarzda amalga oshiriladi.
7. Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
8. Ariza beruvchilar bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼiy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga kelib tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi PDF yoki JPEG formatda elektron shaklda hamda bino va inshootning naturada joylashgan joyi elektron xaritada koʻrsatilgan holda ilova qilinadi.
Bunda oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi Davlat xizmatlari markaziga ariza beruvchi tomonidan elektron shaklda taqdim etiladi.
Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini qogʻoz shaklida qabul qilib, Davlat xizmatlari markazida skanerlash taqiqlanadi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
11. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar, shuningdek, mulkdor boʻlgan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno).
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash elektron tarzda amalga oshiriladi.
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
10 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(12-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda vakolatli organning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(12-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
10 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(12-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
11,25 foizi — Raqamli texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
(12-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda vakolatli organning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(12-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
14. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni vakolatli organga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
15. Vakolatli organ soʻrovnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq QR-kod qoʻyilgan bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish kelishilganligi haqida xulosa beradi yoki rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda kelishishni rad etadi.
Vakolatli organ tomonidan rad etish normativ-huquqiy hujjatning yoki shaharsozlik normalari va qoidalarining nomi, uning qismi, bandi, kichik bandi yoki xatboshisiga asoslangan boʻlishi talab etiladi.
Bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini vakolatli organning ERI bilan tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kadastr agentligi oʻzining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga real vaqt rejimida koʻchmas mulk obyektiga oid quyidagi zarur maʼlumotlarni yuboradi:
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
koʻchmas mulkning manzili, yer uchastkasining maydoni, roʻyxatdan oʻtgan raqami va sanasi, huquq turi, yer fondi toifasi, oʻzboshimcha egallangan yer maydoni, bino inshootlar maydoni, roʻyxatdan oʻtgan raqami va sanasi, huquq turi, oʻzboshimcha qurilmalar, hujjatsiz qurilmalar maʼlumotlari, mulk egasi haqidagi maʼlumotlar, koʻchmas mulkka taqiq va cheklovlar mavjudligi.
Agar, yuqoridagi maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, vakolatli organning elektron soʻroviga asosan Kadastr agentligi tomonidan bir ish kuni davomida barcha zarur maʼlumotlar va hujjatlar tizimga elektron koʻrinishda yuklanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Vakolatli organ joyiga borib bino va inshootni oʻrganib chiqishi butun bino va inshootni yoki ularning qismlari va ularga biriktirilgan yer uchastkasini, shuningdek, ularga tutash hudud va ular yaqinidagi bino va inshootlarni vizual koʻrikdan (zarurat boʻlganda, maxsus uskunalar va asboblardan foydalangan holda) oʻtkazishdan iborat boʻladi.
Oʻrganish davomida bino va inshoot oʻzboshimchalik bilan qurilganini (loyiha-smeta hujjatlarini kelishmasdan va tegishli tartibda ekspertizadan oʻtkazmasdan turib qurilganini, obyektning loyiha-smeta hujjatlaridan chetga chiqqan holda hamda shaharsozlik normalari va qoidalarini buzgan holda qurish va rekonstruksiya qilingani) aniqlash maqsadida, bino va inshootni tekshiruvdan oʻtkazish hamda ariza beruvchi soʻrovnomasida, shuningdek, bino va inshootning devorlari rejasi, kesimi (mavjud boʻlsa), fasad va kadastr pasporti nusxasida berilgan maʼlumotlarni bino va inshootning haqiqiy holati bilan taqqoslash amalga oshiriladi.
16. Quyidagilar bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishishni rad etish uchun asos boʻladi:
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik;
loyihada bino va inshootning hajmi va maydoni oʻzgarganligi;
bino va inshootning avariya holatida ekanligi;
bino va inshootga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;
loyiha tegishli litsenziyasi boʻlgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilmaganligi;
binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi yuk koʻtaruvchi qismlarining oʻzgarishi nazarda tutilganligi;
bino va inshoot fasadi eskiz loyihasining qonunchilik talablariga, shu jumladan, shaharsozlik normalari va qoidalariga mos kelmasligi;
vakolatli organga ariza beruvchi tomonidan obyektni oʻrganish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;
taqiqda turgan obyektlar;
bino va inshootlarni ulushdorlaridan birining roziligi boʻlmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq emasligi;
bino va inshoot qismlari rangining atrofdagi bino va inshootlar arxitektura koʻrinishiga va tabiiy landshaft arxitekturasiga uygʻunlashtirilmaganligi;
bino va inshoot qismlaridagi ranglar va shakllar (parapet, pilyastr, deraza, eshik va boshqalar) mazkur bino va inshootlarning funksional vazifasiga yoki umumiy arxitektura koʻrinishiga mos kelmasligi;
qonunchilik hujjatlarida vakolat berilgan alohida hududlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan direksiyalar (yoki boshqa shakldagi boshqaruv tashkilotlar)ning ijobiy xulosasi olinmaganda;
bino va inshootning tashqi koʻrinishi hududning tasdiqlangan “dizayn kod”iga muvofiq boʻlmaganda (“dizayn kod” tasdiqlangan hududlarda);
bino va inshoot boʻyicha va (yoki) avvalgi ariza (xulosa) yuzasidan sudda nizo koʻrilayotgan boʻlsa;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan oʻn uchinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37, 38-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
17. Ariza beruvchi bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish rad etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻim toʻlamasdan koʻrsatilgan kamchilikni bartaraf etgan holda bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish uchun takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda avvalgi ariza uchun toʻlangan invoysni Tizimdan yuklab olib, takroriy arizaning toʻlov bosqichida biriktiradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf qilingan taqdirda, takroran kelishish soʻrovnoma takroran tushgan kundan boshlab uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Oldin koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
18. Vakolatli organ bino va inshoot tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishgan kunning oʻzida QR-kod qoʻyilgan bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish kelishilganligi haqidagi xulosani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi xulosa olinganidan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron pochta manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini elektron tarzda xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga xulosani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soʻrovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini olib ketishga masʼul shaxs koʻrsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlashi kerak.
20. Xulosa bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi kelishilgan kunning oʻzida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomatik ravishda hisobga olib boriladi.
21. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
22. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
23. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

1-ILOVA

Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilish.

Oʻz xohishiga koʻra

2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlash.

Murojaat qilganda


2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Soʻrovnomani vakolatli organga yuborish.

Avtomatik ravishda


3-bosqich

Vakolatli organ

1. Joyiga borib bino va inshoot maqsadidan kelib chiqqan holda bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish imkoniyatini oʻrganib chiqish.

2. Xulosani ERI bilan tasdiqlash yoʻli bilan rasmiylashtirish.

3. Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga QR-kodli xulosani yuborish.

5 ish kuni mobaynida


4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Ariza beruvchining elektron manziliga xulosani joʻnatish, ariza beruvchini bu haqida elektron tarzda xabardor qilish va xulosani berish.

Real vaqt rejimida

Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

2-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

__________________

(sana)

__________________

(raqam)

Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish

boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. JSHSHIR

2. F.I.O.

3. Telefon raqami

4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Toʻliq nomi

2. STIR

3. Telefon raqami

4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

III. Bino va inshoot toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Bino va inshootning kadastr raqami

2. Bino va inshootning manzili

IV. Soʻrovnomaga ilova:

Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi

 

V. Davlat xizmatini koʻrsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud boʻlsa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

 JSHSHIR

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)

Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

3-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga
2-ILOVA
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) kapital bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha kapital bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnomalar (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnoma) berish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Ruxsatnoma qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Reglament qoidalari markazlashgan mablagʻlar yoki xalqaro moliya institutlari va tijorat banklarining kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida obyektlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnomalar berishga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Reglament qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
davlat sirlariga yoki alohida muhim toifalangan obyektlarning qurilish-montaj ishlariga;
yengil turdagi qurilmalar (konstruksiyalar) va vaqtincha qurilmalarga.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek, uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (oʻtkazish, ulash) uchun moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
kapital bino va inshoot — obyekt barpo etilishi uchun yer uchastkasiga mulk, ijara yoki doimiy foydalanish huquqi mavjud boʻlgan, zarur ruxsat beruvchi hujjatlari olingan hamda muqim muhandislik kommunikatsiyalari oʻtkazilgan (zarur boʻlganda), shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda maxsus moslashtirilgan (chuqurlashtirilgan va boshqa holatdagi) poydevorlarga oʻrnatilgan qurilish tizimi;
vaqtinchalik qurilmalar — obyektlar quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va taʼmirlanadigan, dala ishlari (geodeziya, qishloq hoʻjaligi, oʻrmonchilik, baliq koʻpaytirish va boshqalar) bajariladigan mavsumiy savdo, umumiy ovqatlanish, oʻqitish va boshqa jarayonlar davrida maxsus barpo etiladigan yoki moslashtiriladigan hamda ulardan foydalanish zarurati boʻlmaganda bartaraf etish (buzish) imkoniyati mavjud boʻlgan kapital hisoblanmagan ishlab chiqarish, ombor sifatida ishlatiladigan bino va inshootlar;
Oldingi tahrirga qarang.
yengil turdagi qurilmalar (konstruksiyalar) — devor, pol va tom qismlari yengil konstruksiyalardan iborat, yon qism(lar)i yopiq yoki ochiq, 0,5 metrdan koʻp boʻlmagan chuqurlikda poydevorga ega, yechib olish va koʻchirish imkoniyati mavjud bir qavatli qurilish obyektlari (devor, pol va tom qismlarini buzmasdan yaxlitligicha koʻchirish hamda oʻrnatish mumkin boʻlgan yengil turdagi konstruksiyalar bundan mustasno);
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
magistral koʻchalar — aholi punktining maʼmuriy markazini boshqa funksional zonalari bilan bogʻlovchi, shuningdek, uning hududida umumiy foydalanishdagi transport va boshqa transport vositalari hamda piyodalar serqatnov boʻlgan asosiy koʻchalar;
qayta qurish — obyektdagi bino va inshootlarni toʻliq yoki qisman buzib tashlab, ularning ixtisoslashishini oʻzgartirgan yoki oʻzgartirmagan holda yangilarini qurish;
ixtisoslashishini oʻzgartirish — bino va inshootlarni yoki alohida xonalarni, shu jumladan, qurilishi yakunlanmaganlarini ularning dastlabki loyiha-smeta va kadastr hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadli yoʻnalishining rekonstruksiya qilingan va rekonstruksiya qilinmagan oʻzgarishi;
qoʻshimcha qurilish — yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalarining oldin qurilgan bino va inshootlardan boʻsh qismida ularga tutashgan holda va (yoki) alohida turadigan yangi bino va inshootlarning barpo etilishi;
rekonstruksiya qilish — binolardan foydalanish sharoitlarini oʻzgartirish, ularning jismoniy eskirishi tufayli yuzaga kelgan yoʻqotishlar oʻrnini toʻldirish, binolardan foydalanishning yangi maqsadlariga erishish uchun asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni (yuklamalarni, xonalarning rejalashtirilishini, binoning qurilish hajmini va umumiy maydonini, muhandislik jihatdan jihozlanishini) oʻzgartirish bilan bogʻliq qurilish ishlari va tashkiliy-texnik tadbirlar hamda koʻp kvartirali uydagi joyni qayta rejalashtirish majmui;
shaharsozlik hujjatlari — hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ruxsatnoma 2 yil muddatga beriladi, agarda ruxsatnoma talablari 2 yil muddatda bajarilmasa, u oʻz kuchini yuqotgan hisoblanadi.
Buyurtmachida yangi ruxsatnoma olish zarurati tugʻilganda, u ruxsatnomani bergan organga ushbu Reglamentda belgilangan tartibda takroran soʻrovnoma kiritishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Quyidagi hollarda ruxsatnoma talab etilmaydi:
binolarning mustahkamligi va zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi, yuk koʻtarib turuvchi qismlarining oʻzgarishiga olib kelmaydigan qayta rejalashtirishdan iborat (koʻp kvartirali uydagi joylarni qayta rejalashtirish bundan mustasno) rekonstruksiya qilishda;
yengil turdagi qurilmalar va vaqtincha qurilmalarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida shunday qoʻshimcha qurilmalarni qurishda.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
6. Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻp kvartirali turar joylarda quyidagilar taqiqlanadi:
birinchi qavatdagi va yertoʻla qismidagi xonalarni yuk koʻtaruvchi qismlarini oʻzgartirish yoki rekonstruksiya qilish (xonalar ixtisoslashishini oʻzgartirish, shuningdek, gipsokarton, plastik va shu turdagi boshqa yengil materiallardan iborat orayopma devorlarni oʻrnatish bundan mustasno);
ikkinchi va undan yuqori qavatlarda joylashgan va loyiha-smeta hujjatlari mavjud turar joylarni yuk koʻtaruvchi qismlarini oʻzgartirish yoki rekonstruksiya qilish va qayta rejalashtirish (gipsokarton, plastik va shu turdagi boshqa yengil materiallardan iborat orayopma devorlarni oʻrnatish bundan mustasno).
Shaharsozlik hujjatlarida istiqbolda muayyan hududda mavjud bino va inshootlar buzilishi belgilangan holatlarda, ushbu hududlarda joylashgan bino va inshootlar ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnomalar berilishi mumkin.
Avtomobil va temir yoʻllari, suv inshootlari muhofaza zonalarida joylashgan bino va inshootlarga faqat ixtisoslashishni oʻzgartirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnomalar berilishi mumkin. Bunday holatlarda oʻz hududida qoʻshimcha kapital bino va inshootlarni qurish, mavjudlarining qavatini oshirish taqiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan ikkinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ruxsatnoma Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan beriladi.
Vakolatli organ tomonidan turar joyni noturar joy toifasiga yoki noturar joyni turar joy toifasiga oʻtkazish (rekonstruksiya qilmasdan) uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilganda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra kadastr pasportini rasmiylashtirish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ruxsatnoma Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga elektron tarzda yuboriladi (obyektning muayyan qismi toifasini oʻzgartirish bundan mustasno).
Ruxsatnoma rasmiylashtirilgandan soʻng ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish uchun buyurtma Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda berilishi mumkin.
Koʻp kvartirali turar joyning birinchi qavatini noturar joy toifasiga yoki noturar joyni koʻp kvartirali turar joy toifasiga oʻtkazish uchun Qurilish va uy joy kommunal hoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalarining ijobiy xulosasi talab etiladi.
Noturar joy binolardan iborat obyektning oʻz hududida qoʻshimcha turar joy binolarini qurishga ushbu Reglamentda belgilangan tartibda berilgan ruxsatnomaga asosan mazkur qoʻshimcha turar joy binolari qurilishi yakunlanib ulardan foydalanishga tegishli ruxsatnoma berilgandan soʻng ushbu binolarni turar joy toifasiga oʻtkazish uchun alohida ruxsatnoma olish talab etilmaydi.
Noturar joyni turar joyga ixtisoslashishni oʻzgartirishga ruxsatnomani rasmiylashtirishda:
a) koʻchmas mulk obyekti bilan bogʻliq soliq qarzdorligi mavjud emasligi;
obyektda tadbirkorlik faoliyatini yuritish imkoniyatlarining toʻliq bartaraf etilganligi (koʻchmas mulk obyektida tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs hisobga qoʻyilmaganligi) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining elektron maʼlumotlar bazasidan avtomatik ravishda tekshiriladi;
b) koʻchmas mulk obyekti mulkdorlarining koʻp kvartirali uyni saqlash xarajatlari uchun boshqarish organi oldida majburiy badal va toʻlovlardan qarzdorligi mavjud emasligi “Mening uyim” billing tizimidan avtomatik ravishda tekshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
71. Mavjud binolarni diniy muassasalar va ibodatxonalar (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar va boshqalar)ga ixtisoslashtirish, diniy muassasalar va ibodatxonalarni qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishga ruxsatnoma olishda:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Din ishlari qoʻmitasi) diniy muassasalar va ibodatxonalarni qayta qurish, rekonstruksiya qilish va oʻz hududlarida qoʻshimcha binolarni qurish hamda boshqa binolardan diniy muassasalar va ibodatxonalar sifatida foydalanish uchun ularni ixtisoslashishni oʻzgartirish boʻyicha xulosa beradi;
b) tegishli tuman (shahar) hokimliklari diniy muassasalar va ibodatxonalarni qayta qurish va boshqa binolardan diniy muassasalar va ibodatxonalar sifatida foydalanish uchun ularni ixtisoslashishni oʻzgartirish boʻyicha xulosa beradi;
v) vakolatli organ diniy muassasalar va ibodatxonalarni qayta qurish, rekonstruksiya qilish va oʻz hududlarida qoʻshimcha binolarni qurishni loyihalashtirishga hamda boshqa binolardan diniy muassasalar va ibodatxonalar sifatida foydalanish uchun ularni ixtisoslashishni oʻzgartirishga ushbu bandning “a” kichik bandi boʻyicha ijobiy xulosa olingandan soʻng ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnoma) beradi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
8. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻrtasidagi axborot almashuv ERIdan foydalangan holda faqat elektron tarzda amalga oshiriladi.
9. Ruxsatnoma berish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Ruxsatnoma talablari va shartlari
10. Quyidagilar ruxsat berishga doir talab va shartlar hisoblanadi:
a) turar joyni noturar joyga oʻtkazishda:
Oldingi tahrirga qarang.
bino va inshootning texnik holati boʻyicha ijobiy xulosa mavjudligi;
(10-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
turar joyni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq yoʻqligi yoki ushbu turar joyga nisbatan xatlov mavjud emasligi (ipoteka bundan mustasno);
(10-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 614-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 09/24/614/0768-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
noturar joyga oʻtkazilayotgan turar joy birinchi qavatda joylashganligi (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno);
qonunchilik hujjatlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga zid ravishda binolar konstruksiyasiga taʼsir koʻrsatuvchi oʻzgartirishlar kiritmaslik;
obyektda evakuatsiya chiqishlarining soni va joylashishining oʻzgarmasligi;
turar joy aniq maqsadli kommunal uy-joy fondiga kirmasligi;
alohida kirish joyini yaratish imkoni mavjud boʻlishi;
koʻzlangan faoliyat turi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovasiga (koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylarda joylashtirishga ruxsat berilgan faoliyat turlari roʻyxati) muvofiq faoliyat turlariga zid boʻlmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
ixtisoslashishi oʻzgartirilgan obyektning foydalanish maqsadi yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiqligi;
(10-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 614-sonli qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 09/24/614/0768-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
b) noturar joyni turar joyga oʻtkazishda:
ixtisoslashishi oʻzgartirilgan obyektning foydalanish maqsadi yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiqligi;
Oldingi tahrirga qarang.
bino va inshootning texnik holati boʻyicha ijobiy xulosa mavjudligi;
(10-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
turar joyga oʻtkazilayotgan noturar joy bino yertoʻlasi yoki yarim yertoʻlasida joylashmaganligi;
(10-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
turar joyga oʻtkazilayotgan noturar joyni toʻgʻridan-toʻgʻri boshidan oxirigacha yoki burchagidan shamollatishni tashkil etish imkoniyatining mavjudligi, shuningdek, yondosh turar joy yoki noturar joylardan toʻliq izolyatsiyalanganligi;
(10-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
noturar joydagi xonalar shiftining (maksimum, minimum) balandligi shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq ekanligi;
(10-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
noturar joyni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq yoʻqligi yoki ushbu noturar joyga nisbatan xatlov mavjud emasligi (ipoteka bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
zarur sanitariya-gigiyenik uzellar yaratish uchun noturar joydagi xonalarni moslashtirish imkoniyatining mavjudligi;
(10-band “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
markazlashtirilgan kanalizatsiya mavjud boʻlmagan hollarda noturar joyga biriktiriladigan yer uchastkasining maydoni turar joy xonasidan, shuningdek, biriktiriladigan yer uchastkasiga tutash boʻlgan boshqa mulkdorlarga tegishli turar joylardan oqova suv va hojatxona uchun moʻljallangan oʻralardan sanitariya normalariga muvofiq masofada joylashganligi;
(10-band “b” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
xonaning mavsumiy va vaqtincha yashash uchun moʻljallanmaganligi;
xonaning bozorlar va boshqa savdo markazlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarida joylashmaganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
kino va videofilmlar namoyish qilinadigan vaqtincha pavilyonlar, yozgi ochiq estrada, raqs maydonchalari, inson hayoti uchun xavfli boʻlgan portlovchi, yonuvchi va kimyoviy vositalar saqlash omborxonalari, kiosklar, yengil turdagi obyekt emasligi;
(10-band “b” kichik bandining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
ijtimoiy soha obyektlarida joylashmaganligi;
(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 614-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 09/24/614/0768-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
v) koʻp kvartirali uylarni qayta rejalashtirish va rekonstruksiya qilishda qoʻshnilarning yoki boshqa uchinchi shaxslarning umumiy mulkdan foydalanish bilan bogʻliq huquqlari buzilmasligi hamda ularning hayoti va sogʻligʻi uchun xavf-xatar yuzaga kelmasligi;
g) shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi.
3-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
11. Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Ruxsatnoma olish uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼiy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga kelib tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish nazarda tutilganda soʻrovnomaga turar joyga birgalikda egalik qiluvchilarning (agar mavjud boʻlsa) notarial tasdiqlangan yozma roziligi;
Madaniy meros agentligining hududiy boshqarmasi ijobiy xulosasi (moddiy-madaniy meros obyektlari, alohida muhofaza qilinadigan hududlarida joylashgan obyekt boʻyicha).
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlar hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobile-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yuborilgan invoys asosida quyidagi miqdorda yigʻim toʻlanadi:
xavf-xatar toifalari boʻyicha I toifa obyektlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi;
xavf-xatar toifalari boʻyicha II toifa obyektlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari;
xavf-xatar toifalari boʻyicha III-IV toifa obyektlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar, shuningdek, mulkdor boʻlgan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno).
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi elektron shaklda tasdiqlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
15. Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
10 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(15-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(15-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
b) YIDXP orqali murojaat etganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
10 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(15-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
11,25 foizi — Raqamli texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(15-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(15-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
16. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Oʻzi kelib murojaat qilganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni quyidagi davlat organlariga (keyingi oʻrinlarda — xulosa beruvchilar) yuboradi:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filialiga (keyingi oʻrinlarda — kadastr organi);
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman (shahar) sanitariya-epidemiologiya xizmatiga;
Favqulodda vaziyatlar vazirligining tuman (shahar) yongʻin xavfsizligi boʻlimiga, Toshkent shahrida — yongʻin xavfsizligi boshqarmasiga;
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining tuman (shahar) boʻlimiga.
Mavjud binolarni diniy muassasalar va ibodatxonalarga ixtisoslashtirish, diniy muassasalar va ibodatxonalarni qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishga ruxsatnoma olish uchun oʻzi kelib murojaat qilganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni, ushbu bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshidagi organlardan tashqari quyidagi organlarga ham yuboradi:
tuman (shahar) hokimligiga;
Din ishlari qoʻmitasiga.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
171. Kadastr organi bir ish kuni mobaynida quyidagilarni elektron tizim orqali vakolatli organga yuboradi:
bino va inshoot yer uchastkasi yer fondi yerlarining qaysi toifasiga mansubligi hamda yer ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlarning oʻz kuchini yoʻqotganligi yoki yoʻqotmaganligi (muddati oʻtmaganligi) haqida va yer maydoni nizoli emasligi toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan maʼlumotnoma;
bino va inshootning kadastr chizmasi (planlar, old va yon koʻrinishlari, yer uchastkasining chegarasi (mavjud boʻlganda) va boshqalar). Bunda bino va inshootning kadastr chizmasida mulk huquqiga ega boʻlgan va unga ega boʻlmagan qismlari qayd etiladi.
Bino va inshoot yoki uning yer uchastkasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganda, ushbu koʻchmas mulk obyektida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlari mavjud boʻlganda, ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlganda, koʻchmas mulk obyektiga taqiq, xatlov (ipoteka bundan mustasno) qoʻyish vakolati boʻlgan organ tomonidan unga taqiq, xatlov (ipoteka bundan mustasno) qoʻyilganda, noturar joyni turar joyga oʻtkazishda turar joyga oʻtkazilayotgan noturar joy qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarida joylashganda, filial QR-kod qoʻyilgan rad javobini elektron tizimga yuklaydi. Rad javobi elektron tizim orqali bevosita ariza beruvchiga yuboriladi.
172. Xulosa beruvchilar besh ish kuni davomida bino va inshootning ixtisoslashishni oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida quriladigan qoʻshimcha bino va inshootlar sanitariya-epidemiologiya va yongʻin xavfsizligi talablariga javob berishi toʻgʻrisidagi ijobiy xulosalarini vakolatli organga yuboradilar. Bunda shartli ravishda ijobiy xulosa berish taqiqlanadi.
Bino va inshootning ixtisoslashishni oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida quriladigan qoʻshimcha bino va inshootlar sanitariya-epidemiologiya va yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermagan holatlarda, salbiy xulosalar elektron tizimga yuklanadi. Salbiy xulosa elektron tizim orqali bevosita ariza beruvchiga yuboriladi.
173. Din ishlari qoʻmitasi soʻrovnoma tushganidan soʻng besh ish kuni mobaynida oʻz xulosasini vakolatli organga va ariza beruvchiga yuboradi. Bunda salbiy xulosa qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda beriladi.
174. Tuman (shahar) hokimligiga soʻrovnoma tushganidan soʻng u besh ish kuni mobaynida diniy muassasalar va ibodatxonalarni qayta qurish va boshqa binolardan diniy muassasalar va ibodatxonalar sifatida foydalanish uchun ularni ixtisoslashishni oʻzgartirishni ijobiy xulosasi orqali kelishib beradi hamda uni vakolatli organga va ariza beruvchiga yuboradi yoki qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda rad etadi.
175. Quyidagilar vakolatli organ huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik kengashlari (keyingi oʻrinlarda — Kengash) bilan kelishiladi:
a) aholi punktlarining rivojlanishini rejalashtirish va hududlarini qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, ruxsatnomalar berish masalalari;
b) koʻp qavatli binolar joylashgan magistral koʻchalar, shuningdek, xalqaro va davlat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari boʻylab joylashgan bino va inshootlar, shu jumladan koʻp kvartirali uy-joylarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish bilan bogʻliq rekonstruksiya qilish (fasadlar va tom qismi), ixtisoslashishni oʻzgartirish va ularni qayta qurish masalalari;
v) turar joy zonasida yakka tartibdagi uy-joy yoki boshqa maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish uchun moʻljallangan oʻz yer uchastkasida mavjud bino va inshootning toʻliq yoki bir qismini buzgan holda, ular oʻrnida koʻp kvartirali uy-joy qurish masalalari.
Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushganidan soʻng bir ish kuni ichida undagi masalani koʻrib chiqish Kengashga taalluqli boʻlsa, soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni tegishliliga koʻra, Kengashga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Kengashlar oʻziga tegishli masalani oʻn besh ish kuni ichida koʻrib chiqib, ijobiy yoki salbiy xulosani elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga hamda vakolatli organga yuboradi.
176. Vakolatli organ filialdan bino va inshoot yer uchastkasi yer fondi yerlarining qaysi toifasiga mansubligi hamda yer ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlarning oʻz kuchini yoʻqotganligi yoki yoʻqotmaganligi (muddati oʻtmaganligi) haqida maʼlumotnomalar, bino va inshootning kadastr chizmalari, xulosa beruvchilarning ijobiy xulosalar, shuningdek, Din ishlari qoʻmitasidan va tuman (shahar) hokimligidan hamda tegishli Kengashdan ijobiy xulosalar tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda davlat xizmatini koʻrsatish qiymati belgilangan invoysni (keyingi oʻrinlarda — invoys) yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali invoys kelib tushganligi haqida ariza beruvchi xabardor qilinadi.
177. Ariza beruvchiga invoys kelib tushgandan soʻng besh ish kuni mobaynida invoysda qayd etilgan toʻlov amalga oshirilishi lozim.
(171 — 177 -bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Vakolatli organ invoys boʻyicha toʻlov kelib tushgandan soʻng yetti ish kuni mobaynida obyektni joyiga borib, bino va inshootlarni ixtisoslashishni oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurish imkoniyatlari mavjudligini oʻrganadi va QR-kod qoʻyilgan ruxsatnomani beradi yoki rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi.
Vakolatli organ tomonidan rad etish normativ-huquqiy hujjatning yoki shaharsozlik normalari va qoidalarining nomi, uning qismi, bandi, kichik bandi yoki xatboshisiga asoslangan boʻlishi talab etiladi.
Ruxsatnoma elektron shaklda rasmiylashtiriladi va vakolatli organning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida zaruratga koʻra filialdan davlat xizmatini koʻrsatishga doir qoʻshimcha maʼlumotlar talab etilganda, Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali real vaqt rejimida koʻchmas mulk obyektiga oid zarur maʼlumotlar va kadastr hujjatlarini mustaqil ravishda (yuklab) olishi mumkin.
Agar Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali obyektning kadastr hujjatlari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni olishni imkoni boʻlmagan yoki maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlmagan taqdirda, vakolatli organning elektron soʻroviga asosan Kadastr agentligi tomonidan ikki ish kuni davomida barcha zarur maʼlumotlar va hujjatlar tizimga elektron shaklda yuklanadi.
Ariza beruvchi obyektni oʻrganish uchun vakolatli organga imkoniyat yaratib berishi lozim.
Vakolatli organning obyektni joyiga borib oʻrganib chiqishi butun bino va inshootni yoki ularning qismlarini va ularga biriktirilgan yer uchastkasini, shuningdek, ularga tutash hududni hamda bino va inshootlarni vizual koʻrikdan (zarurat boʻlganda, maxsus uskunalar va asboblardan foydalangan holda) oʻtkazishdan iborat boʻladi.
Vakolatli organ oʻrganish davomida bino va inshoot oʻzboshimchalik bilan qurilmaganligini aniqlash uchun bino va inshootni tekshiruvdan oʻtkazadi, ariza beruvchining soʻrovnomasidagi va kadastr hujjatlaridagi maʼlumotlarni bino va inshootning haqiqiy holati bilan taqqoslaydi.
Shuningdek, obyektda quyidagilar oʻrganiladi:
qurilishi rejalashtirilayotgan obyekt bosh rejaga muvofiq joylashtirilganligi, shu jumladan, obyekt hududning shaharsozlik hujjatlarida belgilangan zonalashtirishga muvofiq joylashganligi;
qurilish-montaj ishlari shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilganligi;
muhandislik tarmoqlari va boshqa muhofaza zonalariga boʻlgan masofalar saqlagan holatda obyekt joylashtirilganligi;
qurilayotgan obyekt uchun shaharsozlik talablari boʻyicha yer maydoni yetarli ekanligi;
qurilishi rejalashtirilayotgan obyekt uchun ajratilgan yer maydoni nizoli boʻlgan taqdirda, mazkur nizo mazmunan hal etilganligi toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan sud organining qarori yoxud nizolashuvchi taraflarning yozma ravishda rasmiylashtirilib tasdiqlangan kelishuv bitimi mavjudligi;
shaharsozlik hamda sanitariya norma va qoidalari, shuningdek, yongʻin xavfsizligi talablariga mos ekanligi;
qoʻshimcha bino va inshootlarni qurish rejalashtirilayotgan oʻz hududida koʻp yillik daraxtlar mavjud boʻlgan taqdirda, qurish uchun ekologiya organlarining tegishli ijobiy xulosasi mavjudligi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
19. Quyidagilar vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanmaganligi;
mazkur Maʼmuriy reglamentning 10, 18 va 21-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq emasligi;
bino va inshootning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurish qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq emasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
bino va inshoot ular joylashgan yer uchastkasining foydalanish maqsadiga mos ravishda joylashmagani;
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
obyektni oʻrganish uchun vakolatli organga imkoniyat yaratilmaganligi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu koʻchmas mulk obyektida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq, xatlov (ipoteka bundan mustasno) qoʻyilganligi;
(19-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 614-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 09/24/614/0768-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
loyihalashtirish nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlari ruxsatnoma olgunga qadar oʻzboshimchalik bilan boshlangan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi, yoki foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga koʻra, obyekt qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yoki oʻrmon fondi yerlari hududida joylashganligi haqida sohadagi vakolatli organning xulosasi mavjudligi;
(19-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
obyekt ulanishi moʻljallanayotgan tashqi muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarining yetarli quvvatlarga ega boʻlmaganligi (Kengashda koʻrib chiqilishi jarayonida aniqlanganda);
tegishli Kengashning ijobiy xulosasi olinmaganligi (Kengashda koʻriladigan masalalar boʻyicha);
qonunchilik hujjatlarida vakolat berilgan alohida hududlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan direksiya (yoki boshqa shakldagi boshqaruv tashkilotlar)ning salbiy xulosasi olinganda;
bino va inshootning tashqi koʻrinishi hududning tasdiqlangan “dizayn kod”iga muvofiq boʻlmaganda (“dizayn kod” tasdiqlangan hududlarda);
Madaniy meros agentligining hududiy boshqarmasi ijobiy xulosasi olinmaganda (obyekt moddiy-madaniy meros obyektlari, alohida muhofaza qilinadigan hududlarida joylashgan boʻlsa);
bino va inshoot boʻyicha va (yoki) avvalgi ariza (ruxsatnoma) yuzasidan sudda nizo koʻrilayotgan boʻlsa;
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi — oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi.
Bunda yer uchastkasi yoki bino va inshootning biri davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlsa, rad etish taqiqlanadi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
20. Ariza beruvchi ruxsatnoma berish rad etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamasdan koʻrsatilgan kamchilikni bartaraf etib ruxsatnoma olish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda avvalgi ariza uchun toʻlangan invoysni tizimdan yuklab olib, takroriy arizaning toʻlov bosqichida biriktiradi. Takroriy soʻrovnoma ushbu Reglamentda belgilangan tartibda umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ruxsatnoma soʻrovnoma takroran berilgandan soʻng vakolatli organ tomonidan besh ish kunidan oshmagan muddatda beriladi.
Ruxsatnomani berish masalasini takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Ruxsatnomani olish uchun qayta murojaat rad etilganda keyingi murojaatlar ushbu Reglamentga asosan umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 614-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 09/24/614/0768-son)
22. Turar joy zonalarida joylashgan bino va inshootni ixtisoslashishini oʻzgartirmasdan bino va inshootni rekonstruksiya qilish, qayta qurish va oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlar qurishga ruxsatnoma berishga yoʻl qoʻyiladi.
23. Turar joy zonasida yakka tartibda uy-joy qurish uchun moʻljallangan oʻz yer uchastkasida yoki mavjud bino va inshootni buzib, uning oʻrnida koʻp kvartirali uy qurish masalalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
24. Noturar joy xonalarini (yoki ularning bir qismini) koʻp kvartirali turar joy yoki yotoqxona sifatida ishlatiladigan turar joyga vakolatli organning noturar joy xonalarini (yoki ularning bir qismini) turar joy toifasiga oʻzgartirish uchun beradigan ruxsatnomasida yondosh binolardagi yongʻinga qarshi va sanitariya masofalari, kirish yoʻllari, piyodalar uchun yoʻlaklar, avtomobillar toʻxtab turish maydonchalari, sport va bolalar maydonchalari, axlat yigʻgichlar va yuvilgan kiyimlarni quritish maydonchalari hisobga olingan holda koʻp kvartirali turar joylar yoki yotoqxonaga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan yer uchastkasining maydoni koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Obyektdagi binolarni (binoni) noturar joy toifasidan turar joy toifasiga oʻtkazishda mazkur obyektga tegishli yer uchastkasining faqat 0,04 gektargacha boʻlgan boʻsh yer uchastkadan iborat qismini turar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsat etiladi (obyektdagi noturar joy toifasidan turar joy toifasiga oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan binolar (binoni)ning umumiy maydoni hamda xususiylashtirilgan yerlar bundan mustasno).
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
25. Vakolatli organ ruxsatnomani u rasmiylashtirilgan kunda Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ruxsatnoma YIDXP orqali yuborilganda, bir vaqtning oʻzida, ushbu obyektning elektr, suv taʼminoti, oqova suv tarmoqlari, gaz tarmoqlari va issiqlik taʼminoti boʻyicha maʼlumotlarini hamda texnik shartlarini yangilash uchun tegishli muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga yuboriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar. 25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
26. Turar joyni noturar joy sifatida ixtisoslashtirishga ruxsatnomani rasmiylashtirishda ariza beruvchi tomonidan rekonstruksiya qilish ishlarida va muhandislik tarmoqlari yuklama hajmini oʻzgartirish talab etilganda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu ruxsatnomada arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilishi, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashda qonunchilik hujjatlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga zid ravishda binolar konstruksiyasiga taʼsir koʻrsatuvchi oʻzgartirishlar kiritmaslik hamda obyektda evakuatsiya chiqishlarining soni va joylashishini oʻzgartirmaslik, loyiha-smeta hujjatlari kelishilishi, rekonstruksiyasi tugallangan bino va inshootlarning noturar joyga kadastr pasportini qayta shakllantirish, foydalanishga qabul qilish hamda unga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida talablar koʻrsatiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Ushbu ruxsatnomada arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilishi, loyiha-smeta hujjatlari kelishilishi, rekonstruksiyasi tugallangan bino va inshootlarni noturar joyga kadastr pasportini qayta shakllantirish, foydalanishga qabul qilish hamda unga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida talablar koʻrsatiladi.
Turar joyni noturar joyga yoki noturar joyni turar joyga ixtisoslashishini oʻzgartirishda binoni rekonstruksiya qilish nazarda tutilmasa, vakolatli organ ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ruxsatnomani rasmiylashtiradi.
27. Noturar joyni turar joyga ixtisoslashishini oʻzgartirishga ruxsatnomani rasmiylashtirishda vakolatli organ tomonidan rekonstruksiya qilish zarurati mavjudligi aniqlansa, ushbu Reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Ushbu ruxsatnomada uy-joyni rekonstruksiya qiladigan uy-joy mulkdorlariga yakka tartibda uy-joyni (koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar) rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini kelishish va rekonstruksiyasi ishlari yakunlangan uy-joyni foydalanishga qabul qilish haqida talablar koʻrsatiladi.
28. Kapital bino va inshootlarning, shuningdek, alohida xonalarning ixtisoslashishini oʻzgartirishga oʻziga tegishli yer uchastkasida qoʻshimcha kapital bino va inshootlarni qurishga, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya qilishga hamda ularni toʻliq yoki qisman buzgan holda oʻrnida yangi bino va inshootni qurish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha amalga oshiriladi.
Agar ruxsatnomada obyektni rekonstruksiya qilmasdan faqat ixtisoslashishini oʻzgartirish koʻrsatilgan boʻlsa, bu kadastr organlarining hududiy filiallari tomonidan belgilangan tartibda kadastr pasportini qayta shakllantirishga asos boʻladi hamda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni:
Kadastr agentligiga elektron shaklda hamda ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va (yoki) ariza beruvchini bu haqida elektron shaklda xabardor qiladi;
bir vaqtning oʻzida ushbu obyektning elektr, suv taʼminoti, oqova suv tarmoqlari, gaz tarmoqlari va issiqlik taʼminoti boʻyicha maʼlumotlarini hamda texnik shartlarini yangilash uchun tegishli muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga ruxsatnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida taqdim etishi mumkin.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar. 29-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
291. Kadastr agentligi turar joyni noturar joyga yoki noturar joyni turar joyga ixtisoslashishini oʻzgartirish (rekonstruksiya qilmasdan) boʻyicha ruxsatnoma kelib tushganidan keyin bir ish kunida kadastr pasportini rasmiylashtirish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi.
(291-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
30. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlashi kerak.
31. Ruxsatnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomatik ravishda hisobga olib boriladi.
32. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
33. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
34. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.

Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

1-ILOVA

Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilish.

Oʻz xohishiga koʻra

2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlash.

Murojaat qilganda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Soʻrovnomani vakolatli organ, filial, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologiya xizmati, tuman (shahar) yongʻin xavfsizligi boʻlimi, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi tuman (shahar) boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda — xulosa beruvchilar), Din ishlari qoʻmitasiga hamda tuman (shahar) hokimligiga yuborish.

Avtomatik ravishda

3-bosqich

Vakolatli organ

Soʻrovnomadagi masalani koʻrib chiqish Kengashga taalluqli boʻlsa, soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni tegishliliga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga Kengashda koʻrib chiqilishi uchun yuborish.

bir ish kuni ichida

4-bosqich

Xulosa beruvchilar, Din ishlari qoʻmitasi, tuman (shahar) hokimligi,

Kengash.

Oʻziga tegishli masala yuzasidan salbiy yoki ijobiy xulosani Vakolatli organga berish.

besh ish kuni mobaynida

(Toshkent shahar QBB ASHKda oʻn ish kuni mobaynida)

5-bosqich

Vakolatli organ

Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda davlat xizmatini koʻrsatish qiymati belgilangan invoysni (keyingi oʻrinlarda — invoys) yuboradi.

tegishli xulosalar kelib tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida

6-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Invoys olinganligi haqida ariza beruvchini elektron tarzda xabardor qilish.

Real vaqt rejimida

7-bosqich

Ariza beruvchi

Invoysda qayd etilgan toʻlovni amalga oshirish.

3 ish kuni mobaynida

8-bosqich

Vakolatli organ

1. Invoysda koʻrsatilgan toʻlov kelib tushgandan soʻng obyekt joylashgan hududga chiqqan holda obyektni ixtisoslashishni oʻzgartirish, qayta qurish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlar qurish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish.

2. Ruxsatnomani ERI bilan tasdiqlash orqali rasmiylashtirish.

3. Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga QR-kodli ruxsatnomani yuborish.

7 ish kuni mobaynida

9-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Ariza beruvchining elektron manziliga ruxsatnomani joʻnatish, ariza beruvchini bu haqida elektron xabardor qilish va ruxsatnomani berish.

Real vaqt rejimida

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.

Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma maʼmuriy reglamentiga

2-ILOVA

Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA

______________

__________________

(sana)

(tartib raqami)

I. Jismoniy shaxs — ariza beruvchi haqida maʼlumotlar:

1. JSHSHIR

2. F.I.O.

3. Telefon raqami

4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

II. Yuridik shaxs — ariza beruvchi haqida maʼlumotlar:

1. Toʻliq nomi

2. Telefon raqami

3. STIR

4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

III. Obyekt haqida maʼlumot:

1. Kadastr raqami

2. Obyekt joylashgan manzil

a) Turar joydan noturar joyga oʻtkazish boʻyicha:

toʻliq

qisman

Bino va inshootning noturar joyga oʻtishi

rekonstruksiya qilib

rekonstruksiya qilmasdan

Faoliyat turi

Bino va inshootning raqami, literi

Noturar joyga oʻtadigan bino va inshootning:

umumiy maydoni;

qurilish osti maydoni (alohida koʻrsatiladi)

b) Noturar joydan turar joyga oʻtkazish boʻyicha

toʻliq

qisman

Bino va inshootning raqami, literi

Turar joyga oʻtkaziladigan bino va inshootning:

umumiy maydoni qurilish osti maydoni (alohida koʻrsatiladi)

v) Obyektning ixtisoslashishini oʻzgartirish va rekonstruksiya qilishning asosiy mazmuni

g) Ruxsatnoma rasmiylashtirilganda arxitektura-rejalashtirish topshirigʻiga buyurtma berilsinmi?

ha

yoʻq

d) Oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurish boʻyicha:

qoʻshimcha quriladigan binolar qavatining soni koʻrsatiladi

3. Koʻchmas mulk taqiq, xatlov yoki garovga (ipotekaga) qoʻyilgan boʻlsa, vakolatli organning rozilik xati ilova qilinadi.

4. Madaniy meros agentligining hududiy boshqarmasi ijobiy xulosasi ilova qilinadi (obyekt moddiy-madaniy meros obyektlari, alohida muhofaza qilinadigan hududlarida joylashgan boʻlsa).

(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.

Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

3-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri)

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY
‎KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRLIGI

_______________________________________________

((Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi)

Hujjat tuzilgan sana: _________ Ariza beruvchining nomi yoki F.I.O.: ______________

Turar joy ixtisoslashishini (rekonstruksiya qilib) noturar joyga oʻzgartirish uchun
‎RUXSATNOMA

20___ y. “_____”____________-son

1.‎

Ariza raqami

2.‎

Obyektning ishlar bajariladigan qismi

3.‎

Noturar joyga ixtisoslashtirilayotgan obyekt nomi

4.‎

Obyekt manzili

5.‎

Obyektning:

yer maydoni;

qurilish osti maydoni (alohida koʻrsatiladi)

6.‎

Kadastr raqami

7.‎

Quyidagi ishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma beriladi

Obyekt joylashgan joy koʻrsatilgan bosh reja.
‎(Bosh reja boʻlmaganda, hududning qishloq xoʻjaligi xaritasi,
‎topoxarita yoki “Google”dan foydalanish mumkin)

Eslatma:

1. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish.

2. Loyiha hujjatlarini kelishish.

3. Kadastr pasportini rasmiylashtirish.

4. Qurilish-montaj ishlari tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish hamda unga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

5. Turar joy ixtisoslashishi (rekonstruksiya qilib) noturar joyga oʻzgartirilayotgan obyekt kadastr organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar mazkur obyektda doimiy va vaqtincha roʻyxatda turgan barcha fuqarolar roʻyxatdan chiqarilishi lozim (turar joyning bir qismi toifasi oʻzgargan yoki buzilgan hollar bundan mustasno).

Izoh.

1. Loyiha hujjatlari kelishilishi qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos boʻladi.

2. Obyektdagi turar joyni rekonstruksiya qilib, noturar joyga ixtisoslashishi oʻzgartirilgan bino va inshootlar (yoki ularning bir qismi) hamda yer uchastkasi chegarasi koʻrsatilgan obyektning M1:500 masshtabdagi umumiy sxemasi ilova qilinadi.

Hujjatni imzolagan shaxs ___________________________

(F.I.O.)

Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi
‎QR-kod

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.

Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

4-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri)

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY
‎KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRLIGI

_______________________________________________

(tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari)

Hujjat tuzilgan sana: _________ Ariza beruvchining nomi yoki F.I.O.: ______________

Turar joyni (rekonstruksiya qilmasdan) noturar joyga /
‎Noturar joyni (rekonstruksiya qilmasdan) turar joyga /
‎Obyektni rekonstruksiyasiz faqat qayta ixtisoslashtirishga
‎‎RUXSATNOMA

20___ y. “_____”____________-son

1.‎

Ariza raqami

2.‎

Obyektning ishlar bajariladigan qismi

3.‎

Qanday obyektga ixtisoslashtirilayotganligi koʻrsatiladi

4.‎

Obyekt manzili

5.‎

Obyektning yer maydoni

6.‎

Kadastr raqami

7.‎

Quyidagi ishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma beriladi

Obyekt joylashgan joy koʻrsatilgan bosh reja.
‎(Bosh reja boʻlmaganda, hududning qishloq xoʻjaligi xaritasi,
‎topoxarita yoki “Google”dan foydalanish mumkin)

Eslatma:

1. Obyektni rekonstruksiya qilmasdan faqat ixtisoslashishini oʻzgartirish nazarda tutilganda ushbu ruxsatnoma obyektning kadastr pasportini qayta shakllantirishga asos boʻladi.

2. Turar joy ixtisoslashishi (rekonstruksiya qilmasdan) noturar joyga oʻzgartirilayotgan obyekt kadastr organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar mazkur obyektda doimiy va vaqtincha roʻyxatda turgan barcha fuqarolar roʻyxatdan chiqarilishi lozim (turar joyning bir qismi toifasi oʻzgargan yoki buzilgan hollar bundan mustasno).

Izoh. Ruxsatnomaga oʻzgartirilgan obyektga biriktirilgan yer uchastkasining chegara sxemasi ilova qilinadi.

Hujjatni imzolagan shaxs ___________________________

(F.I.O.)

Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi
‎QR-kod

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)

Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

5-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

GERB

 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRLIGI

 

____________________________________________________________________________________

(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi)

 

Hujjat tuzilgan sana: ____________ _____ Ariza beruvchining nomi yoki F.I.O.: __________________

 

Noturar joyni turar joy toifasiga oʻzgartirishga

RUXSATNOMA

 

20 ____ y. “____ ______________ ______-son

 

1.

Ariza raqami

 

2.

Obyektning ishlar bajariladigan qismi

 

3.

Obyekt manzili

 

4.

Obyektning:

yer maydoni;

qurilish osti maydoni (alohida koʻrsatiladi)

 

5.

Kadastr raqami

 

6.

Kuyidagi ishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi

 

 

 

 

Obyekt joylashgan joy koʻrsatilgan bosh reja.

(Ular boʻlmaganda hududning qishloq xoʻjaligi xaritasi. topoxarita yoki “Google”dan foydalanish mumkin)

 

Eslatma:

1. Yakka tartibdagi uy-joyni (koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni) rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini kelishish.

2. Kadastr pasportini rasmiylashtirish.

3. Qurilishi (rekonstruksiya qilmasdan) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish hamda unga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish lozim.

4. Obyektdagi turar joyni rekonstruksiya qilib, noturar joyga ixtisoslashishi oʻzgartirilgan bino va inshootlar (yoki ularning bir qismi) hamda yer uchastkasi chegarasi koʻrsatilgan obyektning M1:500 masshtabdagi umumiy sxemasi ilova qilinadi.

 

Izoh: Loyiha hujjatlari kelishilishi qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos boʻladi.

 

Hujjatni imzolagan shaxs _______________________________

(F.I.O.)

 

Hujjatning

haqiqiyligini

tasdiqlovchi

QR-kod

 

 

 

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)

Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

6-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

GERB

 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRLIGI

 

____________________________________________________________________________

(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi)

Hujjat tuzilgan sana: ___________ _____ Ariza beruvchining nomi yeki F.I.O.: ___________________

 

Kapital bino va inshootlarning, shuningdek, alohida xonalarning ixtisoslashishini oʻzgartirishga oʻziga tegishli yer uchastkasida qoʻshimcha kapital bino va inshootlarni qurishga, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya qilishga hamda oʻz hududida ularni toʻliq yoki qisman buzgan holda oʻrnida yangi qoʻshimcha bino va inshootni qurish uchun 

RUXSATNOMA

 

20____ y. “____” ____________ _____-son

 

1.

Ariza raqami

 

2.

Obyektning ishlar bajariladigan qismi

 

3.

Obyekt nomi

 

4.

Obyekt manzili

 

5.

Obyektning:

yer maydoni;

qurilish osti maydoni (alohida koʻrsatiladi)

 

6.

Kadastr raqami

 

7.

Quyidagi ishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi

 

 

Obyekt joylashgan joy koʻrsatilgan bosh reja.

(Ular boʻlmaganda hududning qishloq xoʻjaligi xaritasi, topoxarita yoki “Google”dan

foydalanish mumkin)

 

Eslatma:

Ruxsatnoma olingandan soʻng qurilish-montaj ishlarini boshlashdan oldin:

1. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish.

2. Loyiha tashkiloti tomonidan tayyorlangan loyiha hujjatlarini qurilish organlari bilan kelishish. Bunda:

bino va inshootlar ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan qolda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) 500 kv.metrdan ortiq boʻlganda:

a) obyektning zilzilaga bardoshliligi va yongin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlari toʻgʻrisida ekspertiza organlaridan ijobiy xulosa olish;

b) Qurilish sohasida nazorat boʻyicha hududiy inspeksiyalardan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish.

3. Bino va inshoot qurib bitkazilgandan soʻng kadastr pasportini rasmiylashtirish, qurilish-montaj tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish hamda unga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab etiladi.

 

Izoh. Mazkur ruxsatnoma quralish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanmaydi.

 

Hujjatni imzolagan shaxs _______________________________________

(F.I.O.)

 

Hujjatning

haqiqiyligini

tasdiqlovchi

QR-kod

 

 

 

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga
3-ILOVA
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Reglament mulk huquqi, egalik kilish, foydalanish yoki ijara asosida olingan yer uchastkasining mulkdori boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning buyurtmasiga (shartnomaga asosan) muvofiq loyiha tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) tomonidan berilgan soʻrovnomaga asosan shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini (keyingi oʻrinlarda — ART) ishlab chiqish va taqdim etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Reglament qoidalari markazlashgan mablagʻlar yoki xalqaro moliya institutlari va tijorat banklarining kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida obyektlarni qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun ART ishlab chiqish va taqdim etishga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Reglament shaharsozlik hujjatlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga asosan barcha turdagi bino va inshootlar, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yoʻl va yoʻl infratuzilmasi obyektlarini (hajmi 300 kub metrdan kichik boʻlgan yengil turdagi (konstruksiyali) qurilmalar hamda yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) qurish va rekonstruksiya qilish hamda obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun ARTni majburiy ishlab chiqish va taqdim etishga nisbatan tatbiq etiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan obyektlar uchun ARTni ishlab chiqish uchun bevosita toʻgʻridan-toʻgʻri Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) murojaat qilinadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi uy-joyni qurish va loyiha hujjatini kelishishda, shuningdek, bino va inshootlarni ixtisoslashishini oʻzgartirishda (rekonstruksiyasiz) ARTni ishlab chiqish va taqdim etish talab etilmaydi (ikki qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno).
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
3. ART loyihaoldi hujjat boʻlib, yer uchastkasi yoki bino va inshootga mulk huquqini tasdiqlamaydi hamda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanmaydi.
ART tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlaridan, davlat hokimiyati organlarining tegishli qarorlaridan, shu jumladan, tarixiy va madaniy obidalarni, atrof-muhitni muhofaza qilish talab va shartlarini hamda obyektni aniq yer uchastkasida joylashtirishda uchinchi shaxslarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishdan kelib chiquvchi oʻziga xos shaharsozlik va arxitekturaviy shartlar hamda obyektni loyihalashtirish va qurishning alohida sharoitlari majmuasidan iborat hujjat hisoblanib, uning asosida obyekt qurilishi (rekonstruksiyasi) uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi.
ART bino yoki inshootning tashqi koʻrinishiga, qurilishning taxminiy maydonlariga, avtoturargohlar, hududga kirish va chiqish yoʻllariga, kichik meʼmoriy shakllarning tuzilishi, yer uchastkasining koʻkalamzorlashtirilishi va obodonlashtirilishiga boʻlgan umumiy talablarni hamda muhandislik-kommunikatsiya trassalariga va muhandislik tarmoqlari oʻtkazilishiga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
4. ART ishlab chiqilmasdan loyiha hujjatlarini kelishish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
ART hujjatlari raqamlanadi. Ishlab chiqilgan ART hujjatlari boʻyicha loyiha ishlari bajarilib, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyekt davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng mazkur ART bilan qayta loyihalashtirish taqiqlanadi. Dastlabki ART bilan loyihalashtirish ART rekvizitlarini bazada taqiqqa qoʻyilishiga sabab boʻladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
5. Vakolatli organ ARTni ishlab chiqadi va taqdim etadi.
6. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻrtasida axborot almashish ERIdan foydalangan holda faqat elektron tarzda amalga oshiriladi.
7. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish va taqdim etish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
8. Ariza beruvchi ARTni olish uchun Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
ARTni uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼiy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni arizalar vakolatli organga kelib tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Bunda obyekt turi va sohasi “Qurilish obektlarining xavf-xatar toifasi boʻyicha murakkablik toifalari tasnifi”dan tanlash orqali toʻldiriladi hamda obyektning murakkablik toifasi avtomatik ravishda aniqlanadi.
Soʻrovnomaga quyida sanab oʻtilgan hujjatlardan biri ilova qilinadi:
tegishli ravishda vakolatli organning bino va inshootni rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootni qurishga ruxsatnomasi;
“E-auksion” yagona elektron savdo maydonchasida oʻtkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma;
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarori;
obyektda tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga (ehtiyojga koʻra elektr, gaz, suv taʼminoti, oqova suv tarmoqlari va issiqlik taʼminoti) ulanish nuqtalari va ularga obyektdan ulanish trassalari oʻtkazilishi zarurati mavjud boʻlsa, texnik shartlar;
obyektning 1:500 masshtabdagi elektron versiyadagi DWG formatdagi topoxaritasi;
obyekt qurilishi yangi yer uchastkasida rejalashtirilayotganda uni ajratish haqidagi tegishli viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori yoki auksion orqali sotib olingan boʻlsa tegishli hujjat nusxasi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar. 9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobile-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
11. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar, shuningdek, mulkdor boʻlgan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno).
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Davlati xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash elektron tarzda amalga oshiriladi.
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
10 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(12-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda vakolatli organning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
11,25 foizi — Raqamli texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(12-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
10 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(12-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda vakolatli organning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ariza beruvchi ART berish rad etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida ARTni olish uchun yigʻimni toʻlamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda, avvalgi ariza uchun toʻlangan invoysni Tizimdan yuklab olib, takroriy arizaning toʻlov bosqichida biriktiradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
13. Davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻim va invoysda koʻrsatilgan summani oʻz vaqtida toʻlanmasligi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
141. Ruxsat etilgan foydalanish turi oʻzgartiriladigan yer uchastkasida quriladigan ijtimoiy va infratuzilma obyektlardan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga qoʻshimcha yuklanish paydo boʻladigan holatlarda mazkur obyektlarni loyihalashtiradigan loyiha tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — loyihachi) tomonidan ART ishlab chiqilishidan oldin ushbu yuklamalar miqdori muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining alohida har bir turi boʻyicha aniqlanadi va maʼlumotnomada (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotnoma) qayd etiladi.
Maʼlumotnoma loyihachi tomonidan real vaqt rejimida ariza beruvchiga (ijtimoiy yoki infratuzilma obyekt egasiga) taqdim etiladi.
142. Buyurtmachi maʼlumotnomani real vaqt rejimida tegishligicha tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga (tarmoqlar egalariga) taqdim etadi.
143. Tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda maʼlumotnomada koʻrsatilgan yuklamalarni inobatga olgan holda oʻzining texnik shartlarini ishlab chiqadi va ariza beruvchiga yuboradi.
144. Maʼlumotnomada koʻrsatilgan yuklamalar ijtimoiy va infratuzilma obyektlari uchun quyidagi manbalardan kompensatsiya qilinadi (Toshkent shahri hududida quriladigan, qayta quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlar quriladigan obyektlar bundan mustasno):
tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻlik obyektlar uchun — 50 foizi tegishli tadbirkorlik subyekti mablagʻlari, qolgan 50 foizi esa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar mablagʻlari;
budjet tashkilotlari obyektlari uchun — 50 foizi budjet mablagʻlari, qolgan 50 foizi esa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar mablagʻlari.
145. Maʼlumotnomada koʻrsatilgan yuklamalarning kompensatsiya mablagʻlari miqdori muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(141 — 145-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
15. Oʻzi kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni vakolatli organga yuboradi.
16. Vakolatli organ soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshiradi va Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan ARTni ishlab chiqishning qiymati koʻrsatilgan hisob-fakturani (keyingi oʻrinlarda — invoys) yuboradi yoki rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda uni yuborishni rad etadi.
17. Vakolatli organ zaruratga koʻra, obyektni joyiga borgan holda, yangi qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasini va qoʻshimcha qurilish amalga oshirilayotgan yer uchastkasini, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi zarur boʻlgan obyektni oʻrganib chiqadi.
Obyektni oʻrganib chiqish obyekt yoki uning qismlari va unga biriktirilgan yer uchastkasini, shuningdek, unga tutash hududlar hamda bino va inshootlarni vizual koʻrikdan (zarurat boʻlganda, maxsus uskunalar va asboblardan foydalangan holda) oʻtkazishdan iborat boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Obyekt mazkur Reglamentning 16-bandida belgilangan muddat ichida oʻrganib chiqiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
18. Davlat xizmatlari markazi invoys tushganidan boshlab real vaqt rejimida bu haqida ariza beruvchini elektron xabardor qiladi.
Ariza beruvchi invoys kelib tushgandan soʻng bir oy mobaynida invoysda koʻrsatilgan summani toʻlaydi.
Invoysda koʻrsatilgan summa toʻlanganligi elektron tarzda tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Kadastr agentligi oʻzining axborot tizimi orqali Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga real vaqt rejimida koʻchmas mulk obyektiga oid quyidagi zarur maʼlumotlarni yuboradi:
koʻchmas mulkning manzili, yer uchastkasining maydoni hamda roʻyxatdan oʻtgan raqami va sanasi, huquq turi, yer fondi toifasi, oʻzboshimcha egallangan yer maydoni, bino inshootlar maydoni hamda roʻyxatdan oʻtgan raqami va sanasi, huquq turi, oʻzboshimcha qurilmalar, hujjatsiz qurilmalar maʼlumotlari, mulk egasi haqidagi maʼlumotlar, koʻchmas mulkka taqiq va cheklovlar mavjudligi.
Agar, yuqoridagi maʼlumotlar yuborilmasa, vakolatli organning elektron soʻroviga asosan Kadastr agentligi tomonidan ikki ish kuni davomida barcha zarur maʼlumotlar va hujjatlar tizimga elektron koʻrinishda yuklanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
20. ARTni ishlab chiqish qiymati va muddatlari ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq belgilanadi.
ARTni ishlab chiqish muddati ARTni ishlab chiqish toʻlovi kelib tushgandan soʻng hisoblanadi.
21. Invoys yuborishni rad etish uchun soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning haqqoniy emasligi, shu jumladan, ushbu Reglamentning 9-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotganligi yoki bekor qilinganligi asos boʻladi.
Invoysni yuborishni boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Invoysda koʻrsatilgan toʻlov amalga oshirilgandan kundan boshlab ushbu Reglamentga 3-ilovada belgilangan muddatda hamda vakolatli organ Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ART ishlab chiqadi.
Bunda soʻrovnomaga texnik shartlar ilova qilingan taqdirda, yer uchastkasi (obyekt)ning amaldagi joylashuvini hisobga oluvchi muhandislik-kommunikatsiya tarmogʻiga ulanishning texnik shartlarida bayon etilgan maʼlumotlarni taqqoslagan holda obyekt tekshiruvdan oʻtkazilib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining ulanish nuqtalarigacha oʻtkaziladigan trassalari belgilanadi.
Ushbu Reglamentga 3-ilovada belgilangan muddatda QR-kod qoʻyilgan ART elektron shaklda rasmiylashtiriladi va vakolatli organning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
23. ART ushbu Reglamentning 22-bandi talablariga muvofiq tasdiqlangan kuni vakolatli organ tomonidan Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Davlat xizmatlari markazi ART tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi yoki ariza beruvchini bu haqida elektron tarzda xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga ARTni elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soʻrovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini olib ketishga masʼul shaxs koʻrsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlashi kerak.
25. ART rasmiylashtirilgan kunning oʻzida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomatik ravishda hisobga olib boriladi.
26. ARTni ishlab chiqishdan tushgan mablagʻlar toʻliq miqdorda vakolatli organning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
27. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
28. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
29. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

1-ILOVA

Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish va berish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Ariza beruvchi

1. ARTni olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki davlat xizmatidan foydalanish uchun elektron tarzda YAIXDP orqali murojaat qilish.

1. Xohishiga koʻra

2. Davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlash.

2. Murojaat qilinganda


2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Soʻrovnomani vakolatli organga yuborish.

Real vaqt rejimida


3-bosqich

Vakolatli organ

1. Soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirish.

2. Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga ARTni ishlab chiqishning qiymati koʻrsatilgan invoysni yuborish.

3 ish kuni mobaynida


4-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Invoys olinganligi haqida ariza beruvchini elektron tarzda xabardor qilish.

Real vaqt rejimida


5-bosqich

Ariza beruvchi

Invoysda qayd etilgan toʻlovni amalga oshirish.

Bir oy mobaynida


6-bosqich

Vakolatli organ

1. ARTni ishlab chiqish, elektron shaklda rasmiylashtirish va oʻzining ERIsi bilan tasdiqlash.

10 ish kuni

2. ARTni davlat xizmatlari markaziga yuborish yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali yuborish.

Real vaqt rejimida


7-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

ARTni ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va bu haqida elektron tarzda xabardor qilish.

Ariza beruvchining elektron manziliga ARTni joʻnatish, ariza beruvchini bu haqida elektron tarzda xabardor qilish va ARTni berish.

Real vaqt rejimida

Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

2-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

__________________

(sanasi)

__________________

(raqami)

Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. JSHSHR

2. F.I.O.

3. Telefon raqami

4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Toʻliq nomi

2. Telefon raqami

3. STIR

4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

III. Obyekt haqida maʼlumot:

1. Obyektning kadastr raqami

2. Obyekt joylashgan manzil

3. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqishning maqsadi

Turar joyni noturar joyga oʻzgartirish

Obyektni yangidan qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootni qurish

4. Qayta rasmiylashtirish

IV. Ilova qilinadigan hujjat (quyida koʻrsatilgan hujjatlardan biri ilova qilinadi):

a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi ruxsatnomasi;

b) “E-auksion” yagona elektron savdo maydonchasida oʻtkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma;

v) yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarori;

g) texnik shartlar (muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ehtiyoji boʻlganda).

 V. Davlat xizmatini koʻrsatish natijasini olib ketuvchi shaxs (agar mavjud boʻlsa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

JSHSHIR
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)

Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

3-ILOVA

Obyektlarni loyihalashtirish uchun ARTni ishlab chiqish
MUDDATI VA QIYMATI

T/r

Qurilayotgan obyektlarning turiga qarab ARTni ishlab chiqish

Muddati

Qiymati

(bazaviy hisoblash miqdorida)

1.

Obyekt (bino va inshoot)larni yangi qurilishi uchun (yangidan ajratilgan yoki auksion orqali yutib olingan yer maydonlarida)

10 ish kuni

4

2.

Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish bilan qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurish

8 ish kuni

3,5

3.

Ikki qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq yakka tartibdagi uy-joylar uchun

5 ish kuni

1,0

Izoh.
a) obyektning joylashgan joyiga koʻra arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish qiymatini aniqlashda koʻrsatkichlarga quyidagi tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi:
qishloq aholi punktlarida — 0,7;
tumanga boʻysunuvchi shaharlarda va shaharchalarda — 0,8;
tumanlar markazlarida va viloyatga boʻysunuvchi shaharlarda — 0,9;
Toshkent shahrida, Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — 1,0;
b) qurilayotgan obyektni aholi punktidan tashqarida joylashtirishda ARTni ishlab chiqish qiymatiga nisbatan 0,6 pasaytirish koeffitsiyenti qoʻllanadi;
v) ART quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi:
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi oʻzgarganda;
obyektning faoliyat turi, hajmi va boshqa xususiyatlari oʻzgarganda;
qurilish obyekti qurilish davomida begonalashtirilganda;
ARTni qayta rasmiylashtirishda ariza beruvchining ART berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
bunda yigʻim miqdori ushbu Reglamentning 12-bandi talablari asosida taqsimlanadi;
ARTni qayta rasmiylashtirishda ART ishlab chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
g) ushbu narxlar obyektlarni loyihalashtirish uchun ARTni ishlab chiqishning barcha turlariga qoʻllaniladi;
d) ARTning arxitektura-shaharsozlik va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish qismlarini alohida ishlab chiqishda har bir boʻlim uchun narx 0,6 koeffitsiyent qoʻllaniladi.

Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

4-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

Hujjat tuzilgan sana: __________ Ariza beruvchining nomi yoki F.I.O.: ___________

Ariza raqami: _________

ARXITEKTURA-REJALASHTIRISH TOPSHIRIGʻI
20__ yil “___” _______ ____-son

Loyihaviy bino (inshoot) turi: _______________

Loyihaviy bino (inshoot)ning manzili: _____________________

Loyihaviy bino (inshoot)ning buyurtmachisi: __________________________

Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi faqat loyihalashtirish ishlarini boshlash uchun asos hisoblanib, qurilish-montaj ishlarini boshlashga asos boʻla olmaydi.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasining manzili va telefon raqamlari: _______________

T/r

Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi tarkibi

Mazmuni

1.

Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish uchun asos boʻlgan hujjatlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining 20 ___ yil _____ dagi 00-0/0000-son ruxsatnomasi, yerga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat (kadastr raqami yoki____).

2.

Loyihalashtiriladigan obyekt yer uchastkasining joylashishi va bosh rejada tutgan oʻrni

a) obyekt manzili (manzili boʻlmagan holatda obyekt hududiga tutashgan yoki yaqin masofada joylashgan bino yoki inshoot)______;

b) obyekt joylashgan hudud qaysi zonaga mansubligi (aholi punktining amaldagi yoki avvalgi bosh rejasiga asosan) ______________;

v) obyekt joylashgan hudud muhandislik tarmoqlari bilan taʼminlanganligi / taʼminlanmaganligi ____________________.

3.

Loyihalashtiriladigan obyekt hududining tabiiy-iqlim koʻrsatkichlari

Loyihalashtirilayotgan obyektning yer uchastkasi ________iqlim hududida joylashgan.

Havo harorati:

oʻrtacha yillik _______________

eng baland harorat ____________

eng past harorat ______________

iyun — avgust oylarida _____________

dekabr — fevral oylarida _______________

4.

Loyihalashtiriladigan obyekt yer uchastkasining geologik va topografik jihatdan oʻrganilganligi

Holatni oʻrganish uchun tegishli litsenziyaga ega tashkilotga 1:500 nisbatdagi topoxarita ishlab chiqish uchun buyurtma berish.

5.

