

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2783354" id="onLBC-2783354">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7115"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat;</span></div><div id="LBC7145"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.03.00 Yerga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;</span></div><div id="LBC7187"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash;</span></div><div id="LBC7239"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.09.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan nazorat;</span></div><div id="LBC7245"><span class="iorRN">5.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.04.00 Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat;</span></div><div id="LBC7261"><span class="iorRN">6.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.02.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvi. Atmosfera havosi holati monitoringi. Atmosfera havosi holati yuzasidan kuzatuv xizmati. Atmosfera havosini nazorat qilish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2783354" id="onLS-2783354">[<b>TSZ:</b><div id="LS3708"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2783555" id="-2783555">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2783556" id="-2783556">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2783559" id="-2783559">Ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2783561" id="-2783561"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783564" id="-2783564">“Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-2304953">Qonuniga </a>muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783566" id="-2783566">1. Quyidagilar: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783569" id="-2783569">Idoraviy ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom <a href="/mact/-2783354#-2783604">1-ilovaga </a>muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783572" id="-2783572">Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom <a href="/mact/-2783354#-2783796">2-ilovaga </a>muvofiq; </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6582070" id="edi-6582070"><a href="/mact/-2783354?ONDATE=19.10.2015 00#-6582069">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6582070" id="-6582070"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6582073" id="-6582073">Ekologik xizmat toʻgʻrisidagi namunaviy nizom <a href="/mact/-2783354#-2784094">3-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6582080" id="-6582080">(1-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 402-sonli <a href="/mact/-6576266?ONDATE=21.08.2023 00#-6578342">qaroriga </a>asosan toʻrtinchi xatboshi bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 09/23/402/0632-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2783582" id="-2783582"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4258726" id="edi-4258726"><a href="/mact/-2783354?ONDATE=10.12.2018 00#-4149574">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4258726" id="-4258726"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4258740" id="-4258740">2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4258743" id="-4258743">(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli <a href="/mact/-4229722?ONDATE=07.03.2019 00#-4238947">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783586" id="-2783586">oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783588" id="-2783588">idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda metodik yordam koʻrsatishni va koʻmaklashishni taʼminlasinlar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783594" id="-2783594">3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2783596" id="-2783596">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2783597" id="-2783597">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2783599" id="-2783599">2015-yil 8-oktabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2783602" id="-2783602">286-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2783604" id="-2783604"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2783610" id="-2783610">Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 286-son <a href="/mact/-2783354">qaroriga </a><br />1-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2783611" id="-2783611">Idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2783612" id="-2783612">Namunaviy nizom</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2783613" id="-2783613"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2783614" id="-2783614">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783616" id="-2783616">1. Ushbu idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-2304953">Qonuniga </a>muvofiq ishlab chiqilgan hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ularga idoraviy mansub tashkilotlarda idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibini belgilaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783619" id="-2783619">2. Idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-2304953">Qonuni</a>, boshqa qonun hujjatlari va ushbu Nizom bilan tartibga solinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783622" id="-2783622">3. Funksiyalariga tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklashni tashkil qilish va (yoki) muvofiqlashtirish, shuningdek oʻzlariga idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyati atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va oqizish hamda chiqindilarni joylashtirish bilan bogʻliq boʻlsa, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida atrof muhit va tabiiy resurslar holati ustidan idoraviy ekologik nazoratni yuritish majburiy hisoblanadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2783631" id="-2783631">II. Idoraviy ekologik nazorat sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining asosiy majburiyatlari va funksiyalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783633" id="-2783633">4. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari idoraviy ekologik nazorat sohasida idoraviy mansub tashkilotlarda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida quyidagilarni amalga oshirishlari shart: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783637" id="-2783637">atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, aniqlash va unga chek qoʻyish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783641" id="-2783641">atrof muhitning ifloslanishiga, oʻzlariga foydalanishga berilgan tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783643" id="-2783643">atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi majburiyatlar bajarilishini, idoraviy ekologik dasturlar amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783646" id="-2783646">idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati natijasida atrof muhitdagi oʻzgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va oʻz vakolati doirasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida davlat tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783650" id="-2783650">tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783652" id="-2783652">5. Yuklangan