1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.02 Davlat qo‘riqxonalari. Kompleks (landshaft) buyurtmali qo‘riqxonalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi to‘g‘risida” 2013-yil 27-maydagi 142-son qaroriga muvofiq hamda Ustyurt (platosining) tekisligining noyob biologik xilma-xilligini ishonchli muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot tumanlari hududida joylashgan “Saygachiy” buyurtmaxonasi negizida tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasini (keyingi o‘rinlarda majmua buyurtma qo‘riqxonasi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Majmua buyurtma qo‘riqxonasiga umumiy maydoni 628 300 gektar bo‘lgan yer uchastkasi 2-ilovaga muvofiq doimiy foydalanishga ajratib berilsin, uning qo‘riqlanadigan zonasi maydoni 3-ilovaga muvofiq 219 800 gektar etib belgilab qo‘yilsin.
3. Belgilansinki, majmua buyurtma qo‘riqxonasi Davlat ekologiya qo‘mitasining yuritishida bo‘ladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
4. Quyidagilar:
“Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasining qo‘riqlanadigan zonasi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
“Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi xodimlarining cheklangan umumiy soni 13 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 3 nafardan iborat bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Davlat ekologiya qo‘mitasining majmua buyurtma qo‘riqxonasi faoliyatini moliyalashtirish Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
6. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bir oy muddatda:
majmua buyurtma qo‘riqxonasi ustavi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
majmua buyurtma qo‘riqxonasining shtatlar jadvalini tasdiqlasin va uni malaka va ma’lumotga qo‘yiladigan talablarga muvofiq mutaxassislar bilan butlasin;
ushbu qarorning 8-bandida nazarda tutilgan ishlarni amalga oshirish uchun budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘larini ajratsin hamda zarur materiallar bilan ta’minlasin.
7. Davlat ekologiya qo‘mitasiga majmua buyurtma qo‘riqxonasining ijro etuvchi apparati xodimlarining tasdiqlangan umumiy soni doirasida shtatlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek grant beruvchilardan olingan grant mablag‘lari, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda rekreatsion va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlaridan olingan mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda belgilangan tartibda:
majmua buyurtma qo‘riqxonasining ijro etuvchi apparatini joylashtirish uchun Qo‘ng‘irot tumanining Qoraqalpog‘iston posyolkasidan operativ boshqarish huquqi bilan bino (xona) ajratilishini;
majmua buyurtma qo‘riqxonasiga ajratilgan yer uchastkalarida joylashgan infratuzilma obyektlarining keyinchalik tegishliligi va ulardan foydalanish masalalari hal etilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda majmua buyurtma qo‘riqxonasi uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish va ajratish hujjatlari rasmiylashtirilishini;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini va yer-kadastr hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-iyul,
238-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi 238-son qaroriga 1-ILOVA
Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari to‘g‘risida
NIZOM
I bob. Umumiy qoidalar
1. Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi (keyingi o‘rinlarda majmua buyurtma qo‘riqxonasi deb ataladi) umumdavlat ahamiyati molik muhofaza etiladigan tabiiy hudud hisoblanadi. Uning maqsadi alohida ekologik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy obyektlar va majmualarni o‘z hududida asl tabiiy holatda saqlashdan iborat.
Majmua buyurtma qo‘riqxonalar milliy tabiiy meros obyektlari hisoblanib, agar Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiya talablariga mos kelsa, ular Umumjahon merosi ro‘yxatiga taqdim etilishi mumkin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 106-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshisi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/106/0245-son)
2. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining yerlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy obyektlari va majmualari, ushbu Nizomda nazarda tutilgan holatlardan tashqari, xo‘jalik foydalanishidan chiqariladi.
3. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining yerlari tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga kiradi. Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar majmua buyurtma qo‘riqxonasiga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan doimiy foydalanish uchun ajratib beriladi.
4. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining yer uchastkalarini istisno hollarda jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan yo‘l qo‘yiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
5. Majmua buyurtma qo‘riqxonasi hududi rejalar va dasturlarni, yer tuzish sxemalari va hududiy rejalashtirishni, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha boshqa rejalarni ishlab chiqishda hisobga olinadi.
tabiiy atrof muhitni ilmiy tadqiq etish va monitoring olib borish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy kadrlar va mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashish;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
biologik va landshaft xilma-xilligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimida (ekologik tarmoqda) ekologik muvozanatni saqlab turish;
ekologik ma’rifat.
