Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari hamda Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son, “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʼzolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son va “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 10-yanvardagi PF-5903-son farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son, “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son, “Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 29-sentabrdagi PQ-384-son va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 22-fevraldagi 85-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida” 2022-yil 26-oktabrdagi 618-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻi oʻn kun muddatda Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻi M.A. Xayriddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 23-noyabr,
668-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 668-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son, “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʼzolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son va “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 10-yanvardagi PF-5903-son farmonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son, “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son, “Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 29-sentabrdagi PQ-384-son va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 22-fevraldagi 85-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida” 2022-yil 26-oktabrdagi 618-son qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻining (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir maslahatchisi deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Bosh vazir maslahatchisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Bosh vazir maslahatchisi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir maslahatchisining faoliyati tashqi mehnat migratsiyasi, mehnat migrantlari va ular oila aʼzolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini taʼminlash, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini tashkil etishga yoʻnaltirilgan.
5. Bosh vazir maslahatchisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining aʼzosi hisoblanadi.
Bosh vazir maslahatchisi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
6. Bosh vazir maslahatchisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
7. Bosh vazir maslahatchisi Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamentiga (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) bevosita rahbarlik qiladi va Departament boshligʻi oʻrinbosari, shuʼba mudiri va mutaxassislarining ishini tashkil qiladi.
8. Bosh vazir maslahatchisi Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq oʻziga yuklangan vazifalar va majburiyatlar doirasida umumiy muvofiqlashtiradi.
9. Bosh vazir maslahatchisining mehnatiga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shtat jadvaliga muvofiq haq toʻlanadi.
2-bob. Bosh vazir maslahatchisi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari
10. Quyidagilar Bosh vazir maslahatchisi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishini tashkil qilish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini oʻrganish, tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish asosida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini taʼminlash chora-tadbirlarini tashkil etish;
uyushgan mehnat migratsiyasi, mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, ularni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
xorijiy mamlakatlarning tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisida xalqaro shartnomalarga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi (ratifikatsiya qilishi) boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda xorijda ishga joylashtirishni taʼminlash boʻyicha yillik rejalar va dasturlar, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, xorijda ularning mehnat, maishiy va yashash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalarni hal etishga doir aniq chora-tadbirlar (“yoʻl xaritalari”) ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlash;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuviga masʼul boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar jarayonida ishtirok etish, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuviga asos boʻluvchi amaldagi xalqaro hujjatlarga milliy qonunchilikni moslashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi yuzasidan tizimli monitoring olib borish hamda tegishli maʼlumotlarni toʻplanishi, umumlashtirilishi va tahlil qilinishini tashkil etish;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar mustaqilligini kuchaytirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha amalga oshirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobot berishi uchun har chorakda tahliliy materiallar tayyorlash;
Hukumatning, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasi pozitsiyalarini yaxshilash boʻyicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini taʼminlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish hamda amalga oshirilishini monitoring qilish;
Bosh vazir maslahatchisi vakolatiga kiritilgan yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini taʼminlash;
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”, yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar hamda tarmoqlarda muhim ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil qilish hamda Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda ularni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilish;
Departamentga biriktirilgan sohalarda islohotlarning doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash, aniqlangan kamchiliklarning oʻz vaqtida bartaraf etilishi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar hamda ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar va maqsadli indikatorlarga erishish, tarmoqlarni yaqin va uzoq muddatli istiqbolda strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini taʼminlashga asoslangan mutlaqo yangi baholash tizimini joriy etish;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida davlat organlarining ayrim funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish chora-tadbirlarini tashkil etish;
tashqi mehnat migratsiyasi, mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularning yashashi va mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish sohalarini rivojlantirish hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishning muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha masalalar tayyorlanishi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Departamentga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalarini, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va moliya institutlari, boshqa tuzilmalar bilan xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni amalga oshirish masalalarini tayyorlashda qatnashish hamda koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasi apparatida, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va barcha darajadagi boshqa tashkilotlarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
Departament kadrlar zaxirasi shakllantirilishini va uni tizimli asosda yangilab borishni taʼminlash.
