Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1186-12]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Parvoz xavfsizligi nazorati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat nozirligi boshligʻining 2002-yil 4-oktabrdagi 128-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1186, 2002-yil 2-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 21-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 22-iyun,
7-son
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 7-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 7-banddagi “Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining” degan soʻzlar “Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 677-banddagi “Davavianazoratiga” degan soʻz “Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 5-ilovaning matnidagi “Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (The State Inspection of the Republic of Uzbekistan for Flight Safety Oversight)” degan soʻzlar “Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (Civil aviation Agency under the Ministry of transport of the Republic of Uzbekistan)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 10-ilovaning matnidagi “Davavianazorat” degan soʻz “Fuqaro aviatsiyasi agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/1186-12/0483-son)