28.06.1930 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy mehnat toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konvensiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Bosh konferensiyasi, xalqaro Mehnat Byurosining Maʼmuriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1930-yilning 10-iyunida oʻzining Oʻn toʻrtinchi Sessiyasiga toʻplanib, zoʻraki yoki majburiy mehnatga oid bir qancha takliflarni qabul qilishga qaror chiqarib va bu Sessiya kun tartibining birinchi bandi hisoblanib, mazkur takliflarga xalqaro konvensiya shaklini berishga qaror qilib, bir ming toʻqqiz yuz oʻttizinchi yil iyun oyining yigirma sakkizinchi kunida, Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavining qoidalariga mos ravishda Xalqaro Mehnat Tashkilotining aʼzolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi maqsadida, quyidagi “Majburiy mehnat toʻgʻrisidagi 1930-yilgi Konvensiya” deb nomlanishi mumkin boʻlgan Konvensiyani qabul qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan Xalqaro Mehnat Tashkilotining har bir aʼzosi zoʻraki yoki majburiy mehnatni qoʻllashning barcha shakllarini imkon qadar qisqa muddatda bekor qilish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Buning toʻla bekor qilinishi maqsadida, zoʻraki yoki majburiy mehnat oʻtish davrida faqat jamoat maqsadlarida va istisno tariqasida quyidagi moddalarda koʻzda tutilgan shart va kafolatlar bilan qoʻllanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Konvensiya kuchga kirgan sanadan boshlab besh yil oʻtgach, Xalqaro Mehnat Byurosining Maʼmuriy kengashi tomonidan quyida keladigan 31-modda qoidalariga binoan maʼruza tayyorlanayotganida, mazkur Maʼmuriy kengash zoʻraki yoki majburiy mehnatning barcha shakllarini keyingi oʻtish davriga uzaytirmay bekor qilish imkoniyatini hamda bu masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish kerakligini yoki kerak emasligini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “zoʻraki yoki majburiy mehnat” atamasi ixtiyoriy ravishda oʻz xizmatlarini taklif etmagan xar qanday shaxsdan har qanday jazolash tahdidi ostida talab qilinadigan har qanday ish yoki xizmatni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Lekin “zoʻraki yoki majburiy mehnat” atamasi ushbu Konvensiya maqsadlari uchun quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) majburiy harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonunlar kuchiga koʻra talab qilinadigan va haqiqiy harbiy tusdagi ishlarga qoʻllaniladigan har qanday ishni yoki xizmatni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) toʻla oʻzini-oʻzi boshqaradigan mamlakat fuqarolarining odatdagi fuqarolik burchlarining bir qismini tashkil qiladigan har qanday ish yoki xizmatni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) har qanday shaxsdan sud organining hukmi oqibatida talab qilinadigan har qanday ish va xizmatni, agar mazkur ish va xizmat davlat hokimiyat organlarining kuzatuvi va nazorati ostida bajarilsa xamda mazkur shaxs xususiy shaxslar, kompaniyalar yoki birlashmalar tasarrufiga oʻtkazilmasa yoki berilmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) favqulodda holatlar sharoitida, yaʼni urush yoki falokat, yoki falokat tahdidi holatlarida, masalan, yongin, suv toshqini, ochlik, zilzila, kuchli epidemiya yoki epizotik kasallik, zararli hayvonlar, hasharotlar yoki parazitlarning hujumi hollarida va umuman jami aholi yoki aholi bir qismining hayoti yoki barqaror hayotiy sharoitini xavf ostiga qoʻyadigan yoki qoʻyishi mumkin boʻlgan vaziyatlar sharoitida talab qilinadigan har qanday ish yoki xizmatni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) jamoaning mayda xizmatlarini, yaʼni jamoaning bevosita foydasi uchun shu jamoa aʼzolari