Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisining funksional vazifalari hamda Geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisida nizomlarni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 29-sentabrdagi PQ-384-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisining funksional vazifalari toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻn kun muddatda Departament rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini qayta koʻrib chiqib tasdiqlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisining funksional vazifalari hamda Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 16-maydagi 258-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi B. Islamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-noyabr,
664-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-noyabrdagi 664-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoniga va “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi 60-son Farmoniga va u bilan tasdiqlangan Davlat dasturiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 29-sentabrdagi PQ-384-son hamda “Kon-metallurgiya sanoati va unga bogʻliq sohalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyundagi PQ-5159-son qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisining (keyingi oʻrinlarda — Maslahatchi) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Maslahatchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Maslahatchi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Maslahatchining faoliyati geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish, shuningdek, mis sanoati klasterini rivojlantirish masalalarini hal etishga yoʻnaltirilgan.
5. Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining aʼzosi hisoblanadi.
Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
6. Maslahatchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
7. Maslahatchi ushbu Nizomga muvofiq unga yuklangan vazifalar va majburiyatlar doirasida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va respublikaning boshqa tashkilotlari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi.
8. Maslahatchining mehnatiga haq toʻlash belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shtat jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Maslahatchi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari
9. Quyidagilar Maslahatchi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda oʻrganish, geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda mis sanoati klasteri muammolarini har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish;
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi, Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi, shuningdek, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolga geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish, shuningdek, mis sanoati klasterini rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalda bajarilishini taʼminlash;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
biriktirilgan sohalarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yoʻli bilan Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish;
sanoatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, kooperatsiya aloqalarini hamda mis sanoati klasterini rivojlantirish, shu jumladan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish. tadbirkorlik subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish, shuningdek, mis sanoati klasterini rivojlantirish masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga Davlat dasturi amalga oshirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida hisobot berishi uchun har choraklik tahliliy materiallar tayyorlanishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaxshilash boʻyicha Hukumatning, Departamentga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;
“Xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini qoʻrish, Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shu jumladan, aholi bandligini va real daromadlari oshishini taʼminlash;
Maslahatchining vakolatlariga tegishli boʻlgan yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini taʼminlash;
geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish, shuningdek, mis sanoati klasterini rivojlantirish konsepsiyalari, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”, yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda eng muhim ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kompleks chora-tadbirlar Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini tashkil etish;
Departamentga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishi samaradorligi har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini doimiy ravishda va tizimli asosda taʼminlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asoslangan takliflar tayyorlash;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan prinsipial jihatdan yangi tizimi joriy etilishini taʼminlash, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini taʼminlash;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini yuzaga kelayotgan muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni pasaytirish;
geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish, shuningdek, hamda mis sanoati klasterini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha masalalar tayyorlanishini va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Departamentga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalari, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni amalga oshirish boʻyicha masalalar tayyorlanishi va koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan mustahkam oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
ijro intizomi darajasi oshirilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi tashkilotlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi asosida ijro etilishi tizimli nazorat qilinishini taʼminlash.
10. Quyidagilar Maslahatchining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Departamentga biriktirilgan soha va tarmoqlarda:
yangi “oʻsish nuqta”larini aniqlash va shu asosda qoʻshimcha resurs va zaxiralarni ishga solish hamda mavjudlarini oʻzlashtirish, iqtisodiyotni tabiiy xomashyo resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini yetarlicha taʼminlashga moʻljallangan rivojlantirishning strategiya va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishini va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, ularning har tomonlama baholanishi va ekspertiza qilinishini tashkil etish;
