ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYICHA DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
ISSIQLIKDAN FOYDALANUVCHI QURILMALAR VA ISSIQLIK TARMOQLARINI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 8-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1572-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-sonli “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-sonlar, 301-modda) muvofiq buyuraman:
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2006-yil 5-apreldagi 58-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga (roʻyxat raqami 1572, 2006-yil 6-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 19-son, 167-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi
Boshliq A. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-yanvar,
2-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 6-son, 54-modda)