11.06.2014 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1930-yildagi Majburiy mehnat toʻgʻrisidagi Konvensiyasiga Bayonnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro mehnat tashkilotining Bosh konferensiyasi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro mehnat byurosining Maʼmuriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 2014-yilning 28-mayida oʻzining 103-sessiyasiga toʻplanib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zoʻraki yoki majburiy mehnatni taqiqlash barcha asosiy huquqlar yigʻindisining bir qismi ekanligini hamda zoʻraki yoki majburiy mehnat millionlab ayollar va erkaklar, qizlar va oʻgʻil bolalarning inson huquqlarining buzilishi va qadr-qimmatini poymol qilishga olib kelishini, qashshoqlikning surunkali tarzda saqlanib qolishiga yordam berishini va barchaning manfaati yoʻlida munosib mehnat maqsadlariga erishishga toʻsqinlik qilishini tan olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zoʻraki yoki majburiy mehnatning barcha shakllariga qarshi kurashda 1930-yilgi Majburiy mehnat toʻgʻrisidagi konvensiya (29-son) va 1957-yilgi Majburiy mehnatni tugatish toʻgʻrisidagi konvensiya (105-son) hayotiy muhim rol oʻynashini, shuningdek ularga rioya qilish borasida boʻshliqlar qoʻshimcha choralarni amalga oshirishni talab qilishini tan olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konvensiyaning 2-moddasida qoʻllanilgan zoʻraki yoki majburiy mehnat tushunchasi zoʻraki yoki majburiy mehnatning barcha shakl va koʻrinishlarini qamrab olishini va biror bir istisnosiz barcha insonlarga taalluqliligini eslatib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zoʻraki va majburiy mehnatning barcha shakl va koʻrinishlariga tezkorlik bilan chek qoʻyishning zarurligini taʼkidlab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilot aʼzolarining zoʻraki yoki majburiy mehnatni jinoiy huquqbuzarlik sifatida belgilash va qonunda koʻzda tutilgan sanksiyalarning haqiqatdan ham samarali boʻlishini va ularga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash borasida majburiyatga ega ekanligini eslatib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konvensiyada nazarda tutilgan oʻtish davri allaqachon tugaganligini va 1-moddaning 2 va 3-bandlari hamda 3 — 24-moddalari qoidalari ortiq qoʻllanilmasligini qayd etib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zoʻraki yoki majburiy mehnatning mazmuni va shakllari oʻzgarib borayotganini hamda shahvoniy foydalanishga olib kelishi mumkin boʻlgan zoʻraki yoki majburiy mehnatga jalb qilish maqsadini koʻzlovchi odam savdosi xalqaro hamjamiyatni tobora koʻproq tashvishga solayotganini va uni butunlay tugatish uchun tezkor choralar koʻrish zarurligini tan olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zoʻraki yoki majburiy mehnatga jalb qilingan ishchilar soni iqtisodiyotning xususiy sektoriga tobora koʻproq toʻgʻri kelayotgani, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari esa bu borada ayniqsa zaif ekanligini va ishchilarning ayrim guruhlari, birinchi navbatda migrantlarning boshqalarga nisbatan zoʻraki yoki majburiy mehnatning jabrlanuvchisi boʻlishi xavfi yuqori ekanligini qayd etib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzoq muddatli istiqbol uchun zoʻraki yoki majburiy mehnatni tugatishning taʼsirchanligini oshirish ish beruvchilar oʻrtasida adolatli raqobatni va ishchilarning kafolatlangan himoyasini taʼminlashga yordam berishini qayd etib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1948-yilgi Birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish toʻgʻrisidagi konvensiya (87-son), 1949-yilgi Jamoa muzokaralarini tashkil etish va olib borish huquqi toʻgʻrisidagi konvensiya (98-son), 1951-yilgi Teng haq toʻlash toʻgʻrisidagi konvensiya (100-son), 1958-yilgi Mehnat va mashgʻulotlar sohasidagi kamsitishlar toʻgʻrisidagi konvensiya (111-son), 1973-yilgi Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi konvensiya (138-son), 1999-yilgi Bolalar mehnatining eng yomon shakllari toʻgʻrisidagi konvensiya (182-son), 1949-yilgi Mehnatkash-migrantlar toʻgʻrisidagi konvensiya (qayta koʻrib chiqilgan) (97-son), 1975-yilgi Mehnatkash-migrantlar toʻgʻrisidagi konvensiya (qoʻshimcha qoidalar) (143-son), 2011-yilgi Uy ishchilarining munosib mehnati toʻgʻrisidagi konvensiya (189-son), 1997-yilgi Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi konvensiya (181-son), 1947-yilgi Mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi konvensiya (81-son), 1969-yilgi Qishloq xoʻjaligida mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi konvensiya (129-son), shuningdek Mehnat sohasidagi asosiy prinsiplar va huquqlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya (1998-yil) va XMTning Adolatli globallashuv maqsadlarida ijtimoiy adolat toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi (2008-yil) kabi tegishli xalqaro mehnat normalarini eslatib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948-yil), Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt (1966-yil), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt (1966-yil), Qullik toʻgʻrisidagi konvensiya (1926-yil), Qullik, qul savdosi va qullikka oʻxshash institut va amaliyotlarni tugatish toʻgʻrisidagi qoʻshimcha konvensiya (1956-yil), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi (2000-yil), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosini oldini olish hamda unga chek qoʻyish va uning uchun jazolash toʻgʻrisidagi bayonnomasi (2000-yil), Migrantlarni quruqlik, dengiz va havo orqali noqonuniy tashishga qarshi bayonnoma (2000-yil), Barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila aʼzolari huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiya (1990-yil), Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi konvensiya (1984-yil), Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya (1979-yil) va Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya (2006-yil) kabi boshqa muhim xalqaro hujjatlarni qayd etib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konvensiyaga rioya qilish nuqtai nazaridan mavjud boʻshliqlarni bartaraf etish uchun bir qator takliflarni qabul qilishga qaror qilib hamda sessiya kun tartibining toʻrtinchi bandiga muvofiq zararni qoplash va reabilitatsiya qilish kabi oldini olish, muhofaza choralari va huquqiy himoya vositalari zoʻraki yoki majburiy mehnatga samarali chek qoʻyishni taʼminlash uchun zarur ekanligini tasdiqlab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki ming oʻn toʻrtinchi yil iyun oyining oʻn birinchi kunida 1930-yilgi Majburiy mehnat toʻgʻrisidagi konvensiyaga 2014-yilgi bayonnoma deb nomlash mumkin boʻlgan quyidagi Bayonnomani qabul qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur takliflarga bayonnoma va konvensiya shaklini berishga qaror qilgan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Zoʻraki yoki majburiy mehnatga chek qoʻyish yuzasidan Konvensiyadan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarishda Tashkilotning har bir aʼzosi undan foydalanishni oldini olish va toʻxtatish, jabrlanganlarga huquqiy himoyaning zararni qoplash hamda zoʻraki va majburiy mehnatga yoʻl qoʻygan huquqbuzarlarga nisbatan sanksiyalar belgilash kabi tegishli va samarali vositalaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralar koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tashkilotning har bir aʼzosi uzoq muddatli istiqbol uchun zoʻraki yoki majburiy mehnatga samarali barham berish maqsadida ish beruvchilar va xodimlar tashkilotlari bilan maslahatlashgan holda milliy siyosat va harakat rejalarini ishlab chiqadi. Bu esa vakolatli organlar tomonidan tizimli harakatlarni amalga oshirishni va, zarur hollarda, boshqa manfaatdor guruhlar bilan harakatlarni muvofiqlashtirishni talab qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konvensiyada keltirilgan zoʻraki yoki majburiy mehnatning taʼrifi yana bir bor tasdiqlanadi va, shunday qilib, ushbu Bayonnomada nazarda tutilgan chora-tadbirlar zoʻraki yoki majburiy mehnat maqsadlarida odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha aniq harakatlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zoʻraki yoki majburiy mehnatni oldini olish maqsadida qabul qilinadigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) shaxslarni, xususan, nisbatan zaif hisoblanuvchi shaxslarni zoʻraki yoki majburiy mehnatning jarblanuvchisiga aylanib qolishiga yoʻl qoʻymaslik uchun oʻqitish va axborot bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ish beruvchilarni zoʻraki yoki majburiy mehnat amaliyotida ishtirok etishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida oʻqitish va axborot bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) quyidagilarni taʼminlashga saʼy-harakatlarni kuchaytirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) zoʻraki yoki majburiy mehnatga taalluqli qonunchilikning, shu jumladan mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarning qamrab olish sohasi va unga amal qilishni taʼminlash, tegishli holatlarda, barcha ishchilar va iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga tarqalishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ii) mehnat inspeksiyasi organlari va ushbu qonunchilikni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan boshqa xizmatlarni mustahkamlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) shaxslarni, birinchi navbatda mehnat migrantlarini ishga jalb qilish va yollash jarayonida sodir etilishi mumkin boʻlgan suiisteʼmollik va firibgarlik amaliyotlaridan himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) davlat va xususiy sektorning zoʻraki yoki majburiy mehnat bilan bogʻliq xatarlarni oldini olish va