Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2023 10.03.2022 yildagi 112-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni va u bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida nazarda tutilgan qonun loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2022-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Dasturga kiritilgan qonun loyihalarini (keyingi oʻrinlarda — qonun loyihalari) ishlab chiqish boʻyicha asosiy ijrochi sifatida belgilangan vazirliklar va idoralarning rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 20-martga qadar qonun loyihalarini ishlab chiqish reja-grafiklarining belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 22-martga qadar tasdiqlangan reja-grafiklar nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarining sifatli tayyorlanishini, jamoatchilik va mutaxassislar ishtirokida muhokama qilinishini, har tomonlama ekspertizadan oʻtkazilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarining tayyorlanishi, kelishilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi ishlari muvofiqlashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarining huquqiy ekspertizadan sifatli oʻtkazilishini, shuningdek, Dastur ijrosi monitoringi olib borilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur ijrosining holati toʻgʻrisidagi axborot har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2022-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga kiritilgan qonun loyihalarini ishlab chiqish, himoyasini amalga oshirish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda belgilangan masʼul vazirliklar va idoralar rahbarlariga — qonun loyihasini ishlab chiqish va uni himoya qilish yuzasidan ishlarni toʻliq va oʻz vaqtida tashkil etish, shuningdek, Qonunni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasi loyihasini puxta ishlab chiqib, oʻz vaqtida kiritish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar rahbarlariga — shakllantiriladigan ishchi guruhlarga tegishli mutaxassislar biriktirilishini taʼminlash, qonun loyihasi boʻyicha asosiy ijrochiga koʻmaklashish va qonunchilikda qatʼiy ravishda belgilangan muddatlarda loyihalar kelishilishini taʼminlash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovga — toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi qonun loyihalarini ishlab chiqishda vazirliklar va idoralarga koʻmaklashish hamda qonun loyihalarining puxta va sifatli huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga — Dasturda belgilangan qonun loyihalarini barvaqt va sifatli ishlab chiqishda tegishli vazirliklar va idoralarga koʻmaklashish, shuningdek, qonun loyihalarining puxta iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari huzurida himoya qilinishi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilinishi taʼminlanishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari Dasturga kiritilgan qonun loyihalarining oʻz vaqtida kiritilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin va qonun loyihalari ularning huzurida muhokama qilinishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 10-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-martdagi 112-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Qonun loyihasining ishchi nomi

Qonunni qabul qilish zarurligining asoslanishi va u qabul qilingan taqdirda kutiladigan natijalar

Qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha masʼul ijrochilar

Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati

Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati

Vazirlar Mahkamasi masʼul tarkibiy boʻlinmasi

1.

“Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartish va qoʻshim�alar kiritish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 326-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga shaxsiy va sir saqlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni Internet jahon axborot tarmogʻida oshkor qilish bilan bogʻliq daxlsizlik huquqlari buzilishining oldini olishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.

Ichki ishlar vazirligi, Davlat personallash-tirish markazi,vazirliklar va idoralar

2022-yil 20-aprel

2022-yil 30-may

Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi

(X. Berdibayev)

2.

“Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan konsepsiyasi boʻyicha 2021 — 2023-yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “yoʻl xaritasi”ning 1-bandida belgilangan.

“Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqqan holda qonun loyihasida:

sud ekspertlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarini takomillashtirish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining maqomi, ularga qoʻyiladigan talablar, ular tomonidan sud ekspertizalari va tadqiqotlarini oʻtkazish tartib-taomili hamda ish reglamentlarini belgilash;

nodavlat sud-ekspertlik faoliyatini metodik taʼminlash hamda tartibga solish mexanizmini joriy etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan ekspertlar tomonidan beriladigan mutaxassis fikrini berish;

qayta ekspertiza oʻtkazish vakolati beriladigan ekspertlar reyestrini yuritish tizimini joriy etish va unga kiritishga doir talablarni belgilash;

maxsus vakolatli organning huquq va majburiyatlarini belgilash;

sud ekspertlari tomonidan qasamyod qabul qilish va kasb odob-axloqi qoidalarini belgilash;

sud-ekspertlik faoliyatining yan�da ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlarini joriy etish nazarda tutiladi.

Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Advokatlar palatasi vazirliklar va idoralar

2022-yil 20 aprel

2022-yil 30-may

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

(D. Kalandarov)

3.

“Kinematografiya toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PQ-5060-son qarori bilan tasdiqlangan 2021-2022-yillarda milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish “yoʻl xaritasi”ning 101-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida:

kino sanoati rivojlangan davlatlar tajribasi asosida Kinematografiya agentligining sohada regulyatorlik vakolatlarini, kinoteatr, ijodkor va kinokompaniyalar bilan hamkorligini belgilash;

soha ijodkorlari va mutaxassislarini sohaning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ijtimoiy himoya qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlar nazarda tutiladi.