tomonidan bajariladigan va shu tufayli jamoa aʼzolarining odatdagi fuqarolik burchlari deb hisoblanishi mumkin boʻlgan ishlarni, faqat ushbu jamoa aʼzolari yoki uning bevosita vakillari shu ishlarning maqsadga muvofiqligi boʻyicha maslahatlashish huquqiga ega boʻlishi sharti bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “vakolatli hokimiyat organi” atamasi metropoliya hokimiyatini yoki tegishli hududning oliy markaziy hokimiyat organini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vakolatli hokimiyat organi xususiy shaxslar, kompaniyalar yoki birlashmalar manfaati uchun zoʻraki yoki majburiy mehnat tayinlamaydi yoki tayinlanishiga ruxsat bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar Tashkilotning har qanday aʼzosining ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjati Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktori tomonidan roʻyxatga olingan paytda uning hududida shunga oʻxshash zoʻraki yoki majburiy mehnat shakli xususiy shaxslar, kompaniyalar yoki birlashmalar manfaati uchun mavjud boʻlsa, unda mazkur Tashkilot aʼzosi uning uchun ushbu Konvensiya kuchga kirgan paytdan boshlab shunday zoʻraki yoki majburiy mehnatni toʻla bekor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xususiy shaxslarga, kompaniyalarga yoki birlashmalarga berilgan hech bir konsessiya, shu xususiy shaxslar, kompaniyalar yoki birlashmalar tomonidan foydalanishga yoki sotishga moʻljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki toʻplash maqsadida zoʻraki yoki majburiy mehnat shakli qoʻllanilishiga olib kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar shunga oʻxshash zoʻraki yoki majburiy mehnatning shakli qoʻllanilishiga olib keluvchi konsessiya qoidalari mavjud boʻlsa, unda ushbu konsessiya qoidalari mazkur Konvensiya 1-moddasining koʻrsatmalarini bajarish maqsadida imkon qadar qisqa muddatda bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriyat amaldorlari, hatto ularning vazifasi ularga ishonib topshirilgan aholini qandaydir mehnat shakli bilan band qilishga koʻmaklashishdan iborat boʻlsa-da, ushbu aholi yoki alohida shaxslarni xususiy shaxslar, kompaniyalar yoki birlashmalar uchun ishlashga majbur qilmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼmuriy majburiyatlarni bajarmayotgan boshliklar zoʻraki yoki majburiy mehnatga tayana olmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maʼmuriy majburiyatlarini bajarayotgan boshliqlar vakolatli hokimiyat organining maxsus ruxsati bilan ushbu Konvensiyaning 10-moddasida koʻzda tutilgan shartlar asosida zoʻraki yoki majburiy mehnatni qoʻllashlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Lozim tarzda tan olingan va boshqa shakllarda keraklicha haq olmaydigan boshliklar tegishli tartib-qoidalarga muvofiq shaxsiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin, faqat bunda tahqirlashlarning oldini olish uchun barcha zarur chora-tadbirlar koʻrilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Zoʻraki yoki majburiy mehnatni qoʻllash zarurligi haqidagi har qanday qaror uchun mazkur hududning yuqori fuqarolik hokimiyati masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shu bilan birga, mazkur hokimiyat yuqori mahalliy hokimiyat organlariga zoʻraki yoki majburiy mehnatga jalb qilish huquqini berishi mumkin, agar bu mehnatkashlarning odatdagi turarjoylaridan koʻchirilishiga olib kelmasa. Mazkur hokimiyat, shuningdek, ushbu Konvensiyaning 23-moddasida koʻzda tutilgan tartib-qoidalarda belgilangan shartlar asosida va muddatda, yuqori mahalliy hokimiyat organlariga maʼmuriyat amaldorlarining oʻz vazifalarini bajarish paytida koʻchishini yengillashtirish maqsadi uchun va maʼmuriyat yuklarini tashish maqsadi uchun mehnatkashlarning odatdagi