1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida:
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
(2-bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2018-y., 07/18/3956/1994-son)
2017 — 2019-yillarda chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyalarining moddiy-texnik jihozlanishi parametrlari 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2018-y., 07/18/3956/1994-son)
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2018-y., 07/18/3956/1994-son)
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2018-y., 07/18/3956/1994-son)
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzuridagi “Toza hudud” davlat unitar korxonalarining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari:
chiqindi yig‘ish punktlarini ekspluatatsiya qilish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish, poligonlarni boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish masalalarida tumanlar (shaharlar) filiallari va ixtisoslashtirilgan sanitariya tozalash tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
chiqindilarni yig‘ish, saralash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, shuningdek, chiqindilarni olib ketish bo‘yicha maqbul jadvallar va xizmat ko‘rsatish marshrutlarini ishlab chiqish;
fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan chambarchas hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarga shartnomalar tuzish va o‘z vaqtida haq to‘lashni ta’minlash borasida abonentlar bilan ishlarni tashkillashtirish;
yangi sanitariya tozalash obyektlarini qurish va foydalanishga topshirish majburiyatlari pudratchilar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi monitoringini amalga oshirish, sanitariya tozalash tashkilotlari moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish, filiallarni maxsus mashina va mexanizmlar bilan qo‘shimcha jihozlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2018-y., 07/18/3956/1994-son)
g) Atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari:
respublika atmosfera havosi, yuza suvlar, tuproq, hayvonot va o‘simlik dunyosining ifloslanish manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, analitik nazorat natijalarini tizimlashtirish va umumlashtirish;
chiqindilarni ko‘mish (joylashtirish)da ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilinishi, radiatsiya xavfsizligi ta’minlanishining analitik nazoratini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga rioya etilishi ustidan inspeksiyaviy analitik nazorat, ifloslantirish manbalari monitoringi bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda rahbarlik qilish hamda tashkiliy-uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish;
oqova va tashlanmalar, chiqindilar, tabiiy muhit obyektlari ifloslanishi namunalarini olish hamda ularning fizik-kimyoviy analizlarini olib borishning ilg‘or usullarini o‘zlashtirish, takomillashtirish, zarur hollarda, ishlab chiqish, qayta mukammal ishlash va joriy qilish;
atmosferaga moddalar tashlanmalari nazorati va arbitraj o‘lchovlari o‘tkazilishini, tabiiy muhit obyektlari ifloslanishi va chiqarib tashlanadigan oqova suvlar sifati analiz qilinishini ta’minlash.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2025-y., 06/25/185/0956-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni;
Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish fondi mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi markaziy apparati huzuridagi Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni:
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin:
8. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-aprel,
PQ-2915-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qaroriga 10-ILOVA
2017 — 2019-yillarda chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyalarining moddiy-texnik jihozlanishi
PARAMETRLARI
T/r
Moddiy-texnik jihozlanishining nomlanishi
Jami
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati inspeksiyasi uchun
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri inspeksiyasi uchun
Tumanlarga (shaharlarga) biriktirilgan inspektorlar uchun
Avtotransport vositalarini xarid qilish va gaz uskunalarini o‘rnatish
7 327,6
7 327,6
shu jumladan:
3.1.
Avtotransport vositalari (Damas)
193
6 652,1
193
6 652,1
3.2.
Avtotransport vositalari uchun gaz uskunalarini xarid qilish va o‘rnatish
193
675,5
193
675,5
* xaridlar Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
10-ilova norasmiy tarjima.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 18-son, 317-modda, 29-son, 682-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son, 05.10.2018-y., 07/18/3956/1994-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 21.10.2025-y., 06/25/185/0956-son)