Loyihalashtiriladigan obyekt yer uchastkasining chegaralari hamda unga tutash obyektlar yoki yer uchastkalari toʻgʻrisida maʼlumot

Loyihalashtirish uchun tanlangan yer maydoni quyidagicha chegaralangan:

Shimol tomondan — m _________________ bilan chegaralangan;

Janub tomondan — m __________________ bilan chegaralangan;

Sharq tomondan — m __________________ bilan chegaralangan;

Gʻarb tomondan — m __________________ bilan chegaralangan.

6.

Qizil chiziqlar va belgilar

Obyekt yer uchastkasining tasdiqlangan chegaradan chiqmasdan, qurilish chiziqlariga amal qilgan holda loyiha ishlarini olib borilishi taʼminlash.

7.

Arxitektura talablari

Loyihani ishlab chiqishda:

a) shaharsozlik normalari va qoidalariga amal qilish;

b) aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga va uning tegishli qismining batafsil rejalashtirish loyihasiga qatʼiy rioya etib, obyekt atrofidagi mavjud binolarga bogʻlangan holda yagona arxitektura koʻrinishini tashkil etish lozimligini inobatga olish;

v) obyektni rekonstruksiya qilish loyihalarini ishlab chiqishni boshlashdan oldin ayrim holatlarda (buyurtmachining talabiga binoan yoki tashqi koʻrinishidan avariya holatining alomatlari mavjud boʻlganda) tegishli litsenziyaga ega boʻlgan loyiha va boshqa tashkilotlarning obyektning holati boʻyicha xulosasini olish;

g) ushbu ARTga muvofiq buyurtmachi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, alohida muhim obyektlar boʻyicha viloyat qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi bilan kelishilgan loyiha topshiriqlariga, 1:500 nisbatdagi topoxaritadagi tasdiqlangan chegaralarga amal qilish;

d) obyektning 1:500 nisbatdagi bosh rejasini loyihalashtirishda loyiha tashkiloti tomonidan ixtisosi oʻzgarayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan bino joylashtirilgan hamda obyekt atrofida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari aks ettirilgan, obyektga kirish-chiqish yoʻllari va avtomobillar toʻxtash joylari tashkil etilishi nazarda tutish;

e) obyektning balandligi ____ qavatdan kam boʻlmasin yoki qavatdan oshmasin (aholi punkti boʻyicha shaharsozlik hujjatlari hamda qurish loyihalari mavjud hollarda toʻldiriladi);

j) obyektda quyidagi kichik arxitektura shakllari oʻrnatilishi nazarda tutiladi: __________________________

z) yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) bino va inshootlarni loyihalashtirishda ularga tutash hududlarning koʻkalamzorlashtirish (daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni ekish) maydonlari loyiha uchun ajratiladigan yer uchastkalari umumiy maydonining 25 foizidan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi (ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan va maʼnan eskirgan bino va inshootlarni renovatsiya qilish bundan mustasno);

i) koʻp kvartirali uy-joyga xizmat koʻrsatadigan yer uchastkasida avtoturargoh joylashtirish imkoniyati boʻlmagan holatda mazkur uy-joyning yertoʻla qismida undagi kvartiralar soniga mutanosib oʻrinlar moʻljallangan avtoturargoh qurilishi majburiy ravishda nazarda tutiladi;

k) koʻp kvartirali turar-joylarda quyidagilar taqiqlanadi:

birinchi qavatdagi va yertoʻla qismidagi xonalarni rekostruksiya (yuk koʻtaruvchi qismlarini oʻzgartirish) qilish (xonalarni ixtisoslashishini oʻzgartirish, shuningdek gipsokarton, plastik va shu turdagi boshqa yengil materiallardan iborat orayopma devorlarni oʻrnatish bundan mustasno);

yuqori qavatlarida joylashgan va loyiha-smeta hujjatlari mavjud turar-joylarni rekonstruksiya (yuk koʻtaruvchi qismlarini oʻzgartirish) qilish va qayta rejalashtirish (gipsokarton, plastik va shu turdagi boshqa yengil materiallardan iborat orayopma devorlarni oʻrnatish bundan mustasno).

l) shaharsozlik hujjatlarda istiqbolda muayyan hududda mavjud bino va inshootlar buzilishi belgilangan holatlarda ushbu hududlarda joylashgan bino va inshootlarni ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnomalar berilishi mumkin.

m) avtomobil va temir yoʻllari, suv inshootlari muhofaza zonalarida joylashgan bino va inshootlarga faqat ixtisoslashishini oʻzgartirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnomalar berilishi mumkin. Bunday hollarda, oʻz hududida qoʻshimcha kapital bino va inshootlarni qurish, mavjudlarining qavatini oshirish taqiqlanadi.

8.

Loyihalashtiriladigan obyekt yer uchastkasida mavjud bino va inshootlarni buzish yoki foydalanish boʻyicha takliflar

Loyihachining loyiha topshirigʻiga muvofiq:

a) qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasida buzilishga tushadigan bino va inshootlarga aniqlik kiritish;

b) qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasida mavjud bino va inshootlardan foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

9.

Obyektni bosqichma-bosqich qurish

Qurilishning murakkabligiga va buyurtmachi tomonidan beriladigan loyiha topshirigʻiga muvofiq qurilishni bosqichma-bosqich olib borish va foydalanishga topshirish jarayonlari nazarda tutish.

10.

Yer maydonini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish

Loyihaning obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish qismida quyidagilar inobatga olinadi:

a) obyekt joylashadigan hududda iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda manzarali daraxtlar, butalar va gullar ekish;

b) tegishli hududlari koʻkalamzorlashtirilganligi;

v) landshaft arxitekturasining yechimlaridan foydalangan holda daraxtlarning qanday shakllarda boʻlishi;

g) mavjud koʻp yillik daraxtlarning saqlanib qolishi.

11.

Sanitariya-gigiyena talablari

a) loyihalashtirishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish;

b) loyihalashtirish jarayonida qurilish materiallari turlarini belgilashda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan taqiqlanmagan va sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan qurilish materiallaridan foydalanilishi shartligi koʻzda tutish;

v) obyekt qurilishi uchun tanlangan yer maydonidan oqib oʻtuvchi kanal yoki ariq mavjud boʻlgan taqdirda, loyihadagi suv yoʻnalishi hamda suvning muhofaza zonalarini saqlash va qirgʻoqlarni obodonlashtirish va mustahkamlash ishlari loyihalashtirish jarayonida inobatga olish.

12.

Yongʻinga qarshi talablar

Loyihalashtirishda binolar va inshootlar belgilangan yongʻinga qarshi oraliq masofalarni saqlagan holda joylashtirilishini, rejaviy tuzilishini (planirovkasi), qurilishda foydalanilishi nazarda tutilayotgan konstruksiya va mahsulotlarning yongʻin xavfsizligi talablariga mosligini, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlarni bartaraf etish uchun suv manbalari (gidrant, sigʻim, hovuz va boshqalar) tashkil etilishini hamda amaldagi texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarga muvofiq boshqa yongʻinga qarshi talablarni inobatga olish.

13.

Ekologiya talablari

Loyihalashtirishda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish meʼyorlariga amal qilish.

131.

Aloqa, pochta va telekommunikatsiya talablari

Loyihalashtirishda aloqa, pochta, axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, davlat standartlari va meʼyorlariga amal qilish.

132.

Tuproqni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish talablari

Loyihalashtirishda tuproqni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishga qoʻyilgan talablarga amal qilish.

14.

Loyihani kelishish

Loyiha ARTga muvofiqligi yuzasidan YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi idoralar bilan kelishiladi:

a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari (keyingi oʻrinlarda — Kengashlar) tomonidan ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan koʻp boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlgan noturar bino va inshootlar;

b) tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan — ikki qavatgacha (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan kam boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylarning hamda 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlarning loyiha-smeta hujjatlari;

Kelishish uchun loyiha-smeta hujjatlarining elektron shakldagi loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismi ilova qilinadi. Ilova qilinadigan hujjatlar PDF yoki JPEG formatda boʻlishi kerak.

15.

Alohida talablar

a) Loyihani kelishish davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan berilgan tavsiyalar va ekspertiza xulosasida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish;

b) loyihada yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarni loyihalashtirishda ularga tutash hududlarning koʻkalamzorlashtirish (daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni ekish) maydonlari loyiha uchun ajratiladigan yer uchastkalari umumiy maydonining 25 foizidan kam boʻlishiga yoʻl quymaslik;

v) loyihada koʻp kvartirali uy-joylarga tutash yer uchastkalarida mazkur uy-joyga xizmat koʻrsatuvchi avtoturargox joylashtirish uchun yer maydoni mavjud boʻlmaganda, avtoturargohni majburiy ushbu uy-joyning 1-qavatida yoki yertoʻlasida nazarda tutish;

g) loyihada bino va inshootlar qurilishida energiya tejamkor materiallar qoʻllanilishini nazarda tutish;

d) qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq:

qurilish jarayonida belgilangan tartibda loyiha tashkiloti tomonidan obyektda mualliflik nazoratini amalga oshirilishini taʼminlash;

loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish;

davlat qurilish nazorati amalga oshirilishi shart boʻlgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish.

Muhandislik tarmoqlariga ulanish shartlari:

16.

Ichimlik suv tarmogʻi

Talablar- ________________ (texnik shartda koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib toʻldiriladi)

17.

Oqova suv tarmogʻi

Talablar- ________________ (texnik shartda koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib toʻldiriladi)

18.

Elektr energiyasi tarmogʻi

Talablar- ________________ (texnik shartda koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib toʻldiriladi)

19.

Tabiiy gaz tarmogʻi

Talablar- ________________ (texnik shartda koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib toʻldiriladi)

20.

Aloqa tarmogʻi

Talablar- ________________ (texnik shartda koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib toʻldiriladi)

21.

Issiqlik tarmogʻi

Talablar- ________________ (texnik shartda koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib toʻldiriladi)

22.

Drenaj tarmogʻi

Talablar- ________________ (texnik shartda koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib toʻldiriladi)

23.

Obyektni muhandislik tarmoqlariga ulash boʻyicha buyurtmachi va loyiha tashkilotiga qoʻyiladigan talablar

Obyektni muhandislik tarmoqlariga ulash tartib-taomillarini belgilovchi amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini taʼminlash.

Obyektga ulanadigan yer osti va yer usti muhandislik tarmoqlari unga chegaradosh oʻzga yer uchastkasidan oʻtkaziladigan holatlarda muhandislik tarmoqlarining trassalari ushbu yer uchastkalari egalari bilan kelishish.

Obyektga tegishli yer uchastkasi hududidan oʻtgan yer osti va yer usti muhandislik tarmoqlari koʻchirilishi (zarurat boʻlganda) loyihada inobatga olish.

Obyektga ulanadigan yer osti muhandislik tarmoqlarini yotqizishda koʻchalarni kesib oʻtishni mutasaddi tashkilotlar bilan kelishish.

24.

ARTning amal qilish muddati

Ushbu ART berilgan sanadan boshlab ikki yil davomida amal qiladi.

Obyekt joylashuvi va muhandislik tarmoqlariga ulanish

SXEMASI

Obyekt joylashgan joy va muhandislik tarmoqlari koʻrsatilgan sxema.

ART boʻlimi boshligʻi:


______________________________

F.I.O.

ART boʻlimi mutaxassisi:


______________________________

F.I.O.

Hujjatning

haqiqiyligini

tasdiqlovchi

QR-kod

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
(4-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning buyurtmasiga (shartnomaga) muvofiq loyiha tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) tomonidan berilgan soʻrovnomaga asosan yer maydoni hajmidan qatʼi nazar, barcha turdagi binolar, inshootlar, yakka tartibdagi uy-joylar, koʻp kvartirali uylar, suv taʼminoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlari, gidrotexnika inshootlari va boshqa obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarining (keyingi oʻrinlarda — loyiha-smeta hujjatlari) arxitektura qismini koʻrib chiqish va kelishish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Reglament qoidalari markazlashgan mablagʻlar yoki xalqaro moliya institutlari va tijorat banklarining kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida qurilayotgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishishga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni mukammal taʼmirlashga nisbatan qoʻllanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun bevosita toʻgʻridan-toʻgʻri Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ)ga murojaat qilinadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Loyiha-smeta hujjatlari tegishli litsenziyasi boʻlgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi. Loyiha-smeta hujjatlarida bino va inshoot, kvartira hamda yakka tartibdagi uy-joyning umumiy maydoni va qurilish osti maydoni (kvadrat metrda) va balandligi koʻrsatilishi kerak.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Yakka tartibdagi uy-joyni qurish loyiha hujjati quyidagilardan iborat:
yakka tartibdagi uy-joyning yer uchastkasi joylashgan hududning (mahallaning, qishloqning va hakazo) erkin masshtabdagi vaziyat sxemasi;
yer osti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan yakka tartibdagi uy-joyning bosh rejasi (M1:500);
yakka tartibdagi uy-joydagi kapital binolarning poydevorlari, yertoʻlalari, qavatlari planlari:
kapital binolarning qirqimlari;
hovlidagi kapital binolarning konstruktiv qismi (buyurtmachining ixtiyoriga koʻra).
Yengil turdagi (konstruksiyali) qurilmalar uchun qurilmaning plani, toʻrt tomonidan koʻrinishli rangli fasadlari, qirqimi hamda qurilma joylashtiriladigan maydonchaning bosh rejasidan iborat loyihaning arxitektura qismi ishlab chiqiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ariza beruvchi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun ariza berishdan oldin harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning foydalanuvchisi boʻlgan tashkilot bilan harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning chegaralaridan bino va inshootlargacha boʻlgan masofalarni (keyingi oʻrinlarda — masofalarni) kelishishi lozim.
Bunda harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning foydalanuvchisi boʻlgan tashkilot bilan kelishish uchun ularga yozma ravishda murojaat qilinadi.
Murojaat kelib tushganidan soʻng 5 ish kuni ichida harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning foydalanuvchisi boʻlgan tashkilot tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq koʻrib chiqilib, masofalarni kelishish yoki asoslantirilgan holda kelishishni rad etish boʻyicha xulosa taqdim etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Obyekt egasi oʻzgarganda (begonalashtirilganda), obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) boʻyicha kelishilgan loyiha-smeta hujjatlari oʻzgarmasa, loyiha hujjatlari qayta kelishilishi talab etilmaydi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyalaridan ruxsat olish talab etilmaydi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur holatlarda vakolatli organ tomonidan kelishilgan loyiha-smeta hujjatlari qurilish va rekonstruksiya qilish, yengil turdagi (konstruksiyali) qurilmalarni qurish, yigʻish va oʻrnatish ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishmasdan bino-inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish taqiqlanadi.
Uy-joylar, yordamchi-xoʻjalik qurilmalari va hovlidagi inshootlarning qurilishi shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun moʻljallangan yer uchastkasida bir oila aʼzolari uchun mazkur uy-joyning hovlisiga mustaqil chiqishga ega ikki va undan ortiq yakka tartibdagi turar joy binosi qurishga ruxsat beriladi.
6. Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish loyiha-smeta hujjatlari quyidagilardan iborat boʻladi:
yer usti (uy-joy qurilishi uchun yangi ajratilgan yer uchastkalari uchun — yer osti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan) yer uchastkasi tarhi;
yakka tartibdagi uy-joyning poydevorlari, yertoʻlalari, qavatlari, ularning qirqimlari va binoning old tomoni tarhlari;
moliyaviy smeta hisob-kitobi (kredit olishga ehtiyoj boʻlgan taqdirda).
Bino va inshootlarning loyiha-smeta hujjatlarining arxitekturaga oid qismida bino va inshootning joylashishi aks ettirilgan loyiha rejasi, rangli fasadlari, qavatlar rejalari, qirqimlari, qurilish obyektining bosh rejasi boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Loyiha-smeta hujjatlari:
vakolatli organ huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari (keyingi oʻrinlarda — Kengashlar) tomonidan ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlgan noturar bino va inshootlar boʻyicha oʻn ikki ish kuni mobaynida;
vakolatli organ tomonidan — ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlar boʻyicha yetti ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi va kelishiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ikki qavatdan yuqori boʻlgan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlgan noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish obyektining loyiha hujjatlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibiga muvofiq majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi hamda obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalaridan ruxsatnoma olinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Davlat xizmatlari markazlari, Kengashlar va vakolatli organ oʻrtasida ERIdan foydalangan holda faqat elektron shaklda axborot almashinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
10. Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
11. Ariza beruvchilar loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼiy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga loyiha-smeta hujjatlarining elektron koʻrinishdagi loyihaning arxitektura qismi (keyingi oʻrinlarda — loyihaning arxitektura qismi), shuningdek, harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning foydalanuvchisi boʻlgan tashkilotning xulosasi olingan boʻlsa, mazkur xulosa PDF yoki JPEG formatda ilova qilinadi.
Bunda oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, loyihaning arxitektura qismi Davlat xizmatlari markaziga ariza beruvchi tomonidan elektron shaklda taqdim etiladi.
Soʻrovnomaga suvni muhofaza qilish hududlari chegaralariga tutash yer uchastkalarida barpo etiladigan qurilish obyektlariga suv obyektlarining balans saqlovchi xulosalar ilova qilinadi.
Loyihaning arxitektura qismi qogʻoz shaklida qabul qilinadi, Davlat xizmatlari markazida skanerlash taqiqlanadi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
14. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun:
xavf-xatar toifalari boʻyicha I toifa obyektlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi;
xavf-xatar toifalari boʻyicha II toifa obyektlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari;
xavf-xatar toifalari boʻyicha III-IV toifa obyektlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi elektron shaklda tasdiqlanadi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar, shuningdek, mulkdor boʻlgan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YIDXP orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno).
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
14. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash elektron tarzda amalga oshiriladi.
15. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
10 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(15-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda vakolatli organning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
11,25 foizi — Raqamli texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
(15-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
10 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(15-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda vakolatli organning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
16. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi obyektning loyiha-smeta hujjatlaridagi bino va inshootning maydoniga koʻra soʻrovnomani va loyiha-smeta hujjatlarini real vaqt rejimida mazkur Reglamentning 7-bandi bilan belgilangan tartib asosida elektron tizim orqali bir vaqtda:
Kengashning barcha aʼzolariga;
ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlar boʻyicha faqat vakolatli organning oʻziga yuboradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Kengashning har bir aʼzosi soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishadi yoki salbiy xulosa beradi.
Bunda:
Kengash aʼzolari oʻz vakolati doirasida loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismiga eʼtirozlar boʻlmagan taqdirda, QR-kod qoʻyilgan ijobiy xulosani xech qanday shartlar va izohlarsiz yuboradi yoki aniq normani koʻrsatib, asoslantirilgan holda kelishishni rad etadi (salbiy xulosa beradi).
Kengashning barcha aʼzolaridan ijobiy xulosalar elektron tizim orqali olingandan soʻng vakolatli organ tomonidan besh ish kuni ichida loyiha-smeta hujjatlaridagi bino va inshootning arxitektura koʻrinishi hamda joylashuvi boʻyicha kollegial ravishda muhokama oʻtkaziladi. Bunda, kengash raisi zarur hollarda boshqa vazirliklar va idoralar mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.
Muhokamada faqat bino va inshootning arxitektura koʻrinishi boʻyicha eʼtirozlar bildirilishi mumkin.
Muhokama natijalari va Kengash aʼzolarining QR-kod qoʻyilgan ijobiy yoki salbiy xulosalariga muvofiq vakolatli organ Kengash bayonini rasmiylashtiradi va bayonnoma hamda ushbu Reglamentning 3-ilovasidagi shakldagi QR-kod qoʻyilgan xulosa (ijobiy yoki salbiy)ni elektron tizim orqali avtomatik tarzda ariza beruvchiga yuboradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
181. Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini koʻrib chiqish va kelishish vakolatli organning oʻziga taalluqli boʻlganda, vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishadi yoki salbiy xulosa beradi.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Quyidagilar davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik;
tegishli litsenziyaga ega boʻlmasdan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganligi;
bino va inshootning arxitektura koʻrinishi va joylashuvi boʻyicha Kengashda oʻtkazilgan muhokamada asoslantirilgan eʼtiroz bildirilganligi;
loyiha-smeta hujjatlaridagi obyekt nomi davlat tili qoida va talablariga mos emasligi;
bino va inshoot qismlaridagi yaxlit ranglar va shakllar (parapet, pilyastr, deraza, eshik va boshqalar) mazkur bino va inshootlarning funksional vazifasiga yoki umumiy arxitektura koʻrinishiga mos kelmasligi;
loyihada bino va inshootlar hududlaridan yogʻingarchilik suvlarini toʻliq olib chiqib ketish maqsadida yomgʻir suvlarini oqizish tarmoqlarining (lotok) yirik (kanal, kollektor, drenaj va yirik irrigatsiya tarmoqlari) tarmoqlarga ulash nazarda tutilmaganligi;
suvni muhofaza qilish hududlari chegaralariga tutash yer uchastkalarida amalga oshiriladigan qurilish obyektlariga suv obyektlarining balansda saqlovchi tashkilotlaridan tegishli xulosalar olinmaganligi;
obyekt loyihasida nazarda tutilgan qurilish ishlari oʻzboshimchalik bilan boshlanganligi;
loyiha yechimlari shaharsozlik hamda sanitariya norma va qoidalari, shuningdek, yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermaganda;
vakolatli organ tomonidan berilgan ruxsatnomada hamda arxitektura-rejalashtirish topshirigʻida belgilangan shartlar va talablar bajarilmaganda;
oʻziga tegishli hudud chegarasidan chiqib loyihalashtirilganda hamda muxandislik tarmoqlari muhofaza zonalari masofalari saqlanmaganda;
savdo va biznes markazlari, koʻngilochar va dam olish maskanlari, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari, mehmonxonalar, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi infratuzilma obyektlarining loyihalarida elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari qurilishi nazarda tutilmaganligi;
qonunchilik hujjatlarida vakolat berilgan alohida hududlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan direksiya (yoki boshqa shakldagi boshqaruv tashkilotlar)ning ijobiy xulosasi olinmaganda;
bino va inshootning tashqi koʻrinishi hududning tasdiqlangan “dizayn kod”iga muvofiq boʻlmaganda (“dizayn kod” tasdiqlangan hududlarda);
harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning foydalanuvchisi boʻlgan tashkilotning xulosasini olish zarur boʻlib, ushbu xulosa olinmagan boʻlsa;
ushbu Reglamentning 6-bandida keltirilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganligi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Kengashlar hamda vakolatli organ tomonidan rad etish normativ-huquqiy hujjatning yoki shaharsozlik normalari va qoidalarining nomi, uning qismi, bandi, kichik bandi yoki xatboshisiga asoslangan boʻlishi talab etiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish Kengash aʼzolari va vakolatli organ ERIsi bilan tasdiqlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Bunda arizani koʻrib chiqish muddati davomida zaruratga koʻra koʻchmas mulk obyektining kadastr hujjatlarini tekshirish talab etilganda Kadastr agentligi axborot tizimi orqali Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga real vaqt rejimida koʻchmas mulk obyektiga oid quyidagi zarur maʼlumotlarni yuboradi:
koʻchmas mulkning manzili, yer uchastkasining maydoni, roʻyxatdan oʻtgan raqami va sanasi, huquq turi, yer fondi toifasi, oʻzboshimcha egallangan yer maydoni;
bino inshootlar maydoni, roʻyxatdan oʻtgan raqami va sanasi, huquq turi, oʻzboshimcha qurilmalar, hujjatsiz qurilmalar maʼlumotlari;
mulk egasi haqidagi maʼlumotlar, koʻchmas mulkka taqiq va cheklovlar mavjudligi.
Agar, yuqoridagi maʼlumotlar yuborilmasa, vakolatli organning elektron soʻroviga asosan Kadastr agentligi tomonidan ikki ish kuni davomida barcha zarur maʼlumotlar va hujjatlar tizimga elektron koʻrinishda yuklanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ariza beruvchilar loyiha-smeta hujjatlarini kelishish rad etilgandan keyin oʻn kun mobaynida davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamasdan, loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Bunda oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda, avvalgi ariza uchun toʻlangan invoysni Tizimdan yuklab olib, takroriy arizaning toʻlov bosqichida biriktiradi.
Kengashlar aʼzolari tomonidan loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismi boʻyicha ijobiy xulosa berilgan, biroq loyiha-smeta hujjatlaridagi bino va inshootning arxitektura koʻrinishi boʻyicha arxitektura qismini oʻzgartirishlarga olib kelmaydigan salbiy xulosa berilgan boʻlib, undagi kamchiliklar bartaraf etilgan holda qayta berilayotgan soʻrovnoma ijobiy xulosa bergan Kengash aʼzosiga takroran yuborilmaydi.
Ariza beruvchilar tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilib, takroran kelishish uchun soʻrovnoma kelib tushgan kundan keyin:
Kengashlar tomonidan besh ish kunida;
vakolatli organ tomonidan ikki ish kunida koʻrib chiqiladi.
Loyiha-smeta hujjatlarini takroran koʻrib chiqishda avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Kengash aʼzolari tomonidan loyiha-smeta hujjatlari takroran koʻrib chiqilayotganda, ular oʻzining birinchi xulosasida qayd etmagan yangi eʼtirozlarni bildirgan holda kelishishni ikkinchi marta rad etganda, ariza beruvchi mazkur yangi eʼtirozlarni qabul qilmasdan, uchinchi marta kelishish uchun vakolatli organga loyiha-smeta hujjatlarini kiritishi mumkin.
Vakolatli organ ushbu koʻrinishda uchinchi marta kiritilgan loyiha-smeta hujjatlarini ikki ish kunidan oshmagan muddatda kelishib berishi shart.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Ariza beruvchilar tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilganda takroran kelishish:
Kengashlar tomonidan besh ish kunida;
vakolatli organ hamda tuman (shahar) qurilish boʻlimlari tomonidan ikki ish kunida amalga oshiriladi.
Loyiha-smeta hujjatlarini takroran koʻrib chiqishda avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
22. Loyiha-smeta hujjatlari kelishilgan kunning oʻzida QR-kod qoʻyilgan xulosa Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazi xulosa tushganidan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini elektron tarzda xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga xulosani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soʻrovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini olib ketishga masʼul shaxs koʻrsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
23. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlashi kerak.
24. Xulosa loyiha-smeta hujjatlari kelishilgan kunning oʻzida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomatik ravishda hisobga olib boriladi.
25. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
26. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
27. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.