III bob. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining huquqiy maqomi
9. Majmua buyurtma qo‘riqxonasi yuridik shaxs hisoblanadi va davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etiladi.
10. Majmua buyurtma qo‘riqxonasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, o‘z nomi yozilgan shtampga hamda banklarda, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
11. Majmua buyurtma qo‘riqxonasii o‘zi bo‘ysunadigan davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan o‘z ramzlariga (bayroqlar, vimpellar, emblemalar va shu kabilar) ega bo‘lishga haqlidir.
Majmua buyurtma qo‘riqxonasi hududida joylashgan tabiiy va tarixiy-madaniy majmua va obyektlar tasvirlaridan hamda ularning nomlari va ramzlaridan foydalanib bosma, esdalik sovg‘alar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish faqat majmua buyurtma qo‘riqxonasi bilan shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi.
IV bob. Majmua buyurtma qo‘riqxonasini boshqarish
12. Majmua buyurtma qo‘riqxonasini davlat tomonidan boshqarish maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
13. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining faoliyati ustidan davlat va idoraviy nazorat qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
14. Yuritishida majmua buyurtma qo‘riqxonasi bo‘lgan davlat organi:
hududiy joylashuviga qarab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimlari bilan kelishgan holda, majmua buyurtma qo‘riqxonasining direktorini (keyingi o‘rinlarda direktor deb ataladi) tayinlaydi;
majmua buyurtma qo‘riqxonasining faoliyatini ta’minlash uchun mol-mulk, shu jumladan pul mablag‘lari ajratadi;
majmua buyurtma qo‘riqxonasining daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
majmua buyurtma qo‘riqxonasini boshqarish rejalarini (keyingi o‘rinlarda boshqarish rejasi deb ataladi) tasdiqlaydi;
majmua buyurtma qo‘riqxonasining faoliyati ustidan nazorat qiladi;
qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15. Majmua buyurtma qo‘riqxonasiga direktor bevosita rahbarlik qiladi va majmua buyurtma qo‘riqxonasining faoliyatini tashkil qilish hamda rejimini ta’minlash uchun javob beradi va uning ijro etuvchi apparatiga rahbarlik qiladi.
16. Majmua buyurtma qo‘riqxonasi direktorining o‘rinbosari (mavjud bo‘lganda) va bosh buxgalter majmua buyurtma qo‘riqxonasi bo‘ysunadigan davlat organi bilan kelishgan holda direktorning buyrug‘iga muvofiq lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
17. Direktor qonun hujjatlari va ushbu Nizom asosida ish ko‘rib, majmua buyurtma qo‘riqxonasining faoliyatiga rahbarlik qiladi, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda majmua buyurtma qo‘riqxonasining manfaatlarini ishonchnomasiz himoya qiladi, shartnomalar tuzadi, majmua buyurtma qo‘riqxonasining mablag‘lari va mol-mulkini belgilangan tartibda tasarruf etadi, majmua buyurtma qo‘riqxonasining tabiiy obyektlari va majmualari, mol-mulkini muhofaza qilish, hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish, majmua buyurtma qo‘riqxonasida moliyaviy, shartnomaviy va mehnat intizomiga amal qilinishi uchun javob beradi.
18. Direktor zimmasiga quyidagilar yuklanadi:
tabiiy obyektlar va majmualar muhofazasini tashkil etish, tekshirish va aybdorlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun materiallarni belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga berish hamda majmua buyurtma qo‘riqxonasi hududida huquqbuzarlik sodir etilishi holati bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish;
tabiiy atrof muhit monitoringini olib borilishini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilishiga ko‘maklashish;
majmua buyurtma qo‘riqxonasining mol-mulki, asbob-uskunalari, moddiy va boshqa boyliklari muhofaza qilinishini tashkil etish;
majmua buyurtma qo‘riqxonasining xodimlarini belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish;
majmua buyurtma qo‘riqxonasi xodimlarining lavozim vazifalarini tasdiqlash;
xizmat quroli va uning o‘q-dorilari, maxsus vositalar, formali kiyim-bosh, aloqa vositalari, maxsus aslahalar va boshqa ishonib topshirilgan mol-mulk but saqlanishi, ular to‘g‘ri kiyib yurilishi va qo‘llanilishini ta’minlash;
(18-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
majmua buyurtma qo‘riqxonasining hududidan ruxsat etilgan faoliyat turlari uchun foydalanishni tashkil etish;
qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq boshqa masalalarni hal etish.
