15.06.2000 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bilan
Tojikiston Respublikasi oʻrtasida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
UShLAB BERISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkala Ahdlashuvchi Tomonning hamkorligi samarasini jinoyatchilikka qarshi kurashishda jinoiy huquqbuzarlikni amalga oshirgan shaxslarni oʻzaro berish toʻgʻrisida quyidagi qoidalarni qabul qilish orqali oshirish niyatida,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoyatchilikka barham berish va uning oldini olish boʻyicha konkret choralar koʻrishni taqozo etishini eʼtirof qilib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1- modda
Ushlab berish majburiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomada koʻzda tutilgan shartlarga muvofiq, ularning hududida boʻlib turgan berishni taqozo etadigan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida soʻrayotgan davlatda qidirilayotgan, yoki shunday jinoyatlar munosabati bilan hukmni ijro etish maqsadida shaxslarni bir-birlariga berish majburiyatini oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2- modda
Ushlab berishni taqozo etadigan huquqbuzarliklar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnomaga muvofiq, har bir Tomonning qonunlariga muvofiq kamida bir yil ozodlikdan mahrum etish orqali yoki yanada ogʻirroq tarzda jazolanadigan qilmishlar ushlab berishni taqozo etadigan huquqbuzarliklar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3- modda
Fitna, gijgijlash, suiqasd. Gʻayrihududiy yurisdiksiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ikkala Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga koʻra har qanday shaxsning fitna, gijgijlash, suiqasdga urinish kabi qilmishlari, ushlab berishni taqozo etadigan har qanday huquqbuzarlikni qoʻzgʻashi yoki unda ishtirok etishi huquqbuzarlik deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining istalgan fuqarosi uning hududidan tashqari har qanday joyda amalga oshirgan huquqbuzarlik ikkala Tomonning qonunlariga koʻra huquqbuzarlik hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda
Ushlab berishni rad etish uchun asos
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagi hollarda ushlab berish rad etilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1. Ushlab berilishi talab etilayotgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi boʻlsa. Ushlab berish rad etiladigan boʻlsa, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon iltimos qilsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon shu asosda berilishi soʻralgan shaxsga nisbatan tegishli choralar koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. soʻrov olingan paytda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga koʻra istalgan qonuniy asosda jinoiy ish qoʻzgʻash yoxud hukmni ijro etish mumkin emas, bunga muddati oʻtganlik yoki afvi ham kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3. ushlab berilishi soʻralayotgan shaxsga nisbatan uning oʻsha qilmishi uchun soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonda hukm chiqarilgan yoki shu ish yuzasidan ishlab chiqarishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror qonuniy kuchga kirgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.4. ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborilishiga asos boʻlgan jinoyat butunlay yoki qisman soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida amalga oshirilgan boʻlsa, uning bayrogʻi ostidagi kema yoki jinoyat sodir qilingan vaqtda uning qonunlariga binoan roʻyxatga olingan havo kemasi ham shunga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5- modda
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish majburiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri agar shaxsni ushlab berishning imkoni boʻlmasa yoki adolatli sudlov manfaatlari shuni taqozo etsa, boshqa Tomondan jinoyatni amalga oshirishda gumon qilinayotgan shaxsga nisbatan soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga koʻra jinoiy taʼqibni amalga oshirishni soʻrashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shaxsni ushlab berish imkoni boʻlmasa, Tomonlarning har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga koʻra uning oʻz fuqarolari yoki uning hududida doimiy yashaydigan boshqa shaxslarga nisbatan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga koʻra jinoiy taʼqibni amalga oshirishni soʻrashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda
Ushlab berishni kechiktirish va vaqtincha ushlab berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushlab berilishi soʻralayotgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida jinoiy javobgarlikka tortilgan yoki boshqa jinoyati uchun jazoni oʻtayotgan boʻlsa, ushlab berish ish boʻyicha tadbirlar yakunlanishiga qadar, jazoni oʻtab boʻlish yoki muddatidan oldin ozod qilinishiga qadar kechiktirilishi mumkin, bu toʻgʻrida soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonga xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan ushlab berishning kechiktirilishi javobgarlikka tortish muddatining oʻtib ketishiga sabab boʻlsa yoki berilishi soʻralayotgan shaxsning qilmishlarini tekshirishga jiddiy ziyon yetkazadigan boʻlsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon talab qilinayotgan shaxsni ushlab berishni kechiktirish oʻrniga uni soʻrayotgan Tomon bilan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasida belgilanadigan shartlar asosida vaqtincha ushlab berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vaqtincha ushlab berilgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga ish boʻyicha tadbirlar tugaganidan soʻng, uzogʻi bilan uch oy ichida qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda
Ushlab berish protsedurasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tomonlar ushlab berish masalasida Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi va Tojikiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi orqali hamkorlik qiladilar, tegishli soʻrovlar ular orqali yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. ushlab berilishi soʻralayotgan shaxsning familiyasi va ismi (ota ismi), uning fuqaroligi, yashash yoki boʻlib turish joyi va boshqa zarur materiallar, shuningdek, iloji boʻlsa bu shaxsning ogʻzaki qiyofasi, fotorasmlari va barmoq izlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. ushbu jinoyatni malakalagan nizomning tegishli matni, yoki, zarur topilsa, tegishli qonunning shunday huquqbuzarlik taalluqli boʻlgan matni hamda ayni jinoyat uchun beriladigan jazo.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agar shaxs qilgan jinoyati uchun ayblanayotgan boʻlsa, ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovga ushbu shaxsni hibsga olish toʻgʻrisidagi qarorning tasdiqlangan nusxasi hamda shaxsni jinoiy ishda ayblanuvchi sifatida qatnashishga tortish toʻgʻrisidagi qaror ilova etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agar shaxs qilgan jinoyati uchun sudlangan boʻlsa, ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovga qonuniy kuchga kirgan hukmning tasdiqlangan nusxasi yoki undan ayblov qismi va chiqarilgan hukm bayonidan tasdiqlangan koʻchirma hamda agar hukm qilingan shaxs jazoning bir qismini oʻtagan boʻlsa, jazoning oʻtalmagan qismi toʻgʻrisida maʼlumotlar ilova etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu Shartnoma boʻyicha unga taqdim etilgan axborot soʻrov yuzasidan qaror chiqarish uchun yetarli emas, deb hisoblasa, tez orada qoʻshimcha axborot taqdim etilishi darkor.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov va unga ilova etiladigan hujjatlar ushbu Shartnomaning 16-moddasi qoidalariga muvofiq toʻldiriladi, gerbli muhr hamda vakolatli mansabdor shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8- modda
Ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov olinguncha ushlab turish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushlab berilishi soʻralayotgan shaxs yashirinishi mumkin boʻlsa, soʻrayotgan Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga talab etilayotgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov olingunicha ushlab berish toʻgʻrisida murojaat etishi mumkin. Bunday murojaatnoma Xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti (Interpol) orqali, matnni uzatishning texnikaviy vositalari, chunonchi telegraf, teleks, telefaks, elektron pochtadan foydalangan holda berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bunday murojaatnomada talab etilayotgan shaxsning tavsifi, ushlab berish toʻgʻrisida soʻrovning yuborilishi toʻgʻrisida xabar, hibsga olish toʻgʻrisida qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukmning mavjudligi toʻgʻrisida bildirish, ushbu jinoyat uchun tayinlanadigan yoki tayinlangan jazo toʻgʻrisida maʼlumot (bunga muddatning yana qancha qismini oʻtash lozimligi toʻgʻrisida maʼlumot ham kiradi), ushbu ish yuzasidan maʼlumotlarning qisqacha bayoni hamda talab etilayotgan shaxsning boʻlish joyi toʻgʻrisida xabar ham kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Soʻralayotgan Tomon bunday murojaatnoma yuzasidan darhol oʻz qonunlariga muvofiq qaror chiqaradi va bu haqda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni zudlik bilan xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bunday murojaatnoma asosida ushlangan shaxs, agar ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov kelib tushmasa, oʻttiz kundan keyin ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov va tasdiqlovchi keyinchalik olinsa, shaxsning ushbu modda 4-bandiga muvofiq ozod qilinishini talab qilinayotgan shaxsning qayta tutilishi va mahbus sifatida ushlab berilishiga monelik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda
Maxsus qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Berilgan shaxs soʻralayotgan Tomonning roziligisiz soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida soʻrovda koʻrsatilganidan boʻlak huquqbuzarlikni amalga oshirganligi, shuningdek uni ushlab berish toʻgʻrisidagi asoslovda taqdim etilgan, biroq kamroq ahamiyatli boʻlgan huquqbuzarliklar uchun jazoga tortilmasligi hamda Ahdlashuvchi Tomonning oldindan roziligi olinmasdan turib, ushbu shaxs biron-bir uchinchi davlatga berib yubormasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi hollarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligi talab etilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. ushlab berilgan shaxs jinoiy taʼqib, jazoni oʻtash tugaganligi yoki istalgan qonuniy asosda ozod etilganidan keyin 30 kun ichida, imkoni boʻlgani holda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududini tark etmagan boʻlsa. Ushlab berilgan shaxs soʻrayotgan Tomon hududini oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra tark etishiga imkon boʻlmagan vaqt bunga qoʻshilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. berilgan shaxs soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududini tark etgach, oʻz ixtiyori bilan yana unga qaytib kelsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu modda 1-bandining qoidalari shaxs soʻrayotgan Tomonga qaytib kelganidan keyin amalga oshirgan huquqbuzarliklarga yoki bu huquqbuzarliklarga bogʻliq ravishda kelib chiqadigan masalalarga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda
Hujjatlar va isbotlarni tan olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon hududida uning qonunlariga muvofiq ravishda nashr etilgan yoki tasdiqlangan, shuningdek vakolatli sudlar va boʻlak organlar tarafidan belgilangan tartibda olingan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida legalizatsiya qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bir Ahdlashuvchi Tomon hududida rasmiy hisoblangan hujjatlar ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida ham rasmiy hujjatlarning dalillovchi kuchiga molik boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11- modda
Ushlab berish toʻgʻrisida bir xil iltimoslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlardan biri bir shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida bir vaqtning oʻzida boshqa Tomon hamda biron-bir uchinchi davlatdan soʻrov olsa, qaysi soʻrovni qanoatlantirishni uning oʻzi hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda
Shaxsni oʻtkazish .
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushlab berish toʻgʻrisida iltimos qanoatlantirilganligi haqidagi xabarni olgan Ahdlashuvchi Tomonlar iloji boricha qisqa vaqt ichida talab etilayotgan shaxsni oʻtkazishning vaqti, joyi va tartibini belgilaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Talab etilayotgan shaxsni oʻtkazish tartibi soʻralayotgan va Ahdlashuvchi Tomonlar vakolatli organlari vakillari tomonidan imzolanadigan ikki nusxadagi bayonnoma tuzishni oʻz ichiga olishi mumkin. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon vakillarining talab qilinayotgan shaxsni olish uchun vakolati zarur hollarda Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida oldindan tuzilgan ahdnomalarga muvofiq tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan oʻn besh kun ichida qabul qilib olinadi. Agar shaxs kelishilgan muddat ichida qabul qilib olinmasa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon uni ozod qilishi va bu shaxsni ayni jinoyati uchun takror ushlab berishni rad qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan birortasi ushlab berilishi lozim boʻlgan shaxsni oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bera olmasa yoki qabul qila olmasa, u bu toʻgʻrida boshqa Ahdlashuvchi Tomonga darhol xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13- modda
