Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining
buyrugʻi
Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizomning 52-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 22-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1222-4]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2003-yil 9-yanvardagi 9-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1222, 2003-yil 22-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 4-son) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizomning 52-bandidagi “248 — 250; 254 — 257-moddalari” degan soʻzlar “383 — 386-moddalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAHMONOV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-iyun,
256-son
Kelishildi:
Madaniyat vaziri O. NAZARBEKOV
2023-yil 19-may
Tashqi ishlar vaziri B. SAIDOV
2023-yil 27-may
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2023-yil 26-may
Qishloq xoʻjaligi vaziri A. VOITOV
2023-yil 29-may
Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi S. TOSHBOYEV
2023-yil 6-iyun
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. UMAROVA
2023-yil 29-may
Yoshlar siyosati va sport vaziri A. IKRAMOV
2023-yil 24-may
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. SHERMATOV
2023-yil 7-iyun
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
2023-yil 24-may
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2023-yil 20-may
Sogʻliqni saqlash vaziri A. INOYATOV
2023-yil 25-may
Suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari A. NAZAROV
2023-yil 22-may
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2023-y., 10/23/1222-4/0420-son)