19. Majmua buyurtma qo‘riqxonasi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar uning pasportida mavjud bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasportini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 2-iyundagi 137-son qaroriga muvofiq yuritiladi.
20. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining faoliyat yuritishi boshqarish rejasi asosida ta’minlanadi. Boshqarish rejasiga kiritiladigan ma’lumotlar tarkibi, uni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
21. Majmua buyurtma qo‘riqxonasi bepul, belgilangan tartibda, tabiatni muhofaza qilish organlariga va o‘zi bo‘ysunadigan davlat organiga tabiiy atrof muhit monitoringini va tegishli davlat kadastrlarini yuritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etadi.
LexUZ sharhi
21-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
22. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining faoliyat yuritishi bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatiga cheklovlar o‘rnatish, rekreatsiya infratuzilmasini yaratish, pichan o‘rish va mol boqish joylari hamda boshqa shu kabi muhim masalalarni hal qilish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qaroriga muvofiq joylarda o‘z vakillari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda aholi vakillari majmua buyurtma qo‘riqxonasining Maslahat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Maslahat komissiyasi deb ataladi) tashkil qilinadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
V bob. Ilmiy tadqiqotlar, atrof tabiiy muhiti monitoringini olib borish va majmua buyurtma qo‘riqxonasidagi rekreatsiya
23. Majmua buyurtma qo‘riqxonasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan ko‘p yillik turg‘un kompleks tadqiqotlarni olib borish hamda ilmiy tashkilotlar, alohida olimlar, mutaxassislar, shu jumladan xorijiy olim va mutaxassislarni jalb qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Majmua buyurtma qo‘riqxonasida ilmiy-tadqiqot ishlari o‘z shtatidagi ilmiy xodimlar (mavjud bo‘lganda) tomonidan ham olib borilishi mumkin.
Majmua buyurtma qo‘riqxonasida ilmiy tadqiqotlarga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Ilmiy-texnik kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
24. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining tabiiy obyektlari va majmualari monitoringi atrof tabiiy muhit monitoringi davlat tizimi doirasida olib boriladi.
25. Majmua buyurtma qo‘riqxonasida rekreatsion faoliyat ham o‘z shtatidagi xodimlar, ham boshqa tashkilotlar va mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
Majmua buyurtma qo‘riqxonasidagi rekreatsion faoliyat muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib-chiqish qoidalari talablariga muvofiq yuritiladi.
VI bob. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining hududi va rejimi
26. Majmua buyurtma qo‘riqxonasi uchun buzilmagan yoki jiddiy buzilmagan tabiiy majmualar va ular o‘rtasidagi bog‘liqlarni tashkil etuvchi yaxlit ekologik tizimlarni (yirik landshaft birliklarini) qamrab oladigan juda keng hududlar ajratilishi lozim.
27. Atrofdagi hududlardan salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida majmua buyurtma qo‘riqxonasining chegaralari bo‘ylab qo‘riqlanadigan zona tashkil etiladi. Qo‘riqlanadigan zona majmua buyurtma qo‘riqxonasi bilan bir vaqtda tashkil etiladi. Qo‘riqlanadigan zonaning maydoni va chegaralari majmua buyurtma qo‘riqxonasining tabiiy obyektlari va majmualarini saqlash maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zgartirilishi mumkin.
28. Majmua buyurtma qo‘riqxonasini makon-hudud jihatidan tuzishda uning hududi quyidagilarga:
hudud relyefi, kirish yo‘llari mavjudligi, majmua buyurtma qo‘riqxonasining chegaralari bo‘ylab aholi yashash punktlari mavjudligi va ularning maydoniga qarab belgilanadigan qo‘riqlashni va ilmiy ishlarni boshqarishni yaxshilash uchun texnik uchastkalarga;
landshaft elementlari bo‘yicha — kvartallarga, ilmiy tadqiqotlar va monitoring olib borish uchun kvartallar o‘z navbatida o‘simliklar elementlari bo‘yicha kichik uchastkalarga bo‘linadi.