turar-joylaridan koʻchirilishiga olib keluvchi zoʻraki yoki majburiy mehnatga jalb qilish huquqini berishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyaning 10-moddasida koʻzda tutilgan hollardan tashqari, zoʻraki yoki majburiy mehnatga jalb qilish huquqiga ega hokimiyat organi shu mehnat shaklini koʻllashga ruxsat berishdan avval quyidagilarga oldindan ishonch hosil qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bajarilishi lozim boʻlgan xizmat yoki ishga murojaat qilgan jamoa uchun ushbu xizmat yoki ish bevosita muhim ahamiyat kasb etishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shu xizmat yoki ish hozir va yaqin vaqtlarda zarur boʻlishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) shu hududda shunga oʻxshash xizmat yoki ish sohasida oʻrnatilgan ish haqidan va sharoitdan kam boʻlmagan ish haqi yoki sharoit taklif qilinganiga qaramay, shu xizmat yoki ishni bajarish uchun ixtiyoriy ish kuchi olish iloji boʻlmaganligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) mavjud ish kuchini va uning shu ishni bajarish qobiliyatini eʼtiborga olib, bu ish yoki xizmat oqibati aholi uchun juda ogʻir yuk boʻlmasligiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soliq sifatida talab qilinadigan zoʻraki yoki majburiy mehnat hamda jamoat ishlarini bajarish uchun maʼmuriy vazifalarni bajarayotgan boshliqlar murojaat qiladigan zoʻraki yoki majburiy mehnat asta-sekin bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shu tugatilgunga qadar, zoʻraki yoki majburiy mehnat soliq sifatida talab qilinadigan hollarda hamda zoʻraki yoki majburiy mehnatga jamoat ishlarini bajarish uchun maʼmuriy vazifalarni bajarayotgan boshliqlar murojaat qilayotgan hollarda tegishli hokimiyat oldindan quyidagilarga ishonch hosil qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bajarilishi lozim boʻlgan xizmat yoki ishga murojaat qilgan jamoa uchun ushbu xizmat yoki ish bevosita muhim ahamiyat kasb etishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shu xizmat yoki ish hozir va yaqin vaqtlarda zarur boʻlishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) mavjud ish kuchi hamda uning shu ishni bajarish qobiliyatini eʼtiborga olib, bu ish yoki xizmat oqibati aholi uchun juda ogʻir yuk boʻlmasligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) shu ish yoki xizmatni bajarish mehnatkashlarni ularning odatdagi turar-joylaridan koʻchishga majbur etmasligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) shu ish yoki xizmat bajarilishiga rahbarlik din, jamoat hayoti va qishloq xoʻjalik talablariga muvofiq tarzda olib borilishiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Zoʻraki yoki majburiy mehnatga faqat katta yoshli, mehnatga layoqatli va yoshi oʻn sakkizdan kam boʻlmagan va qirq besh yoshdan katta boʻlmagan erkaklar jalb qilinishi mumkin. Ushbu Konvensiyaning 10-moddasida koʻzda tutilgan toifadagi ishlardan tashqari, kuyidagi cheklashlar va shartlar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) maʼmuriyat tomonidan tayinlangan vrachning mazkur shaxslarning yuqumli kasalliklar bilan ogʻrimaganini hamda ular talab qilinayotgan ish va mehnat sharoitlari uchun jismonan yaroqliligini imkon kadar oldindan aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilarni, shuningdek, umuman, maʼmuriyat mehnatkashlarini ozod qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) har bir jamoada oilaviy va ijtimoiy hayot uchun zarur boʻlgan katta yoshli mehnatga layoqatli erkaklar sonini koʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) oilaviy va er-xotinlik aloqalarni hurmat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur modda 1-bandining “s” kichik bandida koʻrsatilgan maqsadlarda ushbu Konvensiyaning 