23.06.2023 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-tergov amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi, shuningdek qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanadi hamda unga nisbatan har qanday tajovuz qonun bilan ta’qib etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkka tajovuz qilish bilan bog‘liq qilmishlar orasida o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilish tariqasidagi jinoyatlar o‘sishi tendensiyasi kuzatilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Firibgarlik o‘zganing mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qonunga xilof ravishda va tekin qo‘lga kiritishda ifodalanib, buning ta’sirida mulkdor (uning vakili), mulkning boshqa egasi yoki vakolatli organ mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga beradi, yoinki ushbu mulk yoki unga bo‘lgan huquq boshqa shaxs tomonidan olib qo‘yilishiga imkoniyat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Firibgarlikda aldash deganda, aybdor tomonidan, bila turib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on ma’lumotlar xabar qilinishi yoki ish holati bo‘yicha mulkdor, mulkning boshqa egasiga ma’lum qilinishi lozim bo‘lgan haqiqiy faktlarni yashirish yoxud bunday shaxslarni yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakatlar tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Firibgarlikda yolg‘on ma’lumotlarga jabrlanuvchini yanglishtirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday holatlar bo‘yicha ma’lumotlar, jumladan, yuridik fakt va voqealar, mulkning sifati, narxi, aybdorning shaxsi, uning niyati, vakolati (masalan, aybdor shaxs o‘zini mansabdor shaxs yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi yoxud qonuniy asoslarda faoliyat yurituvchi tadbirkor sifatida ko‘rsatishi va h.k.) taalluqli bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Firibgarlikda jabrlanuvchini yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etiladigan harakatlar jumlasiga, masalan, bitim yoki to‘lov predmetini soxtalashtirish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni o‘ynash chog‘ida aldov usullarini qo‘llash va h.k. kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Firibgarlikda ishonchni suiiste’mol qilish deganda, aybdorning mulkdor, mulkning boshqa egasi yoki mulkni uchinchi shaxslarga berib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilishga vakolatli boshqa shaxslar bilan ishonchli munosabatlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanishi tushunilishi lozim. Ishonchga turli holatlar, masalan, aybdor shaxsning xizmat mavqeyi yoki uning jabrlanuvchi bilan shaxsiy yoki qarindosh-urug‘lik munosabatlari sabab bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sudlarga tushuntirilsinki, firibgarlikda aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni aybdor mulkdorligi yoki egaligiga ixtiyoriy ravishda beradigan aqli raso shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lishi shart. Aybdor tomonidan, bila turib, aqli noraso shaxsni yoki voqelik mohiyatini anglash qobiliyatiga ega bo‘lmagan (masalan, kichik yoshdagi bolaligi (14 yoshga to‘lmaganligi), ko‘zi ojizligi, ruhiy jihatdan norasoligi, alkogol, giyohvandlik vositasi, ularning analoglari yoki psixotrop modda ta’sirida og‘ir darajada mastligi tufayli) shaxsni aldash va undan mulkini olish firibgarlik tariqasida emas, balki o‘g‘irlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim, chunki bunday hollarda shaxs mulk uning egaligidan chiqib ketayotganligini anglamaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mulkni egallashga qaratilgan firibgarlik, mazkur mulk aybdor yoki boshqa shaxslarning g‘ayriqonuniy egaligiga o‘tgan va ular undan xohlagan tarzda foydalanish yoki tasarruf etish real imkoniyatiga ega bo‘lgan paytdan tugallangan deb topiladi. Qonunga ko‘ra, shaxs bankdagi pul mablag‘larini ular uning bankdagi hisob varaqasiga kelib tushgan (o‘tkazilgan) paytdan boshlab real tasarruf qilish imkoniyatiga ega bo‘lganligi tufayli, jinoyat bu mablag‘lar ularni mablag‘ egasi hisob varaqasidan aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan olgan shaxsning yoki boshqa shaxsning bankdagi hisob varaqasiga o‘tkazilgan paytdan tugallangan deb topish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni egallashga qaratilgan firibgarlik, aybdorda o‘zganing mulkiga egalik qilish yoki tasarruf etish uchun