Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Jinoyat ishlarini yuritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat ishlarini yuritish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishlarini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan tartibi barcha sudlar, prokuratura, tergov, surishtiruv organlari, advokatura, shuningdek fuqarolar uchun yagona hamda majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalari jinoyatlarni tez va toʻla ochishdan, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi boʻlmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishdan hamda qonunning toʻgʻri tatbiq etilishini taʼminlashdan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual qonunlarda belgilangan tartibi qonuniylikni mustahkamlashga, jinoyatlarning oldini olishga, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya etishga yordam qilmogʻi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vaqt va hudud boʻyicha amal qilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishlarini yuritish, jinoyat sodir etilgan joydan qatʼi nazar, basharti Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzilgan shartnoma va bitimlarida oʻzgacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, ish yuzasidan surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi yuritilayotgan paytda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksga muvofiq olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid kelmaydigan hollarda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Sudlar, prokurorlar va tergovchilarning xorijiy davlatlarning tegishli muassasalari bilan aloqada boʻlish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar, prokurorlar va tergovchilarning xorijiy davlatlarning tegishli muassasalari bilan ayblanuvchini ushlab berish va ayrim protsessual harakatlarni oʻtkazish haqidagi topshiriqlarni ijro etish masalalari boʻyicha aloqada boʻlish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan oʻzaro huquqiy yordam berish toʻgʻrisida tuzgan shartnoma va bitimlariga binoan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Chet el muassasalarining protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini ijro etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining sudlari va tergov organlari oʻzlariga berilgan chet el muassasalarining ayrim sud yoki tergov harakatlarini bajarish: guvohlar, ayblanuvchilar, ekspertlar va boshqa shaxslarni soʻroq qilish, koʻzdan kechirishlar, ekspertizalar, tintuvlar oʻtkazish, ashyoviy dalillarni olish va taqdim etish, zarur hujjatlar tuzish va yuborish hamda boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini ijro etadilar. Sud yoki tergov organlariga bevosita kelib tushgan chet el muassasalarining topshiriqlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi bilan kelishilgan holdagina ijro etilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el muassasalarining topshiriqlarini ijro etishda ushbu Kodeksning 3-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el muassasasining topshirigʻini ijro etish mumkin boʻlmasa, olingan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi orqali shu topshiriqni yuborgan muassasaga, uning ijro etilishiga toʻsqinlik qiluvchi sabablar koʻrsatilgan holda qaytarib yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi xorijiy davlatlar muassasalari bilan yuqorida aytilgan masalalar boʻyicha aloqani bevosita amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi topshiriq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el muassasasining boshqa davlat hududida jinoyat sodir etgan va Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi topshirigʻini Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi koʻrib, ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi talabning asosliligini tekshiradi. Tekshiruv natijalari toʻgʻrisida topshiriq joʻnatgan muassasaga xabar beriladi. Basharti topshiriqda koʻrsatilgan shaxs ustidan tergov oʻtkazilib, hukm chiqarilgan boʻlsa, hukm qonuniy kuchga kirgandan keyin uning tasdiqlangan nusxasi xorijiy davlatning tegishli muassasasiga xabarnoma bilan birga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etib, undan tashqariga chiqib ketgan ajnabiy fuqaroga nisbatan surishtiruv va dastlabki tergov organlari toʻplagan barcha materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasiga taqdim etiladi, u ish qoʻzgʻatish haqidagi talabnomani xorijiy davlatning tegishli muassasasiga joʻnatish toʻgʻrisidagi masalani hal etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Xorijiy davlatdan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida talab qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi xorijiy davlatlarning tegishli muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida, basharti unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan yoki ayblov hukmi chiqarilgan boʻlsa, xalqaro shartnomalar va bitimlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda talabnoma bilan murojaat etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab berish toʻgʻrisidagi talabnomada, qoida tariqasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ayblanuvchining (mahkumning) familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, fuqaroligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, tashqi qiyofasining tavsifi, fotosurati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) sodir etilgan jinoyatning haqiqiy holatlari bayoni va qonunning bu jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi matni va unda koʻrsatilgan jazo choralari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) hukm chiqarilgan joy va vaqt, hukm qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi talabnomaga hukmning yoki uni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qarorning nusxasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Ushlab berilgan shaxsning javobgarlik doirasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy davlat ushlab bergan shaxs oʻzi ushlab berilguniga qadar sodir etgan va ushlab berilishiga sabab boʻlmagan jinoyati uchun ushlab bergan davlatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, jazolanishi, shuningdek uchinchi bir davlatga ushlab berilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Boshqa davlatga shaxsni ushlab berishni rad etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushlab berilishi talab qilinayotgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlsa va Oʻzbekiston Respublikasi boshqa davlatlar bilan imzolagan shartnomalar va bitimlarda oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) jinoyat Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) jinoyat sodir etgani uchun ushlab berilishi talab qilinayotgan shaxsga nisbatan oʻsha jinoyati boʻyicha hukm chiqarilgan va bu hukm qonuniy kuchga kirgan yoki shu ayblov boʻyicha jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari boʻyicha kuchini yoʻqotish muddati sababli yoki boshqa qonuniy asosga koʻra ish qoʻzgʻatilishi yoki hukm ijro etilishi mumkin boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ushlab berish toʻgʻrisidagi talabnomaga asos boʻlgan qilmish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari boʻyicha jinoyat hisoblanmasa, shaxsni oʻzga davlatga ushlab berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. JINOYAT PROTSESSI PRINSIPLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Qonuniylik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, himoyachi, shuningdek jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi barcha shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Kodeks va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga aniq rioya etishlari va ularning talablarini bajarishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga koʻra yuz berganidan qatʼi nazar, jinoyat protsessida qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 4, 231 — 2411-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlovni faqat sud amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 1-moddasi ikkinchi qismi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Jinoyat ishlarini hayʼatda va yakka tartibda koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishlari hayʼatda koʻriladi, Jinoyat kodeksi 15-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar esa, sudya tomonidan yakka tartibda koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish birinchi instansiya sudi tomonidan hayʼatda koʻrilganda sud tarkibiga sudya va ikki nafar xalq maslahatchisi kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni uch nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Odil sudlovni amalga oshirishda xalq maslahatchilari sudyaning barcha huquqlaridan foydalanadilar. Ular sud majlisida ishni koʻrish jarayonida kelib chiqadigan hamma masalalarni hal qilishda va hukm chiqarishda raislik qiluvchi bilan teng huquqqa egadirlar.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 31-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 59-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 22-apreldagi OʻRQ-368-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisida Nizom”ning 62 — 72-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli sud hayʼatlarida apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ishlarni koʻrish uch nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hukmlariga apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hayʼatlarida besh nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrib chiqiladi.
(13-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar va xalq maslahatchilari mustaqildirlar hamda faqat qonunga boʻysunadilar. Sudyalar va xalq maslahatchilari jinoyat ishlarini qonun asosida koʻrib chiqadilar va hal qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyalar va xalq maslahatchilarining odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 136-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 236-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining birinchi xatboshisi, 8-bandning birinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishning muqarrarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi jinoyat alomatlari topilgan har bir holda, oʻz vakolatlari doirasida jinoyat ishini qoʻzgʻatishlari, jinoiy hodisani, jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash va ularni jazolash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni koʻrishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlov fuqarolarning, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi ishda qatnashayotgan shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 26-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 16-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 235-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli maʼlumotlar tarqalib ketishiga olib keladigan, sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyadigan, asossiz ravishda unga jismoniy va maʼnaviy azob-uqubat yetkazadigan harakatlar qilish yoki qarorlar chiqarish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 230, 231, 234, 235-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 2 va 18-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining 1) kichik bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini yuritish uchun masʼuliyatli barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar jinoyat protsessida qatnashayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hech kim sud qaroriga asoslanmay yoki prokuror sanksiyasisiz hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud va prokuror qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etilgan yoki qonun yoxud sud hukmida nazarda tutilganidan ortiq muddat hibsda ushlab turilgan yoki qamoqda saqlangan har qanday shaxsni darhol ozod qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning shaxsiy hayoti, ularning turar joylari daxlsizligi, oʻzaro yozishmalari, telegraf aloqalari va telefon orqali soʻzlashuvlarining sir saqlanishi qonun bilan qoʻriqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-moddasining ikkinchi qismi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxs egallab turgan turar joy yoki boshqa bino va hududda tintuv oʻtkazish, olib qoʻyish, koʻzdan kechirish, aloqa muassasalarida pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish va ularni olib qoʻyish, telefonlar va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali olib borilayotgan soʻzlashuvlarni eshitib borish faqat ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni yuritish jarayonida shaxsning huquq va erkinliklarini buzish oqibatida unga yetkazilgan zarar ushbu Kodeksda belgilangan asoslar va tartibda undirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha sudlarda, davlat sirlarini qoʻriqlash manfaatlariga zid keladigan, shuningdek jinsiy jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar koʻriladigan hollarni istisno qilganda, jinoyat ishlari oshkora koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlarni, shuningdek fuqarolarning shaxsiy hayotiga oid maʼlumotlarni yoki ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida jabrlanuvchining, guvohning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, xuddi shuningdek ularning oila aʼzolari yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini taʼminlash taqozo etgan hollarda boshqa ishlarni ham sud tomonidan ajrim chiqarib, yopiq sud majlisida koʻrishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsiy yozishma va shaxsiy telegraf xabarnomalari ochiq sud majlisida faqat bu xat va xabarlarni joʻnatgan hamda olgan shaxslarning roziligi bilan oshkor qilinishi mumkin. Aks holda ular yopiq sud majlisida oʻqib eshittiriladi va tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni yopiq sud majlisida koʻrish barcha protsessual qoidalarga rioya qilgan holda oʻtkaziladi. Ishni yopiq majlisda koʻrish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi butkul muhokamaga nisbatan yoki uning alohida bir qismiga nisbatan chiqarilishi mumkin. Bu ajrim sud majlisiga yigʻilganlarga taalluqli boʻlib, protsess ishtirokchilariga daxli yoʻq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud sudlanuvchining va jabrlanuvchining yaqin qarindoshlarini, shuningdek boshqa shaxslarni mazkur majlisda tekshiriladigan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirib, ularning yopiq majlisda ishtirok etishlariga ruxsat berishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud zalida tartibni saqlab turish uchun zarur boʻlgan hollarda sud ayrim shaxslarning sudning ochiq majlislarida qatnashishlarini taqiqlab qoʻyishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud zalida ovozlarni yozib olish, fotosuratga, videoyozuvga, kinoga olishga faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hukmlari, ajrimlari va qarorlari barcha hollarda oshkora eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlov faoliyatida oshkoralikni kengaytirish uchun zarur hollarda sudlar ommaviy axborot vositalari xodimlariga, tegishli jamoat birlashmalari va jamoalarga boʻladigan protsesslar toʻgʻrisida xabar berishi, shuningdek protsesslarni bevosita korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda oʻtkazishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Jinoyat ishlari yuritiladigan til
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishlarini yuritish oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan protsess ishtirokchilariga oʻz ona tilida yoki oʻzi biladigan boshqa tilda ogʻzaki yoki yozma arz qilish, koʻrsatuv va tushuntirishlar berish, iltimosnoma va shikoyatlar bilan murojaat qilish, sudda soʻzlash huquqi taʼminlanadi. Bunday hollarda, shuningdek ish materiallari bilan tanishish vaqtida protsess ishtirokchilari qonunda belgilangan tartibda tarjimon xizmatidan foydalanishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 71-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining beshinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 16-sonli “Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoki protsessda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taqdim etilishi lozim boʻlgan tergov va sud hujjatlari ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib berilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 139-moddasi; Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Jinoyat ishlarini yuritishda jamoatchilikning ishtiroki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishi boʻyicha tergov olib borish va ishni sudda koʻrish chogʻida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat sodir etilgan holatlarni aniqlab olish, aybdorlarni qidirish va fosh etish, adolatli hukm chiqarish, shuningdek jinoyatning sodir etilish sabablari va unga imkon bergan sharoitlarni aniqlash uchun oʻz vakolatlari doirasida jamoatchilik yordamidan foydalanishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat birlashmalari va jamoalarning vakillari jinoyat ishini yuritishda jamoat ayblovchilari hamda jamoat himoyachilari tariqasida qatnashishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Haqiqatni aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek u bilan bogʻliq barcha holatlarni aniqlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish boʻyicha haqiqatni aniqlash uchun faqat ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda topilgan, tekshirilgan va baholangan maʼlumotlardan foydalanish mumkin. Gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, guvohdan va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan zoʻrlash, qoʻrqitish, huquqlarini cheklash va qonunga xilof boʻlgan oʻzgacha choralar bilan koʻrsatuvlar olishga harakat qilish man etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirib chiqilishi kerak. Ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham ogʻirlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 4 — 6-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 28-moddasining ikkinchi qismi, mazkur Kodeksning 84, 454-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 16-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandining birinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini isbotlab berishi shart emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan boʻlsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qoʻllanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyalanish huquqi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud zimmasidagi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va sudlanuvchiga unga berilgan huquqlarni tushuntirib berish hamda u oʻziga qoʻyilgan ayblovdan himoyalanish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullardan foydalanishda haqiqiy imkoniyatga ega boʻlishiga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrish majburiyati bilan taʼminlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 15-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qarori 14-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Sudda ishlarni yuritishda tortishuv
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining sud majlisida, shuningdek ishlar yuqori sudlarda koʻrilayotganda ish yuritish taraflarning oʻzaro tortishuvi asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish sudda koʻrilayotganda ayblash, himoya qilish va ishni hal qilish vazifalari bir-biridan alohida bajarilib, aynan bir organ yoki aynan bir mansabdor shaxs zimmasiga yuklatilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudida ish yuritish faqat ayblov xulosasi yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror mavjud boʻlganda boshlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va jamoat ayblovchilari, sudlanuvchi, voyaga yetmagan sudlanuvchining qonuniy vakili, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari sud majlisida taraflar sifatida ishtirok etadilar va dalillar taqdim etish, ularni tekshirishda qatnashish, iltimos bilan murojaat qilish, ishning toʻgʻri hal etilishi uchun ahamiyatga molik har qanday masala boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishda teng huquqlardan foydalanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ayblov yoki himoya tarafida turmaydi hamda ularning biron-bir manfaatlarini ifodalamaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflar protsessual majburiyatlarini bajarishlari va berilgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlar yaratib beradi.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuniga muvofiq beshinchi va oltinchi qismlar toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Dalillarni bevosita va ogʻzaki usulda tekshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini yuritishni amalga oshirishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud dalillarni bevosita tekshirishlari: gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni soʻroq qilishlari, ekspert xulosalarini eshitishlari, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirishlari, bayonnoma va boshqa hujjatlarni oʻqib eshittirishlari shart. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alohida hollardagina bu qoidalardan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanib hukm chiqaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 81 — 212-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Protsessual harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protsess ishtirokchilari va boshqa shaxslar, shuningdek jinoyat ishini yuritishdan manfaatdor boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari ushbu Kodeksda belgilab qoʻyilgan tartibda va muddatda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va sudning protsessual harakati yoki qarori ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari birinchi instansiya sudining hukmi (ajrimi) ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berishga, prokuror protest bildirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protsessning istalgan paytida iltimosnoma bildirish va shikoyat berish mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi, 12-bandining uchinchi xatboshisi.
(27-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuniga muvofiq ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.02.00 Protsess ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari. Sud ish yurituvida qatnashishga monelik qiladigan holatlar. Rad qilishlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IKKINCHI BOʻLIM JINOYAT PROTSESSI ISHTIROKCHILARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. JINOYAT ISHINI YURITISHGA MASʼUL BOʻLGAN DAVLAT ORGANLARI VA MANSABDOR SHAXSLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi boʻyicha hukm yoki ajrim chiqarish huquqiga ega. Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyat va protestlar boʻyicha ishlarni koʻrib, ajrim chiqaradi. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyat va protestlar boʻyicha ishlarni koʻrib, ajrim chiqaradi. Nazorat instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan protestlar boʻyicha ishlarni ular apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilganidan keyin koʻrib, qaror (ajrim) chiqaradi.
(28-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning vakolatlariga: jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash; ishni muhokama qilish va hukm chiqarish yoki boshqa qaror qabul qilish; ishni apellyatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida koʻrib chiqish; hukmni ijro ettirish kiradi.
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Sudyaning vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya yakka oʻzi yoki sud tarkibida ish tutib, ushbu Kodeksning 29-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bilan bogʻliq harakatlarni bajaradi, sud majlisida raislik qiladi va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Sud majlisi kotibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisi kotibi raislik qiluvchining topshirigʻiga binoan jinoyat ishini sud majlisida koʻrish uchun tayyorlaydi; sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida protsess ishtirokchilariga xabar beradi; sudga chaqirilgan protsess ishtirokchilarining kelgan-kelmaganligini tekshiradi va hozir boʻlmagan shaxslarning kelmaganligi sababini aniqlab, bu haqda sudga maʼlum qiladi; sud majlislari bayonnomasini yozib boradi; raislik qiluvchining sud muhokamasini tayyorlash va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa topshiriqlarini bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kotib bayonnomada sudning harakatlari va qarorlarini, shuningdek sud majlisi barcha ishtirokchilarining harakatlari, ariza, iltimos va koʻrsatuvlarini toʻla va toʻgʻri bayon qilib borishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Prokuror
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni 1-moddasining ikkinchi qismi, 4-moddasining beshinchi xatboshi, III boʻlimining 3-bobi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida qonunning buzilishini, kim tomonidan sodir etilganligidan qatʼi nazar, bartaraf etish uchun qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida koʻrishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror oʻz vakolatlarini har qanday organ va mansabdor shaxsdan mustaqil ravishda, faqat qonunga boʻysunib va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori koʻrsatmalariga tayangan holda amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasining beshinchi qismi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda. Prokurorning vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida ushbu Kodeksning 243, 382 — 388, 558-moddalarida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-modda. Tergovchining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi: jinoyat ishini qoʻzgʻatishga va tugatishga, ishni qoʻzgʻatishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va soʻroq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish toʻgʻrisida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisida qaror chiqarishga; oʻzi yuritishga qabul qilgan ish boʻyicha surishtiruv organlariga qidiruv va tergov harakatlarini bajarish toʻgʻrisida yozma topshiriqlar berishga; surishtiruv organlaridan ayrim tergov harakatlarini yuritishda koʻmaklashishni talab qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi tergovning yoʻnalishi va tergov harakatlarini yuritishga oid barcha qarorlarni, prokuror ruxsatini olish qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mustaqil ravishda qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi prokurorning shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish haqidagi, ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi, tugallangan ishni qoʻshimcha tergovga qaytarish haqidagi koʻrsatmalariga rozi boʻlmasa, oʻz eʼtirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqlidir. Bunday hollarda quyi turuvchi prokurorning koʻrsatmasini yuqori turuvchi prokuror oʻz qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish boʻyicha tergov yuritishni boshqa tergovchiga topshiradi.
(36-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchining oʻz yuritishidagi ish yuzasidan qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va chiqargan qarorlari barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-modda. Tergov boshqarmasi, boʻlimi, boʻlinmasi, guruhi boshligʻining va uning oʻrinbosarining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov boshqarmasi, boʻlimi, boʻlinmasi, guruhining boshligʻi va uning oʻrinbosari oʻz vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan tergovchilarning oʻz vaqtida harakat qilishini nazorat etadilar, jinoyat ishlari boʻyicha dastlabki tergovni toʻla, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini koʻradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov boshqarmasi, boʻlimi, boʻlinmasi, guruhining boshligʻi va uning oʻrinbosari ishlarni tekshirib koʻrishga, shuningdek dastlabki tergov oʻtkazish, shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yoʻnalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini oʻtkazish haqida tergovchiga koʻrsatmalar berishga, ishni bir tergovchidan ikkinchi tergovchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha tergovchiga topshirishga, shuningdek tergovchi vakolatlaridan foydalanib, dastlabki tergov olib borishda qatnashishga va dastlabki tergovni shaxsan oʻzi olib borishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov boshqarmasi, boʻlimi, boʻlinmasi, guruhi boshligʻining va uning oʻrinbosarining ish yuzasidan koʻrsatmalari tergovchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olingan koʻrsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi, ushbu Kodeks 36-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini toʻxtatib qoʻymaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-modda. Surishtiruv organlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar surishtiruv organlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) militsiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) harbiy qismlar, qoʻshilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va harbiy oʻquv yurtlarining boshliqlari — ularga boʻysunuvchi harbiy xizmatchilar, shuningdek oʻquv mashqlari oʻtkazilayotgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining xizmat majburiyatini bajarish bilan bogʻliq jinoyatlari yoki qism, qoʻshilma, muassasa yo oʻquv yurti joylashgan yerda sodir etgan jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) milliy xavfsizlik xizmati organlari — qonunga koʻra ularning yuritishiga berilgan ishlar boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, qamoq tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarining, jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov izolyatorlari hamda turmalarning boshliqlari — shu muassasalar xodimlari xizmatni oʻtashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha;
(38-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) davlat bojxona xizmati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari — tegishincha bojxona, soliq va valyuta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar boʻyicha;
(38-moddaning 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-modda. Surishtiruv organi boshligʻining va surishtiruvchining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 38-moddasida sanab oʻtilgan har bir organning rahbarlari surishtiruv organining boshligʻi sifatida jinoyat ishini qoʻzgʻatishga, bu ishni oʻzining ish yuritishiga qabul qilish va surishtiruvni boshlashga yoki oʻziga boʻysunuvchi boshqa xodimga surishtiruv yuritishni topshirishga yoxud ish qoʻzgʻatishni rad etishga yoki arizani, xabarni tergovga tegishliligiga koʻra oʻtkazishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruv organi boshligʻining topshirigʻiga binoan va uning rahbarligida ishlayotgan surishtiruvchi ish boʻyicha ushbu Kodeksning 339-moddasida nazarda tutilgan vazifalarni bajarish uchun zarur, kechiktirib boʻlmaydigan barcha tergov harakatlarini amalga oshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi zimmasiga, shuningdek tergovchi yuritayotgan ish boʻyicha uning ayrim tergov va qidiruv harakatlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini bajarish hamda tergovchiga uning tergov harakatlarini bajarishida koʻmaklashish majburiyati yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvni amalga oshirayotganda, xuddi shuningdek tergovchining topshirigʻini bajarayotganda surishtiruvchi dastlabki tergov oʻtkazish uchun belgilangan qoidalarga amal qilib, tergov harakatlari olib boradi va qarorlar chiqaradi. Surishtiruv organining boshligʻi ham, basharti u surishtiruvchining vazifalarini bajarayotgan boʻlsa, xuddi shu qoidalarga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchining qarori surishtiruv organining boshligʻi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Surishtiruv organi boshligʻining yozma koʻrsatmasi surishtiruvchi uchun majburiydir. Surishtiruvchi koʻrsatmaga norozi boʻlsa, koʻrsatmani bajarishni toʻxtatmay turib, bu koʻrsatma ustidan prokurorga shikoyat qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokurorning yozma koʻrsatmasi surishtiruv organining boshligʻi va surishtiruvchi uchun majburiydir. Surishtiruv organining boshligʻi va surishtiruvchi prokuror koʻrsatmasiga rozi boʻlmagan taqdirda, koʻrsatmani bajarishni toʻxtatmay turib, uning ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. JINOYAT ISHINI YURITISHDA ISHTIROK ETUVCHI JAMOAT BIRLASHMALARI, JAMOALAR VA ULARNING VAKILLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-modda. Jamoat birlashmalari va jamoalarning jinoyat protsessida koʻrilishi lozim boʻlgan ariza va iltimoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat birlashmalari va jamoalar, ularning rahbar organlari hamda vakillari sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyat toʻgʻrisidagi xabar bilan surishtiruv organiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga murojaat etishlari mumkin. Ular: ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida jamoat birlashmasi yoki jamoa kafilligiga berishni tanlash haqida; mahkumni muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish haqida; ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarning jazoni oʻtash sharoitlarini oʻzgartirish haqida; sudlanganlikni olib tashlash haqida va boshqa masalalar boʻyicha ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda hamda tartibda iltimos qilishga haqlidirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-modda. Jamoat birlashmalari va jamoalarni jinoyat haqida xabardor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi va tergovchi fuqaroning ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani haqida uning ish, oʻqish yoki yashash joyidagi jamoaga xabar beradi, sud esa ularga shu ish boʻyicha sud muhokamasi qachon va qayerda oʻtkazilishi haqida xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-modda. Jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat birlashmalari va jamoalar sud muhokamasida jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi tariqasida ishtirok etish uchun oʻz vakillarini yuborishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilarini jamoat birlashmasining yoki korxona, muassasa, tashkilot jamoasining yigʻilishi koʻrsatadi. Yigʻilish qarori sudga taqdim etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat birlashmasi, jamoa oʻzi yoʻllagan jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisini xohlagan vaqtda chaqirib olishga yoki uni boshqa vakil bilan almashtirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-modda. Jamoat ayblovchisining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat ayblovchisi: ish materiallari bilan tanishishga; dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflarning muzokaralarida soʻzga chiqib, ayblovning isbotlangani haqida sudga fikr bildirishga haqlidir. Jamoat ayblovchisi ayblovdan voz kechishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat ayblovchisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilishi va ish holatlarini aniqlashga koʻmaklashishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-modda. Jamoat himoyachisining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat himoyachisi: ish materiallari bilan tanishishga, dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflarning muzokaralarida soʻzga chiqib, sudlanuvchini oqlaydigan yoki uning javobgarligini yengillashtiradigan holatlar xususida sudga fikr bildirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat himoyachisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilishi va ishning sudlanuvchining ahvolini yengillashtiruvchi holatlarini aniqlashga koʻmaklashishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchi: Oʻzining nimada ayblanayotganligini bilish; oʻziga qoʻyilgan ayblov yuzasidan va ishning boshqa har qanday holatlari boʻyicha koʻrsatuv va tushuntirish berish; oʻz ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish; himoyachiga ega boʻlish va u bilan holi uchrashish; oʻz huquqlarini himoya qilishni shaxsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad etish; dalillar taqdim qilish; tergovchi yoki surishtiruvchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish va undan kerakli maʼlumotlarni yozib olish; tergovchi yoki prokuror tomonidan jinoyat ishining tugatilganligiga eʼtiroz bildirish va sud muhokamasi oʻtkazilishini talab qilish; yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa — kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan protestlar, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga ega. Sudlanuvchi oxirgi soʻz bilan chiqish huquqiga egadir.
(46-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchi: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; dastlabki tergov va sud muhokamasida ishtirok etishdan bosh tortmasligi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va boshqa qonunga xilof harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; oʻziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi; guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarorlari va sudning ajrimlari hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual qarorlar ijro etilishiga toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchi zimmasiga koʻrsatuv berish, shuningdek oʻzining aybdor emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi jinoyat sodir etgani toʻgʻrisida maʼlumotlar bor boʻlsa-da, bu maʼlumotlar uni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun yetarli boʻlmagan shaxsdir. Shaxsni gumon qilinuvchi tariqasida eʼtirof etish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi: oʻzining nimada gumon qilinayotganligini bilish; ushlanganidan keyin yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay soʻroq qilinishini talab qilish; oʻziga nisbatan qoʻyilgan gumon xususida va ishning boshqa har qanday holatlari boʻyicha koʻrsatuvlar berish; oʻz ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish; u gumon qilinuvchi deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi qaror unga maʼlum qilingan paytdan yoki u ushlangan paytdan boshlab himoyachi olish va soʻroq tugaganidan soʻng u bilan holi uchrashish; huquqlarini himoya qilishni shaxsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim qilish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqiga egadir.
(48-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi: surishtiruvchi, tergovchi va prokurorning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi, surishtiruvda va dastlabki tergovda ishtirok etishdan bosh tortmasligi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlari va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual qarorlar ijro etilishiga toʻsqinlik qilmasligi; ishni tergov qilishda tartibga rioya etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi zimmasiga koʻrsatuv berish, shuningdek oʻzining jinoyatga aloqador emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49-modda. Himoyachi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini qonunda belgilangan tartibda himoya qilishni amalga oshirishga hamda ularga kerakli yuridik yordam koʻrsatish vakolatiga ega boʻlgan shaxsdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda himoyachi sifatida: advokatlar; himoyachi sifatida qatnashish uchun maxsus ruxsatnomaga ega shaxslar; jamoat birlashmalarining oʻz aʼzolarining ishlari boʻyicha vakillari qatnashishlari mumkin. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari yoki qonuniy vakillari, shuningdek boshqa shaxslar himoyachi sifatida ishtirok etishiga tergovchining qarori va sud ajrimi boʻyicha yoʻl qoʻyilishi mumkin.
(49-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachining ishda ishtirok etishiga fuqaroga ayblov eʼlon qilingan vaqtdan boshlab yoki u gumon qilinuvchi deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi qaror eʼlon qilingan paytdan yoxud u ushlangan paytdan boshlab ruxsat etiladi.
(49-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50-modda. Himoyachini taklif etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan taklif etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga koʻra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlangan himoyachining yigirma toʻrt soat ichida ishda ishtirok etishga kirishishga imkoniyati boʻlmagan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoxud ularning qarindoshlariga boshqa himoyachini taklif etishni yoki himoyachi tayinlashni soʻrab advokatlar byurosiga, hayʼatiga yoki firmasiga murojaat qilishni tavsiya etadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tanlagan himoyachi istalgan vaqtda ishda ishtirok etishga kirishishga haqlidir.
(50-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51-modda. Himoyachi ishtirok etishi shart boʻlgan hollar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi ishlar boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) voyaga yetmaganlarning ishi boʻyicha;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 550-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soqovlar, karlar, koʻrlar, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy kasalligi sababli oʻzini oʻzi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan boshqa shaxslarning ishi boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning ishi boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) jazo chorasi sifatida oʻlim jazosi tayinlanishi mumkin boʻlgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarning ishi boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) shaxslarning manfaatlari oʻzaro qarama-qarshi boʻlib, ulardan aqalli biri himoyachiga ega boʻlgan ishlar boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) davlat ayblovchisi yoki jamoat ayblovchisi ishtirok etayotgan ishlar boʻyicha;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) jabrlanuvchining vakili sifatida advokat ishtirok etayotgan ishlarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarda himoyachining ishtirok etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishning murakkabligi va boshqa holatlari tufayli gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻz huquqlarini amalga oshirishda qiynalishi mumkin degan xulosaga kelsa, boshqa ishlar boʻyicha ham himoyachining ishtirok etishini shart deb topishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti ushbu moddada koʻrsatilgan hollarda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan yoki ularning iltimosiga koʻra yoxud roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan himoyachi taklif qilinmagan boʻlsa, advokatlar byurosi, hayʼati yoki firmasi rahbari surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning talabi boʻyicha surishtiruvda, dastlabki tergovda yoki ishni sudda muhokama qilishda ishtirok etish uchun himoyachi tayinlashi shart.
(51-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52-modda. Himoyachidan voz kechish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ish yuritilayotgan davrda istalgan vaqtda himoyachidan voz kechishga haqlidir. Bunday voz kechishga faqat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining tashabbusi bilan va himoyachining ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan advokat taklif etish orqali taʼminlanadigan real imkoniyatlar mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi, bunda advokat himoyadan voz kechilganligini tasdiqlaydi. Bu haqda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek advokat, surishtiruvchi yoki tergovchi imzolaydigan bayonnoma tuziladi yoxud sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 51-moddasi birinchi qismining 1 — 4 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda himoyachidan voz kechish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud uchun majburiy emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachidan voz kechish gumon qilinuvchini, ayblanuvchini yoki sudlanuvchini keyinchalik ishda himoyachi ishtirok etishiga ruxsat berish haqida iltimos qilish huquqidan mahrum qilmaydi. Bunday iltimos barcha hollarda qanoatlantirilishi kerak. Sud tergovi davomida himoyachining ishtirok etishi haqida berilgan iltimosnoma ishning holatlarini hisobga olib va sudlanuvchiga himoya huquqini taʼminlash manfaatlarini koʻzlab sud tomonidan hal etiladi. Himoyachining sud majlisi davomida ishga kirishishi sud tergovini qayta boshlash uchun asos boʻlmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 14 va 15-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachi: manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini bilish; ishda ishtirok etish uchun oʻziga ijozat berilgani toʻgʻrisida surishtiruv, dastlabki tergov organlari va suddan yozma ravishda tasdiq talab qilish; gumon qilinuvchi soʻroq qilinayotganda ishtirok etish, shaxsga ayblov eʼlon qilinayotganda hozir boʻlish hamda ayblanuvchi soʻroq qilinayotganda, shuningdek ularning ishtirokida oʻtkaziladigan boshqa tergov harakatlarida qatnashish va gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga savollar berish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan boshqa tergov harakatlari yurgizilayotganda ishtirok etish; oʻzi qatnashgan tergov harakatlarining yuritilishi xususida yozma mulohazalar berish; iltimosnoma berish va rad etish; dalillar taqdim qilish; davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan hamda jamoat birlashmalaridan himoyani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlar soʻrab olish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida oʻtkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, dastlabki tergov tamom boʻlgandan keyin esa, jinoyat ishiga doir barcha materiallar bilan tanishish va ulardan kerakli maʼlumotlarni yozib olish; agar himoyani amalga oshirish zaruriyati taqozo etsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sir hisoblangan maʼlumot bilan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tanishish; ishning suddagi muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish; apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi majlislarida ishtirok etish huquqiga egadir.
(53-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi qamoqda boʻlsa, himoyachi u bilan holi uchrashishga haqlidir. Bunda uchrashuvlar soni va davom etish vaqti chegaralanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachi oʻz vazifasini amalga oshirishi munosabati bilan bilgan maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 239-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasining sakkizinchi xatboshsisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachi: gumonni yoki ayblovni rad etadigan yoxud javobgarlikni yengillashtiradigan holatlarni aniqlash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullarni qoʻllashi hamda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga zarur yuridik yordam koʻrsatishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 180-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 236-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etish haqida bitim tuzilgan yoki tayinlangan vaqtidan boshlab advokat himoyachi vazifasini bajarishni rad etishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasining beshinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”giqarori 15-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 79-moddasida himoyachining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar belgilangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi shaxsga maʼnaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar boʻlgan taqdirda, bunday shaxs jabrlanuvchi deb eʼtirof etiladi. Jabrlanuvchi deb eʼtirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan shaxs boʻlsa, ishda u bilan birgalikda yoki uning oʻrniga qonuniy vakili ishtirok etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasi, mazkur Kodeksning 60-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining beshinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55-modda. Jabrlanuvchining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchi: koʻrsatuv berish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; oʻz ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish; qonunda nazarda tutilgan hollarda yarashuv toʻgʻrisida arizalar berish hamda yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; shaxsan oʻzi yoki vakili orqali sudda ayblovni quvvatlash; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga egadir.
(55-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 661-moddasida belgilangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchi: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; haqqoniy koʻrsatuvlar berishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning talabi boʻyicha dalillar taqdim qilishi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 180-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 236-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchi uzrsiz sababga koʻra kelmagan taqdirda ushbu Kodeksning 261 — 264-moddalarida nazarda tutilgan tartibda majburiy olib kelinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchi koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchining oʻlimiga olib kelgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ushbu moddada koʻrsatilgan huquq va majburiyatlarni dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan marhumning qonuniy vakili deb eʼtirof etilgan yaqin qarindoshlari yoki boshqa shaxslar amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning jamoat uchun xavfli qilmishi shaxsga, korxonaga, muassasaga yoki tashkilotga mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar boʻlsa, ular fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etiladi. Fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmaganlarning, shuningdek muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish uchun fuqaroviy daʼvo ularning qonuniy vakillari va prokuror tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 279-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57-modda. Fuqaroviy daʼvogarning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy daʼvogar: fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatish va uni quvvatlash; dalillar taqdim qilish; qoʻzgʻatilgan daʼvo boʻyicha tushuntirishlar berish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; iltimosnoma berish va rad qilish; surishtiruvchidan, tergovchidan, prokurordan yoki suddan daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish haqida iltimos qilish; dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ish materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlar yozib olish; birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy daʼvoga tegishli qismi ustidan shikoyat qilish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga egadir.
(57-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy daʼvogar: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi va ularning talablariga asosan fuqaroviy daʼvoga tegishli boʻlgan dalillar taqdim etishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 180-moddasi, Oʻzbekiston Respublikas Jinoyat kodeksining 236-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgan shaxs ayni vaqtda jabrlanuvchining barcha huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchi tomonidan yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan aqli noraso shaxs tomonidan yetkazilgan zarar uchun qonunga koʻra mulkiy javobgar shaxs, korxona, muassasa yoki tashkilot ishda fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etish uchun jalb qilinishi mumkin. Fuqaroviy javobgar sifatida jalb qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 278-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59-modda. Fuqaroviy javobgarning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy javobgar: ayblov va fuqaroviy daʼvoning mazmunini bilish; daʼvoga eʼtiroz bildirish; tushuntirish berish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ish materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish; birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy daʼvoga tegishli qismi ustidan shikoyatlar berish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyat va protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga egadir.
(59-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy javobgar: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi va ularning talablariga asosan fuqaroviy daʼvoga tegishli boʻlgan dalillar taqdim qilishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 180-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 236-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60-modda. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining, jabrlanuvchining qonuniy vakillari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonuniy vakil ishda ishtirok etishga voyaga yetmagan yoxud belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki jabrlanuvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun jalb qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda qonuniy vakil sifatida ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar, voyaga yetmaganga yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan ishtirokchiga homiylik qiluvchi muassasalar va tashkilotlarning vakillari qatnashishlari mumkin. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining va sudlanuvchining qonuniy vakili ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi bilan birga, jabrlanuvchining qonuniy vakili esa jabrlanuvchi bilan birga, shuningdek uning oʻrnida ham ishtirok etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining beshinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining birinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilganligi haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchining manfaatlari bilan qonuniy vakilning manfaatlari oʻzaro mos kelmasa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi tarafida ishda ishtirok etish uchun qaror yoxud ajrim bilan advokat tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61-modda. Qonuniy vakilning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonuniy vakil: oʻzi vakillik qilayotgan shaxsning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga chaqirilganidan xabardor boʻlish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning ruxsati bilan shu shaxsning soʻroq qilinishida ishtirok etish; oʻzi vakillik qilayotgan qamoqdagi shaxs bilan xoli uchrashish; oʻzi vakillik qilayotgan shaxs ushbu Kodeksga muvofiq ega boʻlgan protsessual huquqlarni amalga oshirish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonuniy vakil: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonuniy vakil guvoh sifatida soʻroq qilinishi, shuningdek himoyachi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. Bunday hollarda qonuniy vakil yuqorida aytib oʻtilgan protsess ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlariga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakillari tariqasida advokatlar, vakil sifatida ishtirok etishga maxsus ruxsatnomalari boʻlgan shaxslar, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga koʻra ishda qatnashishga ruxsat berilgan yaqin qarindoshlar va boshqa shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Jinoyat kodeksining VIII boʻlimi (“Atamalarning huquqiy maʼnosi”, “yaqin qarindoshlar” tushunchasi), Fuqarolik kodeksining 10-bobi (“Vakillik va ishonchnoma”).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakilning ishda ishtirok etishi uchun uning jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgar bilan tuzgan topshiriq shartnomasi asos boʻladi. Yuridik shaxsning vakili sifatida uning rahbari ishtirok etishi uchun alohida vakolatnoma kerak emas. Rahbar tomonidan berilgan ishonch qogʻozi boʻyicha yuridik shaxslarning vakillari sifatida uning shtatdagi xodimlariga va advokatlarga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili ishda oʻzi vakillik qilayotgan shaxs bilan birga, shuningdek uning oʻrnida ham ishtirok etadi. Jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar va fuqaroviy javobgar ish yuritishning istalgan vaqtida vakildan voz kechishga yoki boshqa shaxsni vakil qilib olishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63-modda. Vakilning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakili tegishincha jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar ega boʻlgan protsessual huquqlardan foydalanadi. Vakil ish yuritishning istalgan vaqtida oʻz majburiyatlarini bajarishni davom ettirishdan voz kechishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakil: oʻzi vakillik qilayotgan shaxslarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi; ularning ishonchini suiisteʼmol qilmasligi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 180-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 236-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64-modda. Protsess ishtirokchilarining huquqlarini tushuntirib berish va bu huquqlarni amalga oshirishni taʼminlash majburiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy daʼvogarga, fuqaroviy javobgarga va ularning vakillariga berilgan huquqlarini tushuntirib berishi va bu huquqlarni amalga oshirish imkoniyatlarini taʼminlashi shart. Shu bilan birga protsess ishtirokchilariga yuklangan majburiyatlar va ularni bajarmaslik oqibatlari tushuntirilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. JINOYAT PROTSESSIDA ISHTIROK ETUVCHI BOSHQA SHAXSLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishi boʻyicha aniqlanishi lozim boʻlgan biror holatni bilishi mumkin boʻlgan har qanday shaxs guvoh sifatida koʻrsatuv berish uchun chaqirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66-modda. Guvohning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvoh: soʻroq yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida koʻrsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish; uning soʻroq qilinishida ishtirok etuvchi tarjimonni rad etish; koʻrsatuvlarini oʻz qoʻli bilan yozib berish; soʻroq bayonnomasi bilan tanishish, unga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish; koʻrsatuvlar berishda yozma belgilar va hujjatlardan foydalanish; oʻz manfaatlarini himoyalash va surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qarori va sud ajrimi ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvoh: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; ish boʻyicha oʻziga maʼlum hamma narsa haqida haqqoniy soʻzlab berishi; berilgan savollarga javob qaytarishi; ish boʻyicha oʻziga maʼlum boʻlgan holatlarni soʻroq qiluvchining ruxsatisiz oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 239-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvoh uzrsiz sababga koʻra kelmagan taqdirda ushbu Kodeksning 261 — 264-moddalarida nazarda tutilgan tartibda majburiy ravishda olib kelinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvoh koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik, shuningdek bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert chaqirish, ekspertiza tayinlash va oʻtkazish ushbu Kodeksning 172 — 187-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert: ekspertiza qilish uchun tegishli ish materiallari bilan tanishish va undan kerakli maʼlumotlarni yozib olish; oʻziga qoʻshimcha materiallar taqdim etilishi haqida iltimosnoma berish; basharti hal qilinishi lozim boʻlgan masalalar uning mutaxassisligiga oid boʻlmasa yoki xulosa berish uchun unga taqdim etilgan materiallar yetarli boʻlmasa, xulosa berishning iloji yoʻqligi haqida hujjat tuzish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsati bilan tergov harakatlari yuritilishida ishtirok etish va tergov harakatida ishtirok etuvchi shaxslarga ekspertizaga oid tegishli savollar berish; ekspertizaga oid dalillarni tekshirishda sud muhokamasida ishtirok etish va sudning ruxsati bilan soʻroq qilinayotgan shaxslarga savollar berish; ashyoviy dalillarni va hujjatlarni koʻzdan kechirish; oʻz xulosalarida faqat uning oldiga qoʻyilgan masalalar haqida emas, balki ekspertizaga oid boshqa masalalar boʻyicha ham fikr bildirish; basharti ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida xulosa va koʻrsatuv berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha yozma xulosalar berishi; oʻzi tomonidan oʻtkazilgan ekspertiza boʻyicha koʻrsatuvlar berishi va bu xulosalarni tushuntirish uchun qoʻyilgan qoʻshimcha savollarga javob berishi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert uzrsiz sababga koʻra kelmagan taqdirda qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert uzrsiz sababga koʻra oʻz vazifalarini bajarishni rad etgan yoki undan boʻyin tovlagan taqdirda, shuningdek bila turib yolgʻon xulosa berganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov va sud muhokamasini oʻtkazishda dalillarni topish va mustahkamlashda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berish uchun mutaxassis chaqiriladi. Mutaxassis sifatida shifokor, pedagog hamda zarur bilim va malakaga ega boʻlgan boshqa shaxslar chaqirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov va sud muhokamasini oʻtkazishda ilmiy-texnika vositalarini (magnitofon, videomagnitofon, kinoga olish apparatlari va boshqa apparatlarni) qoʻllash uchun mutaxassis chaqirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov va sud muhokamasiga mutaxassis chaqirish hamda uning ishtirok etishi tartibi ushbu Kodeksning 91, 92, 136 — 138, 146, 147, 149, 151, 156 va 193-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mutaxassis: oʻzining qanday maqsadda chaqirilganligini bilish; basharti tegishli bilimlarga ega boʻlmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan bosh tortish; oʻzi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga oid ish materiallari bilan tanishish; oʻzi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga aloqador arz va mulohazalar bildirish; tergov harakatlari va sud muhokamasida ishtirok etayotgan shaxslarga surishtiruvchining, tergovchining, prokuror va sudning ruxsati bilan savollar berish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mutaxassis: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; tergov harakatlari va sud muhokamasini yuritishda dalillarni topish va mustahkamlash uchun ilmiy-texnika vositalari, maxsus bilim va malakasidan foydalangan holda ishtirok etishi; ish boʻyicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning eʼtiborini qaratishi; oʻzi bajarayotgan harakatlar boʻyicha tushuntirishlar berishi; jinoyatning kelib chiqish sabablarini, sodir qilinishiga imkon bergan sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berishi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71-modda. Tarjimon
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarjimon quyidagi hollarda chaqiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoxud ularning vakillari, guvoh, ekspert, mutaxassis ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa yoinki kar yoki soqov boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) biror matnni boshqa tildan tarjima qilishga zarurat boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarjimonga tegishli qoidalar ish yuritishda ishtirok etish uchun taklif qilingan, kar yoki soqovning imo-ishoralarini tushunadigan shaxsga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish maqsadida protsess ishtirokchilariga savollar berish; oʻzi qatnashgan tergov harakatlari bayonnomasi, shuningdek sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish hamda bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan mulohazalar bildirish; basharti tarjima qilish uchun zarur bilim va malakaga ega boʻlmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan voz kechish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarjimon: surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning, sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; oʻziga topshirilgan tarjimani aniq va toʻliq bajarishi; tarjimaning toʻgʻriligini oʻzining ishtirokida oʻtkazilgan tergov harakati bayonnomasi va sud majlisining bayonnomasiga, shuningdek protsess ishtirokchilariga ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladigan protsessual hujjatlarga imzo chekish bilan tasdiqlashi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xolislar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan tergov yoki boshqa harakatlar oʻtkazilganini, uni oʻtkazish jarayoni va natijalarini tasdiqlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda chaqiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov harakatlarini yuritishda ishtirok etish uchun ishning oqibatidan manfaatdor boʻlmagan, kamida ikki nafar voyaga yetgan fuqaro chaqirilishi lozim. Tergov harakatini boshlashdan oldin surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror xolislarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xolis: tergov harakatida ishtirok etish; tergov harakati boʻyicha bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan arz va mulohazalar berish; oʻzi ishtirok etgan tergov harakatining bayonnomasi bilan tanishish; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xolis: surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; tergov harakatini yuritishda ishtirok etishi; tergov harakati oʻtkazilgani, uni oʻtkazish jarayoni va natijalarini tergov harakati bayonnomasida imzo chekib tasdiqlashi; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor qilmasligi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 239-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xolis uzrsiz sababga koʻra oʻz vazifasini bajarishdan bosh tortganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 194-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xolis oʻzi ishtirok etgan tergov harakatini yuritish bilan bogʻliq holatlar boʻyicha guvoh tariqasida soʻroq qilinishi mumkin. U bunday hollarda ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75-modda. Jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga va xolislarga ularning sarf-xarajatlarini toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchi yoki uning vakili, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida chaqirilgan shaxsning ish joyidagi oʻrtacha oylik maoshi uning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud huzuriga chaqirilishi munosabati bilan ketgan hamma vaqt uchun saqlanadi. Ishlamaydigan shaxslarga ular kundalik mashgʻulotlari bilan shugʻullana olmaganliklari uchun haq toʻlanadi. Bundan tashqari koʻrsatilgan hamma shaxslar chaqirilish munosabati bilan qilgan sarf-xarajatlarini undirish huquqiga egadirlar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 282-modda, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert, mutaxassis va tarjimon oʻz majburiyatlarini bajarganliklari uchun haq olish huquqiga ega. Ushbu majburiyatlar xizmat topshirigʻi tarzida bajarilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sarf-xarajatlar qonunda belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. JINOYAT PROTSESSIDA ISHTIROK ETISHGA MONELIK QILADIGAN HOLATLAR. RAD QILISHLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76-modda. Sudyaning, prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining va sud majlisi kotibining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi hollarda sudya, shuningdek xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud majlisining kotibi jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim, basharti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) u shu ish boʻyicha jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, guvoh, himoyachi sifatida, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining qonuniy vakili yoki jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) u ushbu ishni yuritish uchun masʼul boʻlgan biror mansabdor shaxsning yoki ushbu modda birinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan oʻzga shaxslarning qarindoshi boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) uning xolisligiga va begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya ilgari shu ishni yuritishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud majlisining kotibi sifatida ishtirok etgan boʻlsa, oʻsha ishni kelgusida koʻrishda qatnasha olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ishni koʻrishda ishtirok etgan sudya uning ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim (qaror) bekor qilinganidan keyin oʻsha ishni koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
(76-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasida yoxud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki apellyatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini nazorat tartibida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek sud majlisi kotibining oʻz protsessual majburiyatini bajarishi, basharti ushbu ish qoʻshimcha tergov yuritish yoki sudda yangidan koʻrish uchun yuborilgan boʻlsa, ular tomonidan tegishlicha surishtiruv, dastlabki tergov yuritishga, shuningdek sud majlisi bayonnomasini tuzishga monelik qilmaydi.
(76-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuniga asosan toʻrtinchi — sakkizinchi qismlar bilan almashtirildi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77-modda. Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi va jamoat birlashmasi yoki jamoaning boshqa vakillari ushbu Kodeksning 76-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda ishda ishtirok etishga haqli emaslar va rad qilinishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78-modda. Ekspertning, mutaxassisning, tarjimonning, xolisning ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis ushbu Kodeksning 76-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek ishda ishtirok etayotgan shaxslardan birortasiga xizmat yuzasidan yoki boshqa jihatdan tobe boʻlsa, jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va rad qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, basharti ekspert, mutaxassis, tarjimonning oʻz kasbiga noloyiqligi ayon boʻlib qolsa, xolislar esa, ichki ishlar organi, milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura, adliya yoki sud xodimi boʻlsalar, rad qilinishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Materiallari ishning qoʻzgʻatilishiga asos boʻlgan taftish yoki oʻzga idoraviy tekshiruv oʻtkazgan shaxs ushbu ishda ekspert yoki mutaxassis sifatida ishtirok etishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda mutaxassis sifatida ishtirok etgan shaxs kelgusida ushbu ish boʻyicha ekspert qilib tayinlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79-modda. Himoyachining, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgar vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachi, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili quyidagi hollarda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas, basharti u:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ilgari shu ish boʻyicha sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud majlisining kotibi, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida ishtirok etgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu ishning tergovida yoki sudda koʻrilishida ishtirok etgan yoxud ishtirok etayotgan sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi yoki sud majlisining kotibi bilan qarindoshlik munosabatida boʻlsa yoxud yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida u bilan bitim tuzgan protsess ishtirokchisining manfaatlariga manfaati qarama-qarshi boʻlgan shaxs bilan qarindoshlik munosabatida boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi lavozimida boʻlsa, quyidagi hollar bundan mustasno: basharti u muomalaga layoqatsiz shaxslarning vakili boʻlsa yoki oʻzi ishlaydigan va fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgan yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishga jalb qilingan muassasaning vakili sifatida qatnashsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) oʻz himoyasidagi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki oʻzi vakillik qilayotgan jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning manfaatlariga manfaati qarama-qarshi boʻlgan shaxsga yuridik yordam koʻrsatayotgan yoki muqaddam shunday yordam koʻrsatgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80-modda. Rad qilish va oʻzini oʻzi rad etish hamda ularni hal qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 76 — 79-moddalarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud majlisining kotibi, jamoat birlashmasining yoki jamoaning vakili, himoyachi, jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis oʻzini oʻzi rad etishi shart. Agar oʻzlari bunday qilmasalar, ular shu asosga koʻra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, himoyachi tomonidan, sud majlisida esa, bundan tashqari davlat ayblovchisi, jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili tomonidan rad qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni tergov qilish chogʻida rad etish masalasi prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tomonidan, sud majlisida esa, sud tomonidan ham qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rad qilish haqidagi arz asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rad qilingan shaxs rad etish haqidagi masala koʻrilguniga qadar tushuntirish berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyani rad qilish masalasi qolgan sudyalar tomonidan rad qilingan shaxsning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi. Ovozlar teng boʻlinganda sudya rad qilingan hisoblanadi. Koʻpchilik sudyalarni yoki sudning butkul tarkibini yoxud sud majlisining kotibini rad qilish haqidagi masala toʻla tarkibdagi sud tomonidan oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi. Ishni yakka oʻzi koʻrayotgan sudyani rad qilish masalasini uning oʻzi hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokurorni rad qilish masalasi ishni tergov qilish chogʻida yuqori turuvchi prokuror tomonidan, sud majlisida esa, ishni koʻrayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilini rad qilish masalasi ishni koʻrayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi yoki tergovchini rad qilish masalasi surishtiruv va dastlabki tergov ustidan nazorat olib boruvchi prokuror tomonidan hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni, himoyachini, jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakillarini rad qilish masalasi ishni tergov qilish chogʻida surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan, sud majlisida esa, ishni koʻrayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xolisni rad qilish masalasi surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni tergov qilish chogʻida qoʻyilgan rad qilish masalasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan yigirma toʻrt soat ichida hal etiladi. Rad qilish sud majlisida qoʻyilgan boʻlsa, bu masala shu majlisda darhol hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rad qilishni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.03.00 Dalillar va isbot qilinishi lozim boʻlgan holatlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
UCHINCHI BOʻLIM DALILLAR VA ISBOT QILINISHI LOZIM BOʻLGAN HOLATLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. DALILLAR
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81-modda. Dalillarning turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos boʻladigan har qanday haqiqiy maʼlumotlar jinoyat ishi boʻyicha dalil hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu maʼlumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining koʻrsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) jinoyat obyekti; jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek Jinoyat kodeksida koʻrsatib oʻtilgan boshqa holatlari; qilmish va roʻy bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar oʻrtasidagi sababiy bogʻlanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) jinoyat toʻgʻri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki oʻz-oʻziga ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 21, 22-moddalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi quyidagi hollarda aybsiz deb topiladi va reabilitatsiya etilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ish qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi oʻtkazilgan ish boʻyicha jinoiy hodisa yuz bermagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uning qilmishida jinoyat tarkibi boʻlmasa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 14-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) uning sodir etilgan jinoyatga daxli boʻlmasa.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84-modda. Ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi hollarda shaxsning jinoyat sodir etilishida aybliligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilishi lozim, basharti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) shaxsni javobgarlikka tortish muddati oʻtgan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 64-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) eʼlon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki shaxsga daxldor boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 68-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 8-moddasining ikkinchi qismi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov boʻyicha ishni tugatish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi (qarori) yoki vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish yoxud ishni tugatish haqida bekor qilinmagan qarori boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qoʻzgʻatiladigan hollarda uning shikoyati boʻlmasa, ushbu Kodeksning 325-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxs ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganidan keyin, javobgarlikka tortish muddati oʻtgan yoki amnistiya akti qabul qilingan taqdirda, shuningdek ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan hollarda, agar ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki vafot etgan ayblanuvchi, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari talab qilsa, ishni yuritish umumiy tartibda davom ettirilishi mumkin. Bunday hollarda hukm qilish uchun asoslar mavjud boʻlsa, ayblov hukmi jazo belgilanmasdan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat sodir etilganidan keyin oʻz harakatlarining mohiyatini idrok etish yoki ularni idora qilish imkoniyatidan mahrum etadigan ruhiy kasallikka chalinib qolgan shaxs toʻgʻrisidagi jinoyat ishi ushbu Kodeksning 61-bobida belgilangan tartibda ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchi Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan yarashgan taqdirda jinoyat ishi ushbu Kodeksning 62-bobida belgilangan tartibda sud tomonidan ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatilishi mumkin.
