08.04.2023 yildagi 147-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda ixcham, professional hamda samarali faoliyat yurituvchi davlat boshqaruvi tizimini yaratish boʻyicha keng koʻlamli maʼmuriy islohotlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanib, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar boʻyicha tegishli tarkibiy boʻlinmalar tugatildi hamda Bosh vazirning 4 nafargacha oʻrinbosarlari lavozimi va Hukumat rahbari faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va protokol jihatdan taʼminlaydigan Bosh vazir kotibiyati tashkil qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida ixcham, professional boshqaruv tamoyillariga asoslangan va samaradorlikka yoʻnaltirilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalarni oʻz ichiga olgan yaxlit tizimi tashkil qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining soni 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan vazirliklar soni 25 tadan 21 tagacha qisqartirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan, qonunchilik hujjatlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmoni hamda “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 21-dekabrdagi PQ-447-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi apparati hamda uning tarkibiy boʻlinmalari tugatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasida Bosh vazirning 4 nafargacha oʻrinbosarlari hamda Bosh vazir kotibiyati rahbari lavozimlari kiritilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat rahbari faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va protokol jihatdan taʼminlaydigan Bosh vazir kotibiyati tashkil qilinganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining rahbari A.A. Djurabayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 8-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
147-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarini, adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-ilovaning izoh qismi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamentida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining birinchi oʻrinbosari, Bosh vazir kotibiyati rahbarining axborot-tahlil va yuridik taʼminlash masalalariga masʼul oʻrinbosari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning bosh mutaxassisi sifatidagi ishlash davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustama toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-ilovaning izoh qismi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamentida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining birinchi oʻrinbosari, Bosh vazir kotibiyati rahbarining axborot-tahlil va yuridik taʼminlash masalalariga masʼul oʻrinbosari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning bosh mutaxassisi sifatidagi ishlash davri martaba darajalari olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining ustavi 10-bandi toʻqqizinchi xatboshisidagi va 16-bandining oltinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati bilan kelishgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisida nizomning 5-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yuridik xizmatlari xodimlariga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining birinchi oʻrinbosariga, Bosh vazir kotibiyati rahbarining axborot-tahlil va yuridik taʼminlash masalalariga masʼul oʻrinbosariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamentining oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan boshqaruv xodimlariga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshidagi “apparati” soʻzi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga 3-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ijro etuvchi apparat” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining va Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi beshinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi apparati” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati va Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-dekabrdagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Naslchilik boʻyicha davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 15-banddagi “Informatsionno-analiticheskiy departament po voprosam selskogo i vodnogo xozyaystva, pererabotki selskoxozyaystvennoy i prodovolstvennoy produksii Kabineta Ministrov” soʻzlari “Kabinet Ministrov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-ilovaning “11-y etap” pozitsiyasi “Meropriyatiya” ustunidagi “Informatsionno-analiticheskiy departament po voprosam selskogo xozyaystva, pererabotki selskoxozyaystvennoy i prodovolstvennoy produksii Kabineta Ministrov” soʻzlari “Kabinet Ministrov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2017-yil 1-maydagi 250-son qarorining 5-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“adliya organlarining martaba darajalariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining oʻrinbosarlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamenti xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun ustamalar va martaba darajalari uchun lavozim maoshlariga har oylik qoʻshimcha haq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan adliya organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda va miqdorlarda toʻlanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qarori)” 2008-yil 20-sentabrdagi 213-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha dasturlarini tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 5-avgustdagi 227-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qarorining 10-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “2016-yil uchun qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 17-fevraldagi 42-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarorining 4-bandi, 1-ilovasining 17-bandi va 3-ilovasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va uning tarkibiga kiruvchi departamentlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 24-sentabrdagi 757-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi — Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va uning tarkibiga kiruvchi departamentlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 24-sentabrdagi 759-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzmeliomashlizing” davlat unitar korxonasining ustavining 17-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 28-sentabrdagi PQ-3294-son qarori)” 2018-yil 30-yanvardagi 67-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-avgustdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Qorakoʻlchilik bilan shugʻullanadigan subyektlar tomonidan yetishtirilgan qoʻy terisi, qorakoʻl terisi va junni xarid qilish, shuningdek, ularga ozuqa maqsadlari uchun omixta yem, arpa doni, paxta shroti va sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisida nizomning 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “2019-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 11-fevraldagi 113-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 25-martdagi 245-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-son farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori)” 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga ilovaning 33-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 12-iyuldagi 580-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2021-yillarda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanini namunali tumanga aylantirish boʻyicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 22-iyuldagi 612-son qarorining 4-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2021-yillarda Toshkent shahrining Uchtepa tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-sentabrdagi 812-son qarorining 5-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2021-yillarda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-sentabrdagi 813-son qarorining 4-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 23-apreldagi 250-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vazirlar Mahkamasining “2020-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 11-maydagi 278-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari hamda IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 4-iyundagi 349-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 22-yanvardagi PQ-4569-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 10-martdagi PQ-4635-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarorlari)” 2020-yil 26-iyundagi 411-son qaroriga 1-ilovaning 52-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayevga bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajarishni yuklash toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyuldagi 457-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi hamda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 5-iyuldagi 418-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 7-iyuldagi 424-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining funksional vazifalari hamda Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 7-iyuldagi 425-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 7-iyuldagi 426-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari hamda IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 13-iyuldagi 438-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 12-martdagi 212-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 14-iyundagi 370-son qarorlari)” 2021-yil 23-iyuldagi 454-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Vazirlar Mahkamasining “2022-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 10-martdagi 112-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 268-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2025-y., 09/25/158/0235-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 5-maydagi 235-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari, Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatlari hamda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 10-maydagi 244-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining funksional vazifalari hamda Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 12-maydagi 253-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vazirining funksional vazifalari, Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 12-maydagi 256-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining baʼzi tarkibiy boʻlinmalari tuzilmalari oʻzgarganligi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 17-maydagi 262-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Vazirlar Mahkamasining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2022-yil 9-avgustdagi 438-son qarorining 34-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vazirining funksional vazifalari, Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 12-maydagi 256-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 21-noyabrdagi 662-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — energetika vazirining funksional vazifalari hamda Yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 21-noyabrdagi 663-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisining funksional vazifalari hamda Geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisida nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 22-noyabrdagi 664-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari hamda Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 23-noyabrdagi 668-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari, Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati hamda Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 24-noyabrdagi 671-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 7-iyuldagi 426-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 30-noyabrdagi 683-son qarori.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son; 13.03.2025-y., 09/25/158/0235-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 07.08.2026-y., 09/26/437/0828-son)