belgilangan loyihalarni amalga oshirishning maqbul shartlarini topish maqsadida xorijiy investorlar bilan muzokaralar tashkil etish va ularda qatnashish hamda ular boʻyicha tegishli takliflar tayyorlash;
shuningdek:
a) Geologiya, kon-metallurgiya sohalari va mis sanoati klasterini rivojlantirish sohasida:
geologiya, kon-metallurgiya sohalari va mis sanoati klasteri sohalarida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish strategiyasini, zamonaviy texnologiyalar, asbob-uskunalarni hamda neft va gazning resurslari va zaxiralarini prognozlashtirish usullarini joriy etishni, uglevodorod konlarini izlash va qidirish samaradorligini oshirishni tahlil qilish va baholash;
yer qaʼridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son, “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son hamda “Geologiya sohasiga investitsiyalarni faol jalb etish, tarmoq korxonalarini transformatsiya qilish va respublika mineral xomashyo bazasini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-son qarorlariga muvofiq yer qaʼridan foydalanishni tahlil qilish;
geologiya sohasi korxonalarini ilgʻor xalqaro tajriba asosida samarali boshqarish tizimini joriy etish, foydali qazilmalarning yangi konlarini ochishga yoʻnaltirilgan geologiya-qidiruv ishlari tannarxini pasaytirish, konlarni sanoat usulida oʻzlashtirish uchun toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimini koʻpaytirish hamda hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish;
uglevodorod xomashyosi zaxiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, yangi uglevodorod xomashyo konlarini ochishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish ishlarini tashkil etish;
geologiya, kon-metallurgiya va mis sanoati klasteri sohalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlarini tashkil etish;
geologiya, kon-metallurgiya va mis sanoati klasteri sohalarini hamda qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishini taʼminlash;
respublikaning mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va kengaytirish, geologiya, kon-metallurgiya sanoatini modernizatsiyalash, yangi quvvatlarini tashkil qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash va diversifikatsiyalash davlat dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
geologiya, kon-metallurgiya sohalarida boshqaruv tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish;
geologiya, kon-metallurgiya sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha takliflar va hujjatlar loyihalari kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
“xomashyodan tayyor mahsulotgacha” boʻlgan koʻp pogʻonali qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan iqtisodiyotning drayveri sifatida respublikada mis mahsuloti va u bilan bogʻliq sohalarda yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy-texnologik klasterni (keyingi oʻrinlarda — Mis sanoati klasteri) tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
kon-metallurgiya sanoatini uzoq muddatli istiqbolda ishonchli resurs bazasi bilan taʼminlash uchun mis, rangli, nodir va noyob metallar boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, geologiya fani va geologik xizmatlar bozorini rivojlantirish masalalarini oʻrganish;
Mis sanoati klasteri doirasida loyiha va muhandislik xizmatlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining oʻzaro bogʻliq tizimini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish, innovatsiyalarni tashkil etish va raqamli texnologiyalarni joriy etish, hamda mavjudlarini takomillashtirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalar asosida fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish;
Mis sanoati klasteri uchun zarur boʻlgan kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari, asbob-uskunalar, xomashyoni chuqur qayta ishlash, kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va oʻzlashtirish, mahalliy ixtisoslashgan tashkilotlar bilan kooperatsiya va autsorsing asosida xizmat koʻrsatish turlarini rivojlantirishga qaratilgan takliflarni koʻrib chiqish va baholash;
kon-metallurgiya sanoati uchun kerakli infratuzilma bilan taʼminlash, hamda milliy ekologik talablarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va suvdan oqilona foydalanish tizimini yanada takomillashtirish;
davlatning kon-metallurgiya sanoati rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan eng maqbul tartibga solish siyosatini shakllantirish, sanoat tarmoqlarida milliy raqobatbardoshlikni oshirish toʻgʻrisida takliflar va hujjatlar loyihalarini kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
kon-metallurgiya korxonalarining taʼmirlash zavodlari negizida xorijiy kompaniyalar bilan kon-metallurgiya texnikalari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishni joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish boʻyicha ishini muvofiqlashtirish;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish hamda ushbu qarorda berilgan topshiriqlar boʻyicha amalga oshirayotgan ishlarining natijadorligini nazorat qilish;
Mis sanoati klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha maxsus komissiya tarkibidagi vazirliklar va idoralar — mis sanoati klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirish va natijadorligini nazorat qilish;
b) qishloq xoʻjaligi mashinasozligi va avtomobil sanoatini rivojlantirish sohasida:
mashinasozlik va avtomobil sanoati sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishni va texnologik jihatdan qayta jihozlashni nazarda tutuvchi qishloq xoʻjaligi mashinasozligi va avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishini taʼminlash:
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi va avtomobil sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha takliflar va hujjatlar loyihalari kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi va avtomobil sanoati tizimini takomillashtirish va boshqarish samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish;
xususiylashtirish jarayonlariga, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi va avtomobil sanoati tashkilotlarining ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarni xorijiy va mahalliy xususiy investorlarga sotish yoʻli bilan potensial investorlarni jalb etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash:
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi va avtomobil sanoati tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishi holatini tahlil qilish, ishlab chiqarish, investitsion, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tarmoqlarda boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi va avtomobil sanoatida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son, “Chirchiq shahrida qishloq xoʻjaligi mashinasozlik klasterini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-son qarorlariga muvofiq islohotlar amalga oshirilishini kompleks oʻrganishni tashkil etish;