yuridik jihatdan tasdiqlangan imkoniyat paydo bo‘lgan paytdan (masalan, ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqi yoki qonunga muvofiq ro‘yxatga olinishi shart bo‘lgan boshqa mulkka nisbatan huquq ro‘yxatga olingan paytdan; shartnoma tuzilgan vaqtdan; mulkka nisbatan shaxsning huquqi tan olingan sud qarori kuchga kirgan kundan; vakolatli davlat organi aybdorda yoki boshqa shaxslarda mulkka nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish uchun asoslar mavjudligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan kundan) tugallangan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agar shaxs o‘zganing mulkini yoki unga bo‘lgan huquqni mazkur mulk yoki huquq unga berilishi sharti bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmaslik niyatida olgan yoki egallagan bo‘lsa, qilmish aybdorda o‘zganing mulkini yoki unga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritishga nisbatan qasd faqat o‘zganing mulki yoki unga bo‘lgan huquq qo‘lga kiritilgunga qadar paydo bo‘lgan holdagina firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. O‘zganing mulkini talon-toroj qilishga qaratilgan qasd mavjudligi to‘g‘risida, jumladan, aybdor tomonidan soxta hujjat yoki kafolat xatlaridan foydalanish, qarz mavjudligi yoki mulk garov ostidaligi to‘g‘risidagi ma’lumotni yashirish, bitimda taraflardan biri sifatida ishtirok etishi uchun soxta korxona (tashkilot) tuzilishi, kredit mablag‘laridan maqsadga zid foydalanish yoxud ularni naqdlashtirish kabilar guvohlik berishi mumkin. Qayd etilgan holatlar o‘z o‘zidan shaxsni firibgarlik sodir etishda aybdor deb topish uchun asos bo‘lmaydi, shu tufayli, shaxsning o‘z majburiyatlarini bila turib bajarish niyati bo‘lmaganligi har bir muayyan holda ishning barcha holatlaridan kelib chiqib aniqlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar o‘zganing mulkini egallashga nisbatan qasd aybdorda mulk qabul qilingandan keyin yuzaga kelgan bo‘lsa, shaxsning harakatlari firibgarlik tarkibini tashkil etmaydi va muayyan holatlarni inobatga olgan holda o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish (masalan, shaxsning o‘ziga xo‘jalik yuritish, operativ boshqarish, ishonchli boshqarish, yetkazib berish, saqlash, realizatsiya qilish va h.k. maqsadida qonuniy berilgan mulkni qonunga xilof tarzda va haqini to‘lamay o‘zining yoki boshqa shaxsning mulkdorligiga qaratishi) sifatida baholanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shaxs o‘zaro ixtiyoriy yozma bitim, kelishuvlar (qarz shartnomasi, tilxat, kafolat xati va boshqalar) asosida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini uni ijro etish jarayonida yuzaga kelgan ayrim obyektiv sabablarga ko‘ra (masalan, mulkiy nochorligi, shartnoma tuzishda taraflar uchun asos bo‘lgan vaziyatning jiddiy o‘zgarishi, og‘ir kasalligi, favqulodda holat tufayli) bajara olmasa yoki o‘zganing mulkini egallashga nisbatan qasd mavjudligini isbotlashning imkoni bo‘lmasa, bunday holatlar fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizo sifatida baholanib, fuqarolik, iqtisodiy sud ishi yurituvi tartibida hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, banklar va boshqa kredit muassasalaridan onlayn shaklda kredit (mikroqarz) mablag‘larini olish maqsadida aldov yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li orqali o‘zga shaxsga tegishli bo‘lgan maxsus identifikatsiya talab qiluvchi texnik vositalar (kompyuter, noutbuk, telefon, planshet va h.k)ning maxsus kodlaridan yoki o‘zga shaxsning “elektron raqamli imzo”laridan foydalanib, pul mablag‘lari ajratilishiga va kelgusida ushbu pul mablag‘laridan erkin foydalanish imkoniyatini beruvchi hisob-raqamlarga o‘tkazilishiga erishganlik holatlari firibgarlik sifatida baholanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalarga asoslangan fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmaslik ham, bunday holda o‘zgalar mulkini egallashda huquqqa xiloflilik belgisi bo‘lmaganligi tufayli firibgarlik deb baholanishi mumkin emas, chunki mulk bitim, shartnoma bo‘yicha bir tarafdan ikkinchi tarafga, jumladan taraflar uchun o‘zaro moddiy manfaatni nazarda tutuvchi muayyan shartlar bilan beriladi. Agar bitim, shartnoma shartlari bajarilmasa, qonunga ko‘ra (FK 2, 9, 24-boblari, FPK II bo‘limining 2-kichik bo‘limi, IPK 18-bobi) buzilgan huquq faqat fuqarolik yoki iqtisodiy ish yurituvi tartibida tiklanishi mumkin