(84-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuniga muvofiq toʻrtinchi qismi bilan toʻldirilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishi quyidagi hollarda shaxsning roziligi bilan uning aybliligi haqidagi masalani hal qilmay turib tugatilishi mumkin, basharti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ishni tergov qilish yoki sudda koʻrib chiqish paytiga kelib, qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotgan yoxud vaziyat oʻzgarishi oqibatida bu shaxs ijtimoiy jihatdan xavfli boʻlmay qolgan deb eʼtirof etilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) birinchi marta ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilganidan keyin yetkazilgan zararni bartaraf etgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon qilgan va jinoyatni fosh qilishga faol koʻmaklashgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) sodir etilgan qilmishning xususiyatini, birinchi marta ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etganning shaxsini hisobga olib, materiallarni voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga qarab chiqish uchun berish maqsadga muvofiq boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isbot qilish ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashdan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86-modda. Isbot qilish ishtirokchilari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isbot qilishni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isbot qilishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isbot qilishda ishtirok etishga guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, xolislar, shuningdek boshqa fuqarolar va mansabdor shaxslar jalb etiladi. Ular ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash bilan bogʻliq huquqlarni amalga oshiradilar hamda majburiyatlarni bajaradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 87, 94 va 95-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-son “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 22-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
87-modda. Dalillar toʻplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalillar tergov va sud harakatlarini yuritish: gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini, guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni soʻroq qilish; yuzlashtirish; tanib olish uchun koʻrsatish; koʻrsatuvni hodisa roʻy bergan joyda tekshirish; olib qoʻyish; tintuv; koʻzdan kechirish; guvohlantirish; murdani eksgumatsiya qilish; eksperiment oʻtkazish; ekspertiza tadqiqotlarini oʻtkazish uchun namunalar olish; ekspertiza va taftish tayinlash; taqdim etilgan ashyolar va hujjatlarni qabul qilish; telefonlar va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali olib borilgan soʻzlashuvlarni eshitish yoʻli bilan toʻplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
88-modda. Isbot qilish jarayonida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquq va qonuniy manfaatlarini qoʻriqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash jarayonida fuqarolarning, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qoʻriqlash taʼminlanishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 87, 94 va 95-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 18 va 19-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isbot qilishda quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) shaxslarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan yoki ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlar sodir etish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 18 va 19 bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) zoʻrlik, poʻpisa qilish, aldash va qonunga xilof boshqa yoʻllar bilan koʻrsatuv, tushuntirish, xulosalar olishga, eksperimental harakatlarni bajarishga, hujjatlar yoki buyumlar tayyorlanishiga va berilishiga erishish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 235-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tungi vaqtda, yaʼni kech soat 22-00 dan ertalab soat 6-00 gacha tergov harakatlari olib borish. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatning oldini olish, jinoyat izi yoʻqolishiga yoki gumon qilinuvchining qochib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, eksperiment jarayonida tekshirilayotgan hodisaning holatini qaytadan tiklash zarurati boʻlgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 20-bandining uchinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov yoki sud harakatlari bilan bogʻliq ishlarni bajarayotganda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va ishda mutaxassis yoki ekspert sifatida ishtirok etayotgan shifokorlardan boshqa shaxslarning oʻzga jinsdagi shaxsni yalangʻoch qilib yechintirish chogʻida hozir boʻlishlari taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya tergov va sud muhokamasi jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va boshqalarning shaxsiy hayotiga doir aniqlangan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik chora-tadbirlarini koʻrishi shart. Buning uchun shunday maʼlumotlar aniqlanishi mumkin boʻlgan tergov yoki sud harakatlari olib borilayotganda ishtirok etadigan shaxslar doirasi cheklanadi, ishtirokchilar esa ularni oshkor qilganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 239-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov yoki sud harakatlari jarayonida olib qoʻyiladigan narsalar va hujjatlar tegishli bayonnomalarda aniq koʻrsatilishi kerak. Shu bilan birga narsa yoki hujjat egasiga bayonnoma nusxasi yoki uning koʻchirmasi topshirilib, tilxat olinadi. Ishga aloqasi boʻlmagan narsa va hujjatlar qonuniy egasiga darhol qaytarilishi kerak. Fuqarolar saqlashi taqiqlangan narsa va hujjatlar yoʻq qilinishi yoxud ularni saqlashga vakolati boʻlgan va ularni tasarruf etadigan muassasalar yoki tashkilotlarga berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
89-modda. Davlat sirlarini qoʻriqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sirlari boʻlgan hujjatlar yoki narsalarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish va unga doir boshqa harakatlar faqat surishtiruvchi yoki tergovchining prokuror sanksiya bergan qaroriga binoan yoxud sud ajrimiga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror yoki sud majlisida raislik qiluvchi bunday harakatlarni oʻtkazish vaqti, joyi va boshqa shartlarini shu hujjatlar yoki narsalarni saqlash uchun javobgar boʻlgan korxona, muassasa yoki tashkilot rahbari bilan kelishib oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday harakatlarni yuritishda ekspert, mutaxassis, xolis sifatida faqat davlat sirlari boʻlgan hujjatlar va narsalar bilan tanishishga ruxsat berilgan shaxslar ishtirok etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90-modda. Dalillarni bayonnomada qayd etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumotlar va narsalardan, ular tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etilganidan keyingina dalil sifatida foydalanish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnomalar yuritish uchun masʼuliyat surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi va tergovchi, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnomalarga: tergov yoki sud harakatining ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, bu shaxslarga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilgani; tergov yoki sud harakatining oʻtkazilish joyi va vaqti, shart-sharoitlari, jarayoni va natijalari, bunda topilgan moddiy obyektlar tavsifi va ularning ish uchun ahamiyatli boʻlgan belgilari; tergov harakatlari yoki sud muhokamasi ishtirokchilari tasdiqlashni soʻragan faktlar; ularning yuz berayotgan hodisa sabablari xususidagi koʻrsatuvlari, tushuntirishlari, mulohazalari; ular tomonidan berilgan iltimosnomalar, shikoyatlar, rad etishlar; tergov harakatini olib borish yoki sud muhokamasi jarayonidagi tartibbuzarlik hollari, shuningdek bu tartibbuzarliklarni bartaraf etish va oldini olish uchun koʻrilgan chora-tadbirlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91-modda. Dalillarni qayd etishda yordamchi usullar. Bayonnomaga ilovalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalillarni qayd etish uchun bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar, sxemalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qoʻllanilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, sud dalillarni mustahkamlashning bu usullarini qoʻllanishga koʻmaklashish uchun mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, sud tomonidan dalillarni qayd etishning qanday usullari qoʻllangani, foydalanilgan apparatlar, asboblar, uskunalar, materiallarning texnikaviy tavsifi keltirilib, tegishlicha tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov yoki sud harakatining borishi va natijalari aks ettirilgan fotosuratlar, fonogrammalar, videoyozuvlar, kinotasvirlar, qoliplar, nusxalar, rejalar, sxemalar va boshqalar bayonnomaga ilova qilinadi. Har qaysi ilovada tergov yoki sud harakatining nomi, oʻtkazilgan joyi, sanasi koʻrsatilgan izohlovchi matn boʻlishi lozim. Bu izohlovchi matnni surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi oʻz imzolari bilan tasdiqlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92-modda. Dalillarni qayd etishning toʻgʻriligini tasdiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov harakatlari ishtirokchilarining, shuningdek sud muhokamasidagi taraflarning bu harakatlar jarayoni va natijalari aks ettirilgan bayonnoma bilan tanishish, xuddi shuningdek bayonnomaga qoʻshimcha va tuzatishlar kiritish huquqlari taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi yoki tergovchi tergov harakatlari tamom boʻlishi bilanoq bu harakat ishtirokchilariga bayonnomani oʻqib chiqishga imkon beradi yoxud iltimoslariga koʻra ularga oʻqib beradi. Shunday tartibda raislik qiluvchi yoki uning topshirigʻiga binoan sud majlisi kotibi sud zalidan tashqarida bajarilgan sud harakati ishtirokchilarini, shuningdek taraflarni sud majlisi bayonnomasidagi ushbu sud harakatiga taalluqli yozuvlar bilan tanishtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ogʻzaki bildirilgan qoʻshimchalar, tuzatishlar, fikr-mulohazalar, eʼtirozlar, iltimoslar va shikoyatlar bayonnomaga kiritiladi, yozma ravishda ifoda etilganlari esa bayonnomaga ilova qilinadi. Oʻchirishlar yoki kiritilgan qoʻshimcha soʻzlar yoxud boshqa tuzatishlar xususida bayonnoma oxiridagi imzolar oldidan izohot beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov harakati bayonnomasi bilan tanishtirilgan shaxslar bayonnomaning har bir sahifasi ostiga va uning oxiriga imzo chekadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93-modda. Bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish yoki imzo cheka olmaslik hollarini tasdiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi yoki tergovchi protsess ishtirokchilaridan birontasining yoki boshqa shaxslarning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tergov harakatlari bayonnomasiga imzo chekishdan bosh tortganligi toʻgʻrisida bayonnomaga yozib qoʻyib, uni oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida nazarda tutilgan hollarda sud majlisi bayonnomasining sud harakatlari toʻgʻrisidagi yozuvlarini imzolashdan bosh tortilganligi haqida shu bayonnomaga yoziladi hamda uni raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi oʻz imzosi bilan tasdiqlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortgan shaxs bosh tortish sababini tushuntirishga haqli. Bu tushuntirish bayonnomaga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov yoki sud harakati ishtirokchisi oʻzining jismoniy nuqsoni tufayli bayonnomani oʻqib, imzolay olmasa, bayonnomani uning roziligi bilan himoyachi, vakil yoki mazkur shaxs ishonadigan boshqa fuqaro oʻqib beradi va imzo chekadi. Bu haqda bayonnomaga yozib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish boʻyicha qabul qilinadigan qaror sinchkovlik bilan, toʻla, har tomonlama va xolisona tekshirilgan dalillargagina asoslangan boʻlishi lozim. Tekshiruv qoʻshimcha dalillarni toʻplashdan iborat boʻlib, ular tekshirilayotgan dalillarni tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, toʻla, har tomonlama va xolisona koʻrib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib oʻzlarining ichki ishonchlari boʻyicha dalillarga baho beradilar. Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalillar jinoyat ishi uchun ahamiyatli boʻlgan mavjud holatlar haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi, rad etuvchi yoki shubha ostiga oluvchi faktlar yoki narsalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirgan taqdirdagina ishga aloqador deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalillar belgilangan tartibda toʻplangan va ushbu Kodeksning 92 — 94-moddalarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlsagina, ular maqbul deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv natijasida haqiqatga muvofiq ekanligi aniqlangan dalillar ishonchli deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isbotlanishi kerak boʻlgan barcha va har bir holatning haqiqiyligini soʻzsiz tasdiqlovchi ishga oid barcha ishonchli dalillar toʻplangan boʻlsa, ularning jami ishni hal qilish uchun yetarli deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 10-bandining ikkinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. SOʻROQ QILISHNING UMUMIY QOIDALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96-modda. Soʻroq qilish joyi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi yoki tergovchi guvohni, jabrlanuvchini, gumon qilinuvchini va ayblanuvchini surishtiruv, dastlabki tergov oʻtkaziladigan joyda yoki soʻroq qilinuvchi qayerda boʻlsa, oʻsha joyda, sud esa sud muhokamasi yuritilayotgan joyda soʻroq qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97-modda. Soʻroq qilish uchun chaqiruv
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvoh, jabrlanuvchi, shuningdek ozodlikda yurgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga chaqiruv qogʻozi bilan chaqiriladi. Chaqiruv qogʻozi pochta orqali joʻnatiladi yoki chopar orqali topshiriladi. Chaqiruv telefonogramma, telegramma, radiogramma bilan yoki telefaks orqali ham boʻlishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: mazkur Kodeksning 403-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chaqiruv qogʻozida shaxs kim sifatida, qaysi manzilga va kimning huzuriga chaqirilayotganligi, qaysi kunda va qaysi soatga kelishi kerakligi, shuningdek uzrsiz sabablarga koʻra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar roʻy berishi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chaqiruv qogʻozi chaqiriluvchiga topshirilib, tilxat olinadi. Chaqiruv qogʻozi olib borilganda chaqiriluvchi vaqtincha yoʻq boʻlsa, unga berib qoʻyish uchun chaqiruv qogʻozi u bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila aʼzolaridan biriga, yotoqxona maʼmuriyatiga, uy egasiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov hibsxonasida, vaqtincha qabul qilish-taqsimlash qabulxonalari, jazoni ijro etish yoki tarbiya koloniyalarida saqlanayotgan shaxslar shu muassasalarning maʼmuriyati orqali chaqirtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
98-modda. Soʻroq qilinuvchining shaxsini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi va sud soʻroq qilish oldidan soʻroq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi va otasining ismini, tugʻilgan vaqti (yili, oyi, kuni) va tugʻilgan joyini, yashash joyi va ish joyini, mansabi, mashgʻulot turi, maʼlumoti, oilaviy ahvolini, sudlanganligi yoki sudlanmaganligini aniqlashi hamda bu maʼlumotlarni jinoyat ishidagi yoki soʻroq qilinuvchining shaxsiy hujjatlaridagi maʼlumotlar bilan solishtirib koʻrishi yoxud soʻroq qilinuvchi oʻzini kim deb tanishtirgan boʻlsa, aynan oʻsha shaxs ekanligiga boshqa yoʻllar bilan ishonch hosil qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
99-modda. Soʻroq qilinuvchining qaysi tilda koʻrsatuv bera olishini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻroq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni biladimi, u qaysi tilda koʻrsatuv bera olishi mumkin, degan savollar tugʻilib qolsa, bu masala aniqlanishi lozim. Ushbu Kodeksning 71-moddasida nazarda tutilgan hollarda tarjimon chaqiriladi va u kelguncha soʻroq qilish toʻxtatib turiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: mazkur Kodeksning 20-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100-modda. Huquq va majburiyatlarni tushuntirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻroq qilinuvchining shaxsi aniqlangandan keyin unga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Bu huquq va majburiyatlar tushuntirilganligi soʻroq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101-modda. Ishning holatlari toʻgʻrisida erkin soʻzlab berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻroq qilinuvchiga ishning unga maʼlum boʻlgan holatlari toʻgʻrisida soʻzlab berish taklif qilinmogʻi lozim. Soʻroq qilinuvchi erkin soʻzlab berganidan keyin uning koʻrsatuvlarini toʻldirish va aniqlashga qaratilgan savollar berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
102-modda. Ishora qiluvchi savollar berishga yoʻl qoʻyilmasligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kutilayotgan javobga bevosita yoki bilvosita yoʻnaltirish mazmunidagi savollar ishora qiluvchi savollar deb hisoblanadi. Ishora qiluvchi savollar berish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
103-modda. Soʻroq qilinuvchining hujjatlar va boshqa yozuvlardan foydalanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻroq qilinuvchining koʻrsatuvlari raqamlar yoki xotirada saqlanishi qiyin boshqa maʼlumotlarga taalluqli boʻlsa, u soʻroq jarayonida oʻzidagi yoki ishga qoʻshib qoʻyilgan hujjatlardan yoxud boshqa yozuvlardan foydalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻroq qilinuvchiga soʻroq qilish jarayonida oʻzidagi hujjatlar va boshqa yozuvlarni oʻqib eshittirishga ruxsat etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi va sud soʻroq qilinuvchidan soʻroq qilish jarayonida u foydalanayotgan hujjatlar va boshqa yozuvlarni talab qilishi, ularni keyin qaytarib berishi yoki ishga qoʻshib qoʻyishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
104-modda. Soʻroq qilinuvchining ilgarigi soʻroqlarda bergan koʻrsatuvlarini oʻqib eshittirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻroq qilinuvchining ilgarigi soʻroqda bergan koʻrsatuvlari faqat uning hozirgi soʻroqda bergan koʻrsatuvlari tinglanib, qayd qilinib, u imzo chekkanidan keyin va quyidagi hollarda oʻqib eshittirilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) hozirgi va ilgarigi soʻroqlarda berilgan koʻrsatuvlar oʻrtasida jiddiy qarama-qarshiliklar boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soʻroq qilinuvchi sudda koʻrsatuv berishdan bosh tortganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ish soʻroq qilinuvchining ishtirokisiz koʻrib chiqilayotganda.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandi birinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
105-modda. Soʻroq qilinuvchiga narsalar va hujjatlarni koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻroq jarayonida surishtiruvchi, tergovchi va sud, shuningdek sud muhokamasida taraflar ishga qoʻshib qoʻyilgan yoki taraflar ixtiyorida boʻlgan narsalar va hujjatlarni soʻroq qilinuvchiga koʻrsatishlari, shuningdek bu hujjatlarni oʻqib eshittirishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻroq bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida qaysi narsa yoki hujjat koʻrsatilganligi, hujjat matnining qaysi qismi va uning kim tomonidan oʻqib eshittirilganligi, narsa yoki hujjatni koʻrsatish vaqtida qanday savollar berilganligi va bunga javoban soʻroq qilinuvchi qanday koʻrsatuvlar berganligi aniq aks ettirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
106-modda. Soʻroq jarayoni va natijalarini qayd qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻroq jarayoni va natijalari surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida soʻroq bayonnomasida, sud muhokamasida esa sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻroq jarayonida bayonnoma yuritish bilan bir qatorda ovozni yozib olish, videoyozuv va kinotasvirga olish ham qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatuvlar bayonnomaga birinchi shaxs nomidan, imkon boricha soʻzma-soʻz yozib boriladi. Savol-javob soʻroq jarayonida qanday olib borilgan boʻlsa, shunday izchillikda qayd qilinadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi tomonidan chetlatilgan, shuningdek soʻroq qilinuvchi javob berishdan bosh tortgan savollar ham bayonnomaga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnomada bundan tashqari, soʻroq qilinuvchi tomonidan avvalgi soʻroqlarda berilgan koʻrsatuvlarning oʻqib eshittirilgani, koʻrsatuv berish jarayonida soʻroq qilinuvchining hujjat yoki boshqa yozuvlardan foydalangani, soʻroq qilinuvchiga soʻroq davomida narsa va hujjatlar koʻrsatilgani, soʻroq paytida ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvirga olish oʻtkazilgani qayd qilinadi. Fonogramma, videoyozuv va kinotasma bayonnomaga ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻroq tugaganidan keyin bayonnoma oʻqib chiqish uchun soʻroq qilinuvchiga koʻrsatiladi yoxud uning iltimosiga koʻra surishtiruvchi, tergovchi tomonidan unga oʻqib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻroq qilinuvchi koʻrsatuvni oʻz qoʻli bilan yozma ravishda bayon qilishga haqli. Oʻz qoʻli bilan yozilgan koʻrsatuv bayonnomaga ilova qilinib, bu haqda bayonnomaga yozib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻroq qilinuvchi yoki taraflarning iltimosiga koʻra sud majlisida bayonnomaga imzo qoʻyilguniga qadar yozilgan ovoz, videoyozuv yoki kinotasvir namoyish qilinishi mumkin. Ular bilan bayonnoma oʻrtasida jiddiy tafovut boʻlgan hollarda, tafovut sababini aniqlash uchun yangitdan soʻroq qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻroq qilinuvchi bayonnomani oʻqib boʻlgach, koʻrsatuvlari toʻgʻri yozilganligi va u bilan tanishganligini imzo chekib, tasdiqlaydi. Imzo bayonnomaning oxiriga qoʻyiladi, basharti koʻrsatuvlar bir necha sahifaga yozilgan boʻlsa, har qaysi sahifaga alohida imzo chekiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻroq qilishda tarjimon qatnashayotgan boʻlsa, u soʻroq qilinayotgan shaxsning bayonnomadagi koʻrsatuvini unga ogʻzaki tarjima qiladi, soʻroq qilinuvchining oʻz qoʻli bilan yozib bergan koʻrsatuvlarini esa, yozma ravishda tarjima qiladi. Tarjimon koʻrsatuvlar yozilgan bayonnomaning oxiriga va har bir sahifasiga alohida, shuningdek soʻroq qilinuvchining oʻz qoʻli bilan yozib bergan koʻrsatuvlarining tarjimasiga imzo chekadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
107-modda. Soʻroqning davom etish vaqti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻroqning umumiy davom etish vaqti bir kunda sakkiz soatdan oshmasligi lozim. Dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan bir soat tanaffus bu hisobga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
108-modda. Qoʻshimcha soʻroq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshimcha soʻroq quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soʻroq qilinuvchi ishning oʻziga maʼlum boʻlgan barcha holatlari toʻgʻrisida koʻrsatuv bera olishi uchun ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan soʻroqning umumiy davom etish vaqti yetarli boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soʻroq qilingan shaxs ilgari bergan koʻrsatuvlarini toʻldirish yoki oʻzgartirish istagini bildirsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ayblanuvchiga yangi yoki oʻzgartirilgan yoxud qoʻshimcha ayblov eʼlon qilinsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ilgari soʻroq qilingan shaxsning koʻrsatuvlari toʻgʻri yozilganligini prokuror qoʻshimcha soʻroq qilish yoʻli bilan tekshirib koʻrishni lozim topsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) surishtiruvchi yoki boshqa tergovchi tomonidan ilgari soʻroq qilingan shaxsning koʻrsatuvlari toʻgʻri yozilganligini ishni yuritish uchun qabul qilgan tergovchi qoʻshimcha soʻroq qilish yoʻli bilan tekshirib koʻrishni lozim topsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ilgari soʻroq qilingan shaxsga berilishi kerak boʻlgan ish uchun muhim yangi savollar tugʻilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) shaxs soʻroq qilinganidan keyin ishga kirishgan zaxiradagi xalq maslahatchisi ushbu shaxsni yangitdan soʻroq qilishni talab qilsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-bob. GUMON QILINUVCHINI VA AYBLANUVCHINI SOʻROQ QILISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
109-modda. Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini soʻroq qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini soʻroq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga, shuningdek, ushbu bobning quyidagi moddalariga rioya qilgan holda olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
110-modda. Soʻroq qilish muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazish jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ushlangan, soʻroq qilish uchun chaqirilgan, qamoqqa olingan yoki majburiy keltirilgandan keyin darhol yoki yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay, soʻroq qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tergovi ketayotganda sudlanuvchiga istagan vaqtida koʻrsatuv berish huquqi sudya tomonidan taʼminlanishi shart. Agar sudlanuvchi biror sud harakati oʻtkazilayotgan paytda koʻrsatuv berish toʻgʻrisida istak bildirsa, sud unga shu harakatlar tugashi bilanoq koʻrsatuv berish uchun imkoniyat yaratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
111-modda. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini birinchi marta soʻroq qilishdan oldingi harakatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchini, shuningdek ayblanuvchini birinchi marta soʻroq qilishdan bevosita oldin surishtiruvchi, tergovchi ushbu Kodeksning 98 — 100-moddalarida nazarda tutilgan harakatlarni bajarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shundan soʻng surishtiruvchi, tergovchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46 va 48-moddalarida nazarda tutilgan protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shartnoma tuzgan himoyachining yoxud, agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shartnoma tuzishga ulgurmagan yoki tuza olmagan boʻlsa, boshqa himoyachining soʻroqda ishtirok etishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) gumon qilinuvchiga uning qanday jinoyat sodir etishda gumon qilinayotganligini eʼlon qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) gumon qilinuvchiga ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganligi toʻgʻrisidagi qarorni taqdim qiladi va ayblovning mohiyatini tushuntiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi ayblanuvchini birinchi marta soʻroq qilishdan oldin u oʻzini aybli hisoblashi-hisoblamasligini yoki oʻz aybini toʻla yoxud qisman rad etishi yoki etmasligini aniqlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi ushbu moddada sanab oʻtilgan harakatlarning bajarilishini gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining soʻroq bayonnomasida, sud esa sud majlisi bayonnomasida qayd qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
112-modda. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining koʻrsatuvlarini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchining u sodir etgan jinoyat haqidagi koʻrsatuvlari va ayblanuvchining oʻz aybiga iqror boʻlishi, bu iqror boʻlish mavjud dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina, uni ayblash uchun asos qilib olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining bergan koʻrsatuvlari bilan aniqlangan holatlar, ayblanuvchi oʻz aybiga iqror boʻlgan taqdirda ham, oʻzining aybdor ekanligini inkor qilgan taqdirda ham ishning hamma holatlari bilan bogʻlangan holda boshqa dalillar kabi tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz — ariza beruvchining oʻzi sodir etgan jinoyati toʻgʻrisida u shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasdan va unga ayblov eʼlon etilmasdan oldin bergan xabaridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz ogʻzaki yoki yozma boʻlishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ogʻzaki xabarni bayonnomada aks ettiradi, unga arz qiluvchining shaxsiga doir maʼlumotlar kiritiladi va unda arzning mazmuni birinchi shaxs nomidan bayon qilinadi. Bayonnomaga arz qiluvchi va surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya imzo chekadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan ushbu Kodeksning 112-moddasida koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
114-modda. Guvoh va jabrlanuvchini soʻroq qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvoh va jabrlanuvchini soʻroq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga, shuningdek ushbu bobning quyidagi moddalariga rioya qilgan holda olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
115-modda. Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida soʻroq qilinishi mumkin boʻlmagan shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) hukm va ajrim chiqarish jarayonida kelib chiqqan masalalarni maslahatxonada muhokama qilishga oid holatlar toʻgʻrisida — sudyani va xalq maslahatchisini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) jinoyat ishi yuzasidan oʻz vazifalarini bajarishlari natijasida oʻzlariga maʼlum boʻlgan holatlar toʻgʻrisida — himoyachini, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakilini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ruhiy yoki jismoniy nuqsoni sababli ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatni toʻgʻri idrok etish va bu haqda koʻrsatuv bera olish layoqatiga ega boʻlmagan shaxsni soʻroq qilish mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
116-modda. Guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat oʻz roziligi bilan soʻroq qilinishi mumkin boʻlgan shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga taalluqli holatlar haqida guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat oʻzlarining roziliklari bilan soʻroq qilinishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandi “g” kichik bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
117-modda. Guvoh va jabrlanuvchini protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvoh yoki jabrlanuvchining shaxsi aniqlangandan va unga protsessual huquq hamda majburiyatlari tushuntirilgandan keyin u koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilib, bu haqda soʻroq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 240-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 16-bandining ikkinchi xatboshi, 17-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
118-modda. Alohida holatlarni bahona qilib koʻrsatuv berishdan bosh tortishga yoʻl qoʻyilmasligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan aniqlanayotgan holatlar oʻzida davlat sirlarini yoki kasb sirini yoxud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoxud boshqa shaxslar hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettirganligini bahona qilib, guvoh va jabrlanuvchi koʻrsatuv berishdan bosh tortishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar oʻzida davlat sirini yoki kasb sirini aks ettiradi yoxud shaxslar hayotining sir tutiladigan tomonlariga tegishli deb hisoblash uchun asos boʻlganda, surishtiruvchi, tergovchi va sud guvoh yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish chogʻida bu holatlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
119-modda. Guvoh va jabrlanuvchining koʻrsatuvlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvoh yoki jabrlanuvchi protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganidan keyin jabrlanuvchi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar bilan oʻzaro munosabatlari, guvoh esa, shuningdek jabrlanuvchi bilan oʻzaro munosabatlari toʻgʻrisidagi savollarga javob beradi. Shundan soʻng soʻroq qiluvchining taklifiga koʻra guvoh yoki jabrlanuvchi ish boʻyicha oʻzlari bilgan barcha maʼlumotlarni aytib beradilar. Ular ish uchun ahamiyatli boʻlgan yoki ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday holat toʻgʻrisida, shu jumladan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining va protsess boshqa ishtirokchilarining shaxsi haqida ham koʻrsatuvlar berishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
120-modda. Guvohni va jabrlanuvchini ularning iltimosiga koʻra soʻroq qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov olib borilayotgan joyda yoki sudda boʻlgan guvoh yoki jabrlanuvchi koʻrsatuv berishga xohish bildirsa, ular qoida tariqasida oʻsha kunning oʻzida yoki keyingi kundan kechiktirmay soʻroq qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvoh yoki jabrlanuvchining koʻrsatuv berishga xohishi toʻgʻrisidagi xabar tergovchi yoki sudga pochta orqali kelsa, unga soʻroq oʻtkaziladigan joy va vaqt darhol xabar qilinadi va u kelishi bilanoq soʻroq oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
121-modda. Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishning oʻziga xos jihatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻn olti yoshgacha boʻlgan guvoh yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki jabrlanuvchining vakili ishtirokida ularning roziligi bilan oʻtkaziladi. Koʻrsatilgan shaxslar soʻroq qiluvchining ruxsati bilan guvoh yoki jabrlanuvchiga savollar berishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻn olti yoshgacha boʻlgan guvohlar va jabrlanuvchilar koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydilar, biroq surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi shu guvoh va jabrlanuvchilarga ularning protsessual huquqi va majburiyatlarini tushuntirish chogʻida haqqoniy koʻrsatuv berish va bu bilan jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga koʻmaklashish maʼnaviy burch ekanligini eslatib oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuzlashtirish ilgari soʻroq qilingan ikki shaxs koʻrsatuvlari oʻrtasida jiddiy qarama-qarshiliklar boʻlganda bu qarama-qarshiliklarning sababini aniqlash uchun oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuzlashtirishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvoh soʻroq qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 46, 48, 55 va 66-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
123-modda. Yuzlashtirish oʻtkazishning tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuzlashtirish oʻtkazish chogʻida ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan soʻroq qilishning umumiy qoidalariga, shuningdek ushbu bobning quyidagi qoidalariga rioya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuzlashtirib soʻroq qilish oldidan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi har bir soʻroq qilinuvchidan navbat bilan ularning oʻzaro tanishligi yoki tanish emasligini, oʻzaro munosabatlari qanday ekanligini soʻraydi va javoblarini tinglaydi. Shundan soʻng har bir soʻroq qilinuvchiga navbat bilan qarama-qarshilik kelib chiqqan holatlar toʻgʻrisidagi savollarga javob berish taklif qilinadi. Basharti qarama-qarshilik bir nechta masalaga yoki bir nechta holatga taalluqli boʻlsa, yuzlashtirishda har ikki soʻroq qilinuvchi bir masala yoki bir holat boʻyicha koʻrsatuv bergach, ularga keyingi masala yoki keyingi holat toʻgʻrisidagi savollar berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuzlashtirish chogʻida soʻroq qilinayotgan shaxs surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan boshqa soʻroq qilinuvchiga savol berishi mumkin. Sud majlisida soʻroq qilinuvchilarning har ikkalasiga xalq maslahatchilari, shuningdek taraflar savol berishlari mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi va sud majlisida raislik qiluvchi ish uchun jiddiy ahamiyatga ega boʻlmagan yoki yuzlashtirishda aniqlashtirilayotgan qarama-qarshilikka taalluqli boʻlmagan savollarni chetlatishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuzlashtirish chogʻida soʻroq bayonnomasi yoki soʻroq qilinayotgan shaxslar avvalgi soʻroqlarda bergan koʻrsatuvlarning fonogrammalari shu shaxslar yuzlashtirilib, ularning koʻrsatuvlari bayonnomaga kiritilganidan keyingina oʻqib berilishi yoki eshittirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-bob. TANIB OLISH UCHUN KOʻRSATISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanib olish uchun koʻrsatish guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining biror shaxs yoki narsa toʻgʻrisidagi koʻrsatuvini tekshirib koʻrish uchun quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) bu koʻrsatuv muayyan bir shaxs yoki muayyan bir narsaga oid ekanligini aniqlash zarur boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga maʼlum boʻlgan koʻplab shaxs yoki narsalar orasidan koʻrsatuvda tasvirlab berilgan shaxs yoki narsani topish zarur boʻlganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
126-modda. Tanib olish uchun koʻrsatishdan oldin soʻroq qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanib oluvchi tanib olish lozim boʻlgan shaxs yoki narsaning belgilari, alomatlari, xususiyatlari toʻgʻrisida oldindan soʻroq qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
127-modda. Shaxsni tanib olish uchun koʻrsatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxs tanib olish uchun tergov olib borilayotgan ishga aloqasi boʻlmagan, tashqi belgilari bilan oʻziga oʻxshaydigan shaxslar guruhi orasida xolislar huzurida koʻrsatiladi. Tanib olish uchun koʻrsatilayotgan shaxslarning umumiy soni uch nafardan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanib olinuvchiga tanib olish uchun koʻrsatiladigan shaxslar guruhi orasida istagan joyni egallash taklif qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanib olinuvchi kiyimi, soch qirqtirishi yoki tarashi yoxud boshqa belgilari bilan tanib olish uchun koʻrsatiladigan oʻzga shaxslar orasida yaqqol ajralib turmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsni tanib olish uchun koʻrsatishning iloji boʻlmaganda yoxud xavfsizlikni taʼminlash maqsadida uning fotosuratidan foydalanish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanib olish uchun jadval qogʻozga yaxshilab yopishtirilib, muhrlangan va raqamlangan, lekin suratga olingan shaxslarning ismi va familiyalari koʻrsatilmagan kamida uchta fotosurat koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
128-modda. Koʻchar narsalarni tanib olish uchun koʻrsatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov olib borilayotgan joyga, sudga yoki boshqa joyga olib borilishi mumkin boʻlgan narsalar, narsalarning boʻlagi va hayvonlar ushbu ishga aloqasi boʻlmagan boshqa turdosh narsalar orasida tanib olish uchun koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanib oluvchi soʻroq qilinganda tasvirlaganidan tashqi belgilari, alomatlari, xususiyatlari boʻyicha jiddiy farq qilmaydigan narsalar turdosh deb hisoblanadi. Tanib olish uchun koʻrsatilayotgan narsalarni joylashtirish tartibi surishtiruvchi, tergovchi tomonidan xolislar huzurida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turdosh obyektlar orasidan tanib olish toʻgʻrisidagi qoida murdani tanib olishda qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
129-modda. Koʻchmas obyektni tanib olish uchun koʻrsatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi joy, bino, binodagi alohida xona yoki boshqa koʻchmas obyekt nomini aytib va tasvirlab bersa-da, biroq uning joylashgan oʻrnini aniq aytib bera olmasa, biror aniq joydan obyektga borish yoʻlini koʻrsatishga istak bildirsa, unga shu obyektni koʻrsatishiga imkon beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar yoxud sud tarkibi va taraflar tanib oluvchi bilan birgalikda u aytgan joyga keladilar. Tanib olish uchun koʻrsatish ishtirokchilari shu joydan boshlab tanib oluvchining koʻrsatuvi boʻyicha yura boshlaydilar. Bunda tanib oluvchiga tanib olish uchun koʻrsatishning boshqa ishtirokchilari yoki yot shaxslar tarafidan yoʻnalish aytib qoʻyilishining oldini olish choralari koʻrilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
130-modda. Tanib olish uchun koʻrsatish chogʻida tanib oluvchining koʻrsatuvi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanib olish uchun bir guruh shaxslar yoki bir nechta narsani koʻrsatilganidan keyin tanib oluvchiga u ilgari tasvirlagan shaxs yoki narsani koʻrsatish taklif etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanib oluvchi koʻrsatilgan shaxslardan yoki narsalardan birini koʻrsatsa, unga koʻrsatilgan boshqa shaxslar yoki narsalar orasidan bu shaxsni yoki narsani qaysi belgilari yoki xususiyatlariga koʻra taniganligini tushuntirib berish taklif qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanib oluvchi tanib olish uchun unga koʻrsatilgan shaxslar yoki narsalarni ilgari koʻrmaganligini aytsa, unga qidirilayotgan shaxs yoki qidirilayotgan narsa ulardan nimasi bilan farq qilishini tushuntirib berish taklif qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
131-modda. Tanib olish uchun koʻrsatish holatini mustahkamlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida oʻtkazilgan tanib olish uchun koʻrsatish toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. Sud muhokamasida oʻtkazilgan tanib olish uchun koʻrsatish sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha hollarda bayonnomaga: tanib oluvchi, tanib olish uchun koʻrsatish sharoiti, jarayoni va natijalari, tanib olish uchun koʻrsatilgan shaxslar, ularning yoshi, boʻyi, millati, turar joyi, koʻzga tashlanuvchi belgilari, kiyimlari; tanib olish uchun koʻrsatilgan narsalar tavsifi; tanib olish uchun koʻchmas obyektlar koʻrsatilganda esa, shuningdek tanib oluvchi koʻrsatgan yoʻnalishlar va izlanayotgan obyektga biror aniq joydan borish yoʻllari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanib olish uchun fotosuratlar koʻrsatilgan boʻlsa, bayonnomaga fotojadval ilova qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanib oluvchining koʻrsatuvlari, shuningdek unga surishtiruvchi, tergovchi, sud, taraflar yoki boshqa shaxslar tomonidan berilgan savollar va qaytarilgan javoblar ushbu Kodeksning 106-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda bayonnomaga yozib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-bob. KOʻRSATUVLARNI HODISA SODIR BOʻLGAN JOYDA TEKSHIRISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
132-modda. Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish uchun asoslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, sud gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, guvohlar hamda jabrlanuvchilarning koʻrsatuvlarini tekshirilayotgan hodisa sodir boʻlgan joyda holatlarni qayta tiklash yoʻli bilan tekshirib koʻrishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishdan maqsad: koʻrsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga maʼlum, surishtiruvchi, tergovchi va sudga esa nomaʼlum boʻlgan narsalar, hujjatlar, izlar va belgilarni topish; shaxsning tergov yoki sud muhokamasi davomida topilgan narsalar, hujjatlar, izlar qayerda boʻlganligini koʻrsatib berishi; bir necha shaxsning ayni bir hodisa toʻgʻrisida bergan koʻrsatuvlaridagi oʻxshashlik va farqlarni aniqlash uchun ishda ahamiyatli boʻlgan joy yoki yoʻnalishni shaxs koʻrsatib berishi; holatlarni qayta tiklash va hodisa sodir boʻlgan joydagi sharoit bilan qiyoslash orqali koʻrsatuvlarning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini aniqlashdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatuvi tekshirilayotgan shaxs hodisa sodir boʻlgan joyda bir vaqtning oʻzida koʻrsatish, koʻzdan kechirish yoki baʼzi narsalarni, hujjatlarni, izlarni olish yoxud muayyan harakatlarni namoyish qilish orqali tushuntirish beradi yoki oʻzining avval bergan koʻrsatuvlariga aniqlik kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining koʻrsatuvlarini hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish natijalari, bu shaxslarning muayyan hodisalar haqida bilganlari faqat ularning jinoyat sodir etishga daxldorligidan darak bersagina, dalil kuchiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
133-modda. Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishni surishtiruvchi yoki tergovchi xolislar ishtirokida, sud esa taraflar ishtirokida oʻtkazadi. Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishga mutaxassislar va ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taraflar va bu tergov harakatining boshqa qatnashchilari ishtirokida tekshiriladigan koʻrsatuvlarni eʼlon qiladi, koʻrsatuv bergan shaxsdan ularning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritishga ehtiyoj bor yoki yoʻqligini soʻraydi, tekshirishning maqsadi va tartibini tushuntiradi. Basharti guvoh yoki jabrlanuvchining koʻrsatuvlari tekshirilayotgan boʻlsa, ular, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarni istisno qilganda, koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilish haqida ogohlantirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir vaqtning oʻzida bir necha shaxsning koʻrsatuvlarini hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin: koʻrsatuv bergan shaxs tekshirilayotgan hodisaning sharoit va holatini joyida tiklaydi; ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsalarni, hujjatlarni, izlarni qidirib topadi va koʻrsatadi; ayrim harakatlarni namoyish qiladi; tekshirilayotgan hodisada u yoki bu narsaning qanday ahamiyati boʻlganligini koʻrsatadi; hodisa sodir boʻlgan joyda sharoitning oʻzgarganligiga eʼtiborni qaratadi; oʻzining avvalgi koʻrsatuvlarini aniqlashtiradi va ularga oydinlik kiritadi. Bu harakatlar vaqtida chetdan aralashishga, gap oʻrgatishga va ishora qiluvchi savollar berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatuvi tekshirilayotgan shaxs erkin soʻzlab bergach va harakatlarni erkin namoyish qilib boʻlgach, unga savollar berilishi mumkin. Koʻrsatuvni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishda qatnashayotgan shaxslar surishtiruvchi, tergovchi va sudning eʼtiborini, ularning fikricha ish holatlarini aniqlashtirishga yordam beradigan barcha narsalarga qaratishga, baʼzi harakatlarning takrorlanishini talab qilishga haqlidir. Koʻrsatuvlari hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirilayotgan shaxs va tergov harakatining boshqa ishtirokchilari oʻtkazilayotgan tergov harakati yuzasidan ularni qoʻshimcha ravishda soʻroq qilishni talab etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
134-modda. Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish bayonnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatuvlar hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirilgani haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa tekshiruvning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari bayonnomada: koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish qayerda, qachon, qanday sharoitda oʻtkazilganligi; qanday joylar va narsalar koʻzdan kechirilganligi; hodisa sodir boʻlgan joyda berilgan koʻrsatuvlarning mazmuni qandayligi; hodisaning sharoiti va holatlarini tiklash nimada oʻz aksini topganligi; shaxs oʻzining avvalgi koʻrsatuvlariga qanday aniqliklar kiritganligi koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-bob. KOʻZDAN KECHIRISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
135-modda. Koʻzdan kechirish uchun asoslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat izlari, ashyoviy dalillarni topish, hodisa sodir boʻlgan vaziyatni va ish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlarni aniqlashtirish maqsadida surishtiruvchi, tergovchi yoki sud hodisa sodir boʻlgan joyni, murdani, hayvonlarni, tevarak-atrofni, binolarni, narsalar va hujjatlarni koʻzdan kechiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Odam badanini koʻzdan kechirish guvohlantirish yoki ekspertiza oʻtkazish qoidalariga asoslangan holda (ushbu Kodeksning 142 — 147 va 172 — 187-moddalari) amalga oshiriladi. Pochta-telegraf joʻnatmalarini koʻzdan kechirish ushbu Kodeksning 167-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narsalarni olib qoʻyish va tintuv oʻtkazish chogʻida topilgan narsa va hujjatlar shu tergov harakatlarini oʻtkazish uchun belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda koʻzdan kechirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
136-modda. Koʻzdan kechirish tartibining umumiy qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida koʻzdan kechirish xolislar ishtirokida oʻtkaziladi. Jinoyat ishi koʻrilayotgan vaqtda koʻzdan kechirishga zarurat tugʻilsa, sud bu haqda ajrim chiqaradi va koʻzdan kechirishni taraflar ishtirokida oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda surishtiruvchi, tergovchi yoki sud koʻzdan kechirish chogʻida oʻlchov oʻtkazadi, fotosuratga, kinotasvirga, videoyozuvga tushiradi, rejalar, sxemalar, chizmalar tuzadi, izlardan qoliplar va nusxalar oladi. Bu ishlarni bajarishga yordam berish uchun koʻzdan kechirishga mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻzdan kechirish chogʻida topilgan va olib qoʻyilgan barcha narsalar xolislarga, taraflarga va koʻzdan kechirishning boshqa ishtirokchilariga koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻzdan kechirishda ishtirok etayotgan shaxslar surishtiruvchi, tergovchi va sudning eʼtiborini oʻzlarining fikricha ish holatlarini oydinlashtirishga yordam berishi mumkin boʻlgan barcha hollarga qaratishga haqlidirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
137-modda. Hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish aynan ana shu joyda jinoyat sodir etilganligi yoki uning izlari borligi haqida maʼlumotlar boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda hodisa sodir boʻlgan joy jinoyat ishi qoʻzgʻatilishidan oldin ham koʻzdan kechirilishi mumkin. Bu holda koʻzdan kechirish oʻtkazilganidan soʻng kechi bilan yetmish ikki soatda, alohida hollarda esa, oʻn kun ichida jinoyat ishini qoʻzgʻatish haqida yoki qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Katta maydonlarni va binolarni koʻzdan kechirish bir necha surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin, bunda ularning har biri kamida ikki nafar xolis ishtirokida koʻzdan kechirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hodisa sodir boʻlgan joydan olingan narsalar, hujjatlar va izlar oʻraladi va muhrlanadi. Katta hajmdagi narsalar olinmaydi va muhrlanmaydi, lekin surishtiruvchi yoki tergovchi ularni saqlash choralarini koʻrishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
138-modda. Murdani koʻzdan kechirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi yoki tergovchi murdaning tashqi koʻrinishini u topilgan joyda xolislar va sud-tibbiyot sohasidagi mutaxassis shifokor ishtirokida koʻzdan kechiradi. Bunday mutaxassis shifokor ishtirok etishiga imkoniyat boʻlmagan taqdirda, boshqa shifokor ishtirok etadi. Zarur hollarda murdani koʻzdan kechirish uchun boshqa mutaxassislar, shuningdek ekspertlar jalb qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksgumatsiya vaqtida murdani koʻzdan kechirish ushbu Kodeksning 148 — 152-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murda topilgan joyda uni tanib olish uchun koʻrsatish chogʻida ushbu Kodeksning 126 va 131-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinadi. Tanib olinmagan murdalarning barmoq izlari olinishi shart. Ushbu Kodeksning 188 — 191, 193 va 197-moddalari talablariga rioya qilgan holda murdadan tekshirish uchun boshqa xil namunalar ham olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanib olinmagan murdani faqat prokuror ruxsati bilangina koʻmiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroning uyi yoki xizmat joyini koʻzdan kechirish zarurati boʻlsa, surishtiruvchi yoki tergovchi bu haqda qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Turar joyi koʻzdan kechirilayotgan shaxs yoki tegishli korxona, muassasa, tashkilotning vakili chiqarilgan qaror yoki ajrim bilan tanishtirilib, bu haqda imzo chektiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻzdan kechirish korxonada, muassasada, tashkilotda oʻtkazilsa — maʼmuriyat vakilining, harbiy qismda, shtabda va muassasada oʻtkazilsa — qoʻmondonlik vakilining, zarur hollarda esa, moddiy javobgar shaxsning qatnashishi shart. Binolarni koʻzdan kechirishda ushbu Kodeksning 160 va 161-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
140-modda. Narsa va hujjatlarni koʻzdan kechirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi va sud narsa va hujjatlarni ular topilgan joyda, basharti koʻzdan kechirish koʻp vaqt yoki qoʻshimcha texnik vositalar talab qilsa, keyinchalik surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi oʻtkazilayotgan joyda koʻzdan kechiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻzdan kechirish texnik vositalardan foydalanilgan holda, basharti narsa yoki hujjatlarning yoʻqolishiga yoxud shikastlanishiga olib kelmasa, oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
141-modda. Koʻzdan kechirish bayonnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi koʻzdan kechirish oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi, sud esa koʻzdan kechirish jarayonini va uning natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnomada koʻzdan kechirish davomida topilgan barcha narsalar, ular qanday tartibda koʻzdan kechirilgan boʻlsa, xuddi shu tartibda, koʻzdan kechirish paytida qanday holatda kuzatilgan boʻlsa, xuddi shu holatda qayd etiladi. Koʻzdan kechirish chogʻida topilgan va olingan barcha izlar, narsalar va hujjatlar sanab oʻtiladi. Olingan buyumning egasiga tegishli maʼlumotnoma yoki bayonnomaning nusxasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, bayonnomada: koʻzdan kechirish qaysi vaqtda, qanday ob-havoda va qanday yorugʻlikda oʻtkazilganligi; qanday ilmiy-texnika vositalari qoʻllanilganligi va qanday natijalar olinganligi; koʻzdan kechirishda koʻmaklashish uchun kimlar jalb qilinganligi va koʻmaklashish nimada oʻz aksini topganligi; qanday narsalar va hujjatlar qay tartibda va qanday muhr bilan muhrlanganligi; koʻzdan kechirilganidan keyin murda va ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsalarning qayerga yuborilganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: “Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma” (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 29-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2174).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-bob. GUVOHLANTIRISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohlantirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) odamning badanidagi ish uchun ahamiyatga molik xususiyat yoki alomatlarni, alohida belgilarni, uning jismoniy rivojlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, dogʻlarni, tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni topish zarurati tugʻilgan hollarda, agar buning uchun ekspertiza oʻtkazish lozim boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ekspertiza oʻtkazishni talab qilmaydigan usullarni qoʻllash yoʻli bilan shaxsning mastlik va boshqa fiziologik holatini aniqlash zarurati tugʻilgan hollarda oʻtkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-son “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
143-modda. Guvohlantiriladigan shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchi guvohlantirilishlari mumkin. Guvoh uning koʻrsatuvlari toʻgʻriligini tekshirish uchungina guvohlantirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
144-modda. Guvohlantirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchining badanida jinoyat izlari, ish uchun ahamiyatga molik boshqa belgilar yoki uning gʻayritabiiy fiziologik holati toʻgʻrisida yetarli maʼlumotlar boʻlsa, guvohlantirishni oʻtkazish haqida surishtiruvchi yoki tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorda yoki ajrimda: guvohlantirishni kim va qanday maqsadda oʻtkazishi; kimni guvohlantirish kerakligi; guvohlantirilishi uchun shaxs kimning huzuriga va qachon yetib kelishi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
145-modda. Guvohlantirish haqidagi qarorning yoki ajrimning majburiyligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchining, tergovchining guvohlantirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori yoki sudning shu toʻgʻridagi ajrimi qaysi shaxs xususida chiqarilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga nisbatan majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohlantirishdan bosh tortayotgan shaxslar majburiy keltirilishi va guvohlantirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
146-modda. Guvohlantirishni oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohlantirishni oʻtkazish haqidagi qaror yoki ajrim guvohlantiriluvchiga eʼlon qilinadi. Guvohlantirishning barcha ishtirokchilariga ularning huquq va burchlari tushuntirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsni yechintirib yalangʻochlash, shuningdek uning badanidagi tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni aniqlash bilan bogʻliq boʻlmagan guvohlantirish surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan xolislar ishtirokida, zarur hollarda esa, shifokor yoki boshqa mutaxassis ishtirokida oʻtkaziladi. Ushbu turdagi guvohlantirish taraflar ishtirokida sud tomonidan ham oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsni yechintirib yalangʻochlash yoki uning badanidagi tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek ushbu Kodeks 142-moddasining ikkinchi bandida nazarda tutilgan guvohlantirish surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning topshirigʻiga binoan shifokor yoxud boshqa mutaxassis tibbiy xodim tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
147-modda. Guvohlantirish bayonnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohlantirish oʻtkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa guvohlantirish jarayoni va natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomada guvohlantirish oʻtkazgan shaxsning hamma harakatlari va guvohlantirish davomida aniqlangan barcha izlar, xususiyatlar va belgilar qayd etilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohlantirish shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan oʻtkazilgan boʻlsa, u bayonnoma tuzadi va imzolaydi, guvohlantirilgan shaxs va xolislar ham imzolaganidan soʻng bayonnomani tegishincha surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-bob. MURDANI EKSGUMATSIYA QILISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
148-modda. Murdani eksgumatsiya qilish asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻzdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chiqarib olish zarur boʻlgan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi bu haqda qaror chiqaradi va prokurorning sanksiyasini oladi. Sud eksgumatsiyani surishtiruv organiga yoki tergovchiga topshirishi mumkin boʻlib, bu haqda ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
149-modda. Murdani eksgumatsiya qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud murdani eksgumatsiya qilishni sogʻliqni saqlash organlari bilan kelishgan holda va murda koʻmilgan joy vakilining ishtirokida amalga oshiradi. Eksgumatsiya surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida amalga oshirilayotgan boʻlsa, xolislarning ishtirok etishi shart. Sud eksgumatsiyani taraflar ishtirokida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murdani eksgumatsiya qilishda sud tibbiyoti sohasidagi mutaxassis shifokor, zarur boʻlsa, boshqa mutaxassislar ham qatnashadilar. Agar ekspertiza tayinlangan boʻlsa, eksgumatsiya oʻtkazishda sud tibbiyoti ekspertining ishtirok etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda, eksgumatsiyani oʻtkazishga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek murdani tanib olishi mumkin boʻlgan shaxslar jalb qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
150-modda. Murdani eksgumatsiya qilish bilan bogʻliq protsessual harakatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksgumatsiya ekspertiza qilish maqsadida oʻtkazilayotgan boʻlsa, ekspertiza oʻtkazish haqida qaror yoki ajrim chiqarilishi lozim. Bunda murda ekspertiza muassasasiga joʻnatiladi yoki ekspertiza murda koʻmilgan joyning oʻzida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murdani koʻzdan kechirish, tanib olish va ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish ushbu Kodeksning 125, 126, 131, 138, 188 — 191, 193 va 197-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
151-modda. Murdani eksgumatsiya qilish bayonnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksgumatsiya jarayoni va natijalarini sud majlisining bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomaga qabr, tobut va murdaning fotosuratlari, kinotasvir va videoyozuvlari ilova qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murda eksgumatsiya qilinganidan soʻng koʻzdan kechirish, tanib olish yoki ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish amalga oshirilgan boʻlsa, mazkur tergov harakatlari toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
152-modda. Murdani eksgumatsiyadan soʻng koʻmish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksgumatsiyadan va boshqa protsessual harakatlardan soʻng murdani koʻmish murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida qaror yoki ajrim chiqargan shaxsning ishtirokida amalga oshiriladi. Murda koʻmilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisida nizom”ning 40-bandi, Toshkent shahar hokimining 2016-yil 10-oktabrdagi 921-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Toshkent shahriga tegishli dafn etish joylarini saqlash qoidalari”ning 27-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-bob. EKSPERIMENT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi va sud guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilarning koʻrsatuvlarini, boshqa dalillarni, shuningdek ish yuzasidan qilingan tusmol, tekshirilayotgan hodisaga oid muayyan harakatlar, sharoit va holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar oʻtkazish orqali tekshirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksperiment biror hodisani idrok qilish, muayyan harakatlarni bajarish, biror hodisaning sodir boʻlish imkoniyatini tekshirish, shuningdek hodisaning yuz berish va izlarning qolish yoʻsinlarini aniqlash uchun oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
154-modda. Eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Eksperiment natijasida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mulkiy zarar yetkazilishi, ishlab chiqarish tartibotining, transport vositalari harakati jadvalining buzilishi va boshqa noxush oqibatlarning kelib chiqishi ehtimol boʻlsa, surishtiruvchining, tergovchining bunday eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaroriga prokuror sanksiya berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksperiment jamoat tartibi yoki axloq normalarining buzilishiga olib keladigan boʻlsa, uni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert tomonidan oʻtkaziladigan eksperiment sud ekspertizasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
155-modda. Eksperimentni oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi yoki tergovchi eksperimentni xolislar, sud esa taraflar ishtirokida oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksperiment oʻtkazishga mutaxassis va ekspert, shuningdek tajriba harakatlarini olib boruvchi shaxslar jalb qilinishi mumkin. Murakkab eksperimentlar kamida ikki nafar xolis va bir necha mutaxassis ishtirokida oʻtkazilishi mumkin. Eksperiment oʻtkazishga, shuningdek koʻrsatuvlari tekshirilishi lozim boʻlgan shaxslar ham jalb qilinishi lozim. Bunda guvohlar va jabrlanuvchilar koʻrsatuv berishdan boʻyin tovlaganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilishi lozim. Eksperiment ishtirokchilariga uning maqsadi va oʻtkazilish tartibi tushuntiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tajriba harakatlarini oʻtkazishdan oldin oʻrganilayotgan hodisa sharoitlari tekshirilayotgan koʻrsatuv yoki tusmollarga toʻla muvofiq holda tiklangan boʻlishi lozim. Buning uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarning har biriga alohida-alohida oʻzi qatnashgan yoki shohid boʻlgan hodisaning sharoit va holatlarini tiklash taklif qilinishi mumkin. Shundan keyin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli tajriba harakatlarini oʻtkazadi, shu maqsadda oʻlchash, fotosuratga tushirish, kinotasvirga olish, ovoz yozish, videoyozuv, reja, sxema va chizmalar tuzish, eksperimental qoliplar va izlarning nusxalarini tayyorlash mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksperiment oʻtkazish sharoiti tiklanayotgan harakat yoki hodisalar yuz bergan sharoitga iloji boricha oʻxshash boʻlishi lozim. Tajribalar imkon boricha bir necha marta oʻtkaziladi. Tajribalarning sharoitlari oʻzgartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, mutaxassis va ekspertga eksperiment yuzasidan savol berilishi mumkin. Sudning ijozati bilan eksperimentda ishtirok etayotgan shaxslarga taraflar ham savol berishi mumkin. Taraflar va eksperimentda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar surishtiruvchining, tergovchining va sudning eʼtiborini, ularning fikricha ish holatini aniqlashga yordam berishi mumkin boʻlgan barcha holatlarga qaratishga, eksperiment sharoitiga aniqlik kiritishni va tajriba harakatlarini takrorlashni talab qilishga haqlidir. Koʻrsatuvi tekshirilayotgan shaxs eksperiment munosabati bilan oʻzining qoʻshimcha soʻroq qilinishini talab qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