11. Quyidagilar Bosh vazir maslahatchisining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida:
tashqi mehnat migratsiyasi, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi islohotlarning, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʼzolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son, “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-son va “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarorlariga muvofiq amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xorijda ularning mehnat, maishiy va yashash sharoitlarini yaxshilashni nazarda tutuvchi tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda xorijda ishga joylashtirishni taʼminlash boʻyicha davlat dasturlarini, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalarni hal etishga doir aniq chora-tadbirlar (“yoʻl xaritalari”) ishlab chiqish va amalga oshirish;
tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish ishlarini tashkil etish, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda vaqtincha ishga joylashtirish va ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha hamkorlik qilish;
uyushgan mehnat migratsiyasi masalalari, mehnat migrantlarining moslashuv tadbirlarini amalga oshirish jarayonlari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
migratsiya jarayonlarini va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda ishga joylashish, ularning mehnat faoliyati, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga boʻlgan huquqlarini roʻyobga chiqarish holatini tahlil qilish;
tashqi mehnat migratsiyasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha takliflar hamda hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish va ularning kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
uyushgan mehnat migratsiyasi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish ishlarini tashkil etish;
b) mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash sohasida:
mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash sohasida ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
ijtimoiy-maishiy masalalarni hal qilish, uy-joy sharoitini yaxshilash, mehnatga layoqatli oila aʼzolarini, ayniqsa, ayollarni ish bilan taʼminlash va mehnat migrantlarining farzandlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash orqali ularning Oʻzbekiston Respublikasidagi oila aʼzolarining daromadlari va turmush darajasini oshirish boʻyicha ishlarning amalga oshirilishini kompleks oʻrganishni tashkil etish;
mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar hamda hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish va ularning kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha ishlarning ahvolini tizimli tahlil va monitoring qilish hamda ularning yakunlari boʻyicha mehnat migrantlariga huquqiy, moliyaviy va moddiy koʻmaklashish vositalarining samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Vataniga qaytgan mehnat migrantlarini jamiyatga moslashishi va ishga joylashishini tashkil etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini taʼminlash;
mehnat migrantlarining dastlabki kasbiy tayyorgarligini tashkil etish, ularga, shu jumladan, oʻz Vataniga qaytib kelganidan soʻng huquqiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini oʻrganish va tahlil qilish;
vakolatli organlarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijiy vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalari tomonidan mehnat migrantlari murojaatlarini koʻrib chiqish, ular bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqot oʻrnatishni samarali taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
v) xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish sohasida:
milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish boʻyicha muhim vazifalarini hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuviga masʼul boʻlgan davlat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlash;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha ishlarning samarali amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi yuzasidan takliflar hamda xalqaro hamkorlik toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar loyihalarining puxta ishlab chiqilishi va ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha tizimli monitoring olib borish, mutasaddi davlat organlaridan tegishli maʼlumotlarni olish, toʻplash, umumlashtirish va tahlil qilish ishlarini amalga oshirish;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralarda ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuviga masʼul boʻlgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
milliy qonunchilikni Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuviga asos boʻluvchi amaldagi xalqaro hujjatlarga moslashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflarni koʻrib chiqish hamda hujjatlar loyihalari kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
g) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga koʻra, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
Bosh vazir maslahatchisi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha “yoʻl xaritalari”ning amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining batafsil axborotlari, materiallari va hisobotlari taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;
muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganish.