23-moddasida koʻzda tutilgan qoidalar doimiy aholining katta yoshli mehnatga layoqatli erkaklar ulushini belgilaydi, biroq ular ayni paytda zoʻraki yoki majburiy mehnatga shunday shart bilan jalb qilinishi lozimki, bu ulush hech bir holda mazkur aholining 25 foizidan oshmasligi kerak. Mazkur ulushni belgilashda vakolatli hokimiyat organi aholi zichligini, shu aholining ijtimoiy va jismoniy rivojini, yil faslini va shu shaxslar tomonidan ularning turar-joylarida va ularning nomidan bajarilishi kerak boʻlgan ishlarni hisobga oladi va umuman mazkur jamoa normal turmushining iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlarini eʼtiborda tutishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har qanday shaxsni turli shakldagi zoʻraki yoki majburiy mehnatga jalb etish mumkin boʻlgan eng koʻp muddat yiliga oltmish kundan oshmasligi kerak, bunda ish joyiga borish va qaytish vaqti shu oltmish kun ichiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Zoʻraki yoki majburiy mehnatga jalb qilingan Har bir mehnatkashga u ishlagan shu mehnat davri koʻrsatilgan guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Zoʻraki yoki majburiy mehnatga jalb qilingan har bir shaxsning normal ish kuni davomiyligi erkin yollangan mehnatkash mehnat sharoitlari uchun amalda qoʻllaniladigan ish kunining davomiyligidek boʻlishi kerak va odatdagi normadan tashqari ishlangan vaqtga xuddi erkin yollangan mehnatkashga odatdagi ish vaqtidan tashqari ishga haq toʻlanadigan miqdoridek haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har qanday shakldagi zoʻraki yoki majburiy mehnatga jalb qilingan barcha shaxslarga haftada bir marta dam olish kuni beriladi va bu kun imkon kadar mazkur hudud yoki mintaqaning anʼanalari hamda odatlari bilan belgilanadigan kunga toʻgʻri kelishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiyaning 10-moddasida koʻzda tutilgan zoʻraki va majburiy ishlardan tashqari, barcha shakldagi zoʻraki yoki majburiy mehnat uchun, mehnatga jalb qilingan yoki yollangan hududda shunday turdagi ishlarga nisbatan qoʻllanilayotgan miqdordan kam boʻlmagan miqdorda, yuqori miqdor qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, naqd pulda haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ish maʼmuriy vazifalarni bajaruvchi boshliqlar tomonidan tayinlangan boʻlsa, avvalgi bandning qoidalariga muvofiq shartlarda, imkon kadar qisqa muddatda haq toʻlash joriy qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ish haqi har bir mehnatkashga shaxsan berilishi kerak, uning boshligʻiga yoki qandaydir boshqa hokimiyat organiga berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ish haqini olish maqsadida ish joyiga borish va qaytib kelish uchun ketgan kunlar ishlangan kunlar deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu modda mehnatkashlarga odatdagi oziq-ovqat payoklarini ish haqining bir qismi sifatida berishni taqiqlamaydi, faqat bu payoklar qiymati kamida ularga taklif qilingan mablagʻ miqdoriga teng boʻlishi kerak. Lekin ish haqidan na soliq uchun, na mehnatkashlarni alohida mehnat sharoitlarida ishni davom ettira oladigan holatda saqlash maqsadida alohida ovqatlantirish, kiyintirish uchun yoki turar-joy bilan taʼminlash uchun, na ularga ish asboblari berganlik uchun hech qanday chegirmalar ushlab qolinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari uchun kompensatsiya berishga oid har qanday qonun hujjatlari hamda shu hududda ishlagan yoki ishlaydigan, vafot etgan yoki mehnat layoqatini yoʻqotgan mehnatkashlarning qaramogʻida turgan shaxslarga nafaqalar toʻlanishini koʻzda tutuvchi har qanday qonun hujjatlari zoʻraki yoki majburiy mehnatga jalb qilingan shaxslarga nisbatan xuddi erkin yollangan mehnatkashlarga qoʻllaniladigandek