Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizligi xizmatining
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizligi xizmatining
Qarori
Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2569]
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 2-son) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ–2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 373-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
1. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh prokuror R. QODIROV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-mart,
4-q/q-son
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-mart,
5-son
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-mart,
5-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-mart,
21-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2014-yil 4-martdagi 4-q/q, 5, 5, 21-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 1-noyabrdagi 33-QQ-son, Mudofaa vazirligining 2022-yil 22-oktabrdagi 31-son, Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 20-oktabrdagi 53qq-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 21-oktabrdagi 15-son, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 19-oktabrdagi 5-son va Milliy gvardiyasining 2022-yil 24-oktabrdagi 5145-sonli qarori (roʻyxat raqami 2569-1, 10.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2022-y., 10/22/2569-1/1010-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilariga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
reabilitatsiya — qonunga xilof yoki asossiz ravishda jinoiy taʼqib qilingan harbiy xizmatchining mahrum etilgan yoki cheklangan huquq va erkinliklarini tiklash hamda yetkazilgan zararni qoplash;
reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchi — qonunga xilof ravishda hukm qilingan, ushlab turilgan, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlangan, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganligi tufayli vazifasidan chetlashtirilgan yoxud tibbiy muassasaga joylashtirilganligi natijasida unga yetkazilgan mulkiy zararning undirilishini hamda maʼnaviy ziyon oqibatlari bartaraf etilishini talab qilish huquqiga ega boʻlgan hamda huquq va erkinliklari tiklangan harbiy xizmatchi;
mulkiy ziyon — harbiy xizmatchiga qarshi sodir etilgan qonunga xilof harakat (harakatsizlik) oqibatida yetkazilgan moddiy zarar;
maʼnaviy zarar — harbiy xizmatchiga qarshi sodir etilgan qonunga xilof harakat (harakatsizlik) oqibatida u boshidan kechirgan (oʻtkazgan) maʼnaviy va jismoniy (kamsitish, jismoniy ogʻriq, zarar koʻrish, noqulaylik va boshqa) azob;
boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlar — harbiy xizmatchining harbiy va boshqa unvonlari, davlat mukofotlari va boshqa huquqlari.
Oldingi tahrirga qarang.
yagona milliy tizim — xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʻozlari va boshqa yuridik hujjatlarning elektron tarzda qabul qilinishi hamda tegishli pochta aloqasi bogʻlamasi tomonidan qogʻoz koʻrinishida chop etilib, koʻrsatilgan manzillar boʻyicha pochta aloqasi obyektlari tarmogʻi orqali yetkazib berilishini, yetkazilganligini tasdiqlashni, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishni taʼminlovchi axborot tizimi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 1-noyabrdagi 33-QQ-son, Mudofaa vazirligining 2022-yil 22-oktabrdagi 31-son, Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 20-oktabrdagi 53qq-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 21-oktabrdagi 15-son, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 19-oktabrdagi 5-son va Milliy gvardiyasining 2022-yil 24-oktabrdagi 5145-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2569-1, 10.11.2022-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2022-y., 10/22/2569-1/1010-son)
3. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchi xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklashni hamda oʻziga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash va maʼnaviy zarar oqibatlarini bartaraf etishni talab qilish huquqiga ega.
II bob. Reabilitatsiya asoslari va oqibatlari
1-§. Asosiy qoidalar
4. Oqlov hukmi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasida nazarda tutilgan holatlar harbiy xizmatchini reabilitatsiya etishga asos boʻladi.
5. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchining xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tiklanishi, unga yetkazilgan mulkiy ziyon qoplanishi va maʼnaviy zarar oqibatlari bartaraf etilishi lozim.
6. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchi vafot etgan taqdirda, uning merosxoʻrlari va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi bilan taʼminlanishi lozim boʻlganlar jumlasiga kiruvchi oila aʼzolari harbiy xizmatchining huquqlarini tiklab berishni soʻrab tegishli organga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
7. Vakolatli organ murojaatni koʻrib chiqish jarayonida tegishli tashkilotlardan murojaat yuzasidan zarur hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchining xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash hamda oʻziga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash va maʼnaviy zarar oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha murojaati, shuningdek uning merosxoʻrlari va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi bilan taʼminlanishi lozim boʻlganlar jumlasiga kiruvchi oila aʼzolarining harbiy xizmatchining huquqlarini tiklab berish boʻyicha murojaatlari vakolatli organlar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi shart.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2-§. Harbiy xizmatchining xizmatga oid huquqlarini tiklash
9. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchi ilgari xizmat qilgan joyiga (lavozimiga) tiklanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy qism yoki muassasaning tugatilganligi yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar uni oldingi xizmat qilgan joyiga (lavozimiga) tiklash imkoniyatini bermagan taqdirda, harbiy xizmatchi avvalgisiga teng boshqa xizmat joyiga (lavozimiga) tiklanishi lozim.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oliy harbiy va oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasasidan chetlashtirilgan harbiy xizmatchi iltimosiga koʻra oʻqishga tiklanishi shart.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 1-noyabrdagi 33-QQ-son, Mudofaa vazirligining 2022-yil 22-oktabrdagi 31-son, Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 20-oktabrdagi 53qq-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 21-oktabrdagi 15-son, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 19-oktabrdagi 5-son va Milliy gvardiyasining 2022-yil 24-oktabrdagi 5145-sonli qarori (roʻyxat raqami 2569-1, 10.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2022-y., 10/22/2569-1/1010-son)
11. Vakolatli organning reabilitatsiya etish boʻyicha qarori kuchga kirgandan soʻng, harbiy xizmatchi oldingi xizmat qilgan joyiga (lavozimiga) yoxud shunga teng boshqa xizmat joyiga (lavozimiga) tiklash vakolatiga ega boʻlgan organga yoki sudga murojaat qiladi.
12. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchining qonunga xilof ravishda ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangan, jazo oʻtagan, lavozimidan chetlashtirilganligi tufayli xizmat qilmay yurgan va tibbiy muassasada saqlangan vaqti umumiy xizmat va ixtisoslik boʻyicha xizmat davriga oxirgi lavozimiga mutanosib ravishda hisoblab qoʻshiladi.
13. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchining murojaatiga hamda vakolatli organning harbiy xizmatchini reabilitatsiya etish toʻgʻrisidagi kuchga kirgan qaroriga asosan, tegishli organ tomonidan harbiy xizmatchini oldingi xizmat joyiga (lavozimiga) yoxud shunga teng boshqa xizmat joyiga (lavozimiga) tiklash haqida buyruq chiqariladi. Mazkur buyruqda harbiy xizmatchini harbiy xizmatdan boʻshatish (lavozimdan chetlashtirish) haqidagi buyruqning bekor qilinganligi ham koʻrsatiladi.
3-§. Harbiy xizmatchining pensiya olish huquqini tiklash
Oldingi tahrirga qarang.
14. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchining, basharti u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pensiya olish huquqiga ega boʻlsa, pensiya olish huquqi tiklanishi shart.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
15. Vakolatli organning reabilitatsiya etish boʻyicha qarori kuchga kirgandan soʻng, harbiy xizmatchi pensiya olish huquqini tiklash yuzasidan tegishli vakolatli organga yoki sudga murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchining pensiya olish huquqini tiklash tegishli vakolatli organning harbiy xizmatchiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
4-§. Harbiy xizmatchining uy-joydan foydalanish huquqini tiklash
Oldingi tahrirga qarang.
17. Qonunchilik hujjatlariga xilof ravishda hukm etilganligi yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilganligi tufayli uy-joydan foydalanish huquqidan mahrum boʻlgan reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchiga ilgari u egallab turgan uy-joy qaytarib beriladi, basharti uni qaytarib berishning imkoni boʻlmasa, oʻsha aholi punktining oʻzida avvalgisiga teng qulayliklarga ega boʻlgan uy-joy beriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
18. Vakolatli organning reabilitatsiya etish boʻyicha qarori kuchga kirgandan soʻng, harbiy xizmatchi uy-joydan foydalanish huquqini tiklash yuzasidan oldingi xizmat qilgan joyiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchining uy-joydan foydalanish huquqini tiklash tegishli vakolatli organning harbiy xizmatchini qonunchilik hujjatlariga muvofiq uy-joy bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qarori bilan rasmiylashtiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
5-§. Harbiy xizmatchining boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash
20. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchining harbiy va boshqa unvonlari tiklanadi hamda davlat mukofotlari qaytariladi.
21. Vakolatli organning reabilitatsiya etish boʻyicha qarori kuchga kirgandan soʻng, harbiy xizmatchi harbiy va boshqa unvonlari tiklanishi, davlat mukofotlari qaytarilishi yuzasidan sudga murojaat qilishi mumkin.