Tranzit oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Agar shaxs biron-bir Ahdlashuvchi Tomonga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududi orqali uchinchi davlatdan olib kelinadigan boʻlsa, ushbu shaxs beriladigan Tomon boshqa Tomondan ushbu shaxsni uning hududi orqali tranzit oʻtkazish uchun ruxsat berishni soʻraydi. Bu qoida havo transportidan foydalanilayotgan va boshqa Tomonning hududida qoʻnib oʻtish moʻljallanmagan hollarda qoʻllanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tegishli axborot bitilgan bunday soʻrov olingach, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu soʻrovni oʻz qonunlarida koʻzda tutilgan tartiblarga muvofiq koʻrib chiqadi. Agar bu soʻrovni bajarish uning tub maqsadlariga ziyon yetkazmasa, soʻralayotgan Tomon uni tezda qondirish chorasini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tranzit tashish chogʻida tranzit davlati shaxsni hibsda saqlashning yuridik imkoniyatlarini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Moʻljallanmagan qoʻnish hollarida tranzit olib oʻtilishi toʻgʻrisida soʻrov berilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon kuzatuvchi xodimning iltimosiga koʻra, tranzit tashish toʻgʻrisida ushbu moddaning 1-bandi qoidalariga muvofiq soʻrov olingunicha 48 soatlik vaqt mobaynida shaxsni hibsda ushlab turishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda
Jinoyatga aloqador narsalarni berib yuborish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunlarida belgilangan tartiblar doirasida, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning soʻroviga koʻra, berilayotgan shaxs amalga oshirgan jinoyat quroli boʻlib xizmat qilgan, shuningdek jinoyat izlari qolgan yoki jinoyat orqasida topilgan narsalarni berib yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur narsalar ushlab berilishi lozim boʻlgan shaxsning oʻlimi, qochib ketganligi yoki boshqa sabablar bilan amalga oshmay qolgan hollarda ham berib yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan narsalarni berib yuborishni, agar ular soʻralayotgan Tomonda boshqa jinoiy ish koʻrib chiqilishi uchun lozim boʻlsa, bu ish yakunlanguniga qadar orqaga surishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Uchinchi shaxslarning berib yuborilgan narsalarga huquqlari oʻz kuchida qoladi. Ishni koʻrib chiqish yakunlanganidan keyin bu narsalar ularni bergan Tomonga bepul qaytarib beriladi. Agar ularning egalari uchinchi davlat hududida boʻlsalar, narsalarni soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon ularga oʻz hisobidan yetkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Narsalar va pul mablagʻlarini oʻtkazish soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunlarida koʻzda tutilgan doirada boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15- modda
Ushlab berish yuzasidan xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushlab berishga aloqador barcha xarajatlarni hududida ushlab berish amalga oshiriladigan Ahdlashuvchi Tomon koʻtaradi. Ushlab berilgan shaxsni ikkinchi Tomon hududi orqali uchinchi davlatdan tranzit tashish xarajatlari tranzitni amalga oshirayotgan Tomon zimmasida boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16- modda
Tillar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnomani bajarishda Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz davlat tillaridan foydalanadilar va boshqa Tomonning davlat tilidagi yoki rus tilidagi tarjimasini ilova etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17- modda
Xalqaro shartnomalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi Tomonlarning ular ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18- modda
Maslahatlashuvlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar istalgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga binoan ushbu Shartnomani yaxlit yoinki undagi biron-bir konkret jihatni talqin qilish va qoʻllash yuzasidan darhol maslahatlashuv oʻtkazadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda
Toʻldirish va oʻzgartishlar kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnomaga Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan toʻldirish va oʻzgartishlar kiritilish mumkin. Ular rasmiylashtiriladi.alohida Bayonnomalar tarzida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda
Ratifikatsiya va faoliyatini toʻxtatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi kerak hamda ratifikatsiya yorliqlari almashingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Istalgan Ahdlashuvchi Tomon diplomatik kanallar orqali xohlagan vaqtda ikkinchi Tomonga bildirishnoma yuborib, uning faoliyatini toʻxtatishi mumkin. Ushbu Shartnoma shunday bildirishnoma olingach olti oydan keyin oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dushanba shahrida, 2000-yil 15-iyunda ikki nusxada, oʻzbek, tojik va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Shartnomani talqin qilishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(imzolar)