28.04.2000 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining valyuta yakka hukmronligiga putur yetkazadi, ular koʻpincha talon-toroj qilish, poraxoʻrlik, bojxona qonunchiligini buzish kabi jinoyatlar bilan bogʻliq boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud amaliyotini oʻrganish sudlar mazkur toifadagi ishlarni asosan toʻgʻri hal etilishini taʼminlayotganliklarini koʻrsatdi. Shuning bilan birgalikda, valyuta qimmatliklari tushunchalarini turlicha talqin qilish, jinoyatlarni notoʻgʻri tavsiflash kabi xatoliklarga ham yoʻl qoʻyilmoqda.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jazo tayinlashda alohida yondashuv qoidasiga rioya etilmayapti, ayrim hollarda jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pul va boshqa qimmatliklar davlat tasarrufiga oʻtkazilmayapti, valyuta qimmatliklarining qonunga xilof qanday yoʻllar bilan va qaysi manbalardan qoʻlga kiritilayotganligi, jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash masalalariga lozim darajada eʼtibor qaratilmayapti.
(muqaddimaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu munosabat bilan hamda valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyotida vujudga kelayotgan masalalarni tushuntirish zaruriyatidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirib chiqilishi, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritish manbalari, oʻtkazish yoʻllari, usullari, jinoyatlarning barcha ishtirokchilari aniqlanishi va javobgarlikka tortilishiga alohida eʼtibor qaratilishi, jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish uchun barcha choralar koʻrilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, valyuta qimmatliklari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Maxsus qismi sakkizinchi boʻlimida belgilangan boʻlib, uni kengaytirilgan holda talqin etish mumkin emas. Bunday qimmatliklarga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el valyutasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar — fond boyliklari (aksiya, obligatsiya va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el valyutasi bilan toʻlanadigan toʻlov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har qanday koʻrinish va holatdagi qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy), shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari hamda ularning rezgilari bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xom ashyo yoki ishlov berilgan holatdagi tabiiy qimmatbaho toshlar — olmos, yoqut, zumrad, sapfir, aleksandritlar, shuningdek marvaridlar, shunday toshlar hamda ularning rezgilaridan yasalgan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari bundan mustasno.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasiga koʻra, chet el valyutasi jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muomaladagi hamda chet davlat (chet davlatlar guruhi) hududida naqd toʻlovning qonuniy vositasi boʻlgan pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilayotgan yoki muomaladan chiqarilgan, ammo almashtirilishi lozim boʻlgan pul belgilari, chet davlatlarning (chet davlatlar guruhining) pul birliklarida hamda xalqaro pul birliklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisob-kitob birliklarida bank hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan mablagʻlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish deb, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu harakatlar sodir etilgan vaqtda valyuta qimmatliklarini oʻrnatilgan tartiblarni buzgan holda sotib olish, sotish yoki almashtirish tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Valyuta qimmatliklarini saqlash va tashish holatlari oʻzicha valyuta qimmatliklarini noqonuniy olish yoki oʻtkazishni tashkil etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Valyuta qimmatliklariga nisbatan boʻlgan egalik huquqi boshqa shaxsga qonunga xilof ravishda oʻtgan vaqtdan boshlab jinoyat tamom boʻlgan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Chet el valyutasining ancha, koʻp va juda koʻp miqdorda ekanligini belgilash masalasini hal etish tergov va sud organlari vakolatiga kiradi. Ular bu masalani hal etishda bitimlar amalga oshirilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasining pul birligiga nisbatan kursidan kelib chiqishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Fuqarolar tomonidan birinchi marotaba sodir etilgan valyuta qimmatliklarini ancha miqdordan kam miqdorda qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 170-moddasi boʻyicha javobgarlikka sabab boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda ancha miqdordan kam miqdorda olish yoki oʻtkazish, basharti qilmish shunday harakatlarni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida takroran sodir etilgan boʻlsa, JK 177-moddasi birinchi qismi boʻyicha javobgarlikka sabab boʻladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 31-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda ancha miqdorda olish yoki oʻtkazish JK 177-moddasi ikkinchi qismi boʻyicha javobgarlikka sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shaxsda ancha miqdor yoki undan ortiq valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish maqsadi boʻlib, bu maqsadni qismlarga boʻlib amalga oshirsa, uning harakatlari valyuta qimmatliklari umumiy summasidan kelib chiqib, JK 177-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qilmishni JK 177-moddasi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari bilan kvalifikatsiya qilishda jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorda, ayblov dalolatnomasi (ayblov xulosasi) va hukmda aybdorning qilmishi aynan qanday belgiga koʻra javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatda sodir etilgan deb topilganligi aks ettirilishi shart. Bunda shuni inobatga olish lozimki, qilmishni JK 177-moddasi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari bilan kvalifikatsiya qilish uchun shaxs muqaddam valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlishi talab etilmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Valyuta qimmatliklarini bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish, firibgarlik, oʻgʻrilik yoʻli bilan talon-toroj qilish, shuningdek, valyuta qimmatliklarida pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, xizmatchini pora evaziga ogʻdirish, tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish, xizmatchining qonunga xilof ravishda moddiy yoki mulkiy foyda olishi Jinoyat kodeksining faqat ana shunday jinoyatlar uchun javobgarlikni koʻzda tutuvchi moddasi bilan tavsiflanishi lozim va Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan qoʻshimcha tavsiflash talab qilinmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Agar qalbakiligi aybdorga ayon boʻlgan valyuta qimmatliklari koʻrinishidagi, pul muomalasida qoʻllanishini istisno qiladigan darajada haqiqiysiga roʻy-rost oʻxshamaydigan kupyuralar oʻtkazilgan boʻlsa, shuningdek, aybdorda jabrlanuvchini qoʻpol ravishda aldash niyati boʻlganligidan guvohlik beruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksi 176-moddasining tegishli qismi boʻyicha tavsiflanib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan qoʻshimcha tavsiflash talab qilinmaydi. Qalbaki pul yoki qimmatli qogʻozlarni olgan shaxsning qilmishi esa valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olishga suiqasd sifatida tavsiflanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qalbakiligini bilmagani holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olgan va keyinchalik ularni oʻtkazgan shaxsning qilmishi valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish sifatida tavsiflanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga qarashli boʻlgan jinoyat narsalari deb topilgan valyuta qimmatliklarining davlat egaligiga oʻtkazilishi masalasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211, 284, 285-moddalari tartibida hal qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 40510, 471-moddalariga muvofiq, hukm chiqarilganda va jinoyat ishini harakatdan tugatish haqida ajrim qabul qilinganida sudlar ishga qoʻshilgan ashyoviy dalillar masalasini hal etishlari shart. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, egasining yoki foydalanuvchining tasarrufidan gʻayriqonuniy ravishda olib qoʻyilgan valyuta qimmatliklari, qonunda nazarda tutilgan holatlardan tashqari tegishliligi boʻyicha qaytarilishi lozim.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Egasining xohishi bilan jinoiy bitimning obyekti boʻlgan valyuta qimmatliklari, ularning egasi qaysidir asoslarga koʻra jinoiy javobgarlikka tortilmagan taqdirda ham davlat daromadlari hisobiga oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish orqali orttirilgan pul va boshqa qimmatliklar davlat daromadlari hisobiga oʻtkaziladi. Agar jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pul yoki boshqa qimmatliklar topilmasa, olingan summa yoxud qimmatliklarning qiymati davlat foydasiga undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish bilan bogʻliq jinoyat ishlarining sudlarda toʻgʻri koʻrib chiqilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 28-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-son