v) mudofaa sanoatini rivojlantirish sohasida:
“Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi toʻgʻrisida”gi va “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish doirasida davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
asosan energiya samaradorligi yuqori va energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalar negizida tarmoqni modernizatsiya qilishga va texnologik qayta jihozlashga qaratilgan mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni oʻzlashtirishni tashkil etish;
ishlab chiqarish salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari yaratish, ushbu sohadagi ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiya qilish maqsadida mudofaa sanoati kompleksi va ular bilan bogʻliq boshqa tarmoqlarning korxonalararo, shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo kooperatsiyasi samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, davlat mudofaa buyurtmasi bajarilishini taʼminlaydigan yuqori texnologiyali, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy etilishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida mavjud boʻlgan va yangi, shu jumladan, qoʻshma, mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini rivojlantirish uchun salohiyatli investorlarni hamda ilgʻor texnologiyalarni jalb etish boʻyicha ekspert baholashlarni chuqur oʻrganish va amalga oshirish;
mudofaa sanoatiga xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan oʻtkazish, bunda xorijiy kapital ishtirokini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlash boʻyicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiya qilishning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil qilish;
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish ishlarini muvofiqlashtirish;
g) davlat moddiy zaxiralari sohasida:
davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini taʼminlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining davlat moddiy zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkor foydalanishga tayyorlik holatini tizimli oʻrganish hamda tahlil qilish;
davlat moddiy zaxiralarini jamlash, yangilash va ishlab chiqarish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish prognozlari bajarilishini doimiy nazorat qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari. Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
davlat moddiy zaxiralarini boshqarish, saqlash va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish, “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi tizimi korxonalarini modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha davlat moddiy zaxiralariga boʻlgan haqiqiy yoki hisoblangan ehtiyojni tizimli oʻrganish va chuqur tahlil qilish hamda shu asosda davlat moddiy zaxiralari turlari, hajmlari, ularni saqlash shart-sharoitlari va metodlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
davlat moddiy zaxiralarining chiqarilgan tovarlar va mahsulotlarning sifati va miqdori boʻyicha saqlanishini va oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash ishlari holati monitoringini va tahlil qilinishini taʼminlash.
11. Maslahatchi yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar roʻyobga chiqarilishini oʻrganish maqsadida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tayyorlash va oʻtkazishda ishtirok etadi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalar tayyorlanishi va kiritilishini taʼminlaydi;
yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan sanoatni va klasterni rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha konsepsiyalar, davlat dasturlari va “yoʻl xaritalari” loyihalari tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari faoliyatiga aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimli baho beradi;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Maslahatchi va Departamentning ish yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning ijrosini nazorat qiladi;
Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda maʼmuriy va iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligining tizimli monitoringi olib borilishini va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, ushbu tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi tashkil etilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari boʻyicha Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtiradi;
oʻzining yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha Departamentga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritadi;
Maslahatchi yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida hamda Departament yuritadigan sohalarga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi hamda uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda ishtirok etadi;
Vazirlar Mahkamasiga kelgan, ular boʻyicha respublika Hukumati qarorlari talab etilmaydigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Hukumat aʼzolari boʻlgan va Departamentga biriktirilgan vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kiritadi;
biriktirilgan xoʻjalik boshqaruvi organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan rahbarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan maʼqullanishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni kadrlar zaxirasiga nomzodlarni tasdiqlash (tayinlash)ning belgilangan tartibiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda tanlaydi va shakllantiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari ekspertizadan oʻtkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan birgalikda Departament boshligʻi, shuʼba mudirlari va mutaxassislari lavozimlariga kadrlarni tanlaydi;
Departament mutaxassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va intizomiy jazolash choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Departamentda kadrlar zaxirasini shakllantirish boʻyicha ishlarni tizimli asosda tashkil etadi;
Departament boshligʻi, shuʼba mudirlari va mutaxassislari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini tasdiqlaydi, shuningdek, Departamentning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritadi, Departament boshligʻi, shuʼba mudirlari va mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini tashkil etadi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Maslahatchining yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.
