12.12.2008 yildagi 23-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini muhokama etib, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonunga koʻra, jinoiy javobgarlikka faqat aqli raso, yaʼni jinoyat sodir etish vaqtida oʻz qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va oʻz harakatlarini boshqara olgan shaxs tortiladi. Aqli noraso holatda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi (JK 18-moddasi).
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan, yaʼni jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli oʻz harakatlari (harakatsizligi) ahamiyatini toʻliq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortiladi (JK 181-moddasi birinchi qismi).
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shaxs quyidagi holatlardan birortasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruhiy holati surunkali buzilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruhiy holati vaqtinchalik buzilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aqli zaifligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruhiy holati boshqacha tarzda buzilganligi sababli oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan boʻlsa, u ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan deb topiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agar jinoyat sodir etgan shaxsda hukm chiqarilguniga qadar oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi (JK 67-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm chiqarilganidan keyin oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs jazoni oʻtashdan ozod qilinishi lozim (JK 75-moddasi).
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Aqli noraso holatda jinoyat sodir etgan shaxsga yoki jinoyat sodir etgandan keyin oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari (JK 18-moddasi uchinchi qismi, 67-moddasi ikkinchi qismi, 75-moddasi ikkinchi qismi) qoʻllanilishi mumkin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunga koʻra (JK 2-moddasi ikkinchi qismi), tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari boshqa tarzdagi jinoyat-huquqiy taʼsir chorasi sifatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan va ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan davlat majburlovi koʻrinishi hisoblanadi. Bunday choralar faqat shaxs u tomonidan sodir etilgan qilmishning xususiyati va oʻzining ruhiy holatiga koʻra jamiyat uchun xavfli boʻlgan hollardagina qoʻllaniladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxs jamiyat uchun xavflimi va u tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishiga muhtojmi, degan masala sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasi inobatga olingan holda hal qilinadi. Bunda sud JPK 187-moddasiga asoslanib, taraflar iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan ish boʻyicha qoʻshimcha (qayta) sud-psixiatriya ekspertizasi yoki kompleks (psixologiya-psixiatriya, seksologoiya-psixiatriya va h.k.) ekspertizasi oʻtkazilishini tayinlashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. JK 93-moddasiga muvofiq, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yashash joyi boʻyicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yashash joyi boʻyicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan boʻlimida majburiy davolanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya boʻlimida majburiy davolanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida hamda mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari turini belgilashda sud har doim JK 94-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilishi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, aqli noraso holatda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanganda jinoyat ishi jinoyat belgilari tarkibiga kiruvchi element — subyekt yoʻqligi tufayli tugatiladi (JPK 83-moddasi ikkinchi bandi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jinoyat sodir etgandan keyin, biroq hukm chiqarilganga qadar ruhiy holati buzilganligi aniqlangan shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanganda jinoyat ishini yuritish ruhiy holat buzilgan paytdan boshlab, sogʻaygunga qadar toʻxtatiladi (JPK 366, 569-moddalari).
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxs tuzalgandan soʻng jinoyat ishini yuritish qayta tiklanadi va shaxs umumiy asoslarda jinoiy javobgarlikka yoki jazoga tortilishi mumkin, basharti jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari (JK 64-moddasi) oʻtib ketmagan yoki shaxsni jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish uchun boshqa asoslar yuzaga kelmagan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini bekor qilish va jinoyat ishini yuritishni qayta tiklash uchun shaxs davolangan psixiatriya muassasasi shifokorlar komissiyasining xulosasi asos boʻladi. Agar shaxsning aqli rasoligi yoki ruhiy holati yuzasidan asosli gumon kelib chiqsa, sud JPK 568-moddasida koʻrsatilgan talablarga rioya etgan holda sud-psixitriya ekspertizasi tayinlashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jinoyat ishi boʻyicha tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash bilan bogʻliq masalalar JPK 61-bobida belgilangan qoidalarga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida ish yurituvga oʻtish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) jinoyat protsessi bosqichidan kelib chiqib, dastlabki tergov organi, prokuror yoki sud tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchida ruhiy buzilish borligi toʻgʻrisida sud-psixitriya ekspertizasi xulosasi olingandan soʻng qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha ish yurituv boshlanganligi va sud-psixitriya ekspertizasi tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) oʻziga nisbatan bunday ish yurituv olib borilayotgan shaxsga uning JPK 570-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqlari tushuntirilgan holda eʼlon qilinadi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisida JPK 572, 573-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sudga yuborilgan ish sudlovga tegishlilik toʻgʻrisidagi umumiy qoidalarga rioya etilgan holda koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
