02.05.2000 yildagi -son
 LexUZ sharhi
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu Shartnomada ko‘zda tutilgan holat va shartlarga muvofiq huquqbuzarlikda ayblanayotgan yoki hukm qilingan, so‘rayotgan Tomon hududida ushbu Shartnomaning 2-moddasida berilgan ta’rifga muvofiq, ushlab berishga olib keladigan huquqbuzarlikni amalga oshirgan hamda so‘ralayotgan Tomon hududida bo‘lib turgan shaxsni, uning ushbu huquqbuzarligi Shartnoma kuchga kirganidan avval yoki keyin amalga oshirilganidan qat’i nazar, boshqa Ahdlashuvchi Tomonga ushlab berish majburiyatini oladi.
2. Ushlab berish, agar shunday holatlarda so‘ralayotgan Tomon ham yurisdiksiyaga ega bo‘ladigan huquqbuzarlik yuzasidan, so‘rayotgan Tomon hududidan tashqarida amalga oshirilgan, ushbu Shartnomaning 2-moddasida berilgan ta’rifga muvofiq keladigan va uning yurisdiksiyasiga kiradigan huquqbuzarlik tufayli ham amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda so‘ralayotgan Tomon huquqbuzarlikning qay darajada og‘ir ekanligini hisobga olgan holda, ishning barcha jihatlariga e’tibor qaratadi.
3. Ushlab berish, shuningdek ushbu Shartnomaning 2-moddasi ta’riflariga muvofiq keladigan, so‘rayotgan Tomonining fuqarosi uchinchi davlatda sodir etgan va so‘rayotgan Tomon o‘z yurisdiksiyasini huquqbuzarning fuqaroligi bilan dalillayotgan huquqbuzarlikka nisbatan, yoki so‘ralayotgan Tomon hududida sodir etilgan hamda shu Tomonning qonunlariga ko‘ra ushlab berishga olib keladigan huquqbuzarlikka nisbatan ham amalga oshirilishi mumkin.
1. Agar so‘ralayotgan Tomon ushbu Shartnoma 5- moddasining 1.1 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra ushlab berishni rad etsa, u bu ishni qabul qilib olib, jinoiy ta’qibni amalga oshirish uchun o‘z vakolatli organlariga topshiradi.
3. Ushbu modda 1-bandining qoidalari shaxs so‘rayotgan Tomonga qaytib kelganidan keyin amalga oshirgan huquqbuzarliklarga yoki bu huquqbuzarliklarga bog‘liq ravishda kelib chiqadigan masalalarga tatbiq etilmaydi.
3. So‘ralayotgan Tomon ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan narsalarni berib yuborishni, agar ular so‘ralayotgan Tomonda boshqa jinoiy ish ko‘rib chiqilishi uchun lozim bo‘lsa, bu ish yakunlanguniga qadar orqaga surishi mumkin.