1. Xohishiga koʻra

2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlaydi.

2. Murojaat qilinganda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Soʻrovnomani (obyektning loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini):

Kengashning barcha aʼzolariga;

ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlarni boʻyicha faqat vakolatli organning oʻziga yuboradi.

Avtomatik ravishda

3-bosqich

1. Kengash aʼzolari*

2. Vakolatli organ

1. Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishib berishi zarur boʻlgan Kengash aʼzolariga yuboradi.

2. Ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlarni boʻyicha QR-kodli xulosani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.

7 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Vakolatli organ

1. Loyiha-smeta hujjatlaridagi bino va inshootning arxitektura koʻrinishi hamda joylashuvi boʻyicha muhokama oʻtkaziladi.

2. Muhokama natijalari va Kengash aʼzolarining QR-kod qoʻyilgan ijobiy yoki salbiy xulosalariga muvofiq Kengash bayonini rasmiylashtiradi va bayonnoma hamda ushbu Reglamentga 3-ilovadagi shakldagi QR-kod qoʻyilgan xulosa (ijobiy yoki salbiy)ni elektron tizim orqali avtomatik tarzda ariza beruvchiga yuboradi.

Kengash barcha aʼzolaridan ijobiy xulosalar olingandan soʻng 5 ish kuni ichida

5-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Ariza beruvchining elektron manziliga xulosani joʻnatish, ariza beruvchini bu haqida elektron tarzda xabardor qilish va xulosani berish.

Real vaqt rejimida

Izoh: *Kengash tarkibidagi tegishli shaharlar va tumanlar hokimlari hamda vakolatli organning aʼzolari tomonidan 3-bosqichda xulosa berilmasdan, ular 4-bosqichda nazarda tutilgan muhokamada ishtirok etadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

__________________

__________________

(sanasi)

(raqami)

Loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura qismini kelishish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. JSHSHIR

2. F.I.O.

3. Telefon raqami

4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Toʻliq nomi

2. STIR

3. Telefon raqami

4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

III. Bino, inshoot va loyiha tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Loyiha tashkilotining STIR raqami

2. Koʻchmas mulkning kadastr raqami

3. Koʻchmas mulkning manzili

4. Bino va inshootni loyihalashtirgan tashkilotning nomi

a) Bino va inshootning hajmi

(noturar bino va inshoot uchun)

Kengash aʼzolariga va hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga yuborish

umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq

hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga yuborish

umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan kam

b) Yakka tartibdagi uy-joy

hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga yuborish

barcha yakka tartibdagi uy-joylar

v) Tarixiy zonalarda, shu jumladan, madaniy yodgorliklarni qoʻriqlash zonalarida quriladigan obyektlar hamda davlat obyektlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlariga yuborish

IV. Soʻrovnomaga ilova:

1. Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismi loyihasi

2. Harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning foydalanuvchisi boʻlgan tashkilotning xulosasi*

*Harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning foydalanuvchisi boʻlgan tashkilotning xulosasi olingan taqdirda, ilova qilinadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri)

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY

KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRLIGI

____________________________________________________________________________

(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi

Hujjat tuzilgan sana:________

Ariza beruvchining nomi yoki F.I.O.: __________

Loyixa-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishilganligi haqida

XULOSA

20___y. “____” _________-son

1.

Ariza raqami

2.

Loyiha tashkilotining nomi

3.

Obyekt egasining nomi

4.

Obyekt manzili

5.

Obyekt nomi

6.

Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻining rekvizitlari

Loyihani koʻrib chiqish buyicha xulosa: kelishildi, kelishilmadi.

(tanlanadi)

Ilovalar:

1) Kengash aʼzolarining xulosalari;

2) Kengash bayoni.

Loyihaning arxitektura qismi

Izox. 1. Bunda ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni xisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) bino va inshootlar hamda yakka tartibdagi uy-joylar loyihalari faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi bilan kelishiladi.

2. Turar joy majmualarini qurishda obyekt nomi davlat tilida va milliy qadriyatlarga mos boʻlishi kerak.

Hujjatni imzolagan shaxs:

________________________________

(F.I.O)

Hujjatning

haqiqiyligini

tasdiqlovchi

QR-kod

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga
41-ILOVA
Qurilish sohasida maxsus texnik shartlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom amaldagi normativ texnik hujjatlar bilan tartibga solinmaydigan obyektlarni loyihalash uchun maxsus texnik shartlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
buyurtmachi — loyiha buyurtmachisi boʻlgan davlat organlari, budjet tashkilotlari hamda yuridik va jismoniy shaxslar;
vakolatli organ — Fanlar akademiyasi;
zilzila — yer qobigʻining yoki yer ustki qatlamining toʻsatdan roʻy bergan siljishi, yemirilishi yoki oʻpirilishi oqibatida vujudga kelgan, uzoq masofalarga tarqaladigan toʻlqinsimon tebranishlar tarzidagi yer osti silkinishlari va tebranishlari;
zilzila akselerogrammasi — zilzila natijasida yer yuzasining maʼlum nuqtasida yuzaga keladigan absolyut tebranish tezlashishining vaqt birligida oʻzgarishi;
zilzilabardoshlik — aholi hayoti hamda mol-mulkining xavfsizligini taʼminlaydigan, binolar va inshootlarning zilzila taʼsiriga boʻlgan mustahkamlik koʻrsatkichlari;
ilmiy xulosa — obyekt uchun ishlab chiqilgan MTSHning zilzilabardoshlik qismiga vakolatli organ tomonidan berilgan tavsiya va talablar;
maxsus texnik shartlar (keyingi oʻrinlarda — MTSH) — shaharsozlik normalari va qoidalarida keltirilgan talablarni toʻldiruvchi yoki ularga kompensatsiya choralarini taʼminlovchi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi texnik kengashi qarori bilan qabul qilinadigan texnik-hujjat;
murakkab konstruksiyali bino va inshootlar — konstruktiv yechimlari shaharsozlik normalari va qoidalari bilan tartibga solinmagan bino va inshootlar;
seysmik jadallik — qabul qilingan shkala boʻyicha tavsiflangan yer yuzasining zilzila natijasida tebranish jadalligi ballda ifodalanishi;
seysmik faol zona — seysmik jihatdan hududlashtirish xaritasida belgilangan, kuchli zilzilalar yuz berish ehtimoli doimo yuqori boʻlgan hudud;
seysmik xavf — muayyan hududda muayyan vaqt oraligʻida aholining hayotiga tahdid soluvchi hamda binolar va inshootlarga zarar yetkazuvchi zilzilalar yuz berish ehtimoli;
seysmik xavfsizlik — seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholi hayotini va infratuzilma obyektlarini zilzilalar natijasida kelib chiqadigan xavflardan himoyalanganlik holati;
shaharsozlik — aholi punktlarini va hududlarni rejalashtirish hamda qurishning yechimlar yigʻindisi.
3. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Institut) MTSHni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash boʻyicha Ishchi organ hisoblanadi.
4. MTSHni oʻzaro kelishuv asosida qabul qilish, ekspertizadan oʻtkazish, bekor qilish hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda davlat organlari va tashkilotlarning Institut faoliyatiga har qanday shaklda aralashishi taqiqlanadi.
Institut MTSHga xulosa va taqriz olish uchun tegishliligi boʻyicha vazirlik hamda idoralarga yuboradi.
5. MTSHni koʻrib chiqish, unga taqriz va xulosalar berish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. MTSHning tuzilishi va ularga qoʻyiladigan talablar
6. MTSH obyektning yuridik manzili, nomi va sohadagi yoʻnalishni (mazmunini) aks ettiruvchi nomga ega boʻlishi lozim.
7. MTSHda uning boshqa bandlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga havola qilishga yoʻl qoʻyiladi.
8. MTSH matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi kerak. Bunda hujjatning har bir bandi toʻliq va tugallangan maʼno hamda mazmunga ega boʻlishi lozim.
MTSHda tushunchalar va atamalarni turlicha izohlash imkoniyati mavjud boʻlsa, ularning qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi.
9. MTSHda quyidagilarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
ogʻzaki nutq shakllari;
davlat tilida teng maʼnoli soʻzlar va tushunchalar boʻlgan taqdirda, xorijiy tillardagi atamalar;
eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar.
10. MTSHning matni umumeʼtirof etilgan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalari asosida tuziladi.
11. MTSHda qoʻllaniladigan atamalarning taʼrifi ushbu MTSHda keltiriladi.
12. MTSHda umumiy qabul qilingan qisqartmalar qoʻllanilishi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar berilishi mumkin.
13. MTSHning matni quyidagi tuzilish elementlariga boʻlinishi mumkin: boʻlimlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar. Boʻlimlar boblarga, boblar esa paragraflarga, paragraflar bandlarga, bandlar kichik bandlarga boʻlinishi mumkin.
Har bir band yoki kichik band MTSHning alohida qoidalarini oʻz ichiga olishi hamda toʻliq va tamomlangan matnga ega boʻlishi kerak.
14. Boʻlimlar rim raqamlari bilan boblar, paragraflar, bandlar va kichik bandlar esa arab raqamlari bilan raqamlanadi.
Boʻlimlar, boblar MTSHning butun matnida ketma-ket raqamlangan boʻlishi kerak. Kichik band raqamiga nuqta bilan ajratilgan band kiradi.
15. MTSHning boʻlimlari va boblari sarlavhalarga ega boʻlishi, sarlavhalar tegishli bob, paragraf va bandlarning mazmunini aniq va qisqa aks ettirishi kerak.
16. MTSHni rasmiylashtirishda loyihaning matni A4 formatidagi qogʻoz varagʻining bir tomonida uning matnini kamaytirmasdan joylashtirilishi kerak. Sahifaning tartib raqami sahifaning pastki oʻrta qismida joylashtirilishi kerak, 1 raqamidan boshlab raqamlanadi.
MTSH, qoida tariqasida, Microsoft Word redaktoridan va quyidagi parametrlardan foydalangan holda tayyorlanadi:
“Times New Roman” 12 oʻlchamli shrift;
sahifaning chap hoshiyasi 3 sm, oʻng hoshiyasi 1,5 sm, past va yuqori hoshiyalari 2 sm;
birinchi qatorning satr boshisi 1,25 sm;
qatorlar orasidagi interval 1,15 belgiga teng boʻlishi lozim.
17. MTSH matnini tayyorlashda grek yoki boshqa alifbolarning harflarini, formulalarni, alohida shartli belgilar Microsoft Word ning “Tenglamalar” redaktoridan foydalangan holda belgilanishi kerak. Bunda yozilgan matnning oʻlchami, qolgan matn oʻlchamlariga yaqinlashtirilgan boʻlishi kerak.
18. MTSH davlat tilida tayyorlanadi va tasdiqlanadi. MTSH faqat Institut tomonidan shartnoma asosida boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin.
19. MTSH matn tilidan qatʼi nazar, hujjat nomida quyidagi qisqartirishlari bilan belgilanadi:
MTSH;
iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi boʻyicha tashkilot IFUT kodi;
nuqtadan keyin tashkilot STIRi;
chiziqchadan keyin MTSHning tartib raqami;
ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlangan yili.
20. MTSH Institut tomonidan ruyxatga olinadi.
21. MTSH boʻlimlarining sarlavhasi, tarkibi va tuzilishi tatbiq etilayotgan obyektning xususiyatlari va unga qoʻyiladigan talablarni inobatga olgan holda belgilanadi.
22. MTSH tarkibi quydagilardan iborat boʻlishi kerak:
MTSH tatbiq qilinishi;
normativ hujjatlarga havolalar;
umumiy texnik talablar;
ilovalar, bunda dastlabki ruxsat beruvchi hujjatlar (idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan olinadi), MTSHni ishlab chiqish uchun texnik torshiriq kiritiladi.
23. MTSHga huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi.
3-bob. MTSHni ishlab chiqish tartibi
24. MTSH tegishli yoʻnalish boʻyicha vakolatga ega boʻlgan ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va IV toifa obyektlarni loyihalashtirish huquqiga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi.
25. MTSH buyurtmachilarning taklifi asosida quyidagilar inobatga olingan holda ishlab chiqiladi:
shaharsozlik faoliyati sohasidagi xalqaro va xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish;
ilmiy-tadqiqotlarning (tajriba-sinov) va oʻlchashning natijalari;
ilm-fan va texnika yutuqlari;
mahsulotning yangi turlarini, jarayonlarni va xizmatlarni qoʻllash orqali orttirilgan amaliy tajriba.
Ushbu talablar zarur hollarda asoslantirilgan holda taqdim etiladi.
26. MTSHni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi quyidagi bosqichlardan iborat:
MTSHni ishlab chiqish uchun buyurtmachi tomonidan texnik topshiriq ishlab chiqilib, ishlab chiquvchiga taqdim etiladi;
MTSH ishlab chiquvchi va manfaatdor taraflarning vakillari bilan birgalikda ishlab chiqiladi;
MTSHda belgilanadigan talablar manfaatdor taraflar tomonidan oʻzaro kelishiladi;
MTSH buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi;
MTSHda uni ishlab chiqqan ilmiy hodimlar, mutaxassislar, tashkilot(lar) rahbarlari koʻrsatiladi va ular tomonidan imzolanadi.
27. Buyurtmachi tasdiqlagan MTSHni koʻrib chiqish hamda xulosalar olish uchun “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Shaffof qurilish” MAT) orqali arizaga ilova qilgan holda elektron nusxada Institutga yuboradi.
4-bob. MTSHni Institut tomonidan koʻrib chiqish tartibi
28. Institut bir ish kunida taqriz olinishi uchun IV toifa obyektlarni loyihalashtirish huquqiga ega boʻlgan kamida uchta loyiha tashkilotiga hamda ilmiy xulosa olish uchun vakolatli organga “Shaffof qurilish” MAT orqali yoʻnaltiradi.
29. Taqriz olish uchun yuborilgan loyiha tashkiloti tomonidan MTSHlar oʻn besh ish kuni davomida koʻrib chiqilib, taqriz beriladi.
Bunda ishlab chiquvchi MTSH boʻyicha kelib tushgan takliflar va eʼtirozlar umumlashtirib koʻrib chiqadi, zaruratga koʻra MTSHga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi hamda kamchiliklarni bartaraf etadi.
30. Vakolatli organ bir oygacha, ish hajmi koʻpaygan hollarda esa ikki oygacha boʻlgan muddatda tadqiqot natijalari asosida xulosa qabul qilib, “Shaffof qurilish” MATga yuklaydi.
31. MTSHga taqrizlar va ilmiy xulosa ular olingan kundan boshlab Institut tomonidan besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi va Texnik kengashda koʻrib chiqilishi uchun taqdim etiladi.
32. MTSHni koʻrib chiqish uchun tegishli soha mutaxassislari Institut tomonidan shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
33. MTSHga salbiy taqriz va (yoki) ilmiy xulosa taqdim etilganda qayta koʻrib chiqish uchun buyurtmachiga qaytariladi.
34. MTSH qayta taqdim etilganda, ushbu Nizomning umumiy talablari asosida koʻrib chiqiladi.
35. MTSHni koʻrib chiqish uchun Institut va buyurtmachi oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Shartnoma qiymati Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ilovaning 5-bandida belgilangan oʻlchov birligidan shakllangan qiymatning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Bunda kelib tushgan toʻlov quyidagi tartibda taqsimlanadi:
5 foizi — MTSHni koʻrib chiqqanlik uchun Institut hisobvaragʻiga;
95 foizi — ilmiy xulosa berganlik uchun vakolatli organ hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
5-bob. Ilmiy xulosa berish tartibi
1-§. Ilmiy xulosadagi umumiy talablar
36. Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan murakkab konstruksiyali obyektlarning MTSHlariga ilmiy xulosa berishda quyidagilar (yoki ulardan biri) nazarda tutiladi:
bino va inshootlar qurilishi rejalashtirilayotgan hududlarni seysmik xavfni, seysmotektonik va muhandis-geologik sharoitlarni hisobga olgan holda xalqaro standartlar darajasida baholash;
bino va inshootlarga kuchli zilzilalarning seysmik taʼsirini “grunt-inshoot” tizimining tebranish parametrlari boʻyicha aniqlash va uni muhandislik koʻrsatkichlarida baholash;
bino va inshootlarni ekspluatatsiya qilish davrida hudud grunti sharoitining oʻzgarishiga muvofiq uning salbiy oqibatlarini prognoz qilish va tavsiyalar ishlab chiqish;
bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish uchun qurilish maydonining seysmik xavfini va seysmik taʼsirini hudud uchun olingan real yoki sintezlangan akselerogrammalardan foydalanish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
tatbiq etilgan zamonaviy seysmik himoya usullari boʻyicha tavsiyalar berish;
xorijiy qurilish normalari va qoidalari talablari boʻyicha kompensatsiyalovchi choralar toʻgʻri qoʻllanilganligini nazariy hamda eksperimental usullar yordamida tekshirish.
37. Vakolatli organ, zarurat boʻlganda, buyurtmachi bilan ilmiy xulosa berish uchun obyektlarni zilzilabardoshlik boʻyicha nazariy va amaliy tajriba sinovidan oʻtkazish ishlari tashkil etiladi.
38. Ilmiy xulosa nusxasi vakolatli organda va buyurtmachida doimiy saqlanadi.
2-§. Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan murakkab konstruksiyali bino va inshootlarga xulosani rasmiylashtirish tartibi
39. Ilmiy xulosa quyidagi qismlardan iborat boʻladi:
kirish;
obyekt haqida umumiy maʼlumotlar;
asosiy qism;
xulosalar va tavsiyalar;
ilovalar.
40. Ilmiy xulosaning kirish qismida tadqiqot maqsadlari, oʻtkazish asoslari (topshiriq yoki ariza), ijrochisi, tahlil (tadqiqot)ni oʻtkazgan ilmiy xodimlar va mutaxassislar hamda buyurtmachi tashkilot haqida maʼlumotlar, shuningdek, qoʻllaniladigan qisqartma soʻzlar koʻrsatiladi.
41. Ilmiy xulosaning obyekt haqidagi umumiy maʼlumotlar qismida tadqiqot obyektining roʻyxati, oʻtkazish jarayonida koʻrib chiqilgan hujjatlar haqida maʼlumotlar hamda tadqiqot obyekti toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi.
42. Ilmiy xulosaning asosiy qismida qurilishi rejalashtirilayotgan maydonlarda oʻtkazilgan dala tadqiqotlari va ular asosida qurilish maydonining baholangan seysmiklik darajasi va parametrlari, obyektga ishlab chiqilgan MTSHda normativ texnik hujjatlarga nomutanosib boʻlgan qismlar uchun kompensatsiyalovchi choralarni tekshirish uchun oʻtkazilgan sinov yoki hisoblash metodikasi, eksperimental tadqiqotlar natijasida aniqlangan dinamik va mustahkamlik koʻrsatkichlari, ular asosida obyekt zilzilabardoshligini hisoblash natijalari keltiriladi.
43. Ilmiy xulosaning tavsiyalar va xulosalar qismida tadqiqot oʻtkazilgan obyektning seysmiklik darajasi va muhandislik koʻrsatkichlari (real yoki sintezlangan akselerogrammalari, tezlanish spektrlari, javob spektrlari) hamda normativ texnik hujjatlarga nomutanosib boʻlgan qismlar uchun kompensatsiyalovchi choralar obyektning zilzilabardoshlik talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar yoki zilzilabardoshligini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar keltiriladi.
44. Yakuniy sinov va hisob natijalari bino va inshootlar, ularning konstruksiyalarining mustahkamligini taʼminlashga qaratilgan hamda zilzilabardoshligini oshirish boʻyicha amaliy tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.
6-bob. MTSHni Texnik kengash tomonidan koʻrib chiqish va kelishish tartibi
45. Texnik kengash Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari va loyiha tashkilotlari (zaruratga koʻra jalb qilingan ekspertlardan) vakillaridan iborat kollegial organ hisoblanadi. Texnik kengash tarkibi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
46. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Texnik kengash raisi hisoblanadi.
Texnik kengash raisi boʻlmaganda, uning vazifasi vazir oʻrinbosari zimmasiga yuklanadi.
47. Texnik kengash faoliyati Institut tomonidan tashkil etiladi.
48. Texnik kengash tomonidan MTSHni kelishish va tasdiqlash “Shaffof qurilish” MAT orqali amalga oshiriladi.
Bunda MTSHni koʻrib chiqish bayonnomasi Texnik kengash aʼzolari tomonidan ERI bilan tasdiqlanganda, MTSH kelishilgan hisoblanadi.
49. MTSH barcha aloqador Texnik kengash aʼzolari bilan kelishilishi shart.
7-bob. MTSHni tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
50. MTSH Texnik kengashda koʻrib chiqilishi va roʻyxatga olish uchun ishlab chiquvchi tomonidan elektron nusxada topshiriladi.
Bunda Institut Texnik kengashga taqdim etish uchun “Shaffof qurilish” MATdan birlamchi ruxsat beruvchi barcha hujjatlarni (arxitektura rejalashtirish topshirigʻi, loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashining xulosasi, kadastr raqami) hamda muhandislik qidiruvlari natijalarini yuklab oladi.
51. Institut Texnik kengash bilan kelishilgan MTSHni roʻyxatga oladi. Bunda MTSH birinchi sahifasida roʻyxatga olingan sana va raqam koʻrsatiladi hamda “Shaffof qurilish” MAT orqali MTSHning har bir sahifalari roʻyxatga olish maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan QR-kod (matritsali shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
52. Tasdiqlangan MTSHga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda bekor qilish Texnik kengash tomonidan amalga oshiriladi.
53. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Qurilish sohasida maxsus texnik shartlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Maxsus texnik shartlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼullar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddatlar

1-bosqich

Buyurtmachi

“Shaffof qurilish” MAT orqali MTSHni arizaga ilova qilgan holda elektron nusxada yuboradi.