teng asosda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har qanday holatda, mehnatkashni zoʻraki yoki majburiy mehnatga jalb qilayotgan xar bir hokimiyat organi zimmasiga, agar ushbu mehnatkash ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida hayotiy ehtiyojlar uchun ishlash qobiliyatini toʻliq yoki qisman yoʻqotgan boʻlsa, ushbu mehnatkashning hayot kechirishini taʼminlash, shuningdek, vafot etgan yoki ish natijasida mehnat qobiliyatini yoʻqotgan mazkur mehnatkash qaramogʻida haqiqatan turadigan har qanday shaxsni boqishni taʼminlash choralarini koʻrish majburiyati yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Zoʻraki yoki majburiy mehnatga jalb qilingan shaxslar, favqulodda zarurat hollaridan tashqari, ovqatlanish sharoiti va iqlim sharoiti odatdagi hayot sharoitidan sogʻlikka xavf soladigan darajada ajralib turadigan hududlarga oʻtkazilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mehnatkashlar sharoitga moslashishi uchun va ular sogʻligʻini muhofaza qilish uchun zarur boʻlgan gigiyena va uy-joy sharoitiga nisbatan barcha chora-tadbirlar qatʼiy amalga oshirilmagunicha mehnatkashlarni bunday oʻtkazishga hech qanday holda ruxsat berilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar shunday oʻtkazishning oldini olish mumkin boʻlmasa, vakolatli tibbiyot muassasasi maslahati asosida mehnatkashlarning yangi ovqatlanish va iqlim sharoitiga asta-sekin moslashuvini taʼminlovchi chora-tadbirlar koʻrilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar mazkur mehnatkashlar ular uchun odatdagi boʻlmagan muntazam ish bajarishga jalb qilingan boʻlsa, ularni ishning shu turiga moslashuvini taʼminlash uchun, jumladan, asta-sekin oʻqitish, ish soatlari, dam olish uchun tanaffuslar bilan taʼminlash va zarur boʻlganicha ovqat ratsionini yaxshilash yoki koʻpaytirish chora-tadbirlari koʻrilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnatkashlarni qurilish yoki maʼmuriy ishlarni bajarish uchun zoʻraki yoki majburiy mehnatga, yaʼni oqibati uzoq vaqt davomida mazkur mehnatkashlar ish joylarida qolib ketishga olib keluvchi mehnatga jalb qilishga ruxsat berishdan oldin, vakolatli hokimiyat organi quyidagilarga ishonch hosil qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) mehnatkashlarning sogʻligʻini saqlash uchun va zarur tibbiy yordamni taʼminlash uchun barcha zarur chora-tadbirlar koʻrilishiga va jumladan: a) mehnatkashlar ish boshlangunga qadar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishiga hamda ular ishda band boʻlgan butun muddat davomida muayyan vaqt oraliqlarida tibbiy koʻrikdan oʻtib turishiga, b) yetarlicha tibbiy mehnatkashlar bilan taʼminlanishiga, shu bilan birga, har qanday ehtiyojlari uchun zarur dispanserlar, shifoxonalar, gospitallar bunyod qilinishiga va ular zarur jihozlar bilan taʼminlanishiga, s) ish joyida qoniqarli gigiyenik sharoit bilan taʼminlanishiga, mehnatkashlarning ichimlik suvi, oziq-ovqat mahsulotlari va yoqilgʻi, shuningdek, oshxona asbob-uskunalari bilan taʼminlanishiga va zarurat boʻlgan holda qoniqarli kiyim-bosh va uy-joy berish koʻzda tutilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) mehnatkash oilasining hayot sharoitini taʼminlash uchun tegishli tadbirlar koʻrilishiga, jumladan, mehnatkashlar ish haqining bir qismini ularning roziligi yoki iltimosi bilan ishonchli tarzda oilalariga yuborilishini yengillashtirish yoʻli bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) mehnatkashlarning ish joyiga borishi va qaytib kelishi maʼmuriyat tomonidan uning masʼuliyati ostida va uning hisobiga taʼminlanishiga. Maʼmuriyat esa, oʻz navbatida, transportning barcha mavjud vositalaridan imkon qadar kengroq foydalanilishini taʼminlash orqali shu borish-kelishlarni yengillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) kasallik yoki baxtsiz hodisa tufayli mehnatkash mehnat layoqatini vaqtincha yoʻqotgan holda mehnatkash maʼmuriyat hisobidan repatriatsiya qilinishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) zoʻraki yoki majburiy mehnat muddati tugagan har qanday mehnatkash erkin yollanuvchi mehnatkash sifatida qolishni istasa, ikki yil davr mobaynida bepul repatriatsiya qilinish huquqidan mahrum boʻlmagan holda shunday qolishga ruxsat berilishiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shaxslar yoki yuklarni tashish maqsadidagi zoʻraki yoki majburiy mehnat, masalan, yukchilar va eshkakchilar mehnati imkon kadar qisqaroq muddatda bekor qilinadi. Shunga kadar, vakolatli hokimiyat organi, jumladan, quyidagilarni belgilaydigan tartib qoidalarni eʼlon qiladi: a) shu mehnat shaklidan faqat maʼmuriyat amaldorlarining oʻz vazifalarini bajarish paytida koʻchishini yengillashtirish maqsadida yoki maʼmuriyat yuklarini tashish maqsadida, yoki amaldor boʻlmagan boshqa shaxslarni tashishga nihoyatda shoshilinch zarurat paydo boʻlganda foydalanish majburiyatini; b) shu ishlarga yollangan mehnatkashlarni, agar buning iloji boʻlsa, sogʻligʻi mazkur ishlarga toʻgʻri kelishi boʻyicha tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishni; agar buning iloji boʻlmasa, mazkur mehnatkashlarni yollagan shaxs shu mehnatkashlar sogʻligʻi mazkur ishlarga toʻgʻri kelishiga va ular yuqumli kasallik bilan ogʻrimasligiga ishonch hosil qilish masʼuliyatini olishini; s) mehnatkash tashishi lozim boʻlgan yukning eng ogʻir vaznini; d) mehnatkashlar ularning uylaridan jalb qilinishi mumkin boʻlgan eng uzoq masofani; e) oyning yoki boshqa muddatning mehnatkashlar mehnatga jalb qilinishlari mumkin boʻlgan eng koʻp kunlari miqdorini, jumladan, mehnatkashlar uylariga qaytishi uchun ketadigan kunlarni qoʻshgan holda; f) zoʻraki yoki majburiy mehnatning mazkur shakliga jalb qilish huquqiga ega shaxslarni, shuningdek, ular vakolatlarining chegaralarini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Avvalgi bandning “s”, “d” va “e” kichik bandlarida gap boradigan maksimumni aniqlashda vakolatli hokimiyat organlari bu masalaga taalluqli barcha tegishli omillarni, shu jumladan, mehnatkashlar jalb qilinayotgan aholining jismoniy layoqatini, mehnatkashlar tomonidan bosib oʻtilishi lozim boʻlgan yoʻnalish xususiyatini, shuningdek, iqlim sharoitini hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bundan tashqari, vakolatli hokimiyat organi mazkur mehnatkashlarning kundalik normal yoʻnalishi oʻrtacha ish kunidek sakkiz soat davom etadigan masofadan oshmasligini taʼminlaydi, bunda shu masofani aniqlaganda nafaqat yuk vazni va yoʻnalish uzunligi, balki yoʻlning holati, yil fasli va shunga taalluqli boshqa barcha omillar xam hisobga olinadi, shu bilan birga, agar yoʻnalish vaqti davomiyligi kundalik normal yoʻnalish davomiyligidan oshsa u holda oddiy miqdordan oshadigan miqdor boʻyicha haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vakolatli hokimiyat organi erga majburiy ishlov berishni qoʻllashga faqat ochlik yoki oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligining oldini olish maqsadlarida va har doim buning natijasida olingan mahsulotlar yoki oziq-ovqatlar ularni yetishtirgan shaxslar va jamoaning oʻziniki boʻlishi sharti bilan ruxsat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu modda, jamoa aʼzolarining majburiyatini, yaʼni qonunga yoki odatlarga muvofiq jamoada talab etilayotgan ishni bajarish majburiyatini, — ishlab chiqarish qonun yoki odatlarga muvofiq jamoaviy asosida tashkil qilinsa va mahsulotlar yoki shu mahsulotlarni sotishdan kelgan foyda jamoaning oʻziniki boʻlib qolsa, — bekor qilishga asos boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoani uning har qanday aʼzosi tomonidan sodir etilgan jinoyatlari uchun jazolashni koʻzda tutuvchi jamoaviy jazolash qonunchiligi jamoaning zoʻraki yoki majburiy mehnatini jazo chorasi sifatida koʻzda tuguvchi qoidalarni oʻz ichiga olmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zoʻraki yoki majburiy mehnat shaxtalarda yer osti ishlarini bajarish uchun qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilot aʼzolarining — ushbu Konvensiyaning amalga oshirilishi yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavining 22-moddasi qoidalariga muvofiq Xalqaro Mehnat Byurosiga taqdim etiladigan — har yilgi maʼruzalari imkon qadar quyidagilar toʻgʻrisida toʻlaroq axborotlarni oʻz ichiga olishi kerak: har bir tegishli hudud toʻgʻrisida; shu hududda zoʻraki yoki majburiy mehnatni koʻllashning barcha holatlari toʻgʻrisida; shu mehnat qaysi maqsadlarda qoʻllanilishi toʻgʻrisida; kasallanish va oʻlim darajalari toʻgʻrisida; ish vaqti; ish haqi toʻlash usullari va ish haqi miqdorlari toʻgʻrisida; shuningdek shunga doir boshqa maʼlumotlar toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu modda qoidalarini hayotga tatbiq qilish uchun vakolatli hokimiyat organi zoʻraki yoki majburiy mehnatning qoʻllanilishini boshqaruvchi toʻliq va aniq tartib-qoidalarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bu tartib-qoidalar, jumladan, zoʻraki yoki majburiy mehnatga jalb qilingan har bir shaxsga, unga taqdim etiladigan mehnat sharoitlariga nisbatan hokimiyat organlariga oʻz eʼtirozini bildirishga ruxsat etadigan va shu eʼtirozning koʻrib chiqilishi va eʼtiborga olinishini kafolatlaydigan qoidalarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zoʻraki yoki majburiy mehnatning qoʻllanilishini boshqaruvchi tartib-qoidalar qatʼiy ravishda hayotga tatbiq etilishini taʼminlash uchun barcha hollarda tegishli chora-tadbirlar koʻriladi, xususan, oddiy mehnatni nazorat qilish uchun taʼsis etilgan har qanday mehnat inspeksiyasi organining majburiyatini zoʻraki yoki majburiy mehnatni nazorat qilish vazifasi bilan kengaytirish orqali yoki istalgan boshqa mos keladigan usul yordamida. Shuningdek, bu tartib-qoidalar haqida zoʻraki yoki majburiy mehnatga jalb qilingan shaxslarni xabardor qilish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zoʻraki yoki majburiy mehnatga noqonuniy jalb qilish jinoiy tartibda taʼqib qilinadi hamda ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan Tashkilotning har bir aʼzosi qonunda koʻrsatilgan sanksiyalarning chinakam samaradorligini va ularga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan Xalqaro Mehnat Tashkilotining har bir aʼzosi uni oʻz suvereniteti, yurisdiksiyasi, himoyasi, syuzereniteti, vasiyligi yoki boshqaruvi ostida turgan hududlarga nisbatan, u ichki yurisdiksiyasi masalalariga taʼsir etish huquqiga ega boʻlgan darajada qoʻllash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Biroq Tashkilotning ushbu aʼzosi Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavi 35-moddasining qoidalaridan foydalanishni istasa, u oʻzining ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatiga quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatuvchi deklaratsiya ilova qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ushbu Konvensiya qoidalarini oʻzgartirishlarsiz qoʻllashni moʻljallagan hududLar toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ushbu Konvensiya qoidalarini oʻzgartirishlar bilan koʻllashni moʻljallagan hududlar toʻgʻrisidagi va shu oʻzgarishlarning tafsilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) oʻz qarorini saqlab turishni moʻljallagan hududlar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Koʻrsatilgan