1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarorini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Reja-jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-noyabr,
915-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 331-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 9/19/331/2970-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-martdagi 104-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 3-son, 9-modda):
a) 1-banddagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat ekologiya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 8-bandning to‘qqizinchi xatboshidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat ekologiya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(2-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
d) 13-banddagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat ekologiya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(2-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar va xizmatlar) ro‘yxatining “Ruxsat berish vakolati bo‘lgan organlar” ustunida:
a) 6-pozitsiyadagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-banddagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 484-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2019-y., 09/19/484/3281-son)
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 126-sonli qaroriga asosan 2021-yil 11-iyundan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/126/0196-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 15-martdagi 96-son qarorining 4-bandidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi 75-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.02.2021-y., 09/21/75/0121-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “Tarkibida simob moddasi bo‘lgan lampalar va priborlardan foydalanish va ularni foydali ravishda ishlatish korxonalari faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida” 2000-yil 23-oktabrdagi 405-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 67-modda):
a) 1 va 2-bandlardagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi”;
v) 6-banddagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organlariga va Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hududiy bo‘linmalariga” so‘zlari “va Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi korxonalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 331-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 9/19/331/2970-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-son qarori bilan tasdiqlagan O‘zbekiston Respublikasida Yer monitoringi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-y., 12-son, 79-modda):
a) 9-band birinchi xatboshidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 18-banddagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Davlat ekologiya” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Chuchuk yer osti suvlari hosil bo‘ladigan zonalarga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maqomini berish to‘g‘risida” 2002-yil 16-yanvardagi 23-son qarorining 4-bandidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda):
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 5-bandi birinchi xatboshi va 31-bandidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabragi 737-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2019-y., 09/19/737/3709-son)
15. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan zonalarga respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomini berish to‘g‘risida” 2002-yil 26-avgustdagi 302-son qarorining 5-bandidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-sonli qaroriga asosan 18-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 3-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2024-y., 09/24/725/0879-son)
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 619-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son)
21. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida va Toshkent shahrida Chirchiq daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va qirg‘oqbo‘yi polosasini belgilash to‘g‘risida” 2003-yil 29-oktabrdagi 471-son qarorining 4-bandidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandi o‘n birinchi xatboshidagi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2003-y., 10-son, 103-modda) “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining “Chuchuk yer osti suvlari chiqadigan zonalarni belgilash to‘g‘risida” 2004-yil 12-yanvardagi 14-son qarorining 5-bandidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
25. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi birinchi xatboshidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda) “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 183-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/183/0308-son)
27. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 60-modda):
a) 5-bandda “Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi deb yuritiladi)” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb yuritiladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(27-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
(27-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
(27-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
uchinchi xatboshidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat ekologiya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
“18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari”.