Maxsus texnik shartlarni tayyorlangandan keyin

2-bosqich

Institut

Maxsus texnik shartlarning toʻliqligini tekshirib chiqib, hujjatlar toʻliq boʻlgan taqdirda:

1. Taqriz olinishi uchun IV toifa obyektlarni loyihalashtirish huquqiga ega boʻlgan kamida uchta loyiha tashkilotiga hamda ilmiy xulosa olish uchun vakolatli organga yoʻnaltiradi.

Maxsus texnik shartlar tushgan kundan boshlab bir ish kunida

2. Tekshirib chiqish natijasida maxsus texnik shartlar toʻliq boʻlmagan yoki ilova qilingan hujjatlar belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, asosli izoh bilan ishlab chiquvchiga qaytaradi.

Oʻn ish kunida

3-bosqich

Buyurtmachi

MTSHlarni texnik kengashda koʻrib chiqish, kelishish, ilmiy xulosa olish va tasdiqlashni tashkil etish uchun shartnoma boʻyicha hisoblangan toʻlovni oʻtkazadi.

Uch ish kuni muddatda

4-bosqich

Vakolatli organ

MTSHni koʻrib chiqib ilmiy xulosani Institutga hamda buyurtmachiga yuboradi hamda “Shaffof qurilish” MATga kiritadi.

Ikki oy davomida

5-bosqich

Loyiha tashkilotlari

Obyektni loyihalashtirish uchun ishlab chiqilgan MTSH boʻyicha taqrizni “Shaffof qurilish” MATga yuklaydi.

Oʻn ish kunida

6-bosqich

Institut

MTSHni Texnik kengashda koʻrib chiqib “Shaffof qurilish” MATga kiritadi.

Bir ish kuni davomida

7-bosqich

Texnik kengash

Texnik kengash aʼzolari MTSHni koʻrib chiqib, bayonnomani “Shaffof qurilish” MAT orqali ERI bilan tasdiqlaydi. Bunda MTSH kelishiladi yoki asoslantirilgan holda rad etiladi.

Oʻn ish kunida

(41-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
(5-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) tomonidan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun roʻyxatdan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazish) tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi, moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar xavf-xatar toifasidan kelib chiqqan holda, qurilish obyektlarida jumladan, ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar hamda 300 metr kubdan ortiq boʻlgan noturar bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilishga qoʻllaniladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
3. Ushbu Reglament talablari:
Oldingi tahrirga qarang.
ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
joriy taʼmirlash obyektlari;
mukammal taʼmirlash obyektlari (davlat budjeti mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan obyektlar bundan mustasno);
turar joy toifasidan noturar joy toifasiga rekonstruksiyasiz oʻtkazilayotgan xonalar;
mavsumiy ishlar va yaylov chorvachiligi uchun vaqtinchalik inshootlar va maishiy xonalar;
ishlayotgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻzgartirishni talab etmaydigan kichik oʻlchamdagi (300 kvadrat metrdan kam boʻlgan) alohida qurilayotgan obyektlar;
kon kavlash ishlari;
yoʻl inshootlari (umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar);
murakkablik toifalari tasnifiga koʻra I toifa — xavflilik omili past obyektlar;
texnologik resurslari ishlatib boʻlingan va obyektning ixtisoslashishini oʻzgartirish talab etilmaydigan texnologik hamda muhandislik uskunalarini taʼmirlash va almashtirish obyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasining davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarning qurilish-montaj ishlarini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy inspeksiya) toʻgʻridan-toʻgʻri ruxsatnoma beradi. Bunda shaharsozlik hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi ijobiy xulosa hududiy inspeksiyalarga taqdim etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma olmasdan qurilish ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma olmasdan qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun qonunchilik hujjatlariga asosan javobgar boʻladi.
Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan holda qurilish ishlari boshlanganda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib qoʻyish yoki buzdirish ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilish uchun asos boʻladi.
Loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazmasdan mavjud bino va inshootlarning, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joylarning qavatlari sonini koʻpaytirish hamda oʻzgartirilgan loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazmasdan qurilayotgan bino va inshootlarning qavatlari sonini (loyiha hujjatlarini oʻzgartirish yoʻli bilan) koʻpaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Loyiha hujjatlari boʻyicha ijobiy ekspertiza xulosasi ekspert tashkiloti tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi “Ekspert xulosalarining yagona reyestri”ga kiritilgan taqdirda, haqiqiy deb tan olinadi. Davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan loyiha hujjatlari hamda obyektlarni bir vaqtning oʻzida loyihalashtirgan holda qurish (parallel ravishda) tartibidagi loyiha hujjatlari boʻyicha ekspert xulosalari bundan mustasno.
Bunda, obyektlarni bir vaqtning oʻzida loyihalashtirgan holda qurish (parallel ravishda) tartibidagi loyiha hujjatlari boʻyicha berilgan yakuniy yigʻma ekspertiza xulosasi “Ekspert xulosalarining yagona reyestri”ga kiritiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
6. Davlat xizmatlari markazlari va hududiy inspeksiyalar oʻrtasida axborot almashish ERIdan foydalangan holda faqat elektron tarzda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ariza beruvchilar ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXP davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza beruvchilar oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ularni inspeksiya tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ommaviy oferta (keyingi oʻrinlarda — oferta) bilan tanishtiradi.
Ariza beruvchilar ofertani qabul qilganidan soʻng Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza yuboruvchi nomidan ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Ruxsatnoma olish uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼiy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning hududiy inspeksiyaga tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda oferta bilan tanishadilar va uni qabul qiladilar hamda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) quyidagilar ilova qilinadi:
qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilishga pudrat tashkilotining qurilish laboratoriyasi mavjudligini tasdiqlovchi yoki shartnoma asosida laboratoriya jalb etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorati tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq yoki shartnoma nusxalari;
buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorat mutaxassislarining sertifikatlari;
qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning tasdiqlangan loyihalari;
yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan barcha (shu jumladan, davlat va xususiy) taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash, madaniyat va turizm, umumiy ovqatlanish, xizmat koʻrsatish obyektlari, sport komplekslari, lokal isitish issiqlik tizimiga ulanadigan koʻp xonadonli uy-joylar, shu jumladan, “Yangi Oʻzbekiston” massivlari, shuningdek, umumiy maydoni 1 ming kvadrat metrdan katta boʻlgan barcha savdo-koʻngilochar markazlarining bino-inshootlarida loyihada energiya tejovchi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish ishlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlari boʻyicha shartnoma talab etiladi (ushbu shartnoma oʻrnatilgan hududlar boʻyicha). Bunda, shartnoma “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, yuqoridagi hujjatlar Davlat xizmatlari markaziga ariza beruvchi tomonidan PDF yoki JPEG shaklda elektron taqdim etiladi.
Yuqoridagi hujjatlarni qogʻoz shaklida qabul qilib, Davlat xizmatlari markazida skanerlash taqiqlanadi.
Soʻrovnomada qurilish ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi, loyiha hujjatlari kelishilganligi toʻgʻrisidagi xulosa va ijobiy yigʻma ekspertiza xulosasining (sanasi va raqami) maʼlumotlari majburiy koʻrsatiladi.
Hududiy inspeksiyalar roʻyxatdan oʻtkazish uchun shaharsozlik hujjatlari va ekspertiza xulosalarini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan elektron tarzda olishi talab etiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
10. Ariza beruvchilardan 9-bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobile-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan va YIDXP orqali ariza beruvchi ommaviy oferta bilan tanishtiriladi hamda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ularni oʻzining ERIsi bilan majburiy tartibda tasdiqlashi haqida ogohlantiriladi.
Oferta qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlangan shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ruxsatnoma olish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻim undirilmaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
14. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni hududiy inspeksiyaga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda hududiy inspeksiyalarga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Hududiy inspeksiya soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida:
zarurat boʻlganda, obyektni joyiga borib oʻrganadi, qurilayotgan obyektlarga moneliksiz kiradi;
shaharsozlik hujjatlarining ijobiy ekspertiza xulosasi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri”ga kiritilganligini tekshiradi;
qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni “Qurilishda davlat nazorati”ning milliy axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazadi;
soʻrovnomada koʻrsatilgan obyektning qurilish-montaj ishlari qiymatining 0,2 foizi miqdorida (qoʻshimcha qiymat soligʻisiz) ajratmani belgilagan holda, ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha invoysni shakllantiradi;
oʻz ERIsi bilan tasdiqlagan holda, ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha QR-kod qoʻyilgan ruxsatnomani rasmiylashtiradi yoki uni berishni rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
Ruxsatnoma 24 oy muddatga beriladi, ushbu muddat ichida ruxsatnoma asosida qurilish-montaj boshlanmagan boʻlsa, ruxsatnoma oʻz kuchini yuqotgan hisoblanadi.
Ariza beruvchida yangi ruxsatnoma olish zarurati tugʻilganda, u ruxsatnomani bergan organga ushbu Reglamentda belgilangan tartibda takroran soʻrovnoma kiritishi mumkin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
16. Ushbu holatlarda ariza beruvchi umumiy tartibda davlat xizmatidan foydalanish uchun takroran murojaat qilishga haqli.
Takroriy murojaatni koʻrib chiqishda hududiy inspeksiyalar tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
17. Davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorati yoki obyektga biriktirilgan mutaxassis (prorab) tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq yoki shartnoma rasmiylashtirilmaganligi;
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorat yoki obyektga biriktirilgan mutaxassis (prorab) mutaxassislari sertifikatlarining mavjud emasligi;
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning tasdiqlangan loyihalari mavjud emasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan loyiha hujjatlari hamda loyiha hujjatlari kelishilganligi toʻgʻrisidagi kengash xulosasi mavjud emasligi, ekspert tashkilotining ijobiy xulosasida qurilish-montaj ishlari qiymati mavjud emasligi, shuningdek, ekspert tashkilotining ijobiy xulosasi mavjud emasligi hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kiritilmaganligi;
(17-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
obyektda qurilishni boshlash uchun obyektni ruxsatnoma olmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlaganligi;
ijobiy ekspertiza xulosasi berilgan loyiha hujjatlariga buyurtmachining ijroga olish yuzasidan tasdiqlagan boʻyrugʻining mavjud boʻlmaganligi;
pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlarining tegishli elektron reytingda yetarli toifaga ega boʻlmaganligi;
davlat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining kompensatsiya evaziga olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha ishlar toʻliq yakunlanmaganligi yoxud qurilish yer uchastkasi hamda binoni demontaj qilish, buzdirish boʻyicha sudlarda nizo mavjudligi;
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan yettinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Hududiy inspeksiya tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish rad etish normativ-huquqiy hujjatning yoki shaharsozlik normalari va qoidalarining nomi, uning qismi, bandi, kichik bandi va xatboshisiga asoslangan boʻlishi talab etiladi.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, roʻyxatdan oʻtkazish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Invoys rasmiylashtirilgan kuni hududiy inspeksiya invoysni Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Davlat xizmatlari markazlari invoys kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida bu haqida elektron shaklda ariza beruvchini xabardor qiladi.
Invoysda koʻrsatilgan toʻlov toʻliq amalga oshirilgandan soʻng vakolatli organ ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ruxsatnoma va obyekt pasporti uchun QR-kodli havola beradi.
Ruxsatnoma obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos boʻladi hamda buyurtmachi tomonidan QR-kodli pasportni belgilangan tartibda obyektning koʻrinarli joyiga majburiy tartibda oʻrnatiladi.
Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma kelib tushgandan soʻng bir soat mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markaziga ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga ruxsatnoma elektron shaklda taqdim etiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Ariza beruvchi invoysda koʻrsatilgan summani invoys tushgan kundan boshlab besh ish kunlik muddatda toʻlashi shart.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Obyektda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish uchun toʻlov qiymati toʻlanganligi elektron tizim orqali tasdiqlanadi.
21. Obyektda davlat qurilish nazoratini amalga oshirishdan tushgan mablagʻ toʻliq miqdorda hududiy inspeksiyaning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
22. Davlat xizmatlari markazi invoys va QR-kod qoʻyilgan koʻchirma kelib tushganidan soʻng real vaqt rejimida ularni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini elektron tarzda xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga invoys va koʻchirmani elektron shaklida yoki qogʻoz shaklida taqdim etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Soʻrovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini olib ketishga masʼul shaxs koʻrsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
23. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlashi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Ruxsatnoma qurilish-montaj (rekonstruksiya) ishlarini boshlash uchun berilgan kunning oʻzida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasida avtomatik ravishda hisobga olib boriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Ariza yuborilgan vaqtdagi shartlar oʻzgargan taqdirda (buyurtmachi yoki pudrat tashkilotining oʻzgarishi, obyektda texnik, mualliflik, ichki nazoratini amalga oshiradigan yoki obyektga biriktirilgan mutaxassis (prorab) shaxslar almashishi yoki ularning pasport maʼlumotlari oʻzgarishi, litsenziyaning amal qilish muddati tugashi, loyiha hamda uning qiymatidagi yechimlarning oʻzgarishi), buyurtmachilar oʻn kun mobaynida Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali hududiy inspeksiyaga tegishli oʻzgartirishlarni koʻrsatgan holda amaldagi soʻrovnoma raqami orqali qoʻshimcha ravishda murojaat qiladi (bir obyektning bloklar soni ikki va undan ortiq boʻlib, ushbu obyekt bloklari buyurtmachisi oʻzgargan taqdirda, qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi).
Ariza yuborilgan vaqtdagi shartlar oʻzgarib, biroq, belgilangan muddatda ariza beruvchilar tomonidan tegishli oʻzgartirishlarni kiritgan holda qoʻshimcha ravishda murojaat qilinmaganda, hududiy inspeksiya tomonidan obyektni qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib qoʻyish yoki buzdirish uchun daʼvo bilan sudga murojaat qilish uchun asos boʻladi.
Ariza beruvchining murojaatiga asosan hududiy inspeksiya mazkur Reglamentning 15-bandida koʻrsatilgan muddatda oʻz ERIsi bilan tasdiqlagan holda ushbu Reglamentga 5-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha “Ariza berilgan vaqtdagi shartlar oʻzgarishi yuzasidan qoʻshimcha murojaat qayd etilganligi haqida” QR-kod qoʻyilgan koʻchirmani rasmiylashtiradi yoki uni berishni rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
26. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
27. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
28. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma berish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.

1. Xohishiga koʻra

2. Murojaat qilinganda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Soʻrovnomani hududiy inspeksiyaga yuboradi.

Avtomatik ravishda

3-bosqich

Hududiy inspeksiya

1. Ruxsatnoma berishni oʻrganib chiqadi.

2. Invoys va ruxsatnomani ERI bilan tasdiqlash yoʻli bilan rasmiylashtiradi.

3. Invoysda koʻrsatilgan toʻlov toʻliq amalga oshirilgandan soʻng ruxsatnoma beradi.

4. Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga QR-kodli ruxsatnomani hamda ikki tomonlama tasdiqlangan ofertani yuboradi.

3 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Ikki tomonlama tasdiqlangan oferta, invoys va ruxsatnomani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi, ariza beruvchini bu haqida elektron tarzda xabardor qiladi va ruxsatnoma beradi.

Real vaqt rejimida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

________________

(sana)

_____________

(raqami)

Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

I. Buyurtmachi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot

1. JSHSHIR

2. F.I.O.

3. Telefon raqami

4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

5. Qayta rasmiylashtirish (ariza yuborilgan vaqtdagi shartlar oʻzgargan taqdirda)

II. Buyurtmachi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot

1. Toʻliq nomi (ikki yoki undan koʻp buyurtmachilar boʻlganda alohida koʻrsatiladi)

2. STIR

3. Buyurtmachi tashkiloti rahbari

F.I.O.

JSHSHIR

4. Telefon raqami

5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

6. Qayta rasmiylashtirish (ariza yuborilgan vaqtdagi shartlar oʻzgargan taqdirda)

III. Mualliflik nazoratini olib boruvchi loyiha tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumot

1. Toʻliq nomi (ikki yoki undan koʻp loyihachilar boʻlganda, alohida koʻrsatiladi)

2. STIR

3. Loyiha tashkiloti raxbari

F.I.O.

JSHSHIR

4. Telefon raqami

5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

IV. Pudrat tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumot

1. Toʻliq nomi (ikki yoki undan koʻp pudratchilar boʻlganda, alohida koʻrsatiladi)

2. STIR

3. Pudrat tashkiloti raxbari

F.I.O.

JSHSHIR

4. Telefon raqami

5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

V. Koʻchmas mulk toʻgʻrisida maʼlumot

1. Koʻchmas mulkning kadastr raqami (tarmoqli obyektlari bundan mustasno)

2. Koʻchmas mulkning manzili

3. Obyekt qurilishiga asos

Dastur doirasida (Dastur raqami, sana)

Tadbirkorlik

4. Obyekt murakkablik toifasi

5. Obyektning umumiy qurilish maydoni (yer maydoni, loyiha boʻyicha m2 , tarmoqli obyektlar uchun p/m)

6. Obyekt bloklari

(tarmoqli obyektlarda piket)

Nomi

Qavatlar soni (tarmoqli obyektlar bundan mustasno)

Balandligi (m)

Tarmoqli obyektlarida (p/m)

7. Obyektning qurilish maydoni (m2 , tarmoqli obyektlar uchun p/m)

8. Obyektning hajmi (m3)

9. Obyekt xonadonlari soni

(tarmoqli obyektlar bundan mustasno)

10. Qurilish-montaj ishlarining turi

Yangi qurilish

Rekonstuksiya

11. Qurilish-montaj ishlarining qiymati

(QQSsiz, buyurtmachining boshqa xarajatlari va jihozlarisiz)

Soʻm (0.00)

12. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasining xulosasi (bayoni)

Raqami

Sanasi

13. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi

Raqami

Sanasi

14. Loyiha hujjatlari kelishilganligi toʻgʻrisidagi xulosa

Davlat reyestr raqami

15. Ijobiy yigʻma ekspertiza xulosalari (II va undan yuqori toifadagi obyekt ekspertiza xulosasi)

Raqami

Sanasi

16. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlari boʻyicha shartnoma (ushbu shartnoma oʻrnatilgan hududlar boʻyicha)

Raqami

Sanasi

16.Pudrat tashkiloti litsenziyasi (litsenziyalanadigan alohida qurilish-montaj ishlari turlarini bajarishda)

Litsenziya raqami

Litsenziya berilgan sanasi

17. Ekspertiza organlarining loyiha hujjatlarida sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi ijobiy xulosasining raqami va sanasi (xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun, I va II toifadagi obyektlar bundan mustasno)

Xulosa raqami

Xulosa sanasi

18. Loyiha-smeta hujjatlari asosida bir vaqtning oʻzida loyiha va qurilish ishlari parallel olib boriladigan qurilish obyekti

Qaror raqami, sanasi

Bayon raqami, sanasi

19. Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga topshirish muddati

Boshlanishi

Tugallanishi

20. Koʻchmas mulkning toifasi

Noturar obyekt

Turar-joy obyekti

VI. Qurilish-montaj ishlariga masʼul boʻlgan xodimlar toʻgʻrisida maʼlumot

Qurilish obyektidagi masʼul shaxsning lavozimi

JSHSHIR

Masʼul shaxsning F.I.O.

Telefon raqami

Sertifikat raqami

Mualliflik nazorati*

Texnik nazorati*

Pudrat tashkilotining ichki nazorati*

Pudrat tashkiloti tomonidan obyektga biriktirilgan mutaxassis (prorab)*

VII. Ilova qilinadigan hujjatlar, qurilish ishlarini boshlashga ruxsat berishda talab etiladigan hujjatlar tegishli tashkilotlarning elektron tizimlaridagi mavjud maʼlumotlarni “Shaffof qurilish” MATga integratsiya qilinadi.

(I-toifadagi yakka tartibdagi uy-joylar uchun tatbiq etilmaydi)

1.

Qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish pudrat tashkilotining qurilish laboratoriyasi mavjudligini tasdiqlovchi yoki shartnoma asosida laboratoriya jalb etilganligi toʻgʻrisidagi hujjati

2.

Buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorati tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq yoki shartnoma nusxalari

3.

Buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorat mutaxassislarining sertifikatlari

4.

Tasdiqlangan loyihada qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning mavjudligi (DWG hamda PDF formatida).

5.

Ekspertizadan oʻtkazilgan loyihani buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan buyrugʻi

*Bitta xodimga asosiy ish joyidan tashqari bir vaqtning oʻzida koʻpi bilan 1 ta oʻrindoshlik asosidagi ishi boʻyicha oʻzining asosiy yoʻnalishi boʻyicha obyektga biriktirilishi mumkin.
Izoh. Keltirilgan barcha maʼlumotlarning ishonchliligini hamda obyektda qurilish-montaj ishlari boshlanmaganligi tasdiqlayman.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri)

TASHKILOT NOMI

______________________________________________________________________________________

(viloyat (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi)

Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun

RUXSATNOMA №

20___ y. “____” __________da ____________________________________________________________

____________________________________________________________________________ga berilgan.

(yuridik tashkilotning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)

Ushbu ruxsatnoma bilan ____________________________________________________________ ga

(obyekt nomi, joylashgan manzili)

Eslatma: qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilishga pudrat tashkilotining qurilish laboratoriyasi mavjudligini tasdiqlovchi yoki shartnoma asosida laboratoriya jalb etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat;

buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorati tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq yoki shartnoma nusxalari;

buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorat mutaxassislarining sertifikatlari;

qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning tasdiqlangan loyihalari.

