1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TARKIBIDA SIMOB MODDASI BOʻLGAN LAMPALAR VA PRIBORLARDAN FOYDALANISH VA ULARNI FOYDALI RAVISHDA ISHLATISH KORXONALARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1999—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻgʻrisida” 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek tarkibida simob moddasi boʻlgan mahsulotlardan soʻzsiz foydalanilishini taʼminlash va atrof muhitni simob bilan ifloslanishdan himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.11.00 Atrof muhitni xalqaro huquqiy muhofaza qilish]
1. Vazirliklar, idoralar, idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga ishlatib boʻlingan va brak qilingan tarkibida simob moddasi boʻlgan lampalar, priborlar, yarim tayyor mahsulotlar va ishlab chiqarish chiqindilarini tarkibida simob moddasi boʻlgan mahsulotlarni foydali ravishda ishlatish yoki zararsizlantirish (demerkurlashtirish) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining tegishli ruxsatnomalariga ega boʻlgan korxonalar va tashkilotlarga topshirish majburiyati yuklansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.06.00 Oʻsimlik dunyosidan foydalanish uchun ruxsatnomalar berish tartibi. Litsenziyalar]
2. Vazirliklar, idoralar, idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan tarkibida simob moddasi boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining tegishli ruxsatnomasisiz foydali ravishda ishlatish yoki zararsizlantirish qatʼiy taqiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.01 Mulkka ega boʻlish huquqi]
3. Belgilansinki, tarkibida simob moddasi boʻlgan mahsulotlarni foydali ravishda ishlatish yoki zararsizlantirish bilan bogʻliq ishlarga vazirliklar, idoralar, idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslarning tarkibida simob moddasi boʻlgan mahsulotlardan foydalanishiga doir zarur meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
yuridik shaxslar tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatnoma olinmasdan, tarkibida simob moddasi boʻlgan mahsulotlar mustaqil foydali ravishda ishlatilishi yoki zararsizlantirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk]
vazirliklar, idoralar, idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan tarkibida simob moddasi boʻlgan mahsulotlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi;
hokimiyat hududiy organlari va fuqarolarning mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda aholi tomonidan tarkibida simob moddasi boʻlgan mahsulotlarni topshirish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” respublika jamgʻarmasi aholidan tarkibida simob moddasi boʻlgan mahsulotlarni toʻplashni tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi korxonalariga har tomonlama yordam koʻrsatishni taʼminlasinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 24-oktabrdagi 395-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 23-oktabr,
405-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 8-son, 126-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)