29.06.1951 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Konvensiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Teng haq toʻlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Bosh konferensiyasi, Xalqaro Mehnat Byurosining Maʼmuriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1951-yilning 6-iyunida oʻzining Oʻttiz toʻrtinchi Sessiyasiga toʻplanib, teng ahamiyatli mehnat uchun erkak va ayol mehnatkashlarga teng haq toʻlash prinsipiga oid bir qancha takliflarni qabul qilishga qaror chiqarib va bu Sessiya kun tartibining yettinchi bandi hisoblanib, mazkur takliflarga xalqaro konvensiya shaklini berishga qaror qilib, bir ming toʻqqiz yuz ellik birinchi yil iyun oyining yigirma toʻqqizinchi kunida kuyidagi “Teng haq toʻlash toʻgʻrisidagi 1951-yilgi Konvensiya” deb nomlanishi mumkin boʻlgan Konvensiyani qabul qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda

Ushbu Konvensiya maqsadi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “haq toʻlash” atamasi ish beruvchi tomonidan mehnatkashga toʻlanadigan va mehnatkashning ish bilan taʼminlanganligi natijasida vujudga kelgan, toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita, naqd yoki shunga oʻxshash yoʻl bilan amalga oshiriladigan, odatdagi, asosiy yoki minimal ish haqini va qoʻshimcha toʻlovlarni oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “teng ahamiyatli mehnat uchun erkak va ayol mehnatkashlarga teng haq toʻlash” atamasi jins asosida kamsitmay belgilanadigan haq toʻlash miqdori maʼnosini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda

1. Tashkilotning har bir aʼzosi, haq toʻlash miqdorini belgilashning amaldagi usullariga mos keladigan vositalar orqali, barcha mehnatkashlarga nisbatan teng ahamiyatli mehnat uchun erkak va ayol mehnatkashlarga teng haq toʻlash prinsipining qoʻllanilishini qoʻllab-quvvatlaydi va shu usullarga mos darajada taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bu prinsip quyidagi vositalar orqali qoʻllanilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) milliy qonun hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qonun tomonidan belgilangan yoki tan olingan ish haqini belgilovchi mexanizm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) ish beruvchilar va mehnatkashlar oʻrtasidagi jamoa shartnomalari; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ushbu turli vositalarni qoʻshib ishlatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda

1. Bunday harakatlar ushbu Konvensiya qoidalarining amalga oshirilishiga yordam beradigan hollarda, bajariladigan mehnat asosida ishning xolis baholanishini taʼminlashga qaratilgan choralar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bunday baholashning usullari, haq toʻlash miqdorlarini belgilashga masʼul boʻlgan hokimiyat organlari tomonidan tanlanishi mumkin yoki, agar miqdorlar jamoa shartnomalari tomonidan belgilanadigan boʻlsa, ushbu shartnomaning ishtirokchilari tomonidan tanlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mehnatkashlar oʻrtasidagi mehnat haqining farq miqdori, jinsidan qatʼiy nazar, bajariladigan mehnatni xolis baholash orqali belgilanadigan farqqa mos boʻlgani kabi, teng ahamiyatli mehnat uchun erkak va ayol mehnatkashlarga teng haq toʻlash prinsipiga qarama-qarshi qilib belgilanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda

Tashkilotning har bir aʼzosi ushbu Konvensiyaning qoidalarini amalga oshirish maqsadida ish beruvchilar va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan keraklicha hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda

Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlar roʻyxatga olinishi uchun Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda

1. Ushbu Konvensiya faqatgina ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan Xalqaro Mehnat Tashkilotining aʼzolarinigina birlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiya Tashkilot ikki aʼzosining ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Keyinchalik, ushbu Konvensiya Tashkilotning har bir aʼzosi uchun uning ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjati roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda

1. Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavi 35-moddasining 2-bandiga muvofiq Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga yuboriladigan deklaratsiyalarda kuyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qaysi hududlarga nisbatan Tashkilotning tegishli aʼzosi Konvensiya qoidalarining oʻzgartirishlarsiz qoʻllanilishini zimmasiga olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qaysi hududlarga nisbatan Tashkilotning tegishli aʼzosi Konvensiya qoidalarining oʻzgartirishlar bilan qoʻllanilishini zimmasiga olishi va shu oʻzgartirishlarning tafsiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) qaysi hududlarga nisbatan Konvensiya qoʻllanilmasligi va bu holda uning qoʻllanilmaslik sabablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) qaysi hududlarga nisbatan Tashkilotning tegishli aʼzosi oʻz qarorini, bu holat kelgusida koʻrib chiqilgunga kadar, saqlab turishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu modda 1-bandining “a” va “b” kichik bandlarida ifodalangan majburiyatlar ratifikatsiyaning ajralmas qismi deb hisoblanadi va ratifikatsiya kuchiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashkilotning har qanday aʼzosi navbatdagi deklaratsiya orqali ushbu modda 1-bandining “b”, “s” yoki “d” kichik bandlari asosida avvalgi deklaratsiyada aytib oʻtilgan har qanday shartlardan yoki ularning bir qismidan voz kechishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilotning har qanday aʼzosi, ushbu Konvensiya denonsatsiya qilinishi mumkin boʻlgan davr mobaynida, 9-modda qoidalariga muvofiq, Bosh direktorga istalgan avvalgi deklaratsiyaning har qanday shartiga oʻzgartirishlar kirituvchi hamda belgilangan hududlaridagi hozirgi ahvolni ifoda etuvchi navbatdagi deklaratsiyani yuborishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda

1. Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavi 35-moddasining 4- va 5-bandlariga muvofiq, Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga yuboriladigan deklaratsiyalarda Konvensiya qoidalari tegishli hududga nisbatan qanday qoʻllanilishi, yaʼni oʻzgartirishlar bilan yoki oʻzgartirishlarsiz qoʻllanilishi koʻrsatiladi; agar deklaratsiyada Konvensiya qoidalari oʻzgartirishlar bilan qoʻllanilishi koʻrsatilsa, u holda oʻzgartirishlarning tafsiloti ham beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tashkilotning tegishli aʼzosi, aʼzolari yoki tegishli xalqaro darajadagi masʼul istalgan paytda, keyingi deklaratsiyasi orqali, tegishli huquqidan foydalanib, har qanday avvalgi deklaratsiyasida koʻzda tutilgan har qaysi oʻzgartirishlardan toʻliq yoki qisman voz kechishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashkilotning tegishli aʼzosi, aʼzolari yoki tegishli xalqaro darajadagi masʼul, ushbu Konvensiya denonsatsiya qilinishi mumkin boʻlgan muddat mobaynida, 9-modda qoidalariga muvofiq, Bosh direktorga har qanday avvalgi deklaratsiyaning har qanday shartiga oʻzgartirishlar kirituvchi xamda ushbu Konvensiyaning qoʻllanilishiga nisbatan hozirgi ahvolni ifoda etuvchi deklaratsiya yuborishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda

1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning aʼzosi Konvensiya dastlab kuchga kirgan sanadan oʻn yil oʻtganidan keyin Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga roʻyxatga olish uchun yuborilgan akt orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya denonsatsiya akti roʻyxatga olinganidan keyin bir yil oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning xar bir aʼzosi, yuqoridagi bandda qayd etilgan oʻn yillik muddat oʻtganidan keyin, bir yil ichida mazkur moddada koʻzda tutilgan denonsatsiya huquqidan foydalanmagan boʻlsa, navbatdagi oʻn yillik muddatni kutishga majbur boʻladi va shunga muvofiq, u mazkur modda shartlariga binoan ushbu Konvensiyani har oʻn yillik muddat tugashi bilan denonsatsiya qilishi mumkin boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori Tashkilot aʼzolari tomonidan yuborilgan ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlar, deklaratsiyalar va denonsatsiya aktlarining barchasini roʻyxatga olganligi haqida Xalqaro Mehnat Tashkilotining barcha aʼzolariga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bosh direktor unga yuborilgan ikkinchi ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatni roʻyxatga olganligi haqida Tashkilot aʼzolariga xabar berganda, Tashkilot aʼzolarining eʼtiborini Konvensiyaning kuchga kirish sanasiga qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, yuqoridagi moddalar qoidalariga binoan oʻzi roʻyxatga olgan ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlar, deklaratsiyalar va denonsatsiya aktlarining barchasiga oid toʻla maʼlumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga roʻyxatga olish uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har gal, Xalqaro Mehnat Byurosi Maʼmuriy kengashi zarur deb topganda, Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi maʼruzani taqdim etadi va uni toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqish haqidagi masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish kerakligini yoki kerak emasligini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar Konferensiya mazkur Konvensiyani toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqadigan yangi konvensiya qabul qilsa va yangi konvensiyada zid keluvchi qoidalar mavjud boʻlmasa, u holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Tashkilotning biror aʼzosi tomonidan qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning oʻz kuchi bilan, 9-modda qoidalaridan qatʼiy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan sanadan eʼtiboran, mazkur Konvensiyaning Tashkilot aʼzolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Konvensiya, har qanday holatda, uni ratifikatsiya qilgan, ammo qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyani ratifikatsiya qilmagan Tashkilot aʼzolari uchun amaldagi shakli va mazmuni oʻz kuchida qolaveradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiyaning inglizcha va fransuzcha matnlari bir xil kuchga ega.

(imzolar)