bo‘lib, ularda majburiyatlar ijrosini ta’minlash uchun yetarli huquqiy vositalar mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu munosabat bilan, qonun talablariga muvofiq tuzilgan fuqarolik-huquqiy bitim, shartnoma bo‘yicha jinoyat belgilari mavjud bo‘lmagan barcha hollarda, nizo fuqarolik, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tushuntirilsinki, agar bitim, shartnoma tuzilishi paytida taraflar xohish-irodasi erkin ifoda etilgan bo‘lib, uning shakliga nisbatan Fuqarolik kodeksida belgilangan quyidagi talablar bajarilgan bo‘lsa, u qonun talablariga muvofiq tuzilgan hisoblanadi, ya’ni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
og‘zaki shakl — tuzilayotgan vaqtning o‘zidayoq bajariladigan (jeton, patta, kvitansiya va h.k. olish paytida) bitim, hadya shartnomasi yoki fuqarolar o‘rtasida tuziladigan qarz shartnomasi (agar shartnoma summasi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq bo‘lmasa) tuzilayotganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oddiy yozma shakl (tilxat, xat, hujjatlar va h.k.) — quyidagi shartnomalar: garov, kafillik, zakalat, mahsulot yetkazib berish, energiya ta’minoti, ko‘chmas mulkni sotish, hadya (agar hadya beruvchi yuridik shaxs bo‘lsa yoki shartnoma summasi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa), mulk ijarasi (agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa), prokat, yuridik shaxslar o‘rtasidagi bino ijarasi, lizing, yuridik shaxslar o‘rtasidagi uy-joy ijarasi, pudrat, haq evaziga xizmat ko‘rsatish, yo‘lovchi tashish, fuqarolar o‘rtasidagi qarz shartnomasi (agar shartnoma summasi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq yoki taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa), kredit, bank omonati, topshiriq, vositachilik, mol-mulkni ishonchli boshqarish, omonat saqlash, sug‘urta tuzilayotganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarial tasdiqlangan shakl — quyidagi shartnomalar: davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab etiladigan avtomototransport, yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mulk oldi-sotdisi, ayirboshlash, ko‘chmas mulk va avtomototransport hadyasi, renta, uy-joy (kvartirani) boshqa shaxsga berish, ko‘chmas mulk ijarasi, korxona, avtomototransport vositalari bino (fuqarolar o‘rtasida) ijarasi, fuqarolar o‘rtasidagi uy-joy ijarasi tuzilayotganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tuzilgan bitimga asosan o‘zga shaxsning egaligiga o‘tkazilgan yoki garov ta’minoti sifatida topshirilgan mulk yuzasidan shaxsning bitim tuzilishida boshqa maqsad ko‘zlangani haqidagi vajlari asosida holat bitim qonunga muvofiq tuzilgani aniqlangan hollarda firibgarlik sifatida baholanmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Agar qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalar yuzasidan nizoni sudda ko‘rish natijalari bo‘yicha taraflardan birida o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritishga nisbatan qasd mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni egallashdan oldinroq paydo bo‘lganligi aniqlansa, sud bu haqda jinoyat alomatlari bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun prokuratura idoralariga xabar qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalardan kelib chiqadigan arizalar sudni chetlab tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov organlariga tushganda, ular JPK 329-330-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqilishi va jinoyat belgilari mavjud bo‘lmagan taqdirda, manfaatdor shaxslarga nizo fuqarolik (iqtisodiy) sud ishi yurituvi tartibida hal etilishi zarurligi tushuntirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuni nazarda tutish lozimki, sudning aynan bir masala bo‘yicha fuqarolik, iqtisodiy sud ishi yuritish tartibida chiqarilib, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorining mavjudligi, JK 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga va uning jinoyat sudlov ishini yuritish tartibida ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tushuntirilsinki, yuqoridagi holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hollarda muqaddam sud qarori bilan undirilishi belgilangan kredit foizi, penya, boy berilgan foyda va boshqa turdagi undiruvlar ayblov mazmuniga kiritilmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ijtimoiy to‘lov, nafaqa, boshqa pul to‘lovlari (masalan, kompensatsiyalar, sug‘urta