OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRINING
BUYRUGʻI
XORIJIY FUQAROLAR, FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLARGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KELISH VA KETISH VIZALARINI RASMIYLASHTIRISH BOʻYICHA YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 19-mayda 349-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari Tartibiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining 1997-yil 15-maydagi Xorijiy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasiga kelish va ketish vizalarini rasmiylashtirish boʻyicha Yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 349, 1997-yil 4-iyun) oʻzgartirishlar ilovaga* muvofiq kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Tashqi ishlar vaziri V. NOROV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-may,
518-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 187-modda)