Kinematografiya agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, vazirliklar va idoralar

2022-yil 1-aprel

2022-yil 30-aprel

Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati

(O. Qudratov)

4.

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 47-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida:

ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga jazoni oʻtash sharoitlarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish;

mehnatga jalb etilgan mahkumlarga koloniyalardagi ish stajini umumiy mehnat stajiga qoʻshib hisoblash tartibini joriy etish;

ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni oʻtab boʻlgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni joriy qilish orqali ularning ijtimoiy moslashuvi mexanizmlarini takomillashtirish;

mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligini belgilovchi qatʼiy mezonlarni belgilash nazarda tutiladi.

Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi

2022-yil 20-may

2022-yil 30-iyun

Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi

(X. Berdibayev)

5.

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasini hamda ekologik nazorat tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 4-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish tizimlarida samarali mehnat qilib, ijobiy natijalarga erishgan xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog” faxriy unvonini taʼsis etish nazarda tutiladi.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar

2022-yil 20-may

2022-yil 30-iyun

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati

(Sh. Abidov)

6.

“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 339-bandida belgilangan.

“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqqan holda qonun loyihasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish nazarda tutiladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirliklar va idoralar

2022-yil 20 iyun

2022-yil 30-iyul

Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi

(X. Berdibayev)

7.

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 20222026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oiddavlat dasturining 269-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida madaniy faoliyat sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi organlar tarkibiga Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasini qoʻshish hamda uning madaniy faoliyat sohasidagi vakolatlarini belgilashni nazarda tutiladi.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

2022-yil 20-iyun

2022-yil 30-iyul

Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati

(O. Qudratov)

8.

“Mahalla toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 1-martdagi PF-81-son Farmonining 18-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida:

mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faolini mahalla kengashi tarkibiga kiritish; mahalla raisi, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli, ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorining mahalla hududida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalari hamda mahallani kompleks rivojlantirish boʻyicha kollegial masʼuliyati va javobgarligi doirasini aniq belgilash;

mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli, ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorining oʻzaro hamkorligi hamda ularning mahalla raisi bilan kelishgan holda faoliyat yuritishi;

mahalla raislarini ijtimoiy himoya qilish tizimini kuchaytirish, shu jumladan, sogʻligʻini tiklash (bepul tibbiy davolanish, sanatoriylarga imtiyozli yoʻllanmalar berish) hamda davlat majburiy sugʻurtasi (faoliyati davomida mehnat layoqatini yoʻqotganda hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash);

Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmonining 3-bandidagi qoidalar nazarda tutiladi.

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, vazirliklar va idoralar

2022-yil 20-iyun

2022-yil 30-iyul

Yoshlar, jamoat tashk�lotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati

(S. Ashurov)

9.

“Chiqindilar toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasini hamda ekologik nazorat tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 14-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida:

beshta xavf-xatar toifasi tizimi oʻrniga sanoat tarmoqlari va/yoki kimyo-fizik parametrlar asosida chiqindilarni tasniflash tizimini joriy etish;

ishlab chiqarishda chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni, shuningdek, konchilik va qayta ishlash korxonalari chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni moliyaviy ragʻbatlantirish;

sanoat obyektlarida xavfli chiqindilarni ekologik xavfsiz saqlashni tashkil etishni taʼminlash;

oʻzining isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan va tarkibida xavfli moddalar mavjud boʻlgan tovarlarni (simobli termometrlar, batareykalar, tarkibida simob mavjud lampalar va boshqalar) yigʻish, foydalanish va/yoki zararsizlantirish tizimini tashkil etish;

tibbiyot chiqindilarini yigʻish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmib tashlash tizimini tashkil etish nazarda tutiladi.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi

2022-yil 20 avgust

2022-yil 30-sentabr

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati

(Sh. Abidov)

10.

“Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmonining 7-bandi “b” kichik bandida belgilangan.

Qo�un loyihasida 2023-yildan qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasini 12 foizgacha hamda bank, moliya va telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik yoʻnalishlarida foyda soligʻi stavkasini 15 foizgacha tushirish nazarda tutiladi.

Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar

2022-yil 20-avgust

2022-yil 30-sentabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

(D. Xolmurodov)

11.

