ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYICHA DAVLAT INSPEKSIYASI “OʻZDAVENERGONAZORAT”
Buyrugʻi
ISSIQLIKDAN FOYDALANUVCHI QURILMALAR VA ISSIQLIK TARMOQLARINI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 6-mayda 1572-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetikada nazorat boʻyicha (Oʻzdavenergonazorat) davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Issiqlikdan foydalanuvchi uskunalar va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi
“Oʻzdavenergonazorat” boshligʻi B. GʻULOMOV
“Oʻzdavenergonazorat” boshligʻi B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 5-aprel,
58-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 19-son, 167-modda; 2010-y., 33-son, 282-modda; 2011-y., 6-son, 54-modda)