majburiyatlarni amalga oshirish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783667" id="-2783667">ekologik nazorat sohasidagi ichki idoraviy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783668" id="-2783668">ekologik normativlar oʻz vaqtida ishlab chiqilishi va ularga rioya qilinishini nazorat qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783669" id="-2783669">atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha ishlab chiqarish tadbirlari rejalari va dasturlar ishlab chiqilishini hamda bajarilishini muvofiqlashtiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783670" id="-2783670">idoraviy mansub tashkilotlarda atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi va oqizilishi, atrof muhit va tabiiy resurslarning holati ustidan uzluksiz kuzatish tizimi yaratilishiga koʻmaklashadi hamda ular ishini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783671" id="-2783671">ekologik xizmatlar xodimlari tayyorlanishi va ularning malakasi oshirilishini tashkil etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783672" id="-2783672">idoraviy mansub tashkilotlarda ishlab chiqarish ekologik nazorati olib borilishiga metodik yordam koʻrsatadi va koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783673" id="-2783673">atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan, shuningdek idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish boʻyicha majburiyatlar bajarilmasligida aybdor boʻlgan xodimlarni intizomiy va moddiy javobgarlikka tortish choralarini koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783674" id="-2783674">Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishlari mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2783675" id="-2783675">III. Idoraviy ekologik nazorat obyektlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783676" id="-2783676">6. Idoraviy ekologik nazorat obyektlari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783677" id="-2783677">yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783678" id="-2783678">atrof muhitga taʼsir koʻrsatuvchi tabiiy va texnogen manbalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783679" id="-2783679">atrof muhit ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyat, harakat yoki harakatsizlik.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2783680" id="-2783680">IV. Idoraviy ekologik nazorat subyektlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783681" id="-2783681">7. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari idoraviy ekologik nazorat subyektlari hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783682" id="-2783682">Quyidagilar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari nomidan idoraviy ekologik nazoratni amalga oshiradi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783685" id="-2783685">oʻzining nizomiga (ustaviga) muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining boshqaruv organi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783686" id="-2783686">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi xodimlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783687" id="-2783687">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil qilingan ekologik xizmati. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783689" id="-2783689">8. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining boshqaruv organi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783691" id="-2783691">idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi ichki idoraviy hujjatlarni tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783692" id="-2783692">idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazorati masalalari boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va tushuntirishlar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783693" id="-2783693">idoraviy mansub tashkilotlar idoraviy ekologik xizmat va (yoki) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirayotgan xodimlari oʻrtasidagi nizolarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qaror qabul qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783694" id="-2783694">9. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining xodimlari, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining ekologik xizmati faoliyatni mehnat shartnomalariga, lavozim yoʻriqnomalariga va boshqa idoraviy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradilar. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2783695" id="-2783695">V. Idoraviy ekologik nazoratning shakllari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783696" id="-2783696">10. Quyidagilar idoraviy ekologik nazoratning shakllari hisoblanadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783697" id="-2783697">yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini, davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishini tekshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783698" id="-2783698">atrof muhit monitoringi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783699" id="-2783699">idoraviy mansub tashkilotlarni tekshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783700" id="-2783700">11. Idoraviy ekologik nazorat atrof muhitga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni hisobga olish, atrof muhit hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning holatini tahlil etish, baholash va prognoz qilish yoʻli bilan ham amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783701" id="-2783701">12. Idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllardan ham foydalanilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783702" id="-2783702">13. Idoraviy ekologik nazoratning normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilmagan shakllari qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2783703" id="-2783703">VI. Idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi, tadbirlar rejalari va dasturlarning amalga oshirilishini tekshirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783704" id="-2783704">14. Idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi, tadbirlar rejalari va dasturlarning amalga oshirilishini tekshirish (keyingi oʻrinlarda tekshirish deb ataladi) rejali tekshirish, rejadan tashqari tekshirish va nazorat tartibidagi tekshirish shaklida amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783705" id="-2783705">15. Tekshirish tekshirilayotgan tashkilotning tegishli ish vaqtiga toʻgʻri keladigan vaqt davomida amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783706" id="-2783706">16. Tekshirilayotgan tashkilotning ishlab chiqarish boʻlinmalari, sexlari, shuningdek xizmatlari va maʼmuriyatining ish vaqti rejimlari tekshirish oʻtkazish vaqtiga toʻgʻri kelmagan hollarda ishlab chiqarish boʻlinmalari, sexlar, shuningdek xizmatlar va maʼmuriyatning ish vaqti tekshirishni oʻtkazish vaqti deb hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783707" id="-2783707">17. Tekshirishni amalga oshirishning muddati