(27-bandning “g” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
(27-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
e) 24-band ikkinchi xatboshidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat ekologiya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(27-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
(27-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
28. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatining 39, 39-1, 39-2-bandlari “Mas’ul davlat organlari” ustunidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-yanvardagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi birinchi xatboshida va 13-bandi oltinchi xatboshidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 1-son, 5-modda) “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ilovaning 14.4-bandi ikkinchi xatboshidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 34-modda) “Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat ekologiya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
33. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida tuvaloqlarni ko‘paytirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 20-dekabrdagi 276-son qarorining 1-band to‘rtinchi xatboshida va 4-band birinchi xatboshidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalarida (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2009-y., 4-son, 25-modda):
a) 23-band to‘rtinchi xatboshidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 24-banddagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda):
a) 39-bandning uchinchi xatboshida, 47-bandning uchinchi xatboshida va 48-banddagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(35-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
v) 3-ilova 4-bandidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-sonli qaroriga asosan 2019-yil 30-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1050/2395-son)
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son)
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 322-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 09/18/322/1172-son)
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son)
42. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustdagi 243-son qarori bilan tasdiqlangan Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati to‘g‘risidagi nizomda:
a) 21-bandning sakkizinchi xatboshidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat ekologiya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 24-banddagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 26-banddagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 41-banddan “va tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
43. Vazirlar Mahkamasining “Simobli lampalarning ishlatilib bo‘lgan resurslarini to‘plash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 21-sentabrdagi 266-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 79-modda):
a) 6 va 7-bandlarda, 8-band birinchi xatboshidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandning uchinchi xatboshidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14-banddagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
20-banddagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
45. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-sentabrdagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 21-bandidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 62-modda) “Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va uning mahalliy hududiy bo‘linmalari” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
46. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish, shuningdek obyektlarni qurishga ruxsatnomalar berish tartibini tubdan soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 2-son, 13-modda):
“tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga, shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organi deb yuritiladi)”;
141-bandining beshinchi xatboshidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga, shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organi deb yuritiladi)”;
131-bandning uchinchi xatboshidagi “tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasining” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
47. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 19-martdagi 82-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 3-son, st. 20):
a) 2-band birinchi xatboshidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
66-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son)
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/255/1034-son)
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
51. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-maydagi 119-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 5-son, 45-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining yer qa’ri monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risida Nizomda:
a) 17-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 19-banddagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Monitoring olib boruvchi davlat organlari” ustunidagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Axborotni berish” ustunidagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat ekologiya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Umumlashtirilgan axborot” ustunidagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat ekologiya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1009/0455-son)
53. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyundagi 137-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., № 6, 55-modda) bilan tasdiqlangan Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasportini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 9-banddagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
54. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyundagi 164-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., № 6, 64-modda) bilan tasdiqlangan Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalarining 124-bandidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
55. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-avgustdagi 216-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 80-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 15-banddagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi deb ataladi)” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 16, 17 va 18-bandlardagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat” so‘zlari “Davlat ekologiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(55-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
“52. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Davlat ekologiya qo‘mitasi) davlat ekologik ekspertizasi sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘z vaqtida kompleks, xolisona, sifatli ekspertiza o‘tkazilishini va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xulosalar berilishini ta’minlaydi”;
e) ilovaning “Maxsus vakolatli davlat organlari” ustunidagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat” so‘zlari “Davlat ekologiya” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
57. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 243-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 3-banddagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“I bosqich”-pozitsiyasining “Mas’ullar” ustunidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Davlat ekologiya” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
“III bosqich”-pozitsiyasining “Mas’ullar” ustunidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Davlat ekologiya” so‘zlari bilan almashtirilsin.
58. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 104-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektlarini tanlov savdolarida va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan sotishda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdorini va turlarini belgilash, shuningdek davlat mulki obyektlarining oldi-sotdi shartnomalarining xaridorlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandi yettinchi xatboshidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
59. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 295-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2014-y., 10-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
b) 1-ilovaning “Maxsus vakolatli davlat organlari” pozitsiyasidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2018-y., 09/18/605/1607-son)
61. Vazirlar Mahkamasining “Aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga ichimlik suv ta’minotini va oqova suv xizmatini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 3-fevraldagi 19-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 2-son, 6-modda):
6-bandning o‘n birinchi xatboshidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-bandning uchinchi xatboshidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
28-bandning birinchi xatboshidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilovaning “2 bosqich” pozitsiyasida:
“Tadbirlar” ustunining ikkinchi blokidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Davlat ekologiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mas’ul ijrochilar” ustunining ikkinchi blokidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Davlat ekologiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlari boshlig‘i”.
62. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 220-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2015-y., № 7, 66-modda) bilan tasdiqlangan Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini tatbiq etish doirasida o‘z vakolatlari doirasida tibbiy-sanitariya choralarini amalga oshirishga mas’ul davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ro‘yxatining 9-bandida “tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
65. Vazirlar Mahkamasining “Ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2015-yil 8-oktabrdagi 286-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., № 10, 90-modda):
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 25-bandi uchinchi xatboshidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 14-bandidagi va 16-bandining ikkinchi xatboshidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(65-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 09/23/402/0632-son)
66. Vazirlar Mahkamasining “Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga doir namunaviy nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 8-oktabrdagi 287-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 91-modda):
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 16-bandi ikkinchi xatboshidagi “tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(66-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 101-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/101/0153-son)
67. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha umumiy texnik reglamentining 51-bandidagi “tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
68. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 3-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan nizomda:
a) 25-bandning ikkinchi xatboshidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
Davlat ekologik ekspertizani o‘tkazish bosqichida O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Muhofaza etiluvchi tabiiy hududlar”, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunlariga talablari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha harakatlarning istiqbollari va uzoq muddatli dasturlariga muvofiqligi bo‘yicha bosh rejasini kelishadi.
(69-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 996-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 09/19/996/4156-son)
70. Vazirlar Mahkamasining “Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-iyuldagi 238-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 70-modda):
a) 3-banddagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Davlat ekologiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(70-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
(70-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
“41. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining qo‘riqlov xodimlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorlarining barcha huquq va imtiyozlaridan foydalanadilar.
Majmua buyurtma qo‘riqxonasining direktori va uning o‘rinbosari (mavjud bo‘lganda) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha katta inspektorlarga tenglashtiriladi, uning qo‘riqlash xizmati xodimlari esa — ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat inspektorlariga tenglashtiriladi”;
6-banddagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14 va 15-bandlardagi “tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
71. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-avgustdagi 262-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga birinchi navbatda ulanadigan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatining “Davlat qo‘mitalari” bo‘limi 5-bandidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 343-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/343/0520-son)
73. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatining 33-bandidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
74. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentining 57-bandidagi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2016-y., № 10, st. 100) “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
75. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-noyabrdagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Texnik vositalarning elektromagnit mosligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentining 24-bandidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
76. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi 124-son qarori bilan tasdiqlangan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining biologik resurslarini rivojlantirish va ulardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari kompleksida:
a) 6, 8 va 19-pozitsiyalarda “Tabiatni muhofaza qilish davlat” so‘zlari “Davlat ekologiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(77-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
78. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni ularning inson sog‘lig‘iga zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 16-bandning birinchi xatboshidagi “tuman (shahar) hududiy tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 23-banddagi “Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy organlariga, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
79. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentining 45-bandida “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
REJA-JADVALI
T/r
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasining nomi
Asos
Mas’ul ijrochilar
Taqdim etish muddati
Vazirlik va idoralar
Vazirlar Mahkamasi
1.
O‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish hajmlarining davlat hisobini vadavlat kadastrini yuritish to‘g‘risida.
Loyihada hayvonot va o‘simlik dunyosi hisobini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan O‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.
Davlat ekologiya qo‘mitasi,
Davergeodezkadastr,
Davlat o‘rmon qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti
2017-yil 15-dekabr
2.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 31-dekabrdagi 491-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti
2018-yil 25-yanvar
3.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-iyuldagi 220-son qarori bilan tasdiqlangan Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilmoqda.
Loyihada yer qa’ri va keng tarqalgan foydali qazilmalar, shuningdek, daryo o‘zanlarida ekologik xavfsiz vaziyatni ta’minlash maqsadida yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib borish tartibini takomillashtirish nazarda tutilgan.
Davlat ekologiya qo‘mitasi,
Davlat geologiya qo‘mitasi,
“Sanoatgeokontexnazorat” DI, manfaatdor vazirlik va idoralar
Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti
2017-yil 25-dekabr
4.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti
2018-yil 25-yanvar
5.
Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida” 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.
Loyiha bilan Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, qarorni Ovchilik va baliqchilik xo‘jaligini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda ovchilik va baliqchilik qoidalari bilan to‘ldirish nazarda tutilgan.
Davlat ekologiya qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti