01.07.1949 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konvensiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoa muzokaralarini olib borish va birlashish huquqi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Bosh konferensiyasi, Xalqaro Mehnat Byurosining Ma’muriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1949-yilning 8-iyunida o‘zining O‘ttiz ikkinchi sessiyasiga to‘planib, jamoaviy kelishuv va birlashish huquqi prinsiplarining qo‘llanilishiga oid bir qancha takliflarni qabul qilishga qaror chiqarib va bu Sessiya kun tartibining to‘rtinchi bandi hisoblanib, mazkur takliflarga xalqaro konvensiya shaklini berishga qaror qilib, bir ming to‘qqiz yuz qirq to‘qqizinchi yil iyul oyining birinchi kunida kuyidagi “Jamoa muzokaralarini olib borish va birlashish huquqi to‘g‘risidagi 1949-yilgi Konvensiya” deb nomlanishi mumkin bo‘lgan Konvensiyani qabul qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mehnatkashlar ish bilan ta’minlanishida birlashmalar erkinligini cheklashga qaratilgan har qanday kamsitish harakatlariga qarshi tegishli himoyadan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bunday himoya kuyida ko‘zlangan harakatlarga nisbatan yanada mas’uliyatliroq qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mehnatkashni ish bilan ta’minlashda jamoat birlashmasiga qo‘shilmaslik yoki kasaba uyushmasi a’zosi huquqidan voz kechish shartini qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mehnatkashni birlashmaga a’zo bo‘lgani uchun va birlashma faoliyatida ish vaqtidan tashqari, yoki ish beruvchi roziligi bilan ish vaqtida ishtirok etganligi tufayli unga ziyon yetkazish yoki bo‘shatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mehnatkashlar va ish beruvchilarning tashkilotlari o‘z tashkilotlarini tuzishda, ularning faoliyatida va boshqarishda bir-biri tomonidan yoki bir-birining agentlari yoki a’zolari tomonidan amalga oshiriladigan har qanday aralashuvga qarshi tegishli himoyadan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xususan, ushbu modda mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ish beruvchilar yoki ish beruvchilarning tashkilotlari hukmronligi ostida mehnatkashlarning tashkilotlari ta’sis etilishiga ko‘maklashishga mo‘ljallangan, yoki mehnatkashlarning tashkilotlarini mablag‘ ajratish yo‘li bilan, yoki boshqa yo‘l bilan ish beruvchilar yoki ish beruvchilar tashkilotlari nazorati ostiga qo‘yish maqsadida ko‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan harakatlar aralashuv harakatlari sifatida qaraladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda, birlashish huquqining hurmat qilinishini ta’minlash maqsadida, xuddi oldingi moddalarda ta’riflanganidek, milliy sharoitga mos keladigan mexanizm tuziladi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoa shartnomalari orqali ish bilan ta’minlanish sohasidagi shart-sharoitlarni tartibga solish maqsadida, zarur hollarda, ish beruvchilar yoki ish beruvchilarning tashkilotlari va mehnatkashlarning tashkilotlari o‘rtasidagi ixtiyoriy muzokaralar mexanizmining to‘la rivojlanishiga va undan samarali foydalanishga ko‘maklashish va rag‘batlantirish uchun milliy sharoitga mos keladigan chora-tadbirlar ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiyada ko‘zda tutilgan kafolatlar qurolli kuchlarga va politsiyaga nisbatan qay darajada qo‘llanilishi milliy qonun hujjatlari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavi 19-moddasining 8-bandida bayon etilgan qoidalarga muvofiq Xalqaro Mehnat Tashkilotining har qanday a’zosi tomonidan ushbu Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, mavjud qonunlarga, sud qarorlariga, an’analarga yoki shartnomalarga salbiy ta’sir qilishi mumkin, deb va buning oqibatida ushbu Konvensiyada kafolatlangan har qanday huquqdan qurolli kuchlar yoki politsiya shaxsiy tarkibi foydalanishi mumkin, deb qaralmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyaning ta’siri davlat boshqaruvida mashg‘ul bo‘lgan davlat xizmatchilariga nisbatan qo‘llanilmaydi hamda ularning huquqlari va mavqelariga ziyon yetkazadigan mazmunda sharhlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish o‘g‘risidagi rasmiy hujjatlar ro‘yxatga olinishi uchun Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiya faqatgina ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan ro‘yxatga olingan Xalqaro Mehnat Tashkilotining a’zolarinigina birlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiya Tashkilot ikki a’zosining ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan ro‘yxatga olingan sanadan keyin o‘n ikki oy o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Keyinchalik ushbu Konvensiya Tashkilotning har bir a’zosi uchun uning ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjati ro‘yxatga olingan sanadan keyin o‘n ikki oy o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavi 35-moddasining 2-bandiga muvofiq Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga yuboriladigan deklaratsiyalarda kuyidagilar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qaysi hududlarga nisbatan Tashkilotning tegishli a’zosi Konvensiya qoidalarining o‘zgartirishlarsiz qo‘llanilishini zimmasiga olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qaysi hududlarga nisbatan Tashkilotning tegishli a’zosi Konvensiya qoidalarining o‘zgartirishlar bilan qo‘llanilishini zimmasiga olishi va shu o‘zgartirishlarning tafsiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) qaysi hududlarga nisbatan Konvensiya qo‘llanilmasligi va bu holda uning qo‘llanilmaslik sabablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) qaysi hududlarga nisbatan Tashkilotning tegishli a’zosi o‘z qarorini, bu holat kelgusida ko‘rib chiqilgunga kadar, saqlab turishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu modda 1-bandining “a” va “b” kichik bandlarida ifodalangan majburiyatlar ratifikatsiyaning ajralmas qismi deb hisoblanadi va ratifikatsiya kuchiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashkilotning xar qanday a’zosi navbatdagi deklaratsiya orqali ushbu modda 1-bandining “b”, “s” yoki “d” kichik bandlari asosida avvalgi deklaratsiyada aytib o‘tilgan xar qanday shartlardan yoki ularning bir qismidan voz kechishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilotning har qanday a’zosi, ushbu Konvensiya denonsatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan davr mobaynida, 11-modda qoidalariga muvofiq, Bosh direktorga istalgan avvalgi deklaratsiyaning har qanday shartiga o‘zgartirishlar kirituvchi hamla belgilangan hududlaridagi hozirgi ahvolni ifoda etuvchi navbatdagi deklaratsiyani yuborishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavi 35-moddasining 4 va 5-bandlariga muvofiq Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga yuboriladigan deklaratsiyalarda Konvensiya qoidalari tegishli hududga nisbatan qanday qo‘llanilishi, ya’ni o‘zgartirishlar bilan yoki o‘zgartirishlarsiz qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tiladi; agar deklaratsiyada Konvensiya qoidalari o‘zgartirishlar bilan qo‘llanilishi ko‘rsatilsa, unda o‘zgartirishlarning tafsiloti ham beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tashkilotning tegishli a’zosi, a’zolari yoki tegishli xalqaro darajadagi mas’ul istalgan paytda, keyingi deklaratsiyasi orqali, tegishli huquqidan foydalanib, har qanday avvalgi deklaratsiyasida ko‘zda tutilgan har qaysi o‘zgartirishlardan to‘liq yoki qisman voz kechishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashkilotning tegishli a’zosi, a’zolari yoki tegishli xalqaro darajadagi mas’ul, ushbu Konvensiya denonsatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan muddat mobaynida, 11-modda qoidalariga muvofiq, Bosh direktorga har qanday avvalgi deklaratsiyaning har qanday shartiga o‘zgartirishlar kirituvchi hamda ushbu Konvensiyaning qo‘llanilishiga nisbatan hozirgi ahvolni ifoda etuvchi deklaratsiya yuborishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning a’zosi Konvensiya dastlab kuchga kirgan sanadan o‘n yil o‘tganidan keyin Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga ro‘yxatga olish uchun yuborilgan akt orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya denonsatsiya akti ro‘yxatga olinganidan keyin bir yil o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir a’zosi, yuqoridagi bandda qayd etilgan o‘n yillik muddat o‘tganidan keyin, bir yil ichida mazkur moddada ko‘zda tutilgan denonsatsiya huquqidan foydalanmagan bo‘lsa, navbatdagi o‘n yillik muddatni kutishga majbur bo‘ladi va shunga muvofiq, u mazkur modda shartlariga binoan ushbu Konvensiyani har o‘n yillik muddat tugashi bilan denonsatsiya qilishi mumkin bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori Tashkilot a’zolari tomonidan yuborilgan ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlar, deklaratsiyalar va denonsatsiya aktlarining barchasini ro‘yxatga olganligi haqida Xalqaro Mehnat Tashkilotining barcha a’zolariga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bosh direktor unga yuborilgan ikkinchi ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatni ro‘yxatga olganligi haqida Tashkilot a’zolariga xabar berganida, Tashkilot a’zolarining e’tiborini Konvensiyaning kuchga kirish sanasiga qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, yuqoridagi moddalar qoidalariga binoan o‘zi ro‘yxatga olgan ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlar, deklaratsiyalar va denonsatsiya aktlarining barchasiga oid to‘la ma’lumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga ro‘yxatga olish uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har gal, Xalqaro Mehnat Byurosi Ma’muriy kengashi zarur deb topganda, Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyaning qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ma’ruzani taqdim etadi va uni to‘la yoki qisman qayta ko‘rib chiqish haqidagi masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish kerakligini yoki kerak emasligini ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar Konferensiya mazkur Konvensiyani to‘la yoki qisman qayta ko‘rib chiqadigan yangi konvensiya qabul qilsa va yangi konvensiyada zid keluvchi qoidalar mavjud bo‘lmasa, u holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Tashkilotning biror a’zosi tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning o‘z kuchi bilan, 11-modda qoidalaridan qat’iy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan bo‘lishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan sanadan e’tiboran, mazkur Konvensiyaning Tashkilot a’zolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Konvensiya, har qanday holatda, uni ratifikatsiya qilgan, ammo qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiyani ratifikatsiya qilmagan Tashkilot a’zolari uchun amaldagi shakli va mazmuni o‘z kuchida qolaveradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiyaning inglizcha va fransuzcha matnlari bir xil kuchga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)