va davriyligi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbari tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783708" id="-2783708">18. Tekshirish oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783709" id="-2783709">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbari yoxud uning kollegial boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan tekshirishlarni amalga oshirishning yillik va (yoki) istiqbolli rejalari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783710" id="-2783710">yillik va (yoki) istiqbolli tekshirish rejasi asosida va uni bajarish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbari yoki uning oʻrinbosarining tekshirish muddati, ijrochilar va oʻrganishga doir masalalar doirasi koʻrsatilgan tekshirishning maqsadi toʻgʻrisida qabul qilgan buyrugʻi (farmoyishi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783711" id="-2783711">19. Tekshirish idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi buzilgan holatlarda yuridik va jismoniy shaxslardan asoslangan shikoyatlar tushganda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tegishli qarorlari bilan, shuningdek avariya, favqulodda vaziyatlar va ruxsat etilmagan atrof muhitni ifloslantirish xavfi yuzaga kelgan vaziyatlarda ham tayinlanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783712" id="-2783712">20. Tekshirish davomida quyidagilar oʻrganiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783714" id="-2783714">davlat idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazorati tartibida amalga oshirilgan oxirgi tekshirish hujjatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783716" id="-2783716">davlat ekologik ekspertizasi xulosasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783718" id="-2783718">ekologik audit materiallari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783719" id="-2783719">ruxsatnoma va normativ hujjatlar (atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va oqizish hamda chiqindilarni joylashtirishni meʼyorlash boʻyicha materiallar, yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjatlari, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, kon ajratmasi dalolatnomalari, litsenziyalar va boshqalar); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783720" id="-2783720">tekshirilayotgan obyekt hududida boshqa tabiatdan foydalanuvchilarning mavjudligi va faoliyatni amalga oshirishning asoslari, shuningdek ular tomonidan tegishli faoliyat boʻyicha shartnoma shartlariga rioya qilinishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783721" id="-2783721">atrof muhitning idoraviy monitoringi materiallari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783722" id="-2783722">davlat ekologik nazorat organlari koʻrsatmalarining bajarilishi holati, atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha harakat dasturlari, atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha tarmoq va hududiy dasturlar va ushbu ishlab chiqarish obyektiga tegishli boʻlgan boshqa rejalar va tadbirlar, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish boʻyicha rejalar va tadbirlar amalga oshirilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783723" id="-2783723">tabiatdan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha hisobot maʼlumotlarining ishonchliligi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783724" id="-2783724">tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek atrof muhit ifloslantirilishini nazorat qilish ishlarini tashkil etishning holati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783725" id="-2783725">oqova suvlarni tozalash obyektlarining va atmosferaga chiqarishning, ifloslantiruvchi moddalar atrof muhitga chiqarilishi va oqizilishi ustidan nazorat qiluvchi asbob-uskunalar, priborlar va qurilmalarning holati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783726" id="-2783726">muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va obyektlar rejimining taʼminlanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783728" id="-2783728">atrof muhit muhofazasi mablagʻlarining shakllantirilishi va sarflanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783729" id="-2783729">loyihaviy va amaldagi koʻrsatkichlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783730" id="-2783730">ishlab chiqarish faoliyati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783732" id="-2783732">ishlab chiqarish maydonlari va sexlarning joylashtirilishi, ishlab chiqarish texnologik sxemasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783733" id="-2783733">tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilishning holati (ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, oqizish hamda ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarining manbalari, tarkibi, hajmlari va boshqalar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783735" id="-2783735">tabiiy resurslarning, shu jumladan oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarining qayta tiklanishi va ularning sifati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783736" id="-2783736">tabiatdan foydalanganlik va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlovlar toʻlanishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783737" id="-2783737">tekshirilayotgan obyektdagi tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga oid boshqa materiallar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783739" id="-2783739">21. Avariyalar, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va ular xavf solganda, atrof muhit ruxsat berilmagan holda ifloslantirilganda, tabiiy resurslardan foydalanish buzilganda yuridik va jismoniy shaxslarning shikoyatlari boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlarining tegishli qarorlariga koʻra ularning paydo boʻlishi sabablari va shart-sharoitlar bilan bogʻliq holatlar oʻrganiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783741" id="-2783741">22. Tekshirilayotgan tashkilotning obyektlarida namunalar olish tabiiy muhitni ifloslantirish manbalari mavjud boʻlganda, chiqindilar joylashtirilganda amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783742" id="-2783742">23. Atmosfera havosiga zararli moddalarni chiqarish, oqova suvlarni oqizish manbalaridan, tuproqdan namunalar olish va ulardagi zararli moddalar miqdorini tahlil qilish davlat ekologik nazorati organlarida qoʻllaniladigan metodikalar boʻyicha amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783744" id="-2783744">24. Ifloslantiruvchi moddalar emissiyasini baholash olingan koʻrsatkichlarni belgilangan ekologik normativlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2783746" id="-2783746">VII. Atrof muhitning idoraviy ekologik nazoratini yuritish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783747" id="-2783747">25. Atrof muhitning idoraviy ekologik nazorati quyidagi tizimda yuritiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783748" id="-2783748">atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tabiiy obyektlar, ifloslantirish manbalari, xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar boʻyicha, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fon monitoringi shaklida; </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3425889" id="edi-3425889"><a href="/mact/-2783354?ONDATE=19.10.2015 00#-2783749">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3425889" id="-3425889"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3425892" id="-3425892">Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan ichki idoraviy hujjatlarda belgilangan tartibda atrof muhit va tabiiy resurslar holati ustidan ichki idoraviy monitoring.