to‘lovlari)ni yoki boshqa mulkni tegishli qaror qabul qilishga vakolatli ijro hokimiyati, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, muassasa yoki tashkilotlarga, qonunga ko‘ra to‘lovlar yoki mulkni olish uchun asos bo‘ladigan holatlar mavjudligi (jumladan, oluvchining shaxsi, nogironligi, boqimandalari borligi, urush harakatlarida qatnashganligi, ishga joylashtirish imkoniyati yo‘qligi, sug‘urta hodisasi ro‘y berganligi) to‘g‘risida bila turib, yolg‘on ma’lumotlar taqdim etish yo‘li bilan olish firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Firibgarlik jinoyatidan aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish jinoyatini (JK 170-moddasi) farqlash lozim, chunki bunday holda shaxs o‘zganing mulkini bevosita olib qo‘ymasdan va unga nisbatan huquqqa ega bo‘lmasdan, qonunga (shartnomaga) ko‘ra mulkdor egaligi yoki tasarrufiga o‘tishi lozim bo‘lgan tovar-pul qimmatliklarini o‘zlashtiradi va ular hisobiga boyiydi (masalan, avtomobillarga texnik yordam ko‘rsatish shoxobchasi xodimi naryadda ko‘rsatilmagan ishlarni bajarib yoki vagon kuzatuvchisi yo‘lovchini chiptasiz tashib, mijozdan olingan haqni o‘zlashtiradi, bosmaxona bosh injeneri buyurtma qilingan mahsulotning hisobga olinmagan tiraji uchun olingan haqni o‘z mulkdorligiga qaratadi va h.k.).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Agar aldov shaxs tomonidan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishni yengillatish maqsadida ishlatilgan bo‘lib, mulkni olib qo‘yish jarayonida mulkdor, mulk egasi yoki boshqa shaxs uning asl niyatini sezib qolgan, aybdor buni anglasada, biroq mulkdor yoki mulk egasining erkiga zid ravishda mulkni ushlab turishni davom ettirgan bo‘lsa, qilmish talonchilik, mulkdor yoki mulk egasiga bildirmasdan mulk bilan yashiringan hollarda esa, firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Firibgarlik yo‘li bilan korxona, muassasa, tashkilotlar, mulkini talon-toroj qilish uchun jinoiy javobgarligi, faqat, talon-toroj qilingan mulk summasi MJtK 61-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan miqdordan oshgan holdagina kelib chiqadi (jumladan kvalifikatsiyalovchi belgilar mavjud bo‘lganda ham).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar korxona, muassasa, tashkilotlarning firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilingan mulki summasi bazaviy hisoblash miqdorining MJtK 61-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan miqdoridan oshmasa, ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi mavjud bo‘ladi. Bunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganda ham, agar talon-toroj summasi ko‘rsatilgan miqdordan oshmasa, ma’muriy javobgarlik kelib chiqadi. Bunda oz miqdorda talon-toroj necha marta sodir etilganligi ahamiyat kasb etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, MJtK 61-moddasi beshinchi qismiga muvofiq ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan korxona, muassasa, tashkilotlar xodimlari ularning mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilganda, faqat ularning rahbari, mulkdori yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga ko‘ra javobgarlikka tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Shuni ta’kidlash joizki, qonunga ko‘ra fuqarolar mulkini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlik talon-toroj miqdoridan qat’iy nazar kelib chiqadi. Ayni paytda, talon-toroj miqdori bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan har bir holda, basharti sodir qilingan jinoyat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga kirsa, surishtiruv, tergov organlari va sudlar ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning shaxsiga va moddiy zarar qoplanishiga oid ma’lumotlarni inobatga olgan holda JK 65, 66, 70, 71-moddalarini qo‘llash masalasini muhokama etishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Jinoyat predmeti bo‘lgan mulkning qiymatini aniqlashda, uning mulkdor tomonidan qay yo‘sinda sotib olinganligiga qarab, xususan jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan chakana, bozor yoki komission narxlardan kelib chiqish lozim. Narx mavjud bo‘lmaganda va talon-toroj miqdori to‘g‘risida nizo kelib chiqqan hollarda, mulk qiymati ekspert xulosasiga asosan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda firibgarlik jinoyatining predmeti bo‘lgan valyuta qimmatliklarining qiymati jinoyat sodir