Soʻrovnomada qurilish ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, loyiha hujjatlari kelishilganligi toʻgʻrisidagi xulosa va ijobiy yigʻma ekspertiza xulosasining (sanasi va raqami) maʼlumotlari majburiy koʻrsatiladi.

Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20_____ y. “______” ______________ dan 20___ y. “____” _____________ gacha.

Hujjatning

haqiqiyligini

tasdiqlovchi

QR-kod

Hujjatni imzolagan shaxs _________________________________________

(F.I.O.)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Invoys (shakli)

T/r

Xizmat turi

Nomi

1.

Xabarnoma raqami

XXXX

2.

Tekshirish uchun parol

XXXX

3.

Xizmat

__________________ (hudud nomi) Qurilish sohasida davlat nazorati

4.

Oluvchining nomi

__________________ (hudud nomi) Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi

5.

Hisobraqami

XXXXXXXX

6.

Shaxsiy gʻazna

XXXXXXXX

7.

Invoys raqami

XXXX

8.

Miqdori (soʻm)*

XXXX

9.

Muhim

XXXX

*Izoh. Tasdiqlangan ekspertiza xulosasida koʻzda tutilgan qurilish-montaj ishlari qiymatining (qoʻshimcha qiymat soligʻisiz) 0,2 foiz miqdorida ajratma.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA

(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri)

TASHKILOT NOMI

_________________________________________________________________________________________

(viloyat (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi)

Ariza berilgan vaqtdagi shartlar oʻzgarishi yuzasidan qoʻshimcha murojaat qayd etilganligi haqida

KOʻCHIRMA

Ariza raqami: _____________

20____ y. “____”

Mazkur koʻchirma ________________________________________________________________ning

(ariza beruvchining nomi yoki F.I.O)

___________________-son arizasiga muvofiq _________________________________________________

___ (ariza raqami)

_________________________________________________________________________________________

(obyektning manzili)

manzilida qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan obyektda roʻyxatdan oʻtgan vaqtdagi shartlar oʻzgarganligi holatini qayd etadi.

Bunda, ish bajaruvchilarining, obyektda texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiradigan shaxslar almashishi, litsenziyaning amal qilish muddati tugashi, loyiha hamda uning qiymatidagi yechimlarning oʻzgarishi va hokazolar nazarda tutiladi.

Qurilish-montaj ishlarini bajarish davrida quyidagi tartiblarga amal qilish talab etiladi:

a) shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya qilish;

b) buyurtmachining texnik, loyiha tashkilotining mualliflik va pudrat tashkilotining ichki nazorati mavjud boʻlishi;

v) qurilish-montaj ishlari ishchi loyiha hujjatlariga muvofiq boʻlishi.

Hujjatning

haqiqiyligini

tasdiqlovchi

QR-kod

Hujjatni imzolagan shaxs ___________________________

_________________________________ (F.I.O.)

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga

6-ILOVA

Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament mulkchilik shakli va moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar, qurilishi tugallangan (rekonstruksiya qilingan) ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan yuqori va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar hamda 300 metr kubdan ortiq boʻlgan noturar bino va inshootlarni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish, shuningdek, qurilishi tugallangan ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan boʻlgan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlarga foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartiblarini belgilaydi.
2. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasining maqsadli dasturlariga kiritilgan loyihalar, shuningdek, budjet tizimi budjetlari va tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari asosida moliyalashtiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha loyihalar doirasida qurilgan, rekonstruksiya qilingan, shuningdek, mukammal va joriy taʼmirlangan obyektlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
3. Alohida hollarda, davlat sirlari yoki alohida muhim toifalangan obyektlar Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan Davlat komissiyasi hamda buyurtmachilar tomonidan ishchi komissiya tuzilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri (ushbu komissiyalarning dalolatnomalarini rasmiylashtirish va tasdiqlash orqali) foydalanishga qabul qilinishi mumkin.
4. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
yordamchi xoʻjalik imoratlari — insonlar yashashi va yashashida foydalanilmaydigan binolar, jumladan, uy hayvonlari va parrandalarni saqlash uchun imoratlar, omborxona (yengil konstruksiyali), garaj, yozgi oshxona, tandirxona, yertoʻla (balandligi 2,2 metrdan past boʻlgan), hovlidagi hojatxona, hovuz, sauna va hammom, issiqxona hamda odamlarning vaqtincha boʻlishi bilan bogʻliq ishlarning har xil turlarini bajarishga moʻljallangan boshqa funksional (yengil konstruksiyali) imoratlar;
joriy taʼmirlash ishlari — bino va inshootlarning ayrim qismlarini qisman taʼmirlash yoki tiklash maqsadida joriy taʼmirlash ishlari;
mukammal taʼmirlash ishlari — mavjud bino va inshootning istalgan qismlarini (asosiy yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar bundan mustasno), shu jumladan, baʼzi qismlarini taʼmirlash yoki tiklash yoʻli bilan obyektni toʻliq yoki shunga yaqin darajada tiklash hamda sozligini tiklash uchun butun obyektni taʼmirlash ishlari;
xulosa beruvchilar — qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilishda oʻziga tegishli masala yuzasidan xulosa beruvchi idora va tashkilotlar;
qurilishi tugallangan obyekt — qurilish-montaj ishlari toʻliq yakunlangan qurilish obyekti.
5. Ushbu Reglament talablari:
turar joy toifasidan noturar joy toifasiga (yoki aksincha) rekonstruksiyasiz oʻtkazilayotgan imoratlarga (alohida xonalar);
qurilish obyektlarining xavf-xatar toifasi boʻyicha xavflilik omili past (I toifa) obyektlarga (jismoniy va yuridik shaxslar mablagʻlari evaziga quriladigan obyektlarga);
togʻ-kon sanoati obyektlariga (bino va inshootlari bundan mustasno);
barcha turdagi mukammal va joriy taʼmirlash obyektlari (budjet tizimi budjetlari hisobidan mukammal va joriy taʼmirlanadigan obyektlarga bundan mustasno);
tomorqa yer uchastkalarida va mavjud muhandislik tarmoqlarini oʻzgartirish talab etilmaydigan jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarini obodonlashtirishga;
reklama va axborot qurilmalariga (konstruksiyalari);
koʻpriklar (barcha turdagi), yoʻllar qurilishi va yer osti yoʻllari;
texnologik resurslari ishlatib boʻlingan va obyektning ixtisoslashishini oʻzgartirish talab etilmaydigan texnologik hamda muhandislik uskunalarini taʼmirlash va almashtirish obyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Obyektlar, shuningdek, yakka tartibdagi uy-joylardan bosqichma-bosqich foydalanish uchun ruxsatnoma berilishi mumkin. Bunda, tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarida bosqichma-bosqich foydalanish uchun ruxsatnoma berish koʻzda tutilgan boʻlishi, shuningdek, qurilayotgan obyektning foydalanish uchun ruxsat berilayotgan qismi (seksiya, blok) loyiha hujjatlariga muvofiq belgilangan ishlarning barchasi, xususan, mazkur binodan foydalanishda hizmat qiluvchi obodonlashtirish ishlari (tasdiqlangan loyihaga koʻra ichki yoʻllar, yashil hududlar, chiqindi toʻplash joylari, bolalar maydonchasi, avtoturargohlar va boshqalar), bino va inshootlar toʻliq qurilgan, pardozlash ishlari yakunlangan hamda tashqi muhandislik tarmoqlariga ulangandan soʻng uning qurilishi, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi tugallanmagan qismlari obyektning zilzilabardoshliligini va yongʻinga chidamliligini taʼminlashi shart.
Qurilishi tugallangan turar joy binolari, shuningdek, korxonalar va savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari va nosanoat xususiyatidagi ehtiyojlar uchun qoʻshilgan, yondan qurilgan xonalarga ega boʻlgan koʻp seksiyali turar joy binolaridagi seksiyalar ushbu xonalar bilan bir vaqtda qabul qilinadi.
Agar qoʻshilgan, yondan qurilgan xonalar bir nechta turar joy seksiyalariga tegishli boʻlsa, seksiya ushbu seksiyaning koʻrsatilgan xonalarida barcha qurilish-montaj ishlari tugallangan holdagina qabul qilinishi lozim. Bu holda qoʻshilgan, yondan qurilgan xonalar oxirgi seksiya bilan bir vaqtda foydalanishga qabul qilinadi.
Muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari obyektlarini foydalanishga qabul qilishda, ushbu bajarilgan qurilish-montaj ishlari joylashgan va unga tutash yer uchastkasini koʻzda tutuvchi 1:500 nisbatdagi topoxarita taqdim etilishi lozim.
Har bir koʻp kvartirali uyni foydalanishga qabul qilishda, ushbu koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi chegarasi belgilangan 1:500 nisbatdagi topoxarita taqdim etilishi lozim.
Koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi chegarasi belgilangan topoxarita asosida har bir koʻp kvartirali turar joyning alohida kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
Kadastr pasportida koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan (noturar) joylar, umumiy mol-mulk (umumiy joylar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
6. Qurilish tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish hamda foydalanish uchun ruxsatnoma berish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Qurilishi tugallangan obyektdan uni topshirish-qabul qilish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan dalolatnomasiz va hududiy inspeksiyaning qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnomasisiz foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Foydalanish uchun ruxsatnoma koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.
9. Pudratchi tashkilotining murojaatiga asosan buyurtmachi tomonidan qurilishi tugallangan obyekt topshirish-qabul qilishga tayyorlanadi.
10. Pudrat tashkiloti buyurtmachiga qurilishi tugallangan obyektda bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etishi shart.
11. Xulosa beruvchilar qurilish tugallangan obyektni tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq deb topgan taqdirda, mazkur Reglamentga 2-ilovadagi shaklga asosan qurilish tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Tasdiqlangan loyiha hujjatlari boʻyicha shaharsozlik normalari va qoidalariga nisbatan nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, tegishliligi boʻyicha buyurtmachi, loyiha yoki pudrat tashkilotlari tomonidan toʻliq bartaraf etilishi shart.
12. Qurilishi tugallangan obyektni oʻz vaqtida foydalanishga qabul qilish uchun buyurtmachi shaxsan javobgar boʻladi.
2-bob. Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilishda davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
13. Buyurtmachi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda murojaat qiladi.
14. Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirish uchun murojaatlar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda murojaatlar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni murojaatlarning vakolatli organga kelib tushgan va qabul qilingan kuni hisoblanadi.
15. Buyurtmachi soʻrovnomani davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha topshiradi.
Mazkur ilovadagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlari boʻyicha yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
16. Buyurtmachi soʻrovnomani yuborishida dalolatnoma shaklini tanlaydi.
Dalolatnoma shaklini tanlashda mazkur obyektda amalga oshirilgan ishning (yangi qurilish, rekonstruksiya, taʼmirlash) turi hamda obyektning xavf-xatar toifasi inobatga olinadi.
17. Soʻrovnomaga maʼlumotlar toʻliq kiritilganidan soʻng uni oʻz elektron raqamli imzosi bilan (keyingi oʻrinlarda — ERI) yoki identifikatsiya qilishning boshqa vositalari orqali tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, dalolatnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Soʻrovnoma hamda dalolatnoma tegishli xulosa beruvchilarga avtomatik tarzda yuboriladi.
18. Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilishda davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim undirilmaydi.
3-bob. Xulosa beruvchilar tomonidan soʻrovnoma va dalolatnomani koʻrib chiqish tartibi
19. Xulosa beruvchilar Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP tizimi orqali soʻrovnoma va dalolatnoma kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida obyektni joyiga borib quyidagi ishlar amalga oshirilganligini tegishliligi boʻyicha oʻrganib chiqadi:
bajarilgan qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi;
obyektning ishga tushiriladigan quvvatining (sigʻimi, oʻtkazuvchanligi) loyiha hujjatlarida tasdiqlangan koʻrsatkichlarga muvofiqligi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga asosan texnologik, muhandislik yoki boshqa uskunalarning (muhandislik tizimlarini) sinovdan oʻtkazilganligi;
muhandislik tarmoqlaridan foydalanish tashkilotlarining tashqi ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlari, issiqlik taʼminoti, gaz taʼminoti, elektr taʼminoti va aloqa kommunikatsiyalari tarmoqlariga (ushbu tarmoqlarga ulanish koʻzda tutilgan taqdirda) tegishli talablarga muvofiq ulanganligi;
obyektlarning texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga muvofiqligi, yongʻin xavfsizligi, mehnat sharoitlari taʼminlanishi boʻyicha tadbirlarning bajarilganligi;
oʻrnatilgan lift uskunalarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan va davlat ekspertizasidan oʻtkazilgan dalolatnomasi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi.
20. Xulosa beruvchilar obyektning normativ-huquqiy va texnik hujjatlarga nomuvofiqligi, soʻrovnoma va dalolatnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganligi, shuningdek, maʼlumotlar toʻliq kiritilmaganligini aniqlagan taqdirda, ularni koʻrib chiqishni rad etishning aniq asoslarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda rad etadi.
Xulosa beruvchilar tomonidan oʻzining vakolat doirasiga kirmaydigan masalalar boʻyicha xulosalar berilishi taqiqlanadi.
Oʻrganish natijalari boʻyicha asosli eʼtiroz boʻlmagan taqdirda, QR-kod qoʻyilgan xulosa beradi.
21. Salbiy xulosada qayd etib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng buyurtmachi tomonidan aynan salbiy xulosa bergan tashkilotga qayta koʻrib chiqish uchun tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda umumiy tartibda yuboradi.
Buyurtmachi qayta murojaat qilganda, xulosa beruvchi tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
Buyurtmachi tomonidan murojaat qayta yuborilganda xulosa beruvchi murojaatni besh ish kuni mobaynida obyektni joyiga borib oʻrganib chiqadi va xulosa beradi.
22. Buyurtmachi va xulosa beruvchi oʻrtasidagi axborot almashinuvi oʻz ERIsini majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Dalolatnomani rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:
xulosa beruvchilarning ijobiy xulosalari;
pudrat tashkilotining muvofiqlik deklaratsiyasi.
23. Xulosa beruvchilardan ijobiy xulosa yoki pudrat tashkilotidan muvofiqlik deklaratsiyasi olinganidan soʻng buyurtmachi dalolatnomani oʻzining ERI bilan yoki identifikatsiya qilishning boshqa vositalari orqali tasdiqlab, uni ushbu Reglamentning 24-bandiga asosan tegishlilik boʻyicha yuboradi.
4-bob. Qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibi
24. Qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnoma):
a) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy inspeksiya) tomonidan qurilish-montaj ishlari tugallangan ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan yuqori va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat ortiq boʻlgan (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) yakka tartibdagi uy-joylar hamda 300 metr kubdan ortiq boʻlgan noturar bino va inshootlardan foydalanish;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan qurilish-montaj ishlari tugallangan ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlardan foydalanish uchun beriladi.
25. Pudrat tashkiloti qurilishi tugallangan koʻp kvartirali uyni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni jalb qiladi.
26. Ruxsatnoma olishdan oldin foydalanishga qabul qilinayotgan bino va inshootga belgilangan tartibda kadastr pasporti rasmiylashtirish talab etiladi.
27. Ruxsatnoma olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi elektron shaklda tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
271. Taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslardan ushbu Reglamentning 27-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi.
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
272. Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan ushbu Reglamentning 27-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi.
(272-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son)
28. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
10 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda tegishliligiga koʻra hududiy inspeksiya yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining bank hisobvaraqlariga;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
10 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda tegishliligiga koʻra hududiy inspeksiya yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining bank hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
29. Buyurtmachi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Buyurtmachi davlat xizmatidan foydalanishdan, koʻchmas mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilguniga qadar bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
30. Buyurtmachi tomonidan yuborilgan qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi hududiy inspeksiyaga kelib tushgandan soʻng toʻrt ish kuni mobaynida hududiy inspeksiya joyiga chiqqan holda obyektni:
qabul qilish va ularni foydalanishga topshirish ishlari shaharsozlik hujjatlari talablariga muvofiqligini;
bino va inshootlarning konstruktiv mustahkamligi, barqarorligi va ishonchliligini;
bino va inshootlardan foydalanish davrida yongʻin xavfsizligi, sanitariya va atrof-muhitni muhofaza qilish xavfsizligi yuzasidan koʻrib chiqilganligini;
binolar, inshootlar va jamoat maskanlaridan imkoniyatlari cheklangan shaxslarning foydalanishi mumkinligini;
binolarning energiya tejamkorligini va ularning shovqindan himoya qilinishini;
“Topografiya” maʼlumotlar bazasiga kiritilgan ijroviy topografik tasvir va loyiha hujjatlari oʻzaro mosligini;
bino va inshootlarda qayta tiklanuvchi va energiya samarador qurilish materiallaridan foydalanilganligini oʻrganadi.
Oʻrganish natijalari asosida ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq QR-kod qoʻyilgan ruxsatnomani beradi yoki rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi.
Ruxsatnoma elektron shaklda rasmiylashtiriladi va hududiy inspeksiyaning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
31. Quyidagilar ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos boʻladi:
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;
davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanmaganligi;
qurilish-montaj ishlari qiymati uchun toʻlanishi lozim boʻlgan ajratmalar toʻliq toʻlanmaganligi;
ruxsatnoma berish uchun asos boʻlgan hujjatlarning mavjud emasligi;
kelishilgan loyiha yechimlari hamda shaharsozlik hujjatlari talablari buzilishi yoki obyekt (butunlay yoki bir qismi) loyiha hujjatlariga (qismiga) nomuvofiq tarzda qurilganligi;
binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek, fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklar mavjudligi;
sifatsiz qurilish materiallari, konstruksiyalari hamda buyumlari qoʻllanilganligi;
texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislarning salbiy xulosalari mavjud boʻlganda, pudrat tashkiloti qurilish normalari va qoidalari boʻyicha buzilishlarni bartaraf etmaganda;
loyiha hujjatlari boʻyicha ijobiy ekspertiza xulosasi ekspert tashkiloti tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kiritilmaganligi yoki ijobiy xulosa olinmaganligi;
foydalanishga qabul qilinayotgan obyektning “Topografiya” maʼlumotlar bazasiga kiritilgan ijroviy topografik tasviri mavjud emasligi;
obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun hududiy inspeksiyadan ruxsatnoma olinmaganligi;
vakolatli organga obyektni oʻrganish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;
yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda ushbu koʻchmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq, xatlov yoki garovga (ipotekaga) qoʻyilganligi (vakolatli organning rozilik xati taqdim etilsa bundan mustasno);
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
foydalanishga qabul qilinayotgan bino va inshootlarning kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud emasligi;
shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq emasligi;
qurilishi tugallangan koʻp kvartirali uyni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilot jalb qilinmaganligi yoki boshqaruvchi tashkilot aniqlanmaganligi;
binoni demontaj qilish, buzdirish boʻyicha inspeksiya tomonidan daʼvo arizalari kiritilib, sudlarda nizo mavjudligi yoki demontaj qilish, buzdirish boʻyicha sudlar tomonidan qarorlar qabul qilinganligi;
quriladigan bino va inshootlar hududlaridan yogʻingarchilik suvlarini toʻliq olib chiqib ketish maqsadida yomgʻir suvlarini oqizish tarmoqlarini (lotok) yirik (kanal, kollektor, drenaj va yirik irrigatsiya tarmoqlari) tarmoqlarga ulash nazarda tutilmaganligi;
suvni muhofaza qilish hududlari chegaralariga tutash yer uchastkalarida barpo etiladigan qurilish obyektlariga suv obyektlarining balansda saqlovchi tashkilotlardan tegishli xulosalar olinmaganligi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Rad etish hududiy inspeksiya tomonidan shaharsozlik hujjati nomi, uning qismi, bandi, kichik bandi yoki xatboshisi orqali asoslangan boʻlishi talab etiladi.
32. Buyurtmachi ruxsatnoma berish rad etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamasdan, ruxsatnomani olish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, ruxsatnoma takroran soʻrovnoma tushganidan soʻng hududiy inspeksiya yoki hududiy boshqarmalar tomonidan ikki ish kuni mobaynida oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Bunda oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda, avvalgi ariza uchun toʻlangan invoysni tizimdan yuklab olib, takroriy arizani toʻlov bosqichida biriktiradi.
Soʻrovnomani takroran koʻrib chiqishda hududiy inspeksiya yoki hududiy boshqarma tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
33. Xulosa beruvchilar tomonidan ijobiy xulosa olinib, qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tegishli tartibda rasmiylashtirilgan holda hududiy inspeksiyaga yuborilgan boʻlib, biroq hududiy inspeksiya tomonidan koʻrib chiqish jarayonida ushbu Reglamentning 31-bandi asosida rad etilgan taqdirda buyurtmachi rad etish sabablarini bartaraf etib takroran murojaat qilganda, soʻrovnoma koʻrib chiqish uchun faqat hududiy inspeksiyaga yuboriladi.
34. Obyektlar, shuningdek, yakka tartibdagi uy-joylardan bosqichma-bosqich foydalanish uchun ruxsatnoma berilishi mumkin. Bunda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarida bosqichma-bosqich foydalanish uchun ruxsatnoma berish koʻzda tutilgan boʻlishi, shuningdek, qurilayotgan obyektning foydalanish uchun ruxsat berilayotgan qismi (seksiya, blok) loyiha hujjatlariga muvofiq belgilangan ishlarning barchasi, xususan, mazkur binodan foydalanishda hizmat qiluvchi obodonlashtirish ishlari (tasdiqlangan loyihaga koʻra ichki yoʻllar, yashil hududlar, chiqindi toʻplash joylari, bolalar maydonchasi, avtoturargohlar va boshqalar), bino va inshootlar toʻliq qurilgan, pardozlash ishlari yakunlangan hamda tashqi muhandislik tarmoqlariga ulangandan soʻng uning qurilishi, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi tugallanmagan qismlari obyektning zilzilabardoshliligini va yongʻinga chidamliligini taʼminlashi shart.
Qurilayotgan obyekt loyiha hujjatlariga muvofiq belgilangan ishlarning barchasi, xususan, bino va inshootlarning barchasi toʻliq qurilgan, pardozlash ishlari yakunlangan hamda tashqi muhandislik tarmoqlariga ulangandan soʻng obyektdan foydalanishga ruxsatnoma berilishi mumkin.
Markaziy koʻchalarning ikki tarafida joylashmagan yakka tartibdagi uy-joyning muayyan xona, oshxona, hojatxonasi, uyning ichki bezagi yakunlanib, yashash uchun yaroqli holatga kelgandan keyin ariza beruvchining talabi asosida uy-joy muhandislik tarmoqlariga ulanmagan, alohida yordamchi-xoʻjalik imoratlarisiz, hududni obodonlashtirmasdan, uyning bir qismidan foydalanishga ruxsatnoma berishga yoʻl qoʻyiladi.
35. Hududiy boshqarma soʻrovnoma tushgandan soʻng toʻrt ish kuni mobaynida obyektni joyiga borgan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlarning shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganib, ushbu Reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq QR-kod qoʻyilgan ruxsatnomani beradi yoki rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini koʻrsatgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi.
Ruxsatnoma elektron shaklda rasmiylashtiriladi va hududiy boshqarmaning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
36. Hududiy inspeksiya yoki hududiy boshqarma QR-kodli ruxsatnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ruxsatnomani koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yuboradi.
37. Hududiy inspeksiya yoki hududiy boshqarma rasmiylashtirilgan QR-kodli ruxsatnoma tushgan kundan keyin ikki ish kuni mobaynida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ belgilangan tartibda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazib, tegishli huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirmani rasmiylashtiradi.
Kadastr agentligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan koʻp kvartirali uydagi joylar alohida (kvartiraga) ajratilganda, har bir joy (kvartira)ning maydoni, kadastr raqami va mulkdori, shuningdek, koʻp kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi maydoni va boshqa maʼlumotlar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga avtomatik tarzda yuborilishini taʼminlaydi.
38. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻim miqdori koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) tashkilotlarga, Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
Xabarnomada koʻrsatilgan yigʻim toʻliq toʻlanganidan soʻng real vaqt rejimida tegishli huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi elektron shakldagi Reyestrdan koʻchirmani yuklab olish imkoni paydo boʻladi va ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga Reyestrdan koʻchirma elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida berilishi mumkin.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
39. Davlat xizmatlari markazi, hududiy inspeksiya, hududiy boshqarma, xulosa beruvchilar va roʻyxatdan oʻtkazuvchilar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlashi kerak.
40. Hududiy inspeksiya yoki hududiy boshqarma tomonidan ruxsatnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida mazkur ruxsatnoma “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomatik tarzda hisobga olinadi.
41. Xulosa beruvchilar oʻzlari bergan ijobiy yoki salbiy xulosalarga javobgar hisoblanadi.
42. Soʻrovnomalarni belgilangan muddatda koʻrib chiqmagan xulosa beruvchilar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
43. Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
44. Buyurtmachi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
45. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Qurilish tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish hamda foydalanish uchun ruxsatnoma berish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Pudrat tashkiloti

Qurilishi tugallangan obyekt topshirish-qabul qilishga tayyorligi toʻgʻrisida buyurtmachiga muvofiqlik deklaratsiyasini ilova qilgan holda xabarnoma yuboradi.