JPK 534-moddasiga muvofiq, jazoni oʻtashdan ozod qilinayotgan shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash masalalariga doir materiallar, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini uzaytirish, oʻzgartirish yoki tugatishga doir JPK 578 — 580-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sudga kelib tushgan materiallar tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllagan sud yoki bunday chora qoʻllanilgan joydagi sud tomonidan koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar va materiallar sud tomonidan JPK 13-moddasida nazarda tutilgan tarkibda koʻriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud majlisi JPK 575-moddasida belgilangan tartibda olib boriladi. Sud majlisida prokuror va himoyachining ishtiroki shart. Sud majlisiga jabrlanuvchilar, fuqaroviy daʼvogarlar, fuqaroviy javobgarlar, guvohlar, qonuniy vakillar, shuningdek ekspertlar chaqirilishi kerak.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ekspert-psixiatrning fikrini inobatga olgan holda sud majlisiga unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash masalasi qoʻyilgan shaxsni (u jabrlanuvchi yoki guvohlar tomonidan tanib olinishi uchun, sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasi toʻgʻriligi yuzasidan shubha tugʻilgan holda va h.k.) chaqirishi mumkin. Bunda shuni inobatga olish lozimki, JPK 95-moddasiga koʻra, bunday shaxsning koʻrsatuvlari ish boʻyicha dalil manbai sifatida tan olinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. JPK 51 va 571-moddalariga koʻra, aqli noraso holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan, shuningdek jinoyat sodir etilganidan keyin ruhiy holati buzilganligi aniqlangan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlash toʻgʻrisida qaror chiqarilgan paytdan boshlab himoyachining ishtiroki majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday toifadagi ishlar boʻyicha himoyachi ishtirokining majburiyligi toʻgʻrisidagi protsessual qonun talablariga rioya etmaslik, JPK 488-moddasiga muvofiq, jinoyat-protsessual qonunining jiddiy tarzda buzilishi sifatida baholanadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha himoyachi bilan bir qatorda oʻziga nisbatan bunday masala koʻrilayotgan shaxsning qonuniy vakili ishtirok etishi mumkin. Qonuniy vakil sifatida, jumladan, bolalikka oluvchilar, homiylar, vasiylar, yaqin qarindoshlar, shuningdek vasiylik va homiylik organlari vakillari tan olinishi mumkin.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud qonuniy vakilga ishdagi materiallar bilan tanishish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, dalillar taqdim etish, iltimosnoma va raddiyalar berish, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, sud ajrimi ustidan shikoyat berish (JPK 581-moddasi) uchun imkoniyat yaratib berishi shart. Zarurat boʻlganda, sud qonuniy vakilni guvoh sifatida soʻroq qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Jinoyat-protsessual kodeksi 566-moddasiga koʻra, bunday toifa ishlar boʻyicha sudlar shaxs tomonidan jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganligini tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi dalillarni, shuningdek ishni hal etish uchun muhim boʻlgan boshqa holatlarni sinchiklab tekshirishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari, faqat, ishi koʻrilayotgan shaxs tomonidan muayyan jinoyat belgilari mavjud ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganligi isbotlangan, shuningdek sud-psixiatriya ekspertizasining shaxs oʻzining ruhiy holati va u tomonidan sodir etilgan qilmishning xususiyatiga koʻra jamiyat uchun xavfli ekanligi hamda unga nisbatan u yoki bu turdagi tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilishiga muhtojligi toʻgʻrisida JPK 568-moddasi talablariga javob beradigan xulosasi mavjud boʻlgan hollarda qoʻllanilishi mumkin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruhiy holati buzilgan shaxsning sodir etilgan jinoyatga daxldor emasligi aniqlanganda sud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatib, ishni jinoyat sodir etgan shaxsni aniqlash uchun prokurorga qaytaradi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Aqli norasolik, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash, shifoxona turini belgilash, shuningdek shaxsni sogʻliqni saqlash organlariga umumiy asoslarda davolash yoki ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish masalasini hal qilish uchun berish toʻgʻrisidagi masalalar boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qilish vakolati sudga tegishlidir. Shuning uchun ekspert-psixiatrlar xulosasi sud tomonidan ishda mavjud barcha materiallar majmuidan kelib chiqqan holda, sinchiklab baholanishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Agar ayblov dalolatnomasi, ayblov xulosasi bilan kelib tushgan ish boʻyicha sud muhokamasi vaqtida ishi koʻrilayotgan shaxsni aqli noraso deb topish mumkinligi xususida asoslar kelib chiqsa yoki unda jinoyat sodir etilganidan soʻng ruhiy holati buzilganligi aniqlansa, basharti ishni ayblov dalolatnomasi, ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga yuborish uchun boshqa asoslar boʻlmasa, sud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani JPK 61-bobida belgilangan tartibda hal qilishi mumkin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish bir necha shaxs tomonidan sodir etilgan hollarda, sud ulardan ayrimlarining aybdorligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish bilan bir paytda boshqalariga — ushbu qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqli.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qayd etilgan shaxslarga nisbatan ishni birga koʻrib chiqish imkoniyati boʻlmasa, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi materiallar alohida ish yurituvga ajratilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sudlarga tushuntirilsinki, aqli noraso shaxs harakatiga faqat sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatini tasdiqlovchi maʼlumotlar asosida huquqiy baho berilishi mumkin. Bunda koʻrib chiqilayotgan voqeaga bevosita aloqador boʻlmagan holatlar (shaxsning sudlanganlik holati, unga nisbatan muqaddam tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllanganligi va h.k.) inobatga olinmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Agar qonunda muayyan qilmish uchun jinoiy javobgarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan soʻng kelib chiqishi belgilangan boʻlib, biroq uni sodir etishda aqli noraso deb topilgan shaxs muqaddam aynan shunday qilmishi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmagan boʻlsa, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilmaydi. Bunday ish jinoyat hodisasi boʻlmaganligi sababli tugatilishi lozim. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida sud sogʻliqni saqlash organlariga Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-maydagi “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq shaxsga umumiy asoslarda psixiatriya yordami koʻrsatilishi uchun xabar beradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Shaxs aqli noraso holatida ijtimoiy xavfli harakat sodir etganligi yoki ruhiy holati jinoyat sodir etilganidan keyin buzilganligi isbotlangan deb topilgan holda, ajrimning tavsif qismida qilmishning sud tomonidan aniqlangan holatlari tekshirilgan dalillar asosida bayon etilishi, bunday shaxsning harakatlariga huquqiy baho berilishi va qabul qilingan qaror motivlari koʻrsatilishi lozim. Ajrimning qaror qismida shaxs jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilinganligi va muayyan turdagi tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilganligi yoxud ish tugatilganligi va bunday choralar qoʻllanilmaganligi toʻgʻrisida koʻrsatmalar yoritilishi lozim.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Qonunga muvofiq, psixiatriya statsionari yoki kuzatuv kuchaytirilgan boʻlinmasiga faqat oʻzining ruhiy holati va sodir etgan qilmishiga koʻra jamiyat uchun oʻta xavfli boʻlgan shaxslar joylashtirilishini inobatga olib, bunday choralar qoʻllayotganda sudlar uning ruhiy holati toʻgʻrisida ekspertlar bergan xulosaga hamda sodir etilgan qilmishning xususiyati (ijtimoiy xavfliligi, sodir etilish usuli, kelib chiqqan oqibatlar ogʻirligi) toʻgʻrisida sudda aniqlangan maʼlumotlarga asoslanishlari shart.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Aqli noraso holatida ijtimoiy xavfli harakat sodir etgan yoki jinoyat sodir etilganidan keyin ruhiy holati buzilgan shaxs tomonidan moddiy zarar yetkazilgan holda, zararni undirish masalasi fuqarolik sudlov ishlarini yuritish tartibida koʻrib chiqilishi lozim boʻlib, bu haqda sudning ajrimida koʻrsatilgan boʻlishi kerak (JPK 577-moddasi beshinchi qismi).
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Aqli noraso yoki jinoyat sodir etilganidan keyin ruhiy holati buzilgan deb topilgan shaxslarga doir ishlar boʻyicha ashyoviy dalillar masalasi sudlar tomonidan JPK 211-moddasi talablariga monand hal etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud xarajatlari, jumladan, huquqiy yordam koʻrsatganlik uchun haq bunday shaxslardan JPK 320-moddasiga koʻra undirilmasdan davlat hisobidan toʻlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxsning yaqin qarindoshlari iltimosnomasiga koʻra bunday choralarni bekor qilish yoki oʻzgartirish masalasi hal qilinayotganda (JPK 580-moddasi) sudlar “yaqin qarindoshlar” tushunchasiga kiradigan shaxslar doirasi Jinoyat kodeksining sakkizinchi boʻlimida qayd etilganligiga eʼtibor berishlari lozim.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini bekor qilish yoki oʻzgartirish masalasi hal qilinayotganda, sudlar tibbiyot muassasasi maʼmuriyati taqdimnomasi yoki qoʻzgʻatilgan iltimosnoma asoslantirilganligini sinchkovlik bilan tekshirishlari shart. Buning uchun sudlar amalga oshirilgan davolash natijalarini va tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari bekor qilingandan soʻng bu shaxs uchun yaratiladigan shart-sharoitni, shuningdek kelgusida tibbiy kuzatuv va davolashga zarurat bor-yoʻqligini aniqlashlari kerak. Bunday maqsadlarda sud majlisiga tibbiyot muassasalari vakillarini, shaxsning qonuniy vakillari yoki yaqin qarindoshlarini chaqirish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllash masalasi hal qilinayotgan shaxslarga doir ishlarni koʻrish vaqtida ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlanishi va ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar koʻrilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiya sudi tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishi toʻgʻriligini tekshira turib, bunga asos boʻlgan taqdirda, birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilishi yoki oʻzgartirishi, shu jumladan, qoʻllanilgan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi turini almashtirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiya sudida koʻrish paytida ayblov hukmi chiqarilgan shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etganligi yoki uning ruhiy holati buzilganligi jinoyat sodir etilganidan keyin aniqlansa, bunday shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash masalasi tegishli instansiya sudi tomonidan hal etiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari, bu toifadagi ishlar boʻyicha sud qarorlari qonuniyligi va asosliligini chuqur tekshirishlari, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini oʻz vaqtida bartaraf etishlari lozim.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 12-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-son