156-modda. Eksperiment bayonnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksperiment oʻtkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksperimentning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi. Bundan tashqari, bayonnomada: eksperiment qanday maqsadda, qachon, qayerda va qanday sharoitda oʻtkazilganligi; hodisaning sharoitini va holatini tiklash aynan nimalarda oʻz aksini topganligi; qanday tajriba harakatlari qay tartibda, kim tomonidan va necha marta oʻtkazilganligi; qanday natijalar olinganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-bob. OLIB QOʻYISH VA TINTUV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
157-modda. Olib qoʻyish uchun asoslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarning aynan kimda va qayerda ekanligi maʼlum boʻlib, ularni qidirishning hojati boʻlmasa, surishtiruvchi, tergovchi va sud ularni olib qoʻyishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
158-modda. Tintuv oʻtkazish uchun asoslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi va tergovchi biror turar joy, xizmat, ishlab chiqarish binosida yoki oʻzga joyda yoxud biror shaxsda ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsa yoki hujjatlar bor deb oʻylash uchun yetarli maʼlumotga ega boʻlgan taqdirda tintuv oʻtkazishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
159-modda. Olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida qaror yoki ajrim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib qoʻyish yoki tintuv surishtiruvchi yoki tergovchining qarori yoxud sudning ajrimiga koʻra oʻtkaziladi, bunda ular olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazishni surishtiruv organiga yoki tergovchiga topshirishga haqlidirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda bu harakatlar qayerda va kimnikida oʻtkazilishi zarurligi, qaysi narsa yoki hujjatlarning qidirib topilishi va olib qoʻyilishi lozimligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish jarayonida bu harakatlar uyida oʻtkazilayotgan shaxsning oʻzi yoki hech boʻlmaganda uning voyaga yetgan oila aʼzolaridan birining ishtirok etishi taʼminlanishi lozim. Basharti ularning ishtirok etishini taʼminlashga imkon boʻlmasa, tegishli hokimlik yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining vakili taklif qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, harbiy qismlar joylashgan binolarda olib qoʻyish yoki tintuv ularning vakillari ishtirokida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tintuv qilinayotganlarga, xolislarga, mutaxassislarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, harbiy qismlarning vakillariga tintuv yoki olib qoʻyish oʻtkazilishidan avval ularning surishtiruvchi yoki tergovchining barcha harakatlari chogʻida hozir boʻlish hamda ana shu harakatlar xususida arz qilish huquqlari tushuntirilishi kerak. Bunday arz bayonnomaga kiritilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
161-modda. Olib qoʻyish va tintuv oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tintuv surishtiruvchi yoki tergovchining asoslantirilgan qaroriga binoan, prokurorning sanksiyasi bilan oʻtkaziladi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda tintuv prokurorning sanksiyasisiz oʻtkazilishi mumkin, lekin bunday holda keyinchalik shu oʻtkazilgan tintuv haqida yigirma toʻrt soat ichida prokurorga xabar qilinadi. Kechiktirib boʻlmaydigan holatlar surishtiruvchi yoki tergovchining prokurorga yuborgan xabarnomasida asoslantirilishi lozim. Xabarnomaning nusxasi ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi yoki tergovchi olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga asosan ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsa va hujjatlarni qidirib topish maqsadida turar joyga yoki boshqa binoga kirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazishga kirishishdan oldin olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazilayotgan shaxsni qaror yoki ajrim bilan tanishtirib imzo qoʻydirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazilayotgan binoda yoki oʻzga joyda turgan shaxslarning olib qoʻyish yoki tintuv tamom boʻlgunga qadar shu bino yoki joydan chiqib ketishini, shuningdek ularning bir-birlari bilan yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishini taqiqlab qoʻyishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi olib qoʻyish chogʻida qaror yoki ajrim bilan tanishtirganidan soʻng olinishi lozim boʻlgan narsa va hujjatlarni ixtiyoriy ravishda berishni taklif qiladi, taklif rad etilgan taqdirda majburiy ravishda oladi. Basharti bu narsa va hujjatlar olib qoʻyishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilgan joydan topilmasa, u holda tintuv oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi tintuv oʻtkazishga kirishayotganida qaror yoki ajrim taqdim etganidan soʻng, olib qoʻyilishi kerak boʻlgan narsa va hujjatlarni berishni taklif qiladi. Basharti ular ixtiyoriy ravishda berilsa, olib qoʻyish bayonnomasi tuziladi. Agar qidirilayotgan narsa yoki hujjatlar berilmasa yoxud toʻliq holda topshirilmagan boʻlsa, tintuv oʻtkaziladi. Tintuv chogʻida bu xususdagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilgan narsa yoki hujjatlar qidiriladi va olinadi. Ish uchun ahamiyatga molik boshqa narsa yoki hujjatlar, shuningdek saqlanishi taqiqlangan ashyolar topilgan taqdirda, ular ham olib qoʻyilishi lozim. Surishtiruvchini, tergovchini bu narsa yoki hujjatlarni olib qoʻyishga undagan asoslar tintuv oʻtkazilganligi haqidagi bayonnomada aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olinayotgan narsa va hujjatlarning hammasi xolislarga, olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazishda ishtirok etgan boshqa shaxslarga koʻrsatiladi, bayonnomada toʻliq aks ettiriladi, zarurat boʻlgan taqdirda oʻralib, muhrlanadi. Oʻralgan va muhrlangan narsa va hujjatlarni keyingi tergov davomida ochishga faqat xolislar ishtirokida yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish vaqtida yopiq binolarni yoki buyumlar saqlanadigan joyni uning egasi oʻz ixtiyori bilan ochib berishdan bosh tortsa, surishtiruvchining, tergovchining oʻzi ularni ochishga haqlidir. Bunda zarurat boʻlmaganda qulflar, eshiklar va boshqa narsalarning shikastlantirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi hamda uydagi saranjomlik buzilmasligi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni 29-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 143-sonli “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3538, 30.07.2024-y.).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
162-modda. Shaxsiy tintuv va olib qoʻyish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 157 va 158-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda surishtiruvchi yoki tergovchi shaxsning kiyimlari, uning yonidagi buyumlari ichidan yoki badanidan topilgan, ish uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarni olib qoʻyishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsiy tintuv va olib qoʻyish ushbu Kodeksning 157 — 161-moddalarida koʻrsatilgan qoidalar asosida oʻtkaziladi. Ammo shaxsiy tintuv va olib qoʻyish quyidagi hollarda alohida qaror yoki ajrim chiqarilmasdan oʻtkazilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) jamoat tartibini saqlashga doir burchini bajarayotgan militsiya xodimi tomonidan gumon qilinuvchini ushlash chogʻida ushlanuvchining yonida qurol borligiga yoxud jinoyat sodir etganligini fosh qiladigan dalillardan qutulmoqchi ekanligiga yetarli asoslar boʻlganda (ushbu Kodeksning 224-moddasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) gumon qilinuvchi militsiyaga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinib, uni ushlash haqida ushbu Kodeksning 225-moddasiga asosan bayonnoma tuzilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilayotganida, basharti uning yonida qurol, shuningdek saqlanishi man etilgan buyumlar yoxud ish uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlar boʻlishi mumkin deb oʻylashga yetarli asoslar boʻlganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazilayotgan binoda yoki boshqa joyda turgan shaxs olib qoʻyish va tintuv oʻtkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga koʻra olinishi zarur boʻlgan narsa yoki hujjatlarni oʻz yonida yashirincha saqlamoqda deb oʻylash uchun yetarli asoslar boʻlganida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsiy tintuv hamda narsa va hujjatlarni olib qoʻyish tintilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan mutaxassis hamda xolislar ishtirokida oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
163-modda. Olib qoʻyish yoki tintuv bayonnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazilgani toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda bayonnoma tuzadi. Sud tomonidan oʻtkazilgan narsa va hujjatlarni olib qoʻyish natijalari sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnomada narsa va hujjatlarning aynan qayerda va qanday sharoitda topilganligi, ixtiyoriy ravishda berilganligi yoki majburiy ravishda olinganligi koʻrsatilishi lozim. Barcha olingan narsa va hujjatlar bayonnomada birma-bir qayd qilinib, ularning miqdori, oʻlchovi, ogʻirligi, har qaysisining oʻziga xos belgilari koʻrsatilishi, zarurat boʻlgan taqdirda oʻralishi va muhrlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib qoʻyish yoki tintuv vaqtida izlanayotgan narsa va hujjatlarni yoʻq qilishga yoki yashirishga urinish hollari sodir boʻlgan taqdirda, bu hol surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan koʻrilgan choralar ham koʻrsatilib bayonnomada aks ettirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
164-modda. Olib qoʻyish yoki tintuv toʻgʻrisidagi qaror va bayonnomaning nusxasini topshirish shartligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib qoʻyish yoki tintuv toʻgʻrisidagi qaror va bayonnomaning nusxasi yo sud majlisining olib qoʻyishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi bayonnomasidan koʻchirma tintilgan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila aʼzolariga, ular boʻlmagan taqdirda esa, tegishli hokimlik yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi. Zarur hollarda mazkur shaxslarga olib qoʻyilayotgan hujjatlarning nusxalari beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
165-modda. Diplomatiya vakolatxonalarining binolaridan va diplomatiya vakillaridan olib qoʻyish yoki ularda tintuv oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib qoʻyish yoki tintuv diplomatiya vakolatxonasi hududida oʻtkazilayotganda diplomatiya vakolatxonalari va ularning diplomatiya daxlsizligiga ega boʻlgan xodimlari, shuningdek ularning oila aʼzolari egallab turgan binolarda faqat diplomatiya vakolatxonasi boshligʻining iltimosiga koʻra yoki uning roziligi bilan oʻtkazilishi mumkin, diplomatiya vakolatxonasi xodimlarining yoki ularning voyaga yetgan oila aʼzolarining istiqomat joylarida yoxud ular egallab turgan boshqa binolarda olib qoʻyish va tintuv ularning iltimoslariga koʻra yoki roziliklari bilan oʻtkazilishi mumkin. Koʻrsatilgan imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinmagan boʻlsa-da diplomatiya daxlsizligiga ega boʻlgan ajnabiy vakillarga va ularning oila aʼzolariga ham beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diplomatiya daxlsizligiga ega boʻlgan shaxsga va uning oila aʼzolariga nisbatan shaxsiy tintuv yoki olib qoʻyish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga rioya qilgan holda oʻtkazilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisida”gi nizom 3.1 bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 4.5 va 6.1 bandlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diplomatiya vakili yoki uning oila aʼzolarining olib qoʻyishga yoki tintuv oʻtkazishga roziligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali soʻraladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisida”gi nizomning 2.1 bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diplomatiya vakolatxonalari va diplomatiya daxlsizligidan foydalanadigan vakillar, shuningdek ularning oila aʼzolari joylashgan binolarda tintuv yoki olib qoʻyish oʻtkazish chogʻida prokuror va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining vakili hozir boʻlishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisida”gi nizomning 2.1 bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi boshqa shaxslarga yuborgan yoxud boshqa shaxslar gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yuborgan pochta-telegraf joʻnatmalarida sodir etilgan jinoyatga doir maʼlumotlar yoki ish uchun ahamiyatga molik hujjatlar va buyumlar bor deb gumon qilish uchun yetarlicha asoslar boʻlganda, surishtiruvchi, tergovchi, sud bu shaxslarning barcha pochta-telegraf joʻnatmalarini yoki ularning ayrimlarini xatlab qoʻyishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xatlab qoʻyilishi mumkin boʻlgan pochta-telegraf joʻnatmalariga barcha turdagi xatlar, telegrammalar, radiogrammalar, banderollar, posilkalar, pochta konteynerlari kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida surishtiruvchi va tergovchi prokurorning sanksiyasi olingan qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimda: joʻnatmalari ushlab turilishi lozim boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; bu shaxsning aniq manzili; xatlanayotgan pochta-telegraf joʻnatmalarining turi; xatlash chorasining muddati; joʻnatmalarni ushlab turish va bu haqda surishtiruvchi yoki tergovchiga maʼlum qilish qaysi aloqa muassasasiga yuklatilganligi koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ajrimida pochta-telegraf joʻnatmalarini sudga yetkazib berish haqida aloqa muassasasiga koʻrsatma berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash haqidagi qaror yoki ajrim tegishli aloqa muassasasining boshligʻi nomiga yuboriladi va uni bajarish mazkur boshliq uchun majburiydir. Bu qarorni yoki ajrimni bajarmaslik yoki uning oshkor etilishi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aloqa muassasasining boshligʻi surishtiruvchi, tergovchining qarorida yoki sudning ajrimida koʻrsatilgan xat-xabarlar va boshqa joʻnatmalarni ushlab turadi hamda bu haqda surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga darhol maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
167-modda. Pochta-telegraf joʻnatmalarini koʻzdan kechirish va olib qoʻyish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi yoki tergovchi aloqa muassasasiga borib, ushlangan pochta-telegraf joʻnatmalarini xolislar ishtirokida, zarurat boʻlganda esa, tegishli mutaxassis ishtirokida ochib, koʻzdan kechiradi. Ish uchun ahamiyatga molik maʼlumotlar, hujjatlar, narsalar topilgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi pochta-telegraf joʻnatmalarini olib qoʻyadi yoxud ulardan nusxa koʻchirish bilan chegaralanadi. Agar koʻzdan kechirilgan joʻnatmalarda ish uchun ahamiyatga molik maʼlumotlar, hujjatlar, narsalar boʻlmasa, surishtiruvchi, tergovchi ularni egalariga yetkazish yoki oʻzi belgilagan muddatgacha ushlab turish haqida koʻrsatma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlangan joʻnatmalar koʻzdan kechirilgan har bir holda bayonnoma tuzilib, unda qaysi pochta-telegraf joʻnatmalari koʻzdan kechirilganligi, nimalar olinganligi va nimalar egalariga yuborilishi, nimalar esa vaqtincha ushlab qolinishi kerakligi, qaysi joʻnatmalardan nusxalar olinganligi koʻrsatilishi lozim. Bayonnoma ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
168-modda. Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyishni bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish chorasini qoʻllashga zarurat qolmasa, bu chora xatlab qoʻygan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan bekor qilinadi. Dastlabki tergov davomida ish tugatilganda, birinchi instansiya sudida esa, ishni tugatish haqida ajrim chiqarilganda yoxud hukm qonuniy kuchga kirgach, xatlab qoʻyish chorasi bekor qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-bob. TELEFON VA BOSHQA SOʻZLASHUV QURILMALARI ORQALI OLIB BORILADIGAN SOʻZLASHUVLARNI ESHITIB TURISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
169-modda. Telefon va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish boʻyicha toʻplangan dalillar ish uchun ahamiyatga molik xabarlarni olish mumkinligiga yetarli darajada asos boʻla olsa, surishtiruvchi, tergovchi telefon va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali soʻzlashuvlarni eshitib turish toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
170-modda. Telefon va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining telefon va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarini eshitib turish surishtiruvchi, tergovchi prokurorning sanksiyasini olib chiqargan qarorga binoan yoki sud ajrimiga koʻra amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchiga, guvohga, shuningdek ularning qarindoshlari va yaqinlariga nisbatan kuch ishlatish, tovlamachilik yoki boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etish xavfi mavjud boʻlsa, bu shaxslarning arizalari boʻyicha yoki ularning yozma roziligi va prokurorning sanksiyasi bilan yoxud sudning ajrimiga koʻra ularning telefon yoki boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali boʻladigan soʻzlashuvlarini eshitib turish amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, prokurorni keyinchalik darhol yozma ravishda xabardor etish sharti bilan, uning sanksiyasisiz soʻzlashuvlarni eshitib turish toʻgʻrisidagi qarorni milliy xavfsizlik xizmati organlariga yuborishga haqlidir. Prokurorning sanksiyasisiz soʻzlashuvlarni eshitib turish toʻgʻrisidagi qaror bir sutka davomida qonuniy kuchga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telefon va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim unda eshitiladigan axborotlar xususiyati va hajmi, shuningdek, soʻzlashuvlarni eshitib turishning borishini va natijalarini qayd etish shakli belgilanib, milliy xavfsizlik xizmati organlariga ijro etish uchun yuboriladi. Soʻzlashuvlarni eshitib turish olti oydan ortiq davom etishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Telefon va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish chogʻida ovoz yozish moslamalari qoʻllanilishi lozim. Soʻzlashuv fonogrammasi aks ettirilgan magnit tasmasi tergov harakati bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
171-modda. Telefon va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish bayonnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eshitib turish va ovoz yozishni amalga oshirgan shaxs ishga aloqador soʻzlashuvlar fonogrammasi mazmunining qisqacha bayonnomasini tuzadi. Fonogramma muhrlanadi va bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi, uning ish uchun ahamiyatli boʻlmagan qismi hukm qonuniy kuchga kirganidan keyin yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eshitib turish va ovoz yozish bayonnomasida abonent raqami, eshitib turish va ovoz yozish vaqti va joyi, foydalanilgan texnikaviy vositalar turi va modeli, bu ishlarni amalga oshirgan shaxslarga oid maʼlumotlar hamda ish uchun ahamiyati boʻlishi mumkin deb hisoblangan boshqa maʼlumotlar aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-bob. EKSPERTIZA
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
172-modda. Ekspertiza tayinlash uchun asoslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish uchun ahamiyatli holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni fan, texnika, sanʼat yoki kasb sohasi boʻyicha bilimi boʻlgan shaxs oʻtkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin boʻlganda ekspertiza tayinlanadi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, mutaxassislar, xolislarning bunday bilimlarga ega boʻlishi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert oldiga qoʻyilgan savollar va uning bergan xulosasi ekspertning maxsus bilimlari doirasidan tashqari chiqishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertizani ushbu Kodeksda belgilangan tartibga xilof ravishda oʻtkaziladigan tekshiruv bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Idoraviy tekshiruv xulosasi, taftish hujjatlari, mutaxassislar maslahati ekspertiza oʻtkazish zaruratini istisno etmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 6-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 15 va 16-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
173-modda. Ekspertiza tayinlash va oʻtkazishning shartligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti, ish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) oʻlimning sababini, yetkazilgan tan jarohatlarining xususiyati va ogʻirlik darajasini;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) jinsiy aloqada boʻlganlikni, homiladorlik holatini va homilani sunʼiy yoʻl bilan tushirish belgilarini;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi uchinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchining yoshini, agar bu haqda hujjatlar boʻlmasa yoki hujjatlar shubha tugʻdirsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining, ustidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga doir ish yuritilayotgan shaxsning ruhiy va jismoniy ahvolini hamda ularning gʻayrihuquqiy qilmishni sodir etayotgan paytda oʻz harakatlarini idrok etish va idora qilish layoqatini, shuningdek jinoiy javobgarlikning ahamiyatini tushunish, jinoyat protsessida koʻrsatuvlar berish hamda oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuni 30-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 27-bandining ikkinchi xatboshi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) jabrlanuvchining, guvohning ruhiy va jismoniy holatini hamda ular ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarni idrok qilish, esda saqlash va soʻroq qilganda ifodalab berish layoqatiga ega ekanliklarini, shuningdek jabrlanuvchining jinoyat protsessi chogʻida oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) tanosil va boshqa yuqumli kasalliklarga chalingan, surunkali ichkilikbozlikka va giyohvandlikka duchor boʻlgan shaxslarni davolash zarurligini va imkoniyatlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) giyohvandlik vositalari va ularning turlari mavjudligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) pul belgilari, qimmatli qogʻozlar va boshqa hujjatlar qalbakilashtirilganligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) portlashlar, halokatlar va boshqa favqulodda hodisalarning texnikaviy sabablarini aniqlash zarur boʻlganda ekspertiza tayinlash va oʻtkazish shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlashda ham, agar buning uchun maxsus bilimlarni qoʻllash zarur boʻlsa va bu holatlar isbotlashning boshqa vositalari bilan puxta aniqlanmagan boʻlsa, ekspertiza oʻtkazish shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandining beshinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
174-modda. Ekspert etib tayinlanadigan shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertizani ekspertiza muassasalarining, boshqa davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining mutaxassislari yoki surishtiruvchi, tergovchi yoxud sud tayinlagan boshqa bilimdon shaxslar oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiyot, sud-psixiatriya, sud-psixologiya, sud-avtotexnika, sud-buxgalteriya, kriminalistika ekspertizalarini faqat ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, alohida hollarda esa, davlatga qarashli boshqa muassasalarning mutaxassislari oʻtkazadilar. Alohida hollar ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda asoslantirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, sudning ekspert etib tayinlangan shaxsni chaqirish va uning ekspertiza oʻtkazishi toʻgʻrisidagi talabi shu shaxs ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot rahbari uchun majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
175-modda. Ekspertiza obyektlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert tomonidan tekshiriladigan obyektlar jumlasiga: ashyoviy dalillar va ekspert tekshiruvi uchun olingan namunalar; ekspertiza orqali daliliy ahamiyati aniqlanadigan boshqa moddiy obyektlar; tirik odamning badani; ruhiy holati; murda; hujjatlar kirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert tekshirishi lozim boʻlgan obyektlar, agar ularning hajmi va xususiyatlari imkon bersa, ekspertga oʻralgan va muhrlangan holda berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirishni oʻtkazish vaqtida ekspertiza moddiy obyekti tekshiruv uchun qay darajada zarur boʻlsa, shu darajada buzilishi yoki ishlatilishi mumkin. Ekspertiza oʻtkazib boʻlingandan keyin oʻsha tekshirish obyektlari toʻla sarf qilinmay ortib qolgan boʻlsa, ekspertiza tayinlagan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza obyektlari ekspertiza muassasalarida, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarida va sudlarda ashyoviy dalillarni saqlash qoidalariga rioya qilingan holda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
176-modda. Qoʻshimcha va qayta ekspertiza oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshimcha ekspertiza ekspert xulosasidagi kamchiliklarni toʻldirish uchun tayinlanadi va shu ekspertning oʻzi yoki boshqa ekspert tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertning xulosasi asoslantirilmagan yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilgan hollarda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonarsiz deb topilganda yoki ekspertiza oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta ekspertiza oʻtkazish tayinlanganda ekspert oldiga ilgari foydalanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisida masala qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda birinchi ekspertiza xulosasiga qoʻshilmaganlik sabablari koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta ekspertiza oʻtkazish boshqa ekspertga topshiriladi. Birinchi ekspertizani oʻtkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertiza oʻtkazishda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u ekspert tekshiruvi oʻtkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
177-modda. Komissiyaviy ekspertiza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murakkab ekspertizalar bir ixtisosdagi ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi mumkin. Ekspertlar oʻzaro maslahatlashib, umumiy fikrga kelganlaridan keyin xulosani imzolaydilar. Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchilik roʻy berganda har bir ekspert kelishmovchilik chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning komissiyaviy ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabi ekspertiza muassasasining rahbari uchun majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ekspertiza oʻtkazish ekspertiza muassasasiga topshirilgan boʻlsa, uning boshligʻi komissiyaviy ekspertizani oʻtkazishni oʻzi tashkil qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert tekshiruvini toʻla yoki qisman oʻtkazishni ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar bajarishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
178-modda. Kompleks ekspertiza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik biror holatni turli ilm sohalaridan foydalanib, bir necha tekshiruv oʻtkazish orqaligina aniqlash mumkin boʻlsa, kompleks ekspertiza tayinlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompleks ekspertiza doirasida har bir ekspert tomonidan aniqlangan holatlarga asoslanib, ular ushbu ekspertizada aniqlanishi lozim boʻlgan holat toʻgʻrisida yakuniy xulosa chiqaradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompleks ekspertiza oʻtkazishda qatnashayotgan har bir ekspert ularning har biri oʻzi aniqlaydigan holatlar hajmi va majmuidan qatʼi nazar, tekshiruvni mustaqil amalga oshiradi, buning uchun shaxsan javobgar boʻladi va faqat oʻz vakolati doirasida xulosa beradi. Ekspert kompleks ekspertiza xulosasining faqat oʻz vakolatiga taalluqli qismini imzolaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza oʻtkazish ekspertiza muassasasiga topshirilgan boʻlsa, kompleks tekshiruvni tashkil qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
179-modda. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ekspertiza tayinlash va oʻtkazishdagi huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ekspertiza tayinlash va oʻtkazishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ekspertiza oʻtkazilgunga qadar ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim bilan tanishib chiqish va oʻziga berilgan huquqlar tushuntirilishini talab qilish. Bu haqda bayonnoma tuziladi yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ekspertni rad etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) oʻzi koʻrsatgan shaxslar orasidan ekspert tayinlanishini iltimos qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ekspert xulosa berishi uchun uning oldiga qoʻshimcha savollar qoʻyish, qoʻshimcha materiallar taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ekspertiza oʻtkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, sudning ruxsati bilan hozir boʻlish, ekspertdan tekshiruv vaqtida qoʻllayotgan usullarining va olingan natijalarning mohiyatini tushuntirib berishni talab qilish, ekspertga tushuntirishlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ekspert xulosasi bilan tanishib chiqish va qoʻshimcha yoki qayta ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida iltimos qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanab oʻtilgan huquqlardan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanayotgan shaxs ham, agar bunga uning ruhiy holati imkon bersa, foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
180-modda. Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Unda: ekspertiza tayinlash uchun asos boʻlgan sabablar; ekspertizaga yuborilayotgan ashyoviy dalillar va boshqa obyektlar, ularning qachon, qayerda va qaysi holatda topilganligi va olinganligi; ish materiallari boʻyicha ekspertiza oʻtkazishda esa ekspert xulosasi asoslanishi lozim boʻlgan maʼlumotlar; ekspert oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertiza muassasasining nomi yoki ekspertiza oʻtkazish topshirilgan shaxsning familiyasi koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murakkab tibbiy tekshiruv usullaridan, shuningdek kuchli ogʻriq berish bilan bogʻliq usullardan majburiy foydalanishga faqat ekspertiza oʻtkazilayotgan shaxsning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Basharti bunday shaxs oʻn olti yoshga toʻlmagan yoki ruhiy kasal boʻlsa, ekspertiza uning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
182-modda. Ekspertiza muassasasida ekspertiza oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, sud ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida oʻzi chiqargan qarorni yoki ajrimni, tekshiriladigan obyektlarni, zarur hollarda jinoyat ishini ham ekspertiza muassasasining rahbariga yuboradi. Qaror yoki ajrimda muayyan ekspert koʻrsatilmagan boʻlsa, ekspertiza muassasasining rahbari shu muassasa xodimlaridan qaysi biri ekspertiza oʻtkazishi toʻgʻrisida farmoyish chiqaradi. Bu haqda u ekspertizani tayinlagan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza muassasasining rahbari ekspertiza oʻtkazishni tashkil qiladi, tekshiriladigan obyektning saqlanishini taʼminlaydi, ekspertizani oʻtkazish muddatini belgilaydi. Ekspertiza muassasasining rahbari ekspertiza muassasasida ishlamaydigan mutaxassislarni ekspertizani tayinlagan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning roziligi bilangina ekspertiza oʻtkazish uchun jalb etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
183-modda. Ekspertiza muassasasidan tashqarida ekspertiza oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza ekspertiza muassasasidan tashqarida oʻtkaziladigan boʻlsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida qaror yoki ajrim chiqargandan keyin ekspertiza oʻtkazish topshirilayotgan shaxsni chaqirtiradi, uning shaxsi va malakasini, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, jabrlanuvchiga boʻlgan munosabatini va uni rad etishga asoslar bor-yoʻqligini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertizani tayinlagan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertga ekspertiza tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qarorni yoki ajrimni taqdim etadi, uni ushbu Kodeksning 68-moddasida koʻrsatilgan huquq va majburiyatlari bilan tanishtiradi va xulosa berishdan boʻyin tovlaganlik, shuningdek bila turib yolgʻon xulosa berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiradi. Ekspert bergan ariza va iltimosnomalar ham shu zaylda qayd etiladi. Ekspertning iltimosi rad etilsa, ekspertiza tayinlagan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi yoki guvohning badanini yoxud ruhiy holatini tekshirish zarurati paydo boʻlsa, ekspertiza tayinlagan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ularning ekspertga olib kelinishini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
184-modda. Ekspertning xulosasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert zaruriy tekshirishlarni oʻtkazib boʻlganidan keyin oʻz nomidan yozma xulosa tuzadi va uni imzolab tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertning xulosasida: uning familiyasi, ismi va otasining ismi, maʼlumoti, ixtisosi, ushbu ixtisoslik boʻyicha staji, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi; xulosa berishdan boʻyin tovlaganlik va bila turib yolgʻon xulosa berganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ekspertning ogohlantirilganligi; ekspertiza qaysi protsessual qarorga asosan va qachon oʻtkazilganligi; uni oʻtkazish vaqtida kim hozir boʻlganligi; ekspert ishning qaysi materiallaridan foydalanganligi, qaysi ashyoviy dalillar, namunalar va boshqa obyektlar tekshiruvdan oʻtkazilganligi; xususan qanday tekshirishlar oʻtkazilganligi, qanday usullardan foydalanilganligi va ularning ishonchlilik darajasi; qoʻyilgan savollarga berilgan asosli javoblar, shuningdek ish uchun ahamiyatli boʻlgan va ekspert oʻz tashabbusi bilan aniqlagan holatlar koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert xulosasida jinoyat sabablari va uning sodir qilinishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek uni bartaraf qilishga doir tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar koʻrsatilgan boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirish oʻtkazilganidan qolgan ashyoviy dalillar, namunalar, boshqa obyektlar, shuningdek fotosuratlar, sxemalar, chizmalar ekspert xulosasiga qoʻshib qoʻyilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ekspertga berilgan materiallarning yetarli emasligi yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshiruv chogʻida maʼlum boʻlib qolsa, ekspertning xulosasi ayrim qoʻyilgan savollarga javob berishni rad etish asoslarini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
185-modda. Xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertga taqdim qilingan obyektlar ekspertiza oʻtkazish uchun yetarli boʻlmasa, ekspert qoʻshimcha materiallar berilishini soʻraydi, bunday materiallar boʻlmasa, shuningdek ekspert oldiga qoʻyilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin boʻlmasa, xulosa berish imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan hujjat tuzadi va uni ekspertiza muassasasining rahbariga va ekspertiza tayinlagan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
186-modda. Ekspertni soʻroq qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertning xulosasi yetarli darajada aniq boʻlmay, kamchiliklarini toʻldirish uchun qoʻshimcha tekshirish oʻtkazishga zarurat boʻlmasa yoki ekspert foydalangan usullarga aniqlik kiritish zarur boʻlib qolsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertni ushbu Kodeksning 98 — 108-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda soʻroq qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
187-modda. Ekspert xulosasini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert xulosasi surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan ish boʻyicha toʻplangan boshqa dalillar bilan birgalikda uning ilmiy asoslanganligi va ekspertiza oʻtkazish uchun belgilangan barcha protsessual qoidalarga rioya etilganligi nuqtai nazaridan baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertning xulosasi surishtiruvchi, tergovchi yoki sud uchun muqarrar daliliy kuchga ega emas. Xulosaga qoʻshilmaslik qarorda yoki ajrimda asoslab berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishi boʻyicha bir necha ekspertiza oʻtkazilgan va ekspertlar bir xil fikrga kelmagan boʻlsalar, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud baʼzi ekspertlarning xulosalariga qoʻshilish va boshqa ekspertlarning xulosalariga qoʻshilmaslik toʻgʻrisidagi oʻz fikrini asoslab berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-bob. EKSPERTIZA TEKSHIRUVI UCHUN NAMUNALAR OLISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
188-modda. Namunalarning turlari va ularni olish usullari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tirik odamning, murdaning, hayvonning, moddaning xususiyatlarini oʻzida aks ettiruvchi namunalar olishga, basharti ularni tekshirish ekspert oldiga qoʻyilgan savollarni hal qilish uchun zarur boʻlsa, haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tirik odamdan oʻzida uning xususiyatlarini aks ettiruvchi: biologik — qon, soch, soʻlak, inson organizmidan ajralib chiqadigan moddalar; psixofizik — dastxat; anatomik — teri naqshining chiziqlari, tish qoliplari; shuningdek ovozning xususiyatlari, kasb malakasini aks ettiruvchi namunalar olinishi mumkin. Murdani koʻzdan kechirishda ham tekshiruv oʻtkazish uchun kerakli moddiy namunalar olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namuna tariqasida xom ashyo, mahsulot va boshqa materiallardan moddaning turga oid yoki oʻziga xos fizik yoxud kimyoviy xossalarini aks ettiruvchi namunalar olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv oʻtkazish jarayonida ekspert gilza, oʻq, buzish asboblari va boshqa obyektlarning tajriba namunalarini tayyorlashga va ularning eksperimental izlariga qarab, oʻxshashlik yoki farqlanish masalasini hal etishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 9-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
189-modda. Namuna olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar va organlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert tekshiruvi namunalar olinadigan shaxsni yechintirib yalangʻochlash bilan bogʻliq boʻlmasa va alohida kasb mahoratini talab qilmasa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning oʻzi, zarurat boʻlganda esa shifokor, boshqa mutaxassis, ekspert ishtirokida ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish yalangʻoch boʻlishni taqozo etsa yoki alohida kasb mahoratini talab qilsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning topshirigʻiga binoan tekshiruv uchun namunalarni shifokor yoki boshqa tibbiy mutaxassis oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
190-modda. Namuna olinishi mumkin boʻlgan shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha ustidan ish yuritilayotgan shaxsdan olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hodisa sodir boʻlgan joyda yoki ashyoviy dalillarda boshqa shaxslar tomonidan ham iz qoldirilgan boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida yetarlicha asoslar boʻlgan taqdirda shu shaxslardan ham ekspert tekshiruvi uchun namuna olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
191-modda. Namuna olish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namuna olish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Unda: namuna oladigan shaxs yoki organ; namuna olinishi kerak boʻlgan shaxs; aynan qanday namuna va qancha miqdorda olinishi lozimligi; namuna olinadigan shaxs qachon va kimning huzuriga kelishi zarurligi; olingan namunaning qachon va kimga taqdim qilinishi kerakligi koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
192-modda. Namuna olishda majburlov chegarasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzidan namuna olinishi uchun kelishdan bosh tortayotgan gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar majburiy keltirilishi mumkin, bunda, basharti qoʻllaniladigan usullar ogʻriq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfsiz boʻlsa, ulardan majburlov yoʻli bilan namunalar olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 30-bobi (“Majburiy keltirish”).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzga shaxslardan namunalar faqat ushbu Kodeksning 190-moddasida nazarda tutilgan hollarda hamda tanosil kasalligi va boshqa yuqumli kasalliklarni aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan hollarda majburlov yoʻli bilan olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
193-modda. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan namunalar olish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi yoki tergovchi namuna olinishi kerak boʻlgan shaxsni chaqirtiradi yoki u turgan joyga borib, uni namuna olish toʻgʻrisidagi qaror yoki sudning oʻziga kelib tushgan ajrimi bilan tanishtirib tilxat oladi va bu shaxsga, mutaxassisga, xolislarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, agar kimdir rad etilgan boʻlsa, bu masalani hal qiladi. Keyin surishtiruvchi yoki tergovchi kerakli harakatlarni bajaradi va ekspert tekshiruvi uchun namunalar oladi. Bunda ogʻriq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfli boʻlmagan ilmiy-texnikaviy vositalar qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murdadan, shuningdek xom ashyolardan, mahsulotlardan, boshqa materiallardan namunalar olish eksgumatsiya qilish, olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olingan namunalar oʻraladi va muhrlanadi. Keyin surishtiruvchi yoki tergovchi ularni namuna olish bayonnomasi bilan birga tegishli ekspertga yuboradi. Agar namuna olish sudning ajrimiga binoan amalga oshirilgan boʻlsa, ushbu ajrimni bajargan surishtiruvchi yoki tergovchi namunalarni ularni olish toʻgʻrisidagi bayonnoma bilan birga sudga yuboradi. Sud taraflar ishtirokida namunalarni koʻzdan kechirib, ularning haqiqiyligiga va toʻla saqlanganligiga ishonch hosil qilgandan keyin olingan namunani ajrim va bayonnoma bilan birga tegishli ekspertga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
194-modda. Shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan namunalar olish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli shaxsni, shuningdek undan namuna olish toʻgʻrisidagi qarorni yoki ajrimni shifokorga yoki boshqa mutaxassisga yuboradi. Shifokorni, boshqa mutaxassisni, xolislarni rad etish masalasini qaror yoki ajrim chiqargan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shifokor yoki boshqa mutaxassis zarur harakatlarni bajaradi va ekspert tekshiruvi uchun namunalar oladi. Bunda ogʻriq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfli boʻlmagan ilmiy-texnikaviy vositalardan foydalanilishi mumkin. Namunalar oʻralib va muhrlanib, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirish uchun hayvonlardan namunalar olish zarurati tugʻilsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli qarorni yoxud ajrimni veterinarga yoki boshqa mutaxassisga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
195-modda. Ekspert tomonidan tajriba uchun namunalar olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv oʻtkazish jarayonida ekspert tomonidan ushbu Kodeks 188-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan tajriba namunalari tayyorlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi yoki tergovchi bunday namunalarni tayyorlash chogʻida hozir boʻlishga haqli boʻlib, bu hol ular tomonidan tuziladigan bayonnomada aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert tekshiruv oʻtkazib boʻlganidan keyin namunalarni muhrlangan holda oʻz xulosasiga qoʻshib qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi yoki tergovchi, sud muhokamasida esa sud va taraflar ekspert taqdim qilgan tajriba namunalarini koʻzdan kechiradilar, shundan soʻng ular ashyoviy dalil sifatida jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
196-modda. Namunalar olishda shaxs huquqlarining himoya qilinishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishda qoʻllaniladigan usullar va ilmiy-texnikaviy vositalar inson hayoti va salomatligi uchun xavfsiz boʻlishi lozim. Kuchli ogʻriq beradigan murakkab tibbiy tadbirlar va usullarni qoʻllash namuna olinishi lozim boʻlgan shaxsning roziligi bilan, basharti u oʻn olti yoshga toʻlmagan yoki ruhiy kasal boʻlsa, uning qonuniy vakili, vasiylari yoki homiylarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namuna olish namuna olinuvchini yechintirib yalangʻochlash bilan bogʻliq boʻlsa, shifokor, boshqa mutaxassis, xolislar namuna olinuvchi shaxs bilan bir jinsda boʻlishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
197-modda. Namunalar olish bayonnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olinganligi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa, oʻziga kelgan namunalarni sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
198-modda. Narsalarni ularning egasi boʻlmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari oʻz fikrlariga koʻra ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan narsalarni surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taqdim qilingan narsani ushbu Kodeksning 136, 137, 139 va 140-moddalarida bayon qilingan qoidalarga asosan koʻzdan kechirishi, agar taqdim qilingan narsani ish uchun ahamiyatli deb topsa yoki kelgusida ahamiyati boʻlishi mumkin deb hisoblasa, uni qabul qilishi shart. Shuningdek ushbu ish uchun ahamiyatli boʻlmagan, lekin muomaladan chiqarilgan narsalar (qurollar, giyovandlik vositalari, pornografiya nashrlari va boshqalar) ham qabul qilib olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish uchun ahamiyatli boʻlmagan va muomaladan chiqarilmagan narsalar taqdim qilingan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ularni koʻzdan kechirib boʻlganidan keyin egalariga darhol qaytarib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
199-modda. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning talabiga koʻra narsalarni taqdim qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tintuv yoki olib qoʻyish oʻtkazmasdan turib, korxona, muassasa, tashkilot rahbaridan, shuningdek fuqarodan tergov va sud harakatlarini yuritish chogʻida vaqtincha foydalanish uchun zarur boʻlgan narsalarni taqdim etishlarini talab qilishga haqlidir. Bunday narsalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) eksperiment oʻtkazishda tekshirilayotgan hodisaning holatini va sharoitini qayta tiklash uchun foydalaniladigan oʻxshash narsalar yoki maketlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tanib olish uchun koʻrsatilayotgan narsa bilan turdosh boʻlgan narsalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tergov yoki sud harakatlarini yuritish yoxud ekspert tekshiruvini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan moslamalar, asbob-uskunalar, anjomlar, materiallar, agar bunday narsalar surishtiruvchi, tergovchi yoki sudda yoxud ularning topshirigʻi boʻyicha harakat qilayotgan mutaxassis, ekspert yoki ekspertiza muassasasida boʻlmasa. Zarurat qolmagach, bu narsalar egasiga qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
200-modda. Hujjatlarni ularning egasi boʻlmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari oʻz ixtiyorlaridagi hujjatlarni yoki oʻzlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida maxsus tuzilgan hujjatlarni surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilishga haqlidirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
201-modda. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning talabiga koʻra hujjatlarni taqdim qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning talabiga koʻra oʻz ixtiyorlaridagi hujjatlarni yoki oʻzlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida maxsus tuzilgan hujjatlarni taqdim qilishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning talabiga koʻra oʻz vakolatlari doirasida hujjatli taftish yoki boshqa xizmat tekshiruvini oʻtkazishlari va taftish yoki tekshiruv dalolatnomasini barcha ilovalari bilan birga belgilangan muddatda taqdim qilishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taftish yoki tekshiruv dalolatnomasida yoxud boshqa hujjatda belgilangan qoidalardan chekinishga, nuqson, ziddiyat yoki boshqa kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligini aniqlaganda ushbu kamchiliklar bartaraf etilishini talab qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ashyoviy dalillar sifatida ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan narsa va hujjatlar taqdim qilinganligi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnomada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) narsa yoki hujjatni taqdim etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bu shaxsning narsa yoki hujjatni ishga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) narsa yoki hujjatni koʻzdan kechirish jarayoni va natijalari, agar u pochta orqali yuborilgan boʻlsa, uning oʻramasini koʻzdan kechirish natijalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) narsa yoki hujjatning surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga haqiqatan ham topshirilgani yoxud narsa yoki hujjat uni keltirgan shaxsga qaytarib berilgani koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ashyoviy dalil sifatida ahamiyatli boʻlgan yoki ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan narsa yoki hujjatni taqdim etgan shaxsga surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnomadan nusxa, sud majlisida raislik qiluvchi esa sud majlisi bayonnomasidan koʻchirma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qilib olingan narsa yoki hujjat pochta orqali kelgan boʻlsa, bayonnomaning nusxasi yoki undan olingan koʻchirma narsani yoki hujjatni yuborgan shaxsga joʻnatiladi, pochta pattasi bayonnomaga ilova qilinadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud pochta orqali olingan narsa yoki hujjatni ishga aloqador emas deb topib, uni yuboruvchiga pochta orqali qaytargan taqdirda ham pochta pattasi bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan narsa yoki hujjatni ashyoviy dalil sifatida ishga qoʻshib qoʻyish haqidagi iltimosni rad qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Taftishlar va boshqa xizmat tekshiruvlarining dalolatnomalari yozma dalil sifatida taqdim qilingan boshqa hujjatlar qatori ishga maxsus rasmiylashtirilmasdan qoʻshib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov yoki sud harakatlarini yuritishda vaqtincha foydalanish uchun soʻralgan narsalarning qabul qilingani va qaytarib berilgani surishtiruvchi, tergovchi, sud majlisida raislik qiluvchi yoki sud majlisining kotibi, shuningdek narsalarning egasi tomonidan beriladigan tilxatlar bilan rasmiylashtiriladi. Taqdim qilingan narsalar ish uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlsa, ularning belgilari, xossalari, texnikaviy tavsifi, basharti ular yuritilayotgan tergov davomida ishlatilgan boʻlsa, shu tergov harakati bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-bob. NARSA VA HUJJATLARNI ASHYOVIY VA YOZMA DALIL SIFATIDA ISHGA QOʻSHIB QOʻYISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelib chiqishini, kimga tegishliligini, maʼlum maqsadlarda foydalanilganligini yoki foydalanishga yaroqliligini, qoʻldan-qoʻlga oʻtganligi yoki turgan joyi oʻzgarganligini, u yoki bu moddalar, narsa, jarayon va hodisalar taʼsir etganligini aniqlash mumkin boʻlgan fizikaviy alomatlar yoki belgilarga, shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan har qanday boshqa alomatlar va belgilarga ega boʻlgan narsa ashyoviy dalil hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 17-sonli “Jinoyat ishlari boʻyicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” qarorining 2-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan soʻz, raqam, chizma yoki boshqa shaklda yozilgan va ish uchun ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni saqlash, oʻzgartirish, berish uchun moʻljallangan hujjat yoki boshqa yozuvlar yozma dalil hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov harakatining bayonnomasi, sud majlisining bayonnomasi va ularning ilovalari ham yozma dalil hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 203-moddasida koʻrsatilgan alomatlari, belgilari, izlari boʻlgan hujjatlar va boshqa xatlar ham ashyoviy dalil boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
205-modda. Ashyoviy va yozma dalillarni olish usullari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ashyoviy va yozma dalil sifatida foydalaniladigan narsalar, hujjatlar va boshqa yozuvlar hodisa sodir boʻlgan joyni yoki boshqa joylarni, binolarni koʻzdan kechirish, tanib olish uchun koʻrsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, koʻrsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, olib qoʻyish, tintuv yoki eksperiment oʻtkazish jarayonida olinishi mumkin yoxud ular ushbu Kodeksning 198 — 202-moddalarida nazarda tutilgan tartibda surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
206-modda. Ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa shaxslardan topilgan, olib qoʻyilgan yoki qabul qilib olingan narsalar ushbu Kodeksning 135 — 137, 139 va 140-moddalarida koʻrsatilgan qoidalarga asosan darhol koʻzdan kechiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻzdan kechirishda narsaning ishga taalluqliligi haqida xulosa chiqarishga asos boʻladigan, shuningdek uni boshqa narsalardan farqlovchi belgilar aniqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻzdan kechirish jarayoni va uning natijalari narsa olingan paytda oʻtkazilayotgan tergov harakati bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
207-modda. Narsani ashyoviy dalil deb eʼtirof etish va uni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narsani ashyoviy dalil deb eʼtirof etish va uni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Ushbu qaror yoki ajrimda ashyoviy dalilni ishda qoldirish yoki uni saqlash uchun topshirish masalasi ham hal qilinishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: “Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 29-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2174).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
208-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash va boshqa joyga yuborish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ashyoviy dalillarni saqlash, shuningdek ularni ekspertiza oʻtkazish uchun yuborishda yoki jinoyat ishi boshqa surishtiruv, dastlabki tergov organiga, prokurorga yoxud sudga oʻtkazilishi munosabati bilan yuborish chogʻida ashyoviy dalillarning yoʻqotilishi, shikastlanishi, buzilishi, bir-biriga qoʻshilib yoki aralashib ketishining oldini olish choralari koʻrilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni oʻtkazishda u bilan birga yoʻllanadigan ashyoviy dalillar ilova xatda yoki unga ilova qilinadigan roʻyxatda birma-bir sanab oʻtiladi. Bundan tashqari, ayblov xulosasiga ilova qilingan maʼlumotnomada ishga doir barcha ashyoviy dalillar, har birining qayerda ekanligi koʻrsatilib, birma-bir sanab oʻtilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ashyoviy dalillar pochta yoki chopar orqali yetkazib berilganda surishtiruvchi, tergovchi yoki sudya xolislar ishtirokida, zarur boʻlganda esa, shuningdek ekspert yoxud mutaxassislar ishtirokida olingan dalillarni koʻzdan kechiradi va ularni ilova xati yoki roʻyxati bilan solishtiradi. Koʻzdan kechirish jarayoni va natijasi haqida bayonnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ashyoviy dalillar, ular haqidagi masala sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan yoxud surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ishni tugatish toʻgʻrisidagi qarori bilan hal qilinmagunga qadar saqlab turiladi. Ushbu Kodeksning 210-moddasida nazarda tutilgan hollarda ashyoviy dalillarga oid qaror ish yuritish tamom boʻlgunga qadar qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ashyoviy dalil sifatida ishga qoʻshib qoʻyilgan narsaga egalik qilish huquqi borasidagi nizo fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida hal qilinishi lozim boʻlganda, bu narsa fuqaroviy ish boʻyicha sud chiqargan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar saqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
209-modda. Pul, qimmatli qogʻozlar, valyuta boyliklari va zargarlik buyumlarini saqlash uchun topshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishga ashyoviy dalil sifatida qoʻshib qoʻyilgan pul, qimmatli qogʻozlar, valyuta boyliklari, zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallardan, qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlar, shuningdek bunday buyumlarning rezgilari topilganda mutaxassis ishtirokida koʻzdan kechirilishi va belgilangan tartibda saqlash uchun topshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy daʼvoni taʼminlash maqsadida yoxud garov tariqasida olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan pullar uch sutkadan kechiktirmay surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisobiga topshirilishi shart.
(209-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
210-modda. Jinoyat ishini yuritish tamom boʻlgunga qadar ashyoviy dalillar toʻgʻrisida qabul qilinadigan qarorlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ashyoviy dalillardan: tez buziladigan narsalar, kundalik roʻzgʻorda zarur boʻladigan narsalar; uy hayvonlari, parrandalar va boqish lozim boʻlgan boshqa hayvonlar zarur tergov harakatlari oʻtkazilgach, kechiktirmay egalariga qaytarib berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tez buziladigan narsalar yoki uy hayvonlari, parrandalar va boshqa hayvonlarning qonuniy egasi yoxud mulkdori nomaʼlum boʻlgan yoki boshqa sabablarga koʻra ularni qaytarib berish mumkin boʻlmagan hollarda ular qarab turish yoki belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish uchun tegishli korxona, muassasa, tashkilotga topshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
211-modda. Jinoyat ishini yuritish tamom boʻlganligi munosabati bilan ashyoviy dalillar toʻgʻrisida qabul qilinadigan qarorlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukmda, shuningdek jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi ajrimda yoki qarorda ashyoviy dalillar masalasi quyidagi qoidalarga rioya etilgan holda hal qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga qarashli boʻlgan jinoyat qurollari musodara qilinishi lozim, ular tegishli muassasaga topshiriladi yoki yoʻq qilib yuboriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) muomaladan chiqarilgan ashyolar tegishli muassasalarga berilishi lozim yoki yoʻq qilib yuboriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) hech qanday qimmatga ega boʻlmagan ashyolar yoʻq qilib yuboriladi, manfaatdor shaxslar yoki muassasalar iltimos qilgan hollarda esa ularga berilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) jinoyat yoki boshqa gʻayrihuquqiy harakatlar sodir qilinishi natijasida qonuniy egasi va mulkdoridan mahrum boʻlib qolgan pullar yoki boshqa boyliklar qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquq vorislariga, shuningdek merosxoʻrlariga qaytarib berilishi lozim;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 19-sonli “Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pullar va boshqa boyliklar sudning hukmiga binoan jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga oʻtkaziladi, mulkiy zarar koʻrgan shaxs aniqlanmagan taqdirda, davlat foydasiga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ashyoviy dalil hisoblanuvchi hujjatlar ularni saqlash zarurati tugagunga qadar ishda asrab turiladi yoki manfaatdor shaxslarga yoxud muassasalarga beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-son “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 31-bandi,Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof muhitni muhofaza kilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 14-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
212-modda. Ashyoviy dalillarni shikastlaganlik yoki yoʻqotganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza oʻtkazish yoki boshqa qonuniy harakatlar natijasida shikastlangan yoki yoʻqolgan ashyoning qiymati sud chiqimlariga qoʻshiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblov hukmi chiqarilganda, agar bu ashyo mahkumga yoki fuqaroviy javobgarga tegishli boʻlsa, uning qiymati toʻlanmaydi; agar ashyo boshqa biror shaxsga tegishli boʻlsa, uning qiymati bu shaxsga sud tomonidan toʻlanishi va ayni vaqtda bu summa mahkum yoki fuqaroviy javobgar hisobidan davlat foydasiga undirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oqlov hukmi chiqarilganda hamda ish tugatilgan hollarda ekspertiza oʻtkazish yoki boshqa qonuniy harakatlar natijasida shikastlangan yoki yoʻqolgan ashyoning qiymati qonuniy egasiga yoki mulkdoriga, shuningdek protsessual mavqeyidan qatʼi nazar, ularning huquq vorislari va merosxoʻrlariga toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ashyoviy dalillar shikastlangan yoki yoʻqolgan boshqa barcha hollarda ularning qiymati zarar keltirish natijasida kelib chiqadigan majburiyatlarga doir fuqaroviy qonun hujjatlari qoidalariga muvofiq toʻlattirilishi lozim.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”).
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.04.00 Protsessual majburlov (ushlab turish, ehtiyot choralari, lavozimidan chetlatish, majburiy keltirish va boshqalar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TOʻRTINCHI BOʻLIM PROTSESSUAL MAJBURLOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-bob. JINOYAT PROTSESSIDA SHAXS HUQUQLARINI CHEKLASH ASOSLARI VA CHEGARALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
213-modda. Protsessual majburlov choralarini qoʻllash uchun asoslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat protsessi ishtirokchisi tergov yoki sud harakatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan, oʻziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgan boʻlsa, shuningdek gumon qilinuvchi, ayblanuvchining kelgusi jinoiy faoliyatining oldini olish va hukm ijrosini taʼminlash uchun zarur boʻlsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ushbu Kodeksda belgilangan hollarda hamda tartibda majburlov choralarini qoʻllashga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksda boshqacha asoslar nazarda tutilmagan boʻlsa, protsessual majburlov faqat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha va surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarorida yoki sudning ajrimida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
215-modda. Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar bilan munosabatda boʻlish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar, ular saqlanadigan joylardagi tartibga oid cheklashlarni istisno etganda, qonun hujjatlarida belgilangan huquqlarga egadirlar va shu hujjatlarda koʻrsatilgan majburiyatlarni bajaradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslarga nisbatan gʻayriinsoniy munosabatda boʻlish mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsga oʻzining himoyachisi bilan xoli uchrashish, qonun hujjatlaridan foydalanish imkoniyati berilishi, shikoyat, iltimosnoma va boshqa protsessual hujjatlarni yozishi uchun ixtiyorida qogʻoz va yozuv jihozlari boʻlishi lozim.