12. Bosh vazir maslahatchisi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududlarda mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishda ishtirok etadi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini taʼminlaydi;
tashqi mehnat migratsiyasining oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishida qatnashadi va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
Bosh vazir maslahatchisi va Departament yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Departamentga biriktirilgan sohalarda islohotlarning holati hamda natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini, ularni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan Departamentga biriktirilgan vazifalar va dasturlar bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
uyushgan mehnat migratsiyasi, mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, ularni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
vazirliklar va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritadi;
Bosh vazir maslahatchisi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Hukumatning qarori talab qilinmaydigan hujjatlarni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Departament boshligʻining oʻrinbosari, shuʼba mudiri va mutaxassislari lavozimlariga kadrlarni tanlaydi;
Departament boshligʻi oʻrinbosari, shuʼba mudiri va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Departamentda kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;
Departament boshligʻining oʻrinbosari, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislarining vazifalari taqsimotini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq ishlar yuritilishini taʼminlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Bosh vazir maslahatchisining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.
Bosh vazir maslahatchisi vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifalarini Departament boshligʻining oʻrinbosari bajaradi.
3-bob. Bosh vazir maslahatchisining huquqlari va javobgarligi
13. Bosh vazir maslahatchisi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning kollegial organlarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga koʻra — boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga oid masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida ishtirok etish;
davlat boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti hamda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
Bosh vazir maslahatchisining zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari Bosh vazir maslahatchisi tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart.
Bosh vazir maslahatchisining oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
14. Bosh vazir maslahatchisi:
ushbu Nizomning 11 va 12-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi;
uning vakolatiga kiritilgan tegishli yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir maslahatchisi oldiga bevosita qoʻyilgan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
rahbarlik qilinayotgan Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Departament faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
yuqori darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament soʻrovlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolarini soʻrovlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;
joylardagi real ahvolni doimiy oʻrganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻliq holda puxta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
4-bob. Bosh vazir maslahatchisi faoliyatini tashkil etish
15. Bosh vazir maslahatchisining faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Departament ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Departament ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazir maslahatchisi tomonidan tasdiqlanadi.
16. Bosh vazir maslahatchisining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 668-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departament faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi), uning Rayosati, Vazirlar Mahkamasi apparatini tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, respublikadan tashqariga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va boshqa huquqlari himoya qilinishini hamda xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini mehnat faoliyatiga jalb etishni taʼminlash, shuningdek, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi masalalari boʻyicha axborot-tahliliy taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Departament oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻiga (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi deb ataladi) boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi, oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolarining soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilib borish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish;
“Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlash;
Hukumat, davlat boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasi pozitsiyalarini yaxshilash boʻyicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini taʼminlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
migratsiya jarayonlarini kompleks tahlil qilish, tashqi mehnat migratsiyasi sabablari va omillarini, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, shuningdek, ularning xorijda boʻlish shart-sharoitlarini yaxshilash bilan bogʻliq tizimli muammolarni aniqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda xorijda ishga joylashtirishni taʼminlash boʻyicha yillik rejalar va dasturlarni, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, xorijda ularning mehnat, maishiy va yashash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalarni hal etishga oid aniq chora-tadbirlarni (“yoʻl xaritalari”ni) ishlab chiqish va amalga oshirish;
tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda vaqtincha ishga joylashtirish va ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha hamkorlik qilish;
vakolatli organlarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijiy vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalari tomonidan mehnat migrantlari murojaatlarini koʻrib chiqish, ular bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqot oʻrnatish boʻyicha samarali faoliyatini tashkil etish;