Maslahatchi vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini Departament boshligʻi yoki Departament boshligʻining oʻrinbosari ijro etadi.
12. Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Radiatsiya va yadro xavfsizligi boʻyicha komissiyaga rahbarlik qiladi.
3-bob. Maslahatchining huquqlari va javobgarligi
13. Maslahatchi unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari boʻyicha esa — boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning Maslahatchi tomonidan yuritiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarish huquqiga ega.
Maslahatchining zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini, shuningdek, boshqa hujjatlarni puxta ishlash boʻyicha talablari va topshiriqlari ularda belgilangan muddatlarda ijro etilishi kerak.
Maslahatchi tomonidan yuritiladigan masalalar boʻyicha uning vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga bergan topshiriqlari belgilangan tartibda ijro etilishi shart.
14. Maslahatchi:
uning vakolatiga kiritilgan tegishli yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha takliflar puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Maslahatchining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi;
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bevosita Maslahatchining oldiga qoʻyilgan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;
Maslahatchi rahbarlik qiladigan ishlarning holati, davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Maslahatchi yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash;
shuningdek, Maslahatchi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha oliy darajadagi xorijiy tashriflar, respublika hududlariga safarlar yakunlari asosida tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;
tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;
joylardagi real ahvolni doimiy oʻrganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;
Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarining respublika manfaatlari, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda puxta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
4-bob. Maslahatchi faoliyatini tashkil etish
15. Maslahatchining ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Departamentning ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
16. Maslahatchining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish orqali, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-noyabrdagi 664-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departament faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish, shuningdek, mis sanoati klasterini rivojlantirish va sanoat xavfsizligi masalalari boʻyicha axborot-tahliliy taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi (keyingi oʻrinlarda — Maslahatchi) rahbarligida amalga oshiradi, bir vaqtning oʻzida faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
5. Departament oʻz faoliyatini geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish, shuningdek, mis sanoati klasterini rivojlantirish va sanoat xavfsizligi masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishini tashkil etish, olib borish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda oʻrganish, sanoat tarmoqlarini rivojlantirishdagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalariga mutasaddi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
biriktirilgan sohalarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yoʻli bilan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish, shuningdek, mis sanoati klasterini rivojlantirish masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga davlat dasturi amalga oshirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida hisobot berishi uchun har choraklik tahliliy materiallarni keyinchalik Maslahatchiga taqdim etish uchun tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaxshilash boʻyicha Hukumatning, Departamentga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va ular amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shu jumladan, aholi bandligini va real daromadlari oshishini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Departamentning vakolatlariga tegishli boʻlgan yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Maslahatchisiga takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;
geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish, shuningdek, mis sanoati klasterini rivojlantirish konsepsiyalari, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”, yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda eng muhim ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda puxta ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Maslahatchisiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish uchun tayyorlash;
Departamentga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishi samaradorligi har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini doimiy ravishda va tizimli asosda olib borish, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asoslangan takliflar tayyorlash;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini taʼminlash;
sanoatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shu jumladan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, tadbirkorlik subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish;
sanoat tarmoqlariga maʼmuriy taʼsir koʻrsatishni yanada qisqartirish va davlatning iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishi tartibi va darajasini aniq tartibga solish orqali boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini mavjud muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni pasaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda mis sanoati klasterini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha masalalarni Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida koʻrib chiqish uchun tayyorlash;
Departamentga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalari, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni amalga oshirish boʻyicha masalalarni Maslahatchining koʻrib chiqishi uchun tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan mustahkam oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
ijro intizomi darajasini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi tashkilotlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi asosida ijro etilishi tizimli nazorat qilinishini taʼminlash;
Departamentda, shuningdek, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish va kadrlarning amaldagi zaxirasini tayyorlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.
