16.12.1966 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Pakt
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida eʼlon qilingan prinsiplarga muvofiq, insoniyat oilasining hamma aʼzolariga xos boʻlgan qadr-qimmat hamda teng va buzilmas huquqlarini tan olish prinsiplari ozodlik, adolat va yalpi tinchlikning negizi ekanligini eʼtiborga olib, ushbu huqukdar inson shaxsiga xos qadr-qimmatdan kelib chiqishini eʼtirof etib, Inson huqukdari umumjahon deklaratsiyasiga muvofiq qoʻrquv va muhtojlikdan holi boʻlgan ozod inson shaxsining ideali har bir kishi oʻz fuqarolik va siyosiy huqukdaridan, shuningdek oʻz iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huqukdaridan foydalanishi mumkin boʻlgan sharoit yaratilgandagina ruyobga chiqishini eʼtirof etib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomiga koʻra davlatlar inson huquqlari va erkinliklariga umum rioya etishi hamda hurmat qilishini ragʻbatlantirishi shart ekanligini eʼtiborga olib, har bir alohida inson boshqa odamlar va oʻzi mansub jamoaga nisbatan majburiyati boʻlgani holda mazkur Paktda tan olinayotgan huquqlarni ragʻbatlantirish va ularga rioya etishga erishishi lozimligini eʼtiborga olib, quyidagi moddalar borasida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I QISM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Barcha xalkdar oʻz takdirini oʻzi belgilash huquqiga egadir. Ushbu huquq orqali ular oʻz siyosiy maqomini va oʻz iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotini erkin holda taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Barcha xalkdar oʻz maqsadlariga erishmoq uchun oʻz tabiiy boyliklari va resurslariga egalik qiladi, bunda oʻzaro foyda prinsipiga asoslangan xalqaro iqtisodiy hamkorlik va xalqaro huqukdan kelib chiqadigan biror-bir majburiyatga zarar yetmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hech bir xalq oʻziga tegishli boʻlgan tirikchilik vositalaridan hech qachon mahrum qilinmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi barcha davlatlar, shu jumladan oʻz-oʻzini boshqara olmayotgan va vasiy boʻlgan hududlarni boshqarish uchun javob beruvchi davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi qoidalariga muvofiq oʻz takdirini oʻzi belgilash huquqini amalga oshirishni ragʻbatlantirishlari va bu huquqni hurmat qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II QISM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Paktda qatnashuvchi har bir davlat yakka tartibda va xalqaro yordam va hamkorlik tartibida, jumladan, iqtisod va texnika sohalarida mazkur Paktda eʼtirof etilgan huquqlarning asta-sekin toʻliq roʻyobga chiqishini taʼminlash uchun barcha zarur usullar bilan, jumladan qonuniy choralar koʻrish orqali mavjud resurslarning iloji boricha keng doirasida tadbirlar koʻrish majburiyatini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Paktda qatnashuvchi davlatlar mazkur Paktda eʼlon qilingan huqukdarni biror-bir kamsitishsiz, yaʼni irqi, tana rangi, jinsi, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, nasl-nasabi yoki boshqa holatlardan qatʼi nazar kafolatlash majburiyatini oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Rivojlanayotgan mamlakatlar inson huqukdari va oʻz xalqi xoʻjaligini zarur tarzda hisobga olgan holda oʻz mamlakatlari fuqarolari boʻlmagan shaxslarga mazkur Paktda eʼtirof etilayotgan iqtisodiy huqukdar uchun qay darajada kafolat berishlarini oʻzlari belgilashlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar mazkur Paktda koʻrib chiqilgan hamma iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huqukdardan foydalanishda erkaklar va ayollarga teng huquq berish majburiyatini oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar mazkur Paktga koʻra birorbir davlat huquqlardan foydalanish borasida shunday cheklashlarni belgilashi mumkinligini, bu qonunda aks etib, oʻsha cheklashlar qayd etilgan huqukdar tabiatiga uygʻun boʻlishini hamda u demokratik jamiyatda umumiy farovonlikka koʻmaklashish maqsadidagina boʻlishi lozimligini eʼtirof etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Paktdagi biror-bir narsa birorta davlat, birorta guruh yoki birorta shaxs ushbu Paktda eʼtirof etilgan har qanday huquq va erkinlikni yoʻq qilishga qaratilgan yoki shu Paktda taʼkidlanganidan koʻra koʻproq cheklashga qaratilgan faoliyat bilan shugʻullanish yoki qandaydir xatti-harakat sodir etish huquqiga ega degan mazmunda