(216-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-299-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
216-modda. Protsessual majburlov choralarini ijro qiluvchi joy maʼmuriyatining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar saqlanadigan joy maʼmuriyati: ushlangan va qamoqqa olinganlarning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga yozgan shikoyat va arizalaridan tashqari, xat-yozishmalarini nazorat qilish; ularga kelgan posilka, banderol va yoʻqlovlarni koʻzdan kechirish; ularni shaxsiy tintuvdan oʻtkazish, barmoq izlarini olish, fotosuratga tushirish; ushlanganlar va qamoqqa olinganlar qonun boʻyicha egalik qilishi, foydalanishi va tasarruf etishi mumkin boʻlmagan pullar, boyliklar, shuningdek, narsalarni olib qoʻyish va saqlash; bir jinoyat ishi boʻyicha gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarning oʻzaro muloqotda boʻlishlariga yoʻl qoʻymaslik huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turilgan va qamoqqa olinganlar saqlanadigan joy maʼmuriyati: ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga advokat bilan moneliksiz va holi uchrashish hamda undan maslahat olish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashi; qamoqqa olinganlarga ayblov xulosasining nusxasini, shuningdek sudning hukmi va ajrimining nusxasini ular kelib tushgan kunda topshirishni taʼminlashi; ushlanganlar va qamoqqa olinganlarning shikoyat, ariza va xatlarini ular maʼmuriyatga berilganidan keyingi kundan kechiktirmasdan tegishli joylarga joʻnatishi; qamoqda saqlanayotgan shaxsni surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi asosida boshqa hududdagi tergov hibsxonasiga koʻchirishni taʼminlashi; ushlab turilganlarni ushlab turish muddati tugagach, darhol ozod qilishi; ushlab turish muddati tugashiga oʻn ikki soat qolganda va qamoqda saqlash muddati tugashiga yetti kun qolganda, bu haqda tegishincha tergov organining boshligʻini yoki prokurorni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
(216-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
217-modda. Protsessual majburlov chorasi qoʻllanilgani haqida xabar qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan ushlab turish, qamoqda saqlab turish yoki ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish tarzida protsessual majburlov chorasi qoʻllaganida bu haqda yigirma toʻrt soatdan kechiktirmasdan uning oila aʼzolaridan biriga, ular boʻlmagan taqdirda — qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek bu haqda ish yoki oʻqish joyiga maʼlum qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxs boshqa davlatning fuqarosi boʻlsa, yuqorida koʻrsatilgan muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berilishi shart. Xabarnomaning nusxasi ishga ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
218-modda. Ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsning qaramogʻidagilarga homiylik qilish va uning mol-mulkini qoʻriqlash choralari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsning qarovsiz va yordamga muhtoj voyaga yetmagan farzandlari, keksaygan ota-onalari, boshqa boqimlari boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ularni qarindoshlarining yoki boshqa shaxslar yoxud muassasalarning homiyligiga topshirishi, majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsning nazoratsiz qolayotgan mol-mulki yoxud uy-joyi boʻlsa, ularni qoʻriqlash chorasini koʻrishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
219-modda. Prokurorning protsessual majburlov choralari qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi koʻrsatmasining majburiyligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokurorning protsessual majburlov choralarini qoʻllash haqidagi koʻrsatmasi surishtiruvchi va tergovchi uchun majburiydir. Bunday koʻrsatmalarga eʼtirozlar ushbu Kodeksning 36 va 39-moddalarida nazarda tutilgan tartibda yuqori turuvchi prokurorga taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turish jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni uning jinoiy faoliyat bilan shugʻullanishiga barham berish, qochib ketishining, dalillarni yashirishi yoki yoʻq qilib yuborishining oldini olish maqsadida qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilishdan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turish jinoyat ishi qoʻzgʻatilgunga qadar ham, ish qoʻzgʻatilganidan keyin ham amalga oshirilishi mumkin. Ish qoʻzgʻatilganidan keyin ushlab turishga faqat tergovchi, surishtiruvchi, prokurorning qaroriga yoki sudning ajrimiga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
221-modda. Ushlab turish asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxs quyidagi asoslar mavjud boʻlganda ushlab turilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qoʻlga tushsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) jinoyat shohidlari, shu jumladan jabrlanuvchilar uni jinoyat sodir etgan shaxs tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatsalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) uning oʻzida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning yaqqol izlari topilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos boʻladigan maʼlumotlar mavjud boʻlib, u qochmoqchi boʻlsa yoki doimiy yashaydigan joyi yoʻq yoxud shaxsi aniqlanmagan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
222-modda. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilgunga qadar gumon qilinuvchini ushlab turish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Militsiya yoki boshqa surishtiruv organining xodimi, shuningdek muomalaga layoqatli har qanday shaxs ushbu Kodeksning 221-moddasida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxsni ushlash va yaqin oradagi militsiya muassasasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
223-modda. Ushlash chogʻida immunitet huquqidan foydalanuvchi shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatlar, sudyalar va prokurorlar ushlab turilishi hamda militsiyaga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinishi mumkin emas. Mazkur taqiq ushbu Kodeks 221-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan ushlab turish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
224-modda. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilgunga qadar ushlab turish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Militsiya xodimi, boshqa vakolatli shaxs yoki fuqaro bevosita koʻrib yoki boshqa shohidlarning koʻrsatuvlari boʻyicha ushbu Kodeksning 221-moddasida koʻrsatilgan ushlab turish asoslaridan biri mavjudligini aniqlasalar, gumon qilinuvchiga jinoyat sodir etgani uchun ushlanganligini bildirishlari va yaqin oradagi militsiya muassasasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga birga borishni talab qilishlari shart. Bunday hollarda ushlayotgan shaxs oʻzini tanishtirishi va ushlanganning talabiga koʻra shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlanayotgan shaxsda qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud boʻlsa, ushlayotgan vakolatli shaxs uni shaxsiy tintuv qilishga va olib qoʻyish oʻtkazishga haqlidir. Shaxsiy tintuv yoki olib qoʻyish oʻtkazish toʻgʻrisidagi bayonnoma ushlangan shaxs militsiya muassasasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan soʻng xolislar huzurida tuzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli shaxslar va fuqarolar qonunga xilof yoki asossiz ushlab turganlik yoxud ushlash vaqtida vakolatlari doirasidan chetga chiqqanlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
225-modda. Ushlab turish bayonnomasini tuzish va ushlab turishning asosliligini tekshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turilgan shaxs militsiya muassasasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan soʻng huquqni muhofaza qilish organining navbatchisi yoki boshqa xodimi boshliqning koʻrsatmasiga binoan darhol ushlab turish bayonnomasini tuzishi va unda quyidagilarni aks ettirishi lozim: kimning, kim tomonidan, qachon, qanday holatda, qonunda koʻrsatilgan qanday asoslarga koʻra ushlangani; ushlangan shaxs qanday jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgani; militsiya boʻlimiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organga u qachon olib kelingani. Bayonnomani ushlab turishning asosliligini tekshirish topshirilgan militsiya xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi, ushlab keltirgan vakolatli shaxs yoki fuqaro, ushlangan shaxs va xolislar imzo chekib tasdiqlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish, hujjatlarni talab qilish va koʻzdan kechirish ushlangan shaxs militsiya muassasasi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan boshlab yigirma toʻrt soatdan kechiktirilmay oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turishga asos boʻlmagan taqdirda militsiya boʻlinmasining boshligʻi yoki boshqa vakolatli shaxs ushlanganni ozod qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Qarorning nusxasi darhol prokurorga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turish, jinoyat ishi qoʻzgʻatish, ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorlar darhol gumon qilinuvchiga eʼlon qilinadi, ayni vaqtda unga ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan huquqlari tushuntiriladi. Qaror bilan tanishtirilgani va huquqlari tushuntirilgani qarorda qayd etilib, vakolatli shaxs va ushlangan shaxs tomonidan imzolanib, tasdiqlanadi. Bunda ushlangan shaxs ushlab keltirilgan paytdan boshlab yigirma toʻrt soatdan kechiktirilmay soʻroq qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
226-modda. Ushlab turish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turish ushlanganni militsiyaga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan vaqtdan boshlab yetmish ikki soatdan ortiq davom etishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turish muddati tugagunga qadar va asoslar mavjud boʻlganda shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi, unga ayb eʼlon qilinishi, ushbu Kodeksning 109 — 112-moddalaridagi qoidalar boʻyicha soʻroq qilinishi va ushbu Kodeksning 236 — 240-moddalari qoidalariga amal qilgan holda ehtiyot chorasini tanlash haqidagi masala hal qilinishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda gumon qilinuvchiga nisbatan prokurorning ruxsati bilan qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin. Bu holda gumon qilinuvchiga u ushlangan kundan boshlab oʻn kun ichida ayb eʼlon qilinishi lozim. Aks holda ehtiyot chorasi bekor qilinib, shaxs qamoqdan ozod qilinadi. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilganidan keyin va ushlab turishning butun muddati mobaynida ishni yuritish taalluqli boʻlgan surishtiruvchi va tergovchi jinoyatni sodir etish holatlarini aniqlash, ushlab turishning asosli ekanini tekshirish uchun oʻz vakolatlari doirasida tergov harakatlari oʻtkazishlari mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 16-sonli “Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
227-modda. Surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga binoan ushlab turish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turish, gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish haqidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi asosida militsiya yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi ushlangan shaxsni ushbu Kodeksning 224-moddasi qoidalariga rioya etgan holda eng yaqin militsiya muassasasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga darhol olib borishi shart. Shaxs ushlangani toʻgʻrisida qaror yoki ajrim chiqargan vakolatli shaxs yoki sud darhol xabardor qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qidirilayotgan ayblanuvchi ushlanganda, agar unga nisbatan qamoqda saqlash tariqasida ehtiyot chorasini qoʻllash haqida qaror boʻlmasa, shaxs ushlab turilgan tuman (shahar) prokurori ushlab turilganni tergov oʻtkaziladigan joyga olib borib topshirish uchun zarur boʻlgan, lekin oʻn sutkadan ortiq boʻlmagan muddatga ushlab turish haqida qaror chiqarishga haqli. Prokuror qaror chiqarish oldidan ushlab turilgan shaxsni soʻroq qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi haqiqiy ushlangan paytdan boshlab oʻtgan vaqt ayblanuvchini qamoqda saqlash hamda Jinoyat kodeksining 62-moddasida belgilanganiga mutanosib ravishda sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
228-modda. Ushlab turilganlarni saqlash joylari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlangan shaxs militsiya muassasasi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan soʻng u ozodlikdan mahrum etish joyi hisoblanmagan xizmat binolarida saqlanadi yoki vaqtincha saqlash hibsxonasi kamerasiga, ushlab turilgan harbiy xizmatchi esa avaxtaga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turilganlarni ayrim joylarda istisno tarzida maxsus moslashtirilgan binolarda, kemalarda esa, maxsus ajratilgan kayutalarda saqlashga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turilganlarni karser va jarima oʻtash hibsxonalarida saqlash mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turilganlar ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlanayotganlardan yoki hukm boʻyicha jazoni oʻtayotganlardan alohida saqlanishi lozim. Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslar ushlab turilganlarga moʻljallangan kameralarda quyidagi yakkalash talablariga rioya qilgan holda joylashtiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkaklar ayollardan alohida saqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
voyaga yetmaganlar — kattalardan alohida saqlanadi; ayrim hollarda voyaga yetmaganlar saqlanayotgan kameralarda prokurorning ruxsati bilan kattalarni saqlab turishga yoʻl qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻta xavfli retsidivistlar — boshqa shaxslardan alohida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayni bitta jinoyatni sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslar surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning yozma koʻrsatmasiga binoan ayrim-ayrim saqlanadilar. Ushlab turilganlar surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning yozma koʻrsatmasiga binoan boshqa sabablarga koʻra ham ayrim-ayrim saqlanishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
229-modda. Ushlab turilganlarning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxs ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarga ega. Bundan tashqari, u qonun bilan belgilangan roʻyxatda koʻrsatilgan oʻz kiyimidan, poyabzalidan va boshqa zarur buyumlaridan foydalanishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan sanitariya-gigiyena qoidalariga mos keladigan sharoitda saqlanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turilganlarga tibbiy xizmat koʻrsatish, ushlab turilganlar saqlanadigan joylardagi davolash-profilaktika ishlari qonunga muvofiq tashkil qilinadi va oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turilganlarga belgilangan normada bepul ovqat, yotoq joyi va boshqa turdagi zarur moddiy-maishiy taʼminot beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
230-modda. Ushlab turilganlarga uchrashish uchun ruxsat berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turilganlarning qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashishiga faqat ushlab turish toʻgʻrisidagi materiallar ish yuritishida boʻlgan surishtiruvchi yoki tergovchining yozma ruxsati asosida ushlab turilganlar saqlanadigan joyning maʼmuriyati tomonidan ijozat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
231-modda. Ushlab turilgan shaxslarning shikoyat va arizalarini joʻnatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarning prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchiga yoʻllagan shikoyat va arizalari ularga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa shaxs va organlarga yoʻllangan shikoyat va arizalar ham tergovchi yoki surishtiruvchiga topshiriladi, ular tomonidan koʻrib chiqilgach, tegishli joyga joʻnatiladi. Tergovchi yoki surishtiruvchining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyat va arizalar tergov organining boshligʻiga yoxud prokurorga yuboriladi. Xabar qilinishi jinoyat ishi yuzasidan haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan shikoyat va arizalar tayinlangan joyga joʻnatilmaydi va bu haqda shikoyat yoki ariza topshirgan shaxs, shuningdek prokuror xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
232-modda. Ushlab turilganlarning moddiy javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslar ushlab turilganlar saqlanadigan joyda boʻlgan vaqtlarida oʻzlari tomonidan davlatga yetkazilgan zarar uchun qonunda belgilangan tartibda va miqdorda moddiy javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
233-modda. Ushlab turilganlar saqlanadigan joylarda tartibni taʼminlash va xavfsizlik choralari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turilganlar saqlanadigan joylarda tartibni taʼminlash ushlab turilganlar saqlanadigan joyning maʼmuriyati zimmasiga yuklatiladi. Maʼmuriyat oʻz faoliyatini ushbu Kodeksning mazkur bobiga hamda boshqa qonunlarga muvofiq amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarga nisbatan, basharti ular toʻpolon qilayotgan, ushlab turilganlar saqlanadigan joyning xodimlariga jismoniy qarshilik koʻrsatayotgan yoki boshqa zoʻravonlik harakatlarini qilayotgan boʻlsalar, tevarak-atrofdagilarga yoki oʻziga oʻzi zarar yetkazishining oldini olish maqsadida qoʻl kishanlarini ishlatishga yoʻl qoʻyiladi, bu haqda bayonnoma tuziladi. Zarur boʻlib qolganida, bunday shaxslar ushlab turilganlar saqlanadigan joydagi ichki tartib qoidalari bilan belgilab qoʻyilgan tartibda ushlab turilgan boshqa shaxslardan alohida joylashtirilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
234-modda. Ushlab turilganlarni ozod qilish asoslari va tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslar, basharti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) jinoyat sodir etganligi haqidagi gumon tasdiqlanmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushlab turilgan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash zarurati boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) belgilangan ushlab turish muddati tugagan boʻlsa, ozod qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turilgan shaxsni ozod qilish surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga binoan ushlab turilganlar saqlanadigan joyning boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi. Ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim ushlab turilganlar saqlanadigan joyga kelib tushishi bilan darhol ijro etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab turilgan shaxsni bundan buyon ushlab turish uchun asoslar yoʻqligi aniqlanishi bilanoq surishtiruvchi va tergovchi uni darhol ozod qilishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining ushlab turilgan shaxsni ozod qilish haqidagi yoxud unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi qarori qonunda belgilangan ushlab turish muddati ichida ushlab turilganlar saqlanadigan joyga kelib tushmasa, ushlab turilganlar saqlanadigan joyning boshligʻi bu shaxsni ozod qiladi va uning ozod qilinganligi toʻgʻrisida prokurorga, tergovchiga yoki surishtiruvchiga bildirish xati yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda ushlab turilganlar saqlanadigan joyning maʼmuriyati ozod qilingan shaxslarning yashash joyiga tekin joʻnab ketishini taʼminlaydi; ularning iltimosiga koʻra, ushlab turilganlar saqlanadigan joyda boʻlgan vaqti haqida maʼlumotnoma beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
235-modda. Ushlab turish tufayli yetkazilgan ziyonni undirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsga qonunsiz ushlab turish tufayli yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan boʻlsa yoki ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra ish tugatilgan boʻlsa, toʻliq hajmda qoplanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 991, 1021-moddalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-bob. EHTIYOT CHORALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
236-modda. Ehtiyot choralari qoʻllanilishining maqsad va asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan boʻyin tovlashining oldini olish; uning bundan buyongi jinoiy faoliyatining oldini olish; uning ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan urinishlariga yoʻl qoʻymaslik; hukmning ijro etilishini taʼminlash maqsadida qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 16-sonli “Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchi, sudlanuvchi sodir etgan, Jinoyat kodeksi 15-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatning xavfliligi tufayli u surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan yashirinishi mumkin degan oʻrinli taxmin ham qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asos boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilishini kutayotgan, shuningdek aqli noraso deb eʼtirof etilgan yoki jinoyat sodir qilganidan soʻng ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan ehtiyot choralari ular yashirinishining va boshqa ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir qilishining oldini olish, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash haqidagi sud ajrimi ijrosini taʼminlash maqsadida qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
237-modda. Ehtiyot choralarining turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ehtiyot choralariga quyidagilar kiradi: munosib xulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisida tilxat; shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; garov; qamoqqa olish; voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish; harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qoʻmondonlik kuzatuvi. Bir shaxsga nisbatan bir vaqtning oʻzida ana shu choralardan faqat bittasi qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
238-modda. Ehtiyot chorasini tanlashda eʼtiborga olinadigan holatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ehtiyot choralaridan qaysi birini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslardan tashqari qoʻyilgan aybning ogʻirligini, ayblanuvchining shaxsini, mashgʻulot turini, yoshi, sogʻligʻi, oilaviy ahvoli va boshqa holatlarni ham hisobga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
239-modda. Ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin boʻlgan shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ehtiyot chorasi ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga va aqli noraso deb eʼtirof etilgan yoki jinoyat sodir etganidan soʻng ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatangina qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatiga nisbatan; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatiga nisbatan; xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatlariga nisbatan — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa sudlari sudyalariga nisbatan — tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining roziligi bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) prokuror va prokuratura tergovchisiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori roziligi bilan qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ehtiyot chorasini qoʻllash, bekor qilish, oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda: shaxsning qanday jinoyatni sodir etishda ayblanayotganligi; ehtiyot chorasi qanday qonuniy asoslarga tayanib qoʻllanganligi yoxud tegishli dalillar keltirish yoʻli bilan bu asoslar yoʻqligi yoki oʻzgargani; ehtiyot chorasini tanlashga taʼsir qiluvchi, qonun bilan belgilangan holatlarni hisobga olib, ehtiyot choralarini qoʻllash, bekor qilish yoki oʻzgartirish zaruratini izohlovchi sabablar koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Qaror yoki ajrim kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, shu shaxsga darhol eʼlon qilinadi, shaxsning ogʻir kasalligi yoki uning qochib ketganligi tufayli eʼlon qilinishi mumkin boʻlmagan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 16-sonli “Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
241-modda. Ehtiyot choralari ustidan shikoyat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki tergovda tanlangan ehtiyot chorasi ustidan tergovni nazorat qiluvchi, ehtiyot chorasini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqli boʻlgan prokurorga shikoyat berilishi mumkin. Prokuror shikoyatni olganidan soʻng uch sutka ichida uni qarab chiqishi hamda shikoyat bergan shaxsni oʻz qaroridan voqif etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda mazkur ehtiyot chorasi uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha ham qoʻllanilishi mumkin.
(242-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
243-modda. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni qoʻllash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi faqatgina ushlab turilgan gumon qilinayotgan shaxsga yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxsga nisbatan qoʻllanishi mumkin.
(243-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarni qamoqqa olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori va ularning oʻrinbosarlari, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, ularga tenglashtirilgan prokurorlar va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek tumanlarning (shaharlarning) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan boshqa prokurorlar ruxsat berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qamoqqa olishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda prokuror jinoyat ishiga doir barcha materiallar bilan puxta tanishishi va zarurat boʻlganda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini shaxsan soʻroq qilishi, soʻng quyidagi harakatlardan birini bajarishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tergovchining ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olish toʻgʻrisidagi qaroriga ruxsat berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) boshqa yengilroq ehtiyot chorasini qoʻllash yoki ehtiyot chorasi qoʻllashni rad etish va ushlab turilgan shaxsni darhol ozod qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
244-modda. Qamoqda saqlash joylari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan ayblanuvchilar tergov hibsxonasining umumiy kameralarida saqlanadilar. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud bir jinoyat ishi boʻyicha yoki bir necha oʻzaro bogʻliq ishlar boʻyicha ayblanuvchilarni alohida-alohida saqlash toʻgʻrisida tergov hibsxonasining maʼmuriyatiga koʻrsatma berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qamoqqa olinganlar Jinoyat kodeksi 15-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan boʻlsalar, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan turma yoki tergov hibsxonasining bir kishilik kamerasida qamoqda saqlab turilishi mumkin. Bu chora voyaga yetmaganlarga, oltmish yoshdan oshganlarga, shifokor tomonidan tasdiqlangan ogʻir kasallarga va ruhiy kasallikka chalinganlarga nisbatan qoʻllanilmaydi. Turmada saqlash sharoitlari tergov hibsxonasida saqlash sharoitlaridan farq qilmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qamoqda saqlanayotgan shaxslar ushlab turilganlar saqlanadigan joyda koʻpi bilan oʻn sutkagacha olib turilishi mumkin. Qamoqqa olinganlarni tergov hibsxonasiga oʻz vaqtida olib borishga imkoniyat boʻlmasa, ular ushlab turilganlar saqlanadigan joylarda oʻttiz sutkagacha saqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchilar avaxtada koʻpi bilan yigirma sutkagacha, olis joylarda esa, ehtiyot chorasining butkul muddati davomida ushlab turilishi mumkin. Harbiy xizmatchini avaxtada ushlab turish muddati harbiy sudlar tomonidan ishni sudda koʻrib chiqish davriga, lekin oʻn besh sutkadan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Intizomiy qismga yoʻllashga hukm qilingan harbiy xizmatchilar hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar avaxtada saqlanishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti mahkum boshqa ish boʻyicha guvoh, jabrlanuvchi boʻlsa, u tarbiya koloniyasidan yoki jazoni ijro etish koloniyasidan tergov hibsxonasiga oʻtkazilishi yoki hukm qonuniy kuchga kirganidan soʻng ham tergov hibsxonasida qoldirilishi mumkin. Bu holda mahkum: viloyat prokurori va unga tenglashtirilgan prokurorning ruxsati bilan uch oygacha muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari ruxsati bilan olti oygacha muddatga tergov hibsxonasida saqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa tumanda (shaharda) saqlanayotgan mahkum prokurorning qaroriga binoan, tergovchining prokuror roziligini olib chiqargan qaroriga binoan yoxud sud ajrimiga binoan boshqa yerga koʻchiriladi. Boshqa yerga koʻchirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus boʻlinmalari zimmasiga yuklatiladi.
(244-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuniga muvofiq oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyatlar tergov qilinayotganda qamoqda saqlab turish uch oydan ortiq davom etishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu muddat tergovni tamomlashning imkoni boʻlmagan hollarda va ehtiyot chorasini oʻzgartirish uchun asoslar boʻlmagan taqdirda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan besh oygacha uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qamoqda saqlash muddatini besh oydan ortiqqa, yaʼni yetti oygacha boʻlgan muddatga uzaytirishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari tomonidan, toʻqqiz oygacha boʻlgan muddatga — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan yoʻl qoʻyiladi. Alohida hollarda, tergov qilinayotgan ishning oʻta murakkabligini inobatga olib, ogʻir hamda oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan qamoqda saqlash muddati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan bir yilgacha uzaytirilishi mumkin. Muddatni yana uzaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(245-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
246-modda. Jinoyat ishi qoʻshimcha tergovga qaytarilganida qamoqda saqlab turish muddatini hisoblab chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchini qamoqda saqlab turish muddati tugagan jinoyat ishini sud qoʻshimcha tergovga qaytargan, ishning holatlariga koʻra esa, qamoqda saqlab turish tariqasidagi ehtiyot chorasini oʻzgartirish mumkin boʻlmagan taqdirda, tergov ustidan nazoratni amalga oshirayotgan prokuror qamoqda saqlab turish muddatini ish unga kelib tushgan paytdan boshlab bir oygacha uzaytirishi mumkin. Koʻrsatilgan muddatni uzaytirish ayblanuvchi ish sudga yuborilgunga qadar qamoqda boʻlgan vaqtni hisobga olgan holda hamda ushbu Kodeks 245-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan tartibda va doirada amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
247-modda. Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchini qamoqda saqlab turishning belgilangan muddati tugashidan kamida besh kun oldin tergovchi bu muddatni uzaytirish huquqiga ega boʻlgan prokurorga ishni va iltimosnomani taqdim etishi shart, iltimosnomada tergovning choʻzilish sabablari, aniqlanishi lozim boʻlgan tusmollar va holatlar, soʻralayotgan qoʻshimcha muddat koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchini qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish huquqiga ega boʻlgan prokuror ish va tergovchining iltimosnomasi bilan tanishib chiqib, qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirishga ruxsat beradi yoki ehtiyot chorasini oʻzgartiradi yoxud bekor qiladi. Prokuror ruxsat berishdan oldin oʻziga nisbatan qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish masalasi qoʻyilayotgan shaxsni soʻroq qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchini qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma tergov muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan qoʻshib berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
248-modda. Qamoqda qonunga xilof ravishda saqlab turish tufayli yetkazilgan zararni qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda qonunga xilof ravishda saqlab turish tufayli shaxsga yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan boʻlsa yoki jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra tugatilgan boʻlsa, toʻliq hajmda qoplanadi. Bunda ushbu Kodeksning yettinchi boʻlimi qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
249-modda. Garov
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qarindoshlari, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisobvaragʻiga topshiriladigan pul mablagʻi yoki qimmatbaho buyumlardan iboratdir. Garov tariqasida koʻchmas mulk ham qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovni qabul qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisi bayonnomasiga tegishlicha yozib qoʻyadi. Bayonnomada ayblanuvchiga, sudlanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46-moddasida koʻrsatilgan majburiyatlari tushuntirilganligi va bu majburiyatlarni buzmaslikka u soʻz berganligi, garovga qoʻyuvchiga esa, ayblanuvchi, sudlanuvchi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda garovga qoʻyilganlaridan mahrum boʻlishi maʼlum qilingani koʻrsatilishi lozim. Bayonnoma garovni qabul qilgan mansabdor shaxs, garovga qoʻyuvchi va ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov summasi eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan oz boʻlishi mumkin emas va uni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ayblovning ogʻirligini, ayblanuvchining, sudlanuvchining va garovga qoʻyuvchining shaxsini, garovga qoʻyuvchining mulkiy ahvolini va uning ayblanuvchi bilan munosabatlarini eʼtiborga olib belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovni topshirish vaqtida, garovga qoʻyuvchi shu ehtiyot chorasi tanlangan ishning mohiyati, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga tayinlanishi mumkin boʻlgan jazo va oʻzining javobgarligi toʻgʻrisida xabardor qilinishi lozim. U oʻzining olgan majburiyatidan garovning davlat foydasiga oʻtib ketishi uchun sabab boʻladigan asoslar kelib chiqqunga qadar voz kechishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyuvchi ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvorini kuzatishga imkoni boʻlmaganligini bahona qilishga haqli emas, u bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatning taʼsirini isbotlab beradigan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ehtiyot chorasini oʻzgartirish uni tanlash shart-sharoitlari buzilganligi tufayli roʻy bermayotgan boʻlsa, shuningdek ish boʻyicha ish yuritish tugatilgan hollarda yoxud sud hukmi kuchga kirishi munosabati bilan garov garovga qoʻyuvchiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchi, sudlanuvchi zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda garov sud ajrimi bilan davlat foydasiga oʻtkaziladi va ayblanuvchiga, sudlanuvchiga nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
250-modda. Munosib xulq-atvorda boʻlish haqidagi tilxat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Munosib xulq-atvorda boʻlish haqidagi tilxat ayblanuvchining yoki sudlanuvchining surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga tergov va suddan yashirinmaslik, jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilmaslik, jinoiy faoliyat bilan shugʻullanmaslik, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruvi bilan yetib kelish haqida bergan yozma majburiyatidan iboratdir. Tilxat beruvchi shaxs bundan tashqari oʻz zimmasiga surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ijozatisiz ushbu aholi punktidan chiqib ketmaslik va shu aholi punkti doirasida istiqomat joyini oʻzgartirsa, bu haqda ularni xabardor qilish majburiyatini oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda unga nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin, bu haqda u tilxat olish chogʻida ogohlantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsiy kafillik ishonchga sazovor boʻlgan shaxslarning ayblanuvchi, sudlanuvchi munosib xulq-atvorda boʻlishiga kafil ekanliklari haqida yozma majburiyat olishidan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafillar sonini surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud belgilaydi. Alohida hollarda yuksak ishonchga sazovor boʻlgan bitta shaxs ham kafil boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafillar ushbu ehtiyot chorasi qoʻllanilishiga sabab boʻlgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga qoʻllanilishi mumkin boʻlgan jazo, oldini olish maqsadida kafillik tariqasidagi ehtiyot chorasi koʻrilgan harakat ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan taqdirda kafillarning javobgarligi haqida ogohlantirilishi lozim. Bu maʼlumotlar kafillikka berish bayonnomasida qayd qilinib, uni shu ehtiyot chorasini qoʻllayotgan mansabdor shaxs, ayblanuvchi, sudlanuvchi va kafillar imzolashi lozim yoki bu maʼlumotlar sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. Bundan tashqari, har bir kafillikka oluvchi kafillik toʻgʻrisida tilxat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafillar ularni javobgarlikka tortish uchun sabab boʻladigan asoslar kelib chiqqunga qadar oʻz zimmalariga olingan majburiyatlardan voz kechishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafillar ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvorini kuzatishga imkoni boʻlmaganligini bahona qilishga haqli emaslar, ular bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatning taʼsirini isbotlab beradigan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchi, sudlanuvchi oldi olinishi uchun shaxsiy kafillik qoʻllanilgan harakatlarni sodir etgan taqdirda, kafil qonunda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 208-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
252-modda. Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat birlashmasi yoki jamoa ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxsni kafillikka olish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat birlashmasi yoki jamoa oʻz qarorini ayblanuvchining, sudlanuvchining munosib xulq-atvorda boʻlishiga kafil ekanligi toʻgʻrisidagi yozma majburiyat tarzida bayon qiladi. Bu majburiyat surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga taqdim qilinadi, ular jamoat birlashmasi yoki jamoaning qaroriga rozi boʻlsalar, shunday ehtiyot chorasini tanlab, bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradilar. Ayni vaqtda jamoat birlashmasi yoki jamoa vakiliga ushbu ehtiyot chorasi qoʻllanilishiga sabab boʻlgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga esa, basharti xulq-atvori nomunosib boʻlsa, ehtiyot chorasi jiddiyrogʻi bilan almashtirilishi mumkinligi tushuntirilgani toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchi, sudlanuvchi boshqa ishga oʻtgan yoxud istiqomat joyini oʻzgartirgan taqdirda jamoat birlashmasi yoki jamoa bu haqda ehtiyot chorasini tanlagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga darhol xabar berishi shart. Bunday hollarda jamoa kafilligi bekor qilinadi va boshqa ehtiyot chorasi bilan almashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvori nomunosib boʻlgan taqdirda jamoat birlashmasi yoki jamoa kafillikdan voz kechishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
253-modda. Voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmaganlarni ota-onalari, vasiylari, homiylari, bolalar muassasasining maʼmuriyati kuzatuv ostiga olishi uchun topshirish ushbu Kodeksning 556-moddasida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
254-modda. Harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qoʻmondonlik kuzatuvi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanayotgan muddatli harbiy xizmatchi yoki oʻquv yigʻiniga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur shaxs surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi boʻyicha harbiy qism, qoʻshilma, harbiy muassasa, harbiy oʻquv yurti qoʻmondonligining kuzatuviga berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmondonlik kuzatuvi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan va ayblanuvchining munosib xulq-atvorda boʻlishini taʼminlaydigan choralarni koʻrishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu ehtiyot chorasini qoʻllash, bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi qoʻmondonlik uchun majburiydir, unga harbiy xizmatchi ustidan kuzatuv oʻrnatish zaruratini keltirib chiqargan ayblovning mohiyati tushuntirilishi lozim. Ayblanuvchi oldini olish maqsadida mazkur ehtiyot chorasi qoʻllanilgan harakatlarni sodir etgan taqdirda, qoʻmondonlik surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudni bu haqda darhol xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-bob. LAVOZIMDAN CHETLASHTIRISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
255-modda. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻz ish joyida qolsa, u jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga toʻsqinlik qiladi yoki jinoiy faoliyatini davom ettiradi deb hisoblashga yetarli asoslar boʻlsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud uni lavozimidan chetlashtirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
256-modda. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida toʻxtamga kelgach, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror bu haqda qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Surishtiruvchi va tergovchining bu toʻgʻridagi qaroriga prokuror rozilik berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorda yoki ajrimda: lavozimidan chetlashtiriladigan shaxs; uning ish joyi; lavozimidan chetlashtirish asoslari; ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida korxona, muassasa, tashkilotning vakolatli rahbariga qaratilgan talab koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim korxona, muassasa, tashkilot rahbari uchun majburiy boʻlib, u qaror yoki ajrimni olgach, uni zudlik bilan ijro etishi va ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqida qaror yoki ajrim chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoxud sudga bu haqda xabar berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
257-modda. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning amal qilish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lavozimidan chetlashtirish chorasiga keyinchalik zarurat qolmagan taqdirda ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoxud sud tomonidan bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud oqlov hukmida yoki ishni tugatish haqidagi ajrimida sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirishni bekor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
258-modda. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim ustidan shikoyat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning qarori asosida lavozimidan chetlashtirilgan ayblanuvchi, uning himoyachisi va qonuniy vakili, shuningdek lavozimidan chetlashtirilgan shaxs ishlagan korxona, muassasa, tashkilot rahbari yuqori turuvchi prokurorga ushbu qaror ustidan shikoyat qilishga haqlidir. Sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan yuqori sudga xususiy shikoyat berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
259-modda. Ayrim toifadagi mansabdor shaxslarni lavozimidan chetlashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, basharti ular ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etish uchun jalb qilingan boʻlsalar, lavozimdan chetlashtirilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
260-modda. Shaxsni lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirish oqibatida yetkazilgan ziyonni qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsning lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani oqibatida yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan yoki jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra tugatilgan boʻlsa, toʻla hajmda qoplanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 991-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-bob. MAJBURIY KELTIRISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
261-modda. Chaqiruvga binoan hozir boʻlish majburiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini yuritish munosabati bilan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan belgilangan tartibda chaqirilgan shaxslar aynan koʻrsatilgan vaqtda hozir boʻlishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganlari taqdirda ular majburiy keltiriladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
262-modda. Majburiy keltirish lozim boʻlgan shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiy keltirish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining, jabrlanuvchining, guvohning protsessual harakatlarda yoki sud majlisida ishtirok etishini taʼminlash uchun, basharti ular uzrsiz sabablarga koʻra kelishdan bosh tortganligi aniqlangan taqdirda, qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchini oldindan chaqiruvsiz majburiy keltirish ular surishtiruv, dastlabki tergov va suddan yashirinib yurgan yoki aniq yashash joyi boʻlmagan taqdirda qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanuvchining sudga kelmaganligi sababini oldindan aniqlamasdan turib, majburiy keltirishga alohida hollarda, ishni koʻrish sudlanuvchi boʻlmaganligi sababli keyinga qoldirilayotgan va bunda uning turgan joyi toʻgʻrisida maʼlumot boʻlmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohga yoki jabrlanuvchiga nisbatan majburiy keltirishning qoʻllanilgani ularni koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikdan ozod qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 240-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
263-modda. Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror majburiy keltirish toʻgʻrisida qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Ushbu qarorda yoki ajrimda: majburiy keltirilishi kerak boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; uning protsessual mavqeyi; yashash yoki ish joyi; majburiy keltirish uchun asoslar; shaxsni qayerga va qachon olib kelish kerakligi; majburiy keltirish kimga topshirilganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
264-modda. Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qarorni yoki ajrimni bajarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim ijro etish uchun ish yuritilayotgan joydagi ichki ishlar organiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiy keltirilishi lozim boʻlgan shaxsni topgan ichki ishlar organining xodimi uni qaror yoki ajrim bilan tanishtirib tilxat oladi va mazkur qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoxud sudga olib keladi. Bunda qarorga (ajrimga) shaxs topilgan vaqt va joy, uni olib kelib topshirilgan vaqt,shuningdek uning majburiy keltirilishi bilan bogʻliq ariza, shikoyat va iltimoslar haqidagi maʼlumotnoma ilova qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organi shaxsning qochib ketganligi, taʼtilda, xizmat safarida ekanligi, ogʻir kasalligi yoki boshqa sabablarga koʻra yoʻqligi oqibatida majburiy keltirishga imkon boʻlmaganligini aniqlasa, bu haqda maʼlumotnoma tuzadi hamda qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorga yoxud sudga xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-bob. SHAXSNI TIBBIY MUASSASAGA JOYLASHTIRISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
265-modda. Tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiyot yoxud sud-psixiatriya ekspertizasini oʻtkazishda statsionar kuzatuv zarurati boʻlsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud ayblanuvchini yoki sudlanuvchini, basharti ular ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin boʻlgan jinoyatni sodir etishda ayblanayotgan boʻlsalar, tegishli tibbiy muassasaga joylashtirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruhiy holati ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish va ayblov eʼlon qilish imkoniyatini istisno etadigan shaxs ham, agar aynan uning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligiga yetarlicha dalillar mavjud boʻlsa, ekspertiza oʻtkazish uchun psixiatriya muassasasiga joylashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsni gumon qilinuvchi tariqasida ushlab turish muddati statsionar sud-psixiatriya ekspertizasi tamomlangunga qadar tugasa, gumon qilinuvchining ruhiy holati imkon bersa, unga ayblov eʼlon qilish yoki uni tibbiy muassasadan ozod qilish yoxud uni tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash boʻyicha ish yurgizilayotgan shaxs tariqasida eʼtirof etish toʻgʻrisida qaror chiqarish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchilar va guvohlarni ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga majburiy joylashtirish mumkin emas. Ular gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi Jinoyat kodeksi 15-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etishda aybli ekanligini ochib berayotgan va ular bergan koʻrsatuvlarning ishonchliligini tekshirishning boshqa imkoniyati boʻlmagan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
266-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish surishtiruvchi yoki tergovchining prokuror rozilik bergan qaroriga, prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda: tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaxs va uning protsessual mavqeyi; shaxs joylashtirilayotgan tibbiy muassasaning nomi; zarur boʻlganda shaxsni shu muassasaga olib borish toʻgʻrisidagi farmoyish; ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi qaror aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
267-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirayotganda qoʻllaniladigan ehtiyot choralari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy muassasaga joylashtirayotganda ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yuzasidan ish yuritilayotgan shaxsga nisbatan, basharti bu muassasa qamoqqa olinganlarni saqlashga moslashtirilgan boʻlsa, qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanishi mumkin. Boshqa hollarda koʻrsatilgan ehtiyot chorasi bekor qilinishi yoki yengilrogʻi bilan almashtirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yuzasidan ish yuritilayotgan shaxsning tibbiy muassasada boʻlgan vaqti qamoqda saqlash muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
268-modda. Tibbiy muassasada saqlash muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yuzasidan ish yuritilayotgan shaxs tibbiy muassasaga bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga joylashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda shifokorlarning statsionar ekspertiza oʻtkazish jarayonida olingan xulosasiga asosan bu muddat ish yurituvida boʻlgan prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. Muddatni yanada uzaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
269-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim ustidan shikoyat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy muassasaga ekspert tekshiruvi uchun joylashtirilgan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili surishtiruvchining, tergovchining va prokurorning tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi qarori ustidan yuqori turuvchi prokurorga, sudning bu xususdagi ajrimi ustidan yuqori sudga shikoyat qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-bob. PROTSESS ISHTIROKCHILARINING XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH. SURISHTIRUV, DASTLABKI TERGOV VA SUDDA PROTSESSUAL MAJBURIYATLAR HAMDA TARTIBNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
270-modda. Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga, shuningdek ularning oila aʼzolari yoki yaqin qarindoshlariga oʻldirish, kuch ishlatish, mol-mulkini yoʻq qilib tashlash yoxud mol-mulkiga shikast yetkazish bilan yoki oʻzga gʻayrihuquqiy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinayotir deyish uchun yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bu shaxslarning hayoti, salomatligi, shaʼni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilish, shuningdek aybdorlarni aniqlash hamda ularni javobgarlikka tortish choralarini koʻrishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ichki ishlar organlariga ishda ishtirok etayotgan shaxslarning hayoti, salomatligi, shaʼni, qadr-qimmati va mol-mulki muhofaza qilinishini taʼminlovchi barcha zarur choralarni koʻrish xususida yozma ravishda topshiriq berishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organi xavf tahdid solayotgan shaxslarga doir jinoyat ishidagi mavjud maʼlumotlardan, bu xavfning ehtimol tutilgan xususiyati, manbalari, joyi, vaqti va boshqa holatlaridan xabardor etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-yanvardagi OʻRQ-515-son “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
271-modda. Protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini yuritish chogʻida Jinoyat kodeksining 230 — 241-moddalarida nazarda tutilgan, odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatni sodir etgan protsess ishtirokchilari ushbu Kodeksning umumiy qoidalariga binoan javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari protsessual majburiyatlarni buzganliklari uchun, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jabrlanuvchilar va guvohlar — surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning guvohlantirishdan, ekspertizadan oʻtish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar taqdim etish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini bajarishdan bosh tortganlik uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uyida olib qoʻyish, tintuv oʻtkazilayotgan shaxslar, shuningdek, mol-mulki xatlangan shaxslar (gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va ularning yaqin qarindoshlaridan tashqari) — surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning talabi bilan izlanayotgan ashyolarni berishdan bosh tortganlik uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa muassasalarining xodimlari — surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi qarorini bajarmaganlik yoki yetarli darajada bajarmaganlik uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mansabdor shaxslar va fuqarolar — basharti ular hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirishga, tergov eksperimenti oʻtkazishga, murdani eksgumatsiya qilishga, olib qoʻyish va tintuv oʻtkazishga toʻsqinlik qilsalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
protsess ishtirokchilari — surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini oshkor qilganlik uchun, agar ular maʼlumotlarni oshkor qilishga yoʻl qoʻyilmasligi haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan ogohlantirilgan boʻlsalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari — surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, mutaxassis, ekspert, tarjimon, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, xalq maslahatchilarining kelishiga toʻsqinlik qilganlik, jinoyatning sabablariga va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarga barham berish toʻgʻrisidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning taqdimnomasini yoki sudning xususiy ajrimini bajarmaganlik yoxud talab darajasida bajarmaganlik uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 182, 194, 196, 197 va 198-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 239-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
272-modda. Sud majlisida tartibni buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisida tartibni buzgan, raislik qiluvchining farmoyishlariga boʻysunmagan yoki sudni behurmat qilgan taqdirda tartibbuzar bunday harakatlarning takrorlanishi uni sud majlisi zalidan chiqarib yuborishga sabab boʻlajagi haqida, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan tartibbuzar esa, bundan tashqari, maʼmuriy javobgarlikka tortilishi ham mumkinligi xususida ogohlantiriladi. Bu ogohlantirish taʼsir qilmasa, protsess ishtirokchisi sudning ajrimiga, boshqa shaxslar esa, raislik qiluvchining farmoyishiga muvofiq sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi. Ishni koʻrish chiqarib yuborilgan shaxslarsiz davom ettiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 180-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning ajrimi ayblovchi yoki himoyachiga taalluqli boʻlsa, ishni eshitish keyinga qoldirilishi lozim, bir shaxsni bir necha ayblovchi ayblayotgan yoki bir necha himoyachi himoya qilayotgan hollar bundan mustasnodir. Zaldan chiqarib yuborilgan ayblovchi yoki himoyachining nomunosib xulq-atvori toʻgʻrisida sud xususiy ajrim chiqarib, uni tegishliligiga qarab, yuqori turuvchi prokurorga yoki advokatlar malaka komissiyasiga yuboradi.
(272-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud zalidan sudlanuvchi chiqarib yuborilgan boʻlsa, hukm uning ishtirokida eʼlon qilinishi yoki eʼlon qilinganidan keyin unga darhol maʼlum qilinib, tilxat olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan shaxs (sudlanuvchi, ayblovchi va himoyachi bundan mustasno) raislik qiluvchi tomonidan uning joyning oʻzida chiqargan ajrimiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ajrim sud majlisining bayonnomasida qayd etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 180-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
273-modda. Sud majlisida protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlikni yuklashga qaratilgan sud harakatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protsess ishtirokchisining odil sudlovga qarshi jinoyat sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishiga asoslar sud muhokamasida yoki ish kassatsiya yoxud nazorat tartibida koʻrib chiqilayotganida aniqlangan boʻlsa, sud bu protsess ishtirokchisiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatadi va tergov qilish uchun uni prokurorga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
274-modda. Pul undirish va jarima solish toʻgʻrisidagi masalani sud tomonidan hal qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda pul undirish va jarima solish jinoyat ishini koʻrish qaysi sudga taalluqli boʻlsa, shu sud tomonidan amalga oshiriladi. Protsessual majburiyatlarni yoki tartibni buzishga bevosita sud majlisida yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, jarima solish haqidagi ajrim ishni koʻrayotgan sud tomonidan shu majlisning oʻzida chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa hollarda pul undirish toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan pul undiriladigan shaxs chaqirilib hal qilinadi. Mazkur shaxsning uzrsiz sabablarga koʻra kelmasligi ishni koʻrishga monelik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan tartibbuzarlik toʻgʻrisida tuzilgan bayonnoma va unga ilova qilingan materiallar yoxud sud majlisi bayonnomasidan olingan tegishli koʻchirma oʻqib eshittiriladi. Shundan soʻng javobgarlikka tortilayotgan shaxsning izohlari, sud majlisida prokuror qatnashayotgan boʻlsa, uning fikri eshitiladi va ajrim chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarjimonga, mutaxassisga, kafilga pul undirish yoxud sud majlisi zalida tartibni buzgan shaxsga jarima solish toʻgʻrisidagi ajrimni chiqargan sud bu ajrimning ijrosini uch oygacha muddatga kechiktirishga yoki ijroning boʻlib-boʻlib bajarilishiga ruxsat berishga haqlidir.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.05.00 Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BESHINCHI BOʻLIM JINOYAT NATIJASIDA YETKAZILGAN MULKIY ZIYONNI QOPLASH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-bob. JINOYAT PROTSESSIDA FUQAROVIY DAʼVO. BOSHQA MULKIY UNDIRISHLAR
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
275-modda. Jinoyat protsessida koʻriladigan fuqaroviy daʼvolar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bevosita jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, shuningdek jabrlanuvchini dafn etish yoki uning statsionarda davolanish xarajatlarini hamda sugʻurta tariqasida unga toʻlangan pul, nafaqa yoki pensiya pulini undirish toʻgʻrisidagi fuqaroviy daʼvolar jinoyat protsessida koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy daʼvoning sudlovga tegishliligi bu daʼvo qoʻzgʻatilgan jinoyat ishining qaysi sudlovga tegishliligiga qarab aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 27-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
276-modda. Fuqaroviy daʼvoni qoʻzgʻatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida oʻzini mulkiy ziyon koʻrgan deb hisoblovchi shaxs yoxud uning vakili jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan paytdan boshlab to sud tergovi boshlangunga qadar fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat sodir etish yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida mol-mulki yoʻqolgan yoki shikastlangan shaxs vafot etgan taqdirda uning merosxoʻrlari jinoyat protsessida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatish va uni quvvatlash huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy daʼvo yozma shaklda ham, ogʻzaki shaklda ham qoʻzgʻatilishi mumkin. Ogʻzaki daʼvo arizasi bayonnomaga yozib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat protsessida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatish, uni koʻrib chiqish va hal qilish uchun davlat boji undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat protsessida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatmagan shaxs, shuningdek daʼvosi koʻrilmasdan qoldirilgan shaxs uni fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qoʻzgʻatishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 38-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi va 9-bandining beshinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
277-modda. Fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatilgan hollarda sodir etilgan qilmish oqibatida shaxsga mulkiy ziyon yetkazilgan deb hisoblasa, uni fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qarorning yoki ajrimning nusxasi daʼvoni qoʻzgʻatgan shaxsga yoki uning vakiliga taqdim etiladi. Bunda fuqaroviy daʼvogarga ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar, fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish rad qilingan shaxsga esa, qaror ustidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
278-modda. Ishda fuqaroviy javobgar tariqasida ishtirok etishga jalb qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgach va ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilgan shaxsning qilmishlari oqibatida yetkazilgan ziyon uchun qonunga koʻra boshqa shaxslar mulkiy javobgar ekanligi aniqlangach, tegishli fuqaroni yoki yuridik shaxsni ishda fuqaroviy javobgar tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qaror yoki ajrim fuqaroviy javobgarga yoki uning vakiliga eʼlon qilinadi. Bunda ularga ushbu Kodeksning 59 va 63-moddalarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar tushuntiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
279-modda. Prokurorning fuqaroviy daʼvoni qoʻzgʻatishi va uni quvvatlashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror fuqaroviy daʼvoni qoʻzgʻatishi yoki qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvoni quvvatlashi yoxud, basharti davlat yoki jamiyat manfaatlarini yoxud fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish taqozo etsa, daʼvoga qarshi eʼtiroz bildirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
280-modda. Jinoyat protsessida fuqaroviy-protsessual qonun hujjatlaridagi qoidalarning qoʻllanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida va sudda fuqaroviy daʼvo boʻyicha ish yuritish ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda olib boriladi. Fuqaroviy daʼvo boʻyicha yuzaga keladigan protsessual munosabatlar ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan boʻlsa, unda jinoyat protsessi prinsiplariga xilof boʻlmagan fuqaroviy-protsessual qonun hujjatlarining qoidalari qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
281-modda. Ziyonni undirish asoslari, shart-sharoiti, hajmi va usuli toʻgʻrisidagi qoidalarning qoʻllanilishi. Daʼvo muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy daʼvo boʻyicha ish yuritishda ziyonni undirish asoslari, shart-sharoiti, hajmi va usuli fuqaroviy, mehnat va boshqa soha qonun hujjatlari qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 12-bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasi, 19-bobning ikkinchi paragrafi, Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 49-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 11 va 13-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini taʼminlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi qarorining 14-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
282-modda. Daʼvoni tan olish, taraflarning oʻzaro kelishuvi va daʼvodan voz kechish oqibatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki fuqaroviy javobgarning daʼvoni tan olganligi, shuningdek fuqaroviy daʼvogar, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoxud fuqaroviy javobgarning oʻzaro kelishganlik toʻgʻrisidagi arizasi fuqaroviy daʼvo boʻyicha ish yuritishning tugatilishiga olib kelmaydi va surishtiruvchini, tergovchini fuqaroviy daʼvoga doir holatlarni sinchkovlik bilan, toʻla, har tomonlama va xolisona tekshirish majburiyatidan, sudni esa fuqaroviy daʼvoni koʻrish va hal qilish majburiyatidan ozod etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daʼvodan voz kechishning qabul qilinishi daʼvo boʻyicha ish yuritishni tugatishga asos boʻladi va jinoyat protsessida ham, fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida ham fuqaroviy daʼvogarni oʻsha shaxsga xuddi shu asos bilan daʼvoni qayta qoʻzgʻatish huquqidan mahrum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
283-modda. Sudning fuqaroviy daʼvoga oid hukmi va ajrimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblov hukmini chiqarishda, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash yoki sodir etgan qilmishning xususiyatiga va oʻzining ruhiy holatiga koʻra shaxs ijtimoiy xavfli boʻlmagan hollarda bunday chorani qoʻllamaslik haqida ajrim chiqarishda sud asoslarning isbotlanishi va daʼvo hajmini eʼtiborga olib, uni toʻliq yoki qisman qanoatlantiradi yoxud uni qanoatlantirishni rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud oqlov hukmini chiqarayotganda, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha ishni tugatish haqida ajrim chiqarayotganda fuqaroviy daʼvoni qondirishni quyidagi hollarda rad etadi, basharti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish hodisasi yuz bermagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) sudlanuvchining yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash masalasi hal etilayotgan shaxsning sodir etilgan jinoyatga yoki ijtimoiy xavfli qilmishga daxli yoʻqligi aniqlangan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) sudlanuvchining yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash masalasi hal etilayotgan shaxsning mulkiy ziyon keltirgan harakati zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmagan holda sodir etilgan boʻlsa.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan qilmish jinoyat deb topilmaganligi sababli u oqlangan taqdirda, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan asoslardan boshqa asoslarga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha ish yuritish tugatilganda sud daʼvoning isbotlanish darajasi va hajmini eʼtiborga olib, uni toʻliq yoki qisman qanoatlantiradi yoki qanoatlantirishni rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daʼvoning hajmi jinoyat tavsifiga va aybdorga jazo chorasi tayinlashga taʼsir etmasa, fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirishda sud daʼvo talabi chegarasidan chiqishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat protsessida qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvo qanoatlantirilmagan taqdirda daʼvogar shu shaxsga va xuddi shu asoslar boʻyicha fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatish huquqidan mahrum boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
284-modda. Jinoyat narsalarini davlat egaligiga oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat narsasi boʻlgan mol-mulk, basharti avvalgi egasiga qaytarib berilishi lozim boʻlmasa, sud hukmi bilan davlat egaligiga oʻtkaziladi. Bu mol-mulk topilmagan boʻlsa, sud hukmi bilan, jinoyat ishi tugatilgan boʻlsa, sudning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida chiqargan hal qiluv qaroriga koʻra uning qiymati davlat foydasiga undiriladi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
285-modda. Jinoiy yoʻl bilan orttirilgan mol-mulkning bundan buyon kimga tegishli boʻlishini belgilash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchi tomonidan jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pullar, buyumlar va boshqa boyliklar sud hukmi bilan yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash uchun sarflanadi, ziyonni qoplashdan ortgan summa esa, davlat foydasiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat narsasi boʻlmish mol-mulk uchinchi shaxslarda topilib, ulardan tortib olingan va tegishligiga qarab, qaytarilgan boʻlsa, sudlanuvchi tomonidan ushbu mol-mulkni sotish yoʻli bilan orttirilgan pullar, buyumlar va boshqa boyliklar sud hukmi bilan davlat egaligiga oʻtkaziladi. Mol-mulkni halol yoʻl bilan topgan puliga sotib olgan shaxsga bu mol-mulk egasiga qaytarilishi natijasida yetkazilgan ziyonni undirish haqida mahkumga nisbatan fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatish huquqi tushuntiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
286-modda. Hukmning fuqaroviy daʼvo va boshqa mulkiy undirishlar bilan bogʻliq qismini ijro etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukmning va tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimning fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirishga, shuningdek boshqa mulkiy undirishlarga oid qismi fuqaroviy-protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ijro etiladi.
Qarang: mazkur Kodeksning oʻn ikkinchi boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining V boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-bob. MOL-MULKNI JABRLANUVCHI YOKI FUQAROVIY DAʼVOGARGA QAYTARISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
287-modda. Yoʻqolgan mol-mulkni qaytarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat sodir etilishi natijasida jabrlanuvchi yoki yuridik shaxsning yoʻqolgan va ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan mol-mulki egasiga qaytarilishi lozim. Jabrlanuvchi vafot etgan taqdirda uning mol-mulki merosxoʻrlariga, tugatilgan yuridik shaxsning mol-mulki esa, uning huquq vorisiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Egasini aniqlab boʻlmagan mol-mulk davlat egaligiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni qaytarib berish yoki uni davlat egaligiga oʻtkazish sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimiga asosan, ish tugatilganda esa, surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sudning ajrimiga koʻra amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 14-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
288-modda. Mol-mulk qiymatini undirib berish toʻgʻrisida daʼvo mavjud boʻlgan taqdirda uning bundan buyon kimga tegishli boʻlishini belgilash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat sodir etilishi natijasida mahrum boʻlingan va ish boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan mol-mulkning mulkdori yoki qonuniy egasi bu mol-mulkdan voz kechsa va uning qiymatini undirib berish toʻgʻrisida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatsa, sud mol-mulkdan voz kechishni asosli deb topib, fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirgan holda mol-mulkni mahkumga yoki fuqaroviy javobgarga beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud mol-mulkdan voz kechishni asossiz deb topsa, daʼvoni qondirmaydi yoki qisman qondirib, qaytariladigan mol-mulkning qiymati qanchaga pasaygan boʻlsa, shu summani yoxud tovar koʻrinishini yoʻqotganligi sababli taʼmirlashga qilinadigan chiqim summasini va tovonini jabrlanuvchi yoki fuqaroviy daʼvogar foydasiga undirib beradi. Mol-mulkning dastlabki va keyingi qiymati hamda tovar koʻrinishini yoʻqotganlik uchun tovon puli mutaxassis yoki ekspert ishtirokida aniqlanadi, taʼmirlash qiymati esa, taʼmirlashni amalga oshirayotgan korxona bergan hujjat asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
289-modda. Jabrlanuvchi va boshqa shaxslarning mol-mulkini rekvizitsiya qilish va musodara etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy egalikda boʻlishi man qilingan mol-mulk ish boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan boʻlsa, mulkdor toʻgʻri yoki gʻayrihuquqiy ravishda qoʻlga kiritganiga qarab, u rekvizitsiya qilinadi yoki musodara etiladi, yaʼni mol-mulk haqini toʻlash yoki toʻlamaslik sharti bilan sud tomonidan bunday mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan tegishli davlat organiga yoki yuridik shaxsga beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 203, 204 va 209-moddalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-bob. HUKMNING MULKIY UNDIRISHLAR TOʻGʻRISIDAGI QISMI IJROSINI TAʼMINLASH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukmning fuqaroviy daʼvoga va boshqa mulkiy undirishlarga doir qismining ijrosini taʼminlash uchun surishtiruvchi, tergovchi yoki sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgarning mol-mulkini xatlashi shart.
(290-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgar oilasining normal turmushini taʼminlash uchun zarur boʻlgan uy-joy, kvartira, uy anjomlari va jihozlari, kiyim va buyumlar xatlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turar joylar yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylar, mulk shaklidan qatʼi nazar, davlatga xoinlik qilish, konstitutsiyaviy tuzumga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, terrorizm, qoʻporuvchilik jinoyatlari sodir etish uchun foydalanilgan yoxud bu jinoyatlar qasddan odam oʻldirish, bosqinchilik, talonchilik yoki boshqa ogʻir, oʻta ogʻir jinoyatlar bilan bogʻliq boʻlgan hollarda — bu joylar xatlanadi.
(290-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xatlash mulkdorga yoki mol-mulkning egasiga mol-mulkni tasarruf qilish, zarur hollarda esa, undan foydalanish man etilganligini eʼlon qilishdan yoxud mol-mulkni tortib olishdan va uni saqlab turish uchun boshqa shaxslarga topshirishdan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkni xatlash surishtiruvchi, tergovchi qarori boʻyicha yoxud bu tergov harakatini bajarishni tergov organiga topshirishga haqli boʻlgan sudning ajrimi boʻyicha amalga oshiriladi.
(290-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xatlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda u kim tomonidan, qachon va qaysi ish boʻyicha chiqarilgani, nima maqsadda va kimning mol-mulki xatlanishi lozimligi, fuqaroviy daʼvoni taʼminlash uchun xatlanayotganda esa, xatlanayotgan mol-mulk summasi ham koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi yoki tergovchi hukmning mulkiy undirish yoxud mulkiy yoʻsindagi jazo qismining ijrosini taʼminlovchi choralarni koʻrmagan taqdirda, ishni yuritayotgan sud ularga bunday choralarni koʻrish majburiyatini yuklaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirganda yoki boshqa mulkiy undirishlarni qoʻllayotganda hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar, basharti oldin chora koʻrilmagan boʻlsa, sud hukmning shu qismi ijrosini taʼminlaydigan choralar koʻrish haqida ajrim chiqarishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diplomatiya vakolatxonalari binolaridagi va diplomatiya vakillariga qarashli mol-mulkni xatlashda ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
291-modda. Mol-mulkni xatlash bayonnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi yoki tergovchi mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalari talablariga rioya qilgan holda ikki nafardan kam boʻlmagan xolislar ishtirokida bayonnoma tuzadi. Bayonnomada xatlangan barcha mol-mulkning nomi, oʻlchovi, ogʻirligi, eskirish darajasi va boshqa oʻziga xos belgilari sanab oʻtilib, mol-mulkni xatlayotgan shaxsning harakatlari toʻgʻrisidagi va bayonnomaga kiritilgan mol-mulkning uchinchi shaxslarga tegishliligi haqidagi arzlar bayon etiladi. Mol-mulk olib qoʻyilgan taqdirda aynan nimaning olinganligi va qayerga yoki kimga saqlash uchun topshirilganligi bayonnomada koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni xatlash chogʻida uni yashirish, yoʻq qilib yuborish yoki shikastlashga urinishlar qilingan boʻlsa, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qoʻllangan choralar koʻrsatilib, bayonnomada aks ettirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
292-modda. Mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning nusxasini taqdim qilish majburiyligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning nusxasi mol-mulki roʻyxatga olingan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila aʼzolaridan biriga, ular boʻlmagan taqdirda, mol-mulk roʻyxatga olingan hududdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga topshirilib tilxat olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxona, muassasa, tashkilot yoki diplomatiya vakolatxonasi hududidagi mol-mulkni roʻyxatga olish oʻtkazilgan boʻlsa, mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning nusxasi tegishli maʼmuriyat yoki diplomatiya vakolatxonasi vakiliga topshirilib, qoʻl qoʻydirib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
293-modda. Xatlash chogʻida mol-mulkni baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xatlanayotgan mol-mulk surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan uning eskirish darajasini eʼtiborga olib, baholash paytidagi bozor narxida baholanadi. Zarurat boʻlganda mol-mulkni baholash mutaxassis ishtirokida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pullar, obligatsiyalar, cheklar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar oʻz qiymati boʻyicha hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukmning fuqaroviy daʼvo qismi ijrosini taʼminlash uchun mol-mulkni xatlashda bayonnomaga qiymati ziyonni qoplash uchun yetarli mol-mulk kiritiladi. Bunda mulkdor yoki mol-mulk egasi, oʻzining fikricha, qaysi mol-mulkni bayonnomaga kiritish zarur deb hisoblasa, shu mol-mulkni koʻrsatishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
294-modda. Xatlangan mol-mulkni olib qoʻyish va saqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xatlangan mol-mulk olib qoʻyilib, saqlash uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoxud boshqa tashkilot vakiliga topshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xatlangan mol-mulk mulkdorga yoki mol-mulk egasiga, uning voyaga yetgan oila aʼzolaridan biriga yoki boshqa shaxsga saqlab turish uchun qoldirilib, unga ushbu mol-mulkning toʻla-toʻkis saqlanishi uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlik tushuntiriladi va bu haqda undan tilxat olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomalada boʻlishi man qilingan ashyolar har qanday hollarda ham olib qoʻyilishi kerak. Ularni saqlash tartibi qonun bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-maydagi 132-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari toʻgʻrisida”gi nizom.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank muassasalarida saqlanayotgan pullar, shuningdek davlat zayomi obligatsiyalari, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar olib qoʻyilmaydi, lekin mol-mulk xatlangani toʻgʻrisidagi qarorni yoki ajrimni olish bilanoq, ularni xarjlash operatsiyalari toʻxtatib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oqlov hukmi qonuniy kuchga kirganda, jinoyat ishi tugatilganda, shuningdek fuqaroviy daʼvogar oʻz daʼvosidan voz kechganda hamda fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirish yuzasidan koʻrilgan choralarga sabab boʻlgan asoslar bartaraf etilgan boshqa hollarda mol-mulkning xatlanganligi bekor qilinadi.
(295-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.06.00 Jinoyatlarning oldini olish choralari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OLTINCHI BOʻLIM JINOYATLARNING OLDINI OLISH CHORALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-bob. Jinoyatlarning oldini olish choralari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
296-modda. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash majburiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishlarini yuritishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashlari shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 3 va 16-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining toʻrtinchi xatboshisi va 30-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 20-sonli “Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi 6-sonli “Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 19-sonli “Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 12 va 13-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 29-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
297-modda. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning taqdimnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jinoyat ishini tergov qilish chogʻida jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlab chiqib, tegishli davlat organiga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga, jamoat birlashmasiga, jamoaga yoki mansabdor shaxsga ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralarini koʻrish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi. Taqdimnomaning nusxasi ishga qoʻshib qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
298-modda. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida sudning xususiy ajrimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini koʻrish jarayonida jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlanganidan keyin sud xususiy ajrim chiqarib, unda tegishli davlat organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, jamoat birlashmalaridan, jamoalardan yoki mansabdor shaxslardan ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrishni talab qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 30-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-sentabrdagi 12-sonli “Odam savdosiga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
299-modda. Taqdimnomani va xususiy ajrimlarni bajarish majburiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma yoki xususiy ajrim yuborilgan davlat organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs zarur choralarni koʻrishi va koʻrilgan choralarning natijalari toʻgʻrisida kechi bilan bir oylik muddat ichida tegishincha surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni yoki sudni xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdimnoma yoki xususiy ajrim bajarilmagan yoki vijdonan bajarilmagan taqdirda korxona, muassasa yoki tashkilotning aybdor rahbari qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 181, 196, 197 va 198-moddalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
300-modda. Fuqaro ijtimoiy burchini namunali bajarganligi toʻgʻrisida taqdimnoma va xususiy ajrim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror — taqdimnoma, sud esa, xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan tegishli korxona, muassasa va tashkilot rahbarini va jamoasini jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda fuqaro yuksak onglilik, jasorat koʻrsatgani, ijtimoiy burchini namunali bajarganligi toʻgʻrisida xabardor qilishi mumkin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.07.00 Reabilitatsiya]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YETTINCHI BOʻLIM REABILITATSIYA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-bob. Reabilitatsiya asoslari va oqibatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
301-modda. Reabilitatsiya asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oqlov hukmi, shuningdek ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan holatlar shaxsni reabilitatsiya etishga asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
302-modda. Reabilitatsiya etilishning mulkiy va boshqa oqibatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reabilitatsiya etilgan shaxs qonunga xilof ravishda ushlab turilgani, ehtiyot chorasi sifatida qonunga xilof ravishda qamoqda saqlangani, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani tufayli vazifasidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani yoxud tibbiy muassasaga qonunga xilof ravishda joylashtirilgani natijasida unga yetkazilgan mulkiy zararni undirish hamda maʼnaviy ziyon oqibatlari bartaraf etilishini talab qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday hollarda reabilitatsiya etilgan shaxsning ushbu Kodeksning 310-moddasida nazarda tutilgan mehnat qilish, nafaqa olish, uy-joydan foydalanish va boshqa huquqlari ham tiklanishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 990, 991, 1022-moddalari, “Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2569).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
303-modda. Qisman reabilitatsiya etishning asoslari va oqibatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsning qisman reabilitatsiya etilishiga quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) shaxs qamoqda saqlab turilganiga qaraganda kamroq muddatga ozodlikdan mahrum etishga yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilinganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) hukmdan ayblov qisman chiqarib tashlanishi va buning natijasida qonunga koʻra qamoqda saqlash yoki ozodlikdan mahrum qilish mumkin emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ozodlikdan mahrum qilish muddatining yuqori sud tomonidan haqiqatan oʻtalgan muddatga qaraganda kamaytirilganligi yoxud boshqa yengilroq jazo turi bilan almashtirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qisman reabilitatsiya etish ayblanuvchiga yoki mahkumga yetkazilgan mulkiy ziyonning asossiz qismi qoplanishiga va maʼnaviy ziyon oqibatlarining asossiz qismi bartaraf qilinishiga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-bob. REABILITATSIYA ETILGAN SHAXSGA YETKAZILGAN ZIYONNI QOPLASH VA UNING BOSHQA HUQUQLARINI TIKLASH TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
304-modda. Mulkiy ziyonni qoplash hajmi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reabilitatsiya etilgan shaxsga ushbu Kodeksning 302 va 303-moddalarida koʻrsatilgan qonunga xilof harakatlar bilan yetkazilgan mulkiy ziyon toʻla hajmda qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar qoplanishi lozim boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) reabilitatsiya etilgan shaxs oʻziga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida mahrum boʻlgan ish haqi va mehnatdan topiladigan boshqa daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) pensiya va nafaqalar, basharti ularni toʻlash toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) pullar, pul jamgʻarmalari va ularga toʻlanadigan foizlar, davlat zayomi obligatsiyalari va ularga chiqqan yutuqlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar, shuningdek sudning hukmi, ajrimiga (qaroriga) asosan musodara qilingan yoxud davlat foydasiga oʻtkazilgan ashyolar yoxud boshqa mol-mulkning qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan olingan va yoʻqotilgan mol-mulk qiymati;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 991-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) sud hukmini ijro qilish chogʻida undirilgan jarimalar va sud chiqimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) yuridik yordam koʻrsatilishi uchun shaxs tomonidan advokatlar byurosiga, hayʼatiga yoki firmasiga toʻlangan pul, shuningdek unga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida qilingan boshqa xarajatlar.