tegishli javob choralarini koʻrishga yoʻnaltirilgan faol saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) zoʻraki yoki majburiy mehnat bilan bogʻliq xatarlarni kuchaytiruvchi asosiy sabablar va omillarni aniqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilotning har bir aʼzosi zoʻraki yoki majburiy mehnatning barcha jabrlanuvchilarini aniqlash, ozod qilish, himoya qilish, tiklash va reabilitatsiya qilish boʻyicha samarali choralarni koʻradi, shuningdek yordam va qoʻllab-quvvatlashning boshqa shakllarini koʻzda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tashkilotning har bir aʼzosi oʻz hududida zoʻraki yoki majburiy mehnatning barcha jabrlanuvchilari jismonan mavjudligi yoki ularning huquqiy maqomidan qatʼi nazar, zararni qoplash kabi huquqiy himoyaning mutanosib va samarali himoya vositalaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tashkilotning har bir aʼzosi, oʻz huquqiy tizimining asosiy prinsiplariga muvofiq, ixtiyoriga zid ravishda, zoʻraki yoki majburiy mehnatda zoʻrlik bilan ishtirok etganliklari sababli huquqqa zid harakatlarni sodir etganliklari uchun zoʻraki yoki majburiy mehnatning jabrlanuvchilarini jinoiy javobgarlikka tortmaslik va ularga nisbatan jazo choralarini qoʻllamaslik borasida vakolatli organlar tegishli huquqqa ega boʻlishini taʼminlash maqsadida zarur choralarni koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot aʼzolari zoʻraki yoki majburiy mehnatning barcha shakllariga yoʻl qoʻymaslik va ularni oldini olish maqsadida bir-birlari bilan hamkorlik qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bayonnoma va Konvensiya qoidalarini amalga oshirish uchun koʻriladigan chora-tadbirlar milliy qonunchilik yoki normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq yoki tegishli ish beruvchilar va ishchilar tashkilotlari bilan maslahatlashuvlardan soʻng vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konvensiyaning 1-moddasi 2 va 3-bandlari va 3 — 24-moddalarining vaqtinchalik qoidalari chiqarib tashlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tashkilot aʼzosi ushbu Bayonnomani Konvensiyani ratifikatsiya qilish bilan bir vaqtda yoki u ratifikatsiya qilinganidan keyin istalgan vaqtda Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktoriga ushbu Bayonnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi rasmiy yorliqni roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuborish orqali ratifikatsiya qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bayonnoma Tashkilot ikkita aʼzosining ratifikatsiya yorliqlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan sanadan boshlab 12 oy oʻtgach kuchga kiradi. Keyinchalik ushbu Bayonnoma Tashkilotning har bir aʼzosi uchun uning ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjati Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan sanadan keyin 12 oy oʻtgach kuchga kiradi va Konvensiya tegishli aʼzo uchun ushbu Bayonnomaning 1 — 7-moddalari qoʻshilgan holda majburiy kuchga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bayonnomani ratifikatsiya qilgan Tashkilot aʼzosi, agar Konvensiya uning 30-moddasi qoidalariga muvofiq denonsatsiya qilish uchun ochiq boʻlsa, Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktoriga denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi arizani roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuborgan holda denonsatsiya qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konvensiyaning 30 yoki 32-moddalari qoidalariga muvofiq Konvensiyani denonsatsiya qilish oʻz-oʻzidan ushbu Bayonnomani denonsatsiya qilishga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Bayonnomani ushbu moddaning 1 va 2-bandlari qoidalariga muvofiq denonsatsiya qilish denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi ariza roʻyxatga olingan sanadan boshlab bir yil oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktori Tashkilot aʼzolari tomonidan yuborilgan barcha ratifikatsiya qilish va denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarini roʻyxatga olganligi haqida Xalqaro mehnat tashkilotining barcha aʼzolariga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bosh direktor Tashkilot aʼzolarini u tomonidan qabul qilingan ikkinchi ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjat roʻyxatga olingani haqida xabardor qilgan holda, ularning eʼtiborini ushbu Bayonnomaning kuchga kirgan sanasiga qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, yuqoridagi moddalar qoidalariga binoan oʻzi roʻyxatga olgan barcha ratifikatsiya qilish va denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarga oid toʻla maʼlumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga roʻyxatga olish uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bayonnomaning ingliz va fransuz tilidagi matnlari bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Imzolar)