Texnik uchastkalar, kvartallar va kichik uchastkalar hamda ular maydonlarining soni boshqarish rejasida belgilanadi.
29. Majmua buyurtma qo‘riqxonasi va uning qo‘riqlanadigan zonasining yer uchastkasi(lari), kvartallar chegaralari, ilmiy infratuzilma va monitoring infratuzilmasi elementlari hamda ushbu Nizomning 36 va 37-bandlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun ajratiladigan (beriladigan) yerlar chegaralari joylarda anshlaglar, kvartal ustunlari va boshqa belgilar bilan belgilab qo‘yilishi lozim.
30. Majmua buyurtma qo‘riqxonasi hududida mahalliy sharoitga moslashtirish uchun o‘simlik va hayvonlar turlarini va kenja turlarini joylashtirish, o‘simliklar va landshaft qoplamasini o‘zgartirish, gidrogeologik rejimni o‘zgartirish va har qanday boshqa faoliyat yuritish taqiqlanadi, ushbu Nizomning 36-bandida ko‘rsatilgan faoliyat bundan mustasno.
31. Majmua buyurtma qo‘riqxonasida yong‘inga qarshi va biotexnik tadbirlar faqat uni boshqarish rejasiga muvofiq o‘tkaziladi.
32. Majmua buyurtma qo‘riqxonasi hududida zoologik, botanik va boshqa to‘plamlar uchun namunalarni yig‘ish faqat ilmiy tadqiqotlar olib borish bilan bog‘liq maqsadlarda ruxsat etiladi.
33. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining yerlari va boshqa tabiiy obyektlarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish, foydalanish va ijaraga berish taqiqlanadi.
34. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining qo‘riqlanadigan zonasi hududida majmua buyurtma qo‘riqxonasining muhofaza qilinadigan tabiiy obyektlari va majmualariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat yuritish taqiqlanadi.
Qo‘riqlanadigan zonaning o‘lchamlari uning tashqarisida joylashgan obyektlarning salbiy ta’siriga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlashi lozim.
Qo‘riqlanadigan zonaning rejimi u to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi.
Ushbu zonada amalga oshirish uchun belgilanadigan faoliyat turlari ekologik ekspertiza xulosasi asosida taqiqlab qo‘yilishi mumkin.
35. Zarur holatlarda qo‘riqlanadigan zonada joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va yerni ijaraga oluvchilarga qonunga muvofiq yer uchastkalari saqlash vazifasi belgilanishi mumkin.
36. Majmua buyurtma qo‘riqxonasi hududida quyidagilarga ruxsat etiladi:
ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuritish;
rekreatsion faoliyat olib borish;
biologik xilma-xillik monitoringini olib borish;
majmua buyurtma qo‘riqxonasi xodimlari va ilmiy xodimlarning yashashi uchun bino va inshootlar qurish;
majmua buyurtma qo‘riqxonasining tabiat muzeylarini, shu jumladan ochiq osmon ostidagi ekspozitsiyalarni joylashtirish.
37. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining hududida quyida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun quyidagi yer uchastkalari ajratiladi:
majmua buyurtma qo‘riqxonasining otlarini saqlash va shu kabi maqsadlarda;
qonun hujjatlarda belgilangan tartibda pichan o‘rish va mol boqish, ozuqa maqsadlarda yovvoyi o‘simliklarni g‘amlash (terish), uning qo‘riqlanadigan zonasida yashaydigan fuqarolar uchun yovvoyi dorivor va texnik xom ashyo o‘simliklarini yig‘ish;
majmua buyurtma qo‘riqxonasi xodimlariga xizmatda foydalanish uchun yer ulushlarini berish, ayni vaqtda xodim pensiyaga chiqqanda yoki ishdan bo‘shab ketganda uning xizmat yerlaridan foydalanish huquqi tugatiladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan maqsadlar uchun ajratiladigan (beriladigan) yerlarning umumiy maydoni, yaylovlar almashtirilishi, o‘simliklar g‘amlanishi va pichan o‘rilishi hisobga olingan holda mol boqish uchun zarur bo‘lgan minimal maydondan kelib chiqib belgilanadi.