talqin etilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Paktda ishtirok etayotgan biror bir davlatda qonun, konvensiya, qoida yoki urf-odat tariqasida tan olingan yoki mavjud boʻlgan insonning asosiy huquqlari ushbu Paktda tan olinmaydi yoki kam mikdorda tan olinadi degan bahonada bu huqukdar cheklanishi yoki pisand etilmasligiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III QISM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir insonning ishlab mablagʻ topish imkoniyatini qamrab oladigan mehnat qilish huquqini tan oladi. Mehnat turini har bir odam erkin holda tanlaydi yoki erkin holda rozi boʻladi. Shu Pakt ishtirokchisi boʻlgan davlatlar esa fuqarolarni mazkur huquq bilan taʼminlash uchun zarur choralar koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar mazkur huquqni toʻliq amalga oshirish maqsadida koʻrish kerak boʻlgan tadbirlarga hunar-texnika taʼlimi va tayyorgarlik dasturi, insonning asosiy siyosiy va iqtisodiy erkinliklariga kafolat beruvchi sharoitlarda uzluksiz holda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotga odamlarning ishlab chiqarishda toʻliq band boʻlishiga erishish usuli va yoʻllari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining adolatli va qulay shart-sharoitga ega boʻlgan mehnat qilish huquqini, jumladan, quyidagilarni tan oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) barcha mehnatkashlarga kamida quyidagilarni taʼminlaydigan haq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) teng qiymatga ega mehnat uchun hech bir tafovutsiz adolatli ish haqi va teng daromad, ayni paytda, jumladan, ayollarga erkaklarnikidan kam boʻlmagan mehnat sharoitiga kafolat berilishi hamda teng mehnat uchun teng haq toʻlanishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ii) mazkur Paktning qarorlariga muvofiq ular va ularning oilalari uchun qoniqarli boʻlgan turmush;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beruvchi ish sharoiti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) mehnat staji va malaka asosidagina ishda tegishli yanada yuqoriroq mansablarga koʻtarilish uchun bir xil imkoniyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) dam olish, boʻsh vaqt imkoniyatining boʻlishi va oqilona cheklangan ish vaqti hamda haq toʻlanadigan taʼtil, shuningdek bayram kunlari uchun haq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar quyidagilarni taʼminlash majburiyatini oladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) har bir insonning oʻz iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini amalga oshirish va himoyalash uchun kasaba uyushmalari tashkil etish va oʻz ixtiyori bilan ana shu uyushmalarga kirish huquqi. Buning uchun tegishli tashkilot qoidalariga rioya qilish shart. Koʻrsatib oʻtilgan huqukdan foydalanishga hech bir cheklanish qoʻyilmaydi, qonunda koʻzda tutilgan va demokratik jamiyatda davlat xavfsizligi yoki jamoat tartibi manfaatlari yoʻlidagi yoki boshqalarning huquq va erkinligini muhofaza etishdagi huqukdar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kasaba uyushmalarining milliy federatsiya yoki konfederatsiya tuzish huquqi va milliy federatsiya, konfederatsiyalarning xalqaro kasaba uyushmalari tuzish yoki shu kabi uyushmalarga birlashish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) kasaba uyushmalarining hech bir toʻsiqsiz, cheklashlarsiz faoliyat yuritish huquqi, qonunda koʻzda tutilgan va demokratik jamiyatda davlat xavfsizligi yoki jamoat tartibi manfaati yoki boshqalarning huquq va erkinligini muhofaza etish uchun zarur boʻlgan huqukdari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har bir mamlakatning qonunlariga muvofiq amalga oshiriladigan ish tashlash huquqi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu modda qurolli kuchlar, politsiya yoki davlat maʼmuriyati tarkibidagi shaxslar uchun mazkur huquqlardan foydalanishda qonuniy cheklash kiritilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddadagi hech narsa 1948-yilgi Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyasida ishtirok etuvchi davlatlarga uyushmalar erkinligi va tashkilotlar tuzish huquqini himoya qilish koʻrsatilgan konvensiyada nazarda tutilgan kafolatlarga ziyon yetkazgan holda qonuniy aktlar qabul qilish yoki ushbu kafolatlarga ziyon yetkazadigan qonunni qoʻllash huquqini bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir insonning ijtimoiy taʼminlanish, jumladan, ijtimoiy