25.06.1957 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105 Konvensiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy mehnatni tugatish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Bosh konferensiyasi, Xalqaro Mehnat Byurosining Maʼmuriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1957-yilning 5-iyunida oʻzining Qirqinchi Sessiyasiga toʻplanib, majburiy mehnat toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqib va bu Sessiya kun tartibining toʻrtinchi bandi hisoblanib, Majburiy mehnat toʻgʻrisida 1930-yilgi Konvensiya qoidalarini hisobga olib, Qullik toʻgʻrisidagi 1926 yilgi Konvensiya zoʻraki yoki majburiy mehnat qullikka oʻxshash sharoitga olib kelmasligi uchun barcha zarur choralar koʻrilishini va Qullikka, qul savdosi xamda kullikka oʻxshash institutlar va odatlarga barham berish toʻgʻrisidagi 1956-yilgi qoʻshimcha Konvensiya qarz asorati va krepostnoy qaramlikni toʻliq bekor qilishini eʼtiborga olib, Ish haqini himoya qilish toʻgʻrisidagi 1949-yilgi Konvensiya ish haqi oʻz vaqtida toʻlanishi kerakligini eʼtirof etishini xamda mehnatkashni oʻz ish joyidan haqiqiy ketish imkonidan mahrum qiladigan haq toʻlash usullarini qoʻllashning taqiqlanishini eʼtiborga olib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavida va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ifoda etilgan inson huquqlarini buzish hisoblangan zoʻraki yoki majburiy mehnatning ayrim turlarini bartaraf qilish yuzasidan bir qancha takliflarni qabul qilishga qaror chiqarib, mazkur takliflarga xalqaro konvensiya shaklini berishga qaror qilib, bir ming toʻqqiz yuz ellik yettinchi yil iyun oyining yigirma beshinchi kunida kuyidagi “Majburiy mehnatni tugatish toʻgʻrisidagi 1957-yilgi Konvensiya” deb nomlanishi mumkin boʻlgan Konvensiyani qabul qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Xalqaro Mehnat Tashkilotining har bir aʼzosi zoʻraki yoki majburiy mehnatni tugatish va uning xar qanday shakllarini ishlatmaslik hamda kuyidagi harakatlar sifatida qoʻllamaslik majburiyatini oʻz zimmasiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) amaldagi siyosiy, ijtimoiy yoki iqtisodiy tizimga zid siyosiy karashlar, yoki mafkuraviy eʼtiqodlarning mavjudligi yoki ifodalanishi uchun siyosiy taʼsir, yoki tarbiya vositasi yoki jazo chorasi sifatida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) iqtisodiy taraqqiyot ehtiyojlari uchun ish kuchini safarbar etish va undan foydalanish usuli sifatida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) mehnat intizomini saqlash chorasi sifatida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ish tashlash harakatlarida qatnashganlik uchun jazolash chorasi sifatida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) irqiy, ijtimoiy, milliy mansublik yoki diniy eʼtiqod belgilari boʻyicha kamsitish choralari sifatida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Xalqaro Mehnat Tashkilotining xar bir aʼzosi ushbu Konvensiyaning 1-moddasida keltirilgan zoʻraki yoki majburiy mehnat shakllarining kechiktirilmay va toʻla bekor qilinishini taʼminlash uchun samarali choralar koʻrishga majburiyat oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlar roʻyxatga olinishi uchun Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiya faqatgina ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan Xalqaro Mehnat Tashkilotining aʼzolarinigina birlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiya Tashkilot ikki aʼzosining ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Keyinchalik ushbu Konvensiya Tashkilotning har bir aʼzosi uchun uning ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjati roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning aʼzosi Konvensiya dastlab kuchga kirgan sanadan oʻn yil oʻtganidan keyin Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga roʻyxatga olish uchun yuborilgan akt orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya denonsatsiya akti roʻyxatga olinganidan keyin bir yil oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir aʼzosi, yuqoridagi bandda qayd etilgan oʻn yillik muddat oʻtganidan keyin, bir yil ichida mazkur moddada koʻzda tutilgan denonsatsiya huquqidan foydalanmagan boʻlsa, navbatdagi oʻn yillik muddatni kutishga majbur boʻladi va shunga muvofiq, u mazkur modda shartlariga binoan ushbu Konvensiyani har oʻn yillik muddat tugashi bilan denonsatsiya qilishi mumkin boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori Tashkilot aʼzolari tomonidan yuborilgan ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasini roʻyxatga olganligi haqida Xalqaro Mehnat Tashkilotining barcha aʼzolariga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bosh direktor unga yuborilgan ikkinchi ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatni roʻyxatga olganligi haqida Tashkilot aʼzolariga xabar berganda, Tashkilot aʼzolarining eʼtiborini Konvensiyaning kuchga kirish sanasiga qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, yuqoridagi moddalar qoidalariga binoan oʻzi roʻyxatga olgan ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasiga oid toʻla maʼlumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga roʻyxatga olish uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har gal, Xalqaro Mehnat Byurosi Maʼmuriy kengashi zarur deb topganda, Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi maʼruzani taqdim etadi va uni toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqish haqidagi masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish kerakligini yoki kerak emasligini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar Konferensiya mazkur Konvensiyani toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqadigan yangi konvensiya qabul qilsa va yangi konvensiyada zid keluvchi qoidalar mavjud boʻlmasa, u holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Tashkilotning biror aʼzosi tomonidan qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning oʻz kuchi bilan, 5-modda qoidalaridan qatʼiy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan sanadan eʼtiboran, mazkur Konvensiyaning Tashkilot aʼzolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Konvensiya, har qanday holatda, uni ratifikatsiya qilgan, ammo qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyani ratifikatsiya qilmagan Tashkilot aʼzolari uchun amaldagi shakli va mazmuni oʻz kuchida qolaveradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiyaning inglizcha va fransuzcha matnlari bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)