ijtimoiy-maishiy masalalarni hal qilish, uy-joy sharoitini yaxshilash, mehnatga layoqatli oila aʼzolarini, ayniqsa, ayollarni ish bilan taʼminlash va mehnat migrantlarining farzandlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash orqali ularning Oʻzbekiston Respublikasidagi oila aʼzolari daromadlari va turmush darajasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
dastlabki kasbiy tayyorgarlik, moslashuv tadbirlarini amalga oshirish, mehnat migrantlarini xorijda ishga joylashtirish, ularga, shu jumladan, oʻz Vataniga qaytib kelganidan soʻng huquqiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish jarayonlarini samarali monitoring va nazorat qilish;
milliy iqtisodiyotning muhim vazifalarini hal etish hamda uni barqaror rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasida sanoat ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va diversifikatsiyasini taʼminlash hamda energetika, agrar sohalarni jadal rivojlantirish siyosatini amalga oshirishga qaratilgan integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
ishlab chiqarishni texnik jihatdan tartibga solish, xalqaro standartlarni tatbiq etish, shu jumladan, akkreditatsiya, veterinariya, sanitariya va fitosanitariya sohalarida zamonaviy boshqaruv tizimini hamda integratsiyalashuv imkoniyatlarini joriy etish va amalga oshirish yuzasidan masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda takliflar ishlab chiqish;
respublikaning boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan integratsiyalashuvini faollashtirish sharoitida bojxona-tarif va notarif tartibga solishning samarali tizimini rivojlantirish va uni qoʻllash choralarini muvofiqlashtirish;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) va kapitalning xalqaro koʻlamda harakatlanish jarayonlarini hamda mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish va ularning tashqi bozorga erkin chiqish imkoniyatlarini monitoring qilish asosida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini muvofiqlashtirish;
respublikada transport kommunikatsiyalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmalarida islohotlar amalga oshirilishining kompleks oʻrganilishi va tahlil qilinishini tashkil etish natijalari asosida integratsiyalashuvga doir takliflar ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha muzokaralar jarayonida ishtirok etish hamda integratsiyalashuvga masʼul davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish, shuningdek, xalqaro hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomalar loyihalarini tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqish;
milliy qonunchilikni Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuviga asos boʻluvchi amaldagi xalqaro shartnomalarga moslashtirish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi yuzasidan tizimli monitoring olib borish hamda tegishli maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va tahlil qilish;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini keng joriy qilishni taʼminlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat organlari funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;
xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlikning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha masalalar tayyorlanishini va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqilishini taʼminlash;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
Departamentda, shuningdek, biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish.
7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida:
mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, “yoʻl xaritalari” va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini taʼminlash;
uyushgan mehnat migratsiyasi, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, ularni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan amaliy ishlarni tashkil etish;
tashqi mehnat migratsiyasi, ushbu sohadagi milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda xorijda ishga joylashtirishni taʼminlash boʻyicha yillik rejalar va dasturlarni, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, xorijda ularning mehnat, maishiy va yashash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalarni hal etishga doir aniq chora-tadbirlarni (“yoʻl xaritalari”ni) ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda mehnat faoliyati, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga boʻlgan huquqlarini amalga oshirishda ularga koʻmaklashish ishlarini tashkil etish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoya qilinishini, shuningdek, Vatanga qaytgandan soʻng jamiyatga moslashishini taʼminlash;
migratsiya jarayonlarini monitoring va kompleks tahlil qilishni taʼminlash, tashqi mehnat migratsiyasi sabablari va omillarini, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, shuningdek, ularning xorijda boʻlish shart-sharoitlarini yaxshilash bilan bogʻliq tizimli muammolarni aniqlash;
tashqi mehnat migratsiyasini takomillashtirish, mehnat migrantlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish;
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanishga duchor boʻlgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, mablagʻlarsiz qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish hamda ularga moddiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish;
mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash sohasida ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishlar muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
b) tashqi mehnat migratsiyasi boʻyicha xalqaro hamkorlik masalalarini muvofiqlashtirish sohasida:
tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish ishlarini tashkil etish, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda vaqtincha ishga joylashtirish hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha hamkorlik qilish;
xorijiy mamlakatlarning tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan amaliy ishlarni tashkil etish, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisida xalqaro shartnomalarga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi (ratifikatsiya qilishi) boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish masalalarida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga koʻmaklashish va bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomalar, bitimlar, bayonnomalar va boshqa hujjatlardan kelib chiqadigan tegishli qarorlar va majburiyatlarning xorijiy hamkorlar va ish beruvchilar tomonidan bajarilishini muvofiqlashtirish ishlarini tashkil etish;
tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga takliflar kiritish;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida oʻtkaziladigan yigʻilishlarda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha xalqaro hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish, turli darajadagi tashriflar hamda respublikada va xorijda xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishga doir takliflar kiritish;
respublika delegatsiyalarining xorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil qilish va xalqaro tadbirlarda ishtirok etishi, shuningdek, xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari dasturlarini tasdiqlash boʻyicha hukumat qarorlarini tayyorlash va qabul qilish ishlarini tashkil etish;
v) dastlabki kasbiy tayyorgarlik, moslashuv tadbirlarini amalga oshirish, mehnat migrantlarini xorijda ishga joylashtirish sohasida:
kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash va malaka oshirish, shuningdek, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun joʻnab ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini joʻnab ketishdan oldin moslashtirish jarayonlarini samarali boshqarish va nazorat qilish ishlarini tashkil etish;
uyushgan mehnat migratsiyasi, mehnat migrantlarining moslashuv tadbirlarini amalga oshirish jarayonlari, shuningdek, xorijda mehnat faoliyati yakunlanishi bilan Vatanga qaytib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishga joylashtirish uchun jamiyatga moslashtirish masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
mehnat migrantlarining dastlabki kasbiy tayyorgarligini tashkil etish, ularga, shu jumladan Vataniga qaytganidan soʻng huquqiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini kompleks oʻrganish va tahlil qilish;
vakolatli organlarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijiy vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalari tomonidan mehnat migrantlari murojaatlarini koʻrib chiqish, ular bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqot oʻrnatish boʻyicha faoliyatini samarali tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish;
dastlabki kasbiy tayyorgarlik, moslashuv tadbirlarini amalga oshirish, mehnat migrantlarini xorijda ishga joylashtirish jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va kiritish ishlarini tashkil etish;
g) mehnat migrantlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi oila aʼzolari daromadlari va turmush darajasini oshirish sohasida:
mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlash;
mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha ishlarning ahvolini tizimli tahlil va monitoring qilish hamda ularning yakunlari boʻyicha mehnat migrantlariga huquqiy, moliyaviy va moddiy koʻmaklashish vositalarining samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
ijtimoiy-maishiy masalalarni hal qilish, uy-joy sharoitini yaxshilash, mehnatga layoqatli oila aʼzolarini, ayniqsa, ayollarni ish bilan taʼminlash va mehnat migrantlarining farzandlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash orqali ularning Oʻzbekiston Respublikasidagi oila aʼzolari daromadlari va turmush darajasini oshirish boʻyicha ishlarning amalga oshirilishini kompleks oʻrganishni tashkil etish;
mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga takliflar kiritish;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida oʻtkaziladigan yigʻilishlarda mehnat migrantlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi oila aʼzolarining daromadlari va turmush darajasini oshirishning dolzarb masalalarini muhokama qilishga doir takliflar kiritish;
d) xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish sohasida:
makroiqtisodiy, soliq siyosati, moliya bozorini tartibga solish hamda investitsiya sohasida Departamentga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
bojxona-tarif va notarif, valyutani tartibga solish hamda davlat xaridlari sohasida boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan integratsiyalashuv imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish va uni yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish;
integratsiyalashuv jarayonlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasida sanoat ishlab chiqarishi imkoniyatlarini kengaytirish va diversifikatsiyalashtirishni taʼminlash hamda energetika sohalarini jadal rivojlantirish siyosatini amalga oshirish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar ishini muvofiqlashtirilgan holda tashkil etish;
texnik jihatdan va monopoliyani tartibga solish, isteʼmolchilar, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, xalqaro standartlarni tatbiq etish, akkreditatsiya qilish hamda integratsiyalashuv tizimini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuviga qaratilgan agrosanoat majmui, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, veterinariya, sanitariya va fitosanitariya sohalaridagi normativ bazaning xalqaro talab va standartlarga muvofiqligi kompleks oʻrganilishi va tahlil qilinishini amalga oshirish orqali xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish ishlarini muvofiqlashtirish;
respublikada transport kommunikatsiyalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmalari sohalarida integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha tizimli tahlil va oʻrganishlar natijalari asosida takliflar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha tashqi va oʻzaro savdo statistikasi yuritilishini tashkil etish, monitoring olib borish hamda tegishli maʼlumotlarni tahlil qilish natijalari asosida xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining konyunktura xususiyatlaridan kelib chiqib jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi salohiyatini oʻrganish va tahlil qilish asosida tovarlar, ishlar, xizmatlar va kapitalning xalqaro koʻlamda harakatlanishi jarayonlarini va ularning tashqi bozorga erkin chiqishini taʼminlash boʻyicha ishlarning muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
e) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Departamentga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, Departamentga biriktirilgan sohalardagi muammoli masalalar boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
“yoʻl xaritalari” tadbirlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Departamentga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari yakuni boʻyicha tahliliy materiallar va takliflarni Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida muhokama qilish uchun kiritish.