deklaratsiya ratifikatsiyaning ajralmas qismi deb hisoblanadi va ratifikatsiya kuchiga ega. Tashkilotning xar qanday aʼzosi navbatdagi deklaratsiyasi orqali ushbu modda 1-bandining 2 va 3-kichik bandlari qoidalari kuchiga koʻra uning avvalgi deklaratsiyasida aytib oʻtilgan barcha shartlardan yoki ularning bir qismidan voz kechishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlar Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavining qoidalariga binoan roʻyxatga olinishi uchun Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiya, faqatgina, ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Xalqaro Mehnat Byurosi tomonidan roʻyxatga olingan Xalqaro Mehnat Tashkilotining aʼzolarinigina bogʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiya, Xalqaro Mehnat Tashkiloti ikki aʼzosining ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Keyinchalik ushbu Konvensiya Tashkilotning har bir aʼzosi uchun uning ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjati roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Mehnat Byurosida Xalqaro Mehnat Tashkiloti ikki aʼzosining ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari roʻyxatga olinishi bilan, Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori bu haqda Xalqaro Mehnat Tashkilotining barcha aʼzolariga xabar beradi. Bosh direktor, shuningdek, keyinchalik Tashkilotning, boshqa aʼzolari tomonidan yuboriladigan ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarning roʻyxatga olinganligi haqida Tashkilotning barcha aʼzolariga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning aʼzosi Konvensiya dastlab kuchga kirgan sanadan oʻn yil oʻtganidan keyin, Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga roʻyxatga olish uchun yuborilgan akt orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya denonsatsiya akti Xalqaro Mehnat Byurosi tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin bir yil oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu-Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning xar bir aʼzosi, yuqoridagi bandda qayd etilgan oʻn yillik muddat oʻtganidan keyin bir yil ichida mazkur moddada koʻzda tutilgan denonsatsiya huquqidan foydalanmagan boʻlsa, navbatdagi besh yillik muddatni kutishga majbur boʻladi va shunga muvofiq, u mazkur modda shartlari boʻyicha ushbu Konvensiyani xar besh yillik muddat tugashi bilan denonsatsiya qilishi mumkin boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har gal, Xalqaro Mehnat Byurosi Maʼmuriy kengashi zarur deb topganda, Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi maʼruzani taqdim etadi va uni toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqish haqidagi masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish kerakligini yoki kerak emasligini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar Konferensiya mazkur Konvensiyani toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqadigan yangi konvensiya qabul qilsa, Tashkilotning biror-bir aʼzosi tomonidan qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning oʻz kuchi bilan, muddatidan va 30-modda qoidalaridan qatʼiy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yangi, qayta koʻrib chiqilgan konvensiya kuchga kirgan sanadan eʼtiboran mazkur Konvensiyaning Tashkilot aʼzolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har qanday holatda, mazkur Konvensiya, uni ratifikatsiya qilgan, ammo qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyani ratifikatsiya qilmagan Tashkilot aʼzolari uchun amaldagi shakli va mazmuni oʻz kuchida qolaveradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiyaning inglizcha va fransuzcha matnlari bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)