sugʻurta huquqini eʼtirof etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar quyidagilarni tan oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasi hisoblanmish oilaga imkoni boricha keng koʻlamda yordam berilishi va muhofaza etilishi zarur. Ayniqsa u shakllanayotgan davrda bunday koʻmak zarur, chunki mustaqil boʻlmagan bolalar va ular tarbiyasi borasidagi gʻamxoʻrlik hozircha oila zimmasiga tushmokda, nikoh nikohdan oʻtayotganlarning erkin roziligiga koʻra tuzilmogʻi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bola tugʻilishidan oldin va undan keyingi davrda onalarga alohida eʼtibor berilishi lozim. Bu davr mobaynida ishlovchi onalarga haq toʻlanadigan taʼtil yoki ijtimoiy taʼminot boʻyicha yetarli nafaqa bilan taʼtil berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Barcha bolalar va oʻsmirlarga hech bir kamsitishsiz, oilaviy kelib chiqishi yoki boshqa belgilaridan qatʼi nazar alohida himoya choralari va yordam koʻrsatilishi shart. Bolalar va oʻsmirlar iqtisodiy va ijtimoiy ekspluatatsiyadan himoyalangan boʻlishi kerak. Ularning mehnatini axloqi va salomatligi uchun zararli boʻlgan yoki hayot uchun xavfli sohalarda yoki ularning normal oʻsishi uchun zarar keltirishi mumkin boʻlgan sohalarda qoʻllash qonun bilan jazolanishi kerak. Bundan tashqari, davlat shunday yosh chegarasini belgilab qoʻyishi kerakki, shu chegaradan quyi yoshdagi bolalar mehnatidan foydalanish taqikdanishi va qonun bilan jazolanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishi oʻzi va oilasi uchun yetarlicha oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy hamda turmush sharoiti toʻxtovsiz yaxshilanib borishini oʻz ichiga oladigan yetarli turmush darajasi boʻlish huquqini eʼtirof etadi. Mazkur ishtirokchi-davlatlar ushbu huqukdar amalga oshirilishini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradi, ayni paytda erkin kelishuvga asoslangan xalqaro hamkorlikning bu boradagi muhim ahamiyatini eʼtirof etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining ochlikdan holi boʻlishdek asosiy huquqini tan olgan holda, quyidagi vazifalarni amalga oshirish uchun aniq dasturlarni oʻtkazishni qamrab oladigan zarur choralarni koʻrishlari kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) texnik va ilmiy bilimlardan keng koʻlamda foydalanish, ovqatlanish tamoyillari toʻgʻrisidagi bilimlarni yoyish, tabiiy resurslardan yanada samarali foydalanish va oʻzlashtirish uchun agrar tizimni takomilashtirish yoki isloh qilish yoʻli bilan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, saqlash va taqsimlash uslublarini yaxshilash; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ehtiyojga muvofiq va oziq-ovqat mahsulotlarini import yoki eksport qiluvchi mamlakatlarning muammolarini hisobga olgan holda jahondagi oziq-ovqat zahiralarining adolatli taqsimlanishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining jismoniy va ruhiy salomatlik jihatdan oliy darajaga yetishi huquqini eʼtirof etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar koʻrishi kerak boʻlgan choralar quyidagi ishlar uchun zarur tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻlik goʻdaklar tugʻilishini va bolalar oʻlimini qisqartirish hamda bolalarning sogʻlom rivojlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tashqi muhitning hamma jihatlarini va sanoatda mehnat gigiyenasini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) yuqumli, endemik, kasbiy va boshqa kasalliklar oldini olish, davolash hamda ularga qarshi kurashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kasal boʻlgan hollarda hammaga tibbiy yordam koʻrsatish va tibbiy parvarishni taʼminlaydigan sharoit yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining taʼlim olish huquqini eʼtirof etadi. Ular taʼlim inson shaxsining toʻliq rivojlanishi va uning qadr-qimmatini anglashiga qaratilgan boʻlishi lozim, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilishni mustahkamlash zarur degan fikrga keladi. Shuningdek, taʼlim barchaga erkin jamiyatning foydali aʼzolari boʻlishga imkon yaratishi, barcha irqiy, etnik va diniy guruhlar oʻrtasidagi doʻstlikka, xayrixohlikka va sabr-toqatli boʻlishga hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni sakdash borasidagi ishiga koʻmaklashishi lozim degan fikrga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ushbu huquqlarning toʻliq amalga oshirilishi uchun quyidagi