Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASINING AVIATSIYA XODIMLARINI TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 23-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1186-5]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini takomillashtirish maqsadida IKAO standartlari va tavsiyalarini inobatga olib, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2002-yil 4-oktabrdagi 128-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1186, 2002-yil 2-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 21-son) ilovaga* binoan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-yanvar,
11-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 12-son, 88-modda)