ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYICHA (OʻZDAVENERGONAZORAT) DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
BUYRUgʻI
ISSIQLIKDAN FOYDALANUVCHI USKUNALAR VA ISSIQLIK TARMOQLARINI TEXNIK EKSPLUATATSIYA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 28-fevralda 1549-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetikada nazorat boʻyicha (Oʻzdavenergonazorat) davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Issiqlikdan foydalanuvchi uskunalar va issiqlik tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari” tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Elektr energetikada nazorat boʻyicha (Oʻzdavenergonazorat) davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 23-yanvar,
15-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 9-son, 66-modda; 2011-y., 6-son, 53-modda)