Bu yerlar majmua buyurtma qo‘riqxonasining chegaralari bo‘ylab joylashgan bo‘lishi va uning maydonining 0,001 foizidan katta bo‘lmasligi lozim. Bunday yerlarning maydoni va chegaralari boshqarish rejasini tayyorlashda aniqlanadi va direktor tomonidan Maslahat komissiyasi bilan birgalikda ushbu rejaga kiritiladi.
VII bob. Majmua buyurtma qo‘riqxonasini qo‘riqlash
38. Majmua buyurtma qo‘riqxonasini qo‘riqlash hamda uning hududida va qo‘riqlanadigan zonada rejimga amal qilinishi ustidan nazorat olib borish ishlari majmua buyurtma qo‘riqxonasining qo‘riqlov xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
39. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining qo‘riqlash xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
majmua buyurtma qo‘riqxonasi hududida va uning qo‘riqlanadigan zonasida o‘simliklar va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun tegishli hujjatlarni tekshirish;
transport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazish;
majmua buyurtma qo‘riqxonasi hududida va uning qo‘riqlanadigan zonasida qoida buzish holatlari aniqlanganda ma’muriy huquqbuzarlik yuzasidan bayonnomalar tuzish, ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish, buyumlar va hujjatlarni hamda tabiatdan noqonuniy foydalanish mahsulotlarini olib qo‘yish, ma’muriy jazo choralari ko‘rish;
aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun materiallarni tegishli organlarga yuborish;
yuridik va jismoniy shaxslarning majmua buyurtma qo‘riqxonasi hududi va qo‘riqlanadigan zonadagi belgilangan rejimga rioya qilish borasidagi faoliyatlarini tekshirish;
xizmat quroli va maxsus vositalarni olib yurish va qo‘llash hamda jismoniy kuch va xizmat itlaridan foydalanish;
(39-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
majmua buyurtma qo‘riqxonasi va qo‘riqlanadigan zona rejimini buzib olib borilayotgan tabiatdan foydalanish, xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatni qonun hujjatlarida belgilangan holatlar va tartibda to‘xtatib qo‘yish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
40. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining qo‘riqlash xodimlari uchun mo‘ljallangan xizmat quroli va uning o‘q-dorilari, maxsus vositalar turlari, xillari (modellari), soni hamda ularni sotib olish, saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va foydalanish tartibi majmua buyurtma qo‘riqxonasi bo‘ysunadigan davlat organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Idoraviy harbiylashgan qo‘riqlash xizmatini maxsus vositalar, xizmat quroli va uning o‘q-dorilari bilan ta’minlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
41. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining qo‘riqlov xodimlari ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorlarining barcha huquq va imtiyozlaridan foydalanadilar.
Majmua buyurtma qo‘riqxonasining direktori va uning o‘rinbosari (mavjud bo‘lganda) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha katta inspektorlarga tenglashtiriladi, uning qo‘riqlash xizmati xodimlari esa — ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat inspektorlariga tenglashtiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
42. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining qo‘riqlash xodimlari tasdiqlangan dasturlarga muvofiq xizmat-jangovar, ijtimoiy-huquqiy, axloqiy-ruhiy va jismoniy tayyorgarlik kurslaridan o‘tadilar.
Kursning dasturi va uni o‘tkazish tartibi majmua buyurtma qo‘riqxonasi bo‘ysunadigan davlat organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
43. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining qo‘riqlash xodimlari belgilangan tartibda yagona namunadagi formali kiyim-bosh va farqlash belgilari bilan ta’minlanadi.
Majmua buyurtma qo‘riqxonasining qo‘riqlash xodimlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish, shu jumladan majmua buyurtma qo‘riqxonasi hududiga jangarilar to‘dalari kirib kelishlari va o‘rnashib olishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda tegishli tadbirlarni o‘tkazadilar.
(43-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
44. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining hududlarini qo‘riqlash ishlariga ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari jalb etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
44-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
VIII bob. Yakunlovchi qoidalar
45. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining mol-mulkini unga belgilangan tartibda quyidagilar tomonidan topshirilgan bino va inshootlar, uskuna va jihozlar, pul mablag‘lari tashkil qiladi:
majmua buyurtma qo‘riqxonasi bo‘ysunuvchi davlat organi tomonidan;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan xayriya qilish sifatida.