(304-moddaning ikkinchi qismi 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reabilitatsiya etilgan shaxs vafot etgan taqdirda ushbu moddaning 1, 3, 4, 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga uning merosxoʻrlari, 2-bandida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga esa boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi bilan taʼminlanishi lozim boʻlganlar jumlasiga kiruvchi oila aʼzolari ega boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
305-modda. Mulkiy ziyonni qoplash manbai
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 304-moddasining 1, 3, 4, 5 va 6-bandlarida koʻrsatilgan ziyon moliya organlari tomonidan, 2-bandida koʻrsatilgan ziyon ijtimoiy taʼminot organlari tomonidan davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
306-modda. Mulkiy ziyonni undirish huquqi va uning miqdori masalasini hal qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra chiqarilgan oqlov hukmida yoki ishni tugatish haqidagi ajrimda (qarorda) sud, ishni tugatish toʻgʻrisidagi qarorda esa tergovchi, prokuror reabilitatsiya etilgan shaxsning oʻziga yetkazilgan mulkiy ziyonni undirib olish huquqini eʼtirof etishlari lozim. Hukm, ajrim yoki qarorning nusxasi reabilitatsiya etilgan shaxsga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. Ayni vaqtda unga hukm, ajrim yoki qaror ustidan shikoyat qilish tartibi, shuningdek mulkiy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklab olish tartibi tushuntiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reabilitatsiya etish toʻgʻrisida qaror chiqargan sud, prokuror yoki tergovchi reabilitatsiya etilgan shaxsdan ariza tushgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan ziyon miqdorini aniqlaydi, zarurat tugʻilganda buning uchun moliya organlaridan va ijtimoiy taʼminot organlaridan hisob-kitob talab qilib oladi. Ish kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrish chogʻida sud tomonidan tugatilgan boʻlsa, ziyon miqdorini hukm chiqargan sud aniqlaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
307-modda. Mulkiy ziyonni qoplash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkiy ziyonning miqdori hisoblab chiqarilganidan keyin bu ziyonni qoplash uchun pul toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisida sud ajrim, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajrim yoki qarorning nusxasi gerbli muhr bilan tasdiqlanib, toʻlovni amalga oshirishi lozim boʻlgan organlarga taqdim etish uchun reabilitatsiya etilgan shaxsga, u vafot etgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 304-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga beriladi yoki yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
308-modda. Toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim ustidan shikoyat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchining, prokurorning pul toʻlovini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarori ustidan manfaatdor shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatda sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan manfaatdor shaxslar yuqori sudga umumiy tartibda shikoyat qilishlari, prokuror esa protest kiritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
309-modda. Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxs ushlab turilganligi, qamalganligi, lavozimidan chetlashtirilganligi, tibbiy muassasaga joylashtirilganligi yoki hukm qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar matbuotda eʼlon qilingan, radio, televideniye yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan boʻlsa, reabilitatsiya etilgan shaxsning, u vafot etgan boʻlsa, qarindoshlarining, sud, prokuror, tergovchining talabiga koʻra tegishli ommaviy axborot vositalari uning reabilitatsiya etilganligi toʻgʻrisida bir oy ichida xabar berishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
310-modda. Reabilitatsiya etilgan shaxsning boshqa huquqlarini tiklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunga xilof ravishda hukm qilingani, qonunga xilof ravishda tibbiy muassasaga joylashtirilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qonunga xilof ravishda qamoqqa olingani, qonunga xilof ravishda ushlab turilgani tufayli ishdan (lavozimidan) ozod qilingan yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati bilan lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgan shaxs oldin ishlagan ishiga (lavozimiga) tiklanishi lozim, korxona, muassasa, tashkilot tugatilgan yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar uni oldingi ishlab turgan ishiga (lavozimiga) tiklash imkoniyatini bermagan taqdirda unga avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reabilitatsiya etilgan shaxsning qonunga xilof ravishda ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangan vaqti, jazo oʻtagan vaqti, lavozimidan chetlashtirilganligi tufayli ishlamay yurgan vaqti, tibbiy muassasada saqlangan vaqti umumiy mehnat stajiga va ixtisoslik boʻyicha ish stajiga qoʻshiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunga xilof ravishda hukm etilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangani, ushlab turilgani yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgani tufayli oʻquv yurtidan haydalgan shaxs iltimosiga koʻra oʻqishga tiklanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunga xilof ravishda hukm etilgani yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgani tufayli uy-joydan foydalanish huquqidan mahrum boʻlgan shaxsga ilgari u egallab turgan uy-joy qaytariladi, basharti uni qaytarib berishning imkoni boʻlmasa, oʻsha aholi punktining oʻzida avvalgisiga teng qulayliklarga ega boʻlgan uy-joy beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
311-modda. Huquqlarni daʼvo tartibida tiklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsning mehnat qilish, pensiya olish va uy-joydan foydalanish huquqlarini tiklash, shuningdek mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini toʻlash toʻgʻrisidagi talabi qanoatlantirilmagan boʻlsa yoxud shaxs qabul qilingan qarorga rozi boʻlmasa, u tegishli talab bilan daʼvo ishini yuritish tartibida sudga murojaat qilishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi II boʻlimining 2-kichik boʻlimi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
312-modda. Talab qilish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkiy ziyonni qoplash uchun pul tovoni toʻlashni reabilitatsiya etilgan shaxs yoki ushbu Kodeks 304-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar bunday toʻlovlarni amalga oshirish haqidagi ajrim yoki qarorni olgan paytdan eʼtiboran ikki yil mobaynida talab qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa huquqlarni tiklashni reabilitatsiya etilgan shaxs huquqlarini tiklash tartibini tushuntiruvchi bildirish xati olgan paytdan eʼtiboran bir yil mobaynida talab qilishi mumkin. Uzrli sabablarga koʻra bu muddat oʻtkazib yuborilgan hollarda u manfaatdor shaxsning arizasiga binoan tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tiklanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
313-modda. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning mulkiy va boshqa huquqlarini tiklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish ushbu bobda belgilangan qoidalarga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri va Milliy xavfsizlik xizmati raisi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.08.00 Protsessual muddatlar va chiqimlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SAKKIZINCHI BOʻLIM PROTSESSUAL MUDDATLAR VA CHIQIMLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-bob. PROTSESSUAL MUDDATLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
314-modda. Muddatlarni hisoblash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tayinlangan muddatlar soatlar, sutkalar va oylar bilan hisoblanadi. Muddatlarni hisoblashda muddatning oʻtishi boshlangan soat, sutka hisobga olinmaydi, ammo bu qoida ushlab turish, qamoqda saqlash va tibbiy muassasada boʻlish muddatlarini hisoblashga taalluqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatni hisoblashda ishdan holi vaqt ham eʼtiborga olinadi. Muddatlar sutkalar bilan hisoblanganda muddat oxirgi sutkada soat 24-00 da tugaydi. Tegishli harakat sudda, prokuraturada yoki boshqa davlat muassasasida bajarilishi lozim boʻlsa, muddat ushbu muassasalarda ish vaqti tamom boʻlishi bilan tugaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oylar bilan hisoblanadigan muddat oxirgi oyning muddat boshlangan kuniga toʻgʻri kelgan sanasida tugaydi, muddatning tugashi tegishli sanasi boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, muddat shu oyning soʻnggi sutkasida tamom boʻladi. Muddatning tugashi ishdan holi kunga (dam olish, bayram kuniga) toʻgʻri kelsa, muddat shundan keyingi birinchi ish kunida tugaydi, ushlab turish, qamoqda saqlash va tibbiy muassasada boʻlish muddatini hisoblash hollari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
315-modda. Protsessual majburlov choralari qoʻllanganda muddatlarni hisoblash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsni ushlab turish, qamoqda saqlash va tibbiy muassasaga joylashtirishda muddat ushbu choralar amalda qoʻllanilgan paytdan boshlab hisoblanadi. Ushbu Kodeksning 226, 245 va 268-moddalarida koʻrsatilgan muddat oʻtgach, shaxs darhol ozod qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar uni qabul qilishga vakolatli shaxsga topshirilgan yoxud xabar qilingan boʻlsa, muddatga rioya etilgan deb hisoblanadi. Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar pochtaga topshirilgan boʻlsa, qamoqda saqlanayotgan yoxud tibbiy muassasadagi shaxslar uchun esa, dastlabki qamoq yoki tibbiy muassasa maʼmuriyatiga topshirilgan boʻlsa, muddat oʻtgan deb hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
316-modda. Muddatni uzaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar unda nazarda tutilgan hollardagina uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan muayyan harakatni bajarish uchun belgilangan muddat protsessning manfaatdor ishtirokchisi qilgan iltimosga binoan muddatni belgilagan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
317-modda. Muddatni tiklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddat ish yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tiklanishi lozim. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki rad etish xususida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Muddatni tiklashning rad etilishi ustidan umumiy tartibda shikoyat qilinishi va protest bildirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan muddat oʻtkazib yuborilgandan soʻng shikoyat qilinganda ajrim yoki qarorning ijrosi manfaatdor protsess ishtirokchisining iltimosiga binoan, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi masala hal qilinguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-bob. PROTSESSUAL CHIQIMLAR VA ULARNI QOPLASH
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 13-sonli “Jinoyat ishlari boʻyicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protsessual chiqimlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga, xolislarga ularning protsessual harakatlar oʻtkaziladigan joyga kelib ketish, turar joyni ijaraga olish xarajatlarini qoplash uchun, shuningdek sutkalik xarajat puli tariqasida beriladigan summadan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, xolislarga ularni odatdagi mashgʻulotidan chalgʻitganlik uchun toʻlanadigan summadan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ekspertlarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga ular surishtiruv, dastlabki tergov yoki sudda oʻz vazifalarini bajarganligi uchun toʻlanadigan haqdan, ana shu vazifalar xizmat topshirigʻi tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ushbu Kodeksning 50-moddasiga muvofiq sudlanuvchi toʻlovdan ozod qilingan taqdirda yuridik yordam koʻrsatganlik uchun himoyachiga toʻlanadigan haqdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ashyoviy dalillarni saqlash va joʻnatish bilan bogʻliq xarajatlar summasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ekspertiza muassasalarida ekspertiza oʻtkazish uchun sarflangan summadan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) shaxslarni ushlash, majburiy keltirish va qidirish uchun qilingan xarajatlardan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) jinoyat ishini yuritishda qilingan boshqa xarajatlardan iborat boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 13-sonli “Jinoyat ishlari boʻyicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning 1, 2, 3 va 4-bandlarida koʻrsatilgan summalar surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga muvofiq budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-sonli “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 13-sonli “Jinoyat ishlari boʻyicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 2 va 4-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
319-modda. Oʻrtacha ish haqining saqlanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvoh tariqasida, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi tariqasida chaqiriladigan shaxsning surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga chaqirilganligi bilan bogʻliq butkul vaqt uchun ularning ish joyida oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 257 va 282-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
320-modda. Protsessual chiqimlarni undirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protsessual chiqimlar, ushbu moddaning oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilganidan tashqari hollarda, mahkumlardan undiriladi yoki davlat hisobiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud protsessual chiqimlarni, tarjimonga toʻlangan summadan tashqari, mahkumdan undirishga haqli. Protsessual chiqimlar jazodan ozod qilingan mahkum, shuningdek jazo tayinlanmagan mahkum zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud bir necha sudlanuvchini aybli deb topgan taqdirda, ularning har biridan qancha miqdorda protsessual chiqimlarni undirish lozimligini belgilaydi. Bu holda sud aybning ogʻir yoki yengilligini, jinoyat uchun javobgarlik darajasi va mahkumlarning mulkiy ahvolini inobatga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanuvchi oqlangan yoki ushbu Kodeksning 83-moddasiga muvofiq ish tugatilgan taqdirda protsessual chiqimlar davlat hisobiga oʻtkaziladi. Sudlanuvchi bir ayblov boʻyicha oqlangan, boshqa ayblov boʻyicha esa aybli deb topilgan boʻlsa, sud u aybli deb topilgan ayblov bilan bogʻliq protsessual chiqimlarni toʻlashni uning zimmasiga yuklaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protsessual chiqimlar undirilishi lozim boʻlgan shaxsning toʻlovga moddiy imkoniyati boʻlmagan taqdirda chiqimlar davlat hisobiga oʻtkaziladi. Mahkumning protsessual chiqimni toʻlashi uning qaramogʻida boʻlganlarning moddiy ahvoliga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, sud mahkumni protsessual chiqimlarning hammasini yoxud bir qismini toʻlashdan ozod etishga haqlidir. Mahkum huquqiy yordam uchun toʻlovdan ozod etilgan taqdirda advokat mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq protsessual chiqimlar, shuningdek tarjimonga beriladigan pullar davlat hisobidan toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga qonunda belgilangan tartibda chaqirilgan protsess ishtirokchisining uzrsiz sabablarga koʻra kelmasligi oqibatida ishning sudda koʻrilishini yoxud tergov harakatlari oʻtkazishni kechiktirish bilan bogʻliq protsessual chiqimlar ana shu kelmagan shaxsdan undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moddiy javobgarlik: advokat uzrsiz sabablarga koʻra kelmagani uchun tegishli advokatlar byurosiga, hayʼatiga yoki firmasiga, jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi uzrsiz sabablarga koʻra kelmagani uchun tegishli jamoat birlashmasi yoxud jamoaga yuklatilishi mumkin.
(320-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-sonli “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar yuzasidan protsessual chiqimlarni toʻlashni voyaga yetmaganning xulq-atvori ustidan tegishli nazorat yoʻqligida aybi boʻlgan taqdirda voyaga yetmagan mahkumning ota-onasiga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga yuklashi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 993, 994-moddalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchining shikoyati boʻyicha qoʻzgʻatilgan ish yuzasidan sudlanuvchi oqlangan taqdirda sud protsessual chiqimlarni ish yuritilishiga sabab boʻlgan shikoyatni bergan shaxsdan toʻliq yoki qisman undirishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 22-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 13-sonli “Jinoyat ishlari boʻyicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 7 — 9-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAXSUS QISM
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.09.00 Ishni sudga qadar yuritish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TOʻQQIZINCHI BOʻLIM ISHNI SUDGA QADAR YURITISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-bob. JINOYAT ISHINI QOʻZGʻATISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
321-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish majburiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat sodir etilganligi toʻgʻrisida sabab va yetarli asoslar mavjud boʻlgan barcha hollarda jinoyat ishini qoʻzgʻatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar va izlarni surishtiruv organi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning bevosita oʻzi aniqlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat belgilari mavjudligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
323-modda. Jinoyat ishini anonim xabarlarga asosan qoʻzgʻatishga yoʻl qoʻyilmasligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat haqidagi imzosiz, qalbaki imzoli yoki uydirma shaxs nomidan yozilgan xat, ariza yoki boshqa anonim xabarlar jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun sabab boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxslarning jinoyat toʻgʻrisidagi arizalari yozma yoki ogʻzaki boʻlishi mumkin. Yozma ariza arz qiluvchi shaxs tomonidan imzolangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ogʻzaki ariza bayonnomada qayd etiladi. Bayonnomada arz qiluvchi, uning yashash va ishlash joyi, shuningdek shaxsiy hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilishi lozim. Basharti arz qiluvchi hujjat koʻrsata olmasa, uning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqa yoʻllar bilan tekshirish chorasi koʻrilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arz qiluvchi jinoyat toʻgʻrisida bila turib yolgʻon xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiriladi va bu xususda bayonnomada qayd qilinib, uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Soʻngra bayonnomada jinoyat sodir etish holatlari xususidagi maʼlumotlar arz qiluvchi nomidan, iloji boricha soʻzma-soʻz aks ettiriladi. Bayonnomani arz qiluvchi va arizani qabul qilgan mansabdor shaxs imzolaydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini qoʻzgʻatishga ushbu Kodeksning 113-moddasida nazarda tutilgan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz sabab boʻlsa, bila turib yolgʻon xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida ogohlantirilmasligini mustasno etganda, unga shaxslarning arizalarini qabul qilish va rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ushbu moddada nazarda tutilgan barcha qoidalar taalluqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
325-modda. Jabrlanuvchining shikoyatiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aybni ogʻirlashtirmaydigan holatlarda nomusga tekkanlik va jinsiy ehtiyojni zoʻrlik bilan gʻayritabiiy usulda qondirganlik toʻgʻrisidagi jinoyat ishi (Jinoyat kodeksi 118-moddasining birinchi qismi va 119-moddasining birinchi qismi) aybdorni javobgarlikka tortishni soʻrab jabrlanuvchi bergan shikoyat arizasi asosidagina qoʻzgʻatiladi. Jabrlanuvchi nochor ahvolda boʻlganligi tufayli, ayblanuvchiga qaram boʻlganligi yoki boshqa sabablarga koʻra huquqini va qonuniy manfaatlarini shaxsan oʻzi himoya qila olmaydigan favqulodda hollarda prokuror jabrlanuvchining arizasisiz ham jinoyat ishini qoʻzgʻatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar jinoyat toʻgʻrisida bergan xabarlar xizmat xati yoki tasdiqlangan telefonogramma, telegramma yoxud radiogramma shaklida boʻlishi lozim. Xabar yuboruvchi sodir etilgan jinoyatga oid holatlarni tasdiqlovchi oʻz ixtiyoridagi hujjatlarni xabarga ilova qilib yuborishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
327-modda. Ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muayyan jinoyat toʻgʻrisida matbuot, radio va televideniye, hujjatli kinofilmlardagi, shuningdek ommaviy axborot vositalariga yoʻllangan, lekin eʼlon qilinmagan xatlardagi xabarlar jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat toʻgʻrisidagi xabarni eʼlon qilgan yoki tegishli joylarga yuborgan ommaviy axborot vositalari, shuningdek bu xabar mualliflari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga asosan oʻz ixtiyorlarida boʻlgan hujjatlarni va xabarni tasdiqlovchi boshqa materiallarni taqdim qilishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
328-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish vakolatiga ega boʻlgan organlar yoki mansabdor shaxs tomonidan jinoyatga oid maʼlumotlarning bevosita aniqlanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi maʼlumotlarning bevosita aniqlanishi quyidagi hollarda jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻlishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) surishtiruvchi maʼmuriy vazifani amalga oshirayotganida yoki boshqa jinoyatga doir ish boʻyicha surishtiruv oʻtkazish chogʻida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) prokuror qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish paytida yoki boshqa jinoyatga doir ish boʻyicha dastlabki tergov olib borish chogʻida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) sudya maʼmuriy huquqbuzarlikka doir ishni yuritish chogʻida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
329-modda. Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlar roʻyxatga olinishi va darhol yoki uch sutkadan kechiktirmasdan, jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun sabab qonuniyligini va asoslar yetarli ekanligini bevosita yoki surishtiruv organlari yordamida tekshirish zarurati boʻlgan taqdirda, oʻn sutkadan kechiktirmasdan koʻrib chiqilishi lozim. Ushbu muddatlar jinoyatga oid xabar olingan paytdan boshlab to ishni qoʻzgʻatish yoki qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqarilgunga qadar boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatilgan muddatlar ichida qoʻshimcha hujjatlar, izohlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish, hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish va ekspertiza oʻtkazish mumkin. Ish qoʻzgʻatilgunga qadar boshqa tergov harakatlarini oʻtkazish man qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
330-modda. Jinoyatga oid maʼlumotlarni koʻrib chiqish natijasida qabul qilinadigan qarorlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud jinoyatga oid maʼlumotlar olingan yoki bunday maʼlumotlarni bevosita oʻzlari aniqlagan har bir holda quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
331-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 322-moddasida nazarda tutilgan sabab va asoslar mavjud boʻlgan taqdirda jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror yoki ajrimda: ishni qoʻzgʻatish uchun sabab va asoslar; Jinoyat kodeksining jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan jinoyatni nazarda tutuvchi moddasi; ishni oʻz yurituviga oluvchi sud yoki mansabdor shaxs koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, sud ishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimning nusxasini ishning tergov qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim boʻlgan prokurorga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish qoʻzgʻatilgandan keyin uzoqqa choʻzilgan jinoyatlarning oldini olish va jinoyatlar takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek ish uchun ahamiyati boʻlishi ehtimol tutilgan jinoyat izlari, narsalar va hujjatlarni mustahkamlash va qoʻriqlash yuzasidan darhol choralar koʻrish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
332-modda. Jinoyat ishlarini birlashtirish va ajratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitta tergov yoki sud ish yurituviga faqat bir necha shaxsning bir yoki bir necha jinoyatni birgalashib sodir etganlikda ayblanishiga doir ishlar yoxud bir shaxsning bir necha jinoyatni sodir etganlikda ayblanishiga doir ishlar birlashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir yoki bir necha jinoyatni birgalashib sodir etishda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan ishni ajratishga, basharti bu ish holatlari boʻyicha zarur boʻlib qolsa hamda bunday ajratish surishtiruvning, dastlabki tergovning va sud tomonidan ishni koʻrib chiqishning toʻliq va xolisona boʻlishiga taʼsir qilmasa, yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni birlashtirish va ajratish surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sudning ajrimi bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
333-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 83-moddasining 1 va 2-bandlarida hamda 84-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Bu haqda jinoyat sodir etilganligi toʻgʻrisida xabar bergan fuqaro, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasi yoki mansabdor shaxs xabardor qilinadi. Bunda ularga qaror yoki ajrim ustidan shikoyat qilish huquqlari va tartibi tushuntirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
334-modda. Maʼmuriy, intizomiy va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi xabarlar boʻyicha koʻriladigan choralar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelib tushgan xabarda jinoyat haqida emas, balki maʼmuriy, intizomiy yoki boshqa huquqbuzarlik yoxud axloq normalari buzilganligi haqida maʼlumot boʻlsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish bilan bir paytda xabarni huquqni buzgan shaxsga nisbatan maʼmuriy, intizomiy javobgarlik yoki jamoat taʼsir choralari qoʻllash uchun huquqni buzgan shaxs ishlaydigan yoki oʻqiydigan joy maʼmuriyatiga, uning turar joyidagi jamoaga, jamoat birlashmasiga yoki voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyaga, tegishli vakolatlarga ega boʻlgan davlat organi yoki mansabdor shaxsga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelib tushgan xabarda fuqarolarning siyosiy, mehnat, uy-joy, oilaviy yoki boshqa huquqlari buzilganligi, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qoʻriqlanadigan qonuniy manfaatlari buzilganligi koʻzga tashlansa, unda ishni qoʻzgʻatishni rad qilish bilan bir vaqtda manfaatdor shaxslarga sudga murojaat qilish huquqlari va tartibi tushuntirilishi lozim. Basharti ular maʼlum sabablarga koʻra, sud orqali oʻzlarini himoya qilishni soʻrash imkoniyatiga ega boʻlmasalar, prokuror bunday shaxslarni himoya qilib, sudga ariza bilan murojaat etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
335-modda. Jinoyat toʻgʻrisidagi arizani (xabarni) tergovga tegishliligiga qarab yuborish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani (xabarni) tergovga tegishliligiga qarab yuborishga ushbu tuman (shahar) hududidan tashqarida sodir etilgan jinoyat haqida xabar berilgan va jinoyat ishini qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun tekshirish harakatlarini jinoyat sodir etilgan tumanda (shaharda) oʻtkazish zarur boʻlgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
336-modda. Jinoyat ishini ish qoʻzgʻatilganidan keyin yuborish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror yoki ajrim chiqarilganidan keyin ishni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) prokuror — ish boʻyicha ushbu Kodeksning 345-moddasiga muvofiq dastlabki tergov olib borish uchun tergovchiga yoki surishtiruv olib borish uchun surishtiruv organi boshligʻiga yuboradi yoxud oʻzi dastlabki tergovni yuritishga kirishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tergovchi — dastlabki tergov yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) surishtiruv organining boshligʻi — ishni surishtiruv oʻtkazish uchun surishtiruvchiga yuboradi yoki oʻzi surishtiruv yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) surishtiruvchi — surishtiruv yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
337-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishning qonuniyligi ustidan prokuror nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini qoʻzgʻatishning qonuniyligi ustidan nazorat olib borayotgan prokuror:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) surishtiruvchining, surishtiruv organi boshligʻining, tergovchining jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorini bekor qilishga va ish qoʻzgʻatishni rad qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) surishtiruvchining, surishtiruv organi boshligʻining, tergovchining jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorini bekor qilishga va ayni vaqtda ish qoʻzgʻatishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
338-modda. Jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokurorning jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin. Surishtiruvchi yoki surishtiruv organi boshligʻining, tergovchining ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorining prokuror tomonidan bekor qilinishi ustidan ham xuddi shunday tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchining, surishtiruv organi boshligʻining, tergovchining ish qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan prokurorga, prokurorning ish qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan yuqori turuvchi prokurorga, sudning ajrimi ustidan esa yuqori sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruv organlari zimmasiga jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq tekshirib chiqilganidan soʻng jinoyat ishi yuzasidan dalil tariqasida foydalanish mumkin boʻlgan maʼlumotlarni aniqlash maqsadida ilmiy-texnika vositalarini qoʻllagan holda zarur choralarni koʻrish yuklatiladi. Ichki ishlar, milliy xavfsizlik xizmati organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari bu maqsadda tezkor-qidiruv choralarini ham koʻrishga haqlidir.
(339-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
340-modda. Surishtiruvning boshlanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi jinoyat ishini qoʻzgʻatganidan keyin yoki prokuror yoxud surishtiruv organining boshligʻi tomonidan qoʻzgʻatilgan ishni olgach, darhol uni oʻz ish yurituviga qabul qiladi va kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakatlarini bajarishga kirishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
341-modda. Surishtiruv yuritish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishi yuzasidan surishtiruv oʻn sutkadan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ishni tugatish uchun asoslar aniqlangan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) tergovchi ishning oʻz yurituviga berilishini talab qilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi ishni tergovchiga oʻtkazish haqida qaror chiqaradi.
(342-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
343-modda. Tergovchining topshiriqlari, koʻrsatmalari va talablarining surishtiruvchi tomonidan bajarilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchining tergov va qidiruv harakatlarini bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini surishtiruvchi tergovchining ijro etish shartlari, tartibi va muddatlari xususidagi koʻrsatmalariga muvofiq bajarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Topshiriqni belgilangan muddatda bajarish imkoniyati boʻlmasa, surishtiruvchi bu haqda tergovchini xabardor qiladi va bajarish muddatini uzaytirishni yoki ijro etish shartlari va usullarini oʻzgartirishni iltimos qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchining talabiga asosan surishtiruvchi tergov harakatlarini yuritishda unga yordam berishi, shuningdek jinoyat ishi uchun daliliy ahamiyatga ega boʻlishi ehtimol tutilgan hujjatlar va boshqa materiallarni tanishib chiqish yoki ishga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim qilishi shart.
(345-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-apreldagi OʻRQ-93-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 17-18-son, 171-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat kodeksining 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat kodeksining 150 — 163, 182, 223, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov milliy xavfsizlik xizmati tergovchilari tomonidan olib boriladi.
(345-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat kodeksining 167, 176 — 181, 184, 185, 185¹, 185², 188 — 192, 244¹, 244², 244³-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov ishni qoʻzgʻatgan organ tomonidan olib boriladi.
(345-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 22-iyundagi OʻRQ-37-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 25-26-son, 226-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat kodeksining 237 — 241-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov ushbu ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli boʻlsa, oʻsha organ tomonidan olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovni olib borishda boshqa dastlabki tergov organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan dastlabki tergov organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan tergovni toʻliq hajmda tamomlashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunda koʻrsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
346-modda. Hududiy jihatdan tergovga tegishlilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat qayerda sodir etilgan boʻlsa, jinoyat ishi oʻsha tuman (shahar) tergovchisining tergoviga tegishli boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki tergov, basharti ish holatlarini ancha tez, puxta, toʻla, xolisona, har tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qoʻzgʻatilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlarning koʻpchiligi turgan yerda oʻtkazilishi ham mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori tergov boʻlinmasi boshligʻining farmoyishiga asosan dastlabki tergov hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda olib borilishi ham mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
347-modda. Tergovchining topshiriqlarini bajarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir tergovchi oʻz yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining hududida istalgan joyda biror tergov harakatini shaxsan oʻzi bajarishga yoxud uni oʻtkazishni boshqa tergovchiga yoki surishtiruvchiga topshirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchining topshirigʻida ijro etuvchi uchun majburiy boʻlgan ijro muddati koʻrsatiladi. Tergovchining topshirigʻini bu muddat ichida ijro etishning iloji boʻlmasa, topshiriq olgan shaxs topshiriq bergan tergovchiga topshiriq qachon bajarilishi mumkinligi toʻgʻrisida yozma ravishda, telegramma yoki telefonogramma orqali xabar qiladi va uning koʻrsatmalariga binoan topshiriqni bajarishni davom ettiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
348-modda. Jinoyat ishini boshqalarga oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini bir tergov boʻlinmasi doirasida bir tergovchidan boshqa tergovchiga oʻtkazish shu tergov boʻlinmasining rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni bir tergov boʻlinmasidan boshqasiga oʻtkazish yuqori tergov boʻlinmasining boshligʻi tomonidan prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni bir dastlabki tergov organidan boshqasiga oʻtkazishga prokurorning qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
349-modda. Dastlabki tergovda jamoatchilikning ishtiroki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh etish uchun jamoatchilikni jalb qilishga haqlidir. Shu maqsadda u jamoat birlashmalariga, jamoalarga, aholiga jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik maʼlumotlar haqida xabar qilishni, qidirilayotgan shaxslar yoki narsalar turgan joyni koʻrsatishni soʻrab murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat birlashmalari va jamoalar tergovchining iltimosiga koʻra, ayrim tergov harakatlarida ishtirok etish uchun oʻz oralaridan xolislar, tarjimonlar, mutaxassislarni tavsiya qilishlari mumkin. Jamoatchilik vakillari boʻlmish xolislarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga nisbatan ushbu Kodeksning tegishli protsess ishtirokchilarining huquqlari va burchlari toʻgʻrisidagi qoidalari toʻliq tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
350-modda. Dastlabki tergovning boshlanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi jinoyat ishini qoʻzgʻatib, uni oʻz ish yurituviga oladi va bu haqda ish qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisidagi qarorga yozib qoʻyadi. Basharti tergovchiga oldin qoʻzgʻatilgan ish berilgan boʻlsa, u ishni oʻz yurituviga olganligi toʻgʻrisida qaror chiqaradi, shundan soʻng dastlabki tergovni boshlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki tergov jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan kundan boshlab uch oydan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim.
(351-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish ayblov xulosasi bilan yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror bilan prokurorga topshirilgan kuni yoxud ishni tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kuni dastlabki tergov tamomlangan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki tergov muddatiga quyidagilar kirmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish materiallari bilan tanishib chiqqan vaqt;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) dastlabki tergov toʻxtatib turilgan vaqt;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun qaytarilgan ish tergovchiga kelib tushgunga qadar oʻtgan vaqt.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan dastlabki tergov muddati tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan besh oygacha uzaytirilishi mumkin. Keyinchalik dastlabki tergov muddati faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari tomonidan yetti oygacha va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan toʻqqiz oygacha uzaytirilishi mumkin. Alohida hollarda, sodir etilgan jinoyatning ogʻirligini hamda tergov qilinayotgan ishning murakkabligini inobatga olib, dastlabki tergov muddati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan bir yilgacha uzaytirilishi mumkin.
(351-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ishni qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun qaytarib yuborganda, shuningdek toʻxtatilgan yoki tugatilgan ish qayta tiklanganda qoʻshimcha tergov muddati tergov olib borish ustidan nazorat yurgizayotgan prokuror tomonidan, mazkur ishni tergovchi qabul qilgan paytdan boshlab bir oy doirasida belgilanadi. Bu muddatni yanada uzaytirish ish sudga berilgunga, toʻxtatib turilgunga yoki tugatilgunga qadar oʻtgan tergov muddatini hisobga olgan holda umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergov muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani tergovchi tergov muddati tugashidan kamida oʻn sutka ilgari prokurorga topshiradi. Prokuror oʻz ustxati bilan iltimosnomani qanoatlantiradi yoki dastlabki tergovni tamomlab, ishni sudga yuborish toʻgʻrisida koʻrsatma beradi yoxud jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki tergovda olib qoʻyish, tintuv oʻtkazish, koʻzdan kechirish, guvohlantirish, eksperiment oʻtkazish, tanib olish uchun koʻrsatish, koʻrsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, ekspert tadqiqotini oʻtkazish uchun namunalar olish, murdani eksgumatsiya qilish kamida ikki nafar xolis ishtirokida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti bir tergov harakatini bir necha tergovchi yoki tergovchi va u rahbarlik qilayotgan surishtiruvchilar bir paytning oʻzida turli xonalarda yoki bir-biridan ancha uzoq joylarda oʻtkazayotgan boʻlsalar, har bir tergovchi va surishtiruvchi huzurida doimo kamida ikki nafar xolis ishtirok etishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaro tergovchining qonuniy talablarini va takliflarini bajarishdan bosh tortayotganligini yoki tergovchiga qarshilik koʻrsatayotganligini yoxud dastlabki tergov yuritish tartibiga toʻgʻri kelmaydigan boshqa huquqqa zid xatti-harakatlar qilayotganini tasdiqlash uchun ham xolislar taklif qilinadilar. Ushbu Kodeksning 93-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining “b” kichik bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
353-modda. Jinoyat ishidagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi jinoyat ishidagi barcha maʼlumotlarni yoki uning muayyan qismidagi maʼlumotlarni oshkor qilinmaydigan deb eʼtirof etishga haqli. Ana shu asosda u tergov harakatlarida ishtirok etayotgan yoki tergov harakatlarini bajarishda hozir boʻlgan yoxud tergov materiallari bilan tanishayotgan shaxslardan ularning zimmasiga ishda mavjud boʻlgan maʼlumotlarni uning ruxsatisiz oshkor qilmaslik toʻgʻrisida majburiyat yuklatilgani haqida tilxat olishi mumkin. Tilxatda, shuningdek mazkur majburiyatni buzganlik uchun Jinoyat kodeksining 238-moddasiga binoan javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishdagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati gumon qilinuvchi va ayblanuvchi zimmasiga yuklanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachining ishdagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati uning gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan boʻladigan suhbatiga taalluqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
354-modda. Dastlabki tergovni tergovchilar guruhiga topshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishi koʻp mehnat talab etsa, juda murakkab yoki oʻta dolzarb boʻlsa, prokuror yoki tergov boʻlinmasining boshligʻi shu ish boʻyicha dastlabki tergov yuritishni doimiy yoki maxsus tuzilgan tergov guruhiga topshirishi mumkin. Bunday topshiriq haqida qaror chiqarilishi lozim boʻlib, unda tergov guruhining rahbari va aʼzolari koʻrsatiladi. Basharti dastlabki tergovni tergovchilar guruhiga topshirish toʻgʻrisidagi qaror jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror bilan ayni bir vaqtda qabul qilingan boʻlsa, ikkala masala bir qarorning oʻzida bayon etiladi. Guruh tarkibida oʻzgarishlar boʻlganda va guruh rahbari oʻzgartirilganda ham qaror chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
355-modda. Tergovchilar guruhi rahbarining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guruh rahbari boʻlgan tergovchi jinoyat ishini oʻz yuritishiga qabul qilib oladi va dastlabki tergovning umumiy yoʻnalishi va pirovard natijasi uchun, shuningdek jinoyat protsessining shu bosqichida bajariladigan har bir harakat va qarorning qonuniy hamda asoslangan boʻlishi uchun toʻla javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guruh rahbari boʻlgan tergovchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ishni oʻzi rahbarlik qilayotgan tergovchilarga taqsimlab beradi, ularning har biri bajaradigan ish qismi yoki tergov yoʻnalishini belgilaydi, ayrim tergov harakatlari bajarishni topshirib, ularni ijro etish muddatini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) shaxsan oʻzi tergov harakatlarini bajaradi va rahbarligi ostidagi tergovchilar oʻtkazayotgan ayrim tergov harakatlarida ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qarorlar chiqaradi, shu jumladan shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish, qamoqqa olish, ishni toʻla yoki uning biror qismini tugatish yoxud toʻxtatish haqida qarorlar chiqaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) prokurorning koʻrsatmalari ijro etilishini taʼminlaydi, ushbu Kodeks 36-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishni oʻz eʼtirozlari bilan birga yuqori turuvchi prokurorga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) surishtiruv organiga tergov va qidiruv ishlarini olib borish toʻgʻrisida topshiriqlar va koʻrsatmalar beradi, shuningdek undan tergovchilar bajarayotgan tergov harakatlarini oʻtkazishda yordam berishni talab qiladi, oʻz topshiriqlari, koʻrsatmalari, talablari bajarilishi ustidan nazorat qilib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralari toʻgʻrisida taqdimnomalar yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ayblov xulosasini tuzadi yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va tasdiqlash uchun ularni ish bilan birga prokurorga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
356-modda. Guruh aʼzolari boʻlgan tergovchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guruh aʼzolari boʻlgan tergovchilar guruh rahbari boʻlgan tergovchi topshiriqlarini, koʻrsatmalarini bajaradilar va bu toʻgʻrida uni xabardor qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guruh aʼzolari boʻlgan tergovchilar tomonidan bajarilgan tergov harakatlarining natijalari jinoyat ishini yuritishga qabul qilib olgan tergovchi bajargan harakatning natijalari bilan bir xil ahamiyatga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guruh aʼzosi boʻlgan tergovchi guruh rahbari boʻlgan tergovchining topshirigʻini, koʻrsatmasini qonunga xilof yoki asossiz deb hisoblasa, bu haqda u guruh rahbariga oʻz eʼtirozlarini bildiradi. Guruh rahbari boʻlgan tergovchi bu eʼtirozlarni koʻrib chiqib, topshiriqni yoki koʻrsatmani bekor qiladi yoki uni ijro etish uchun boshqa tergovchiga beradi yoxud oʻzi tegishli tergov harakatini bajaradi. Guruh aʼzosi boʻlgan tergovchi oʻz eʼtirozlari boʻyicha tergovchilar guruhining rahbari qabul qilgan qarorga rozi boʻlmasa, nazorat olib boruvchi prokurorga oʻz eʼtirozlarini yetkazadi, prokuror uzil-kesil qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
357-modda. Tergov harakatining bir necha tergovchi tomonidan bajarilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muayyan sharoitlarda va maqsadlarda koʻzdan kechirish, tintuv, eksperiment yoki boshqa tergov harakatlarini oʻtkazishda uning ishtirokchilari ayni bir vaqtda turli binolarda boʻlishlari yoki bir-birlaridan ancha masofaga uzoqlashishlari, shuningdek, basharti tergov harakatlarini yuritishda bir qancha ishtirokchilarni yoki hozir boʻlgan shaxslarni kuzatish taʼminlanishi lozim boʻlib qolsa, tergov harakatlarini bir necha tergovchi yoki tergovchining oʻzi unga yordam berayotgan surishtiruvchilar bilan amalga oshirishi mumkin. Bunda tergovchilardan biri qolgan tergovchilar, surishtiruvchilar va boshqa tergov harakati ishtirokchilari faoliyati ustidan rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
358-modda. Tergovchining va prokurorning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat tergov boʻlinmasi boshligʻiga va ishni tergov qilishda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat olib borayotgan prokurorga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi prokurorga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-bob. JINOYAT ISHIDA GUMON QILINUVCHI TARIQASIDA VA AYBLANUVCHI TARIQASIDA ISHTIROK ETISHGA JALB QILISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
359-modda. Shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxs ushbu Kodeksning 221-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlangan boʻlsa yoxud ishda uni jinoyat sodir etishda gumon qilishga asos beruvchi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, u jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
360-modda. Jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qaror
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biror jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs ish qoʻzgʻatilgunga qadar ushlangan boʻlsa va ushbu Kodeksning 225-moddasida nazarda tutilgan tekshirish ushlab turishning asosli ekanligini tasdiqlagan boʻlsa, tergovchi shaxsni ushlab turish, ish qoʻzgʻatish va ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqida toʻxtamlarga kelib, ularni bitta qarorda bayon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorda ushlab turilgan shaxs qaysi jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganligi, Jinoyat kodeksining qaysi moddasida bu jinoyat nazarda tutilgani, ushlab turishning sabab va asoslari, shuningdek shaxsni ushlab turish, agar jinoyat ishi ilgari qoʻzgʻatilmagan boʻlsa, jinoyat ishini qoʻzgʻatish va uni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qaror koʻrsatilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror gumon qilinuvchiga u birinchi marta soʻroq qilinguniga qadar eʼlon qilinadi. Ayni vaqtda unga ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan gumon qilinuvchining huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
361-modda. Jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qaror
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi, unda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ayblanuvchi tariqasida jalb etilayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan kuni, oyi va yili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ayblovning mazmuni, yaʼni shaxsning zimmasiga qoʻyilayotgan jinoyat hodisasi, u sodir etilgan joy, vaqt va boshqa muhim holatlar bayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Jinoyat kodeksining ushbu jinoyatni nazarda tutgan moddasi, qismi, bandi aks ettirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat kodeksining turli moddalari, qismlari yoki bandlarida nazarda tutilgan bir necha jinoyatni sodir etishda ayblaganda, bu jinoyatlardan har birining mohiyati va yuridik tavsifi alohida koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning xulosa qismida mazkur shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida toʻxtamga kelinganligi ifodalanishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 25-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
362-modda. Ayblovni oʻzgartirish, tugatish va toʻldirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti tergov oʻtkazish chogʻida dastlabki ayblovni qayta koʻrib chiqishni taqozo etadigan yangi dalillar toʻplangan boʻlsa yoki dastlabki ayblovning noaniqligi yoxud yuridik tavsifi notoʻgʻriligi maʼlum boʻlib qolsa, dastlabki ayblov oʻzgartirilishi, qisman tugatilishi yoki toʻldirilishi lozim. Bu haqda tergovchi qaror chiqaradi va unda ayblovning yangi mazmunini bayon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan ayblanuvchini reabilitatsiya etish uchun asos boʻladigan yoki ishni yuritish uchun monelik qiladigan holatlar aniqlansa, ayblov tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblovni tugatish toʻgʻrisida tergovchi qaror chiqaradi. Bir yoʻla shu qaror bilan tergovchi ayblanuvchiga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot chorasi, mulkni xatlash, lavozimdan chetlashtirish choralarini bekor qiladi va shaxsga ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga qonunsiz jalb qilinganligi sababli koʻrgan ziyonlarini undirib olish huquqiga ega ekanligini tushuntiradi. Qarorning nusxasi shu shaxsga darhol taqdim qilinishi yoki yuborilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
363-modda. Tugatilgan ayblovni qayta tiklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti Jinoyat kodeksi yoki ushbu Kodeks normalarini qoʻllanishdagi xatolar natijasida ish tugatilgan boʻlsa, shuningdek ayblanuvchining aybliligini koʻrsatuvchi yangi dalillar aniqlansa, tugatilgan ayblov qayta tiklanishi mumkin. Bunday hollarda, shuningdek ayblovni notoʻgʻri tugatish odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatning yoki ayblanuvchi tomonidan yoxud ayblanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan harakat qilgan oʻzga shaxs tomonidan dalillarni qalbakilashtirish, yashirish yoxud yoʻq qilib yuborishning oqibati boʻlsa, ayblov Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan jinoiy javobgarlikka tortish muddati ichida qayta tiklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-bob. DASTLABKI TERGOVNI TOʻXTATISH VA QAYTA TIKLASH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
364-modda. Dastlabki tergovni toʻxtatish asoslari va tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki tergov:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ish boʻyicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ayblanuvchi ishni yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan ogʻir va davomli, lekin davolab boʻladigan kasallikka chalingan hollarda toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki tergov ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab toʻxtatiladi. Lekin dastlabki tergov toʻxtatilgunga qadar tergovchi ayblanuvchi yoʻqligida bajarish mumkin boʻlgan barcha tergov harakatlarini bajarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki tergovni toʻxtatish toʻgʻrisida tergovchi qaror chiqaradi va uning nusxasini prokurorga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
365-modda. Qidiruv eʼlon qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchining turgan joyi nomaʼlum boʻlganda tergovchi uning turgan joyini aniqlash uchun zarur boʻlgan barcha choralarni koʻrishi, zarur hollarda esa, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi faqat ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qidiruv dastlabki tergov oʻtkazilayotganida ham, shuningdek dastlabki tergov toʻxtatilganidan keyin ham eʼlon qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 242 va 243-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda tergovchi prokurorning sanksiyasi bilan qidirilayotgan ayblanuvchi topilgan taqdirda unga nisbatan qamoqqa olish tariqasida ehtiyot chorasini qoʻllashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qidirilayotgan ayblanuvchi ushlangan taqdirda u ushlangan joydagi prokuror ushlangan shaxsning qidirilayotgan ayblanuvchi ekanligini aniqlashi va qamoqqa olish uchun qonuniy asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
366-modda. Ayblanuvchi kasal boʻlib qolganida dastlabki tergovni toʻxtatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tibbiyot eksperti yoki psixiatr-ekspert ayblanuvchining kasalini jinoyat ishini yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan ogʻir va davomli, lekin davolab boʻladigan kasallik deb topsa, ish boʻyicha dastlabki tergov ayblanuvchi sogʻaygunga qadar toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday holda ayblanuvchiga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasi tergovchi tomonidan ushbu Kodeksning 236 — 254-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda saqlab qolinishi, oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
367-modda. Jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmagan hollarda dastlabki tergovni toʻxtatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha tergov harakatlari bajarib boʻlinganidan keyin ham jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmasa, ish yuritishni toʻxtatish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday hollarda tergovchi surishtiruv organi orqali ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxsni aniqlash va uni javobgarlikka tortish choralarini koʻrishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmaganligi sababli toʻxtatilgan ish Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketgach, tugatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
368-modda. Ayblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan taqdirda dastlabki tergovni toʻxtatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketganligi aniqlangan boʻlsa va bu hol dastlabki tergov harakatlarida uning hozir boʻlishini taʼminlash imkonini bermasa, barcha tergov harakatlari bajarilganidan keyin ish boʻyicha dastlabki tergovni oʻtkazish toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
369-modda. Dastlabki tergovni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov tergovchining qarori bilan toʻxtatiladi. Bu qarorda ishning mohiyati hamda tergovni toʻxtatish asoslari, ushbu Kodeks 364-moddasining birinchi qismidagi 2, 3 va 4-bandlarda nazarda tutilgan hollarda esa, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxs ham koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi dastlabki tergovni toʻxtatgach, bu haqda jabrlanuvchini, fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
370-modda. Tergovchining dastlabki tergov toʻxtatilgandan keyingi harakatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi dastlabki tergovni toʻxtatish asoslariga qarab ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli organlardan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxslarni aniqlash, yashirinib yurgan ayblanuvchilarni qidirib topish uchun koʻrilayotgan choralardan muntazam xabardor boʻlib turadi va shu maqsadda oʻzi soʻrov xatlari yuboradi, maʼlumotlar va tushuntiruvlar oladi, jamoatchilikning yordamidan foydalanadi yoxud ayblanuvchining dastlabki tergovning toʻxtatilishiga sabab boʻlgan kasalligidan vaqti-vaqti bilan xabardor boʻlib turadi. Ayblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan hollarda tergovchi jinoyat sodir etishda ayblanayotgan va boshqa davlatlar hududida yashirinib yurgan shaxslarni ushlab berishni tartibga soluvchi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq choralar koʻradi.
Qarang: mazkur Kodeksning 599-moddasi, “Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanfurushlikdan foydalanilishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Konvensiyaning 8-moddasi (1950-yil 21-mart, Leyk Sakses, Nyu-York), “Dengiz kemachiligi xavfsizligiga tahdid soluvchi gʻayriqonuniy aktlarga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Konvensiyaning 11-moddasi (1988-yil 10-mart, Rim), Oʻzbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi oʻrtasida “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida”gi Shartnomaning 64 — 75-moddalari (Toshkent, 1997-yil 20-fevral), Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida”gi Shartnoma IV boʻlimining I qismi (Olma-ota, 1997-yil 2-iyun), Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida”gi Shartnomaning 47 — 57-moddalari (Toshkent, 1997-yil 18-iyun), Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida “Ekstraditsiya toʻgʻrisida”gi Shartnoma (Pekin, 1999-yil 8-noyabr), “Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Xalqaro Konvensiyaning 11-moddasi (1999-yil 9-dekabr, Nyu-York), Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʻrtasida “Ushlab berish toʻgʻrisida”gi Shartnoma (2000-yil 2-may, Dehli), Oʻzbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi oʻrtasida “Ushlab berish toʻgʻrisida”gi Bitim (Tehron, 2000-yil 11-iyun), Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida “Ushlab berish toʻgʻrisida”gi Shartnoma (Dushanbe, 2000-yil 15-iyun), Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi” Konvensiyasining 16-moddasi, “Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida” Shanxay Konvensiyasining 2-moddasi (2001-yil 15-iyun, Shanxay), Oʻzbekiston Respublikasi bilan Chexiya Respublikasi oʻrtasida “Fuqarolik va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida”gi Shartnoma IV boʻlimining I qismi (Toshkent, 2002-yil 18-yanvar), Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida “Tutib topshirish toʻgʻrisida”gi Shartnoma, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Korrupsiyaga qarshi” Konvensiyasining 44-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi oʻrtasida “Tutib topshirish toʻgʻrisida”gi Shartnoma (Sofiya, 2003-yil 24-noyabr), Shanxay hamkorlik tashkilotining “Terrorizmga qarshi” Konvensiyasining 11-moddasi (2009-yil 16-iyun, Yekaterinburg).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki tergov toʻxtatilgandan keyin va u qayta tiklangunga qadar tergov harakatlari oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
371-modda. Toʻxtatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni qayta tiklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻxtatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tergovni toʻxtatish uchun asos tariqasida ushbu Kodeksning 364-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ish boʻyicha ayblanuvchining ishtirokisiz bajarilishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha tergov harakatlarini oʻtkazish zarurati tugʻilganda qayta tiklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki tergovni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror qonunga nomuvofiq boʻlsa, prokuror uni bekor qilishi va dastlabki tergovni qayta tiklash toʻgʻrisida qaror chiqarishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi dastlabki tergovning qayta tiklanganligi haqida prokurorga darhol xabar qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish yuzasidan dastlabki tergov qayta tiklanishi bilan bir paytda dastlabki tergovning oʻtish muddati ham tiklanadi. Tergov muddatining keyinchalik uzaytirilishi dastlabki tergovni toʻxtatishdan oldin oʻtgan tergov muddatini eʼtiborga olgan holda ushbu Kodeksning 351-moddasiga binoan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-bob. DASTLABKI TERGOVNI TAMOMLASH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
372-modda. Dastlabki tergovni tamomlash turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki tergov jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarish, ayblov xulosasi tuzish yoki ishni tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqarish bilan tamomlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
374-modda. Jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror belgilangan qoidalarga rioya qilingan holda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning tavsif qismida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) jinoyat ishini qoʻzgʻatish asoslari va uning sodir etilishiga doir tergov vaqtida tekshirilgan tusmollar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularga qoʻyilgan ayb va ularga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot choralari, basharti bu shaxslarga qoʻyilgan gumon yoki ayb ilgari chiqarilgan alohida qaror bilan tugatilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) jinoyat ishini tugatish asoslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) bu asoslarni tasdiqlovchi dalillar, ular ishning qaysi jildlari va sahifalarida aks ettirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ashyoviy dalillarning roʻyxati, bu ashyolar saqlanayotgan joy va ularning egalari, shuningdek manfaatdor shaxslar yoki muassasalar tomonidan bu ashyolarni ularga qaytarib berish toʻgʻrisidagi iltimoslari, basharti shunday iltimos qilingan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari bayon qilinadi.
(374-moddaning ikkinchi qismi 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning xulosa qismida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) gumonni yoki ayblovni olib tashlash toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ehtiyot choralarini, shuningdek fuqaroviy daʼvoni taʼminlash uchun koʻrilgan choralarni bekor qilish toʻgʻrisidagi;
(374-moddaning uchinchi qismi 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi qarorlar bayon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi ishni tugatish toʻgʻrisida qaror chiqargach, bu haqda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy daʼvogarga, fuqaroviy javobgarga va ularning vakillariga, xuddi shuningdek ish korxona, muassasa, tashkilot yoki fuqaroning bergan xabari bilan qoʻzgʻatilgan boʻlsa, shu korxona, muassasa, tashkilot vakiliga yoxud fuqaroga xabar qiladi. Ayni vaqtda ularga ishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan prokurorga shikoyat qilish huquqiga ega ekanliklari tushuntiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tomonidan qoʻzgʻatilgan ish tugatilgan hollarda bu haqda mazkur sudga xabar qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatga chaqiriluvchi shaxsga nisbatan ish tugatilganda tergovchi bu haqda yetti kunlik muddat ichida yozma tarzda tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga xabar qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni 45-moddasining toʻrtinchi qismi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
375-modda. Jinoyat ishi tamomlangandan keyin undagi materiallar bilan tanishib chiqish huquqini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi toʻplangan dalillarni ayblov xulosasini tuzish uchun yetarli deb topganidan keyin ayblanuvchi va himoyachiga dastlabki tergov tamomlanganligini eʼlon qiladi, ularga ishdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishga doir huquqlarini tushuntiradi va tanishib chiqish uchun ishni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti ish tugatilgan boʻlsa, tergovchi bu haqda va ish materiallari bilan tanishish huquqi haqida gumon qilinuvchini, ayblanuvchini va himoyachini xabardor qiladi hamda ularning iltimosiga binoan ularga tanishib chiqish uchun ishni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi dastlabki tergov tamomlanganligi va ish ayblov xulosasi bilan sudga yuborilishi yoki ish tugatilganligi toʻgʻrisida jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga xabar qiladi, basharti ular xohlasalar, barcha ish materiallari bilan tanishib chiqish huquqiga ega ekanliklarini tushuntiradi. Soʻng tergovchi koʻrsatib oʻtilgan protsess ishtirokchilarining iltimosiga muvofiq, tanishib chiqish uchun ularga ishni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlash maqsadida tergov harakatlari bayonnomasining kirish qismlari tanishib chiqish uchun taqdim qilinmasligi mumkin. Bunday hollarda bayonnomalarning koʻrsatib oʻtilgan protsess ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan kirish qismlari muhrlangan holda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti ayblanuvchining himoyachisi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgarning vakili uzrli sabablarga binoan belgilangan vaqtda ish materiallari bilan tanishib chiqish uchun kela olmasa, tergovchi tanishib chiqish muddatini koʻpi bilan besh sutkaga kechiktirishi mumkin. Himoyachi yoki vakil bu muddat ichida kelmagan taqdirda ayblanuvchiga boshqa himoyachini taklif qilish, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgarga boshqa vakil chaqirish uchun imkoniyat yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
376-modda. Jinoyat ishidagi materiallar bilan tanishib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi ishdagi materiallarni tanishib chiqish uchun tikilgan va raqamlangan koʻrinishda, har bir jilddagi hujjatlarni roʻyxat qilgan tarzda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish bilan tanishib chiqish uchun zarur boʻlgan muddat cheklanmaydi. Lekin protsess ishtirokchilari ishdagi materiallar bilan tanishishni ataylab choʻzishga urinayotgan boʻlsalar, tergovchi oʻz qarorida ishdagi materiallar bilan tanishish uchun muayyan muddat belgilashga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish bilan tanishib chiqayotgan shaxs ishdagi hujjatlardan koʻchirmalar yozib olishga haqlidir, davlat sirlarini oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi ishdagi materiallar bilan tanishib chiqqanlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish bilan tanishib chiqqandan keyingi ogʻzaki iltimoslarni tergovchi bayonnomaga kiritadi. Protsess ishtirokchisi yozma tarzda alohida iltimosnoma berishi mumkin, bu haqda bayonnomada yozib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
377-modda. Iltimoslar qilish va ularni koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish bilan tanishib chiqishgach yoki biror sababga koʻra tanishib chiqishdan bosh tortganlaridan keyin tergovchi ulardan qoʻshimcha tergov harakatlarini oʻtkazish yoki yangi qarorlar qabul qilish xususida iltimoslari bor yoki yoʻqligini aniqlaydi.
(377-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflarning arizasiga binoan iltimosnomalar tayyorlash va taqdim qilish uchun uch sutka doirasida vaqt berilishi mumkin. Tergovchi iltimosnomani toʻla yoki qisman rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va bu haqda iltimosnoma berilgan vaqtdan boshlab uch sutka ichida arizachiga xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizachi iltimosni qondirish rad qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishib chiqqanidan keyin ikki sutka ichida prokurorga rad etilganlik ustidan shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
378-modda. Iltimos qondirilgandan keyin jinoyat ishi bilan qayta tanishtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi iltimos qondirilgandan keyin, u kim tomonidan va kimlarning manfaatlari yoʻlida bildirilgan boʻlishidan qatʼi nazar, ayblanuvchi, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga ishdagi barcha materiallar bilan yana tanishib chiqish imkoniyatini beradi.
(378-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchi va uning himoyachisini jinoyat ishidagi barcha materiallar bilan tanishtirib boʻlgach, tergovchi, basharti ishni sudga yuborish uchun yetarli asoslar borligi toʻgʻrisidagi fikri oʻzgarmagan boʻlsa, ayblov xulosasi tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblov xulosasi tavsif-asoslantirish va xulosa qismlaridan iborat boʻladi. Tavsif qismida dastlabki tergovda aniqlangan holatlar: jabrlanuvchi, shuningdek ayblanuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ayblanuvchining aybdorligini tasdiqlovchi dalillar, ayblanuvchining oʻzini himoya qilish uchun keltirgan vajlari va ularni tekshirish natijalari bayon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xulosa qismida ayblanuvchining shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi hamda eʼlon qilingan ayblovning mazmuni Jinoyat kodeksining shu jinoyatni nazarda tutgan moddasi yoki moddalarini ham koʻrsatgan holda bayon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblov xulosasida bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi ish sahifalari koʻrsatilishi kerak. Ayblov xulosasi qayerda va qachon tuzilganligi koʻrsatilib, tergovchi tomonidan imzolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblov xulosasiga tergovchining fikricha sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxati, shuningdek qoʻllanilgan ehtiyot choralari, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi qancha vaqt qamoqda saqlanganligi toʻgʻrisidagi, ashyoviy dalillar, fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari, sud chiqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinadi.
(380-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxatida tergovchi ularning turgan joyi hamda koʻrsatuvlari yoki xulosalari ishning qaysi sahifasida bayon qilinganligini koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlash maqsadida, sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslar roʻyxatida ularning taxalluslari koʻrsatilishi mumkin. Xavfsizligi taʼminlanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar ular ishtirokida oʻtkazilgan tergov harakatlari bayonnomalarining kirish qismlari bilan birga muhrlangan holda sudga taqdim etiladi. Ular bilan faqat ayblov xulosasini tasdiqlovchi prokuror va ishni koʻrib chiquvchi sudya tanishishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
381-modda. Jinoyat ishining prokurorga yuborilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi ayblov xulosasini imzolaganidan keyin jinoyat ishini darhol prokurorga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
382-modda. Prokurorning vakolatlari
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunning 28-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarini yuritishda qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat prokuror tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat sodir etilgani toʻgʻrisidagi ariza va xabarlarni koʻrish hamda hal qilish, tekshirishni amalga oshirishning ushbu Kodeksda belgilangan tartibi, chiqarilgan qarorlarning qonuniyligi surishtiruv va dastlabki tergov organlarining qonunlarning ijro etilishi ustidan olib boradigan nazoratining sohasidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirib, prokuror oʻz vakolati doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan ishlarni tekshirish uchun, sodir etilgan jinoyatlarga oid tezkor-qidiruv, surishtiruv, dastlabki tergov ishlarining borishiga doir hujjatlarni, materiallarni va boshqa maʼlumotlarni talab qilib oladi; sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi ariza va maʼlumotlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va hal etish toʻgʻrisidagi qonun talablari qay darajada ijro etilayotganligini har oy kamida bir marta tekshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoyatlarni tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish yoki bekor qilish, jinoyat tavsifini belgilash, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etgan shaxslarni qidirish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
surishtiruv organlariga shaxslarni ushlash, majburiy keltirish, qamoqqa olish, qidirish, tintuv oʻtkazish, olib qoʻyish, boshqa tergov harakatlarini bajarish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishni topshiradi, shuningdek prokuror yoki prokuratura tergovchisi qoʻlidagi ishlar yuzasidan jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash uchun zarur choralar koʻrish toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda har qanday ish boʻyicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni toʻliq amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tintuv oʻtkazishga, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash va ularni olib qoʻyishga, telefonlar va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishga, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirishga va qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruv organi hamda tergovchining boshqa harakatlariga ruxsat beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlarni surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qoʻshimcha tergov oʻtkazish toʻgʻrisidagi oʻz koʻrsatmalari bilan qaytaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har qanday ishni surishtiruv organidan olib tergovchiga beradi, shuningdek uni bir dastlabki tergov organidan boshqasiga, bir tergovchidan boshqasiga oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
surishtiruvchini yoki tergovchini, basharti ular ishning tergovi chogʻida qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan boʻlsalar, surishtiruv yoxud dastlabki tergov ishlarini davom ettirishdan chetlatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoyat ishlari qoʻzgʻatadi yoki ularni qoʻzgʻatishni rad etadi, ishlarni tugatadi yoxud yuritilishini toʻxtatadi; qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining ishni tugatishiga rozilik beradi; ayblov xulosasini yoki qarorini tasdiqlaydi, ishlarni sudga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokurorning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibga muvofiq surishtiruv va dastlabki tergov organlariga tergovga qadar tekshirish oʻtkazish, ishlarni qoʻzgʻatish va tergov qilish bilan bogʻliq boʻlgan koʻrsatmalari ana shu organlar uchun majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
383-modda. Koʻp voqeali jinoyat ishlari boʻyicha prokurorning vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror yoki uning oʻrinbosari koʻp voqeali jinoyat ishlari boʻyicha ayblovning ayrim voqealari yuzasidan muayyan shaxsga nisbatan toʻplangan dalillarni ayblov xulosasi tuzish uchun yetarli deb eʼtirof etsa, shu voqealar boʻyicha tergovni tamomlash va ishni sudga yuborish haqida yozma koʻrsatma berishga haqli.
(384-moddaning 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlangan-aniqlanmaganligini hamda ularga barham berish choralari koʻrilgan-koʻrilmaganligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) tergov sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona oʻtkazilgan-oʻtkazilmaganligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror yoki uning oʻrinbosari ayblov xulosasi bilan kelgan jinoyat ishini koʻpi bilan besh sutkada koʻrib chiqishi va quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ishni sudga yuborish uchun asoslar mavjud deb topib, ayblov xulosasini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) oʻz qarori bilan ayblov mazmunidan ayrim bandlarni chiqarib tashlash, yengilroq jinoyatni nazarda tutuvchi qonunni qoʻllash va shu oʻzgartirishlar bilan ayblov xulosasini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun ishni oʻz koʻrsatmalari bilan tergovchiga qaytarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ishni yuritishni toʻxtatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ishni tugatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti ayblovni toʻldirish yoki uni ogʻirlashtirish tomoniga yoxud haqiqiy holatlarga koʻra avvalgi ayblovdan jiddiy farq qiladigan tomonga oʻzgartirish talab qilinsa, prokuror yoki uning oʻrinbosari qoʻshimcha yoki oʻzgartirilgan ayb eʼlon qilish uchun ishni qoʻshimcha tergovga qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
386-modda. Ehtiyot chorasi toʻgʻrisida qaror
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblov xulosasi bilan kelgan jinoyat ishi boʻyicha prokuror yoki uning oʻrinbosari ehtiyot chorasini oʻz qarori bilan bekor qilishga, oʻzgartirishga yoki ilgari ehtiyot chorasi tanlanmagan boʻlsa, shunday chorani tatbiq etishga haqlidir. Bunda ushbu Kodeksning 28-bobidagi qoidalar qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
387-modda. Sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxatini oʻzgartirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishi sudga yuborilgunga qadar prokuror yoki uning oʻrinbosari sud majlisiga chaqiriladigan shaxslarning roʻyxatini oʻz qarori bilan qisqartirish yoki toʻldirishga haqlidir. Bunda ayblanuvchilar, muomala layoqatiga ega boʻlgan jabrlanuvchilar, voyaga yetmagan ayblanuvchilarning qonuniy vakillari, shuningdek fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgan shaxslar yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar va ularning vakillari roʻyxatdan tushirib qoldirilishi mumkin emas. Dastlabki tergovda guvoh sifatida soʻroq qilinmagan va ekspert sifatida xulosa bermagan shaxslar roʻyxatga qoʻshimcha qilib kiritilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror yoki uning oʻrinbosari ayblov xulosasini tasdiqlab, jinoyat ishini tegishli sudga yuboradi. Shu sudga ish bilan birga sud majlisida tekshirish va hal etish uchun barcha iltimoslar va shikoyatlar yuboriladi.
(388-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror yoki uning oʻrinbosari ishning sudga yuborilganligi haqida ayblanuvchiga va himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga darhol xabar qiladi va, agar iltimoslari boʻlsa, ularni sudga yuborishga yoki sud majlisida bayon qilishga haqli ekanliklari toʻgʻrisida maʼlum qiladi. Ayni vaqtda prokuror yoki uning oʻrinbosari ayblanuvchiga va himoyachiga ayblov xulosasi va unga qilingan ilovalarning tasdiqlangan nusxalarini yuboradi, sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslar roʻyxati bundan mustasno, basharti ayblov xulosasiga yoki ilovaga oʻzgartishlar kiritilgan boʻlsa, ularni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorning nusxasi ham yuboriladi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.10.00 Birinchi instansiya sudida ish yuritish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻNINCHI BOʻLIM BIRINCHI INSTANSIYA SUDIDA ISH YURITISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48-bob. SUDLOVGA TEGISHLILIK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
389-modda. Jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudloviga yuqori sudlarning va harbiy sudlarning sudloviga tegishli boʻlgan ishlardan tashqari hamma jinoyat ishlari tegishlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudloviga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismi, 118-moddasining toʻrtinchi qismi, 150, 153, 155, 157, 158-moddalari, 159-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlari, 160, 161-moddalari, 210-moddasining uchinchi qismi, 230, 231, 242, 244-moddalari, 273-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar tegishlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga oʻta murakkab va ahamiyatli ishlar tegishlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining raisi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat toʻgʻrisidagi ishni, agar u mazmunan murakkab boʻlmasa, jinoyat ishlari boʻyicha tegishli tuman (shahar) sudiga, shuningdek okrug yoki hududiy harbiy sudga koʻrish uchun topshirishga haqli.
(389-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzoqqa choʻzilgan yoki davomli jinoyatlarga doir ishlar jinoyat qaysi hududda tamomlangan yoki toʻxtatilgan boʻlsa, shu hududdagi sudning sudloviga tegishli boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
392-modda. Jinoyat ishlari birlashtirilganda ularning sudlovga tegishliligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir necha shaxsni turli hududlarda sodir etgan jinoyatlari uchun ayblash toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari, shuningdek bir shaxsni bir necha jinoyatni sodir etishda ayblash toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari birlashtirilganda, agar bu ishlar bir xil darajadagi ikki yoki bir necha sudning sudloviga tegishli boʻlsa, ish dastlabki tergov qaysi hududda tamomlangan boʻlsa, shu hududdagi sud tomonidan koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir shaxs yoki bir guruh shaxslar turli darajadagi sudlarning sudloviga tegishli bir necha jinoyatni sodir etishda ayblangan boʻlsa, bunday ishlar yuqori sud tomonidan koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti ish boʻyicha bir shaxs yoki bir guruh shaxslar bir necha jinoyatni sodir etishda ayblansalar va bu shaxslardan loaqal biri yoki jinoyatlardan biri haqidagi ish harbiy sudning sudloviga tegishli boʻlsa, barcha jinoyatlar va barcha shaxslarga doir ish harbiy sud tomonidan koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
393-modda. Jinoyat ishining sudlovga tegishliligiga koʻra oʻtkazilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishi toʻla, xolisona va oʻz vaqtida koʻrilishini taʼminlash maqsadida ishni bir suddan boshqa sudga yuqori sud raisi qarori bilan oʻtkazish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni boshqa viloyatdagi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sudga oʻtkazish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi tomonidan hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti sudya jinoyat ishini sudda muhokama qilish uchun tayinlash masalasini hal qilish chogʻida ish mazkur sudning sudloviga tegishli emasligini aniqlasa, ishni sudlovga tegishliligiga koʻra oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishning oʻtkazilishiga faqat ish sud majlisida koʻrila boshlangunga qadar yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish shu darajadagi boshqa sudning sudloviga tegishli ekani sud majlisida maʼlum boʻlib qolsa, ishning holatlarini toʻla tekshirishga zarar yetkazmaydigan boʻlsa, sud ishni koʻrishni davom ettiraveradi, aks holda sud ishni sudlovga tegishliligiga koʻra boshqa sudga yuborib, bu haqda ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud oʻz majlisida ishning yuqori sud yoki harbiy sud sudloviga tegishliligini aniqlagach, uni tegishli sudga yuborib, bu xususda ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori sudning sud majlisida koʻrila boshlangan ishni quyi sudga yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
394-modda. Sudlovga tegishlilik xususida tortishuvga yoʻl qoʻyilmasligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlovga tegishlilik xususida sudlar oʻrtasida bahs boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda bir suddan boshqa sudga yuborilgan jinoyat ishi albatta koʻrib chiqish uchun qabul qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
395-modda. Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash yoxud boshqacha qaror qabul qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash masalasini koʻrib chiqish uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror bilan qabul qilib olgach, quyidagi hal qiluv qarorlaridan birini qabul qilish toʻgʻrisida qaror (ajrim) chiqaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi yoxud boshqacha qaror qabul qilish haqidagi masala sudya tomonidan ish sudga kelib tushgan kundan boshlab, yetti sutkadan kechiktirmay hal qilinishi lozim. Ushbu muddat shu sudning raisi tomonidan koʻpi bilan uch sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
(395-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zarar qoplanishini taʼminlash choralari koʻrilganmi;
(396-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ayblov xulosasi ushbu Kodeksning talablariga muvofiq tuzilganmi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya dastlabki tergov yuritilganda jinoyat oqibatida keltirilgan mulkiy zarar qoplanishini taʼminlash choralari koʻrilmaganligini va bunday choralar bevosita sud tomonidan koʻrilishi mumkin emasligini aniqlasa, tergovchining zimmasiga zarur choralar koʻrish vazifasini yuklaydi.
(398-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
399-modda. Jinoyat ishini yuritishni toʻxtatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash masalasini hal qilish chogʻida ayblanuvchining yashiringanligi maʼlum boʻlib qolsa, sudya ushbu ayblanuvchiga nisbatan ishni yuritishni toʻxtatish va unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, ushbu Kodeks 410 va 418-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Ayni chogʻda ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini oʻzgartirish masalasi hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchining sud majlisida ishtirok etishini istisno etadigan ogʻir va davomli kasallikka chalinganligi sud-tibbiy ekspertiza xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda, sudya ayblanuvchi sogʻaygunga qadar ishni yuritishni toʻxtatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
400-modda. Toʻxtatilgan jinoyat ishini prokurorga oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 399-moddasining birinchi qismiga muvofiq yuritishdan toʻxtatilgan jinoyat ishi ayblanuvchini qidirish choralarini koʻrish uchun ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlsa, sud jinoyat ishini tugatadi. Shu bilan birga sud qoʻllanilgan ehtiyot choralarini, fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qiladi hamda ashyoviy dalillar masalasini hal etadi.
(401-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ushbu Kodeks 84-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ishni tugatishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
402-modda. Protsess ishtirokchilarini jinoyat ishi materiallari bilan tanishtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya jinoyat ishi sudda muhokama qilish uchun tayinlangandan soʻng prokuror, himoyachi, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, shuningdek sudlanuvchi, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga, basharti ular dastlabki tergov davrida ish materiallari bilan tanishtirilmagan boʻlsalar, ishdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishlari va oʻzlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni koʻchirib olishlariga imkoniyat yaratishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya oʻz qarorida koʻrsatilgan shaxslarni sud majlisiga chaqirish toʻgʻrisida farmoyish beradi, ularga chaqiruv qogʻozi topshirilishini taʼminlaydi, shuningdek sud majlisiga tayyorgarlik bilan bogʻliq boshqa choralarni koʻradi.
(403-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
404-modda. Sudning jinoyat ishini qoʻshimcha tergovga qaytarish va ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat berish va protest bildirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning jinoyat ishini qoʻshimcha tergovga qaytarish va ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan ayblanuvchi, jabrlanuvchi xususiy shikoyat berishi va prokuror xususiy protest bildirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
405-modda. Sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini sudda muhokama qilishga tayinlash toʻgʻrisida sudyaning qarori chiqarilgan vaqtdan boshlab koʻpi bilan oʻn sutkada sud ishni koʻrishni boshlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan eʼtiboran ikki oydan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini koʻrish toʻxtatib turilgan vaqt ishni muhokama qilish muddatiga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudining raisi tomonidan toʻrt oygacha uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarda jinoyat ishlarini koʻrib chiqish muddatini toʻrt oydan koʻproqqa uzaytirishga alohida hollarda faqat murakkab va koʻp voqeali ishlar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi. Birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan besh oygacha boʻlgan bunday uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari va olti oygacha boʻlgan shunday uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
(405-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50-bob. SUD MUHOKAMASINING UMUMIY SHARTLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
406-modda. Jinoyat ishini muhokama qilish chogʻida sud tarkibining oʻzgarmasligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir jinoyat ishi bir tarkibdagi sud yoki bir sudya tomonidan koʻrib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
407-modda. Zaxiradagi xalq maslahatchisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti ishni muhokama qilish uzoq vaqt talab qiladigan boʻlsa, ishda zaxiradagi xalq maslahatchisi qatnashishi mumkin boʻlib, u ishni muhokama qilish boshlangan paytdan eʼtiboran sud majlisi zalida hozir boʻladi va sudyaning huquqlaridan foydalanadi, sud maslahatlashuvlarida va ish boʻyicha qaror chiqarish vaqtida qatnashish huquqi bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq maslahatchisi sud tarkibidan chiqib ketgan taqdirda zaxiradagi xalq maslahatchisi uning oʻrnini egallaydi va ishni muhokama qilish davom etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
408-modda. Sud majlisida raislik qiluvchi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisida shu sudning raisi, uning oʻrinbosari yoki sudya raislik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi sud majlisiga rahbarlik qiladi, ishning barcha holatlarini sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirish hamda haqiqatni aniqlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hamma choralarni koʻradi, koʻrilayotgan ishga aloqasi boʻlmagan holatlarni sud muhokamasiga kiritmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi sud majlisi zalida tartibga rioya qilinishini taʼminlaydi. Uning farmoyishlari taraflar va barcha hozir boʻlganlar uchun majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflardan yoki boshqa shaxslardan birortasi raislik qiluvchining harakatlariga eʼtiroz bildirgan taqdirda bu eʼtirozlar sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
409-modda. Sud muhokamasida prokurorning ishtiroki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror birinchi instansiya sudlarida jinoyatlarga doir ishlarni koʻrishda ishtirok etib, davlat ayblovini quvvatlaydi, dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, sudlanuvchilarga, jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va sudga taklif etilgan boshqa shaxslarga savollar beradi, Jinoyat kodeksining normalarini qoʻllash, sudlanuvchining harakatlarini tavsiflash, unga jazo turini va meʼyorini tayinlash toʻgʻrisida hamda sud hal etishi lozim boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan oʻz fikrini bayon qiladi, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar haqida hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar xususida oʻz fikrini bildiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror davlat ayblovini quvvatlar ekan, ushbu Kodeksning, Oʻzbekiston Respublikasi boshqa qonunlarining talablariga va ishning barcha holatlarini qarab chiqishga asoslangan oʻz ishonchiga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tergovi maʼlumotlari asosida prokuror sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovni oʻzgartirish zarur degan xulosaga kelsa, u bu haqda sudga asoslantirilgan bayonot berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud muhokamasi natijasida prokuror sud tergovi maʼlumotlari sudlanuvchining aybsizligidan dalolat beradi degan ishonchga kelsa, u ayblovdan voz kechishi va voz kechish sabablarini sudga bayon qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror ayblovning mazmunini oʻzgartirish yoki ayblovdan voz kechish sabablari xususidagi fikrini sudga yozma ravishda taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror, basharti fuqarolarning huquqlarini va jamiyat manfaatlarini muhofaza etish maqsadlari talab qilsa, daʼvo qoʻzgʻatadi yoki jabrlanuvchi tomonidan qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvoni quvvatlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror jinoyat ishlarini koʻrishda yoki hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni yoxud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda boshqa masalalarni hal etishda apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudida ishtirok etadi.
(409-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunining 33-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
410-modda. Sud muhokamasida sudlanuvchining ishtiroki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining majlisida jinoyat ishi sudlanuvchining ishtirokida muhokama qilinadi, sudlanuvchining sudga kelishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanuvchi sud majlisiga kelmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Sudga kelmagan sudlanuvchini sud majburiy keltirishga, shuningdek unga nisbatan ehtiyot chorasini qoʻllashga yoki ehtiyot chorasini oʻzgartirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishning sudlanuvchi ishtirokisiz muhokama qilinishiga sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan va sudga kelishdan boʻyin tovlagan, uning yoʻqligi ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmagan taqdirdagina yoxud u ushbu Kodeks 272-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 21-bandining sakkizinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
411-modda. Jabrlanuvchining sud majlisiga kelmasligi oqibatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchi sud majlisiga kelmasa, sud jabrlanuvchining ishtirokisiz ishdagi barcha holatlarni toʻla aniqlash hamda uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mumkin yoki mumkin emasligiga qarab, jinoyat ishini muhokama qilish yoki keyinga qoldirish masalasini hal etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchi sud majlisiga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda sud uni majburiy keltirish haqida ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
412-modda. Prokurorning, himoyachining, jamoat ayblovchisining, jamoat himoyachisining sud majlisiga kelmasligi oqibatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda jinoyat ishini muhokama qilish keyinga qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachi sud majlisiga kelmasa, uni boshqa himoyachi bilan almashtirishga faqat sudlanuvchining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Shu sud majlisida himoyachini almashtirish imkoniyati boʻlmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi sudga kelmay qolsa, ishning holatlariga qarab, sud ishni ular ishtirokisiz koʻrish mumkinligi yoki muhokamani keyinga qoldirish masalasini hal etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishga yangi kirishgan prokurorga yoki himoyachiga sud muhokamasida ishtirok etishga tayyorgarlik koʻrish uchun zarur vaqt berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror yoki himoyachining uzrsiz sabablarga koʻra sudga kelmaganligi toʻgʻrisida sud tegishlicha yuqori turuvchi prokurorga yoki advokatlar malaka komissiyasiga xabar qiladi. Jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda sud bu haqda tegishli jamoat birlashmasiga yoki jamoaga xabar qiladi.
(412-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
413-modda. Fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgarning sud majlisiga kelmasligi oqibatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy daʼvogar yoki uning vakili sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud fuqaroviy daʼvoni koʻrmaydi; bu holda mulkiy zarar koʻrgan shaxsning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo qilish huquqi saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud fuqaroviy daʼvoni fuqaroviy daʼvogarning iltimosiga koʻra uning ishtirokisiz koʻrishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti fuqaroviy daʼvoni prokuror quvvatlasa yoki sud uni koʻrish zarur deb topsa, fuqaroviy daʼvogar yoki uning vakili kelish-kelmasligidan qatʼi nazar, sud fuqaroviy daʼvoni koʻraveradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy javobgar yoki uning vakilining sud majlisiga kelmasligi fuqaroviy daʼvoni koʻrishni toʻxtatmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
414-modda. Sud muhokamasining doirasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudda jinoyat ishini muhokama qilish faqat ayblanuvchilarga nisbatan olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tayinlangan jazoning yengilligi yoki ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllash zarurligi tufayli hukm bekor qilinganidan keyin ish koʻrib chiqilgan taqdirda sud muhokamasi sudlanuvchining umuman aybdor-aybdor emasligi masalasiga daxl qilmagan holda jinoyatni tavsiflash va jazo chorasi xususidagina boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
415-modda. Ayblovning sud tomonidan oʻzgartirilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ayblovni oʻzgartirishga haqli. Bunda ayblovning bir qismi yoki jinoyatning tavsifiy alomatlari chiqarib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblovning sud tomonidan ogʻirrogʻi bilan yoki dastlabki ayblovga nisbatan faktik holatlari jiddiy farq qiladigan ayblov bilan oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 28-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
416-modda. Yangi ayblov boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tergovida sudlanuvchining unga ilgari qoʻyilgan ayblovdan boshqa jinoyatni sodir etganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud jinoyat ishini koʻrishni toʻxtatmay, yangi ayblov boʻyicha ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va bu ajrimni hamda zarur materiallarni dastlabki tergov oʻtkazish uchun yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi ayblov dastlabki ayblov bilan bogʻliq boʻlgan va ularni ayrim-ayrim holda koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollarda butun ish qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud yangi ayblov munosabati bilan sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini oʻzgartirishi yoki oʻzga ehtiyot chorasini qoʻllashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti yangi ayblov boʻyicha sud ish qoʻzgʻatishiga asos boʻlgan holatlar yuzasidan tergovchi yoki prokuror ilgari ish qoʻzgʻatishni rad qilish yoki ishni tugatish toʻgʻrisida qaror chiqargan boʻlsa, sud bu qarorni bekor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
417-modda. Yangi shaxsga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tergovi paytida javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud shu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va bu ajrimni zarur materiallar bilan birga qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi qoʻzgʻatilgan ish koʻrilayotgan ish bilan uzviy bogʻliq boʻlsa va bu ishlarni ayrim-ayrim holda koʻrish imkoniyati boʻlmasa, sud butun ishni qoʻshimcha dastlabki tergov oʻtkazish uchun yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanuvchidan boshqa shaxsga nisbatan sud ish qoʻzgʻatishiga asos boʻlgan holatlar yuzasidan tergovchi yoki prokuror ilgari ish qoʻzgʻatishni rad qilish yoki ishni tugatish toʻgʻrisida qaror chiqargan boʻlsa, sud bu qarorni bekor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bila turib yolgʻon koʻrsatuv bergan guvohga, jabrlanuvchiga yoki yolgʻon xulosa bergan ekspertga yoki atayin notoʻgʻri tarjima qilgan tarjimonga nisbatan ish qoʻzgʻatish faqat hukm chiqarish bilan bir vaqtda boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan shaxsga nisbatan ehtiyot chorasi qoʻllashga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
418-modda. Jinoyat ishining muhokamasini keyinga qoldirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisiga chaqirilgan shaxslardan birortasi kelmay qolganligi yoki yangi dalillar talab qilib olish zarur boʻlganligi sababli, jinoyat ishini muhokama qilish mumkin boʻlmasa, sud ishni muhokama qilishni keyinga qoldiradi va sud majlisiga kelmagan shaxslarni chaqirish yoki yangi dalillarni talab qilib olish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
419-modda. Jinoyat ishini qoʻshimcha tergov yuritish uchun qaytarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud quyidagi hollarda jinoyat ishini qoʻshimcha tergov yuritish uchun faqat ikki martagacha qaytaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) dastlabki tergov toʻliq oʻtkazilmagan boʻlib, uni sud majlisida toʻldirish mumkin boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ushbu Kodeks talablari jiddiy buzilgan boʻlsa va bu ishning toʻgʻri hal qilinishiga toʻsqinlik qilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ayblanuvchi zimmasiga ilgari qoʻyilgan ayblov bilan bogʻliq boshqa ayblovni qoʻyish uchun yoxud ayblovning ogʻirroq ayblov bilan yoki haqiqiy ahvolga koʻra ayblov xulosasida nazarda tutilganidan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirish uchun asoslar mavjud boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) shu ish yuzasidan boshqa shaxslarni ayblanuvchi tariqasida jalb qilishga asoslar boʻlsa va ularga tegishli materiallarni ishdan ajratish mumkin boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ish notoʻgʻri birlashtirilgan yoki ajratilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni prokurorga qaytarganda sud oʻz ajrimida qaytarish asoslarini va qanday holatlar qoʻshimcha ravishda aniqlanishi lozimligini koʻrsatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
420-modda. Jinoyat ishini koʻrishni toʻxtatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanuvchi yashiringan boʻlsa, shuningdek sudga kelishga imkoniyat bermaydigan ruhiy yoki boshqa ogʻir kasallikka chalingan taqdirda, sud mazkur sudlanuvchiga nisbatan ishni toʻxtatadi va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan ishni muhokama qilishni davom ettiraveradi. Bordi-yu, ishni ayrim-ayrim holda muhokama qilish haqiqatni aniqlashni qiyinlashtirsa, ishni yuritish butunlay toʻxtatiladi. Yashiringan sudlanuvchini qidiruv sud ajrimi bilan eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanuvchining ogʻir kasal boʻlganligi tufayli ishni koʻrish toʻxtatilgan taqdirda sud unga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasini bekor qilish yoki oʻzgartirish masalasini muhokama qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud jinoyat ishini koʻrishni toʻxtatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
(420-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4201-modda. Jinoyat ishini koʻrishni qaytadan boshlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini koʻrishni toʻxtatishning asosi sifatidagi, ushbu Kodeksning 420-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgach, toʻxtatilgan jinoyat ishini koʻrish qaytadan boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud jinoyat ishini koʻrishni qaytadan boshlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini koʻrish qaytadan boshlanganda jinoyat ishini muhokama qilish muddatining oʻtishi ham bir vaqtning oʻzida qaytadan boshlanadi. Mazkur muddatni yana uzaytirish ushbu Kodeksning 405-moddasi asosida, jinoyat ishini muhokama qilishning jinoyat ishini koʻrish toʻxtatilishidan oldingi muddatini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
(4201-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
421-modda. Sud majlisida jinoyat ishining tugatilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisida ushbu Kodeksning 83-moddasida va 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3-bandlarida nazarda tutilgan holatlar aniqlansa, sud ishni koʻrishni davom ettiradi va 83-moddada koʻrsatilgan asoslar boʻyicha oqlov hukmi, 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha esa, aybdorga jazo belgilamay, ayblov hukmi chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
423-modda. Sud majlisida ajrim chiqarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud muhokamasi vaqtida hal qilinadigan barcha masalalar yuzasidan sud ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun prokurorga yuborish, yangi ayblov boʻyicha yoxud yangi shaxsga nisbatan ish qoʻzgʻatish, ishni tugatish yoki toʻxtatish, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish yoki bekor qilish, rad etish toʻgʻrisida ajrimlar, shuningdek xususiy ajrimlar sud tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladi. Bu ajrimlar alohida hujjatlar tarzida rasmiylashtiriladi va sud tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa barcha ajrimlar sudning xohishi bilan yo yuqorida koʻrsatilgan tartibda, yoki oʻz joyida chiqarilib, bu ajrim sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud muhokamasi vaqtida sudning chiqargan har bir ajrimi darhol eʼlon qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
424-modda. Sud majlisining tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyalar kirib kelayotganda sud majlisi zalida hozir boʻlganlarning hammasi oʻrinlaridan turadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud protsessining barcha ishtirokchilari sudga tik turgan holda murojaat qiladilar, koʻrsatuvlar beradilar va bayonotlar qiladilar. Ushbu qoidadan faqat raislik qiluvchining ruxsati bilangina chetga chiqilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud protsessining barcha ishtirokchilari, shuningdek sud zalida hozir boʻlgan barcha shaxslar raislik qiluvchining sud majlisida belgilangan tartibga rioya qilish toʻgʻrisidagi farmoyishlarini soʻzsiz bajarishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar, basharti ular sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh boʻlmasalar, sud majlisi zaliga kiritilmaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
425-modda. Sud majlisida tartibni buzuvchilarga nisbatan qoʻllaniladigan choralar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tartibbuzar sud majlisida tartibni buzganida, raislik qiluvchining farmoyishiga boʻysunmaganida yoki sudga hurmatsizlik qilganida unga nisbatan ushbu Kodeksning 272-moddasida nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 424-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 180-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
426-modda. Sud majlisining bayonnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud muhokamasi vaqtida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida bayonnoma yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi: sud majlisi boshlangan va tamom boʻlgan vaqt koʻrsatilgan holda majlis boʻlgan joy va sana; sudning nomi va tarkibi; sud majlisining kotibi, tarjimon, ayblovchi, himoyachi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, shuningdek sud chaqirgan boshqa shaxslar; koʻrilayotgan ish; sudlanuvchining shaxsiga doir maʼlumotlar; hozir boʻlgan va hozir boʻlmagan guvohlar hamda ularning kelmaganlik sabablari. Bayonnomada: raislik qiluvchining barcha farmoyishlari koʻrsatiladi va sudning harakatlari qanday tartibda oʻtgan boʻlsa, shu tartibda yoziladi; ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ariza va iltimoslari; sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlar koʻrsatuvlarining batafsil mazmuni; berilgan savollarga ekspertning javoblari; sud muzokaralarining tartibi, sud muzokaralarida ishtirok etgan shaxslarning xulosalari hamda sudlanuvchi oxirgi soʻzining mazmuni; basharti protsess ishtirokchilari iltimos qilsalar, ishni koʻrish paytida yuz bergan holatlar toʻgʻrisidagi mulohazalar aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud zarur deb topgan hollarda guvohlar va jabrlanuvchilar oʻzlari bergan koʻrsatuvlarini sud majlisining bayonnomasida imzolaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnoma raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnomaning mazmuni boʻyicha raislik qiluvchi bilan sud majlisining kotibi oʻrtasida kelishmovchilik boʻlgan taqdirda kotib oʻz mulohazalarini bayonnomaga ilova qilishi shart, bu mulohazalar sud tarkibi tomonidan koʻriladi. Mazkur masala yuzasidan ajrim chiqarilib, bayonnomaga ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnoma toʻliq boʻlishini taʼminlash uchun stenogramma yuritilishi mumkin. Stenografik yozuv ishga ilova qilinmaydi. Sud muhokamasi chogʻidagi soʻroq qilishlar ovoz yozish, videoyozuv yoki kinotasvirga olish vositalarida aks ettirilishi mumkin. Bunday holda fonogramma, videokasseta va kinotasma sud majlisining bayonnomasiga ilova qilinib, bayonnomada ushbu vositalar qoʻllangani qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
427-modda. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan mulohazalar berish va ularni koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisi bayonnomasi imzolanganidan keyin besh sutka ichida taraflar shu bayonnoma yuzasidan oʻz mulohazalarini berishga haqlidirlar. Mulohazalarni raislik qiluvchi koʻrib chiqib, ularga qoʻshilgan taqdirda ularning toʻgʻriligini tasdiqlaydi va sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi sud majlisi bayonnomasi yuzasidan berilgan mulohazalarga qoʻshilmagan taqdirda, bu mulohazalar ushbu ishni koʻrgan sud tarkibi hal etishi uchun kiritiladi. Basharti ishni sudyaning yakka oʻzi koʻrib chiqqan boʻlsa, raislik qiluvchining qarori uzil-kesil hisoblanadi, lekin manfaatdor taraflar bu qaror ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda shikoyat berishi yoki protest bildirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51-bob. SUD MAJLISINING TAYYORLOV QISMI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
428-modda. Sud majlisini ochish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi tayinlangan vaqtda sud majlisini ochadi va qanday jinoyat ishi koʻrilishini eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
429-modda. Protsess ishtirokchilarining sudga kelgan- kelmaganligini tekshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisining kotibi davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari sudga kelgan-kelmaganligi toʻgʻrisida axborot beradi. Shundan keyin sudga tarjimon, guvohlar, ekspertlar va mutaxassislar kelgan-kelmaganligi tekshiriladi. Kotib hozir boʻlmaganlarning nima sababdan kelmaganligini maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etayotgan shaxslarning kimligi pasport yoki ularning shaxsini guvohlantiruvchi boshqa hujjatlar boʻyicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
430-modda. Tarjimonga uning huquqlarini, majburiyatlarini va javobgarligini tushuntirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi tarjimonga ushbu Kodeksning 72-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarini, shuningdek javobgarligini tushuntiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
431-modda. Sud tarkibini, taraflarni eʼlon qilish va rad qilish huquqini tushuntirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, kimlar davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, himoyachi, jamoat himoyachisi ekanligini, kimlar jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va kimlar ularning vakillari ekanligini, kimlar sud majlisining kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon ekanligini maʼlum qiladi. Shundan keyin sudlanuvchiga va boshqa taraflarga ularning sudyani, sud tarkibini yoki sudyalardan birortasini, shuningdek taraflardan birortasini rad qilish huquqlarini tushuntiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisida zaxiradagi xalq maslahatchisi ishtirok etayotgan boʻlsa, raislik qiluvchi bu haqda eʼlon qiladi va uning familiyasini aytadi. Zaxiradagi xalq maslahatchisi ham rad qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rad qilishlar ushbu Kodeksning 80-moddasida belgilangan qoidalar asosida hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
432-modda. Guvohlarni sud majlisi zalidan chiqarib turish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi guvohlarning sud majlisi zalidan alohida xonaga chiqib turishlari toʻgʻrisida farmoyish beradi. Keyinchalik u soʻroq qilinmagan guvohlarning soʻroq qilingan guvohlar bilan, shuningdek sud majlisi zalidagi boshqa shaxslar bilan muloqotda boʻlmasligi choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
433-modda. Protsess ishtirokchilaridan birortasi kelmaganda jinoyat ishini koʻrish mumkinligi yoki mumkin emasligi masalasini hal qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudga chaqirilgan protsess ishtirokchilaridan birortasi kelmagan taqdirda sud jinoyat ishini muhokama qilish mumkinligi yoki mumkin emasligi toʻgʻrisida taraflarning fikrini eshitadi va muhokamani davom ettirish yoki uni keyinga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhokamani keyinga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan taqdirda sud hozir boʻlgan guvohlar va ekspertni soʻroq qilishi mumkin. Basharti keyinchalik ish sudning yana oʻsha tarkibida yoki oʻsha sudya tomonidan koʻriladigan boʻlsa, protsessning mazkur ishtirokchilari sud majlisiga ikkinchi marta faqat zarurat tugʻilgan hollarda chaqirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
434-modda. Sudlanuvchining shaxsini va unga protsessual hujjatlarning nusxalari topshirilgan vaqtni aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyini, yashab turgan joyi, mashgʻuloti, maʼlumoti, oilaviy ahvoli va uning shaxsiga daxldor boshqa maʼlumotlarni soʻrab, uning shaxsini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻngra raislik qiluvchi sudlanuvchidan ayblov xulosasining nusxasi, shuningdek ushbu Kodeks 388-moddasining ikkinchi qismida sanab oʻtilgan protsessual hujjatlarning nusxalari unga topshirilgan-topshirilmaganligini va aynan qachon topshirilganligini soʻraydi. Bu hujjatlarning nusxalari topshirilmagan yoki sud majlisi boshlanishiga uch sutkadan kam muddat qolganda topshirilgan boʻlsa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
435-modda. Sudlanuvchiga uning huquqlarini tushuntirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi sudlanuvchining shaxsini aniqlaganidan keyin unga ushbu Kodeksning 46-moddasida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlarini tushuntiradi. Soʻngra sudlanuvchidan ana shu huquqlarning har birini tushungan yoki tushunmaganligini soʻraydi. Basharti sudlanuvchi salbiy javob bersa, raislik qiluvchi uning yoshini, umumiy zakovat darajasini, ruhiy va jismoniy holatini eʼtiborga olib, unga huquqlarini qaytadan tushuntiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
436-modda. Taraflarga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi jamoat ayblovchisiga, jamoat himoyachisiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga ushbu Kodeksning tegishlicha 43, 44, 55, 57, 59, 61 va 63-moddalarida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
437-modda. Ekspertga va mutaxassisga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi ekspertga va mutaxassisga ularning ushbu Kodeksning tegishlicha 68 va 70-moddalarida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.
LexUZ sharhi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
438-modda. Iltimoslar qilish va ularni hal etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisining tayyorlov qismi iltimoslar bor-yoʻqligini aniqlash bilan yakunlanadi. Raislik qiluvchi taraflardan yangi guvohlar, ekspertlar yoki mutaxassislar chaqirish, ashyoviy dalillar va hujjatlar talab qilib olish toʻgʻrisida ularning iltimoslari bor-yoʻqligini soʻraydi. Iltimos qiluvchi taraf qoʻshimcha dalillar aynan qaysi holatlarni aniqlash uchun zarurligini koʻrsatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraf arz qilgan har bir iltimosni muhokama qilib, sud boshqa tarafning fikrini tinglaydi va basharti, iltimos ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarni aniqlashga qaratilgan boʻlsa, uni qanoatlantiradi, aks holda qanoatlantirishni rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iltimosning rad etilishi sud muhokamasi davomida tarafni keyinchalik boshqa asoslarga koʻra yana shu iltimos bilan murojaat etish huquqidan mahrum qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud oʻzining tashabbusi bilan yangi guvohlarni chaqirish, ekspertiza tayinlash, hujjatlarni va boshqa qoʻshimcha dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti sud qoʻshimcha dalillarni tekshirishni lozim deb topsa, sud majlisiga yangi guvohlar, ekspertlar kelishini yoki hujjatlar talab qilib olinishini taʼminlash choralarini koʻrib, ayni chogʻda muhokamani yo davom ettiradi yoki uni keyinga qoldiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52-bob. SUD TERGOVI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
439-modda. Sud tergovining boshlanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi sud tergovi boshlanishi toʻgʻrisida eʼlon qiladi. Sud tergovi ayblov xulosasini oʻqib eshittirishdan boshlanadi. Raislik qiluvchi sudlanuvchilardan ular oʻz aybiga iqrorligi yoki iqror emasligini soʻraydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanuvchilardan oʻz ayblariga iqrorliklari yoki iqror emasliklari toʻgʻrisida soʻrab boʻlgach, sud dalillarni tekshirish navbati toʻgʻrisida taraflarning takliflarini eshitadi. Bunday navbatni sud ajrimda aks ettiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti dalillarni tekshirish sudlanuvchilarni soʻroq qilish bilan boshlangan boʻlsa, ulardan keyin sud jabrlanuvchilarni soʻroq qiladi. Sudlanuvchilar koʻrsatuv berishdan bosh tortgan yoki boshqa dalillarning tekshirilishidan oldin koʻrsatuv berishga rozi boʻlmagan taqdirda jabrlanuvchilarni, guvohlarni soʻroq qilish, dalillarni koʻzdan kechirish, guvohlantirish, yozma dalillarni oʻqib eshittirish, ekspertiza oʻtkazish va boshqa sud harakatlarini bajarish navbati toʻgʻrisidagi masalani sud ishning muayyan holatlarini va taraflarning takliflarini inobatga olgan holda hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
441-modda. Guvohning qasamyodi va uni javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohni soʻroq qilishdan oldin raislik qiluvchi uning shaxsini aniqlaydi va koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik yoki bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiradi. Soʻngra raislik qiluvchi guvohga barchaning oldida oshkora ravishda quyidagi mazmunda qasamyod qilishni taklif etadi: “Ish yuzasidan oʻzimga maʼlum boʻlgan hamma narsani sudga aytib berishga qasamyod qilaman. Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni gapirib beraman, haqiqatdan oʻzga narsani gapirmayman”. Qasamyod matni guvohga uning majburiyati va javobgarligi tushuntirilgani haqidagi guvohning tilxati bilan birgalikda sud majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻn olti yoshga toʻlmagan guvohga ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan oshkora qasamyod qilish taklif qilinadi, lekin koʻrsatuv berishdan bosh tortgani yoki bila turib yolgʻon koʻrsatuv bergani uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydi va undan tilxat olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
442-modda. Sudda soʻroq qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudda soʻroq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan talablarga, shuningdek quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir guvoh hali soʻroq qilinmagan guvohlar yoʻqligida soʻroq qilinadi. Soʻroq qilingan guvohlar sud majlisi zalida qoladilar va sud tergovi tamom boʻlmasdan ilgari zaldan faqat sudning ijozati bilan chiqib ketishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmagan guvohni soʻroq qilish haqiqatni aniqlash manfaatlari talab qilgan hollarda sudning ajrimi bilan sudlanuvchining yoʻqligida oʻtkazilishi mumkin. Sudlanuvchi sud majlisi zaliga qaytib kirgandan keyin guvohning bergan koʻrsatuvlari unga maʼlum qilinishi hamda shu guvohga savollar berishga imkoniyat yaratilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻn olti yoshga toʻlmagan guvoh soʻroq qilinib boʻlgach, sud bu guvohning majlis zalida qolishi zarur deb hisoblaydigan hollarni mustasno etganda, sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchi, shuningdek ekspert va mutaxassis sud muhokamasining boshidan oxirigacha sud majlisi zalida boʻlishga va barcha soʻroqlar chogʻida hozir boʻlishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanuvchini soʻroq qilish ishning unga maʼlum holatlari toʻgʻrisida koʻrsatuv berishi haqida raislik qiluvchining taklifi bilan boshlanadi. Shundan keyin sudlanuvchini davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar va ularning vakillari, himoyachi, jamoat himoyachisi, fuqaroviy javobgar va uning vakili soʻroq qiladilar. Soʻngra sudlanuvchiga boshqa sudlanuvchilar va ularning himoyachilari savollar berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jabrlanuvchilarni, shuningdek ayblov xulosasiga ilova qilingan roʻyxatga binoan sud majlisiga chaqirilgan yoki ayblovchi tomonning iltimosiga binoan qoʻshimcha ravishda chaqirilgan guvohlar va ekspertlarni soʻroq qilish ham ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi. Basharti guvohlar va ekspertlar sud majlisiga himoya tomonining iltimosiga binoan chaqirilgan boʻlsalar, ularni dastlab shu iltimosni qilgan sudlanuvchi yoki uning himoyachisi, keyin esa boshqa sudlanuvchilar va ularning himoyachilari, jamoat himoyachisi, fuqaroviy javobgar va uning vakili, davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar va ularning vakillari soʻroq qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi va xalq maslahatchilari soʻroq qilinayotgan har qanday shaxsga sud tergovining istalgan paytida savollar berishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisida koʻrsatuv berib boʻlgan shaxslarga bergan koʻrsatuvlarini toʻldirish va aniqliklar kiritish uchun sudning ijozati bilan savollar berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
443-modda. Yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari bayonnomalarini tekshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflarning iltimoslariga yoki sudning tashabbusiga koʻra raislik qiluvchi, xalq maslahatchilaridan biri yoki sud majlisining kotibi surishtiruvda va dastlabki tergovda ishga qoʻshib qoʻyilgan, ish uchun ahamiyatli boʻlishi ehtimol tutilgan yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari bayonnomalarini oʻqib eshittiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning talabiga koʻra yoki boshqa shaxslarning tashabbuslari bilan taqdim qilingan hujjatlarni sud oʻqib eshittiradi va taraflarga taqdim qiladi, ular esa shu hujjatlarning ishga ahamiyati bor-yoʻqligi toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bayon qiladilar. Soʻngra sud hujjatlarni ishga qoʻshish yoki tegishliligiga qarab qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
LexUZ sharhi
Shuningdek qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 6 va 18-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
444-modda. Koʻzdan kechirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud koʻzdan kechirishni ushbu Kodeksning 135 — 141-moddalarida nazarda tutilgan talablarga va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud surishtiruvda va dastlabki tergovda ishga qoʻshilgan ashyoviy dalillarni, shuningdek taraflar va boshqa shaxslar bevosita sud muhokamasida taqdim etgan narsalarni sud majlisi zalida taraflarning ishtirokida koʻzdan kechiradi. Sud koʻzdan kechirishni oʻtkazishga ekspertlarni, mutaxassislarni, guvohlarni ham jalb etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud joy, binolar, inshootlar, xonalarni, shuningdek sud majlisi zaliga keltirib boʻlmaydigan transport vositalari va boshqa obyektlarni ular turgan joyga borib ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar ishtirokida koʻzdan kechiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
445-modda. Guvohlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tergovida guvohlantirishni sud ushbu Kodeksning 142 — 147-moddalarida nazarda tutilgan talablarga hamda quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohlantirish yechintirib yalangʻochlash bilan bogʻliq boʻlsa, alohida xonada shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan, guvohlantirilayotgan shaxsning jinsidagi xolislar ishtirokida oʻtkaziladi. Guvohlantirish oʻtkazib boʻlinganidan soʻng protsessning mazkur ishtirokchilari sud majlisi zaliga qaytib kiradilar va u yerda taraflarning, guvohlantirilgan shaxsning va xolislarning ishtirokida shifokor yoki boshqa mutaxassis guvohlantirilgan shaxsning badanida izlar yoki belgilar aniqlangan boʻlsa, shu xususda axborot beradi hamda taraflarning, sudyalarning savollariga javob beradi. Bu maʼlumotlar, shuningdek guvohlantirilgan shaxsning hamda xolislarning mulohaza va tushuntirishlari sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi va ular shifokorning, boshqa mutaxassisning, guvohlantirilgan shaxsning va xolislarning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
446-modda. Ekspertiza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tergovida ekspertiza ushbu Kodeksning 172 — 187-moddalarida nazarda tutilgan talablarga va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda tayinlanadi va oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisida ekspertizani ilgari dastlabki tergovda xulosa bergan ekspertlar yoki sud tayinlagan yangi ekspertlar yoxud ham ilgarigi, ham keyin tayinlangan ekspertlar birgalikda oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflardan birortasining iltimosi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan sud ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va uni sud majlisida oʻqib eshittiradi. Ajrimda ekspertiza oʻtkazish topshirilgan shaxs yoki ekspertiza muassasasi koʻrsatiladi va ekspert oldiga savollar qoʻyiladi. Bunda sud taraflarga ularning ekspertni rad etish, taraf koʻrsatgan qoʻshimcha shaxsni ekspertlar safiga kiritish, ekspert oldiga qoʻshimcha savollar qoʻyish, ekspertizani taraflarning ishtirokida oʻtkazish toʻgʻrisida iltimoslar qilish, shuningdek ekspertiza davomida izohot berib borish huquqiga ega ekanliklarini tushuntiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iltimoslar yoki ekspertni rad qilish toʻgʻrisidagi arzlarni sud ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq holda koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tergovida ekspert soʻroq qilinayotgan shaxslarga savollar berishga, yozma dalillar, tergov harakatlarining bayonnomalari, boshqa ekspertlarning xulosalari bilan tanishishga, koʻzdan kechirishlar, eksperimentlarda va ekspertiza predmetiga oid sudning boshqa harakatlarida ishtirok etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tergovi davomida ekspertning oldiga qoʻshimcha savollar qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza predmetiga oid holatlar tekshiruvi tugallangach, sud xulosa tayyorlash uchun ekspertga muhlat beradi. Basharti buning uchun laboratoriya tadqiqotlari oʻtkazish lozim boʻlsa, sud ekspertga tegishli obyektlarni beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert oʻz xulosasini sud majlisida oʻqib eshittiradi. Xulosa sud majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert xulosa berganidan soʻng, xulosada bayon qilingan holatlar boʻyicha u sud majlisida soʻroq qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
447-modda. Tanib olish uchun koʻrsatish, eksperiment oʻtkazish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tergovida tanib olish uchun koʻrsatish, eksperiment oʻtkazish va ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish ushbu Kodeksning 125 — 131, 153 — 156, 188 — 197-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq oʻtkaziladi. Taraflar shu sud harakatlari munosabati bilan iltimoslar qilishga va oʻz mulohazalarini bildirishga haqlidirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ushbu harakatlarni oʻtkazishda koʻmaklashishni surishtiruv organining boshligʻi yoki tergovchidan talab qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanib olish uchun koʻrsatish, eksperiment oʻtkazish hamda namunalar olish jarayoni va natijalari, shuningdek mazkur sud harakatlarining yuritilishi munosabati bilan bildirilgan iltimoslar, mulohazalar va tushuntirishlar sud majlisining bayonnomasida qayd qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
448-modda. Sud tergovining tamomlanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha dalillar tekshirib chiqilganidan keyin raislik qiluvchi taraflardan ular sud tergovini toʻldirmoqchilarmi va toʻldirmoqchi boʻlsalar, nima bilan toʻldirmoqchi ekanliklarini soʻraydi. Basharti bu haqda iltimos qilinsa, sud uni muhokama qiladi va hal etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 15-bandining uchinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iltimoslarni qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha harakatlar bajarilganidan soʻng raislik qiluvchi sud tergovini tamom boʻlgan deb eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53-bob. TARAFLARNING MUZOKARASI VA SUDLANUVCHINING OXIRGI SOʻZI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
449-modda. Taraflar muzokarasining mazmuni va tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tergovi tamomlanganidan soʻng sud taraflarning muzokarasini eshitishga oʻtadi. Muzokara davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining nutqlari bilan boshlanadi. Soʻngra jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki ularning vakillari, himoyachi va jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili soʻzga chiqadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 22-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining, shuningdek himoyachi va jamoat himoyachisining soʻzga chiqish navbatini sud ularning takliflarini inobatga olgan holda belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflar oʻzlarining nutqlarida sud tergovida koʻrib chiqilmagan dalillarni keltirishga haqli emas. Tekshirish uchun sudga yangi dalillarni taqdim etish lozim boʻlsa, taraflar sud tergovini yangidan boshlash toʻgʻrisida iltimos qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ayblovchisi sud tergovining yakunlarini inobatga olib, oʻz nutqida sudlanuvchining aybliligi yoki aybli emasligi toʻgʻrisidagi xulosasini asoslantirishi lozim. Davlat ayblovchisi sudlanuvchi aybli degan xulosaga kelganda, unga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan jazo turi va meʼyori haqida sudga oʻz fikrini bayon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflar nutq soʻzlab boʻlganlaridan keyin, ulardan har biri boshqa tarafning nutqlarida aytilgan masalalar yuzasidan eʼtirozlar yoki mulohazalar bilan yana bir martadan soʻzga chiqishlari mumkin. Soʻnggi eʼtiroz bildirish huquqi hamisha himoyachi va sudlanuvchiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud taraflarning muzokarasini muayyan muddat bilan cheklab qoʻyishi mumkin emas, lekin raislik qiluvchi muzokarada ishtirok etayotgan shaxslarning nutqlarini, basharti ular koʻrilayotgan ishga daxli yoʻq holatlarga taalluqli boʻlsa, toʻxtatib qoʻyishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 22-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
450-modda. Taraflarning ayblovning mohiyati yuzasidan takliflari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muzokara tamom boʻlganidan keyin taraflar ushbu Kodeks 457-moddasining birinchi qismidagi 1 — 6-bandlarda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan chiqariladigan qarorning oʻzlari taklif etadigan mazmunini sudga yozma ravishda taqdim etishlari mumkin. Davlat ayblovchisi va himoyachi uchun qarorning bunday mazmunini sudga taqdim etish majburiydir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
451-modda. Sudlanuvchining oxirgi soʻzi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflarning muzokarasi tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga oxirgi soʻz beradi. Sudlanuvchining oxirgi soʻzi vaqtida unga hech qanday savol berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud sudlanuvchining oxirgi soʻzini muayyan muddat bilan cheklab qoʻyishi mumkin emas, lekin raislik qiluvchi sudlanuvchining soʻzini, u ishga mutlaqo aloqasi yoʻq holatlarni bayon qila boshlagan hollarda, toʻxtatishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
452-modda. Sud tergovini yangidan boshlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti taraflar muzokaradagi nutqlarida yoki sudlanuvchi oxirgi soʻzida ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi holatlar toʻgʻrisida gapirsalar yoki muqaddam tekshirilmagan, lekin ishga aloqador dalillarni keltirsalar, sud taraflarning iltimoslariga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan sud tergovini yangidan boshlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Yangidan boshlangan sud tergovi tamom boʻlganidan keyin sud taraflarning muzokarasini yangitdan ochadi va sudlanuvchiga oxirgi soʻz beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 52-bobi, 449 va 451-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
453-modda. Sudning qaror qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanuvchining oxirgi soʻzini eshitib boʻlganidan soʻng sud hukm chiqarish yoki ajrim chiqarish uchun darhol alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi. Bu haqda raislik qiluvchi sud majlisi zalida hozir boʻlganlarga eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54-bob. HUKM
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
454-modda. Hukm chiqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hukmni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
455-modda. Hukmning qonuniy, asosli va adolatli boʻlishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm qonuniy, asosli va adolatli boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm qonunning barcha talablariga amal qilingan holda va qonun asosida chiqarilgan boʻlsa, qonuniy deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm ishning haqiqiy holatlari unda kerakligicha toʻla va yuz berganiga haqiqatan monand tarzda aniqlangan boʻlsa, asosli deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm aybdorga nisbatan jazo yoki boshqa taʼsir chorasi u sodir etgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va uning shaxsi eʼtiborga olinib tayinlangan boʻlsa, aybsiz shaxs esa oqlangan va reabilitatsiya etilgan boʻlsa, adolatli deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hukmni faqat sud muhokamasida tekshirilgan dalillar bilan asoslaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 2, 4 — 6-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning hukmda ifodalangan barcha xulosalari asoslantirilgan boʻlishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
456-modda. Sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya hukmni alohida xonada, sud esa maslahatxonada chiqaradi. Bunday paytda mazkur xonada faqat sudyaning oʻzi yoki ushbu ish boʻyicha sud tarkibiga kirgan sudyalar hozir boʻlishlari mumkin. Boshqa shaxslarning hozir boʻlishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kech kirishi bilan, zarurat boʻlgan taqdirda esa, kun davomida ham sud maslahatni toʻxtatishga haqlidir. Maslahatlashuv dam olish kuni va bayram kunida ham toʻxtatiladi. Sudyalar maslahatlashuv vaqtida aytilgan mulohazalarni oshkor qilishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
457-modda. Hukm chiqarish vaqtida sud hal qiladigan masalalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hukm chiqarish vaqtida alohida xonada (maslahatxonada) quyidagi masalalarni hal qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) sudlanuvchi aybli deb topilayotgan qilmish haqiqatan sodir etilganmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bu qilmish jinoyat deb hisoblanadimi va u Jinoyat kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) bu qilmishni sudlanuvchi sodir etganmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) sudlanuvchi jinoyat sodir etilishida ayblimi va, basharti aybli boʻlsa, uning aybi qanday shaklda;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining V bobi (“Ayb”).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) sudlanuvchining javobgarligini yengillashtiradigan va ogʻirlashtiradigan holatlar bormi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55 va 56-moddalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) sudlanuvchi sodir etgan jinoyati uchun jazolanishi kerakmi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 54-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) sudlanuvchiga qanday jazo tayinlanishi lozim va u shu jazoni oʻtashi kerakmi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining X bobi (“Jazo tushunchasi, maqsadlari va turlari”).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 34-moddasiga muvofiq oʻta xavfli retsidivist deb topish lozimmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) ozodlikdan mahrum qilingan mahkum jazoni qanday tartibli koloniyada oʻtashi lozim va jazo muddatining bir qismini turmada oʻtashi kerakmi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 50-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 45-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) fuqaroviy daʼvo qanoatlantirilishi kerakmi, bu daʼvo kimning foydasiga va qancha miqdorda qanoatlantirilishi lozim, shuningdek fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatilmagan boʻlsa, jinoyat tufayli keltirilgan mulkiy zarar undirilishi kerakmi, sudlanuvchilar sheriklik yoki hissadorlik tartibida javobgarlikka tortilishlari lozimmi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 33-bobi (“Jinoyat protsessida fuqaroviy daʼvo. boshqa mulkiy undirishlar”).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) fuqaroviy daʼvoni taʼminlash uchun xatlangan mol-mulkni nima qilish kerak;
(457-moddaning birinchi qismi 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 35-bobi (“Hukmning mulkiy undirishlar toʻgʻrisidagi qismi ijrosini taʼminlash”).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanuvchi bir necha jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan boʻlsa, sud ushbu moddaning 1 — 8-bandlarida nazarda tutilgan masalalarni har bir jinoyat boʻyicha alohida-alohida hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyatni sodir etishda bir necha sudlanuvchi ayblanayotgan boʻlsa, sud ushbu moddada koʻrsatilgan masalalarni har bir sudlanuvchiga nisbatan alohida-alohida hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning 15-bandida nazarda tutilgan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari ekspertning tegishli xulosasi mavjud boʻlgandagina qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud muhokamasi jarayonida ushbu Kodeks 533-moddasining birinchi qismi 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan holatlardan birortasi aniqlanib qolsa, sud hukmning ijrosini qonunda belgilangan tartibda kechiktirish masalasini muhokama qilishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 25-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 11-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
458-modda. Sudlanuvchining ruhiy kasalligi va aqli norasoligi masalasini muhokama qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi paytida sudlanuvchining ruhiy kasalligi va aqli norasoligi haqidagi masala kelib chiqqan hollarda sud hukm chiqarish vaqtida bu masalani yana bir bor muhokama qilishi shart. Sudlanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda boʻlgan yoki uni sodir etganidan keyin oʻz harakatlarini idrok eta olmaydigan yoki idora qila olmaydigan ruhiy kasallikka chalingan deb topgan taqdirda, sud ushbu Kodeksning 577-moddasida nazarda tutilgan ajrimni chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
459-modda. Shartli hukm qilingan shaxs ustidan kuzatuv olib borish masalasini muhokama qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartli hukm qoʻllanilganda sud shartli hukm qilingan shaxs ustidan kuzatuv olib borishni kimga yuklatish lozimligini hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartli hukm qilish toʻgʻrisida jamoat birlashmasi yoki jamoaning iltimosnomasi boʻlsa, sud shartli hukm qilingan shaxsning xulq-atvorini kuzatish uchun uni shu birlashma yoki jamoaga topshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 72-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
460-modda. Sudyalarning maslahatlashuv tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish sud tarkibi tomonidan koʻrilayotgan boʻlsa, hukm chiqarish oldidan raislik qiluvchi boshchiligida sudyalarning maslahatlashuvi oʻtkazilib, raislik qiluvchi sud hal qilishi lozim boʻlgan savollarni ushbu Kodeksning 457-moddasida koʻrsatilgan izchillikda qoʻyadi. Har bir savol shunday shaklda qoʻyilishi kerakki, toki bu savolga maʼqullovchi, yoki rad etuvchi javob qaytariladigan boʻlsin. Javob qaytarganidan soʻng sudya javobning sabab-asoslarini ifodalashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir savolni hal qilishda sudyalardan hech biri ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Barcha masalalar ovozlarning oddiy koʻpchiligi bilan hal qilinadi. Raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi navbatda sudlanuvchining manfaatiga toʻlaroq mos keladigan fikr ovozga qoʻyiladi. Basharti oqlash toʻgʻrisida ovoz bergan sudya yoki sudyalar ozchilikni tashkil qilib, boshqa sudyalar esa jinoyatning tavsifi yoki jazo chorasi toʻgʻrisida har xil fikrda boʻlsalar, oqlash uchun berilgan ovoz yoki ovozlar Jinoyat kodeksining yengilroq jazo chorasini nazarda tutgan tegishli moddasi boʻyicha tavsif qilish uchun berilgan ovozga qoʻshiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni sudya koʻrayotgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida koʻrsatilgan masalalarni yakka oʻzi hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
461-modda. Sud tergovini yana davom ettirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida koʻrsatilgan masalalarni alohida xonada (maslahatxonada) muhokama qilish vaqtida sud ish uchun ahamiyati boʻlgan biror holat qoʻshimcha ravishda aniqlanishi kerak deb topsa, hukm chiqarmay, sud tergovini yana davom ettirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Sud tergovi tamom boʻlganidan keyin sud yana taraflarning muzokarasini boshlaydi va sudlanuvchining oxirgi soʻzini eshitadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
462-modda. Hukm turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ayblov yoki oqlov hukmi chiqarishi mumkin. Sudlanuvchiga nisbatan qanday turda hukm chiqarish masalasini hal qilish vaqtida sud ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi talablariga amal qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
463-modda. Ayblov hukmi chiqarish asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblov hukmi taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emas va faqat sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybli ekanligi sud muhokamasi davomida isbot qilingan taqdirdagina chiqariladi. Ayblov hukmiga jinoyat sodir etilishining ish boʻyicha barcha mumkin boʻlgan holatlarini tekshirish, ish materiallarida maʼlum boʻlib qolgan barcha kam-koʻstni toʻldirish, yuzaga kelgan hamma shubha va qarama-qarshiliklarga barham berish natijasida yigʻilgan ishonchli dalillargina asos qilib olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud quyidagi hollarda jazodan ozod qilib, ayblov hukmini chiqaradi, basharti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mazkur hukm bilan sudlanuvchiga tayinlangan jazoni qoʻllashdan ozod qiluvchi amnistiya akti eʼlon qilingan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”giqarori 5-bandining uchinchi xatboshisi, 15-bandining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) shaxsning hukm chiqqunga qadar qamoqda boʻlgan vaqti Jinoyat kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan dastlabki qamoqni hisobga olish qoidalarini nazarda tutib sud tomonidan tayinlangan jazo chorasiga teng yoki bu choradan ortiq boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud quyidagi hollarda jazo tayinlamasdan ayblov hukmini chiqaradi, basharti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mahkum sodir etgan jinoyat uchun jazo tayinlashni istisno etadigan amnistiya akti eʼlon qilingan boʻlsa:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 68-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandining uchinchi xatboshi, 15-bandining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) mazkur jinoyat uchun ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish muddati oʻtib ketgan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 64-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) hukm chiqariladigan vaqtga kelib, qilmish ijtimoiy xavfliligini yoʻqotsa yoki uni sodir etgan shaxs ijtimoiy xavfli boʻlmay qolsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 65-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) mahkumning tuzalishiga jamoat birlashmalari va jamoalar tomonidan qoʻllaniladigan jamoat taʼsir choralari yoki maʼmuriy jazo choralari koʻrish yoʻli bilan erishish mumkin boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) hukm chiqarish vaqtigacha sudlanuvchi vafot etgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
464-modda. Oqlov hukmini chiqarish asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oqlov hukmi quyidagi hollarda chiqariladi, basharti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) jinoiy hodisa yuz bermagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) sudlanuvchi sodir etgan qilmishda jinoyat tarkibi boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) jinoyat sodir etilishiga sudlanuvchi daxldor boʻlmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat boshqa shaxs tomonidan sodir etilganligi aniqlansa, shuningdek sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblov ish holatlari batafsil tekshirilgandan keyin ishonarli tarzda oʻz tasdigʻini topmasa, sud ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan asosga koʻra sudlanuvchini oqlaydi. Basharti oʻsha asos boʻyicha oqlov hukmi chiqarilganda jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanmay qolgan boʻlsa, sud bu shaxsni aniqlash va uni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish choralarini koʻrish uchun ishni hukm kuchga kirgandan soʻng prokurorga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
465-modda. Hukmni tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida nazarda tutilgan masalalar hal etilganidan soʻng sud hukmni tuzishga kirishadi. Sudda ish qaysi tilda koʻrilgan boʻlsa, hukm shu tilda, aniq va tushunarli iboralarda bayon qilinadi va kirish, tavsif hamda qaror qismlaridan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm uni chiqarishda qatnashgan sudyalardan biri yoki hukmni yakka oʻzi chiqargan sudya tomonidan qoʻlda yoki texnik vositalardan foydalangan holda yozilishi lozim. Hukmga kiritilgan tuzatishlar hukm eʼlon qilinishidan oldin izohlanishi va sudyaning (sudyalarning) imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
466-modda. Hukmning kirish qismi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukmning kirish qismida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) hukmni chiqargan sudning nomi, sudning tarkibi, sud majlisining kotibi, taraflar, tarjimon;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashgʻuloti, maʼlumoti, oilaviy ahvoli va sudlanuvchi xususidagi ish uchun ahamiyatli boshqa maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblov Jinoyat kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilganligi koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
467-modda. Ayblov hukmining tavsif qismi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblov hukmining tavsif qismida sud isbot etilgan deb eʼtirof etgan jinoiy qilmishning tavsifi, sodir etilgan joyi, vaqti, usuli, aybning shakli, jinoyatning sabablari, maqsadlari va oqibatlari koʻrsatilishi lozim. Hukmda sudning har bir sudlanuvchiga nisbatan xulosalariga asos boʻlgan dalillar va sudning boshqa dalillarni rad etish sabablari yoziladi. Javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi holatlar, aybning bir qismi asossiz deb topilgan taqdirda yoki jinoyatning tavsifi notoʻgʻriligi aniqlanganda esa ayblovni oʻzgartirish asoslari va sabablari koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55 va 56-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 19, 20, 24-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 11-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud, shuningdek Jinoyat kodeksi moddasining jazo qismida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa jazo choralari ham nazarda tutilgan boʻlsa, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo nimaga asoslanib tayinlaganini; ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinganga koloniyada saqlash tartibining muayyan turini belgilashni yoki ozodlikdan mahrum etish jazosini turmada oʻtashni tayinlashni; sudlanuvchi oʻta xavfli retsidivist deb topilganligini; shartli hukm qoʻllanilganini; Jinoyat kodeksining moddasida xuddi shunday jinoyat uchun nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo tayinlanganligini; boshqa yengilroq jazoga oʻtilganligini; umumiy qoidalardan chekinib koloniya turi tayinlanganligini; boshqa taʼsir choralarini qoʻllab yoki qoʻllamasdan sudlanuvchi jazodan ozod etilganligini asoslab berishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 34-moddasining uchinchi qismi, 50, 57, 72-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 28-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 25 va 26-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud qonun hujjatlariga muvofiq sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllash yoki uning ustidan homiylik tayinlash lozim deb topsa, bunday qarorga kelish sabablarini koʻrsatishi shart.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 15-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat birlashmasining yoki jamoaning sudlanuvchini shartli hukm qilib, u bilan tarbiyaviy ish olib borish uchun oʻzlariga berishni soʻragan iltimosnomalari boʻlsa, sud bu iltimosnomalarni qanoatlantirish yoki rad etish sabablarini hukmda koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud, shuningdek qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvo toʻgʻrisida yoki jinoyat oqibatida keltirilgan mulkiy zararni undirish toʻgʻrisida oʻz tashabbusi bilan chiqargan qarorning asoslarini ham koʻrsatishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini taʼminlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi qarorining 12-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandining ikkinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
468-modda. Ayblov hukmining qaror qismi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblov hukmining qaror qismida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) sudlanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) sudlanuvchining jinoyat sodir etganlikda aybli deb topilganligi toʻgʻrisidagi qaror;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Jinoyat kodeksining sudlanuvchining aybli deb eʼtirof etilishiga asos boʻlgan moddasi (moddaning qismi, bandi), shuningdek sudlanuvchining oʻta xavfli retsidivist deb topilganligi, basharti sud shunday qaror qabul qilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) sudlanuvchi aybli deb topilgan har bir jinoyati uchun tayinlangan jazo turi va meʼyori; Jinoyat kodeksining moddalariga muvofiq uzil-kesil tayinlangan va oʻtalishi lozim boʻlgan jazo chorasi; ozodlikdan mahrum etilgan shaxsning jazo muddatini oʻtashi lozim boʻlgan tegishli tartibli koloniya turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasiga doir qaror;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) mahkumning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) ushbu Kodeksning 533-moddasida nazarda tutilgan asoslar aniqlangan hollarda hukmning ijrosini kechiktirish toʻgʻrisidagi qaror koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan ayblov qoʻyilgan boʻlsa, hukmning qaror qismida sudlanuvchi qaysi moddalar boʻyicha oqlanganligi va qaysi moddalar boʻyicha hukm qilinganligi koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanuvchi jazoni oʻtashdan ozod qilingan boʻlsa, bu haqda hukmning qaror qismida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha hollarda tayinlangan jazo shunday ifodalanishi lozimki, toki hukmni ijro etishda sud tayinlagan jazo turi va meʼyori xususida hech qanday shubha tugʻilmasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 10 va 30-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining yettinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 39 va 50-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
469-modda. Oqlov hukmining tavsif qismi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oqlov hukmining tavsif qismida quyidagilar koʻrsatiladi: sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovning mohiyati; sud aniqlagan ish holatlari; sudlanuvchining aybsizligi toʻgʻrisidagi sud xulosasini tasdiqlovchi dalillar; sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybi bor deb daʼvo qilishga asos boʻlgan dalillarni sud nima uchun ishonarli emas yoki yetarli emas deb hisoblashi yoki nima uchun sud jinoiy hodisaning oʻzi yuz bermagan yoxud sudlanuvchi sodir etgan qilmishni jinoyat emas deb hisoblashi; fuqaroviy daʼvoga oid qarorning asoslari.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
470-modda. Oqlov hukmining qaror qismi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oqlov hukmining qaror qismida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) sudlanuvchini jinoyat sodir etilishida aybsiz deb eʼtirof etish va uni oqlash toʻgʻrisidagi qaror;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) sudlanuvchiga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot chorasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror; basharti ehtiyot chorasi sifatida u qamoqda saqlanayotgan boʻlsa, oqlangan shaxsni darhol, sud majlisi zalining oʻzida ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror;
(470-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuniga muvofiq oʻz koʻchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) oqlangan shaxsning unga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash hamda maʼnaviy va boshqa ziyon oqibatlarini ushbu Kodeksning 304 — 313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda bartaraf qilish huquqini eʼtirof etish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandining beshinchi xatboshisi, 10-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
471-modda. Hukmning qaror qismida hal qilinishi lozim boʻlgan boshqa masalalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblov hukmining ham, oqlov hukmining ham qaror qismi, ushbu Kodeksning 468 va 470-moddalarida koʻrsatilgan masalalardan tashqari, quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvo yoki sudning tashabbusi bilan ziyonni qoplash toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 283 — 289-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 31-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining yettinchi xatboshisi, 14 — 16-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15 — 17-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 8-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorinig 17-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ashyoviy dalillar hamda ishga ilova qilingan boshqa narsalar va hujjatlar toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 289-moddasiga muvofiq qabul qilingan qaror;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 14-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) protsessual chiqimlar toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 320-moddasiga muvofiq qabul qilingan qaror;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 13-sonli “Jinoyat ishlari boʻyicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) hukm ustidan ushbu Kodeksning tegishincha 4973, 4974, 499 va 500-moddalarida nazarda tutilgan apellyatsiya va kassatsiya shikoyati berish, protest bildirish tartibi, muddatlari.