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3425894" id="-3425894">(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli <a href="/mact/-3411141?ONDATE=15.11.2017 01#-3415504">qarori</a> tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)<br /><br /></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783750" id="-2783750">26. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, agar ularga idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va oqizish hamda chiqindilarni joylashtirish bilan bogʻliq boʻlsa, atrof muhit va tabiiy resurslar holati ustidan ichki idoraviy ekologik nazoratni yuritish majburiy hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2783751" id="-2783751">VIII. Idoraviy mansub tashkilotlarni nazorat qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783752" id="-2783752">27. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari idoraviy mansub tashkilotlarda atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oʻz vaqtida oldini olish, aniqlash va chek qoʻyish, shuningdek atrof muhitni ifloslantirish, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlash maqsadida idoraviy mansub tashkilotlarni nazorat qilish huquqiga egadirlar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783753" id="-2783753">28. Idoraviy mansub tashkilotlarni nazorat qilish ularning faoliyati bilan tezkor tanishish imkoniyatini taʼminlovchi aylanib chiqish, koʻzdan kechirish va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783754" id="-2783754">29. Nazorat qilish ichki idoraviy ekologik nazorat uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladigan namunalarni olish, foto va video tasvirlar hamda hujjatlashtirishning boshqa usullari bilan birgalikda olib boriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783755" id="-2783755">30. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan nazorat qilinganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamoatchilik ekologik nazoratining inspektorlari jalb qilinishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783756" id="-2783756">31. Nazorat qilishning muddati, davriyligi va boshqa shartlari ichki idoraviy hujjatlar bilan belgilanadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2783757" id="-2783757">IX. Idoraviy ekologik nazorat natijalarini rasmiylashtirish va amalga oshirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783759" id="-2783759">32. Tekshirish yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783760" id="-2783760">u tuzilgan sana va joy;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783761" id="-2783761">tekshirishni amalga oshirishda qatnashgan shaxslarning, shuningdek nazorat qilinadigan tashkilot vakillarining lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783762" id="-2783762">tegishli hujjatlarning rekvizitlari koʻrsatilgan holda tekshirishni oʻtkazishning asoslari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783763" id="-2783763">tekshirishning amalda boshlangan va yakunlangan sanasi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783764" id="-2783764">oʻrganish uchun qoʻyilgan savollar roʻyxati va ularga javoblar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783765" id="-2783765">tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari talablari, davlat idoraviy, ishlab chiqarish ekologik nazorati organlarining koʻrsatmalari va tavsiyalari, ruxsat beruvchi va normativ hujjatlar bajarilmasligi yoki buzilishi holatlari, oxirgi kalendar yil mobaynida tegishli sohada lavozim majburiyatlari bajarilmasligi munosabati bilan xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortish, shuningdek tashkilotlarning mansabdor shaxslarini tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida huquqni buzishlar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish holatlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783766" id="-2783766">atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining aniqlangan holatlari boʻyicha choralar koʻrish uchun takliflar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783767" id="-2783767">Dalolatnoma tekshirishni amalga oshirishda qatnashayotgan shaxslar va nazorat qilinadigan tashkilotning vakillari tomonidan imzolanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783768" id="-2783768">33. Agar nazorat qilinadigan tashkilotning vakili dalolatnomani imzolashni rad etsa, u holda dalolatnomada tegishli yozuv qayd etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783769" id="-2783769">34. Dalolatnomaga tushuntirish va maʼlumotnoma materiallar, tushuntirishlar va mulohazalar, nazorat qilinadigan tashkilot vakilining eʼtirozlari ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783770" id="-2783770">35. Nazorat qilinadigan tashkilotning rahbari idoraviy ekologik nazorat natijalari boʻyicha dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda unda bayon qilingan holatlarning ishonchliligi masalasi dalolatnomaga ilova qilinadigan materiallarni va nazorat qilinadigan tashkilotning rahbarining imzolashni rad etishni yozma asoslashini oʻrganib chiqish yoʻli bilan idoraning rahbari tomonidan aniqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783771" id="-2783771">36. Nazorat qilish yakunlari boʻyicha maʼlumotnoma tuziladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783772" id="-2783772">u tuzilgan sana va joy;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783773" id="-2783773">nazorat qilishda qatnashgan shaxslarning, shuningdek nazorat qilinadigan tashkilot vakillarining lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783774" id="-2783774">tegishli hujjatlarning rekvizitlari koʻrsatilgan holda nazorat qilishni amalga oshirishning asosi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783775" id="-2783775">nazorat qilishning amalda boshlangan va tamom boʻlgan sanasi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783776" id="-2783776">oʻrganish uchun qoʻyilgan savollarga javoblar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783777" id="-2783777">Maʼlumotnoma nazorat qilishni amalga oshirishda qatnashgan shaxslar va nazorat qilinuvchi tashkilotning vakillari tomonidan, agar ular nazorat qilishda hozir boʻlsalar, imzolanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783778" id="-2783778">Maʼlumotnomaga tushuntirish va maʼlumotnoma materiallar, tushuntirishlar va mulohazalar, nazorat qilingan tashkilotlarning vakili (vakillari), kino-foto hujjatlar ilova qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783779" id="-2783779">37. Atrof muhitni idoraviy ekologik nazorat qilish jarayonida namunalar olish dalolatnomalari, oʻlchash bayonnomalari, maʼlumotnoma, tahliliy hujjatlar va boshqa hujjatlar tuziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783780" id="-2783780">38. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishi aniqlangan taqdirda, shuningdek fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining mansabdor shaxsi tegishli choralar koʻrish uchun idoraviy mansub tashkilotning rahbariga takliflar kiritadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783782" id="-2783782">39. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari idoraviy ekologik nazorat natijalari boʻyicha oʻz nizomiga (ustaviga), shuningdek idoraviy mansub tashkilotlarning nizomlariga (ustavlariga) muvofiq amalga oshirishning boshqa choralarini koʻrishga haqlidir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783783" id="-2783783">40. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aholining, aholi punktlarining, ishlab chiqarish obyektlari va kommunikatsiyalar xavfsizligiga tahdid soluvchi atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining aniqlangan buzilishlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalariga xabar berishlari shart. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2783786" id="-2783786">X. Yakunlovchi qoidalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783788" id="-2783788">41. Idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirishga aralashish, teng ravishda idoraviy ekologik nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli shaxslarga qandaydir shaklda boʻlmasin taʼsir koʻrsatish, ularning faoliyatiga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783790" id="-2783790">42. Idoraviy mansub tashkilot bilan idoraviy ekologik nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli shaxslar oʻrtasida yuzaga keladigan idoraviy ekologik nazorat sohasidagi nizolar tegishli idoraning boshqaruvchi organi tomonidan hal etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783791" id="-2783791">43. Bir tomondan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan, ikkinchi tomondan ekologik nazoratning boshqa subyektlari oʻrtasida yuzaga keladigan idoraviy nazorat sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783792" id="-2783792">44. Idoraviy ekologik nazorat sohasidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7202893" id="-7202893"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining </em><a href="/mact/-97664#-198097">VIII bobi</a><em>, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining </em><a href="/mact/-111453#-265693">XIV bobi</a><em>.</em></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2783796" id="-2783796"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2783798" id="-2783798">Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 286-son <a href="/mact/-2783354">qaroriga </a><br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2783800" id="-2783800">Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2783802" id="-2783802">Namunaviy nizom </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2783803" id="-2783803"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2783951" id="-2783951">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783952" id="-2783952">1. Ushbu Namunaviy nizom “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-2304953">Qonuniga </a>muvofiq ishlab chiqilgan va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishning asosiy talablari va tartibini belgilaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783953" id="-2783953">2. Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish tabiatdan foydalanishning majburiy sharti hisoblanadi va “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-2304953">Qonuni</a>, boshqa qonun hujjatlari va ushbu Nizom bilan tartibga solinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783954" id="-2783954">3. Ishlab chiqarish ekologik nazorati xoʻjalik yurituvchi subyektning ekologik xizmati tomonidan amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783955" id="-2783955">Ekologik xizmat departament, boshqarma, boʻlim yoxud boshqa shaklda tashkil qilinadi, shuningdek bir xodimdan iborat boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783956" id="-2783956">4. Ishlab chiqarish ekologik nazoratini xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlari mehnat shartnomasida, lavozim yoʻriqnomalarida nazarda tutilgan lavozim majburiyatlariga hamda boshqa ichki hujjatlarga muvofiq amalga oshiradilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2783957" id="-2783957">II. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish ekologik nazorati sohasidagi asosiy vazifalari va funksiyalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783959" id="-2783959">5. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarish ekologik nazorati sohasida quyidagilarga majburdir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783960" id="-2783960">tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari buzilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783961" id="-2783961">atrof muhitning ifloslanishiga, ularga berilgan tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783962" id="-2783962">atrof muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi majburiyatlarni, ishlab chiqarish ekologik rejalari va dasturlar bajarilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783964" id="-2783964">xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati oqibatida atrof muhitdagi oʻzgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanish va vakolat doirasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida davlat tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783966" id="-2783966">tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783969" id="-2783969">6. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻzlariga yuklangan majburiyatlarni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirish maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783971" id="-2783971">ekologik nazorat sohasidagi ichki hujjatlarni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783972" id="-2783972">tekshirish dasturlarini tasdiqlaydilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783973" id="-2783973">ekologik normativlar oʻz vaqtida ishlab chiqilishini va ularga rioya etilishini taʼminlaydilar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783974" id="-2783974">atrof muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha ishlab chiqarish tadbirlari va dasturlar ishlab chiqilishini va bajarilishini taʼminlaydilar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783975" id="-2783975">atrof muhitga zararli moddalar chiqarilishi va oqizilishini, atrof muhitning hamda ularga egalik qilish yoki foydalanish uchun berilgan tabiiy resurslarning holatini uzluksiz kuzatish tizimini yaratadilar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783976" id="-2783976">ekologik xizmatlar xodimlarining malakasini oshirishni taʼminlaydilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783977" id="-2783977">atrof muhitni muhofaza qilishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga va ekologik nazoratni amalga oshirishga qaratilgan majburiyatlar bajarilmasligida aybdor boʻlgan xodimlarni intizomiy va moddiy javobgarlikka tortadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783979" id="-2783979">Xoʻjalik yurituvchi subyektlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2783981" id="-2783981">III. Ishlab chiqarish ekologik nazorati subyektlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783984" id="-2783984">7. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarish ekologik nazoratining subyektlari hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783985" id="-2783985">Quyidagilar xoʻjalik yurituvchi subyekt nomidan ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshiradilar: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783986" id="-2783986">xoʻjalik yurituvchi subyektning taʼsis hujjatlariga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari va/yoki rahbarlik qiluvchi organi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783987" id="-2783987">mehnat shartnomalariga, lavozim yoʻriqnomalari va boshqa ichki hujjatlarga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyekt xodimlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783989" id="-2783989">xoʻjalik yurituvchi subyektning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan ekologik xizmati.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783993" id="-2783993">8. Xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari va/yoki rahbarlik qiluvchi organi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783995" id="-2783995">ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi lavozim yoʻriqnomalarini va boshqa ichki hujjatlarni tasdiqlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2783997" id="-2783997">ishlab chiqarish ekologik nazorati amalga oshirilishini va moddiy-texnik taʼminlanishini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784000" id="-2784000">ishlab chiqarish ekologik nazoratining boshqa subyektlari bilan xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish boʻlinmalari oʻrtasidagi nizolarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qaror qabul qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784002" id="-2784002">ishlab chiqarish ekologik nazorati natijalari boʻyicha qaror qabul qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784004" id="-2784004">ishlab chiqarish ekologik nazorati jarayonida aniqlangan tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlari bartaraf etilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784007" id="-2784007">tegishli hududda atrof muhit muhofazasi masalalari boʻyicha hisobotlar fuqarolar yigʻinlariga topshirilishini taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784010" id="-2784010">9.Xoʻjalik yurituvchi subyekt xodimlari, shuningdek ekologik xizmat faoliyatni mehnat shartnomalari, lavozim yoʻriqnomalari va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2784011" id="-2784011">IV. Ishlab chiqarish ekologik nazoratining shakllari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784012" id="-2784012">10. Quyidagilar ishlab chiqarish ekologik nazorati shakllari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784041" id="-2784041">atrof muhit holatini hamda atrof muhit ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni kuzatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784042" id="-2784042">xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va boshqa boʻlinmalari tomonidan atrof muhitga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng yuqori taʼsirni tartibga soluvchi ekologik normativlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784043" id="-2784043">xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va boshqa boʻlinmalarini nazoratdan oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784044" id="-2784044">ekologik audit. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784046" id="-2784046">Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllardan ham foydalanilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2784047" id="-2784047">V. Atrof muhit holatini hamda atrof muhitning ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi hamda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni kuzatib borish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784048" id="-2784048">11. Atrof muhit holatini kuzatib borish xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati tabiiy muhit obyektlariga: atmosfera havosi, yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga bevosita taʼsir zonasida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784050" id="-2784050">Kuzatish paytida obyektlarning son va sifat koʻrsatkichlari oʻrganiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784052" id="-2784052">12. Atrof muhitning ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni kuzatib borish koʻzdan kechirish, shuningdek fan, texnika yutuqlari, axborot tizimlari, aloqa tarmoqlari va axborot-telekommunikatsiya tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784053" id="-2784053">13. Kuzatishning davriyligi va davomiyligi atrof muhit va uning obyektlari holatini xolisona aks ettiruvchi maʼlumotlar toʻplanishini hamda atrof muhit ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi hamda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlar yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik choralari oʻz vaqtida koʻrilishini taʼminlashi kerak. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2784055" id="-2784055">VI. Ishlab chiqarish ekologik nazoratini yuritish</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3425907" id="edi-3425907"><a href="/mact/-2783354?ONDATE=19.10.2015 00#-2784057">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3425907" id="-3425907"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3425910" id="-3425910">14. Faoliyati atrof muhit ifloslanishi bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan (belgilangan) metodikalarga va davriylikka muvofiq ifloslantiruvchi manbalar boʻyicha ifloslantiruvchi moddalar amalda chiqarilishi va oqizilishini asboblar yordamida oʻlchashlari shart. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3425912" id="-3425912">(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli <a href="/mact/-3411141?ONDATE=15.11.2017 01#-3415506">qarori</a> tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)<br /><br /></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784058" id="-2784058">15. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar ifloslantiruvchi moddalarning amaldagi chiqarilishi va oqizilishini ushbu ishlab chiqarishning ixtisoslashtirilgan attestatsiyadan oʻtkazilgan laboratoriyalari kuchlari bilan mustaqil, shuningdek shartnoma asosida boshqa tashkilotlarning ixtisoslashtirilgan attestatsiyadan oʻtkazilgan ekologik laboratoriyalari kuchlari bilan asboblar yordamida oʻlchashga haqlidir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784059" id="-2784059">16. Atrof muhitga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng yuqori taʼsirni tartibga soluvchi ekologik normativlarning belgilangan meʼyorlardan oshgan holatlari aniqlanganda xoʻjalik yurituvchi subyektlar quyidagilarga majburdir: </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3425915" id="edi-3425915"><a href="/mact/-2783354?ONDATE=19.10.2015 00#-2784060">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3425915" id="-3425915"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3425918" id="-3425918">bu haqda zudlik bilan oʻzining yuqori turuvchi tashkilotiga va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlariga xabar qilish;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3425921" id="-3425921">(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli <a href="/mact/-3411141?ONDATE=15.11.2017 01#-3415506">qarori</a> tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)<br /><br /></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784061" id="-2784061">ularning kelib chiqishi sabablarini bartaraf etish choralarini koʻrish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2784062" id="-2784062">VII. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va boshqa boʻlinmalarini nazoratdan oʻtkazish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784067" id="-2784067">17. Mansabdor shaxslar va vakolatli organlar xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va boshqa boʻlinmalarida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oʻz vaqtida oldini olish, aniqlash va ular buzilgan hollarda ularga barham berish, shuningdek ulardagi atrof muhit ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi hamda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlash maqsadida ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshiradilar va ularni nazorat qilish huquqiga ega. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784071" id="-2784071">18. Nazorat qilish xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tegishli faoliyati bilan tezkor tanishish imkoniyatini taʼminlovchi aylanib chiqish, koʻzdan kechirish va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784072" id="-2784072">Nazorat qilish ichki idoraviy ekologik nazorat uchun nazarda tutilgan tartibda namunalarni olish, foto va video tasvirlar hamda hujjatlashtirishning boshqa usullari bilan birgalikda olib boriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784074" id="-2784074">19. Nazoratni amalga oshirishning davomiyligi, davriyligi va boshqa shartlari xoʻjalik yurituvchi subyektning ichki hujjatlari bilan belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784076" id="-2784076">20. Nazorat qilishda xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ekologik nazoratning jamoatchilik inspektorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2784077" id="-2784077">VIII. Ishlab chiqarish ekologik nazorati natijalarini rasmiylashtirish va amalga oshirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784080" id="-2784080">21.Tabiatni muhofaza qilish qonun hujjatlari talablari buzilishi, shu jumladan atrof muhitga zararli taʼsirning belgilangan bunday talablar buzilishi xavfi mavjud boʻlgan hollarda davlat ekologik ekspertizasi va ekologik audit natijalari boʻyicha dalolatnoma va tavsiyalar bildirilgan maʼlumotnoma tuziladi va ular tegishli choralar koʻrish uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga yuboriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784081" id="-2784081">22. Ishlab chiqarish ekologik nazorati natijalari boʻyicha hisobot tuziladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2784084" id="-2784084">IX. Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784086" id="-2784086">23. Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishga aralashish, ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli shaxslarga qanday shaklda boʻlmasin taʼsir koʻrsatish, ular faoliyatiga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784087" id="-2784087">24. Ishlab chiqarish ekologik nazorati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784092" id="-2784092">25. Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish boʻyicha talablar buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2784094" id="-2784094"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2784097" id="-2784097">Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 286-son <a href="/mact/-2783354">qaroriga </a><br />3-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2784100" id="-2784100">Ekologik xizmat toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2784102" id="-2784102">Namunaviy nizom</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2784103" id="-2784103"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2784303" id="-2784303">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784304" id="-2784304">1. Ushbu Ekologik xizmat toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-2304953">Qonuniga </a>muvofiq ishlab chiqilgan hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar ekologik xizmatlarining maqomini, ularni tashkil qilishga va ularning faoliyatini taʼminlashga doir asosiy talablarni belgilaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784305" id="-2784305">2. Ushbu Nizomga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tegishli organning, xoʻjalik yurituvchi subyektning ular faoliyatining oʻziga xos xususiyatini hisobga oluvchi ekologik xizmati toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784306" id="-2784306">3. Ekologik xizmat faoliyati tabiatdan foydalanish, atrof tabiiy muhitni ifloslantirish va boshqa salbiy taʼsir bilan bogʻliq boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-2304953">Qonuniga</a>, ushbu Namunaviy nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784307" id="-2784307">4. Ekologik xizmat – davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining korxona va tashkilotlari tizimida, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida atrof tabiiy muhit muhofazasini va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlashni nazorat qilish uchun masʼul boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, xoʻjalik yurituvchi subyekt boshqaruv apparatining tarkibiy boʻlinmasi yoxud alohida mansabdor shaxsidir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784308" id="-2784308">5. Ekologik xizmat oʻz faoliyatida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boshqa tarkibiy boʻlinmalarining tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish faoliyatidagi vazifalarini ularning oʻrniga bajarmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784309" id="-2784309">6. Ekologik xizmatlar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasi </a>va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Namunaviy nizomga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hujjatlariga, xoʻjalik yurituvchi subyektning