OʻZbekiston respublikasi Davlat panent idorasining
buyrugʻi
FOYDALI MODELGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING PATENTINI BERISH UCHUN TALABNOMALARNI TUZISH, TOPSHIRISH VA KOʻRIB CHIQISH QOIDALARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1343-1 ]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi OʻRQ–164-sonli “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 15-martdagi 14-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Foydali modelga Oʻzbekiston Respublikasining patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari”ga (2004-yil 29-aprel, roʻyxat raqami 1343 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 202-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat patent idorasi direktori B.A. AMONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 11-mart,
35-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 13-son, 150-modda)