etilgan paytdagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valyutasining O‘zbekiston Respublikasining pul birligiga nisbatan kursi bo‘yicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aybdor tomonidan talon-torojni yashirish maqsadida talon-toroj qilingan mulk o‘rniga boshqa, qiymati kamroq mulk almashtirib qo‘yilgan hollarda ham qilmish talon-toroj qilingan mulk qiymatidan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinadi. Bunda talon-toroj qilingan mulk o‘rniga taqdim etilgan mulk qiymati aybdordan moddiy zararni undirish, shuningdek jazo turi va miqdorini belgilash chog‘ida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Aybdorning harakatlarida ancha, ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda firibgarlik sodir etilishi kabi kvalifikatsiyalovchi belgi mavjudligi to‘g‘risidagi masala JK sakkizinchi bo‘limida bayon etilgan tushuntirishlarga muvofiq hal etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir necha epizoddan iborat umumiy qasd va yagona maqsadga yo‘naltirilgan davomli firibgarlik sodir etgan shaxsning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda sudlar talon-toroj miqdorini jami talon-toroj qilingan mulk qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlashlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar aybdor tomonidan bir emas, balki bir necha firibgarlik harakatlari sodir etilib, ularning har birida o‘zganing mulkini olishga yo‘naltirilgan mustaqil qasd amalga oshirilgan bo‘lsa, talon-toroj qilingan mulk qiymatini qo‘shib hisoblashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shaxsning qasdi o‘zganing mulkini ancha, ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda egallashga yo‘naltirilgan bo‘lib, u aybdorga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, qilmish haqiqatda talon-toroj qilingan mulk qiymatidan qat’iy nazar, qasd yo‘naltirilganligidan kelib chiqib, ancha, ko‘p yoki juda ko‘p miqdordagi firibgarlikka suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Sudlarga tushuntirilsinki, qalbaki hujjatdan foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik, basharti hujjat aybdor tomonidan tayyorlangan yoki soxtalashtirilgan bo‘lsa, jinoyatlar majmui tarzida JK 168-moddasi va 228-moddasi birinchi yoki ikkinchi qismlari bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxs firibgarlik maqsadida o‘zi tomonidan tayyorlangan qalbaki hujjatdan foydalangan, biroq unga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra o‘zganing mulkini ololmay yoki mulkka nisbatan huquqqa ega bo‘lolmay qolgan hollarda qilmish jinoyatlar majmui tarzida JK 25-moddasi ikkinchi qismi, JK 168-moddasi va JK 228-moddasi tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa shaxs tomonidan tayyorlangan qalbaki hujjatdan foydalangan holda firibgarlik sodir etgan shaxsning harakatlari JK 168-moddasi tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi va JK 228-moddasi uchinchi qismi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi, chunki bunday holda hujjat aybdor tomonidan o‘z maqsadiga erishish uchun aldash vositasi sifatida foydalanilgan bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tushuntirilsinki, axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib firibgarlik sodir etish (JK 168-moddasi uchinchi qismi “g” bandi) deganda, moliya, bank muassasalari, fondlar va sh.k. larda bo‘lgan mulkni aldov yo‘li bilan kompyuter texnikasi vositalari, aloqa vositasi, planshet yoki boshqa shu kabi texnik qurilmalar yordamida manipulatsiya qilish orqali amalga oshiriladigan talon-toroj tushuniladi. Bunday firibgarlik kompyuter tizimida ishlov beriladigan, tegishli axborot tashuvchilarda saqlanadigan yoki ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari bo‘yicha beriladigan axborotni o‘zgartirish yo‘li bilan ham, kompyuter tizimiga yolg‘on axborot kiritish yo‘li bilan ham sodir etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik jinoyatini qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyatidan farqlashda shuni nazarda tutish lozimki, firibgarlikda jabrlanuvchi aldov yoki ishonchi suiiste’mol qilinishi oqibatida mulkini yoki unga bo‘lgan huquqni axborot texnologiyalaridan foydalanib aybdor egaligiga ixtiyoriy ravishda o‘tkazadi, bunda mulk o‘z egaligidan chiqib ketayotganligini jabrlanuvchi anglagan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shaxs kompyuter