mahalliy hujjatlariga amal qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784310" id="-2784310">7. Ekologik xizmat oʻz faoliyati davomida oʻz vakolatlari doirasiga kiradigan barcha masalalar boʻyicha davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga yoxud uning atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish masalalariga mutasaddilik qiluvchi oʻrinbosariga boʻysunadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2784311" id="-2784311">II. Ekologik xizmatning asosiy vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784312" id="-2784312">8. Ekologik xizmatning asosiy vazifalari quyidagilarni tashkil qilish va taʼminlashdan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784313" id="-2784313">atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784314" id="-2784314">atrof muhitning holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784315" id="-2784315">tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini taʼminlash hamda moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784316" id="-2784316">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlariga va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784317" id="-2784317">atrof muhitdagi oʻzgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va koʻrilayotgan tegishli chora-tadbirlar toʻgʻrisida davlat tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784318" id="-2784318">9. Ekologik xizmat oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784319" id="-2784319">ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hamda idoraviy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784320" id="-2784320">ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazorati masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784321" id="-2784321">atrof muhitga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng yuqori taʼsirni tartibga soluvchi ekologik normativlarni ishlab chiqadi yoki ularni ishlab chiqishda hamda atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir tadbirlarda ishtirok etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784322" id="-2784322">davlat boshqaruvi organlari tasarrufidagi, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda atrof muhit va tabiiy resurslar holatini kuzatish tizimining ishlashini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784323" id="-2784323">idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784324" id="-2784324">tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tasarrufidagi, shuningdek ular tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda uslubiy yordam koʻrsatadi va koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784325" id="-2784325">ekologik nazoratning boshqa subyektlariga ekologik nazorat sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda yordam koʻrsatish, ekologik nazorat jarayonida aniqlangan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etishni tashkillashtirishda ishtirok etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784326" id="-2784326">Ekologik xizmat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2784327" id="-2784327">III. Ekologik xizmatning huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784328" id="-2784328">10. Ekologik xizmat oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784329" id="-2784329">idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish yuzasidan idoraviy va mahalliy qonun hujjatlarini ishlab chiqish hamda xoʻjalik va davlat boshqaruvi organi, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga tasdiqlash uchun kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784330" id="-2784330">idoraviy hamda ishlab chiqarish ekologik nazorati xizmatlarini hamda ularning tabiatni muhofaza qilish va resurslarni saqlash faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar kiritish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784331" id="-2784331">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari boshqaruv apparatining tarkibiy boʻlinmalari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tasarrufidagi yoki ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlardan ularning vakolatiga oid masalalar boʻyicha zarur hujjatlar, maʼlumotlar va boshqa materiallarni soʻrash va olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784332" id="-2784332">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784333" id="-2784333">11. Ekologik xizmat ushbu Namunaviy nizom, shuningdek ekologik nazorat sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, idoraviy hujjatlar bilan oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlashi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784334" id="-2784334">12. Ekologik xizmatga bevosita unga yuklangan vazifalar bilan bogʻliq boʻlmagan majburiyatlarni yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2784335" id="-2784335">IV. Ekologik xizmat faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784336" id="-2784336">13. Ekologik xizmatni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rahbar boshqaradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784337" id="-2784337">14. Ekologik xizmat xodimlari oʻrtasida vazifalar taqsimoti mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784338" id="-2784338">15. Ekologik xizmat faoliyatini nazorat qilish davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining, xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari, uning oʻrinbosari hamda boshqa mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2784339" id="-2784339">V. Ekologik xizmatning tuzilmasi va shtatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784340" id="-2784340">16. Ekologik xizmatning tuzilmasi va xodimlari soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784341" id="-2784341">Ekologik xizmatning tashkiliy tuzilmasi va xodimlari soni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ushbu tarmoqda (sohada) atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlashga doir ishlar hajmidan kelib chiqqan holda, mehnat qonunchiligiga muvofiq aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784342" id="-2784342">17. Ekologik xizmatda ishlash uchun ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida maxsus bilimga va ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2784343" id="-2784343">18. Mehnatni tashkil etish va ekologik xizmat xodimlariga ish haqi toʻlash mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6582085" id="edi-6582085"><a href="/mact/-2783354?ONDATE=19.10.2015 00#-2784344">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6582085" id="-6582085">(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 402-sonli <a href="/mact/-6576266?ONDATE=21.08.2023 00#-6578346">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 09/23/402/0632-son)</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-2786619" id="-2786619">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 41-son, 525-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; 21.08.2023-y., 09/23/402/0632-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
