08.11.1999 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekstraditsiya to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi, bundan keyin — Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlariga amal qilib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkala mamlakatning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi samarali hamkorligiga ko‘maklashib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suverenitet, teng huquqlilik va birgalikda manfaatdorlikni o‘zaro hurmat qilish asosida,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagilar to‘g‘risida ahdlashib oldilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda
Berish majburiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq tegishli iltimosnomaga binoan jinoiy jazoga tortish yoki hukmni ijro etish uchun ularning hududida turgan shaxslarni bir-biriga berish majburiyatini oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda
Berishga olib keladigan jinoyatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Shartnoma maqsadlari uchun berishga olib keladigan jinoyatlar deb Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunlariga ko‘ra bir yildan kam bo‘lmagan yoki yanada jiddiyroq jazo beriladigan jinoyatlar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 1-bandi shartlariga amal qilgan holda hukmni ijro etish uchun iltimosnoma bilan murojaat etsa, berish jazo muddatining tugashiga olti oydan ortiq vaqt qolgan holdagina amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu modda maqsadlari uchun, muayyan qilmish har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga ko‘ra jinoyat deb hisoblanishi aniqlansa, uning yuridik kvalifikatsiyasi va atamasi ahamiyatsiz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agar berish to‘g‘risidagi iltimosnoma bir necha alohida jinoiy qilmishlarga taalluqli bo‘lib, ularning bir nechtasi ushbu moddaning 1- va 2-bandlaridagi shartlarga to‘g‘ri kelmasa, lekin ushbu qilmishlardan eng kamida bittasi berishga olib kelishi mumkin bo‘lsa, shaxsni berishga ruxsat etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda
Berish to‘g‘risidagi iltimosnomani rad etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi hollarda berish mumkin bo‘lmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) berish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilayotganda, talab etilayotgan shaxs so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi bo‘lsa yoki so‘ralayotgan davlatda unga siyosiy boshpana berilgan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) berish to‘g‘risidagi iltimosnoma olingan paytda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga binoan, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi yoki hukm istalgan qonuniy asosga ko‘ra ijro etilishi mumkin emas, javobgarlikka tortish muddatining o‘tganligi yoki afv etish ham shunga kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) berish to‘g‘risida iltimosnoma olinguniga qadar, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida berilishi talab etilayotgan shaxsning o‘sha jinoyati bo‘yicha chiqarilgan hukm qonuniy kuchga kirgan yoki ushbu ish bo‘yicha jinoiy ish harakatdan to‘xtatilgan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) berish to‘g‘risida iltimosnomaga sabab bo‘lgan jinoyat to‘la yoki qisman so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida amalga oshirilgan bo‘lsa, bunga uning bayrog‘i ostidagi kema yoki jinoyat amalga oshirilgan chog‘da uning qonunlariga muvofiq ravishda ro‘yxatga olingan havo kemasi ham kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda
So‘ralayotgan Tomonning jinoiy ta’qibni amalga oshirishdagi majburiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon talab etilayotgan shaxsni u o‘z fuqarosi ekanligi sababli yoki ushbu Shartnoma 3-moddasining 4-bandiga muvofiq berishga rozi bo‘lmasa, shu Ahdlashuvchi Tomon so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosnomasi asosida talab etilayotgan shaxsni unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘ash uchun o‘z vakolatli organlariga topshirishi lozim. Buning uchun so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga ushbu ishga aloqador hujjatlar, dalillar va o‘g‘irlangan buyumlarni topshirishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda
Aloqa tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnomani amalga oshirishda Ahdlashuvchi Tomonlar, agar ushbu Shartnomada boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, o‘zlari tayinlagan vakolatli organlar orqali aloqa bog‘laydilar. Aloqa diplomatik kanallar orqali olib borilishi ham mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda
Tillar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnomani bajarishda Ahdlashuvchi Tomonlar o‘z davlat tillari hamda boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat tiliga yoki ingliz yoxud rus tiliga qilingan tarjimadan foydalanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda
Berish to‘g‘risida iltimosnoma va zarur hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Berish to‘g‘risida iltimosnoma yozma ravishda yuboriladi. Unda berish talab etilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, fuqaroligi hamda turar joyi yoki bo‘lib turgan joyi ko‘rsatiladi. Iltimosnomaga, shuningdek quyidagilar ham ilova etilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu shaxsning kim ekanligini aniqlashda asqotadigan ma’lumotlar, shuningdek iloji bo‘lsa, uning qiyofasi, barmoq izlari tasviri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) jinoiy qilmishning daliliy jihatlari, oqibatlari, jumladan yetkazilgan moddiy zarar tafsiloti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu jinoyat toifasiga baho beradigan qonun va uning uchun beriladigan jazoni ko‘zda tutadigan, yoki jinoiy javobgarlikka tortishning muddatlariga oid tegishli modda matni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Berish talab etilayotgan shaxsni jinoiy ta’qib etish yuzasidan iltimosnomaga ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organi tomonidan berilgan hibsda saqlash to‘g‘risidagi qarorning nusxasi yoki hibsga olish to‘g‘risidagi orderning nusxasi ham ilova etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Hukm ijrosini amalga oshirish uchun berish to‘g‘risidagi iltimosnomaga ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari, quyidagilar ham ilova etilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qonuniy kuchga kirgan hukm yoki sud aniqlovining nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) jazoning o‘talgan qismi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Berish to‘g‘risidagi iltimosnoma va uning ilovalari imzolangan va muhr bosib tasdiqlangan bo‘lishi, shuningdek so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tiliga qilingan tarjimasi yoki ingliz tilidagi yoxud ruscha tarjimasi ilova etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda
Qo‘shimcha ma’lumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq, berish to‘g‘risidagi iltimosnomaga ilova etilgan materiallar yetarli emas deb hisoblasa, ushbu Ahdlashuvchi Tomon so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomondan qo‘shimcha ma’lumotlarni maqbul bir muddat ichida taqdim etishni talab qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bunday iltimosnoma olinganidan keyin so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ikki oy muddat ichida qo‘shimcha ma’lumotlarni yetkazib berishi kerak. Uzrli sabablarga ko‘ra ushbu muhlat so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga binoan yana 15 kunga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shu muddat ichida so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etmasa, bu uning iltimosnomadan ixtiyoriy ravishda voz kechganligini bildiradi. Ammo bu hol so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning muayyan shaxsni o‘sha jinoyati tufayli berish to‘g‘risida takror murojaat qilishiga xalaqit bermaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda
Vaqtincha hibsda ushlab turish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatlarda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomondan berishi talab qilinayotgan shaxsni vaqtincha hibsda ushlab turishni so‘rashi mumkin. Bunday tavsiya Xalqaro jinoyat politsiyasi tashkiloti orqali yoki bevosita ravishda, telegraf, teleks, telefaks singari texnikaviy vositalardan foydalanib ham berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tavsiyada berilishi talab etilayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda agar ma’lum bo‘lsa, turar joyi; ishning faktik holatlari haqida qisqacha ma’lumot; 7-moddada ko‘rsatilgan hibsda saqlash to‘g‘risidagi qaror yoki hibsga olish haqida order yoxud hukm chiqarilganligi to‘g‘risida ma’lumot berilishi hamda berish to‘g‘risida iltimosnoma darhol yuborilishi ko‘rsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon bunday tavsiya yuzasidan tezlik bilan o‘z qonunlariga muvofiq qaror chiqaradi va bu to‘g‘rida so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonga xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bunday tavsiyaga asoslanib qo‘lga olingan shaxs, agar so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomondan berish to‘g‘risida iltimosnoma kelib tushmasa, 45 kundan so‘ng ozod qilinadi. Bu muddat tugaguniga qadar so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomondan asoslangan tavsiya berilsa u yana 15 kunga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu moddaning 4-bandiga muvofiq shaxsning ozod qilinishi keyinchalik berish to‘g‘risida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olingan taqdirda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tarafidan qayta hibsga olinishiga monelik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda
Berilishi kerak bo‘lgan shaxsni o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon berish to‘g‘risidagi iltimosnomani o‘z mamlakati qonunlarida ko‘zda tutilgan protseduraga muvofiq ko‘rib chiqib, darhol so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonga o‘z qarorini bildiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomondan berish to‘g‘risidagi iltimosnoma qondirilgani to‘g‘risida xabarni olganidan keyin Ahdlashuvchi Tomonlar o‘tkazish vaqti, joyi va boshqa tegishli masalalarni kelishib oladilar. Talab etilayotgan shaxsni o‘tkazish protsedurasiga Ahdlashuvchi Tomonlar vakolatli organlarining vakillari tomonidan imzolangan ikki nusxadagi bayonnomani tuzish kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Berish to‘g‘risidagi iltimosnomani bajarish butkul yoki qisman rad etilsa, tegishli sabablari ko‘rsatib izohlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu moddaning 5-bandida ko‘rsatilganidan tashqari hollarda, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon berilishi lozim bo‘lgan shaxsni o‘tkazish sanasi belgilanganidan so‘ng 15 kun ichida qabul qilmasa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu shaxsni ozod qilishi va so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning ushbu shaxsni aynan o‘sha jinoyati uchun berish yuzasidan takroriy iltimosnomasini bajarishni rad etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sababga ko‘ra berilishi lozim bo‘lgan shaxsni berishni amalga oshirish uchun tayinlangan vaqtda bera olmasa yoki qabul qilolmasa, u bu to‘g‘rida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni o‘z vaqtida xabardor qilishi kerak. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddaning 2-bandiga muvofiq, bu holda berishning boshqa muddati va unga aloqador masalalar to‘g‘risida kelishib oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda
Berishni kechiktirish va vaqtincha berib turish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Agar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon berish talab etilayotgan shaxsga nisbatan berish to‘g‘risidagi iltimosnomaga aloqasi bo‘lmagan jinoyat yuzasidan jinoiy ta’qib qo‘zg‘agan yoki hukmni ijro etayotgan bo‘lsa, berish kechiktirilishi mumkin. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni berishni kechiktirish to‘g‘risidagi o‘z qarori to‘g‘risida xabardor qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Berishning kechiktirilishi javobgarlikka tortish muddatining o‘tishiga, yoki berish talab etilayotgan shaxs ustidan tergovga jiddiy ziyon yetkazishga olib kelishi mumkin bo‘lsa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonga talab etilayotgan shaxsni Ahdlashuvchi Tomonlar tarafidan kelishilgan shartlarga muvofiq ravishda vaqtincha berishi mumkin. Vaqtincha berilgan shaxs jinoiy ishlar yuzasidan protsessual harakatlar tugagach darhol qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda
Berish to‘g‘risida bir necha davlatdan iltimosnoma kelishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlardan biri bir shaxsni berish to‘g‘risida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomondan hamda yana boshqa bir uchinchi davlatdan iltimosnoma olsa, qaysi iltimosnomani qanoatlantirishni o‘zi hal etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda
Maxsus qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Shartnomaga muvofiq berilgan shaxs so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida iltimosnomada ko‘rsatilgan jinoyatidan boshqa ilgari amalga oshirgan biron-bir jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi yoki hukmni o‘tashga jalb etilishi mumkin emas. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligisiz u uchinchi tomonga berib yuborilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) berilgan shaxs so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududini tark etib, ixtiyoriy ravishda uning hududiga qaytsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) berilgan shaxs qaytish erkinligiga ega bo‘lgani holda g‘ayriixtiyoriy sabablarsiz so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududini 30 kun mobaynida tark etmagan bo‘lsa,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu moddaning 1-bandi qoidalari qo‘llanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda
Takroriy berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar berilgan shaxs jinoiy ta’qib yoki hukm ijrosidan qochib, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududiga qaytib kelsa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosnomasiga ko‘ra bu shaxsni ushbu Shartnomaning 7-moddasida ko‘rsatilgan hujjatlarni talab etmagan holda takroran berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda
Jinoyatga daxldor hujjatlarni berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon o‘z qonunlari doirasida, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosnomasiga ko‘ra berish talab etilayotgan shaxs amalga oshirgan jinoyatda qurol bo‘lib xizmat qilgan narsalarni, shuningdek jinoyat izlari qolgan yoki jinoyat orqasida topilgan narsalarni berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur narsalar berish talab etilayotgan shaxsning o‘limi, qochib ketganligi yoki uni berishning iloji bo‘lmagan boshqa hollarda ham taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan narsalar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning o‘ziga jinoiy ishda ashyoviy dalil sifatida zarur bo‘lsa, ularni berish ish yuzasidan harakatlar tugagunicha kechiktirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agar ushbu narsalar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida hibsga olinishi yoki musodara etilishi lozim bo‘lsa, bu Ahdlashuvchi Tomon ularni bermasligi yoki vaqtincha berib turishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga muvofiq yoki uchinchi tomonning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun berib yuborilgan narsalar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga qaytarilishi lozim bo‘lsa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning shunday iltimosnomasiga ko‘ra so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu narsalarni sud jarayoni yakunlanishi bilanoq qaytarib berishi darkor.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda
Tranzit tashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Agar shaxs uchinchi davlat tarafidan Ahdlashuvchi Tomonlardan biriga boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududi orqali beriladigan bo‘lsa, bu shaxsni olayotgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomondan ushbu shaxsni uning hududidan tranzit tarzida olib o‘tishga ruxsat so‘rashi lozim. Bu qoida havo transportidan foydalanilayotganda, boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga qo‘nish rejalashtirilmagan bo‘lsa, qo‘llanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bunday iltimosnoma olingach, uni bajarish so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning asosiy manfaatlariga ziyon yetkazmaydigan va qonunlariga xilof kelmaydigan bo‘lsa, qondirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tranzit davlati olib o‘tilayotgan shaxsni kuzatib borayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakillariga zarur yordamni beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda
Natijalar to‘g‘risida xabar berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlariga ularga berilgan shaxslarga nisbatan jinoiy ta’qib yoki hukmning ijro etilishi yoxud ushbu shaxsni uchinchi davlatga berish amalga oshirilganmi-yo‘qmi, shu to‘g‘rilarda xabar beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda
Xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Berishga aloqador xarajatlar hududida bu ishlar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomon zimmasida bo‘ladi. Biroq berishga aloqador transport va transportda tashish xarajatlarini so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon ko‘taradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda
Maxfiylikka rioya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon iltimos qilsa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon berish to‘g‘risida iltimosnoma olinganligi, uning mazmuni va tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek bunday yordam berilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sir tutish choralarini ko‘radi. Basharti, berish to‘g‘risidagi iltimosnomani bajarish bu iltimosni qondirishga imkon bermaydigan bo‘lsa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu to‘g‘risida so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonga xabar beradi, u esa maxfiy saqlash to‘g‘risidagi iltimosni qondirish shartmi-yo‘qmi, hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ham so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomondan o‘zi bergan shohidlik va axborotni sir tutishni iltimos qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda
Bahslarni hal etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnomani talqin etish yoki bajarish asnosida yuzaga chiqadigan har qanday bahs diplomatik kanallar orqali maslahatlashib hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda
Boshqa xalqaro shartnomalarga munosabat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi Tomonlarning boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda
Shartnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra ushbu Shartnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda
Shartnomaning kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi kerak. Ratifikatsiya yorliqlari Toshkent shahrida almashtiriladi. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya yorliqlari almashtirilganidan keyin o‘ttizinchi kuni kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Shartnomaning amal qilish muddati cheklanmagan. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni diplomatik kanallar orqali yozma ravishda ushbu Shartnoma faoliyatini to‘xtatish niyatidan xabardor qilishi mumkin. Shunday xabarnoma olinganidan olti oy keyin ushbu Shartnoma kuchdan qoladi. Ushbu Shartnoma faoliyatining to‘xtatilishi unga qadar shaxslarni berish yuzasidan boshlangan ishni tugallashga hech bir xalaqit bermasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pekin shahrida, 1999-yil 8-noyabrda, ikki nusxada, har biri o‘zbek, xitoy va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnoma qoidalarini talqin qilishda har xilliklar yuzaga chiqsa, rus tilidagi matndan foydalaniladi.

(imzolar)