texnikasi yordamida qalbaki hujjat tayyorlab, so‘ngra undan mulkni qo‘lga kiritish uchun foydalangan bo‘lsa, qilmishni JK 168-moddasi uchinchi qismi “g” bandi bilan kvalifikatsiya qilib bo‘lmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Xizmat mavqeyidan foydalanib firibgarlik sodir etganlik (JK 168-moddasi uchinchi qismi “v” bandi) uchun javobgarlik shaxs o‘z xizmat mavqeyidan faqat aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish uchun foydalanib, o‘zganing mulkini yoki unga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish maqsadida o‘z xizmat vakolatlari doirasiga kirmaydigan harakatlarni (harakatsizlikni) amalga oshirgan hollardagina vujudga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Mansabdor shaxs tomonidan u mansab vakolati yo‘qligi yoki o‘z xizmat mavqeyidan foydalana olmasligi tufayli aslida amalga oshira olmaydigan muayyan harakat (harakatsizlik) uchun pul, qimmatli qog‘oz va boshqa moddiy qimmatliklar olinishi, unda mazkur qimmatliklarni egallashga nisbatan qasd mavjud bo‘lgan taqdirda, firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shaxs (shu jumladan mansab vakolati yo‘qligi yoki o‘z xizmat mavqeyidan foydalana olmasligi tufayli muayyan harakat (harakatsizlik)ni aslida amalga oshira olmaydigan mansabdor shaxs), go‘yoki mansabdor shaxsga pora sifatida berish uchun pul yoki boshqa qimmatliklarni olib, biroq aslida bunday niyati bo‘lmasdan, ularni o‘zlashtirsa, qilmish firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qimmatliklarni egallash maqsadida ularning egasi aybdor tomonidan pora berishga dalolat etilgan bo‘lsa, uning harakatlari firibgarlikdan tashqari pora berishga dalolat etish sifatida qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Qimmatliklar egasining harakatlari esa, bunday hollarda, pora berishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar pora berish tashabbusi pora beruvchi tomonidan bildirilgan bo‘lsa, bunday holda shaxsning harakatlari faqat firibgarlik jinoyati sifatida kvalifikatsiya qilinib, qo‘shimcha ravishda JK 211-moddasi bilan kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Firibgarlik natijasida olingan, shuningdek ish bo‘yicha ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan jabrlanuvchiga tegishli pul va boshqa qimmatliklar JPK 211-moddasi 4-bandiga kura, o‘z egasiga qaytarib berilishi lozim, pul va boshqa qimmatliklar ular egasining tashabbusi bilan, bila turib, pora predmeti sifatida berilgan hollar bundan mustasno. Pul va boshqa qimmatliklar topilmagan hollarda ularning summasi yoki pul birligidagi qiymati sud tomonidan jabrlanuvchi yoki davlat foydasiga undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Firibgarlikni iqtisodiyot sohasidagi qator jinoyatlardan, shu jumladan, o‘zganing mulkini talon-toroj qilishning boshqa shakllaridan farqlamoq lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Firibgarlikning o‘g‘rilikdan (JK 169-moddasi) farqi shundaki, firibgarlikda aybdor mulkni o‘zganing egaligidan olib qo‘ymaydi, balki u tomonidan yanglishtirilgan jabrlanuvchining o‘zi mulkni yoki mulkka bo‘lgan huquqni berishiga erishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovlamachilikdan (JK 165-moddasi) firibgarlik shu bilan farqlanadiki, tovlamachilikda jabrlanuvchi qo‘rquv ta’siri ostida harakat qiladi, erki sindirilgan bo‘ladi, firibgarlikda esa aldov natijasida jabrlanuvchining erki yanglishtirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Firibgarlik jinoyatidan o‘tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalari, shuningdek qimmatli qog‘ozlar yoki chet el valyutasi yoxud chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish (JK 176-moddasi) qasd yo‘nalishi va soxtalashtirish xususiyati bilan farqlanadi. Bunda pul belgisi yoki chet el valyutasi pul aylanmasiga kiritish uchun soxtalashtiriladi. Qimmatli qog‘ozlarni qalbakilashtirish bilan bog‘liq firibgarlikda esa, (masalan, pul kupyurasiga bir necha nol raqamlarini qo‘shib yozish, suvenir banknotlarni, banknot yoki qimmatli qog‘ozlarning foto-kseronusxalarini ishlatish va h.q.) qasd muayyan shaxsni aldash va mulkiy foyda olishga qaratilgan bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar aybdor bila turib, qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalari, shuningdek qimmatli qog‘ozlar yoki chet el valyutasi yoxud chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlardan foydalangan holda o‘zganing mulkini qulga kiritsa, uning harakatlari JK 176 va 168-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. JK 1881-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni firibgarlik jinoyatidan farqlash lozim. Bunda shaxsning jinoiy maqsadi nimaga qaratilgani, xususan aybdor imkoni boricha ko‘proq fuqarolarni o‘zining noqonuniy faoliyatiga jalb qilishni ko‘zlagani, aybdor fuqarolarning yangi jalb etilgan pul mablag‘lari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan muqaddam olingan majburiyatlarini bajarib borishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. JPK 415-moddasiga muvofiq sud ayblovni o‘zgartirishi va sudlanuvchining harakatlarini JK boshqa moddasi (qismi, bandi)ga kvalifikatsiya qilishga, shuningdek, jinoyatning ayrim (sudlanuvchining aybiga kiritilgan harakatlardan) epizodlarini sudlanuvchiga ayb e’lon qilinmagan JK moddasiga kvalifikatsiya qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shundan kelib chiqib, firibgarlik o‘zganing mulkini talon-toroj qilish shakllaridan biri ekanligini inobatga olib, sud aybdorning harakatlarini JK 168-moddasidan JK 167-moddasiga qayta kvalifikatsiya qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. JK 168-moddasi beshinchi qismiga muvofiq, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplanishi ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llashni istisno etadi, shu sababli, zarar to‘liq qoplanmagan hollarda sudlar aybdorga nisbatan ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning maqsadga muvofiq-muvofiq emasligi masalasini muhokama qilishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat ishlarini sudda ko‘rishda jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zararlarning qoplangan qoplanmaganligi masalasi sinchkovlik bilan, to‘la tekshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tushuntirilsinki, jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan zararni qoplash maqsadida xatlangan mol-mulkni undiruvga qaratilishining o‘zi jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplangan deb hisoblash uchun asos bo‘lmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, jabrlanuvchi sud majlisida o‘ziga yetkazilgan moddiy zararlar amalda qoplanganligini bildirib, ixtiyoriy yozma ariza taqdim qilganligi natijasida moddiy zararlar qoplanganligi e’tirof qilingan sudning hukmi (ajrimi), keyinchalik jabrlanuvchining ushbu zarar qoplanmaganligi haqidagi vaji asosida yuqori instansiya sudlari tomonidan sud hukmi (ajrimi)ning bekor qilinishiga yoki o‘zgartirilishiga sabab bo‘lmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Sudlar qonunda belgilangan tartibda fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishgan shaxslarga nisbatan qonunga xilof ravishda firibgarlik to‘g‘risida jinoyat ishi qo‘zg‘atish amaliyotiga barham berish yuzasidan choralar ko‘rishlari lozim. Shu maqsadda nizolashayotgan taraflar orasida kelib chiqqan haqiqiy munosabatlar xususiyati sinchkovlik bilan aniqlanishi lozim bo‘lib, bu aybsiz shaxslar qonunga zid ravishda sudlanishi hollariga chek qo‘yilishiga olib keladi. Ish bo‘yicha shaxs qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi fakti aniqlangan holda sud bunga tegishli munosabat bildirib, jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlari mansabdor shaxslariga nisbatan xususiy ajrim chiqarishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Qator hollarda muayyan maqsadlariga qonunchilikda belgilangan tartibga rioya etmagan holda erishishni istagan jabrlanuvchilarning xulq-atvori firibgarlik sodir etilishiga shart-sharoit yaratib berayotganligini e’tiborga olgan holda, surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar bunday g‘ayriqonuniy harakatlarga nisbatan tegishli huquqiy baho berishlari, shuningdek, kelajakda firibgarlik holatlarining oldini olish uchun bunday harakatlardan kelib chiqqan oqibatlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi firibgarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari, bu toifadagi ishlar bo‘yicha sud qarorlari qonuniyligi va asosliligini chuqur tekshirishlari, yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini o‘z vaqtida bartaraf etishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2017-yil 11-oktabrdagi 35-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 23-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-son