ishlarni amalda bajarish kerakligini eʼtirof etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boshlangʻich taʼlim hamma uchun majburiy va tekin boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻrta taʼlimning barcha shakllari, jumladan hunar-texnika oʻrta taʼlimi ochiq boʻlishi va barcha zarur choralar koʻrilib, xususan, asta-sekin pulsiz taʼlim olishni joriy etish yoʻli bilan barchaning imkoni yetadigan darajaga erishish lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) har bir insonning qobiliyatini hisobga olgan holda barcha zarur choralarni koʻrish, xususan asta-sekin bepul taʼlim olishni joriy etish yoʻli bilan oliy taʼlim olish hamma uchun imkon yetadigan darajada boʻlishiga erishish kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oddiy taʼlim, boshlangʻich taʼlimning toʻliq kursini oʻtmagan yoki tugallamagan kishilar uchun imkon boricha ragʻbatlantirilishi yoki jadallashtirilishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) barcha darajadagi maktablar tarmoqlari faol rivojlantirilishi, stipendiyalarning qoniqarli tizimi belgilanishi va oʻqituvchilarning moddiy ahvoli doimiy ravishda yaxshilanib borishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ota-onalarning va tegishli hollarda qonuniy vasiylarning oʻz farzandlari uchun davlat hokimiyati taʼsis etgan maktablarnigina emas, taʼlim olish uchun davlat tomonidan belgilanishi yoki tasdikdanishi mumkin boʻlgan eng kam talabga javob beruvchi maktablarni ham tanlab olish erkini hurmat qilish majburiyatini oladi. Ota-onalar yoki qonuniy vasiylarning bu erkiga oʻz shaxsiy eʼtiqodiga koʻra farzandlarini diniy va axloqiy taʼlim bilan taʼminlashlari ham kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur moddaning hech bir qismi ayrim shaxslar va muassasalarning ushbu moddaning birinchi bandida bayon qilingan tamoyillarga ogʻishmay rioya etib va ushbu muassasalarda berilayotgan taʼlim davlat tomonidan belgilab qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng kam talablarga javob berishiga rioya qilib oʻquv yurtlari ochish borasidagi erkinligini kamsitadi degan mazmunda talqin qilinmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Pakt ishtirokchilari qatoriga kirishgacha boʻlgan vaqtga qadar oʻz metropoliyasida yoki yurisdiksiyasida tekin majburiy boshlangʻich taʼlimni joriy eta olmagan mazkur Pakt aʼzosi boʻlgan har bir davlat ikki yil ichida tekin majburiy taʼlim tamoyilini amalga oshirish uchun mufassal tadbirlar rejasini ishlab chiqish majburiyatini oladi. Ushbu rejani hayotga tatbiq etishning oqilona muddati oʻsha rejada koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Paktda ishtirok etayotgan davlatlar har bir insonning quyidagi huquqlarini eʼtirof etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) madaniy hayotda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ilmiy taraqqiyot va uni amalda qoʻllash natijalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) oʻzi muallif boʻlgan har qanday ilmiy, adabiy yoki badiiy mehnat bilan bogʻliq holda yuzaga keluvchi moddiy va maʼnaviy manfaatlar himoyasidan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu huqukdarni toʻla amalga oshirish uchun mazkur Paktda ishtirok etayotgan davlatlar qabul qilishi kerak boʻlgan tadbirlar fan va madaniyat yutuqlarini himoyalash, rivojlantirish va yoyish uchun zarur boʻlganlarini qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyat uchun soʻzsiz zarur boʻlgan erkinlikni hurmat qilish majburiyatini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ilmiy va madaniy sohalarda xalqaro aloqalarni ragʻbatlantirish va rivojlantirish orqasidan keladigan nafni tan oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV QISM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ushbu Paktning shu qismiga muvofiq, mazkur Paktda tan olingan huquqlarga rioya etishga erishish borasida koʻrilayotgan tadbirlar hamda siljishlar haqida maʼruzalar takdim etish majburiyatini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. a) Barcha maʼruzalar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga takdim etiladi, u esa koʻrib chiqish uchun mazkur Pakt qoidalariga muvofiq Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashga maʼruzalarning nusxasini yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlarning maʼruzalarini yoki maʼruzalarning tegishli qismini ushbu davlatlar aʼzo boʻlgan muassasalarga yuboradi, chunki