7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) geologiya va mineral xomashyo bazasini hamda sanoat xavfsizligi sohasini rivojlantirish masalalari boʻyicha:
yer qaʼridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son hamda “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son, “Geologiya sohasiga investitsiyalarni faol jalb etish, tarmoq korxonalarini transformatsiya qilish va respublika mineral-xomashyo bazasini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-son qarorlariga muvofiq geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish strategiyasini, zamonaviy texnologiyalar, asbob-uskunalarni va neft va gazning resurslari va zaxiralarini prognozlashtirish usullarini joriy etishni, uglevodorod konlarini izlash va qidirish samaradorligini oshirishni tahlil qilish va baholash;
geologiya sohasi korxonalarini ilgʻor xalqaro tajriba asosida samarali boshqarish tizimini joriy etish, foydali qazilmalarning yangi konlarini ochishga yoʻnaltirilgan geologiya-qidiruv ishlari tannarxini pasaytirish, konlarni sanoat usulida oʻzlashtirish uchun toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimini koʻpaytirish hamda hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish;
geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish va uglevodorod xomashyo qazib olish hajmlarini koʻpaytirish hamda uglevodorodlar xomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish dasturlari, respublikaning istiqbolli mintaqalarida ularni qazib olish ishlari rejalari amalga oshirilishini tahlil qilish, konlarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish hisobiga oʻzlashtirish boʻyicha takliflar amalga oshirilishini tahlil qilish, shuningdek, ular amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini taʼminlash;
yuqori qoʻshilgan qiymatli, jahon va mintaqaviy bozorlarda talab barqaror boʻlgan raqobatbardoshli mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida uglevodorod xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish boʻyicha vazifalar amalga oshirilishini koʻrib chiqish va tahlil qilish, ushbu maqsadlarda xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb etish ustidan monitoring olib borilishini taʼminlash;
geologiya tarmogʻini yanada rivojlantirish va respublikaning mineral-xomashyo bazasini kengaytirish hamda sanoat xavfsizligi boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish va axborot berish uchun tayyorlash;
shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qarori doirasida yer qaʼridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, eng avvalo, rangli, nodir metallar va uran, shuningdek, mineral xomashyoning boshqa qattiq turlarini, chuchuk va mineral yer osti suvlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirish maqsadida geologiya tarmogʻini va geologiya-qidiruv ishlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda foydali qazilmalarning geologik zaxiralarini prognozlashtirishning zamonaviy texnologiyalari, asbob-uskunalari va usullarini joriy etish strategiyasi amalga oshirilishini tahlil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron onlayn-auksionni oʻtkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PQ-5197-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 13-yanvardagi 18-son qaroriga muvofiq mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish davlat dasturlari, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish hisobiga foydali qazilmalar konlarini oʻzlashtirish loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, ularning bajarilishi monitoringi olib borilishini taʼminlash;
yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat dasturlarini va mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlar loyihalarini amalga oshirish yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun ekspertizadan oʻtkazish va tavsiyalar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya sohasiga investitsiyalarni faol jalb etish, tarmoq korxonalarini transformatsiya qilish va respublika mineral xomashyo bazasini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-son qaroriga muvofiq foydali qazilmalarning asosiy turlari zaxirasi va resurslari oʻz vaqtida koʻpayishi boʻyicha chora-tadbirlarning natijadorligini tizimli tahlil qilgan holda yer qaʼrini geologik oʻrganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-xomashyo bazasini tiklash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va muhofaza qilish sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
yagona texnik siyosatni yuritish, geologiya korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;
qattiq foydali qazilmalar konlarini qidirish, baholash va razvedka qilish sohasida strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha, jumladan, xorijiy investitsiyalar, birinchi navbatda, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb etgan holda takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil etilishini hamda kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoni talablaridan kelib chiqib daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yadro avariyalari va radiatsiya avariya vaziyatlarining oldini olish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqqan holda respublika obyektlarining radiatsiya va yadro xavfsizligi tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va tayyorlash;
geologiya tarmogʻi tashkilotlarini hamda sanoat xavfsizligi sohasida vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha tadbirlarni tizimli va kompleks amalga oshirishni tashkil etish, shuningdek, qogʻozdagi hujjat aylanishini qisqartirish;
suvdan maxsus foydalanish yoki yer osti suvlaridan foydalanish uchun ruxsatnomalar berishning tegishli nazoratini taʼminlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning konlarni geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish (jumladan, chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlari), mineral xomashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarini geologik-marksheyderlik taʼminlashda yer qaʼridan foydalanish hamda muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan tegishli nazoratni tashkil etish;
b) Kon-metallurgiya tarmogʻini va mis sanoati klasterini rivojlantirish masalalari boʻyicha:
