Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 23-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3733]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-161-son “Islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning masʼuliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga (roʻyxat raqami 3686, 2025-yil 9-oktabr) muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va eʼlon etilishi kerakligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-161-son “Islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning masʼuliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 5-bandiga asosan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan qonunchilik hujjatlariga tezkor va toʻliq muvofiqlashtirish maqsadida belgilangan muddatda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmagan yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilishi hamda buning natijasida yuzaga keladigan oqibatlar uchun vazirlik va idoralar rahbarlari javobgar hisoblanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga asosan Adliya vazirligiga vazirlik va idoralarning qonunchilikka nomuvofiq boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarini Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarishga haqli ekanligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan ilovaga muvofiq chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-dekabr,
28-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilayotgan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 1997-yil 15-mayda tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasiga kelish va ketish vizalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 349-son, 1997-yil 4-iyun).
2. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2008-yil 7-maydagi 518-son “Xorijiy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasiga kelish va ketish vizalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 349-1-son, 2008-yil 19-may).
3. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2018-yil 4-maydagi 30-son “Xorijiy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasiga kelish va ketish vizalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 349-2-son, 2018-yil 18-iyun).
4. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2018-yil 29-iyundagi 32-son “Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma (sertifikat) berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 349-3-son, 2018-yil 15-avgust).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2002-yil 4-oktabrdagi 128-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1186, 2002-yil 2-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi , 2002-y., 21-son).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2004-yil 19-noyabrdagi 157-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1186-1, 2004-yil 30-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 48-49-son, 498-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2006-yil 27-oktabrdagi 118-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1186-2, 2006-yil 6-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 496-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 20-apreldagi 62-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1186-3, 2007-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 22-son, 229-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 7-apreldagi 70-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1186-4, 2008-yil 9-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 113-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 28-yanvardagi 11-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1186-5, 2010-yil 23-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 12-son, 88-modda).
11. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 5-oktabrdagi 114-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1186-6, 2010-yil 6-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 392-modda).
12. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 30-iyuldagi 5n-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1186-7, 2012-yil 9-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 32-son, 383-modda).
13. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 29-apreldagi 20n-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1186-8, 2013-yil 29-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 22-son, 288-modda).
14. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 1-iyundagi 62-N-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1186-9, 2015-yil 8-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 23-son, 306-modda).
15. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 8-apreldagi 73-N-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (1186-10, 2016-yil 25-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 17-son, 179-modda).
16. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 14-sentabrdagi 84-n-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomning 3-ilovasi 10-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1186-11, 2016-yil 21-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 454-modda).
17. Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 7-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1186-12, 2023-yil 17-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/1186-12/0483-son).
18. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2003-yil 9-yanvardagi 9-son “Oliy taʼlim toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1222, 2003-yil 22-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 4-son).
19. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2010-yil 29-oktabrdagi 406-son “Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1222-1, 2010-yil 12-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 46-son, 416-modda).
20. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2013-yil 13-dekabrdagi 469-son “Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1222-2, 2013-yil 13-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 50-son, 658-modda).
21. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2017-yil 28-avgustdagi 6-2017-son “Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1222-3, 2017-yil 13-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 10/17/1222-3/0108-son).
22. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 7-iyundagi 256-son “Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizomning 52-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1222-4, 2023-yil 22-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2023-y., 10/23/1222-4/0420-son).
23. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmasi federatsiyasi Kengashining 2003-yil 7-apreldagi 8, 46 va 14-10-son “Narkomaniya bilan kasallangan shaxslarning shugʻullanishi uchun cheklovlar belgilangan kasbiy faoliyat turlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1233, 2003-yil 15-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son).
24. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 11-fevraldagi 31, 2004-22, 03-02/8-14-son “Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1320, 2004-yil 3-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 110-modda).
25. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 8-yanvardagi 3, 2007-01, 01-02/8-1-son “Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1320-1, 2007-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4 — 6-son, 49-modda).
26. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 13-martdagi 34, 2009-14, 01-02/8-7-son “Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1320-2, 2009-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 13-son, 149-modda).
27. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2011-yil 14-martdagi 23, 2011-10, 01-02/8-3-son “Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1320-3, 2011-yil 28-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 12-13-son, 126-modda).
28. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 27-fevraldagi 19, 2013-13, 01-02/8-23-son “Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1320-4, 2013-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-son, 159-modda).
29. Oʻzbekiston Respublikasi davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 2-fevraldagi 9-son “Ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasining patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1329, 2004-yil 22-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 12-son, 147-modda).
30. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2005-yil 30-martdagi 27-son “Ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1329-1, 2005-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 17-18-son, 136-modda).
31. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 5-fevraldagi 23-son “Ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasining patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1329-2, 2009-yil 12-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 120-modda).
32. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 26-son “Ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1329-3, 2011-yil 30-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 429-modda).
33. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 15-martdagi 14-son “Foydali modelga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1343, 2004-yil 29-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 202-modda).
34. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 11-martdagi 35-son “Foydali modelga Oʻzbekiston Respublikasining patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1343-1, 2009-yil 25-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 13-son, 150-modda).
35. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 29-son “Foydali modelga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1343-2, 2011-yil 30-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 428-modda).
36. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2017-yil 20-dekabrdagi 27-son “Foydali modelga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1343-3, 2018-yil 25-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2018-y., 10/18/1343-3/0619-son).
37. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2005-yil 25-maydagi 3, 78-son “Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1491, 2005-yil 8-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 199-modda).
38. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 19-fevraldagi 15, 11-son “Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1491-1, 2018-yil 17-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/1491-1/0930-son).
39. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 15-avgustdagi 55, 52-son “Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1491-2, 2018-yil 7-sentabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2018-y., 10/18/1491-2/1857-son).
40. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2005-yil 25-maydagi 4, 79-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1492, 2005-yil 8-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 200-modda).
41. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 19-fevraldagi 16, 12-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1492-1, 2018-yil 17-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/1492-1/0929-son).
42. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2005-yil 25-maydagi 5, 80-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yoʻl transportida tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori (roʻyxat raqami 1493, 2005-yil 8-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 201-modda).
43. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 19-fevraldagi 17, 13-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yoʻl transportida tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1493-1, 2018-yil 17-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/1493-1/0928-son).
44. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2005-yil 31-dekabrdagi 06-3/440, 11/5132, 109-son “Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini tasarruf etish uchun tibbiyot muassasalaridagi maxsus komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1536, 2007-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 3-son, 14-modda).
45. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2006-yil 18-yanvardagi 73-son “Xorijiy havo kemalariga Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish uchun diplomatik (maxsus) ruxsatnomalar berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1544, 2006-yil 26-yanvar).
46. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2006-yil 23-yanvardagi 15-son “Issiqlikdan foydalanuvchi uskunalar va issiqlik tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1549, 2006-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 9-son, 66-modda).
47. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 26-yanvardagi 1-son “Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1549-1, 2011-yil 8-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 6-son, 53-modda).
48. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining 2006-yil 5-apreldagi 58-son “Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1572, 2006-yil 6-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 19-son, 167-modda).
49. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 3-avgustdagi 149-son “Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining 9-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1572-1, 2010-yil 17-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 282-modda).
50. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 26-yanvardagi 2-son “Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1572-2, 2011-yil 8-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 6-son, 54-modda).
51. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2006-yil 12-maydagi 7, 2, 1/4-529, 46-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yaroqsiz holatga kelgan (xizmat muddati tugagan) yoki yoʻqotilgan moddiy va pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish, moddiy mablagʻlar hisobi va ular boʻyicha hisobot yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1592, 2006-yil 5-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 256-modda).
52. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2014-yil 25-dekabrdagi 21, 44, 9, 131-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yaroqsiz holatga kelgan (xizmat muddati tugagan) yoki yoʻqotilgan moddiy va pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish, moddiy mablagʻlar hisobi va ular boʻyicha hisobot yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1592-1, 2015-yil 29-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 4-son, 50-modda).
53. Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2006-yil 30-oktabrdagi 51-son “Vazirliklar, idoralar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlarda temir yoʻl transporti sohasida faoliyat olib boruvchi xodimlarning temir yoʻllardan texnik foydalanish qoidalari hamda yoʻriqnomalarni bilishini komissiya tuzib tekshirishni amalga oshirish boʻyicha nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1645, 2006-yil 30-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 494-modda).
54. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 14-dekabrdagi 77-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy belgilangan yoshdan 10 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 2-roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2066, 2010-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 16-modda).
55. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2011-yil 9-sentabrdagi 57, 60-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy belgilangan yoshdan 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 3-roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2276, 2011-yil 7-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 447-modda).
56. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2012-yil 27-noyabrdagi 72-Q, 83-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy belgilangan yoshdan 10 va 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 2 va 3-roʻyxatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2409, 2013-yil 3-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 12-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 10/25/3733/1200-son)