ana shu maʼruzalar yoki maʼruzalarning qismlari konstitutsion aktlarga muvofiq oʻsha muassasalarning vazifasi doirasiga kiradigan barcha masalalarga aloqadordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash tomonidan mazkur Pakt kuchga kirgandan soʻng bir yil mobaynida ishtirokchi davlatlar va ixtisoslashgan manfaatdor muassasalar bilan maslahatlashib berilgan dasturga muvofiq bosqichma-bosqich oʻz maʼruzalarini takdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mavzularda ushbu Pakt boʻyicha majburiyatlar bajarilishi darajasiga taʼsir etuvchi omillar va qiyinchiliklar koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar tegishli maʼlumot ushbu Paktda ishtirok etuvchi biror-bir davlat tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga yoki biror-bir ixtisoslashtirilgan muassasaga ilgariroq xabar qilingan boʻlsa, bu maʼlumotlarni qayta bayon etishga hojat yoʻq va shu taxlitda xabardor etilgan maʼlumotlarga aniq tayanish yetarli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga koʻra inson huqukdari hamda asosiy erkinliklari borasidagi burchlarini bajarish uchun ixtisoslashtirilgan muassasalar bilan ushbu muassasalar faoliyatiga aloqador boʻlgan ushbu Pakt qarorlariga rioya etilishiga erishish yoʻlida qanchalik siljishlar boʻlgani haqida maʼruzalar takdim etish borasida kelishib olishi mumkin. Bu maʼruzalar shu taxlitda amalga oshirish toʻgʻrisida ixtisoslashtirilgan muassasalar obroʻli organlari qabul qilayotgan qaror va tavsiyanomalarning tafsilotlarini ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Inson huqukdari boʻyicha komissiyaga koʻrib chiqish va umumiy tavsiyalar berish uchun yoki tegishli hollarda inson huquqlariga aloqador masalalar borasida maʼlumot uchun 16-17-moddalarga binoan davlatlar taqdim etayotgan maʼruzalarni axborot uchun berishi, shuningdek 18-moddaga muvofiq ixtisoslashgan muassasalar takdim etgan inson huquqlariga aloqador maʼruzalar berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Paktda ishtirok etuvchi manfaatdor davlatlar va ixtisoslashtirilgan muassasalar Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashga 19-moddaga muvofiq har qanday umumiy tavsiyanoma borasida yoki Inson huqukdari boʻyicha komissiyaning har qanday maʼruzasidagi ana shunday umumiy tavsiyanomaga tayanish xususida yoki oʻsha joyda tayanilayotgan har qanday hujjat borasida mulohaza taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash vaqti-vaqti bilan Bosh Assambleyaga ushbu Paktda tan olinayotgan huqukdarga yalpi rioya etilishini taʼminlash borasida qabul qilingan choralar va erishilgan natijalar toʻgʻrisida mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar hamda ixtisoslashtirilgan muassasalardan olinadigan maʼlumotlarning qisqacha bayoni va umumiy tusdagi tavsiyanomalar bilan maʼruzalar takdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Birlashgan Millatlar Tashkiloti boshqa organlari ularning yordamchi organlari va texnik yordam koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalarning diqqat- eʼtiborini mazkur Paktning ushbu qismida eslatilayotgan maʼruzalar tufayli yuzaga kelayotgan har qanday masalalarga qaratishi mumkin, zero bu hol ana shu organlar tomonidan vakolatlari doirasida ushbu Paktni asta- sekin amalga oshirishga koʻmaklashish mumkin boʻlgan xalqaro tadbirlarning qanchalik maqsadga muvofikdigi borasida qarorlar chiqarishida foydali boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar konvensiyalar tuzish, tavsiyanomalar qabul qilish, maslahat maqsadida mintaqaviy va texnik kengash oʻtkazish, shuningdek, manfaatdor hukumatlar bilan hamkorlikda tashkiliy tadqiqotlar olib borish ushbu Paktda eʼtirof etilayotgan huqukdarni amalga oshirishga yordam beruvchi xalqaro tadbirlar qatoriga kiradi deb kelishadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Paktdagi hech bir narsa Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli organlari va ixtisoslashtirilgan muassasalarning mazkur Paktga daxldor masalalari borasidagi tegishli majburiyatlarini belgilaydigan BMT Nizomi qarorlari va ixtisoslashtirilgan muassasalarning nizomi ahamiyatini kamsitish deb talqin qilinmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Paktdagi hech bir narsa barcha xalkdarning oʻz tabiiy boyliklari va resurslariga erkin egalik qilish hamda foydalanishdek ajralmas huquqini kamsitadi deb talqin qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V