kon-metallurgiya tarmogʻini va mis sanoati klasterini yanada rivojlantirish va qimmatbaho metallar ishlab chiqarish boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va axborot berish uchun tayyorlash;
ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini tashkil qilish va ishlab turganlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan kon-metallurgiya sanoatini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish;
shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi 60-son Farmoni doirasida 2022 — 2026-yillarda respublikada kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari va uskunalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirilishini tahlil qilib borish;
“xomashyodan tayyor mahsulotgacha” boʻlgan koʻp pogʻonali qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan iqtisodiyotning drayveri sifatida respublikada mis mahsuloti va u bilan bogʻliq sohalarda yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy-texnologik klasterni (keyingi oʻrinlarda — Mis sanoati klasteri) tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
kon-metallurgiya sanoatini uzoq muddatli istiqbolda ishonchli resurs bazasi bilan taʼminlash uchun mis, rangli, nodir va noyob metallar boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, geologiya Fani va geologik xizmatlar bozorini rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
jahon bozorlarida barqaror talabga ega boʻlgan va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash asosida eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish va ushbu maqsadlarga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kon-metallurgiya sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish va tahlil qilish;
yagona texnik siyosatni olib borish, kon-metallurgiya korxonalarini, shu jumladan, maʼnaviy va fizik eskirgan asbob-uskunalar va texnologiyalarni almashtirish yoʻli bilan modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni tahlil qilish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash;
mis sanoati klasteri uchun zarur boʻlgan kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari, asbob-uskunalar, xomashyoni chuqur qayta ishlash, kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va oʻzlashtirish, mahalliy ixtisoslashgan tashkilotlar bilan kooperatsiya va autsorsing asosida xizmat koʻrsatish turlarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish;
yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni nazarda tutgan holda energiya jihatidan zamonaviy samarali texnologiyalar va asbob-uskunalarni yanada joriy etishni va shu asosda ishlab chiqarish xarajatlari qisqartirilishini va ishlab chiqarilayotgan kon-metallurgiya mahsulotlari tannarxi pasaytirilishini tahlil qilish va baholash;
kon-metallurgiya sanoatida, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
mahalliy xomashyo resurslari bazasida importning oʻrnini bosish xamda ichki bozorni isteʼmol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni taʼminlaydigan tayyor mahsulotlar. butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish vazifalari amalga oshirilishini tahlil qilish;
kon-metallurgiya tashkilotlarini vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishga, shuningdek, qogʻozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha tadbirlar tizimli amalga oshirilishini tashkil etish;
shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kon-metallurgiya tarmogʻi korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4124-son qarori doirasida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va yuqori texnologik kon-metallurgiya ishlab chiqarishlarini tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish boʻyicha ishini muvofiqlashtirish;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish hamda ushbu qarorda berilgan topshiriqlar boʻyicha amalga oshirayotgan ishlarining natijadorligini nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kon-metallurgiya sanoati va unga bogʻliq sohalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyundagi PQ-5159-son qarori bilan tashkil etilgan Maxsus komissiyaning ishchi organi vazifasini bajarish hamda Maxsus komissiya yigʻilishlarida “yoʻl xaritasi” va qarorda berilgan topshiriqlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi muhokama qilinishini tashkil etish;
mis sanoati klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha maxsus komissiya tarkibidagi vazirlik va idoralar vakillari — mis sanoati klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirish va natijadorligini nazorat qilish;
v) qishloq xoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalari boʻyicha:
texnologik yetakchilar bilan birgalikda yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi, qishloq xoʻjaligi texnikasiga uzellar va butlovchi buyumlarning importning oʻrnini bosadigan turlarini ishlab chiqarish, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga va ishlab turganlarni kengaytirishga yoʻnaltirilgan qishloq xoʻjaligi mashinasozligini yanada rivojlantirish yuzasidan takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;
qishloq xoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini tahlil qilish, shu asosda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chirchiq shahrida qishloq xoʻjaligi mashinasozlik klasterini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-son qaroriga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish va ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
ishlab chiqarish salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida qishloq xoʻjaligi mashinasozligi va boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish imkoniyatlarini tahlil qilish, tarmoqda ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiyalash;
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ichki bozorni mahalliylashtirish darajasi yuqori boʻlgan mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan toʻldirishni taʼminlovchi zamonaviy, yuqori texnologiyali, raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy qilish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tarmoqda boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlar, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etilishini chuqur oʻrganish va ekspert baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, qishloq xoʻjaligi texnikasi va uskunalarga servis xizmatlarini kengaytirish;
