

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-2861303">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6931"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-2861303">[<b>TSZ:</b><div id="LS3741"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-2861408">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-2861409">qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-2861410">Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2861411"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861412">Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek ularni rivojlantirish istiqbollarini belgilash, balansli va kompleks qurishni taʼminlash yoʻli bilan shaharsozlik va arxitektura-rejalashtirish tuzilmasini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861413">1. Quyidagilar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861414">Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda shaharsozlik hujjatlari deb ataladi) ishlab chiqish, shuningdek ularni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga<a href="javascript:scrollText(-2861416)">*</a> muvofiq;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861415">2016 — 2019-yillar davrida Nukus shahri va viloyatlarning maʼmuriy markazlari boʻlgan shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqish (tuzatish kiritish) jadvali (keyingi oʻrinlarda jadval deb ataladi) 2-ilovaga<a href="javascript:scrollText(-2861416)">*</a> muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="FOOTNOTE"><a id="-2861416">* <a href="/mact/2861300#-2861511">1 </a>va <a href="/mact/2861300#-2861624">2-ilovalar </a>rus tilidagi matnda berilgan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861417">2. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq uzoq muddatli va oʻrtacha muddatli istiqbolga prognoz hisob-kitoblarni shakllantirish uchun shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga shartnoma asosida: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861418">hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861419">ijtimoiy infratuzilmani, shu jumladan xizmatlar, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirish yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-3330480"><a href="/mact/-2861303?ONDATE=11.01.2016 00#-2861420">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3330480"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3330481">mavjud tabiiy va mineral-xomashyo resurslarni hisobga olgan holda hududiy sanoatni rivojlantirish yuzasidan — “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-3330482">(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-avgustdagi 647-sonli <a href="/mact/-3315156?ONDATE=28.08.2017 00#-3315282">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 890-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861421">yerdan foydalanuvchilar, aholi punktlarining loyiha chegaralariga kiritiladigan qishloq xoʻjaligi yerlari va boshqa ekin maydonlari tarkibini aniqlash yuzasidan — “Oʻzdaverloyiha” yer tuzish ilmiy-tadqiqot instituti jalb etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861422">3. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasining loyiha-qidiruv tashkilotlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har besh yilda — shaharlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan bosh rejalari amalga oshirilishi kompleks xatlovdan oʻtkazilishini, shuningdek har oʻn yilda — zamonaviy shaharsozlik va ijtimoiy-iqtisodiy talablar hisobga olingan holda ularga tuzatish kiritilishini taʼminlasin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861423">4. Quyidagilar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861424">Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari — ushbu qaror bilan tasdiqlangan jadvalga muvofiq 2016 — 2018-yillar davrida Nukus shahri va maʼmuriy markazlar boʻlgan shaharlarning bosh rejalari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi (tuzatish kiritilishi) boʻyicha ishlar (xizmatlar)ning buyurtmachilari etib;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861425">“OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasining loyiha-qidiruv tashkilotlari — shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini va mufassal rejalashtirish loyihalarini, shuningdek shahar va shahar chegarasi loyihalarini ishlab chiquvchilar etib;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861426">“OʻzGAShKLITI” davlat unitar korxonasining loyiha-qidiruv tashkiloti — shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun kompleks muhandislik-texnik izlanishlar oʻtkazish (muhandislik-geologik qidiruvlar oʻtkazish, topografik xaritalar va rejalarni tuzish) boʻyicha ishlarni ijro etuvchi etib belgilansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861427">5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi har yili, 2016-yildan boshlab, Davlat budjeti parametrlarini va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan jadvalga muvofiq 2016 — 2018-yillar davrida Nukus shahri, maʼmuriy markazlar boʻlgan shaharlarning bosh rejalarini oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish (tuzatish kiritish)ni moliyalashtirishga zarur mablagʻlarni nazarda tutsinlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861428">6. Quyidagilarga:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861429">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari amalga oshirilishi yuzasidan mualliflik nazoratini olib borish ishlarini bajarish va moliyalashtirish oʻz vaqtida tashkil etilishi uchun;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861430">loyiha-qidiruv tashkilotlari rahbarlariga — shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarga shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari amalga oshirilishi ustidan mualliflik nazoratini toʻlaqonli olib borish taʼminlanishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861431">7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, ixtisoslashtirilgan loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan birgalikda:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861432">shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha davlat talablari va davlat taʼlim standartlari ishlab chiqilishini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861433">ixtisosli taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning mavjud tizimi samaradorligi va natijadorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoni takomillashtirilishini taʼminlasin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861434">8. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi, shu jumladan obyektlar qurilishiga ruxsatnomalar berishda va yer uchastkalari berishda bosh rejalar buzilganligi, shuningdek yer uchastkalari oʻzboshimchalik bilan egallab olingandagi harakatsizlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni taqdim etsin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861435">9. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarini shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qaroriga <a href="javascript:scrollText(-2861443)">3-ilovaga </a>muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861436">10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining<a href="javascript:scrollText(-2861454)"> 4-ilovaga </a>muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861437">11. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861438">12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. </a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-2861439">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-2861440">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-2861441">2016-yil 5-yanvar,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-2861442">3-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2861443"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-2861444">Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 3-son <a href="javascript:scrollText()">qaroriga </a><br />3-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-2861445">Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarini shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2861446"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861447">1.<a href="/mact/-2436669?ONDATE=04.08.2014 00#-2437188"> 3-bandda</a>:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861448"><a href="/mact/-2436669?ONDATE=04.08.2014 00#-2437190">ikkinchi </a>va <a href="/mact/-2436669?ONDATE=04.08.2014 00#-2437191">uchinchi xatboshilar </a>quyidagi tahrirda bayon qilinsin: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861449">“shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari, aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalari, shahar chegarasi loyihalari, kompleks muhandislik izlanishlarini oʻtkazish, aholi punktlarining mikroseysmorayonlashtirish xaritalarini, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda aholini muhofaza qilish sxemalari va boʻlimlarini tuzish, ekologiya ekspertizasi xulosalari, aholisi (fuqarolar yigʻini organlari joylashgan aholi punktidagi yashovchilar soni) 5 ming nafardan koʻp boʻlgan fuqarolar qishloq yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish — nazarda tutilgan budjet mablagʻlari, shu jumladan, markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar doirasida respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861450">aholisi (fuqarolar yigʻini organlari joylashgan aholi punktidagi yashovchilar soni) 5 ming nafardan kam boʻlgan fuqarolar qishloq yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalari, ekologiya ekspertizasi xulosalari, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish — mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi”;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861451">quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861452">“Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlarini davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazish ishlarining qiymati indeksatsiya qilinmaydi va boʻlajak yillar loyiha-qidiruv ishlarining tasdiqlangan manzilli roʻyxatlari bilan belgilangan summalar miqdorida moliyalashtiriladi”. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861453">2. 2015 — 2018-yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish dasturidan (qarorga <a href="/mact/-2436669?ONDATE=04.08.2014 00#-2437183">1-ilova</a>) 18-qator chiqarib tashlansin. </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2861454"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-2861457">Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 3-son <a href="javascript:scrollText()">qaroriga </a><br />4-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-2861458">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-2861459">ROʻYXATI </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2861460"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861461">1. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 14-avgustdagi 320-son <a href="/mact/-347886">qarori </a>(Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 52-modda).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861463">2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 35-modda) ilovaning<a href="/mact/-636461?ONDATE=06.07.2005 00#-677626"> 17-bandi</a>.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861465">3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib oʻrnatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1666-son qarori)” 2012-yil 17-fevraldagi 42-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 10-modda) ilovaning <a href="/mact/-1963355?ONDATE=17.02.2012 00#-1963524">3-bandi</a>.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2861468">4. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarini shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qaroriga 4-ilovaning <a href="/mact/-2436669?ONDATE=04.08.2014 00#-2437270">1-bandi</a>.</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-2861671">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 1-son, 5-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 34-son, 890-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son) </a></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