Qurilish ishlari tugallangandan soʻng

2-bosqich

Buyurtmachi

oʻzi kelib Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali elektron soʻrovnoma yuboradi.

Xabarnoma kelib tushgandan kunda

3-bosqich

Xulosa beruvchilar

Soʻrovnoma va dalolatnoma kelib tushgandan soʻng obyektni joyiga borib oʻrganib chiqadi va qurilishi tugallangan obyektning foydalanishga tayyorligi yoki tayyor emasligi toʻgʻrisida xulosa beradi.

10 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Xulosa beruvchilar tomonidan dalolatnoma tasdiqlanganidan soʻng tizim orqali avtomatik tarzda buyurtmachiga yuboradi.

Avtomatik ravishda

5-bosqich

Buyurtmachi

Qurilishi tugallangan obyektni foydalanish uchun ruxsatnoma olish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun dalolatnomani oʻzining ERIsi bilan tasdiqlab, tegishlilik boʻyicha hududiy inspeksiyaga yoki hududiy boshqarmaga yuboradi.

1 ish kunida

6-bosqich

Hududiy inspeksiya yoki hududiy boshqarma

1. Qurilishi (rekonstruksiya) tugallangan obyektning foydalanishga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.

2. QR-kodli ruxsatnomani rasmiylashtiradi yoki rad etadi va roʻyxatdan oʻtkazuvchilarga elektron shaklda ruxsatnomani yuboradi.

4 ish kunida

7-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchilar

Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va reyestridan koʻchirmani Davlat xizmatlari markazlariga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.

1 ish kunida

8-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Ruxsatnoma va reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida elektron shaklda xabardor qiladi.

Real vaqt rejimida

Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

QURILISHI TUGALLANGAN OBYEKTNI TOPSHIRISH-QABUL QILISH
DALOLATNOMASI

20___y. “___”_________

__________________________________

(obyekt joylashgan joyi)

__________________________________________________________________________________________

(obyekt nomi)

1. Buyurtmachi (buyurtmachi bilan pudrat tashkiloti birgalikda) _________________________________

________________________________________________________________________________ tomonidan

(tashkilot nomi)

_______________________________________________________________________ manzilda joylashgan

_________________________________________________________________________________________

(viloyat, shahar, tuman, aholi punkti, mavze, daha, koʻcha, uy (korpus) raqami)

_________________________________________________________________________________________

(obyektning nomi va qurilish turi,

_________________________________________________________________________________________

yangi qurilish, rekonstruksiya)

foydalanishga qabul qilish uchun taqdim etildi.

2. Qurilish ishlari ___________________________________________________________________ ning

(ruxsat bergan organ nomi)

20___y. “____” ______________________-son ruxsatnomasi asosida amalga oshirilgan.

3. Qurilish ishlarni bajargan bosh pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari

_________________________________________________________________________________________

(tashkilot nomi va har bir tashkilot bajargan ish turi)

_________________________________________________________________________________________

(tashkilotlar soni uchtadan ortiq boʻlsa, ularning roʻyxati dalolatnomaga ilovada koʻrsatiladi)

tomonidan bajarilgan.

4. Qurilish ishlari uchun loyiha hujjatlari __________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(hujjatlarning qismi yoki boʻlimi nomi)

ishlab chiqilgan bosh loyiha tashkiloti ______________________________________________________

______________________________________________________ (loyiha tashkilotining nomi)

va yordamchi pudrat tashkilotlari ____________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(tashkilot nomi hamda hujjatning bajarilgan qismi va boʻlimi)

_________________________________________________________________________________________

(tashkilotlar soni uchtadan ortiq boʻlsa, ularning roʻyxati dalolatnomaga ilovada koʻrsatiladi)

tomonidan bajarilgan.

5. Loyihalashtirish uchun dastlabki maʼlumotlar ______________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(ilmiy-tadqiqot va qidiruv tashkilotlarining nomi,

_________________________________________________________________________________________

dastlabki maʼlumotlar mavzusi)

_________________________________________________________________________________________

(tashkilotlar soni uchtadan ortiq boʻlsa, ularning roʻyxati dalolatnomaga ilovada koʻrsatiladi)

tomonidan taqdim etilgan.

6. Qurilish quyidagi loyiha (namunaviy, yakka, takror qoʻllaniladigan) boʻyicha amalga oshirilgan:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(loyihaning raqami, seriya raqami, (namunaviy loyiha boʻyicha;

_________________________________________________________________________________________

turar joy-fuqarolik obyektlari boʻyicha individual loyiha uchun

_________________________________________________________________________________________

bunday loyihani qoʻllash uchun tegishli qaror)

7. Loyiha hujjatlari _____________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(ekspertiza tashkiloti nomi)

tomonidan 20___y. “____”____________ ______-son bilan ijobiy ekspertizadan oʻtkazilgan.

8. Qurilish-montaj ishlari qurilish davomiyligi meʼyor boʻyicha ______ haqiqatda _________________ boʻlgan holda quyidagi muddatlarda bajarilgan:

ishlarni boshlanishi ________________________________, tugatish ___________________

_______________________________ (oy va yil) ___________________________ (oy va yil)

9. Foydalanishga qabul qilish uchun taqdim etilgan obyekt quvvati, ishlab chiqarish unumdorligi, ishlab chiqarish maydoni, tarmoq uzunligi, sigʻimi, hajmi, oʻtkazish qobiliyati, ishchi oʻrinlari soni boʻyicha quyidagi asosiy koʻrsatkichlarga ega (barcha obyektlar, turar joy uylardan tashqari), maqsadli mahsulot yoki asosiy xizmat turlariga muvofiq oʻlchov birliklarida toʻldiriladi):

Quvvati, unumdorligi

Oʻlchov birligi

Loyiha boʻyicha

Amalda

umumiy (avval qabul qilinganlarini hisobga olgan holda)

shu jumladan ishga tushirish kompleksi yoki navbati

umumiy (shu jumladan, avval qabul qilinganlari)

shu jumladan, ishga tushirish kompleksi yoki navbati

Boshlangʻich davrda loyihaviy quvvatlarini oʻzlashtirish meʼyorlariga mos keluvchi hajmda loyihada koʻzda tutilgan mahsulotni ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish)

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(hajmni koʻrsatgan holda mahsulotni ishlab chiqarish boshlangʻich holati)

Foydalanishga qabul qilish uchun taqdim etilgan ijtimoiy va turar joy obyektlari boʻyicha majburiy quyidagi koʻrsatkichlarga ega:

Koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

Loyiha boʻyicha

Amalda

Umumiy maydoni

m2

Qavatlar soni

qavat

Umumiy qurilish hajmi

m3

shu jumladan, yerosti qismi boʻyicha

m3

Binoga qoʻshilgan, qoʻshilgan-yondan qurilgan, yonidan qurilgan xonalar maydoni

m2

Koʻrsatkichlar

Loyiha boʻyicha

Amalda

Xonadonlar soni

Xonadonlar maydoni, m2

Xonadonlar soni

Xonadonlar maydoni, m2

Jami xonadonlar

shu jumladan:

bir xonali

ikki xonali

uch xonali

toʻrt xonali va undan koʻp xonali

11. Obyektning texnik va meʼmoriy-qurilish yechimlari quyidagi maʼlumotlar bilan tavsiflanadi:

_________________________________________________________________________________________

(rejalash, qavatlilik, asosiy materiallar va konstruksiyalar,

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

muhandislik va texnologik uskuna boʻyicha qisqacha texnik tavsiflar)

12. Obyektda loyihada koʻzda tutilgan uskuna, shu jumladan, yongʻin avtomatikasi tizimi yakka va kompleks sinovlardan keyin qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarga muvofiq miqdorda oʻrnatilgan. (dalolatnomalar ilova qilinadi) ____________

13. Loyihada koʻzda tutilgan mehnatni muhofaza qilish, portlash xavfsizligini, yongʻin xavfsizligini, atrof-muhit muhofazasini taʼminlaydigan va zilzilaga qarshi tadbirlar:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(bajarilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar)

14. Tashqi sovuq va issiq suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti, gaz taʼminoti, elektr taʼminoti va aloqa tarmoqlari bino, inshoot va xonaning normal ishlashini taʼminlaydi hamda shahar (tuman) tarmoqlardan foydalanish tashkilotlari tomonidan qabul qilingan.

Shahar (tuman) tarmoqlardan foydalanish tashkilotlari maʼlumotlari roʻyxati dalolatnomaga ilova qilinadi.

15. Binolarda liftni qurish, bino atrofini koʻkalamzorlashtirish, binolarga olib boruvchi yoʻllar trotuarlar, xoʻjalik, oʻyin va sport maydonchalari qoplamalarini, chiqindi yigʻish shoxobchalari, avtoturargoh, elektr yoritish tizimini qurish, shuningdek, energiya hamda suv tejash ishlari, shuningdek, binolarning fasadlari elementlarini pardozlash ishlari bajarilgan

Ishlar turi

Oʻlchov birligi

Ishlar hajmi

16. Obyektning joriy narxlardagi umumiy haqiqiy qiymati:

jami ___________ ming soʻm, shu jumladan:

qurilish-montaj ishlarining qiymati _______ming soʻm;

uskunalar, asboblar va jihozlar qiymati ___________ming soʻm .

17. Foydalanishga qabul qilinayotgan asosiy fondlar qiymati:

jami ___________ ming soʻm, shu jumladan:

qurilish-montaj ishlarining qiymati _______ming soʻm;

uskunalar, asboblar va jihozlar qiymati ___________ming soʻm .

18. Koʻzdan kechirish va tegishli hujjatlar bilan tanishish natijalariga koʻra obyektda qoʻllanilgan texnologik yechimlarning ilgʻorligiga baho berildi:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(turar joy binolari boʻyicha toʻldirilmaydi)

XULOSA BERUVCHILARNING QARORI:

Xulosa beruvchilarning xulosalari hamda pudrat tashkilotining muvofiqlik deklaratsiyasiga asosan foydalanishga qabul qilish uchun taqdim etilgan

_________________________________________________________________________________________

(obyekt nomlanishi)

FOYDALANISHGA QABUL QILINSIN.

Komissiya raisi (Buyurtmachi)

(F.I.O.)

(QR-kod)

Komissiya aʼzolari :

Bosh pudrat tashkiloti

(F.I.O.)

(QR-kod)

Bosh loyiha tashkiloti

(F.I.O.)

(QR-kod)

Texnik nazoratchi

(F.I.O.)

(QR-kod)

Mualliflik nazorati

(F.I.O.)

(QR-kod)

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Davlat yongʻin nazorati organi;

(F.I.O.)

(QR-kod)

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi;

(F.I.O.)

(QR-kod)

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi — uning nazoratida boʻlgan obyektlar boʻyicha;

(F.I.O.)

(QR-kod)

Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi- gidrotexnik inshootlar boʻyicha;

(F.I.O.)

(QR-kod)

Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

(F.I.O.)

(QR-kod)

Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorat inspeksiyasi — avtomobil yoʻllari qurilishi obyektlari, havo hamda temir yoʻl transporti binolari va inshootlari boʻyicha;

(F.I.O.)

(QR-kod)

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi

(F.I.O.)

(QR-kod)

Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi — suv omborlari, sel-suv omborlari boshqa suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha;

(F.I.O.)

(QR-kod)

Madaniyat vazirligi — Madaniyat va sanʼat obyektlari boʻyicha

(F.I.O.)

(QR-kod)

Oʻzbekiston nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari

(F.I.O.)

(QR-kod)

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi — sohaviy qurilish obyektidan va atrof-muhitga yetkaziladigan ekologik zarar holati boʻyicha;

(F.I.O.)

(QR-kod)

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

(F.I.O.)

(QR-kod)

Ichki ishlar vazirligi

(F.I.O.)

(QR-kod)

Tashqi muhandislik tarmoqlariga ulanishga texnik shartlar bergan tashkilotlar

(F.I.O.)

(QR-kod)

Foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxslar

(F.I.O.)

(QR-kod)

Izoh. Zaruratga koʻra tarkibga inspeksiya yoki buyurtmachi tomonidan boshqa manfaatdor nazorat organlari va tashkilotlar vakillari kiritilishi mumkin.
Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot

1. JSHSHIR

2. F.I.O.

3. Telefon raqami

4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot

1. Toʻliq nomi

2. STIR

3. Telefon raqami

4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

III. Obyektning nomi va manzili

Buyurtmachi nomi

Obyektning joylashgan manzili

Obyektning turi

IV. Qurilish uchun asos

V. Qurilish ishlarni bajargan bosh pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari

1. Har bir tashkilot nomi

2. Bajargan ish turi

VI. Loyiha hujjatlari

1. Hujjatlarning qismi yoki boʻlimi nomi

2. Loyiha tashkilotining nomi

3. Yordamchi pudrat tashkilotlari nomi hamda hujjatning bajarilgan qismi va boʻlimi

VII. Loyihalashtirish uchun dastlabki maʼlumotlar

1. Ilmiy-tadqiqot va qidiruv tashkilotlarining nomi

2. Dastlabki maʼlumotlar mavzusi

VIII. Loyiha hujjatlari maʼlumotlari

1. Loyihaning raqami, seriya raqami (namunaviy loyiha boʻyicha, turar joy-fuqarolik obyektlari boʻyicha individual loyiha uchun, bunday loyihani qoʻllash uchun tegishli qaror)

2. Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektning “Topografiya” maʼlumotlar bazasiga kiritilgan ijroviy topografik tasviri (yagona roʻyxatga olish raqami koʻrsatilgan holda).

IX. Ijobiy ekspertiza xulosasi

1. Raqami

2. Sanasi

X. Qurilish-montaj ishlari davomiyligi

1. Meʼyor boʻyicha

2. Haqiqatda

3. Ishlarning boshlanishi

4. Tugatish

XI. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlari boʻyicha shartnoma (ushbu shartnoma talab oʻrnatilgan hududlar boʻyicha)

Shartnoma “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.

1.Shartnoma raqami

XII. Obyektning texnik va meʼmoriy-qurilish yechimlari quyidagi maʼlumotlar bilan tavsiflanishi

1. Rejalash, qavatlilik, asosiy materiallar va konstruksiyalar

2. Muhandislik va texnologik uskuna boʻyicha qisqacha texnik tavsiflar

XIII. Loyihada koʻzda tutilgan mehnatni muhofaza qilish, portlash xavfsizligini, yongʻin xavfsizligini, atrof-muhit muhofazasini taʼminlaydigan va zilzilaga qarshi tadbirlar

XIV. Obyektning joriy narxlardagi umumiy haqiqiy qiymati

1. Qurilish-montaj ishlarining qiymati (ming soʻm)

2. Uskunalar, asboblar va jihozlar qiymati (ming soʻm)

XV. Foydalanishga qabul qilinayotgan asosiy fondlar qiymati

1. Qurilish-montaj ishlarining qiymati (ming soʻm)

2. Uskunalar, asboblar va jihozlar qiymati (ming soʻm)

XVI. Koʻzdan kechirish va tegishli hujjatlar bilan tanishish natijalariga koʻra obyektda qoʻllanilgan texnologik yechimlarning ilgʻorligiga baho

XVII. Ilova qilinadigan hujjatlar

1.

Loyiha hujjatlari

2.

Ijobiy ekspertiza xulosasi

3.

Shahar (tuman) tarmoqlardan foydalanish tashkilotlari maʼlumotlari roʻyxati dalolatnomaga ilova qilinadi

4.

Obyektda loyihada koʻzda tutilgan uskuna shu jumladan yongʻin avtomatikasi tizimi yakka va kompleks sinovlardan keyin qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalari

XVIII. Toʻldirilishi lozim boʻlgan jadval maʼlumotlari

1. Foydalanishga qabul qilish uchun taqdim etilgan obyekt quvvati, ishlab chiqarish unumdorligi, ishlab chiqarish maydoni, tarmoq uzunligi, sigʻimi, hajmi, oʻtkazish qobiliyati, ishchi oʻrinlari soni boʻyicha quyidagi asosiy koʻrsatkichlarga ega (barcha obyektlar, turar joy uylardan tashqari), maqsadli mahsulot yoki asosiy xizmat turlariga muvofiq oʻlchov birliklarida toʻldiriladi):

Quvvati, unumdorligi

Oʻlchov birligi

Loyiha boʻyicha

Amalda

umumiy (avval qabul qilinganlarini hisobga olgan holda)

shu jumladan ishga tushirish kompleksi yoki navbati

umumiy (shu jumladan avval qabul qilinganlari)

shu jumladan ishga tushirish kompleksi yoki navbati

Foydalanishga qabul qilish uchun taqdim etilgan ijtimoiy va turar joy obyektlari boʻyicha majburiy quyidagi koʻrsatkichlarga ega:

Koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

Loyiha boʻyicha

Amalda

Umumiy maydoni

m2

Qavatlar soni

qavat

Umumiy qurilish hajmi

m3

shu jumladan, yerosti qismi boʻyicha

m3

Binoga qoʻshilgan, qoʻshilgan-yondan qurilgan, yonidan qurilgan xonalar maydoni

m2

Koʻrsatkichlar

Loyiha boʻyicha

Amalda

xonadonlar soni

xonadonlar maydoni, m2

xonadonlar soni

xonadonlar maydoni, m2

Jami xonadonlar

shu jumladan:

bir xonali

ikki xonali

...

2. Koʻkalamzorlashtirish, binolarga olib boruvchi yoʻllar trotuarlar, xoʻjalik, oʻyin va sport maydonchalari qoplamalarini qurish, chiqindi yigʻish shohobchalari, avtoturargoh, lift va energiya tejamkor ishlar, shuningdek, binolarning fasadlari elementlarini pardozlash ishlari bajarilgan:

Ishlar turi

Oʻlchov birligi

Ishlar hajmi

Izoh. Keltirilgan barcha maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman.
Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA

(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

________________________________________________________________________________________

(Hududiy nazorat inspeksiyasining nomi)

Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun

RUXSATNOMA

Ariza raqami: ________________ 20 ____ y. “________”

____________________________________________________ning _____________-son arizasiga

__(ariza beruvchining nomi yoki F.I.O) _______________________ (ariza raqami)

muvofiq______________________________________________________________________manzilidagi

(obyektning manzili)

qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanishga ruxsat etildi. Mazkur ruxsatnoma obyektdan foydalanish uchun asos boʻladi.

Mazkur ruxsatnoma koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.

Hujjatni imzolagan shaxs ___________________

_______________________________ (F.I.O)

Hujjatning

haqiqiyligini

tasdiqlovchi

QR-kod

Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA

(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri)

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

_________________________________________________________________________________________

(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi)

Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun

RUXSATNOMA

Ariza raqami: ________________ 20 ____ y. “________”

____________________________________________________ ning ______________-son arizasiga

__________________(ariza beruvchining nomi yoki F.I.O) _____________(ariza raqami)

muvofiq ______________________________________________________________________ manzilidagi

(obyektning manzili)

qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanishga ruxsat etildi. Mazkur ruxsatnoma obyektdan foydalanish uchun asos boʻladi.

Mazkur ruxsatnoma koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.

Hujjatni imzolagan shaxs ___________________

_______________________________ (F.I.O)

Hujjatning

haqiqiyligini

tasdiqlovchi

QR-kod

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qarorida:
4-banddan oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
23-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“HGK ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni davomida gaz taʼminoti loyihasini kelishadi yoki kelishishni rad etadi”;
4-banddan oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
22-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Issiqlik taʼminoti korxonasi ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida issiqlik taʼminoti loyihasini kelishadi yoki kelishishni rad etadi”;
4-banddan sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
23-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“SQKX tashkiloti ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishadi yoki kelishishni rad etadi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentda:
a) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi” soʻzlari “qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnomasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovadagi “III. Kadastr pasportini tayyorlashning maqsadi:”dagi 3-banddagi “dalolatnoma” soʻzi “obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma” soʻzlari hamda “b” kichik bandidagi “foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi” soʻzlari “foydalanish uchun ruxsatnomasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamentida:
a) 20-bandning yettinchi xatboshisidagi “inshootlarning foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi” soʻzlari “inshootlardan foydalanish uchun ruxsatnomasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 23-bandning ikkinchi xatboshisidagi “qabul qilish dalolatnomasini” soʻzlari “ruxsatnomasini” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 35-bandning ikkinchi xatboshisidagi “qabul qilish dalolatnomasi” soʻzlari “ruxsatnomasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri geografik axborot tizimi toʻgʻrisida nizomda:
quyidagi tahrirdagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“shaharsozlik faoliyati obyektlarini loyihalash va qurish maqsadlari uchun bajarilgan muhandislik-texnik qidiruvlari (shu jumladan, qurilishi tugallangan obyektlarning ijro tasvirlari) materiallari hisobini yuritish”;
sakkizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishlicha toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 38-band “fazoviy maʼlumotlarni” soʻzlaridan soʻng “(shu jumladan, muhandislik-texnik qidiruvlari)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga
9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 16-yanvardagi 36-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 11-iyundagi 478-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 2-iyuldagi 548-son qaroriga ilovaning 17-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-noyabrdagi 961-son qaroriga ilovaning 1, 4 va 5-bandlari.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 214-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 14-yanvardagi 24-son qaroriga ilovaning 1 va 9-bandlari.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 26.08.2023-y., 09/23/424/0655-son; 04.09.2023-y., 09/23/436/0669-son; 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son; 02.10.2024-y., 09/24/614/0768-son; 25.11.2024-y., 09/24/783/0965-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son; 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son; 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son)