xorijiy kapital ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etishning ustuvorligini hisobga olgan holda xorijiy investitsiyalar va kreditlarni qishloq xoʻjaligi mashinasozligiga jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan oʻtkazish, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga erishish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligida islohotlarning amalga oshirilishini kompleks oʻrganishni tashkil etish;
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishi ishlarini tahlil qilish;
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga qishloq xoʻjaligi texnikasi va ehtiyot qismlar yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini tahlil qilish;
fermer xoʻjaliklarini va boshqa qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini hamda mashina-traktor parklarini yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan, shu jumladan, lizing asosida taʼminlash holatini tahlil qilish;
texnologik yetakchilar bilan birgalikda avtomobillarning importning oʻrnini bosuvchi turlarini, avtomobil mahsulotlariga uzellar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga va ishlab turganlarini kengaytirishga yoʻnaltirilgan avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;
avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini tahlil qilish, shu asosda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son qaroriga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida ishlab chiqarishlar va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
ishlab chiqarish potensialidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish, tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiyalash maqsadida avtomobilsozlik, boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, jumladan, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish imkoniyatlarini tahlil qilish va takliflarni ishlab chiqish;
turkumli ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalarini mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va ularning yangi turlarini oʻzlashtirishni taʼminlovchi avtomobilsozlik korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini puxta ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;
avtomobil sanoati tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishi holatini tahlil qilish, ishlab chiqarish, investitsion, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tarmoqda boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
avtomobil sanoati korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini yetakchi xorijiy kompaniyalarga sotish yoʻli bilan salohiyatli investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni chuqur oʻrganish va ekspert baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilashni, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish tashkil etilishini taʼminlash;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq avtomobil sanoati korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
marketing tadqiqotlari olib borish va ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishini tahlil qilish;
g) mudofaa sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha:
“Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi toʻgʻrisida”gi va “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish doirasida davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
asosan energiya samaradorligi yuqori va energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalar negizida tarmoqni modernizatsiya qilishga va texnologik qayta jihozlashga qaratilgan mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni oʻzlashtirishni tashkil etish;
ishlab chiqarish salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari yaratish, ushbu sohadagi ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiya qilish maqsadida mudofaa sanoati kompleksi va ular bilan bogʻlik boshqa tarmoqlar korxonalararo, shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo kooperatsiyasi samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, davlat mudofaa buyurtmasi bajarilishini taʼminlaydigan yuqori texnologiyali, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy etilishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida mavjud boʻlgan va yangi, shu jumladan, qoʻshma, mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini rivojlantirish uchun salohiyatli investorlarni hamda ilgʻor texnologiyalarni jalb etish boʻyicha ekspert baholashlarni chuqur oʻrganish va amalga oshirish;
mudofaa sanoatiga xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan oʻtkazish, bunda xorijiy kapital ishtirokini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlash boʻyicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiya qilishning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil qilish;
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish ishlarini muvofiqlashtirish;
d) davlat moddiy zaxiralari masalalari boʻyicha:
davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini taʼminlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining davlat moddiy zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkor foydalanishga tayyorlik holatini tizimli oʻrganish hamda tahlil qilish;
davlat moddiy zaxiralarini jamlash, yangilash va ishlab chiqarish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish prognozlari bajarilishini doimiy nazorat qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
davlat moddiy zaxiralarini boshqarish, saqlash va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish, “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi tizimi korxonalarini modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha davlat moddiy zaxiralariga boʻlgan haqiqiy yoki hisoblangan ehtiyojni tizimli oʻrganish va chuqur tahlil qilish hamda shu asosda davlat moddiy zaxiralari turlari, hajmlari, ularni saqlash shart-sharoitlari va metodlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
davlat moddiy zaxiralarining chiqarilgan tovarlar va mahsulotlarning sifati va miqdori boʻyicha saqlanishini va oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash ishlari holatining monitoringini va tahlil qilinishini taʼminlash.