Majmua buyurtma qo‘riqxonasining mol-mulki unga operativ boshqarish huquqi asosida tegishli bo‘ladi.
46. Majmua buyurtma qo‘riqxonalari quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladi:
ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari;
(46-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari mablag‘lari;
ilmiy-tadqiqot, tabiatni muhofaza qilish, reklama-noshirlik va ma’rifiy faoliyatdan olingan daromadlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashdan tushgan tushumlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullari;
musodara etilgan ovchilik qurollari va baliqchilik asboblarini realizatsiya qilishdan, qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘lja mahsulotni sotishdan tushgan pullar;
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
47. Majmua buyurtma qo‘riqxonasi o‘zi bo‘ysunadigan davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq mablag‘larni mustaqil tasarruf etadi.
48. Majmua buyurtma qo‘riqxonasi qonun hujjatlariga muvofiq yuritayotgan faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha hisobni yuritadi va hisobotlar topshiradi.
49. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish shtat jadvaliga va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
50. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining xodimlari uchun qonun hujjatlariga muvofiq hudud koeffitsiyentlari belgilanadi.
51. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining rejimini buzganlikda aybdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Majmua buyurtma qo‘riqxonasiga yetkazilgan zararni qoplash uchun aybdor shaxslardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda mablag‘lar undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 82-moddasi.
52. Majmua buyurtma qo‘riqxonasini tugatish va qayta tashkil qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Majmua buyurtma qo‘riqxonasini yengilroq rejimli toifadagi muhofaza etiladigan tabiiy hududga o‘tkazish maqsadida uni qayta tashkil etishga istisno hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi 238-son qaroriga 2-ILOVA
“Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasiga doimiy foydalanish uchun ajratiladigan yer uchastkalari
MAYDONI
Hududning nomi
Ajratiladigan yerlar
Yer turlari
Maydoni,
ga
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani
Zaxira yerlar
Qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar
31 200,0
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani
Zaxira yerlar
Qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar
597 100,0
Jami ajratiladigan yer
—
—
628 300,0
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi 238-son qaroriga 3-ILOVA
“Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi va uning qo‘riqlanadigan zonasining
CHEGARALARI
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi 238-son qaroriga 4-ILOVA
“Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasining qo‘riqlanadigan zonasi to‘g‘risida
NIZOM
I bob. Umumiy qoidalar
1. “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasining (keyingi o‘rinlarda majmua buyurtma qo‘riqxonasi deb ataladi) qo‘riqlanadigan zonasini u bilan chegaradosh, shu jumladan uning yer uchastkalari oralig‘idagi hududlar tashkil qiladi.
2. Qo‘riqlanadigan zonalar majmua buyurtma qo‘riqxonasining tabiiy obyektlari va majmualarini tutash hududlardagi xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat ta’siridan saqlash va himoya qilish maqsadida tashkil etiladi.
3. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining qo‘riqlanadigan zonasi maydoni 219 800 gektarni tashkil qiladi.
Majmua buyurtma qo‘riqxonaning qo‘riqlanadigan zonasi o‘lchamlari va uning chegaralari, davlat ekologik ekspertizasining xulosasi asosida, majmua buyurtma qo‘riqxonasining tabiiy obyektlari va majmualarini muhofaza qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
4. Qo‘riqlanadigan zonada joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalari olib qo‘yilishi mumkin emas. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar yer maydonlaridan foydalanishda qo‘riqlanadigan zonalar rejimiga amal qilishlari lozim. Istisno holatlarda, yuridik yoki jismoniy shaxs ushbu zonaning rejimini muntazam buzayotganda, ular ma’muriy javobgarlikka tortilib va ushbu shaxslarga nisbatan boshqa huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilgandan so‘ng, ularning yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qo‘yilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining38-moddaci.
5. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining qo‘riqlanadigan zonasida quyidagilar amalga oshiriladi:
majmua buyurtma qo‘riqxonasining muhofaza qilinayotgan tabiiy obyektlari va majmualariga har qanday salbiy ta’sirning oldini olish va uni kamaytirish;
majmua buyurtma qo‘riqxonasining alohida uchastkalari o‘rtasidagi aloqani ta’minlash hisobiga faqat ushbu majmua buyurtma qo‘riqxonasi hududida qo‘riqlash, ko‘paytirish va tiklash ishlari yetarlicha samara bermaydigan hayvonlarning yashash va migratsiya qilish sharoitlarini yaxshilash;
majmua buyurtma qo‘riqxonasida muhofaza qilinayotgan o‘simliklar va hayvonlar turlari uchun biotexnik tadbirlar o‘tkazish.
6. Qo‘riqlanadigan zonalarni belgilash bo‘yicha sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
II bob. Qo‘riqlanadigan zonaning rejimi
7. Qo‘riqlanadigan zona hududida quyidagi faoliyat turlari majmua buyurtma qo‘riqxonasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi:
yo‘llardan harakatlanish;
qo‘riqlanadigan zonada joylashgan kommunikatsiyalarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
ekologik turizm, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish uchun bino va inshootlarni qurish;
geologik qidiruv ishlarini olib borish;
cheklangan miqdorda pichan o‘rish;
mol boqish;
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan o‘zi o‘sayotgan yoki yashayotgan muhitdan olib qo‘ymasdan foydalanish.
Biotexnik tadbirlar majmua buyurtma qo‘rikxonasini boshqarish rejasiga (keyingi o‘rinlarda boshqarish rejasi deb ataladi) muvofiq amalga oshiriladi.
8. Majmua buyurtma qo‘riqxonasining tabiiy obyektlari va majmualariga salbiy ta’sirni kamaytirish va oldini olish maqsadida qo‘riqlanadigan zonada quyidagi turdagi xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat olib borish cheklanadi:
foydali qazilmalarni qazib chiqarish;
gaz quvurlari va boshqa kommunikatsiyalar, xom ashyoni qayta ishlash va boshqa sanoat obyektlari qurish;
yangi yo‘llar yotqizish.
Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi asosida faoliyatni cheklash doimiy yoki vaqtinchalik (bir yil, bir mavsum, bir davr) asosida belgilanadi.
hayvonlarni ovlash va tutish, o‘simliklarni yig‘ish, boshqarish rejasida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash.
10. Ushbu zonada cheklangan va taqiqlangan xo‘jalik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ro‘yxati majmua buyurtma qo‘riqxonasining qo‘riqlanadigan zonasiga kirish joyida o‘rnatiladi.
11. Qo‘riqlanadigan zonaning o‘lchamlari, chegaralari va rejimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan cheklangan xo‘jalik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ro‘yxati majmua buyurtma qo‘riqxonasining pasportiga kiritiladi.
12. Ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan tadbirlar boshqarish rejasi bo‘yicha o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda boshqarish rejalari loyihalari yerdan foydalanuvchilar, yer egalari va yer uchastkalari ijarachilari bilan kelishiladi.
Qo‘riqlanadigan zona hududida biotexnik tadbirlarni ishlab chiqish va o‘tkazish ishlari majmua buyurtma qo‘riqxonasi hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
13. Sayyohlar turargohlarini, chodirlarni o‘rnatish, avtoulov turargohlarini joylashtirish, gulxanlarni yoqish va shu kabilar faqat maxsus ajratilgan uchastkalarda amalga oshiriladi.
14. Qo‘riqlanadigan zonaning rejimi majmua buyurtma qo‘riqxonasi qo‘riqlash xodimlari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari hamda o‘rmon fondi yerlarida o‘rmon qo‘riqchilari tomonidan ta’minlanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
15. Qo‘riqlanadigan zonaning rejimi ta’minlanishi ustidan nazorat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari va majmua buyurtma qo‘riqxonasining qo‘riqlash xodimlari hamda o‘rmon fondi yerlarida o‘rmon qo‘riqchilari tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
16. Qo‘riqlanadigan zonaning rejimini buzganlikda aybdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Qo‘riqlanadigan zona rejimini buzganlik sababli yetkazilgan zarar aybdor shaxs tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda qoplanishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 82-moddasi.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi 238-son qaroriga 5-ILOVA
“Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 30-son, 361-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 17.03.2026-y., 09/26/106/0245-son)