Qonunga xilof ravishda qabul qilingan hukmga asosan harbiy unvonidan mahrum qilingan harbiy xizmatchini reabilitatsiya qilish yoki noqonuniy qarorni bekor qilish haqida sudning qarori kuchga kirgandan keyin harbiy xizmatchining harbiy unvonidan mahrum qilingan kundagi unvoni tiklanadi.
22. Sudning reabilitatsiya qilingan harbiy xizmatchini avvalgi harbiy unvoniga tiklash uchun asos boʻluvchi qaroriga asosan, tegishli organ tomonidan harbiy xizmatchini avvalgi harbiy unvoniga tiklash uchun zarur hujjatlar rasmiylashtiriladi hamda tegishli vazirlik yoki idoraga yuboriladi.
Bunda harbiy xizmatchini avvalgi harbiy unvoniga tiklash mazkur harbiy unvonni berish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchining davlat mukofotlariga nisbatan huquqlari sud qarori asosida tegishli organlarning iltimosnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda tiklanishi mumkin.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 1-noyabrdagi 33-QQ-son, Mudofaa vazirligining 2022-yil 22-oktabrdagi 31-son, Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 20-oktabrdagi 53qq-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 21-oktabrdagi 15-son, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 19-oktabrdagi 5-son va Milliy gvardiyasining 2022-yil 24-oktabrdagi 5145-sonli qarori (roʻyxat raqami 2569-1, 10.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2022-y., 10/22/2569-1/1010-son)
24. Vakolatli organning reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchining harbiy va boshqa unvonlariga hamda davlat mukofotlariga nisbatan huquqlarini tiklash toʻgʻrisidagi hujjatida harbiy xizmatchini harbiy va boshqa unvonlardan hamda davlat mukofotidan mahrum qilish haqidagi hujjatning bekor qilinganligi ham koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Harbiy va boshqa unvoni hamda davlat mukofotlariga nisbatan huquqlari tiklangan harbiy xizmatchi qonunchilik hujjatlarida ushbu unvon va davlat mukofotlari uchun belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
6-§. Harbiy xizmatchiga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash va maʼnaviy zarar oqibatlarini bartaraf etish
26. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchiga yetkazilgan mulkiy ziyon qoplanadi va maʼnaviy zarar oqibatlari bartaraf etiladi.
27. Harbiy xizmatchiga yetkazilgan quyidagi mulkiy ziyonlar tegishli vazirlik yoki idoralar tomonidan toʻla hajmda qoplanishi zarur:
a) reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchi oʻziga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida mahrum boʻlgan pul taʼminoti va harbiy xizmat bilan bogʻliq boshqa daromadlar;
b) pensiya va nafaqalar, basharti ularni toʻlash toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa;
v) pullar, pul jamgʻarmalari va ularga toʻlanadigan foizlar, davlat zayomi obligatsiyalari va ularga chiqqan yutuqlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar, shuningdek sudning hukmi, ajrimiga (qaroriga) asosan musodara qilingan yoxud davlat foydasiga oʻtkazilgan ashyolar yoxud boshqa mol-mulkning qiymati;
g) surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan olingan va yoʻqotilgan mol-mulk qiymati;
d) sud hukmini ijro qilish chogʻida undirilgan jarimalar va sud chiqimlari;
e) yuridik yordam koʻrsatilishi uchun harbiy xizmatchi tomonidan advokatlar byurosiga, hayʼatiga yoki firmasiga toʻlangan pul, shuningdek unga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida qilingan boshqa xarajatlar.
28. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchi vafot etgan taqdirda, mazkur Nizomning 27-bandi “a”, “v”, “g”, “d” va “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga uning merosxoʻrlari, “b” kichik bandida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga esa, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi bilan taʼminlanishi lozim boʻlganlar jumlasiga kiruvchi oila aʼzolari ega boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra chiqarilgan oqlov hukmida yoki ishni tugatish haqidagi ajrimda sud, ishni tugatish toʻgʻrisidagi qarorda esa surishtiruvchi, tergovchi, prokuror reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchining oʻziga yetkazilgan mulkiy ziyonni undirib olish huquqini eʼtirof etishlari lozim. Hukm, ajrim yoki qarorning nusxasi reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchiga topshiriladi yoki yagona milliy tizimdan foydalanilgan holda pochta aloqasi orqali yetkazib beriladi. Ayni vaqtda unga hukm, ajrim yoki qaror ustidan shikoyat qilish tartibi, shuningdek mulkiy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklab olish tartibi tushuntiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 1-noyabrdagi 33-QQ-son, Mudofaa vazirligining 2022-yil 22-oktabrdagi 31-son, Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 20-oktabrdagi 53qq-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 21-oktabrdagi 15-son, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 19-oktabrdagi 5-son va Milliy gvardiyasining 2022-yil 24-oktabrdagi 5145-sonli qarori (roʻyxat raqami 2569-1, 10.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2022-y., 10/22/2569-1/1010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Reabilitatsiya etish toʻgʻrisida qaror chiqargan sud, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchidan ariza tushgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan mulkiy ziyon miqdorini aniqlaydi, zarurat tugʻilganda buning uchun vazirlik va idoralarning iqtisodiyot va moliya organlaridan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlaridan hisob-kitob talab qilib oladi. Ish apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrish chogʻida sud tomonidan tugatilgan boʻlsa, ziyon miqdorini hukm chiqargan sud mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablari asosida aniqlaydi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Mulkiy ziyonning miqdori hisoblab chiqarilganidan keyin bu ziyonni qoplash uchun pul toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisida sud ajrim, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi.