“Advokatura va advokatlik faoliyati toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 66-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida:

advokatura faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi qoidalarni belgilash;

advokatning protsessual maqomini kuchaytirish;

advokatlik litsenziyasini olish uchun yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajiga oid talabni bekor qilish.

oliy yuridik maʼlumotli shaxslarga 3 oylik stajirovkadan keyin advokatlik imtihonini topshirish imkoniyatini yaratish hamda stajirovka oʻtamasdan advokatlik litsenziyasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berilgan shaxslar toifasini kengaytirish;

oliy yuridik taʼlim muassasalarining bakalavr yoʻnalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga oʻqishdan boʻsh vaqtda advokat yordamchisi sifatida ishlash huquqini berish nazarda tutiladi.

Adliya vazirligi,Advokatlar palatasi

2022-yil 20 avgust

2022-yil 30-sentabr

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

(D. Kalandarov)

12.

Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 223-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida pensiyani hisob-kitob qilish uchun oʻrtacha ish haqining maksimal miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshirish nazarda tutiladi.

Moliya vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi

2022-yil 20 sentyabr

2022-yil 30-oktabr

Makroiqti�odiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

(D. Xolmurodov)

13.

“Elektr energetikasi toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 74-bandida belgilangan.

“Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqqan holda qonun loyihasida energiya resurslari bozorini ijtimoiy himoya kafolatlari belgilangan holda erkinlashtirib, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy isteʼmol normalarini kiritish nazarda tutiladi.

Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2022-yil 20 sentyabr

2022-yil 30-oktabr

Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti

(A. Jumanazarov)

14.

Oʻzbekiston Respublikasining Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 20222026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oiddavlat dasturining 44-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida jamoatchilik nazoratining samarali va taʼsirchan shakllarini, ularni amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish nazarda tutiladi.

Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

2022-yil 20 sentyabr

2022-yil 30-oktabr

Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati

(S. Ashurov)

15.

“Tabiiy monopoliyalar va raqobat toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 20222026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oiddavlat dasturining 131-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida �Raqobat toʻgʻrisida”gi va “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi qonunlarni birlashtirish orqali:

davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish hollari va unga nisbatan monopoliyaga qarshi talablarni belgilash;

tabiiy monopoliya holatini aniqlash boʻyicha huquqiy vositalarni kengaytirish;

bozordagi ustunlik mavqeyini aniqlash mezonlarini takomillashtirish;

davlat koʻmagi (imtiyoz va preferensiyalar) shakllari va ularni taqdim etishga nisbatan monopoliyaga qarshi talablarni belgilash;

auksion (birja) savdolarida manipulatsiyalarning mezonlarini va javobgarlikni kuchaytirish;

raqobatni cheklash holatlari uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutiladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

2022-yil 20 sentyabr

2022-yil 30-oktabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

(D. Xolmurodov)

16.

“Tabiiy gaz toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 20222026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oiddavlat dasturining 74-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida tabiiy gaz bozorini ijtimoiy himoya kafolatlari belgilangan holda erkinlashtirib, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy isteʼmol normalarini kiritish nazarda tutiladi.

Energetika vazirligi, “Oʻztransgaz” AJ

2022-yil 20 oktyabr

2022-yil 30-noyabr

Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti

(A. Jumanazarov)

17.

Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 20222026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oiddavlat dasturining 139-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida:

tuproqlar holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirish shartlari;

tuproqlar va uning unumdorligini muhofaza qilishning iqtisodiy choralarni belgilash;

tuproq holatini yaxshilab, unumdorligini oshirishga erishgan yerdan foydalanuvchilarni iqtisodiy ragʻbatlantirish masalalari nazarda tutiladi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

2022-yil 20 oktyabr

2022-yil 30-noyabr

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

(T. Rapikov)

18.

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 46-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida:

mulkiy, shu jumladan, yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar bilan bogʻliq barcha maʼmuriy hujjatlarni qatʼiy ravishda faqat sud tartibida bekor qilish yoki haqiqiy emas deb hisoblash amaliyotini joriy etish;

iqtisodiy sudlarda mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan regressiv (kamayib boruvchi) davlat boji stavkalarini qoʻllash tartibini belgilash nazarda tutiladi.

Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

2022-yil 20-noyabr

2022-yil 30-dekabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

(D. Xolmurodov)

19.

“Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 329-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida mamlakat harbiy xavfsizligini taʼminlash va mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish nazarda tutiladi.

Mudofaa vazirligi, vazirliklar va idoralar

2022-yil 20 noyabr

2022-yil 30-dekabr

Harbiylashtirtlgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi

(X. Berdibayev)

20.

“Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son Farmoni bilan tasdiqlangan Yashil hududlarni rivojlantirish, koʻkalamzorlashtirish va koʻchat ekish ishlarin� tizimli tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 6-bandida belgilangan.

“Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqqan holda qonun loyihasida:

davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachilari tomonidan atrof muhitga taʼsirni baholash materiallarida bioxilmaxillik, shuningdek, oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni muhofaza qilish;

rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik va boshqa xil faoliyatga tutash hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish;

sanoat va ishlab chiqarish obyektlariga tutash hududlarda daraxt va butazorlarini barpo etish mexanizmlari nazarda tutiladi.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar

2022-yil 20-noyabr

2022-yil 30-dekabr

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati

(Sh. Abidov)

21.

“Davlat nazorati toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 20222026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oiddavlat dasturining 14-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida barcha turdagi davlat nazoratini tizimlashtirish va ularni amalga oshirishning aniq mexanizm va tartib-taomillarini belgilash nazarda tutiladi.

Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

2022-yil 10 dekabr

2022-yil 30-dekabr

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

(D. Kalandarov)

22.

Bepul yuridik yordam toʻgʻrisida

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 68-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida:

davlat hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bepul yuridik yordamni jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va maʼmuriy ishlar boʻyicha ham koʻrsatish tizimini joriy etish;

sogʻliqni saqlash va FHDY organlarining axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish va moddiy-texnik jihatidan takomillashtirish;

notariat institutiga oid barcha qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va yagona qonunga birlashtirish;

notariat faoliyatini yanada raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;

FHDY va notariat organlari tomonidan davlat xizmatlarini soddalashtirilgan tartibda koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

2022-yil 10 dekabr

2022-yil 30 dekabr

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

(D. Kalandarov)

23.

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 20222026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oiddavlat dasturining 51-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida protsessual qonunchilikda advokatning vakolatlarini, shu jumladan, dalillarni toʻplash va taqdim etish vakolatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Adliya vazirligi,vazirliklar va idoralar

2022-yil 10-dekabr

2022-yil 30-dekabr

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

(D. Kalandarov)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-martdagi 112-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga kiritilgan qonun loyihalarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Vazirliklar va idoralar

1. Qonun loyihasi boʻyicha tegishli topshiriqda belgilangan masʼul tashkilot boshchiligida manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislaridan iborat ishchi guruhni tashkil etish.

2. Ishchi guruh tomonidan qonun loyihasini ishlab chiqishni tashkil etishni muhokama qilish uchun zarur sharoitlar yaratish.

Belgilangan muddatlarda

2-bosqich

Ishchi guruh

1. Qonun loyihasini ishlab chiqishni tashkil etish (qonun loyihasi, uning konsepsiyasi, xalqaro tajribani oʻrganish, tegishli tahliliy materiallarni tayyorlashni va b.).

2. Qonun loyihasini tegishli topshiriqda belgilangan asosiy ijrochi tashkilotning rahbari huzurida himoya qilish.

Belgilangan muddatlarda

3. Qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirish.

15 kunda

4. Zarur hollarda muhokama qilish natijalari boʻyicha tushgan takliflar asosida qonun loyihasini qayta koʻrib chiqish.

3-bosqich

Asosiy ijrochi tashkilot

1. Qonun loyihasini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali yuborish.

Belgilangan muddatlarda

2. Qonun loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali Adliya vazirligiga taqdim etish.

7 kunda

4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Qonun loyihasini asosiy ijrochi tashkilot mutaxassisi ishtirokida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.

2. Zarur xollarda qonun loyihasini qayta koʻrib chiqib, huquqiy ekspertiza natijalari boʻyicha tegishli xulosa berish.

10 kunda

5-bosqich

Asosiy ijrochi tashkilot

Qonun loyihasi va unga tegishli materiallarni ilova qilgan holda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Shu kunning oʻzida

6-bosqich

Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmasi

1. Qonun loyihasini puxta iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama va himoya qilinishini taʼminlash.

4. Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish.

1 oyda, agar boshqacha muddat belgilanmagan boʻlsa

7-bosqich

Vakillar guruhi (Asosiy ijrochi tashkilot, Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmasi va b.)

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida oʻtkaziladigan muhokamalarda qatnashib, qonun loyihasi himoyasini amalga oshirish.

Belgilangan muddatlarda

8-bosqich

Asosiy ijrochi tashkilot

Qonun loyihasi qabul qilinganidan soʻng uni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasi loyihasini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

3 kunda

9-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Tadbirlar rejasini koʻrib chiqish va tasdiqlash.

2 kunda

10-bosqich

Vazirliklar va idoralar

Tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish.

Belgilangan muddatlarda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2022-y., 09/22/112/0206-son)