8. Departament unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida Bosh vazir tomonidan mintaqalarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Maslahatchining huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;
yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan sanoatni hamda mis sanoati klasterini rivojlantirish va sanoat xavfsizligining eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha davlat dasturlari va “yoʻl xaritalari” tayyorlanishini va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlari shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
aniq holatlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joyning oʻziga chiqib jamoatchilik fikrini oʻrganishni taʼminlaydi;
tegishli tarmoqlar va mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha turkumlashtirilgan elektron maʼlumotlar bazalari tashkil etilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini taʼminlaydi;
Departamentning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berish uchun, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Departamentga biriktirilgan tashkilotlarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy holatini, Departament yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga chiqib oʻrganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Maslahatchining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
tahliliy, maʼlumotnoma va boshqa materiallarni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Maslahatchining topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi majlislarini tayyorlash bilan bogʻliq materiallarni tayyorlashda va qarorlarini rasmiylashtirishda ishtirok etadi va koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Maslahatchiga va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli protokol qarorlari ijrosi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha Maslahatchiga takliflar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallarni tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
Departamentning yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha sanoat tarmoqlarining Departamentga biriktirilgan tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Departamentga biriktirilgan xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchilarining nomenklaturasiga kiradigan rahbarlar lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan maʼqullanishi uchun tayyorlashda ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Maslahatchi boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi.
Departamentga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
9. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoat tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlar roʻyobga chiqarilishini oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvining hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mintaqalarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tayyorlash va oʻtkazishda ishtirok etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlar tashkil etish;
Departamentga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining va Maslahatchining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va maslahatchilarining hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
10. Departament:
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalar zarur tarzda va samarali bajarilishi;
Maslahatchiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, ushbu topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishi samaradorligi, shuningdek, ishning tegishli uchastkasida erishilgan natijalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Departament vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari davlat manfaatlari taʼminlanishi, iqtisodiy samaradorligi va ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan oʻzaro bogʻliqlikda kelishilganligi nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Departamentning tuzilmasi
11. Departament tuzilmasiga Maslahatchi, Departament boshligʻi, shuningdek,
Departament boshligʻining oʻrinbosari — Bazaviy va mudofaa sanoati tarmoqlarini rivojlantirish masalalari shuʼba mudiri (avtomobil sanoati va qishloq xoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalari);
mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish va davlat moddiy zaxiralari masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Geologiya sohasini, metallurgiya tarmogʻini va mis sanoati klasterini rivojlantirish masalalari shuʼba mudiri (qora va rangli metallarni ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari);
geologiya, sanoat xavfsizligi va mineral xomashyo bazasi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
mis sanoati klasterlarini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish hamda monitoringini yuritish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Departament inspektori kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
12. Departament ishiga bevosita Departament boshligʻi rahbarlik qiladi.
13. Departament boshligʻi, Departament boshligʻining oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va mutaxassislar belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
14. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Maslahatchining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejasi, Departamentning ish rejasi, Departament bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Departament boshligʻi, Departament boshligʻining oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va bosh mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Maslahatchi tomonidan tasdiqlanadi.
Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini amalga oshirish boʻyicha faoliyati Departamentga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.
15. Departament boshligʻi:
Departament boshligʻining oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtiradi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
departamentga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
departamentda tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
materiallar toʻgʻrisida Maslahatchiga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Maslahatchiga taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi hamda uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
Maslahatchining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Maslahatchiga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Maslahatchiga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish hamda intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi;
Maslahatchi vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini bajaradi.
16. Departamentning (boshliq oʻrinbosari) shuʼba mudiri:
shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
shuʼbaga biriktirilgan masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning maslahatchisi tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda taʼminlaydi;
masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Departament va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Departament boshligʻi va Maslahatchiga kiritadi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek, respublika hududlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
maʼlumotnoma materiallari va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament boshligʻi va Maslahatchiga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament boshligʻi va Maslahatchiga taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Departament boshligʻi va Maslahatchining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament boshligʻi va Maslahatchiga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Departament boshligʻi va Maslahatchiga oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi.
Vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
17. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlashini, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida shuʼba mudiri, Departament boshligʻining oʻrinbosari, Departament boshligʻi va Maslahatchiga, shuningdek, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlariga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi boʻyicha Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning hamda Departamentga yuklatilgan vazifalar doirasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlaydi;
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy qilish yoʻli bilan biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;
aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga, yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini taʼminlashga asoslangan idoraviy mansub tashkilotlar va ular rahbarlarining faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining kollegial organlari majlislarida ishtirok etadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi.
Funksional vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
18. Inspektor Departamentda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/664/1031-son)