Ajrim yoki qarorning nusxasi gerbli muhr bilan tasdiqlanib, toʻlovni amalga oshirishi lozim boʻlgan organlarga taqdim etish uchun reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchiga, u vafot etgan boʻlsa, ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan shaxslarga beriladi yoki yagona milliy tizimdan foydalanilgan holda pochta aloqasi orqali yetkazib beriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 1-noyabrdagi 33-QQ-son, Mudofaa vazirligining 2022-yil 22-oktabrdagi 31-son, Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 20-oktabrdagi 53qq-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 21-oktabrdagi 15-son, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 19-oktabrdagi 5-son va Milliy gvardiyasining 2022-yil 24-oktabrdagi 5145-sonli qarori (roʻyxat raqami 2569-1, 10.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2022-y., 10/22/2569-1/1010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1021-moddasiga muvofiq, zarar harbiy xizmatchiga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda boʻlish haqida tilxat olishni qonunga xilof tarzda qoʻllanish, qonunga xilof tarzda maʼmuriy jazo qoʻllanish va qonunga xilof tarzda ushlab turish, shuningdek har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash natijasida yetkazilgan boʻlsa, maʼnaviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qatʼi nazar, qoplanishi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 1-noyabrdagi 33-QQ-son, Mudofaa vazirligining 2022-yil 22-oktabrdagi 31-son, Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 20-oktabrdagi 53qq-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 21-oktabrdagi 15-son, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 19-oktabrdagi 5-son va Milliy gvardiyasining 2022-yil 24-oktabrdagi 5145-sonli qarori (roʻyxat raqami 2569-1, 10.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2022-y., 10/22/2569-1/1010-son)
33. Maʼnaviy zarar pul bilan qoplanadi. Maʼnaviy zararni qoplash miqdori reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchiga yetkazilgan jismoniy va maʼnaviy azoblarning xususiyatiga qarab sud tomonidan aniqlanadi.
Jismoniy va maʼnaviy azoblarning xususiyati maʼnaviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan holda sud tomonidan baholanadi.
34. Maʼnaviy zarar toʻlanishi lozim boʻlgan mulkiy zarardan qatʼi nazar, qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchi ushlab turilganligi, qamalganligi yoki uy qamogʻida turganligi, lavozimidan chetlashtirilganligi, tibbiy muassasaga joylashtirilganligi yoki hukm qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan chiqarilgan buyruq orqali eʼlon qilingan, radio, televideniye yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan boʻlsa, reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchining, u vafot etgan boʻlsa, qarindoshlarining, sud, prokuror, tergovchining va surishtiruvchining talabiga koʻra tegishli vakolatli organ hamda ommaviy axborot vositalari uning reabilitatsiya etilganligi toʻgʻrisida bir oy ichida xabar berishlari shart.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 1-noyabrdagi 33-QQ-son, Mudofaa vazirligining 2022-yil 22-oktabrdagi 31-son, Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 20-oktabrdagi 53qq-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 21-oktabrdagi 15-son, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 19-oktabrdagi 5-son va Milliy gvardiyasining 2022-yil 24-oktabrdagi 5145-sonli qarori (roʻyxat raqami 2569-1, 10.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2022-y., 10/22/2569-1/1010-son)
III bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
36. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
37. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
2014-yil 3-mart
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
2014-yil 3-mart
Moliya vaziri R. AZIMOV
2014-yil 3-mart
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
2014-yil 3-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 11-son, 135-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 10.11.2022-y., 10/22/2569-1/1010-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)