(471-moddasining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarorining 31-bandi, 33-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
472-modda. Hukmning imzolanishi va sudyaning alohida fikri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm sudya tomonidan chiqarilgan boʻlsa, uni sudyaning yakka oʻzi, sud tarkibi tomonidan chiqarilgan boʻlsa, sudyalarning hammasi imzolaydi. Ovoz berish vaqtida ozchilikni tashkil qilgan sudya hukmga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir. Bu fikrni u bevosita maslahatxonada yozishi lozim. Alohida fikr ishga ilova qilinadi, lekin sud majlisining zalida eʼlon qilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida fikr mavjud boʻlgan ish kassatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, hukm qonuniy kuchga kirgandan keyin ish yuqori sud raisiga yuborilishi lozim, u esa ish bilan tanishib chiqib, hukm ustidan nazorat tartibida protest berish-bermaslik masalasini hal qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisi zalida hozir boʻlganlarning hammasi, shu jumladan sud tarkibi ham hukmni tik turib eshitadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm sudlanuvchi bilmaydigan yoki yetarlicha bilmaydigan tilda bayon qilingan boʻlsa, hukm eʼlon qilingandan keyin, tarjimon tomonidan hukm sudlanuvchining ona tilida yoki u tushunadigan boshqa tilda oʻqib eshittiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukmning mazmunini, hukm ustidan ular istagi boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish muddati va tartibini tushuntiradi. Basharti sudlanuvchi favqulodda jazo chorasi — oʻlim jazosiga hukm qilingan boʻlsa, unga afv etishni soʻrab iltimos qilish huquqi ham tushuntiriladi.
(473-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
474-modda. Sudlanuvchini qamoqdan ozod qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanuvchi oqlanganda, shuningdek jazo tayinlanmasdan yoki jazodan ozod qilib yoxud shartli ravishda ozodlikdan mahrum etib yoki ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlab hukm chiqarilganda hamda sudlanuvchi dastlabki qamoqda saqlangan vaqtdan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda qamoqda saqlanayotgan sudlanuvchi darhol bevosita sud majlisi zalining oʻzida ozod qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
475-modda. Hukmning nusxasini mahkumga va oqlangan shaxsga berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm eʼlon qilinganidan keyin uch sutkadan kechiktirilmay, hajmi katta boʻlgan taqdirda esa, oʻn sutkadan kechiktirilmay, uning nusxasi mahkumga va oqlangan shaxsga berilishi lozim. Boshqa taraflarga hukm nusxasi yoki uning koʻchirmasi shu muddatda, ularning iltimoslariga asosan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
476-modda. Hukm chiqarish bilan bir vaqtda sud tomonidan hal qilinadigan boshqa masalalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning voyaga yetmagan bolalari, qari ota-onalari, qaramogʻida boshqa shaxslar boʻlsa va ular qarovsiz hamda yordamsiz qolayotgan boʻlsa, sud ayblov hukmini chiqarish bilan bir vaqtda ularni qarindoshlari yoki boshqa shaxslarning va muassasalarning vasiyligiga yoki homiyligiga topshirish toʻgʻrisida, mahkumning qarovsiz qolayotgan mol-mulki yoki uy-joyi boʻlsa, ularni qoʻriqlab turish choralarini koʻrish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 50-moddasida koʻrsatilgan tartibda tayinlangan advokat ishda himoyachi boʻlib qatnashgan hollarda sud advokatlar byurosi, hayʼati yoki firmasi rahbarining iltimosnomasi boʻlgan taqdirda ajrim chiqarib, unda advokatlar byurosi, hayʼati yoki firmasi foydasiga mahkumdan haq undirish va bu haqning miqdori toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi.
(476-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga jalb qilish zarur boʻlganda sud hukm chiqarish bilan bir vaqtda xususiy ajrim ham chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada koʻrsatilgan barcha protsessual qarorlar sud majlisining zalida hukm eʼlon qilinganidan keyin oʻqib eshittirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
477-modda. Mahkum bilan uchrashishga ijozat berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm eʼlon qilinganidan keyin raislik qiluvchi yoki sud raisi qamoqda saqlanayotgan mahkumning yaqin qarindoshlari yoki uning himoyachisi iltimosiga koʻra u bilan uchrashish imkoniyatini berishi shart.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.11.00 Hukm, ajrim, qarorlarning qonuniyligini, adolatliligini va asosliligini tekshirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻN BIRINCHI BOʻLIM HUKM, AJRIM VA QARORLARNING QONUNIYLIGI, ASOSLILIGI VA ADOLATLILIGINI TEKSHIRISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hukmi, ajrimi va qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida tekshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni yuqori sud tomonidan koʻrish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) apellyatsiya tartibida — ushbu Kodeksning 4972-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) kassatsiya tartibida — ushbu Kodeksning 498-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) nazorat tartibida — qonunda protest bildirish huquqi berilgan sud raisi, prokuror yoki ular oʻrinbosarlarining protestlariga binoan, yangi ochilgan holatlar munosabati bilan esa, qonunda protest bildirish huquqi berilgan prokuror yoki uning oʻrinbosari protestiga binoan amalga oshiriladi.
(478-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
479-modda. Sud qarorlari ustidan shikoyat berish va protest bildirish huquqi hamda uning taʼminlanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 4972, 498 va 516-moddalarida nazarda tutilgan protsess ishtirokchilari birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan belgilangan tartibda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirishga, shuningdek sud qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqishni iltimos qilishga haqlidir. Bu holda ular oʻz vajlarini tasdiqlovchi qoʻshimcha materiallar taqdim etishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati, apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat protesti tushganligi toʻgʻrisida sud tushgan shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli boʻlsa, ana shu protsess ishtirokchilariga maʼlum qiladi va ayni vaqtda mazkur hujjatlarning nusxasini mahkumga, jabrlanuvchiga va oqlangan shaxsga joʻnatadi. Koʻrsatilgan shaxslar ish bilan, shu jumladan qoʻshimcha taqdim etilgan materiallar bilan tanishishga hamda sudga oʻz eʼtirozlarini bildirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati bergan shaxs, shuningdek berilgan shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli boʻlsa, ana shu protsess ishtirokchilari sud tomonidan ishning koʻrilish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar hamda ularning vakillari ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish chogʻida ishtirok etishga haqlidir. Mazkur shaxslar ishni kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish chogʻida ham ishtirok etishga haqlidir, jazoni ijro etish muassasasidagi mahkum bundan mustasno. Jazoni ijro etish muassasasidagi mahkumning kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi majlisida ishtirok etishi, shuningdek uni sud majlisiga olib kelish zarurligi masalasini sud hal qiladi. Ish koʻriladigan joy va vaqt haqida oʻz vaqtida ogohlantirilgan mazkur shaxslarning uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganliklari ishni koʻrishga monelik qilmaydi. Lekin sud mahkumni, oqlangan shaxsni, shuningdek jabrlanuvchini, fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini tushuntirish berish uchun chaqirishi mumkin.
(479-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
480-modda. Jinoyat ishining yuqori sud tomonidan koʻrilishida prokurorning ishtiroki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishining apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrilishida prokuror qatnashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishning koʻrilishida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi hayʼatlarida — tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori tomonidan vakolat berilgan prokuror;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosatlarida — tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori;
(480-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyasiga protsess ishtirokchilari ish uchun ahamiyatga molik hujjatlar, mutaxassislarning fikrlari va boshqa qoʻshimcha materiallarni taqdim etishga haqlidirlar. Bunday materiallar sud tomonidan ishni koʻrishga tayyorlash vaqtida ham talab qilib olinishi mumkin.
(481-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshimcha materiallar ushbu Kodeksning 149, 170, 290 va 398-moddalarida nazarda tutilgan tergov harakatlari oʻtkazishni tergovchiga topshirish yoʻli bilan ham olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrishda hukm, ajrim va qarorning qonuniyligini, asosliligini va adolatliligini ishda mavjud boʻlgan hamda protsess ishtirokchilari qoʻshimcha taqdim etgan yoxud sudning oʻzi talab qilib olgan materiallar asosida, yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ishni yangitdan koʻrishda esa, bu holatlarni tergov qilish materiallari asosida tekshiradi.
(482-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud shikoyat yoki protestda bayon etilgan vajlar bilan chegaralanmasdan, ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan shikoyat bermagan hamda ustidan shikoyat yoki protest bildirilmaganlarga nisbatan ham toʻla hajmda tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
483-modda. Yuqori sudda jinoyat ishini koʻrish muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi jinoyat ishini shikoyat yoki protest kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh sutkadan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi esa, bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqishga kirishishi lozim.
(483-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish oʻta murakkab boʻlgan taqdirda va boshqa favqulodda hollarda tegishli sud raisi bu muddatni koʻpi bilan oʻn besh sutkaga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi yoki uning oʻrinbosari esa, koʻpi bilan bir oyga uzaytirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni koʻrish muddati uzaytirilganligi haqida protsessning manfaatdor ishtirokchilari xabardor qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida hukmni bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) sud tergovining toʻliq emasligi yoki bir yoqlama olib borilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) hukmda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu Kodeks normalarining jiddiy buzilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Jinoyat kodeksi normalarining notoʻgʻri qoʻllanilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) jazoning adolatsizligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki tergov va sud tergovining kamchiliklarini ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrish paytida bartaraf etishning imkoni boʻlmasa, hukm bekor qilinishi lozim.
(484-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
485-modda. Tergovning toʻliq emasligi va bir yoqlamaligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti ish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida koʻrsatilgan holatlar yetarlicha toʻla aniqlanmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) koʻrsatuvlari ishni hal qilishga taʼsir etishi mumkin boʻlgan shaxslar soʻroq qilinmagan, zarur boʻlishiga qaramay ekspertiza oʻtkazilmagan, shuningdek hujjatlar, ashyoviy dalillar talab qilib olinmagan yoki natijalari ish uchun ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa tergov harakatlari oʻtkazilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ishni qoʻshimcha tergovga yoki yangidan sudda koʻrishga yuborgan sudning ajrimida yoki qarorida bayon qilingan holatlar tekshirilmagan boʻlsa,dastlabki tergov yoxud sud tergovi toʻliq emas yoki bir yoqlama oʻtkazilgan deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
486-modda. Hukmda bayon qilingan sud xulosalari jinoyat ishining haqiqiy holatlariga muvofiq kelmasligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi hollarda hukm jinoyat ishining haqiqiy holatlariga muvofiq emas deb eʼtirof etiladi, basharti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) sud xulosalari sud majlisida koʻrilgan dalillar bilan tasdiqlanmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) sud oʻz xulosasiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan holatlarni hisobga olmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ish uchun muhim ahamiyatli holatlarga oid dalillar bir-biriga zid boʻlgani holda, sud qaysi asoslarga koʻra dalillardan baʼzilarini ishonarli deb topib, boshqalarini rad etganligi hukmda koʻrsatilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) sudning hukmda bayon qilingan xulosalarida jiddiy ziddiyatlar mavjud boʻlib, ular sudlanuvchining aybliligi masalasini hal qilishga, Jinoyat kodeksi normalarini toʻgʻri qoʻllashga yoki jazo chorasini belgilashga taʼsir koʻrsatgan yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa va yuqori sudda bu ziddiyatlarni bartaraf etish imkoniyati boʻlmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
487-modda. Jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protsess ishtirokchilarini qonunda belgilangan huquqlardan mahrum qilgan yoki bu huquqlarni cheklagan yoxud sud ishni har tomonlama koʻrib chiqishiga boshqacha tarzda xalal bergan hamda qonuniy, asosli va adolatli hukm chiqarishga taʼsir qilgan yoki taʼsir qilishi mumkin boʻlgan qoidabuzarliklar ushbu Kodeks normalarini jiddiy buzish deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm quyidagi hollarda bekor qilinishi kerak, basharti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) hukmni qonunga xilof tarkibdagi sud chiqargan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) sudyaning hukmni yakka oʻzi chiqarishi tartibi yoki hukm chiqarishda sudyalar maslahatlashuvining sir saqlanishi buzilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ish sudlanuvchining yoʻqligida koʻrilgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 410-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) dastlabki tergov tamomlanganidan soʻng ayblanuvchi ishdagi barcha materiallar bilan tanishtirilmagan va bu qoidabuzarlik hukm chiqargan sud tomonidan bartaraf etilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) sud majlisi bayonnomasi ishga tikilmagan yoxud imzolanmagan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
488-modda. Jinoyat kodeksi normalarini notoʻgʻri qoʻllanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat kodeksi normalari quyidagi hollarda notoʻgʻri qoʻllanilgan deb eʼtirof etiladi, basharti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Jinoyat kodeksi Umumiy qismi moddalarining talablari buzilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) jinoyat tavsifi Jinoyat kodeksining qoʻllanilishi kerak boʻlgan moddasi (moddaning qismi, bandi) oʻrniga boshqa moddasi (moddaning qismi, bandi) bilan berilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mahkumga Jinoyat kodeksining mazkur moddasida nazarda tutilmagan jazo turi va meʼyori tayinlangan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
489-modda. Jazoning adolatsizligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garchi jazo Jinoyat kodeksining tegishli moddasida belgilangan doirada tayinlangan boʻlsa-da, turi va meʼyori jihatidan roʻyi rost adolatsiz boʻlsa, jinoyatning ogʻirlik darajasiga va sudlanuvchining shaxsiga nomuvofiq deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat instansiyasi sudi jinoyat ishini nazorat tartibida koʻrib, apellyatsiya yoki kassatsiya ajrimini bekor qiladi, shuningdek agar keyin sud ajrimlari, qarorlari chiqarilgan boʻlsa, ularni ham bekor qiladi va ishni yangitdan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqishga oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni toʻldirish va protsessual qoidabuzarliklarni bartaraf etish imkoniyati boʻlsa, toʻliq yoki qisman sud tergovi oʻtkazish va hukmga oʻzgartishlar kiritishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni toʻldirish va protsessual qoidabuzarliklarni bartaraf etish imkoniyati boʻlsa, qisman sud tergovi oʻtkazish va hukmga oʻzgartishlar kiritishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori instansiya sudi asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishga, unga jazoni ijro etish koloniyasining qattiqroq turini belgilashga, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplash miqdorini koʻpaytirishga haqlidir.
(490-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori instansiya sudi hukmning ayrim mahkumlarga qoʻyilgan ayblov qismini yoki fuqaroviy daʼvo qismini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqlidir.
(490-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrish chogʻida birinchi instansiya sudi Jinoyat kodeksini notoʻgʻri qoʻllagani yoxud jinoyatning ogʻirlik darajasiga va mahkumning shaxsiga muvofiq kelmaydigan jazo belgilagani aniqlansa, sud ishni yangidan koʻrib chiqishga yubormasdan, ushbu Kodeksning 494-moddasi talablariga rioya etgan holda hukmga zarur oʻzgartirishlar kiritishga haqlidir.
(491-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori sud hukm yoki ajrimni (qarorni) bekor qilgan taqdirda jinoyat ishini qoʻshimcha tergovga yoxud boshqa sudya yoki sudyalarning boshqa tarkibi yangitdan koʻrishi uchun hukm yoki ajrim (qaror) chiqargan sudga yoxud boshqa sudga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrib, sud ushbu Kodeksning 83-moddasi va 84-moddasining 1 va 4-qismlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek birinchi instansiya sudida koʻrib chiqilgan dalillar sudlanuvchini aybli deb topish uchun yetarli boʻlmasa va qoʻshimcha dalillar toʻplash imkoniyati qolmagan boʻlsa, ayblov hukmini bekor qiladi va jinoyat ishini tugatadi.
(493-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
494-modda. Jazoni kuchaytirishga va ogʻirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllanishga yoʻl qoʻyilmasligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrgan vaqtida jazoni kuchaytirishga, shuningdek ogʻirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllashga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ogʻirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllash zarurligi munosabati bilan yoxud jazoning yengilligi uchun jabrlanuvchi tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan hollardagina ana shu asoslar boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida hukm bekor qilinishi va ish yangitdan sudda koʻrish uchun yuborilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oqlov hukmi yuqori sud tomonidan faqat prokurorning apellyatsiya yoki kassatsiya protesti, jabrlanuvchining yoki uning vakilining shikoyati yoxud oqlangan shaxsning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati, shuningdek nazorat tartibida berilgan protest boʻyicha bekor qilinishi mumkin.
(494-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
495-modda. Yuqori sud koʻrsatmalarining majburiyligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrib chiqqan sudning ish holatlari toʻla-toʻkis va har tomonlama tekshirilishini taʼminlashga, shuningdek Jinoyat kodeksi hamda ushbu Kodeks normalari buzilishlarini bartaraf etishga qaratilgan koʻrsatmalariga ishni yangitdan sudda koʻrish chogʻida amal qilish majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi ishni qoʻshimcha tergovga yoxud yangitdan sudda koʻrish uchun yuborayotganda ayblov isbotlangani yoki isbotlanmagani, u yoki bu dalillarning ishonchli yoki ishonchsizligi, bir dalilning ikkinchisidan afzalligi, jinoyatning tavsifi va jazo chorasi haqida oldindan xulosa chiqarib qoʻyishga haqli emas.
(495-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) shikoyat yoki protest berilgan hukmning, ajrimning (qarorning) qaror qismi mazmuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) shikoyatning, protestning, ularga nisbatan bildirilgan eʼtirozlarning mazmuni, ishda ishtirok etayotgan shaxslar tushuntirishlarining qisqacha bayoni va prokurorning fikri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) shikoyat, protest boʻyicha sudning qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat, protest qanoatlantirilmay qoldirilgan taqdirda, ularda keltirilgan vajlar qanday sabablarga koʻra asossiz yoki ahamiyatsiz deb topilganligi ajrimda (qarorda) koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm, ajrim (qaror) bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan hollarda apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi qonunning qaysi moddalaridagi talablar buzilganligini hamda bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan qarorning asossizligi nimadan iborat ekanligini koʻrsatib oʻtishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha tergovga yoki yangitdan sudda koʻrish uchun yuborilayotganda aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar koʻrsatilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv, dastlabki tergov oʻtkazishda va sud muhokamasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga jalb qilish zarur boʻlganda xususiy ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajrim sudning toʻliq tarkibi tomonidan, sud rayosatining qarori raislik qiluvchi tomonidan, Plenum qarori esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Plenum kotibi tomonidan imzolanadi. Chiqarilgan ajrim (qaror) raislik qiluvchi yoki sud tarkibidagi sudyalardan biri tomonidan sud majlisi zalida darhol oʻqib eshittiriladi.
(496-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
497-modda. Ajrimni (qarorni) ijro etish uchun yuborish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajrim (qaror) chiqarilganidan keyin u uzogʻi bilan besh sutka ichida jinoyat ishi bilan birga qoʻshib hukm yoki apellyatsiya yoxud kassatsiya ajrimi chiqargan sudga yoki boshqa sudga, ish qoʻshimcha tergovga joʻnatilgan taqdirda esa, ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro etish uchun yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qamoqdan ozod etilishi lozim boʻlgan mahkumni, agar u sud majlisida qatnashayotgan boʻlsa, ozod etishga doir ajrim (qaror) zalning oʻzidayoq ijro etiladi. Boshqa hollarda ajrim (qaror) chiqarilgan vaqtdan eʼtiboran uzogʻi bilan yigirma toʻrt soat ichida uning nusxasi sud tomonidan jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatiga yuboriladi.
(497-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
551-bob. APELLYATSIYA TARTIBIDA ISH YURITISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4971-modda. Apellyatsiya tartibida shikoyat beriladigan va protest bildiriladigan qarorlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining sud muhokamasi vaqtida chiqarilgan ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish hukm ustidan shunday harakatlarni sodir etish bilan bir paytning oʻzida amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4972-modda. Hukm ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmi ustidan shikoyat berishga, prokuror va uning oʻrinbosari esa, protest bildirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari hukmning fuqaroviy daʼvoga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan shaxslar apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan nazorat tartibida shikoyat berish yoki protest bildirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4973-modda. Hukmlar ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilarning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) okrug va hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hukmlari ustidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlari va protestlari ayni shu sudlarning oʻzi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya shikoyatlari va protestlari hukm chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat yoki protest bevosita apellyatsiya instansiya sudiga topshirilgan boʻlsa, sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun ularni hukm chiqargan sudga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4974-modda. Hukm ustidan apellyatsiya shikoyatlari va protestlari berish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatlari va protestlari hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran shunday muddat ichida berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm ustidan shikoyat berish uchun belgilangan muddat ichida ish suddan talab qilib olinishi mumkin emas. Taraflar shu vaqt mobaynida ish bilan sud binosida tanishishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan muddatdan keyin berilgan shikoyat yoki protest oqibatsiz qoldiriladi, bu haqda ularni bergan shaxslarga xabar qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4975-modda. Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish muddatini tiklash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish muddati uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan hollarda apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar hukm chiqargan sudga muddatni tiklash soʻralgan iltimosnoma bilan murojaat qilishlari mumkin. Zarur hollarda bu masala iltimosnoma bergan shaxsning ishtirokida hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashning rad etilganligi ustidan yuqori sudga shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin, u muddatni tiklashga va ishni xususiy shikoyat yoki protest boʻyicha koʻrib chiqishga haqlidir. Bunda ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4976-modda. Hukm ustidan apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish oqibatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya shikoyati berilishi yoki apellyatsiya protesti bildirilishi hukmni ijro etishni toʻxtatib turadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm ustidan shikoyat berish va protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagach, hukm chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, ishni shikoyatlar, protestlar hamda ular yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga oʻn kundan kechiktirmay apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4977-modda. Apellyatsiya shikoyati va protestining mazmuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya shikoyati va protestida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) shikoyat, protest yoʻllanayotgan sudning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) shikoyat bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, yashash joyi yoki turish manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) hukmni chiqargan sudning nomi, hukm chiqarilgan sana, shikoyat berilayotgan va protest bildirilayotgan hukm kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, shu shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) shikoyat, protest bergan shaxsning vajlari, uning fikriga koʻra hukm yoki boshqa qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi hamda iltimosining mohiyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) arizachi oʻz talablarini asoslayotgan va apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilishi lozim boʻlgan dalillar, shu jumladan ilgari birinchi instansiya sudida tekshirilmagan dalillar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) shikoyatga, protestga ilova qilinayotgan materiallar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) shikoyat, protest berilgan sana hamda shikoyat, protest beruvchi shaxsning imzosi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4978-modda. Apellyatsiya shikoyati yoki protestini qaytarib olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm ustidan shikoyat bergan yoki protest bildirgan shaxs oʻz shikoyati yoki protestini qaytarib olishga haqlidir. Protestni qaytarib olish huquqiga yuqori turuvchi prokuror ham ega. Mahkum oʻz himoyachisining shikoyatini qaytarib olishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4979-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat berish va protest bildirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda ushbu Kodeksning 4972-moddasida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest bildirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi chogʻida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilgan yoxud protest bildirilgan taqdirda, hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagandan keyingina ish apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud muhokamasi chogʻida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, protsess ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlash, uni oʻzgartirish yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga oid ajrimlar ustidan mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shikoyatlar berish va protestlar bildirish mumkin emas. Bularga qarshi eʼtirozlar apellyatsiya shikoyati yoxud apellyatsiya protestiga kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu ish boʻyicha taraf hisoblanmagan shaxslar ham sud ajrimi ustidan, basharti ajrim ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, shikoyat berishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining raisi apellyatsiya shikoyati yoki protesti tushgan ishni yuqori turuvchi sudda koʻrib chiqiladigan kun va joyni belgilaydi, ushbu Kodeksning 4972-moddasida koʻrsatilgan shaxslar bundan xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohlar, ekspertlar va mutaxassislar sud majlisiga sudning ixtiyoriga binoan taklif qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49711-modda. Apellyatsiya instansiyasida ish yuritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya instansiyasida ish yuritish birinchi instansiya sudidagi ish yuritish qoidalari boʻyicha, shuningdek ushbu bobda bayon etilgan qoidalar boʻyicha oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish koʻriladigan joy va sana haqida vaqtida xabardor qilingan shaxslarning hozir boʻlmasligi ishni koʻrish va qaror chiqarishga monelik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi qanday ish koʻrilishini maʼlum qiladi va taraflarning kelgan-kelmaganligini aniqlaydi, soʻngra sud tarkibi aʼzolarining, prokurorning, sud kotibining, agar tarjimon majlisda ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning hamda himoyachining familiyasi va ismini eʼlon qiladi, rad qilish haqida arzlar bor-yoʻqligini tekshiradi. Raislik qiluvchi hozir boʻlgan protsess ishtirokchilariga ularning apellyatsiya instansiyasida ishni koʻrish chogʻidagi huquqlarini tushuntiradi. Shundan keyin raislik qiluvchi hozir boʻlgan taraflardan iltimoslari bor-yoʻqligini soʻraydi va bildirilgan iltimoslar boʻyicha apellyatsiya instansiyasi ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni koʻrish sudyalardan birining maʼruzasi bilan boshlanadi. U ishning mohiyati, shikoyat yoki protestning vajlari hamda ularga qarshi bildirilgan eʼtirozlarning mohiyatini bayon qiladi. Sudga qoʻshimcha materiallar taqdim etilgan yoxud sudning oʻzi bunday materiallarni talab qilib olgan hollarda raislik qiluvchi yoki sudya ularni oʻqib eshittiradi va ishda ishtirok etayotgan shaxslarga tanishish uchun taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi apellyatsiya shikoyati bergan shaxsga, apellyatsiya shikoyati va protesti kimga nisbatan berilgan boʻlsa oʻsha shaxsga, ularning himoyachilari va vakillariga, soʻngra esa prokurorga soʻz beradi. Agar berilgan apellyatsiya shikoyatlari orasida prokurorning apellyatsiya protesti boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud taraflarning soʻzlarini eshitib, hukmning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini lozim darajada tekshirib koʻrishni taʼminlash zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshiriladigan dalillar hajmini aniqlash toʻgʻrisida; sud majlisiga sudlanuvchini, jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlar va zarurat boʻlsa, boshqa shaxslarni chaqirish toʻgʻrisida; sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini saqlab qolish, tanlash, bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shundan keyin sud sud majlisiga chaqirilgan sudlanuvchini, guvohlarni, jabrlanuvchilarni soʻroq qilish yoʻli bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek taraflarning iltimosi boʻyicha hamda oʻzining tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga oid boshqa materiallarni oʻqib eshittirishga kirishadi. Dalillarni tekshirish tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudida soʻroq qilingan guvohlar, agar sud taraflarning iltimosi boʻyicha yoki oʻzining tashabbusi bilan ularni chaqirishni zarur deb topgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudida soʻroq qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflar yangi guvohlarni chaqirish, ekspertiza oʻtkazish, ularga birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirib koʻrish rad etilgan ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish toʻgʻrisida iltimos qilishga haqlidir. Arz qilingan iltimoslarni hal etish ushbu Kodeksning 438-moddasi qoidalari asosida amalga oshiriladi, bunda apellyatsiya instansiyasi sudi iltimos birinchi instansiya sudida qanoatlantirilmagan degan asosda iltimosni qanoatlantirishni rad etishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalillarni tekshirish tugagach, sudya taraflardan sud tergoviga qoʻshimcha qilish haqida iltimoslari bor-yoʻqligini surishtiradi, sud bu iltimoslarni hal etadi va sud muzokaralariga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49712-modda. Sud muzokaralari. Sudlanuvchining oxirgi soʻzi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat, protest bergan shaxs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud muzokaralari tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga, agar u ishtirok etayotgan boʻlsa, oxirgi soʻz beradi, shundan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ishni apellyatsiya tartibida koʻrib, oʻzining ajrimi bilan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) birinchi instansiya sudining hukmini oʻzgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) birinchi instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmi chiqarishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) birinchi instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilish va ishni tugatishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) birinchi instansiya sudi hukmini oʻzgartirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) birinchi instansiya sudining hukmni bekor qilish va ushbu Kodeks 419-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha ishni qoʻshimcha tergov yuritish uchun yuborishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) birinchi instansiya sudining hukmini yoki ajrimini bekor qilish va ishni yangitdan sudda koʻrish uchun yuborishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar birinchi instansiya sudi ish yuzasidan kamchiliklarga yoki sud tergovini bir tomonlama olib borishga yoxud jiddiy boʻlmagan protsessual qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi ishni birinchi instansiya sudiga yangitdan sudda koʻrishga yubormay, kamchiliklarni toʻldirish, protsessual qoidabuzarliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi hamda koʻrib chiqish natijalarini inobatga olgan holda hukmga oʻzgartirishlar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya instansiyasi sudi qarorida qanday asoslarga koʻra birinchi instansiya sudining hukmi toʻgʻri deb, shikoyat yoki protestning vajlari esa asossiz deb topilganligi, birinchi instansiya sudining hukmini bekor qilishga yoki uni oʻzgartirishga nimalar asos boʻlganligi koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya instansiyasi qaror qabul qilayotganda birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirib koʻrilgan va ishonchli deb topilgan dalillarga apellyatsiya shikoyatlari, protestlarini koʻrib chiqishda tekshirilgan yangi dalillarni qoʻshgan holda tayanishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ushbu Kodeksning 473-moddasi qoidalari asosida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49714-modda. Apellyatsiya instansiyasi sud majlisining bayonnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya instansiyasi sudida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalar asosida bayonnoma yuritadi. Sud majlisi bayonnomasi yuzasidan mulohazalar berilishi mumkin, ular ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49715-modda. Xususiy shikoyat va protestlarni hal qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy shikoyat yoki protest apellyatsiya shikoyatlari yoki protestlari bilan bir vaqtda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy shikoyat yoki protestni hal qila turib, raislik qiluvchi sud muhokamasi barcha ishtirokchilarining fikrini soʻraydi, zarur hollarda jinoyat ishining berilgan shikoyat yoki protestga aloqador materiallarini oʻqib eshittiradi. Xar bir xususiy shikoyat yoki protest boʻyicha sud oʻsha yerning oʻzida yoki maslahatxonada ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish yuzasidan faqat xususiy shikoyat yoki protest tushgan boʻlsa, hukm chiqargan sud apellyatsiya shikoyati berish yoki protest bildirish uchun belgilangan muddat tugashi bilan ishni yuqori sudga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy shikoyat yoki protestni hal qilish sud tomonidan shikoyat yoki protest bergan shaxsni, shuningdek uning tomonidan kelishi soʻralgan shaxslarni yoxud sudning oʻzi lozim deb topgan shaxslarni taklif etgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy shikoyat yoki protest boʻyicha chiqarilgan sud ajrimi qatʼiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49716-modda. Apellyatsiya instansiyasi qarorlarining qonuniy kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya instansiyasi qarorlari eʼlon qilinishi bilanoq darhol qonuniy kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49717-modda. Apellyatsiya instansiyasida shikoyat ishni qoʻshimcha koʻrish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baʼzi mahkumlarga daxli boʻlgan, belgilangan muddatda yuborilgan apellyatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga koʻra apellyatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa yoki oʻtkazib yuborilgan muddat ushbu Kodeksning 4975-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan tiklansa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellyatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessining boshqa ishtirokchisi bergan apellyatsiya shikoyati yoxud protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha ajrim chiqarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu ajrim avval chiqarilgan ajrimga zid boʻlsa, ish bir yoki har ikkala ajrim ustidan protest berish masalasini hal qilish uchun nazorat tartibida protest bildirish vakolatiga ega boʻlgan sud raisiga joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni qoʻshimcha koʻrish tartibi kechikib kelgan xususiy shikoyat va xususiy protestni hal qilishga ham taalluqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajrim sudyalarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ajrim barcha sudyalar tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilikni tashkil etgan sudya ajrimga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan nazorat tartibida shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin.
(551-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi va ajrimi ustidan, agar ish apellyatsiya tartibida koʻrilgan boʻlmasa, kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar qonuniy kuchga kirgan hukm va ajrim (qaror) ustidan, agar ish apellyatsiya tartibida koʻrilgan boʻlmasa, kassatsiya tartibida protest bildirishga haqlidir.
(498-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari hukmning fuqaroviy daʼvoga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(498-moddaning nomi va birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
499-modda. Hukm ustidan shikoyat berish va protest bildirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilarning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — shu sudlarning sudlov hayʼatlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — shu sudning sudlov hayʼatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) okrug va hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan esa shu sudning sudlov hayʼatiga kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish mumkin.
(499-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya shikoyatlari va protestlari hukm chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat yoxud protest bevosita kassatsiya instansiyasi sudiga topshirilgan boʻlsa, sud ularni hukm chiqargan sudga ushbu Kodeksning 479-moddasi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
500-modda. Sud hukmlari, ajrimlarini (qarorlarini) kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladigan muddat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat yoki protestda ogʻirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan boshqa oʻzgarishlar nazarda tutilgan boʻlsa, sudning ayblov hukmini yoki ajrimini (qarorini), shuningdek sudning oqlov hukmini yoxud ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimini (qarorini) kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqishga ular qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil mobaynidagina yoʻl qoʻyiladi.
(500-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
(501-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
502-modda. Hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirishning oqibatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, bir oylik muddat ichida ishni shikoyatlar, protestlar va ular yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga yuboradi. Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.
(502-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
503-modda. Shikoyat yoki protestni qaytarib olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm ustidan shikoyat bergan yoki protest bildirgan shaxs oʻz shikoyati yoxud protestini qaytarib olishga haqlidir. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni qaytarib olish huquqiga ega. Mahkum oʻz himoyachisining shikoyatini qaytarib olishga haqli.
(504-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
505-modda. Ishni koʻrib chiqishga tayinlash va sud majlisiga ishtirokchilarni chaqirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining raisi kassatsiya shikoyati yoki protesti tushgan ish kassatsiya instansiyasi sudida koʻriladigan kun va joyni belgilaydi, bu haqda ushbu Kodeksning 498-moddasida koʻrsatilgan shaxslar xabardor qilinadi.
(505-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohlar, ekspertlar va mutaxassislar sud majlisiga sud lozim topsagina taklif qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
506-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishini koʻrish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi sud majlisini ochib, qanday ish koʻrilishini maʼlum qiladi va sud majlisiga kimlar kelganini aniqlaydi, shundan keyin sud ishni koʻrishga kirishish mumkin yoki mumkin emasligi toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi. Soʻng raislik qiluvchi sud tarkibini, sud majlisida hozir boʻlgan protsess ishtirokchilarining familiyalarini eʼlon qiladi, hozir boʻlganlardan rad qilish haqida arzlari bor-yoʻqligini soʻraydi. Bunday arzlar boʻlgan taqdirda sud ular yuzasidan qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi hozir boʻlgan protsess ishtirokchilariga ularning kassatsiya instansiyasida ishni koʻrish chogʻidagi huquqlarini tushuntiradi, ushbu Kodeksning 479-moddasi talablariga rioya qilingan yoki qilinmaganligini aniqlaydi va zarur boʻlsa, ularni bajarish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslardan iltimoslari bor-yoʻqligini soʻraydi. Bildirilgan iltimoslar boʻyicha sud ajrim chiqaradi. Iltimoslarni qanoatlantirish uchun zarur boʻlsa, sud majlisi keyinga qoldirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni koʻrish sudyalardan birining maʼruzasi bilan boshlanadi. U ishning mohiyati, shikoyat yoki protestning vajlari hamda ularga qarshi bildirilgan eʼtirozlarning mohiyatini bayon qiladi. Sudga qoʻshimcha materiallar taqdim etilgan yoxud sudning oʻzi bunday materiallarni talab qilib olgan hollarda raislik qiluvchi yoki sudya ularni oʻqib eshittiradi va ishda ishtirok etayotgan shaxslarga tanishish uchun taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisida hozir boʻlgan mahkum yoki oqlangan shaxs, ularning himoyachilari, qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari tushuntiruv beradilar. Shikoyat bergan shaxs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi. Ish protest boʻyicha koʻrilayotgan boʻlsa, prokuror protestni asoslab beradi. Ham shikoyat, ham protest berilgan hollarda soʻzga chiqish navbatini sud belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida koʻrsatilgan shaxslarning tushuntiruvlari eshitib boʻlingach, sud majlisiga chaqirilgan guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar soʻroq qilinadi. Ular sud muhokamasining qaysi ishtirokchisi tashabbusi bilan chaqirilgan boʻlsa, avvalo oʻsha shaxs tomonidan soʻroq qilinadi. Ixtiloflar chiqib qolsa, ularni sud hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar soʻroq qilinib boʻlgach, sud taraflarning ushbu Kodeksning 449-moddasiga muvofiq oʻtkaziladigan muzokarasini boshlaydi. Sud muzokarasi va mahkumning oxirgi soʻzi tugagandan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kirib ketadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud muhokamasining borishi va mazmuni haqida sud majlisining bayonnomasi tuziladi. Bayonnoma ushbu Kodeksning 426-moddasida koʻrsatilgan muddatda tayyorlanishi lozim. Bayonnoma bilan sud majlisining barcha ishtirokchilari tanishishga va zarurat boʻlganda ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda unga oʻz mulohazalarini bildirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(507-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
508-modda. Kassatsiya instansiyasida jinoyat ishini qoʻshimcha koʻrish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baʼzi mahkumlarga daxli boʻlgan kassatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga koʻra kassatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining kassatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessning boshqa ishtirokchisi bergan kassatsiya shikoyati yoki protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha ajrim chiqarishi shart.
(508-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu ajrim avval chiqarilgan ajrimga zid boʻlsa, ish bir yoki har ikkala ajrim ustidan protest berish masalasini hal qilish uchun nazorat tartibida protest bildirish vakolatiga ega boʻlgan sud raisiga joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni qoʻshimcha koʻrish tartibi kechikib kelgan xususiy shikoyat va xususiy protestlarni hal qilishga ham taalluqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajrim sudyalarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ajrim barcha sudyalar tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilikni tashkil etgan sudya ajrimga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan nazorat tartibida shikoyat qilinishi va protest bildirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
510-modda. Hukm va ajrim (qaror) ustidan nazorat tartibida shikoyat berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan hukm va ajrim (qaror) ustidan ushbu Kodeksning 498-moddasida koʻrsatilgan shaxslar nazorat tartibida shikoyat berishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
511-modda. Hukm va ajrim (qaror) ustidan nazorat tartibida protest bildirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chiqarilgan hukmlar va ajrimlar (qarorlar) bilan birga ishlarni nazorat tartibida koʻrib chiqishga ular faqat apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilganidan keyin qonunda protest bildirish huquqi berilgan sud raisi, prokuror yoki ularning oʻrinbosarlari protest bildirgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar protest bildirishga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi — barcha instansiya sudlarining hukmlari va ajrimlari (qarorlari) ustidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlaridan tashqari, har qanday sudning hukmlari va ajrimlari (qarorlari) ustidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining raisi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar — jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining hukmlari va ajrimlari ustidan; ishni apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrgan tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudlov hayʼatlarining ajrimlari ustidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya boʻyicha koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori — okrug va hududiy harbiy sudlarning hukmlari va ajrimlari ustidan, ishni apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining ajrimlari ustidan, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiya boʻyicha koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
512-modda. Jinoyat ishini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslar oʻz vakolatlari doirasida tekshirish va nazorat tartibida protest bildirish haqidagi masalani hal etish uchun har qanday jinoyat ishini suddan talab qilib olishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlarni jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlaridan talab qilib olish huquqiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi raisining oʻrinbosari, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining oʻrinbosarlari, tuman, shahar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari ham egadir. Ishlarni okrug va hududiy harbiy sudlardan talab qilib olish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining oʻrinbosarlari, okruglar harbiy prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari ham egadir.
(512-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlarni talab qilib olishga fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, mansabdor shaxslarning, ishni nazorat tartibida yuritish haqida topshiriq olgan advokatlarning iltimosnomalari, sudyalar va prokurorlarning taqdimnomalari, ommaviy axborot vositalarining xabarlari, shuningdek ishni talab qilib olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning bevosita shunday qarorga kelishlari sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
513-modda. Sud hukmlari, ajrimlarini (qarorlarini) nazorat tartibida qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladigan muddat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protestda ogʻirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan boshqa oʻzgarishlar nazarda tutilgan boʻlsa, sudning ayblov hukmini yoki ajrimini (qarorini), shuningdek sudning oqlov hukmini yoxud ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimini (qarorini) nazorat tartibida qayta koʻrib chiqishga ular qonuniy kuchga kirgandan keyin bir yil mobaynidagina yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
514-modda. Nazorat protesti bildirish haqidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat protesti bildirish haqidagi iltimosnoma bir oygacha boʻlgan muddatda, ish talab qilib olinadigan va tekshiriladigan hollarda esa, ikki oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
515-modda. Nazorat protesti bildirish haqidagi iltimosnoma boʻyicha qabul qilinadigan qarorlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelib tushgan iltimosnoma yuzasidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) iltimosnomada keltirilgan vajlar hukm yoxud ajrim (qaror)ning qonuniyligi va asosliligiga shubha tugʻdirsa, ishni talab qilib olish haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) iltimosnomaning oʻzida, shuningdek unga qoʻshib topshirilgan yoki tekshirish chogʻida talab qilib olingan sud qarorlari nusxasida va boshqa materiallarda iltimosnomada keltirilgan vajlar asossiz boʻlib, protest bildirishga asos boʻla olmasligi koʻrinib tursa, ishni talab qilib olishni rad etish haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) protest berish vakolatiga ega boʻlgan boʻysunuvchi prokuror yoki quyi sudning raisi tomonidan ushbu ishga doir hukm yoxud ajrim (qaror)ga protest bildirishni rad etish haqida qaror qabul qilinmagan boʻlsa, iltimosnomani ularga joʻnatish haqida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iltimosnoma bilan murojaat etgan shaxsga, korxona, muassasa yoki tashkilotga qabul qilingan qaror haqida xabar qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
516-modda. Talab qilib olingan jinoyat ishini tekshirish va qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat tartibida talab qilib olingan jinoyat ishi protest bildirish vakolatiga ega boʻlgan shaxs tomonidan yoki uning topshirigʻiga binoan ilgari ushbu ishni koʻrishda qatnashmagan prokuror yoxud sudya tomonidan tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukmni yoki ajrimni (qarorni) qonunga xilof va asossiz deb topgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining raisi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar protest bildiradilar va ishni shu protest bilan birga tegishli nazorat instansiyasi sudiga yuboradilar. Protest bildirishga asos boʻlgan iltimosnoma va boshqa materiallar protestga ilova qilinadi. Protest bildirilgani haqida protest bildirishni soʻrab iltimosnoma bilan murojaat etgan shaxsga, korxona, muassasa yoki tashkilotga, shuningdek mahkumga, oqlangan shaxsga, ularning himoyachilariga yoxud qonuniy vakillariga xabar beriladi.
(516-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning qaroriga protest bildirish uchun asoslar mavjud boʻlmaganda ishni tekshirgan prokuror yoki sudya asoslantirilgan xulosa tuzadi, xulosa protest keltirish vakolatiga ega boʻlgan shaxs tomonidan tasdiqlanib, ishga qoʻshib qoʻyiladi. Bu haqda iltimosnomasiga koʻra ish talab qilib olingan shaxsga, korxona, muassasa yoki tashkilotga xabar beriladi, ish esa sudga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni talab qilib olishning yoki protest bildirishning rad etilishi ustidan yuqori sud raisiga yoki yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasidagi har qanday sudning protest bildirilgan hukmi va ajrimi (qarori) ijro etilishini keltirilgan protest nazorat tartibida hal qilingunga qadar toʻxtatib turishga haqlidir. Qonunning ochiqdan-ochiq buzilganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlgan taqdirda mazkur shaxslar jinoyat ishini talab qilib olish bilan bir vaqtda hukm, ajrim va qarorning ijrosini to ular yuzasidan protest bildirilgunga qadar uch oydan oshmaydigan muddatga toʻxtatib qoʻyishga haqlidir.