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Bosh vazir tomonidan Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududlarda mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini doimiy asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir maslahatchisi huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;
xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlikning oʻta muhim va ustuvor masalalari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari”ning tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Departamentga biriktirgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganishni taʼminlaydi;
xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha maʼlumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini va muntazam yangilab borilishini taʼminlaydi;
Departament yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Departamentga biriktirilgan tashkilotlarda ishlarning holatini, Departament yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga borib oʻrganadi, oʻrganish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlari ijrosining samarali nazoratini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tahliliy va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlarining loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislariga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq materiallarni ishlab chiqish va rasmiylashtirishda ishtirok etadi, koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli protokol qarorlari ijrosi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi uchun ularga Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiyalari hamda vazifalarini berish boʻyicha takliflar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarining kompleks ravishda hamda sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, ularning davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va ularning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda himoya qilinishini tashkil etadi;
Departamentga biriktirilgan tashkilotlarning oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Departamentga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan rahbarlar lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri maʼqullashi uchun belgilangan tartibda kiritishda ishtirok etadi;
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha respublika komissiyasining samarali ishini taʼminlaydi, u tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi masalalari boʻyicha samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, elektron shaklda tushadigan murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organ va tashkilotlarga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi.
Departament oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
9. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarining xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlar tashkil etish;
xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va yigʻilishlarda, shuningdek, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasidagi xalqaro loyihalarda ishtirok etish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, xalqaro, xorijiy tashkilotlar, xorijiy hukumatga qarashli muassasalar bilan belgilangan tartibda yozishmalar olib borish;
Departamentga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, boshqa organ va tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻining topshirigʻiga binoan — boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
10. Departament:
tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolarining soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini amalga oshirish;
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan va oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda hamda samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Departamentdagi ishlarning holati, davlat boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻliq holda puxta ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Departamentning tuzilmasi
11. Departament tuzilmasiga Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi, shuningdek, quyidagilar kiradi:
Departament boshligʻining oʻrinbosari;
mehnat migrantlarini joʻnab ketishdan oldin kasbiy tayyorgarlikdan oʻtkazish va moslashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini reintegratsiya qilish va ishga joylashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
shuʼba mudiri (makroiqtisodiy, soliq siyosati, moliya bozori, tashqi va oʻzaro savdo statistikasi sohasida hamkorlik masalalari);
bojxona-tarif va notarif hamda monopoliyani tartibga solish sohasida hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
sanoat, transport va energetika sohasida hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
agrosanoat majmui, veterinariya, sanitariya va fitosanitariya normalari sohasida hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
texnik jihatdan tartibga solish va AKT sohasida hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Departament tuzilmasiga bir nafar inspektor kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
12. Departamentning ishlari Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
13. Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Departament boshligʻining oʻrinbosari, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
14. Departament faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament boshligʻining oʻrinbosar, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan ish reja asosida shakllantiriladi.
Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Departament boshligʻining oʻrinbosari, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Departamentga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlar oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish orqali taʼminlanadi.
15. Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi:
Departamentga bevosita rahbarlik qiladi, Departament boshligʻining oʻrinbosari, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Departament yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
tashqi mehnat migratsiyasi sohasida islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, mehnat migrantlarining huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha milliy iqtisodiyotning muhim vazifalarini hal etish hamda uni barqaror rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini muvofiqlashtiradi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi hamda tegishli maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va tahlil qilish ishlarini tashkil etadi;
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Departament boshligʻining oʻrinbosari, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislarining kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va maʼmuriy jazolash choralari boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda puxta ishlab chiqadi;
Departament boshligʻining oʻrinbosari, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, Departamentning yarim yillik uchun ish rejasini belgilangan tartibda va Departament boshligʻining oʻrinbosari, shuʼba mudiri va bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga tushgan, Hukumat qarori qabul qilishni talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa organlar va tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida qatnashadi;
Departament kadrlari zaxirasini shakllantirish va yangilab borishni, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlarni tashkil etadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Departament xodimlari malakasini oshirishning samarali shakl va uslublarini joriy qilish, kadrlar amaliy zaxirasini tayyorlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini qoʻllash choralarini koʻradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi hamda chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
16. Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Departament boshligʻining oʻrinbosari bajaradi.
17. Departament boshligʻining oʻrinbosari Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan funksional majburiyatlariga asosan oʻziga yuklangan vazifalar doirasida:
tegishli mutaxassislarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga biriktirilgan masalalar boʻyicha Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
Departamentga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini amalga oshirish boʻyicha Departament mutaxassislari tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini muvofiqlashtiradi, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari tomonidan tasdiqlanishini, erishilgan natijalar monitoringini doimiy asosda taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi va Departamentning tegishli davrga moʻljallangan ish rejalarida, shuningdek, mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganishni va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, uning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilab borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
materiallar toʻgʻrisida belgilangan tartibda Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga takliflar kiritadi;
Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga tegishli mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
18. Departamentning shuʼba mudiri:
shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
shuʼbaga biriktirilgan masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning maslahatchisi tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda taʼminlaydi;
masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Departament va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Departament boshligʻining oʻrinbosari va Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga kiritadi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek, respublika hududlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
maʼlumotnoma materiallari va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament boshligʻining oʻrinbosari va Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament boshligʻining oʻrinbosari va Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Departament boshligʻining oʻrinbosari va Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament boshligʻining oʻrinbosari va Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Departament boshligʻining oʻrinbosari va Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi.
Vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
19. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallar va ekspert xulosalarini tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
maʼlumotlar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga, shuningdek, belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlari, tegishli masalalar boʻyicha maslahatchilarining topshiriqlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning tizimlashtirilgan bazasini shakllantirish va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar markaziy apparatlarining tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
tashqi mehnat migratsiya tizimini takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, tegishli sohalar boʻyicha kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqishni tashkil etadi va Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi, uning oʻrinbosariga taqdim qiladi;
xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasidagi dolzarb vazifalarni samarali hal etish yuzasidan Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan ishlarini taʼminlaydi;
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali Departamentga biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;
idoraviy mansub tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini ishlab chiqish hamda joriy etishda, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha dasturlarning sifatli hamda samarali amalga oshirilishini taʼminlashda ishtirok etadi;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining hududlarga tashriflariga oid maʼlumotlarni tayyorlaydi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
20. Inspektor Departamentda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, yigʻmajildlarning tayyorlanishini va arxivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 668-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari hamda Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 4-apreldagi 198-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 22-yanvardagi PQ-4569-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 10-martdagi PQ-4635-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarorlari)” 2020-yil 26-iyundagi 411-son qaroriga 1-ilovaning 73-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari hamda Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 4-apreldagi 198-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyuldagi 432-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining baʼzi tarkibiy boʻlinmalari tuzilmalari oʻzgarganligi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 17-maydagi 262-son qarori ilovasining 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2022-y., 09/22/668/1032-son)