QISM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Pakt Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo boʻlgan yoki BMTning ixtisoslashtirilgan muassasalariga aʼzo boʻlgan, Xalqaro Sud Statuti ishtirokchisi boʻlgan yoki mazkur Paktda ishtirok etish uchun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan taklif etilgan har qanday boshqa davlat imzolashi uchun ochiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Pakt ratifikatsiya qilinishi kerak. Ratifikatsiya qilingan yorlikdar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Pakt mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan har qanday davlat qoʻshilishi uchun ochiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoʻshilish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga qoʻshilish haqidagi hujjat saqlash uchun topshirilgach amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Paktni imzolagan yoki unga qoʻshilgan davlatlarni ratifikatsiya qilingan yorliqlar yoki qoʻshilish haqidagi hujjatlar sakdash uchun topshirilishi toʻgʻrisida xabardor qiladi, mazkur Pakt uning oʻz ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish haqidagi hujjati sakdash uchun qabul qilingandan uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Pakt Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga oʻttiz beshinchi ratifikatsiya qilingan yorliq yoki qoʻshilish haqidagi hujjat saqlash uchun berilgan kundan boshlab uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Paktni ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan har bir davlat uchun oʻttiz beshinchi ratifikatsiya qilingan yorliq yoki qoʻshilish haqida hujjat sakdash uchun berilgandan soʻng, oʻsha davlatning oʻz ratifikatsiya qilingan yorligʻi yoki qoʻshilish haqidagi hujjati sakdash uchun berilgan kundan boshlab uch oy oʻtgach mazkur Pakt kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Pakt qarorlari federativ davlatlarning hamma qismiga hech bir cheklashlarsiz yoki olib tashlashlarsiz joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat tuzatishlar taklif etishi va uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga takdim etishi mumkin. Bosh kotib taklif etilgan har qanday oʻzgartirishlarni mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlarga joʻnatadi va ulardan ushbu takliflarni koʻrib chiqish hamda ovozga qoʻyish maqsadida konferensiya chaqirish haqidagi fikrini bildirishni iltimos qiladi. Agar ishtirokchi-davlatlarning kamida uchdan biri shunday konferensiyani maʼqullab fikr bildirsa, BMT Bosh kotibi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbarligida ushbu konferensiyani chaqiradi. Mazkur konferensiyada ishtirok etuvchi va ovoz berishda qatnashuvchi ishtirokchi-davlatlarning koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan har qanday tuzatish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga tasdiqlash uchun takdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tuzatishlar ularni BMT Bosh Assambleyasi tasdiqlagach va ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarning uchdan ikki qismi tomonidan ularning konstitutsiya tartibiga muvofiq qabul qilingach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuzatishlar kuchga kirgach uni qabul etgan ishtirokchi-davlatlar uchun majburiy boʻladi, boshqa ishtirokchi-davlatlar uchun esa mazkur Paktning ular tomonidan qabul qilingan qarorlari va barcha ilgarigi tuzatishlar majburiy boʻlib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-moddaning 5-bandiga muvofiq yuboriladigan bildirishlardan qatʼi nazar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi oʻsha moddaning 1-bandida qayd etilgan davlatlarni quyidagilar haqida xabardor etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 26-moddaga binoan imzolashlar, ratifikatsiyalar va qoʻshilishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 27-moddaga muvofiq mazkur Paktning kuchga kirish sanasi va 29-moddaga muvofiq har qanday tuzatishlarning kuchga kirish sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Pakt ingliz, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida tuzilgan boʻlib hamma matnlar teng kuchga ega, u Birlashgan Millatlar Tashkilotining arxiviga sakdash uchun topshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi 26-moddada koʻrsatilgan barcha davlatlarga ushbu Paktning tasdiqlangan nusxalarini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)