(517-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
518-modda. Protestni qaytarib olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protest bergan shaxs protestni qaytarib olishga haqli. Yuqori turuvchi prokuror oʻziga boʻysunuvchi prokuror bildirgan protestni qaytarib olishga haqli. Protestni qaytarib olishga faqat nazorat instansiyasi sudi ishni koʻrishni boshlagunga qadar yoʻl qoʻyiladi. Protest va uni qaytarib olish toʻgʻrisidagi hujjat ishda qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining rayosatlari mazkur sudlarning jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari koʻrgan ishlar boʻyicha chiqarilgan tegishli apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari rayosatlarining qarorlari ustidan, shuningdek mazkur sudlar tomonidan birinchi instansiya tariqasida koʻrilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining rayosati mazkur sudning okrug va hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosatining qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi birinchi instansiya tariqasida koʻrgan ishlar boʻyicha mazkur sud chiqargan apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlarining apellyatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlarining nazorat tartibida chiqarilgan ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari ustidan nazorat tartibida bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda protestlar boʻyicha ishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudini, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudini chetlab oʻtib, nazorat tartibida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari tomonidan koʻrilishi mumkin.
(519-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat instansiyasi sudida jinoyat ishi ushbu Kodeksning 506-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan koʻriladi. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining rayosatida ishni koʻrish chogʻida protestni qanoatlantirish tarafdorlari bilan qarshilar ovozi teng kelib qolsa, protest mahkum (oqlangan shaxs) foydasiga hal qilingan hisoblanadi, mahkumning (oqlangan shaxsning) ahvolini ogʻirlashtirish haqidagi masala qoʻyilgan protest esa rad etiladi.
(520-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi chiqargan hukmni qonunga xilof va asossiz deb topib, bu hukmni hamda shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya ajrimini, shuningdek nazorat tartibida chiqarilgan ajrimlar va qarorlarni, agar ular tufayli hukm oʻzgartirishsiz qoldirilgan boʻlsa, bekor qiladi yoki oʻzgartiradi. Bunda ushbu Kodeks 490-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qarorlardan biri qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protestni koʻrib chiqayotgan sud oldingi hukm yoki ajrim asossiz ravishda bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan, apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ishni koʻrish chogʻida qonunning buzilishiga yoʻl qoʻyilgan va bu ajrim yoki qarorni toʻgʻri chiqarishga taʼsir qilgan yoki taʼsir qilishi mumkin edi deb eʼtirof etgan taqdirda apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimlari, nazorat instansiyasi sudining ajrimlari va qarorlari ham bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud nazorat tartibida chiqarilgan ajrim yoki qarorni bekor qilar ekan, birinchi instansiya sudining hukmini va apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimini oʻzgartirishlar bilan yoki oʻzgartirishsiz oʻz kuchida qoldirishga haqlidir.
(521-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
522-modda. Yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash uchun asoslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlashga quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) jabrlanuvchi yoki guvohning bila turib yolgʻon koʻrsatuv yoxud ekspertning bila turib yolgʻon xulosa bergani, shuningdek ashyoviy dalillar, tergov hamda sud harakatlari bayonnomalari va boshqa hujjatlar soxta ekanligi yoki bila turib yolgʻon tarjima qilingani qonunga xilof va asossiz hukm yoki ajrim (qaror) chiqarilishiga sabab boʻlganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ish boʻyicha tergov oʻtkazgan surishtiruvchi yoki tergovchi yoxud tergovning borishi ustidan nazorat qilgan prokuror tomonidan qonunga xilof va asossiz hukm yoki ajrim (qaror) chiqarishga olib kelgan jinoiy suiisteʼmollarga yoʻl qoʻyilgani sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mazkur ishni koʻrish chogʻida sudyalarning jinoiy suiisteʼmollarga yoʻl qoʻygani sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) hukm yoxud ajrim (qaror) chiqarish chogʻida sudga maʼlum boʻlmagan, oʻz holicha yoki ilgari aniqlangan holatlar bilan birgalikda mahkumning aybsizligidan yoxud u hukm etilganiga nisbatan ogʻirlik darajasi boʻyicha boshqa jinoyat sodir etganligidan yoxud oqlangan yoki ishi tugatilgan shaxsning aybdorligidan dalolat beradigan boshqa holatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
523-modda. Yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ayblov hukmini mahkumning manfaatini koʻzlab qayta koʻrib chiqish hech qanday muddatlar bilan chegaralanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahkumning oʻlimi uni reabilitatsiya qilish maqsadida ish yuritishni yangi ochilgan holatlar munosabati bilan qaytadan boshlashga toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oqlov hukmini yoki ishni tugatish haqidagi sudning ajrimini (qarorini) qayta koʻrish, shuningdek sudning ayblov hukmini va ajrimini (qarorini) jazoning yengilligi yoki ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllash zarurligi sababli qayta koʻrish faqat Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan javobgarlikka tortish muddati davomida va yangi holatlar ochilgan kundan eʼtiboran bir yildan kechiktirmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi holatlar ochilgan kun quyidagicha hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Kodeks 522-moddasining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — soxta dalillar taqdim etganlikda, bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlikda yoki ish boʻyicha tergov yuritishda yoxud ishni sudda koʻrishda jinoiy suiisteʼmol sodir etganlikda aybli shaxslarga nisbatan chiqarilgan hukm qonuniy kuchga kirgan kun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu Kodeks 522-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisida prokuror qaror chiqargan kun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
524-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish huquqiga prokuror ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning murojaatlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining, jamoat birlashmalarining xabarlari, ommaviy axborot vositalarining maʼlumotlari, shuningdek boshqa jinoyat ishlari boʻyicha bevosita tergov yuritish yoki sudda koʻrib chiqish jarayonida olingan maʼlumotlar yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 522-moddasining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan holatlardan biri boʻyicha yetarli maʼlumotlar boʻlsa, prokuror jinoyat ishini qoʻzgʻatadi, keyin ish umumiy tartibda tergov qilinadi va koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 522-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan holatlar boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlsa, prokuror oʻz vakolati doirasida yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi va ish yuzasidan tergov olib boradi yoxud buni tergovchiga topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatishga asos yoʻq deb hisoblasa, oʻz qarori bilan ish qoʻzgʻatishni rad etadi. Bu haqda ish qoʻzgʻatish soʻrab iltimosnoma bilan murojaat qilgan shaxsga xabar berilib, unga qaror yuzasidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
525-modda. Yangi ochilgan holatlar yuzasidan tergov oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi ochilgan holatlar yuzasidan tergov oʻtkazish qonun boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun asos boʻladigan holatlarni aniqlash bilan cheklanadi. Bunda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda soʻroq qilish, koʻzdan kechirish, ekspertiza oʻtkazish va boshqa zarur tergov harakatlari oʻtkazish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
526-modda. Yangi ochilgan holatlar boʻyicha tergov tamomlanganidan keyin prokurorning harakatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish yuritishni qaytadan boshlashga asoslar mavjud boʻlganda prokuror ishni sudga yuboradi. Ushbu Kodeks 522-moddasining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ish sudga prokurorning protesti hamda qonuniy kuchga kirgan hukmning nusxasi bilan, oʻsha moddaning 4-bandida nazarda tutilgan hollarda esa, tergov materiallari bilan birgalikda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish yuritishni qaytadan boshlash uchun asoslar boʻlmasa, prokuror oʻz qarori bilan ishni tergov qilishni tugatadi. Bu haqda manfaatdor shaxslarga xabar beriladi va ularga qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
527-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash haqidagi masalaning sud tomonidan hal qilinishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokurorning yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi protesti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tuman (shahar) sudlari va garnizon harbiy sudlari tomonidan hukm yoki ajrim chiqarilgan ishlar boʻyicha — tegishli yuqori sudning rayosatida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlari, shuningdek Qurolli Kuchlarning harbiy sudi tomonidan hukm, ajrim, qaror chiqarilgan ishlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli hayʼatlarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan hukm va ajrim chiqarilgan ishlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati yoki Plenumi tomonidan qaror chiqarilgan ishlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumida koʻrib chiqiladi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.12.00 Hukm, ajrim va qarorlarni ijro qilish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻN IKKINCHI BOʻLIM HUKM, AJRIM, QARORLARNI IJRO ETISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm uning ustidan apellyatsiya shikoyati berish va protest bildirish muddati oʻtishi bilan qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda hukm, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, ishni yuqori sud koʻrib chiqqan kuni qonuniy kuchga kiradi.
(528-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahkumlar ikki va undan ortiq boʻlgan taqdirda, basharti shulardan loaqal biriga nisbatan hukm ustidan shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan boʻlsa, yuqori sud ishni koʻrib chiqquniga qadar mahkumlarning hammasiga nisbatan hukm qonuniy kuchga kirmay turadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm qonuniy kuchga kirgan yoki ish apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytarilgan kundan boshlab uch kundan kechikmay, hukm chiqargan sud tomonidan ijro ettiriladi. Ish faqat birinchi instansiya sudiga yuborilishi lozim, prokurorga yoki boshqa sudga yuborilishi mumkin emas.
(528-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 17-bandining ikkinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
529-modda. Sud majlisi zalida qamoqdan ozod etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hukmni eʼlon qilgach, sud majlisi zalida quyidagilarni darhol qamoqdan ozod qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) oqlangan shaxsni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) jazo tayinlanmagan mahkumni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) jazodan ozod etilgan mahkumni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ushlab turish yoki ehtiyot chorasini qoʻllash oqibatida qamoqda boʻlgan vaqtdan yoxud nazorat tartibida bekor qilingan hukmga binoan shu ish boʻyicha jazoni oʻtagan vaqtdan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etilgan mahkumni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilgan mahkumni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga mahkum etilgan shaxsni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
530-modda. Sud ajrimi, qarorining qonuniy kuchga kirishi hamda ularni ijro etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining ajrimi shu ajrim ustidan kassatsiya tartibida xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish muddati oʻtishi bilan yoxud shikoyat yoki protest bildirilgan taqdirda ish yuqori sudda koʻrilib boʻlgandan keyin qonuniy kuchga kiradi va ijro etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin boʻlmagan ajrimi shu ajrim chiqarilishi bilanoq darhol kuchga kiradi va ijro etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat ishini tugatish haqidagi sud ajrimining ayblanuvchini yoki sudlanuvchini qamoqdan ozod qilishga oid qismi darhol ijro etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi u eʼlon qilingan paytdan qonuniy kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori instansiya sudining ajrimi, qarori ushbu Kodeksning 497-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilib ijro ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukmni ijro etish toʻgʻrisidagi farmoyish sudya yoki sud raisi tomonidan hukmni ijro etish majburiyati yuklatilgan organga hukmning nusxasi bilan birgalikda yuboriladi. Ish apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrilganda hukm oʻzgartirilgan boʻlsa, hukm nusxasiga apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudining ajrimi yoxud qarori nusxasi ilova qilinadi.
(531-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukmni ijro etuvchi organlar uning ijro etilganligi haqida hukmni chiqargan sudga darhol xabar beradi. Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkum jazoni qayerda oʻtayotgani haqida hukmni chiqargan sudga xabar berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud qarorini oʻz vaqtida yoki toʻla bajarmaslik qonun hujjatlariga binoan javobgarlikka sabab boʻladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonuniy kuchga kirgan hukmning nusxasi zarur hollarda mahkumning ish, oʻqish yoki yashash joyiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonuniy kuchga kirgan hukm haqida zarur hollarda matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud mahkumni harbiy unvonidan yoki maxsus unvonidan mahrum etish toʻgʻrisida qaror chiqargan boʻlsa, sud hukmning nusxasini ijro etish uchun ana shu unvonni bergan organga yuboradi. Sud davlat mukofotlari bilan taqdirlangan yoki oliy harbiy yoxud maxsus unvonga ega boʻlgan shaxsga nisbatan ayblov hukmini chiqarishda uni ana shu mukofotlar yoki unvonlardan mahrum etish toʻgʻrisida tegishli organga taqdimnoma kiritishning maqsadga muvofiqligi masalasini hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukmning jarima solish, mol-mulkni musodara qilish va boshqa mulkiy undirishlar qismini ijro etish uchun ijro varaqalari yoki ularning dublikatlari mahkumning yashash joyi yoki jazoni oʻtash joyidagi, shuningdek mahkumning mulki bor joydagi sud ijrochilariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qamoqda saqlanayotgan mahkumni ozodlikdan mahrum etish toʻgʻrisidagi hukm qonuniy kuchga kirgani va ijro ettirilishi haqida sud mahkumning oilasini xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qamoqda saqlanayotgan mahkum bilan uchrashuvlarga hukmni ijro ettirishdan avval ushbu Kodeksning 477-moddasi asosida ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tomonidan mahkumning voyaga yetmagan farzandlarini muassasalarning, qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning homiyligiga berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, sud bu haqda bolalar turgan joydagi vasiylik organiga, shuningdek mahkumga xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahkumning qarovsiz qolgan mol-mulki va turar joyini qoʻriqlash choralarini koʻrish zarurligi toʻgʻrisida sud mol-mulk va turar joy joylashgan yerdagi hokimlikka yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga xabar qiladi, bu haqda mahkumni xabardor etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 17-bandining ikkinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
532-modda. Hukmni ijro etish bosqichida mahkumning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukmni ijro etish bosqichida mahkum: sudga hukmning ijrosini kechiktirish haqida, kasalligi yoki nogironligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilish haqida, jazoning oʻtalmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish va muddatidan oldin shartli ozod qilish haqida, jazoni ijro etish joylarida saqlash sharoitlarini oʻzgartirish va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa masalalar boʻyicha arizalar berishga; sud majlisida ishtirok etishga va koʻrsatuvlar berishga, dalillar taqdim qilishga, iltimoslar qilishga va rad etishga; ishdagi barcha materiallar bilan tanishishga, sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar berishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 30-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59-bob. HUKM, AJRIM VA QARORLARNI IJRO ETISHDA YUZAGA KELGAN MASALALARNI HAL QILISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
533-modda. Hukmning ijrosini kechiktirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga nisbatan hukm ijrosini quyidagi asoslardan birortasi mavjud boʻlganda kechiktirishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mahkum jazoni oʻtashiga monelik qiladigan darajada ogʻir kasal boʻlib qolganida — u sogʻayguncha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) hukmni ijro etish paytigacha mahkuma homilador boʻlib qolsa — bir yildan oshiq boʻlmagan muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mahkumaning yosh bolasi boʻlsa — u uch yoshga toʻlgunga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) jazoni darhol oʻtashni boshlash yongʻin yoki boshqa biror tabiiy ofat yuz berganligi, oilaning mehnatga yaroqli yagona aʼzosi ogʻir kasal boʻlib qolganligi, vafot etganligi oqibatida yoki boshqa favqulodda holatlar mahkum yoki uning oilasini juda mushkul ahvolga solib qoʻyishi mumkin boʻlsa — uch oydan oshmagan muddatga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukmning jarima solish, fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirish yoki keltirilgan ziyonni qoplash qismining ijro etilishini olti oygacha kechiktirish yoki toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash masalasini sudya ishning muayyan holatlarini va mahkumning moddiy ahvolini eʼtiborga olib hal qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”giqarori 17-bandining birinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻta xavfli retsidivistlarga va oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan hukmning ijrosini kechiktirish mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 15-moddasining beshinchi qismi va 34-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining beshinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi qarori 27-bandining birinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
534-modda. Kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahkum jazoni oʻtayotgan vaqtida jazoni oʻtashga monelik qiladigan surunkali ruhiy kasallikka yoki boshqa ogʻir kasallikka duchor boʻlgan taqdirda sudya jazoning ijro qilinishiga mutasaddi organning taqdimnomasiga binoan, maxsus tibbiy komissiyaning xulosasiga asosan mahkumni oʻtalmay qolgan jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surunkali ruhiy kasallikka duchor boʻlgan mahkumni oʻtalmay qolgan jazodan ozod qilishda sudya unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllashga yoki uni sogʻliqni saqlash organlari yoxud qarindoshlari vasiyligiga berishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday shaxslar sogʻaygan taqdirda, basharti bu hol jazoning ijro etish muddati tugashiga qadar sodir boʻlsa, sud tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruhiy kasallikka duchor boʻlgan shaxslardan tashqari, ogʻir kasallikka duchor boʻlgan shaxslarni oʻtalmay qolgan jazodan ozod qilish masalasini hal qilishda sudya sodir etilgan jinoyatning ogʻirligini, mahkumning shaxsini va boshqa holatlarni hisobga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahkumni oʻtalmay qolgan jazodan kasalligi tufayli ozod qilganda sudya uni faqat asosiy jazodan emas, balki qoʻshimcha jazo chorasidan ham ozod qilishga haqli, bu ajrimda koʻrsatilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 165-moddasi, “Ogʻir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish Qoidalari” (roʻyxat raqami 1854, 09.09.2008-y.).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
535-modda. Jazoning shartliligini bekor qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga maʼmuriy yoki intizomiy taʼsir chorasi qoʻllanilgan boʻlsa sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan Jinoyat kodeksi 72-moddasining oltinchi qismiga muvofiq, jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
536-modda. Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat kodeksining 73 va 74-moddalarida nazarda tutilgan hollarda jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining taqdimnomasiga yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Intizomiy qismda jazoni oʻtayotganlarga nisbatan ana shu choralar intizomiy qism qoʻmondonligining taqdimnomasiga yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish oʻn sakkiz yoshga toʻlmay jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati va voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyaning birgalikdagi taqdimnomasiga binoan yoxud mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga asosan sudya tomonidan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muayyan huquqdan mahrum etish tarzidagi jazodan ozod qilish jamoat birlashmasi, jamoa, mahkumning oʻzi yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu masalalar toʻgʻrisidagi taqdimnomalar yoki iltimosnomalar ularni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqqan kundan boshlab kamida olti oy oʻtgach, qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(536-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
537-modda. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash sharoitini jazoni oʻtash vaqtida oʻzgartirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga va koloniyadan turmaga oʻtkazish jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining taqdimnomasiga binoan, shuningdek mahkumning yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga koʻra sudya tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga, koloniyadan turmaga oʻtkazishni rad etsa, bu masala yuzasidan kiritilgan taqdimnoma yoki iltimosnoma rad qilish haqida qaror chiqarilgan kundan boshlab kamida olti oy oʻtgach qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish tarbiya koloniyasi maʼmuriyatining voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiya bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan sudya tomonidan amalga oshiriladi.
(537-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan mahkumni tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish masalasini hal etishda sudya uning tuzalish darajasini hisobga olishi lozim. Mahkum tarbiya koloniyasida jazoni oʻtash muddatini davom ettirish uchun uzogʻi bilan yigirma yoshga toʻlgunga qadar qoldirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
538-modda. Mahkumni tergov hibsxonasida saqlab turish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa shaxs sodir etgan jinoyat haqidagi ish yuzasidan tergov harakatlari olib borish zarur boʻlganda jazoni ijro etish koloniyasi yoki tarbiya koloniyasida oʻtash sharti bilan ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan mahkum tergov hibsxonasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan — uch oygacha muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlarining roziligi bilan — olti oygacha muddatga yoki ish sudda koʻrilishi munosabati bilan — sud ajrimiga binoan ish koʻrilib boʻlgunga qadar ushlab turilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jarima solishni va axloq tuzatish ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish Jinoyat kodeksining 44 va 46-moddalariga muvofiq sudya tomonidan ichki ishlar organi taqdimnomasi bilan yoki jamoat birlashmasi yoxud jamoaning iltimosnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud boʻlib, keyingi hukmni chiqargan sud bundan bexabar boʻlsa, hukm ijro etilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi hukm qilingan shaxsga Jinoyat kodeksining 60-moddasiga amal qilib, mazkur hukmlarning hammasida belgilangan jazolarni qoʻllash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
(540-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 11-sonli “Jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
541-modda. Hukm, ajrim va qarorning ijrosiga taalluqli masalalarni hal qiluvchi sudlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi va ikkinchi guruh nogironi boʻlib qolgan shaxslarni ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi, hukm ijrosini kechiktirish toʻgʻrisidagi, hukmni ijro qilmaslik toʻgʻrisidagi, jarima solishni va axloq tuzatish ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi, axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi, ruhiy kasal shaxslarga qoʻllanayotgan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi, alkogolizm yoki giyovandlikka mubtalo boʻlgan shaxslarga nisbatan majburiy davolash choralarini qoʻllash, uzaytirish yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi masalalarni, shuningdek hukmni ijro etishda yuz beradigan har qanday shubha va noaniqliklarni hukmni chiqargan sud hal qiladi. Basharti hukm uni chiqargan sud faoliyat koʻrsatayotgan hududdan tashqarida ijro etilayotgan boʻlsa, bu masalalar teng darajadagi sud tomonidan hal etiladi, hukm ijro etilayotgan hududda teng darajadagi sud boʻlmasa, yuqori sud tomonidan hal etiladi. Bunday hollarda ajrimning nusxasi hukm chiqargan sudga joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahkumni kasalligi yoki nogironligi sababli jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish toʻgʻrisidagi, jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish toʻgʻrisidagi, jazoning shartliligini bekor qilish toʻgʻrisidagi, bir jazoni ijro etish koloniyasidan yoki tarbiya koloniyasidan boshqa turdagi koloniyaga, jazoni ijro etish koloniyasidan turmaga va turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish haqidagi masalalarni mahkum jazoni oʻtab turgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudyasi hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ozodlikdan mahrum etishga shartli ravishda hukm qilinganda sinov muddatini qisqartirish yoki shartli hukmni bekor qilib, mahkumni hukmda belgilangan jazoni oʻtash uchun joʻnatish haqidagi, hukmning ijro etilishi kechiktirilgan mahkumni jazodan ozod etish, shuningdek hukmning ijrosini kechiktirishni bekor qilish va mahkumni ozodlikdan mahrum etishni oʻtash uchun yuborish toʻgʻrisidagi, sudlanganlikni olib tashlash haqidagi masalalar shu mahkumning istiqomat joyidagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi sudyasi tomonidan hal qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1993-yil 16-apreldagi 13-sonli “Sudlar tomonidan mulkni roʻyxat (arest)dan chiqarish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikning qoʻllanishi toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 23 va 47-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 13-sonli “Jinoyat ishlari boʻyicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi.
(541-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
542-modda. Hukm, ajrim va qarorni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukmni ijro etish toʻgʻrisidagi masalalar sudya tomonidan prokuror hamda mahkum ishtirokida sud majlisida hal qilinadi. Mahkumning ushbu Kodeks 532-moddasida nazarda tutilgan huquqlari taʼminlanadi. Sudya voyaga yetmagan, shuningdek jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan mahkumlarga doir hukmlarni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqayotganida himoyachi ishtirok etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar masala hukmning fuqaroviy daʼvo toʻgʻrisidagi qismini ijro etishga taalluqli boʻlsa, sud majlisiga fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari ham chaqiriladi. Mazkur shaxslarning sud majlisiga kelmay qolishi ishni koʻrishni toʻxtatib qoʻymaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahkumni kasalligi, nogironligi sababli jazoni oʻtashdan ozod etish toʻgʻrisidagi, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish toʻgʻrisidagi, jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish toʻgʻrisidagi, jazoning shartliligini bekor qilish toʻgʻrisidagi, bir jazoni oʻtash koloniyasidan boshqa tartibli koloniyaga oʻtkazish toʻgʻrisidagi, tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga, jazoni ijro etish koloniyasidan turmaga va turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi, maxsus tartibli jazoni oʻtash koloniyasidan qattiq tartibli jazoni oʻtash koloniyasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi, axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi masalalar mahkum jazoni oʻtab turgan joydagi tuman (shahar) sudining ajrimi bilan hal etiladi.
(542-modda uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish jazoning ijrosini amalga oshiruvchi muassasa hamda voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyaning birgalikdagi taqdimnomasiga binoan koʻrib chiqiladigan hollarda sudya mazkur komissiyani iltimosnoma koʻriladigan vaqt va joy haqida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa mahkumlarga tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish maqsadida muddatidan ilgari shartli ozod etish haqidagi taqdimnoma sudya tomonidan jazoni ijro etish koloniyasida yoki tarbiya koloniyasida koʻrib chiqilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni koʻrish taqdimnoma yoki iltimosnomani oʻqib eshittirishdan boshlanadi, keyin sudya taqdim etilgan materiallarni tekshiradi va sud majlisida hozir boʻlgan shaxslarning fikrlarini eshitadi. Oxirida mahkum yoki uning himoyachisiga soʻz beriladi. Soʻngra sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1993-yil 16-apreldagi 13-sonli “Sudlar tomonidan mulkni roʻyxat (arest)dan chiqarish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikning qoʻllanishi toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 30-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”giqarorining 23-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
543-modda. Sinov muddati toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya shartli hukm qilingan shaxsning sinov muddatini qisqartirish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqayotganida sud majlisiga ana shu shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat olib boruvchi organlarning, shuningdek mahkumni kuzatib turuvchi va u bilan tarbiyaviy ish olib boruvchi jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakillari taklif etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
544-modda. Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi masala sudya tomonidan jazoni oʻtab boʻlgan shaxsning, uning himoyachisi yoki qonuniy vakilining yoxud jamoat birlashmasi yoki jamoaning iltimosnomasiga asosan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda iltimosnoma kim haqida berilgan boʻlsa, shu shaxsning sud majlisida qatnashishi shart. U himoyachi olish huquqi bilan taʼminlanadi. Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma jamoat birlashmasi yoki jamoa tomonidan berilgan boʻlsa, ularning vakillari sud majlisida ishtirok etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish taqdim qilingan iltimosnomani oʻqib eshittirishdan boshlanadi, soʻng sudya sudda hozir boʻlganlarning fikrlarini eshitadi va ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanganlikni olib tashlash rad etilsa, sudyaga bu masalaga doir qayta iltimosnoma ajrim chiqqan kundan boshlab kamida bir yil oʻtganidan keyin kiritilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
545-modda. Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi masala jamoat birlashmasi yoki jamoa iltimosnomasi boʻyicha, jazoni oʻtab chiqqan shaxs mehnatga qobiliyatsiz boʻlgan taqdirda esa, uning iltimosnomasi boʻyicha ham mazkur shaxs turgan joydagi tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi masala sudya tomonidan koʻrib chiqilayotgan paytda iltimosnoma kim haqida berilgan boʻlsa, shu shaxsning, shuningdek iltimos qoʻzgʻatgan jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili qatnashishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish mavjud materiallarni oʻqib eshittirish bilan boshlanadi, soʻng sudya chaqirilgan shaxslarni tinglaydi, mahkumning axloq tuzatish ishlarini oʻtash vaqtida halol mehnat qilganligi va namunali xulqidan dalolat beruvchi maʼlumotlarni aniqlab oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yuzasidan sudya chiqargan ajrim ustidan yuqori sudga shikoyat berish va protest bildirish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
546-modda. Xizmat boʻyicha cheklash, intizomiy qismda saqlash vaqtini hisobga kiritish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisidagi masala garnizon harbiy sudining sudyasi tomonidan ana shunday turdagi jazolarning muddati tugagach, qoʻmondonlikning iltimosiga binoan ushbu Kodeksning 545-moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.13.00 Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻN UCHINCHI BOʻLIM ALOHIDA TOIFADAGI JINOYAT ISHLARINI YURITISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60-bob. VOYAGA YETMAGANLARNING JINOYATLARI HAQIDAGI ISHLARNI YURITISH
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
547-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat qilgunga qadar oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish tartibi umumiy qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksning 548 — 564-moddalari asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
548-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan holatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki tergov harakatlari va sud muhokamasi davrida voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha, ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida koʻrsatilgan holatlardan tashqari, quyidagilar isbotlanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) voyaga yetmagan ayblanuvchining aniq yoshi (tugʻilgan yili, oyi, kuni);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar va uning salomatligi holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yoʻqligi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
549-modda. Voyaga yetmaganning qonuniy vakili ishda qatnashishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmaganning jinoyatlari haqidagi ishni yuritishda qonuniy vakilning qatnashishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi yoki tergovchining qarori boʻyicha voyaga yetmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi soʻroq qilish paytidan boshlab yoʻl qoʻyiladi. Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilganda unga ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan huquqlar tushuntiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonuniy vakil oʻz harakati bilan voyaga yetmagan shaxsning manfaatiga zarar yetkazadi deb hisoblash uchun asos boʻlsa, surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sudning ajrimi bilan voyaga yetmaganning qonuniy vakili ishda qatnashishdan chetlashtirilishi mumkin. Bunday holda voyaga yetmagan shaxsning manfaatlarini himoya qilish boshqa qonuniy vakilga yoki vasiylik va homiylik organining vakiliga topshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
550-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishda himoyachining ishtirok etishini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi soʻroq qilishdan boshlab, surishtiruvchi yoki tergovchi ishda himoyachining ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻradi. Shu maqsadda voyaga yetmagan shaxsga va uning qonuniy vakiliga oʻzlari xohlagan himoyachini taklif etish huquqiga ega ekanligi tushuntiriladi. Agar himoyachi voyaga yetmagan shaxsning, uning qonuniy vakilining yoxud boshqa shaxslarning topshirigʻi yoki roziligi bilan chaqirilmagan boʻlsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini oʻz tashabbusi bilan taʼminlashga majbur.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 51-moddasi birinchi qismining 1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
551-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillarini voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasida ishtirok etishga jalb qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar koʻriladigan vaqt va joy haqida ularning ota-onasini, ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarni, voyaga yetmaganlar oʻqigan yoki ishlagan korxonani, muassasani, tashkilotni, voyaga yetmaganlarning ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyani, zarur boʻlsa, boshqa tashkilotlarni ham xabardor qiladi. Sud bu tashkilotlarning vakillarini, sudlanuvchining vasiy yoki homiysini sud majlisiga chaqirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
552-modda. Voyaga yetmagan shaxsga ayblov eʼlon qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmagan shaxsga ayblov eʼlon qilish vaqtida himoyachi bilan bir qatorda voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakili ham ishtirok etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachi va qonuniy vakil gumon qilinuvchiga va ayblanuvchiga savollar berishga haqli. Soʻroq oxirida himoyachi va qonuniy vakil bayonnoma bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini soʻroq qilishga ketgan umumiy vaqt, kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda, olti soatdan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
554-modda. Voyaga yetmagan ayblanuvchini soʻroq qilishda pedagog yoki psixologning ishtiroki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmagan ayblanuvchini soʻroq qilishda tergovchi yoki prokurorning ixtiyoriga koʻra pedagog yoki psixolog ishtirok etishi mumkin. U tergovchining ruxsati bilan ayblanuvchiga savollar berishga, soʻroq tugaganidan soʻng esa, soʻroq bayonnomasi bilan tanishib, bayonnomadagi yozuvlarning toʻgʻriligi va mukammalligi haqida oʻz fikrlarini yozma ravishda berishga haqlidir. Bu huquqlar tergovchi tomonidan pedagog yoki psixologga voyaga yetmagan shaxsni soʻroq qilishdan oldin tushuntiriladi va bu haqda soʻroq bayonnomasida qayd qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
555-modda. Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot choralari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻlgan taqdirda voyaga yetmagan ayblanuvchiga ushbu Kodeksning 237-moddasida nazarda tutilgan ehtiyot choralaridan birini qoʻllash mumkin. Voyaga yetmagan shaxs ota-onasining, homiylar, vasiylarning qaroviga yoki, basharti u bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan boʻlsa, shu muassasa rahbarlarining qaroviga ham berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot choralari qoʻllanilgani toʻgʻrisida uning qonuniy vakiliga, agar bunday vakil boʻlmasa, boshqa qarindoshlariga xabar qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
556-modda. Voyaga yetmagan shaxsni qarovga topshirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmagan shaxsni ota-onasi, vasiylar, homiylar yoki bolalar muassasasi rahbarlarining qaroviga topshirish mazkur shaxslardan birontasi voyaga yetmaganning tergovchi, prokuror huzuriga va sudga oʻz vaqtida kelishini, shuningdek ayblanuvchining ushbu Kodeks 46-moddasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishini taʼminlash masʼuliyatini yozma ravishda oʻz zimmasiga olishidan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmaganni ota-onasining, vasiylarning, homiylarning yoki boshqa shaxslarning qaroviga topshirish ularning, shuningdek voyaga yetmagan shaxsning oʻzining roziligi bilangina amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi, prokuror, sud voyaga yetmagan shaxsni qarovga topshirishdan oldin ota-onalar, vasiylar yoki homiylarning shaxsi, ularning voyaga yetmagan shaxs bilan oʻzaro munosabati haqida maʼlumot toʻplashi va ular oʻsmirni qarov ostiga olishni lozim darajada amalga oshirishga qodir ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ota-onalar, vasiylar, homiylar oʻzlarining kasalliklari, ish bilan band ekanliklari, voyaga yetmagan shaxs bilan oʻzaro munosabatlari yomonlashganligi va shuning oqibatida uning munosib xulq-atvorda boʻlishini taʼminlay olmasliklari sababli voyaga yetmagan shaxs oʻz qarovlarida boʻlishidan istagan vaqtda voz kechishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ota-onalardan, vasiylardan, homiylardan bolalar muassasasi rahbarlaridan voyaga yetmagan shaxsni qarovga qabul qilish haqida tilxat olinayotganda ular ushbu ehtiyot chorasi qoʻllanishiga asos boʻlgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga tayinlanishi mumkin boʻlgan jazo va voyaga yetmagan shaxs sodir etishi ehtimol tutilgan qilmishlarning oldini olish maqsadida qarovga berilganidan keyin u xuddi ana shu xatti-harakatlarni sodir etsa, qarovga oluvchilarning javobgarligi haqida xabardor qilinishi lozim. Bu maʼlumotlar qarovga berish bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayblanuvchi oʻz vazifasini bajarmagan taqdirda uni oʻz qaramogʻiga olgan shaxs qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 207-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
557-modda. Voyaga yetmagan shaxsni bolalar muassasasiga joylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ehtiyot choralarini qoʻllash uchun asoslar boʻlgan taqdirda, voyaga yetmagan ayblanuvchini, sudlanuvchini turmush va tarbiyalanish sharoitiga koʻra ilgarigi yashash joyida qoldirib boʻlmasa, u tergovchining prokuror sanksiya bergan qaroriga yoki sudning ajrimiga binoan bolalar muassasasiga joylashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish voyaga yetmagan shaxsga nisbatan faqat ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻlganda va unga besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanishi mumkin boʻlgan qasddan jinoyat sodir etganlikda ayb eʼlon qilingan hamda ayblanuvchining munosib xulq-atvorda boʻlishini boshqa ehtiyot choralari taʼminlay olmaydigan taqdirda qoʻllanilishi mumkin.
(558-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror voyaga yetmaganni qamoqqa olish uchun ruxsat berayotganida ish materiallari bilan shaxsan tanishib chiqishi, qamoqqa olish asoslarini tekshirishi, hodisaning favquloddaligiga ishonch hosil qilishi va ayblanuvchini ushbu ehtiyot chorasini qoʻllash bilan bogʻliq holatlar boʻyicha soʻroq qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qoʻllanilgan voyaga yetmagan shaxslar katta yoshdagilardan, shuningdek voyaga yetmagan mahkumlardan alohida saqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
559-modda. Dastlabki tergovni tamomlash va voyaga yetmagan shaxsni ish materiallari bilan tanishtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmagan ayblanuvchiga dastlabki tergov tamomlanganligi eʼlon qilinib, unga ish materiallari koʻrsatilayotganda uning qonuniy vakili ishtirok etishga haqli. Tergovchi qonuniy vakilga ayblanuvchini ish materiallari bilan tanishtirish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi voyaga yetmagan ayblanuvchiga uning shaxsi shakllanishiga salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ish materiallarini tanishish uchun koʻrsatmaslik toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
560-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishni yopiq sud majlisida koʻrish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 19-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmaganlarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ish yopiq sud majlisida koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
561-modda. Voyaga yetmagan sudlanuvchini sud majlisi zalidan chiqarib turish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmagan sudlanuvchining himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek prokurorning fikrini eshitib, voyaga yetmagan shaxsga salbiy taʼsir etishi mumkin boʻlgan holatlar tekshirilayotganda sud oʻz ajrimi bilan uni sud zalidan chiqarib turishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmagan shaxs sud zaliga qaytarilganidan soʻng raislik qiluvchi unga yoʻqligida boʻlib oʻtgan muhokama mazmunini yetarli hajmda va shaklda maʼlum qiladi va uning yoʻqligida soʻroq qilingan shaxslarga savol berishi uchun voyaga yetmaganga imkoniyat yaratib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
562-modda. Voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyaga ishning koʻrilishi haqida xabar berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud, zarurat boʻlganda, voyaga yetmagan shaxsning jinoyati toʻgʻrisidagi ishni koʻrish vaqti va joyi haqida voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyaga xabar beradi. Sud, shuningdek bu komissiya vakillarini guvoh sifatida soʻroq qilish uchun sud majlisiga chaqirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
563-modda. Voyaga yetmagan sudlanuvchiga nisbatan hukm chiqarishda sud tomonidan hal etiladigan masalalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmagan sudlanuvchiga nisbatan hukm chiqarishda sud, ushbu Kodeksning 457-moddasida koʻrsatilgan masalalardan tashqari, basharti voyaga yetmagan shaxs shartli hukm qilinsa, unga ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlansa, voyaga yetmagan shaxsga jamoat tarbiyachisi tayinlash zarurligini muhokama qilishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
564-modda. Voyaga yetmagan shaxsni javobgarlikdan yoki jazodan majburlov choralarini qoʻllagan holda ozod qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmagan shaxsni Jinoyat kodeksi 87-moddasining birinchi qismiga muvofiq javobgarlikdan ozod qilib, materiallarni voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyada koʻrishga topshirishda tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ishni koʻrishda Jinoyat kodeksi 87-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda sud voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov chorasini qoʻllanish toʻgʻrisidagi masalani muhokama etishi shart. Sud majburlov chorasini qoʻllanish yoki qoʻllanmaslik toʻgʻrisida asoslantirilgan ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburlov chorasini qoʻllanish yoki qoʻllanmaslik toʻgʻrisidagi ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61-bob. TIBBIY YOʻSINDAGI MAJBURLOV CHORALARINI QOʻLLASH TOʻGʻRISIDAGI ISHLARNI YURITISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
565-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrish tartibi ushbu Kodeksning umumiy qoidalari, shuningdek 566 — 581-moddalari asosida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Umumiy qismining VII bobi, Oʻzbekiston Respublikasi “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
566-modda. Isbotlanishi lozim boʻlgan holatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat qilgandan keyin ruhiy kasallikka duchor boʻlib qolgan shaxsning jinoyati toʻgʻrisidagi ish boʻyicha shaxsda jinoyat sodir etgandan keyin yuzaga kelgan va jazo qoʻllashni istisno etuvchi ruhiy kasallik borligi isbotlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aqli norasoning ijtimoiy xavfli qilmishi toʻgʻrisidagi ish yuzasidan quyidagilar isbotlanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Kodeks 82-moddasining 1, 2 va 5-bandlarida nazarda tutilgan holatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) shaxs qilmish sodir etgan vaqtida surunkali ruhiy kasal ekanligi, ruhiyati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki boshqa kasalligi, shuning oqibatida uning aqli noraso holatda boʻlganligi, yaʼni oʻz harakatlarini idrok eta olmaganligi yoki oʻz harakatlarini idora qila olmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mazkur shaxsning dastlabki tergov yuritish va sud muhokamasi vaqtidagi ruhiy holati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birgalikda jinoyat sodir etganidan soʻng ruhiy kasallikka duchor boʻlib qolgan shaxsning ishi boʻyicha, shuningdek ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan aqli noraso shaxsning ishi boʻyicha shaxsning bundan keyingi xatti-harakati oʻzi va atrofdagilar uchun xavf tugʻdirishi mumkinmi-yoʻqmi ekanligi, uning davolanishga muhtojligi yoki muhtoj emasligi, unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanishiga zarurat bor yoki yoʻqligini va qanday choralar qoʻllash lozimligini hal qilish uchun asos boʻladigan holatlar ham isbotlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
567-modda. Sud-psixiatriya ekspertizasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi yoki sud ayblanuvchining, sudlanuvchining yoxud ishga ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida jalb qilinmagan shaxsning ruhiy kasalligi masalalari yuzasidan uning jinoyat sodir etganligi yoki Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligi haqida ishonarli dalillar mavjud boʻlgan taqdirda, dastlabki tergovni yuritish va sud muhokamasi vaqtida mazkur shaxsning aqli norasoligi yoki ruhiy kasalligi toʻgʻrisida asosli shubha tugʻilgan boʻlsa, sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
568-modda. Sud-psixiatriya ekspertizasi aniqlaydigan masalalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-psixiatriya ekspertizasi oʻtkazishda quyidagi masalalar aniqlanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan vaqtda oʻz harakatlarini idrok eta olmaydigan yoki idora qila olmaydigan darajada ruhiy kasallik holatida, ruhiyati vaqtinchalik buzilish, aqli zaif yoki boshqa kasallik holatida boʻlganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) shaxs oʻzining ruhiy holatiga koʻra toʻgʻri koʻrsatuv berishga, koʻzdan kechirish, guvohlantirish, eksperiment oʻtkazish va boshqa tergov hamda sud harakatlarida ishtirok etishga qodirmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) hozirgi vaqtda shaxsning aqli rasolikni istisno qilmaydigan ruhiy nuqsonlari bormi va ular nimalardan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsni ekspert tadqiqoti oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish ushbu Kodeksning 265 — 269-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilib amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining uchinchi xatboshisi, 9-bandi va 13-bandining ikkinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
569-modda. Shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilganda jinoyat ishini yuritishning toʻxtatib turilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ruhiy yoki boshqa ogʻir kasalligi ambulatoriya ekspertizasi xulosasi yoki boshqa tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlsa va qanday kasallikka duchor boʻlganligini aniqlash, aqli rasoligi, muomalaga layoqatliligi masalasini hal etish, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tanlash uchun statsionar ekspertiza oʻtkazilayotgan boʻlsa, shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilgan davrda, basharti boshqa protsessual harakatlarni oʻtkazishga hojat boʻlmasa, ishni yuritish toʻxtatib turilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni yuritishning toʻxtatib turilishi ayblanuvchini qamoqda saqlash va shaxsning tibbiy muassasada boʻlishiga oid qonunda belgilangan muddatlar oʻtishini toʻxtatmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 245 va 268-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining birinchi xatboshisi va 9-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
570-modda. Shaxsning tergov va sud harakatlarini yuritishdagi ishtiroki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanishi toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxs sogʻaysa yoki unda beqaror remissiya holati yuz bersa va shu tufayli soʻroqlarda toʻgʻri koʻrsatuv bera olsa hamda boshqa tergov va sud harakatlarida ishtirok eta olsa, tergovchi va sud bu shaxsga tergov qilishda va sud muhokamasida qatnashish hamda oʻzini himoya qilish huquqini amalga oshirish imkonini berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxs: unga qanday ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlik uchun ayb qoʻyilayotganini bilishga; koʻrsatuv berishga; dalillar taqdim qilishga; iltimoslar qilishga; dastlabki tergov tamomlanganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqishga; himoyachiga ega boʻlishga; sud muhokamasida qatnashishga; rad qilishga; tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash ishini yuritishni boshlash va sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni eʼlon qilganda mazkur shaxsga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqlarini tushuntirib beradi. Huquqlar tushuntirilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
571-modda. Himoyachining ishtiroki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni yuritishda sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlash haqida qaror chiqarilgan vaqtdan boshlab himoyachining ishtirok etishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 51-moddasi birinchi qismining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining birinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishga kirishgan vaqtdan boshlab himoyachi, basharti himoyasi ostidagi shaxsning sogʻligʻi halal bermasa, u bilan holi uchrashishga haqli, shuningdek ushbu Kodeksning 53-moddasida nazarda tutilgan boshqa barcha huquqlardan ham foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-psixiatriya ekspertizasi oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimni ijroga yuborishdan oldin tergovchi yoki sud u bilan himoyachini tanishtirishi va uning quyidagi huquqlarini taʼminlashi zarur: tayinlangan ekspertni yoki umuman ekspertiza muassasasini rad qilish; muayyan shaxsni ekspert qilib tayinlashni iltimos qilish; ekspertning oldiga qoʻshimcha savollar qoʻyish; ekspertiza oʻtkazilayotganda qatnashish uchun ruxsat soʻrash. Tergovchi yoki sud himoyachining iltimosnomasini, basharti asoslar boʻlsa, qondiradi va ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimga tegishli qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga koʻra, himoya ostidagi shaxs jinoyat sodir etilgandan soʻng ruhiy kasal boʻlib qolgan yoki aqli noraso boʻlsa yoxud uning aqli rasoligini istisno etmaydigan, ammo oʻzini himoya qilish huquqini mustaqil amalga oshirishda qiyinchilik tugʻdiradigan ruhiy kamchiliklari boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan himoyachining ishda ishtirok etishi shartligi haqidagi qoidasi amal qilishda davom etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyinchalik sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasi asosida shaxs aqli raso va ruhiy sogʻlom deb topilsa, ishda himoyachining ishtiroki masalasi umumiy tartibda hal qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
572-modda. Ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi protsess ishtirokchilarini ish materiallari bilan tanishtirgach va iltimosnomalarni hal qilgach, ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tergovchi qarorning tavsif-asoslash qismida ushbu Kodeksning 566-moddasida nazarda tutilgan holatlarni, shuningdek ishni sudga yuborish asoslariga norozi boʻlgan himoyachining va boshqa shaxslarning vajlarini, agar shunday vajlar bildirilgan boʻlsa, bayon qiladi va ish sahifalariga havola qilib, uning fikricha, ishni sudga yuborish uchun asoslar borligini tasdiqlovchi dalillar keltiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qarorga sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxati, shuningdek dastlabki tergov yuritilgan muddat, ustidan tergov oʻtkazilgan shaxsning qamoqda va tibbiy muassasada boʻlgan muddati, ashyoviy dalillar, fuqaroviy daʼvo va uni taʼminlash choralari, protsessual chiqimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
573-modda. Ishni prokurorga oʻtkazish va sudga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni tergovchi uni sudga oshirish toʻgʻrisidagi qaror bilan birga prokurorga oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
574-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni prokurordan olgach, uni ushbu Kodeksning 395 — 405-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan oʻtkaziladigan sud muhokamasiga tayinlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
575-modda. Sud muhokamasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud muhokamasi ushbu Kodeksning 50 — 52-boblarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq ravishda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisida prokuror va himoyachi ishtirok etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tergovi prokurorning ishni sudga oshirish toʻgʻrisidagi qarorni oʻqib eshittirishidan boshlanadi. Shundan soʻng sud taraflarning ishtirokida tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan yoki rad etadigan dalillarni tekshiradi: soʻroq qiladi, koʻzdan kechirish oʻtkazadi, hujjatlarni oʻqib eshittiradi, ekspertlarni tinglaydi, haqiqatga erishish uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tergovi tamomlanganidan soʻng sud taraflarning muzokarasiga oʻtadi. Muzokarada prokuror, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishtirok etadilar. Muzokaraning oxirida himoyachi soʻzga chiqadi. Oxirgi eʼtiroz bildirish huquqi ham unga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflarning nutqlarini eshitib boʻlgach, sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 10-bandining birinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
576-modda. Alohida xonada sud hal qiladigan masalalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida xonada sud quyidagi masalalarni hal qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) jinoyat sodir etilganmi yoki aqli noraso shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy kasallikka duchor boʻlib qolgan yoki aqli noraso holda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash talab etiladimi va agar talab etilsa, aynan qanday chorani qoʻllash kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) mazkur shaxs ruhiy kasallikdan umumiy asoslarda davolanishga muhtojmi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud, shuningdek ushbu Kodeks 457-moddasi birinchi qismining 10 — 14-bandlarida nazarda tutilgan masalalarni ham hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
577-modda. Sud ajrimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyinchalik ruhiy kasallikka duchor boʻlib qolgan shaxs sodir etgan jinoyat toʻgʻrisidagi yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi haqidagi ish boʻyicha sud majlisida chiqarilgan sud ajrimi quyidagi qoidalar asosida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ajrimning kirish qismida ishi koʻrilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, turar joyi, ish joyi, mashgʻulot turi, maʼlumotini va shaxsi toʻgʻrisidagi ish uchun ahamiyatga molik boshqa maʼlumotlarni koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajrimning tavsif-asoslash qismida sud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoki qoʻllamaslik uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bayon qiladi, shu chorani qoʻllashni taqozo qiladigan, shubha ostiga qoʻyadigan yoki unga monelik qiladigan dalillar keltiradi. Shundan soʻng ajrimda sud ushbu Kodeksning 576-moddasida sanab oʻtilgan masalalarga oʻzining javoblarini ifodalaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajrimning xulosa qismida sud quyidagi qarorlardan birini bayon qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) shaxsni jinoyat sodir etgan, keyinchalik ruhiy kasal boʻlib qolgan deb eʼtirof etish yoxud uni ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan deb tan olish toʻgʻrisida, shuningdek bu shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllash yoki qoʻllamaslik toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ishi koʻrilayotgan shaxs qilgan deb hisoblanayotgan jinoyat hodisasi yoki ijtimoiy xavfli qilmish yoʻqligi sababli ishni tugatish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) shaxsning sodir etilgan ishga daxldor emasligi tufayli tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni yuritishni tugatish haqida va haqiqatda jinoyat sodir etgan shaxsni aniqlash maqsadida ishni qoʻshimcha tergovga qaytarish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) mazkur shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish va dastlabki tergovni umumiy tartibda tamomlash uchun ishni prokurorga qaytarish toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyinchalik ruhiy kasallikka duchor boʻlgan shaxsning sodir etgan jinoyati yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi tufayli mulkiy ziyon yetkazilgan boʻlsa, ziyonning oʻrnini qoplash masalasi fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruhiy holati buzilgan va umumiy asosda davolanishga muhtoj boʻlgan shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni yuritish tugatilgan taqdirda, sud bu haqda shaxsning turar joyidagi sogʻliqni saqlash organiga darhol xabar qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 14, 19 — 22-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
578-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini bekor qilish yoki oʻzgartirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxs sogʻaygan taqdirda yoki sogʻligʻi oʻzgarib, shaxs ruhiy kasal boʻlsa-da, sud tomonidan dastlab belgilangan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralaridan boshqa xil davolanishga muhtoj boʻlsa yoxud bu xildagi choralarga muhtoj boʻlmasa, sud tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini bekor qiladi yoki oʻzgartiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
579-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni yuritishni tiklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat sodir etgan va keyin ruhiy kasallikka duchor boʻlib qolganligi tufayli tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxs sogʻaygan taqdirda sud ishni shaxs ruhiy kasal boʻlgan bosqichdan boshlab umumiy tartibda yuritishni tiklash masalasini hal qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini bekor qilish yoki oʻzgartirish va ish yuritishni umumiy tartibda tiklash toʻgʻrisidagi masalalarni sudda koʻrib chiqishga quyidagilar sabab boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) majburlov chorasi tayinlangan shaxs saqlanayotgan tibbiy muassasa maʼmuriyatining shifokorlar komissiyasi bergan xulosaga asoslangan iltimosnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) prokurorning shifokorlar komissiyasi bergan xulosaga asoslangan taqdimnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mazkur shaxsning himoyachisi, yaqin qarindoshlari, qonuniy vakillari yoki boshqa manfaatdor fuqarolarning, shuningdek jamoat birlashmalari va jamoalarning iltimosnomasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini bekor qilish yoki oʻzgartirish, shuningdek ish yuritishni umumiy tartibda tiklash masalalarini tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisida ajrim chiqargan sud yoki ushbu chora qoʻllanayotgan joydagi sud koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish sudda koʻrishga tayinlangani toʻgʻrisida sud taraflarga, shuningdek iltimosnoma bilan murojaat qilgan tibbiy muassasa maʼmuriyatiga, shaxslarga, jamoat birlashmalari va jamoalar rahbarlariga xabar qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisida prokuror va himoyachining ishtirok etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda sudya ishni sudda koʻrishga tayinlashdan oldin tegishli tibbiy muassasadan shu shaxsning sogʻligʻi toʻgʻrisida shifokorlar komissiyasining xulosasini talab qilib oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shifokorlar komissiyasining iltimosnomaga qoʻshib berilgan yoki talab qilib olingan xulosasi sudda shubha tugʻdirsa, sud sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlashi, qoʻshimcha hujjatlar talab qilishi, iltimosnoma kim haqida berilgan boʻlsa, shu shaxsni, jabrlanuvchini, guvohlarni soʻroq qilishi va boshqa zaruriy harakatlarni oʻtkazishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisida dalillarni tekshirish ushbu Kodeksning 439 — 448-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalillarni tekshirish nihoyasiga yetgach, sud tomonlarning muzokarasini eshitadi, bu muzokara prokuror va himoyachi nutqidan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini bekor qilish, oʻzgartirish, shuningdek bekor qilishni yoki oʻzgartirishni rad etish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi, bu ajrim sud majlisida oʻqib eshittiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini bekor qilish yoki oʻzgartirish rad qilingan taqdirda takroriy iltimosnoma rad etish haqida ajrim chiqqan kundan olti oy oʻtgandan keyingina koʻrib chiqish uchun qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
581-modda. Sudning ajrimi ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash haqidagi ishni yuritishni toʻxtatish va tugatish, ushbu choralarni qoʻllash, ularni bekor qilish yoki oʻzgartirish, ishni yuritishni umumiy tartibda tiklash, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini bekor qilish yoki oʻzgartirishni rad etish toʻgʻrisidagi hamda ish yuritishni umumiy tartibda tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan oʻziga nisbatan sud ajrimi chiqarilgan shaxs, uning himoyachisi, jabrlanuvchi va uning vakili xususiy shikoyatlar berish, prokuror esa xususiy protest bildirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masala boʻyicha sud ajrimining fuqaroviy daʼvoga tegishli qismi ustidan shikoyat berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan ajrim ustidan berilgan shikoyat va protestlarni yuqori sud ushbu Kodeksning 505 — 507-moddalarida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62-bob. YARASHUV TOʻGʻRISIDAGI ISHLAR BOʻYICHA ISH YURITISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
582-modda. Yarashilganligi munosabati bilan koʻrib chiqiladigan jinoyat ishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yarashilganligi munosabati bilan Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 25-oktabrdagi 27-sonli “Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
583-modda. Yarashuv toʻgʻrisidagi ariza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yarashuv toʻgʻrisidagi ariza jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yoxud uning qonuniy vakili tomonidan surishtiruv va dastlabki tergovning, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud maslahatxonaga kirishidan oldin berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizada yetkazilgan ziyon bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan jinoyat ishi boʻyicha ish yuritilishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimos koʻrsatilgan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yarashuv toʻgʻrisidagi ariza ish birinchi instansiya sudida sud muhokamasidan oʻtkazilayotganda berilgan boʻlsa, sud uni darhol koʻrib chiqishga kirishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ish boʻyicha bir necha jabrlanuvchi boʻlsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv toʻgʻrisidagi ishni yuritish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani qabul qilish paytida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish huquqini yoʻqotishini tushuntirishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 25-oktabrdagi 27-sonli “Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 2 — 4-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
584-modda. Jinoyat ishini sudga yuborish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) yoki uning qonuniy vakilining yarashuv toʻgʻrisidagi arizasini olgach, yetti sutkadan ortiq boʻlmagan muddatda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining roziligi bilan ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning tavsif qismida quyidagilar koʻrsatiladi: jinoyat ishi qoʻzgʻatilishining asoslari, ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ular ayblanayotgan qilmishlar va ularga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot choralari, shuningdek yarashuv toʻgʻrisidagi arizaning mazmuni hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchining arizaga munosabati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning qaror qismida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi, shuningdek fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi qaror koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ish boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaxs jalb qilingan boʻlib, barchasi bilan ham yarashuvga erishilgan boʻlmasa, yarashuvga erishilmagan gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular boʻyicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi, bu haqda qarorda koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish qaror chiqarilganidan keyin uch sutka ichida prokurorning roziligi bilan sudga yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 25-oktabrdagi 27-sonli “Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 5 va 6-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
585-modda. Sud muhokamasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi jinoyat ishi sudga kelgan paytdan eʼtiboran oʻn sutkadan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachilari, prokuror ishtirok etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 25-oktabrdagi 27-sonli “Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 5-bandining uchinchi xatboshisi va 7-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi jabrlanuvchining yarashuv toʻgʻrisidagi arizasini oʻqib eshittirish bilan boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) sodir etilgan jinoyat holatlari toʻgʻrisidagi soʻzlarini eshitadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yarashuvning ixtiyoriyligi va uning sabablarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻz aybiga ixtiyoriy iqror boʻlganligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻzi sodir etgan qilmishning oqibatlarini anglaganligini va yetkazilgan zararni bartaraf etish choralarini koʻrgan-koʻrmaganligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jabrlanuvchiga (fuqaroviy daʼvogarga) yoki gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga biron bir tazyiq boʻlgan-boʻlmaganligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq masalalarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari yarashuvga roziliklarini aniqlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 25-oktabrdagi 27-sonli “Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 8-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shundan soʻng sud himoyachi va prokurorning fikrini eshitadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar sud majlisi davomida yarashuv, aybga iqror boʻlish ixtiyoriy emasligi, zararni qoplashdan bosh tortish, shuningdek sodir etilgan qilmishda ogʻirroq jinoyat tarkibi belgilari mavjudligi aniqlangudek boʻlsa, sud umumiy qoidalar boʻyicha dastlabki tergov yuritilishi uchun ishni prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ajrim chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashgʻuloti, maʼlumoti va ish uchun ahamiyatga molik boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ajrimining tavsif qismida yarashuv uchun asos boʻlgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 585-moddasida sanab oʻtilgan masalalarga javoblar ifodalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajrimning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) sud majlisi bayonnomasini tasdiqlash hamda jinoyat ishini tugatish yoki uni umumiy qoidalar boʻyicha dastlabki tergov yuritish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) zararni qoplash toʻgʻrisidagi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning ajrimiga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachi tomonidan xususiy shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 25-oktabrdagi 27-sonli “Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 9-bandi.
(62-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа