Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2023 11.02.2019 yildagi 113-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qonun ijodkorligi faoliyatini samarali rejalashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida, Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar Konsepsiyasida, Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish Konsepsiyasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan qonun loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2019-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Dasturga kiritilgan qonun loyihalarini (keyingi oʻrinlarda qonun loyihalari deb ataladi) ishlab chiqish boʻyicha asosiy ijrochi sifatida belgilangan vazirlik va idoralarning rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilning 20-fevraliga qadar qonun loyihalarini ishlab chiqish reja-grafiklarining belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilning 1-martiga qadar reja-grafiklar nusxalarining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarining sifatli tayyorlanishini, jamoatchilik va mutaxassislar ishtirokida muhokama etilishini, har tomonlama ekspertizadan oʻtkazilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarining tayyorlanishi, kelishilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi yuzasidan muvofiqlashtirish ishlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarining huquqiy ekspertizadan sifatli oʻtkazilishi, shuningdek, Dastur ijrosining monitoring qilib borilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasiga Dastur ijrosining holati toʻgʻrisidagi axborotning har chorakda kiritilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2019-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga kiritilgan qonun loyihalarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda belgilangan masʼul vazirlik va idoralar rahbarlariga — qonun loyihasini ishlab chiqish va uning himoya qilish yuzasidan ishlarni toʻliq va oʻz vaqtida tashkil etish, shuningdek, qonunni amalga oshirish Harakatlar rejasi loyihasini puxta ishlab chiqib, oʻz vaqtida kiritish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlariga — shakllanadigan ishchi guruhlarga tegishli mutaxassislarni biriktirilishini taʼminlash, qonun loyihasi boʻyicha asosiy ijrochiga koʻmaklashish va qonunchilikda qatʼiy ravishda belgilangan muddatlarda loyihalarni kelishib berilishini taʼminlash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovga — toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi qonun loyihalarini ishlab chiqishda koʻmaklashish hamda qonun loyihalarni puxta va sifatli huquqiy ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga — Dasturda belgilangan qonun loyihalarini barvaqt va sifatli ishlab chiqishda tegishli vazirlik va idoralarga koʻmaklashish, shuningdek, puxta iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizalardan oʻtkazib, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlarida va Bosh vazir maslahatchilari huzurida himoya qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokamasini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari Dasturga kiritilgan qonun loyihalarini oʻz vaqtida kiritilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin va qonun loyihalarini ularning huzurida muhokama qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 11-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-fevraldagi 113-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Qonun loyihasining ishchi nomi

Qonunni qabul qilish zarurligining asoslanishi va u qabul qilingan taqdirda kutiladigan natijalar

Qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha masʼul ijrochilar

Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddatlari

Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati

Vazirlar Mahkamasining masʼul tarkibiy boʻlinmasi

I. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida nazarda tutilgan qonun loyihalari

1.

“Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”

(yangi tahrirda)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoni 7-bandining “a)” kichik bandi nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

Hukumatning vakolatlarini, ularni amalga oshirish mexanizmlarini aniq tartibga solish va iqtisodiy, moliyaviy, pul-kredit, investitsiya, ijtimoiy, madaniy-gumanitar, taʼlim, ilm-fan, sogʻliqni saqlash, ekologiya va boshqa sohalarda hamda joriy vaziyatni kompleks tahlil qilish asosida tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy faoliyatda chuqur va tarkibiy qayta oʻzgartirishlar amalga oshirilishi va yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda ularni strategik rivojlantirish modellari ishlab chiqilishi uchun uning masʼuliyatini oshirish;

Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining vakolatlari va javobgarligini belgilash;

Hukumatning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, sudlar, huquqni muhofaza qilish va harbiylashtirilgan tuzilmalar, nodavlat notijorat tashkilotlar va siyosiy partiyalar bilan oʻzaro hamkorligi masalalari;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini oʻtkazish, ularning yakunlari boʻyicha qarorlar qabul qilish reglamenti, shuningdek ularni oʻtkazish davomida koʻrib chiqiladigan aniq masalalar roʻyxatini belgilash;

Hukumat aʼzolarini va Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarini moddiy va ijtimoiy taʼminlash masalalari;

Adliya vazirligi

2019-yil 10-aprel

2019-yil 25-aprel

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

2.

“Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi huquqbuzarliklar uchun huquqiy taʼsir choralarining kuchaytirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish
va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoni bilan tasdiqlangan Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 5-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi huquqbuzarliklar uchun huquqiy taʼsir choralarini kuchaytirish, jumladan, bojxona identifikatsiya vositalariga qasddan shikast yetkazganlik uchun jarima sanksiyalari miqdorini oshirishga qaratilgan.

Davlat bojxona qoʻmitasi, Bosh prokuratura,
Adliya vazirligi

2019-yil 20-fevral

2019-yil 20-mart

Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati

3.

“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”
(yangi tahrirda)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 6-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

qonun hujjatlarini qabul qilish asosi va tartibga solish predmetini aniq belgilash, bunda fuqarolarning huquq va manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishni cheklash;

vazirlik va idoralar tomonidan tayyorlangan qonun loyihalarining toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi qonun talablariga mosligi, normalarni amalga oshirish mexanizmlariga ega ekanligi nuqtai-nazaridan baholash majburiyatini Adliya vazirligiga yuklash;

qonun hujjatlari loyihalarini kelishish tartibini takomillashtirish;

toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish mexanizmiga ega boʻlmagan qonun loyihalarini kiritishni taqiqlash;

Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirishga qaratilgan masalalar.

Adliya vazirligi, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (kelishuv asosida)

2019-yil 1-mart

2019-yil 1-aprel

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

4.

“Konsessiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish
va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 122-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

konsessiya obyektlarini berish, shartnomani rasmiylashtirish, davlat va investorlarning oʻzaro munosabatlarini aniq tartibga soluvchi mexanizmlarni belgilash;

“Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini “Konsessiyalar toʻgʻrisida”gi Qonun normalarini inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqish.

Davlat-xususiy sheriklik agentligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

2019-yil 1-mart

2019-yil 1-aprel

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati

5.

“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” (yangi tahrirda)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 67-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

sohaga oid qonunosti hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish, havolaki normalarni maksimal darajada qisqartirgan holda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga oid barcha jihatlarni tartibga solish;

xalqaro tajribani chuqur oʻrganish asosida va tadbirkorlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, valyuta operatsiyalarini tartibga solishni soddalashtirish;

jismoniy va yuridik shaxslarning oʻz valyuta mablagʻidan erkin foydalanish huquqining kafolatini mustahkamlash;

mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, kapital harakati bilan bogʻliq operatsiyalarni tartibga solish;

valyuta bozori faoliyatini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish;

norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritishi natijasida olingan mablagʻlarini chet el valyutasiga ayirboshlash amaliyotini yanada soddalashtirish.

Markaziy bank,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

2019-yil 1-mart

2019-yil 1-aprel

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati

6.

“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturining 1-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish sohasida davlat kafolati, ularning asosiy tushuncha va tamoyillari;

fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish sohasi mutaxassislari va tibbiyot tashkilotlarining faoliyatida, davlat organlari vakolatlari;

yordamchi reproduktiv texnologiyalarni qoʻllash tartibi;

fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish boʻyicha profilaktika chora-tadbirlari.

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi

2019-yil 1-mart

2019-yil 1-aprel

Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati

7.

“Erta yoshdagi bolalar
va goʻdaklarni ovqatlantirish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturining 2-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

ona suti bilan oziqlantirishni targʻib qilish yoʻli bilan erta yoshdagi bolalarni va goʻdaklarni himoya qilish, xavfsiz va sifatli ovqatlantirishni taʼminlashning huquqiy asoslari;

koʻkrak suti oʻrnini bosuvchilar marketingi Kodeksi talablariga muvofiq koʻkrak suti oʻrnini bosuvchilar marketingini boshqarish;

koʻkrak suti bilan oziqlantirishning afzalligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, mahsulotni qadoqlash etiketkasida boʻlishi shartligi;

erta yoshidagi bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini yoshiga muvofiqligi va bexatarligi asoslari.

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Adliya vazirligi, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi, YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi (kelishuv asosida), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi

2019-yil 1-mart

2019-yil 1-aprel

Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati

8.

“Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-son Farmoni 6-bandining “d” kichik bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida ushbu Farmon qoidalari hamda keyinchalik oʻz kuchini yoʻqotadigan Oʻzbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonuni normalari nazarda tutiladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi

2019-yil 1-mart

2019-yil 1-aprel

Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati

9.

“Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish
va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 23-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida xalqaro tajribani hisobga olgan holda “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.

“Oʻzstandart” agentligi, Adliya vazirligi

2019-yil 1-mart

2019-yil 1-aprel

Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

10.

“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 68-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada yuridik shaxslar va fuqarolarning binolari hamda inshootlari bilan band boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi nazarda tutiladi.

Iqtisodiyot va
sanoat vazirligi,
Adliya vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2019-yil 1-aprel

2019-yil 1-may

Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati

11.

“Diplomatik xizmat toʻgʻrisida”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 253-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

diplomatik xizmat tushunchasi va turlari, diplomatik xizmat organlari, uning vazifasi va funksiyalari, xodimlarning huquq va majburiyatlari;

diplomatik xizmat turlari va ularni amalga oshirish tartibi;

diplomatik xizmatga qabul qilish, rotatsiya tartibi va diplomatik xizmat xodimlarining uzoq muddatli safarda boʻlish muddatlari;

diplomatik xizmat xodimlarini kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi, xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash mexanizmlari;

diplomatik xizmat koʻrsatuvchi shaxslar maqomi, xorijiy hamkorlar bilan ishlash mexanizmi;

diplomatik xizmat organlarini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash mexanizmlari, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ularning ijtimoiy taʼminoti.

TIV, Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida), Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirlik va idoralar

2019-yil 1-aprel

2019-yil 1-may

Xalqaro hamkorlik boʻlimi

12.

“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 254-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi yangi tahrirda tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini aniq belgilash;

mamlakatning milliy xavfsizligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini mustahkamlash;

zamonaviy sharoitlardag� tashqi siyosiy, tashqi iqtisodiy sohalarda Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini ilgari surish;

barcha davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik va doʻstlik munosabatlarining barqaror tizimini barpo etish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi imiji, oʻrni va taʼsirini mustahkamlash;

xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish, BMT tuzilmalari va maxsus muassasalari norma ijodkorligi jarayonida faol ishtirok etish nazarda tutiladi.

TIV, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti,

vazirlik va idoralar

2019-yil 1-aprel

2019-yil 1-may

Xalqaro hamkorlik boʻlimi

13.

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3724-son qarori bilan tasdiqlangan 2018 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish dasturining 1-bandida �azarda tutilgan.

Qonun loyihasi “Elektron tijorat toʻgʻrisida” hamda “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga quyidagilarni koʻzda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutadi:

elektron tijoratda qoʻllaniladigan tushunchalarga aniq taʼriflar berish;

elektron tijorat subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning zamonaviy metodlarini joriy qilish imkonini berish;

elektron tijoratda hujjatlarning elektron shakllaridan foydalanish va ularning yuridik kuchi bilan bogʻliq masalalarni tartibga solish;

biznes (V2V) va yakuniy isteʼmolchilar (V2S) uchun elektron tijoratda mahsulotlarning eksport va import qilish masalalarini tartibga solish;

elektron tijoratdan foydalangan holda raqamli mahsulotlarni (dasturiy mahsulotlar, kontent mahsulotlar) hamda autsorsing xizmatlarining eksport va import masalalarini tartibga solish.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

2019-yil
1-aprel

2019-yil
1-may

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati

14.

“Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3808-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 6-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi oilaviy biznesni yanada rivojlantirish orqali oilalar farovonligi va xotirjamligini oshirish uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil,
Savdo-sanoat palatasi, “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi

2019-yil 30-aprel

2019-yil 30-may

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati

15.

“Strategik rejalashtirish toʻgʻrisida”

(yangi tahrirda)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoni 7-bandining “b)” kichik bandi nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishni nazarda tutuvchi yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan kompleks dasturlarni (keyingi oʻrinlarda — rivojlantirish kompleks dasturlari) ishlab chiqish mexanizmlari va tartibi;

rivojlantirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ishtiroki va oʻzaro hamkorligi, ularni tahlil qilish, monitoringini olib borish va pirovard ijrosini tashkil etish;

qabul qilingan rivojlanishning kompleks dasturlarini har yili qayta koʻrib chiqilishini, keyinchalik ularga global va mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar oʻzgarishi hisobga olingan holda tuzatishlar kiritilishini nazarda tutuvchi mazkur dasturlarni tahlil qilishning samarali mexanizmini joriy etish.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Mol�ya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi

2019-yil 10-aprel

2019-yil

25-aprel

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati

16.

“Madaniyat toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarorining 8-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

madaniyat sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari va yoʻnalishlari, ularni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning vakolatlari;

madaniyat sohasida fuqarolar, millat va elatlarning huquq hamda erkinliklari;

madaniy obyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartiblari, shuningdek, ularni moliyalashtirish va boshqarishning oʻziga xos xususiyatlari;

ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomi, madaniyat sohasidagi xodimlarning ijtimoiy himoyasi;

madaniy almashuv, xalqaro tashkilot va xorijiy davlatlar bilan hamkorlik, madaniyat obyektlari va sanʼat asarlarini ommalashtirish.

Madaniyat vazirligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Badiiy akademiya, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

2019-yil 1-may

2019-yil 1-iyun

Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati

17.

“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” (yangi tahrirda)

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida” 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmonining 25-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi Toshkent shahrida oʻtkazilgan huquqiy eksperiment yakunlariga koʻra, amaldagi Qonunni yanada takomillashtirish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqishga qaratilgan.

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2019-yil 1-iyun

2019-yil 1-iyul

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati

18.

“Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi” (yangi tahrirda)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 60-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, xalqaro moliya tashkilotlari mutaxassislari bilan birgalikda Soliq kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish;

halol soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish va yashirin faoliyat yuritadigan subyektlarni jazolash mexanizmlari.

Moliya vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi, vazirlik va idoralar

2019-yil 1-iyun

2019-yil 1-iyul

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi

va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati

19.

“Keksalar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga ijtimoiy xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3808-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 7-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi oilalarni qoʻllab-quvvatlash uchun ijtimoiy xizmatlar koʻlamini kengaytirish, oilalarga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifatining standarti hamda oilalarning ijtimoiy himoyasi boʻyicha xizmatlar taqdim etish sifatining monitoringi tizimini yaratishga qaratilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oila” markazi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Nogironlar jamiyati, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

2019-yil 30-iyun

2019-yil 30-iyul

Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati

20.

“Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi” (yangi tahrirda)

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5623-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida urbanizatsiyani tartibga solishni taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xarita”sining 3-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirilishini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

2019-yil 1-iyul

2019-yil 1-avgust

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

21.

“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son “Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar Rejasining 1-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

auditorlik faoliyatini litsenziyalash jarayonini sodda�ashtirish;

xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda auditorlarni sertifikatlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazoratini amalga oshirish boʻyicha zamonaviy va samarali monitoring tizimini rivojlantirish;

xalqaro audit standartlarini qoʻllash;

har yili auditorlik tekshiruvidan oʻtishi shart boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga ega korxonalarni aniqlash.

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Markaziy bank,

Adliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

2019-yil 1-iyul

2019-yil 1-avgust

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi

va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati

22.

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 82-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada yuridik shaxslarning “unitar korxona” tashkiliy-huquqiy shaklini bekor qilish, xoʻjalik yuritish huquqini bekor qilish nazarda tutiladi.

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2019-yil

1-iyul

2019-yil 1-avgust

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

23.

“Majburiy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisida”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 160-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

2021-yildan boshlab, majburiy tibbiy sugʻurta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;

majburiy tibbiy sugʻurta tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha normativ-huquqiy bazani shakllantirish;

sogʻliqni saqlash ehtiyoji uchun ajratilayotgan pul mablagʻlarini jamlash va taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirish;

“har bir toʻliq davolangan holat” hisobidan kelib chiqib, moliyalashtirish mexanizmlarini joriy qilish;

tibbiy sugʻurta dasturlarini amalga oshirishga nodavlat tibbiyot tashkilotlarini keng jalb etish nazarda tutiladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi

2019-yil 1-iyul

2019-yil 1-avgust

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi

va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati

24.

“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida” (yangi tahrirda)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 143-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

ish beruvchining iqtisodiy mustaqilligi tamoyilini kuchaytirish;

qonunosti hujjatlardagi normalarni bevosita qonunda belgilash;

oʻzini oʻzi band qilishning zamonaviy va samarali shakllari, jumladan masofaviy mehnat, frilansing kabi faoliyat turlarini kengaytirish va uning maqomini belgilash.

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Adliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

2019-yil 1-iyul

2019-yil 1-avgust

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartiishlar, moliya-bank tizimi

va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati

25.

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 166-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida irsiy kasalliklarning oldini olish maqsadida yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikohni taqiqlash masalasining huquqiy asoslarini takomillashtirish va bu borada targʻibot ishlarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

2019-yil 1-iyul

2019-yil 1-avgust

Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati

26.

“Uy-joy kodeksi” (yangi tahrirda)

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5623-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida urbanizatsiyani tartibga solishni taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xarita”sining 2-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi uy-joy siyosatining uzoq muddatli strategiyasini nazarda tutadi.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi,

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi

2019-yil 1-avgust

2019-yil 1-sentabr

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati

27.

“Madaniy meros toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 4-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida” va “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunlarni tanqidiy qayta koʻrib chiqish hamda madaniy meros obyektlari boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi yagona qonun loyihasini ishlab chiqishga qaratilgan.

Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

2019-yil 1-avgust

2019-yil 1-sentabr

Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati

28.

“Tibbiy faoliyat va tibbiyot xodimlari�ing kasbiy javobgarligini majburiy sugʻurtalash toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturining 6-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyatni amalga oshirishda javobgarligi va majburiyati, shuningdek, ular tomonidan fuqarolarga xizmat koʻrsatilganligi;

tibbiyot xodimlarining fuqarolar sogʻligʻiga zarar yetkazgani uchun kasbiy javobgarligini majburiy sugʻurta qilish hamda xizmat vazifalarini bajarish vaqtida ularning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash.

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi

2019-yil 1-sentabr

2019-yil 1-oktabr

Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati

29.

“Oila kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3808-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 8-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi oila masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish va umumlashtirish asosida Oila kodeksining oilaviy huquqiy munosabatlarning javobgarlik mezonlarini aniqlash, alimentlarni belgilash, ajrashish vaqtida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Adliya vazirligi, Oliy sud, “Oila” markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

2019-yil 30-sentabr

2019-yil 30-oktabr

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

30.

“Raqobat toʻgʻrisida” (yangi tahrirda)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 88-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi va “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun normalarini birlashtirish;

davlat tomonidan tartibga solinadigan faoliyat sohalarini qisqartirish maqsadida tabiiy monopoliya sohalari roʻyxatini keskin qayta koʻrib chiqish;

monopoliyaga qarshi kurashish mexanizmini takomillashtirish;

monopolist korxonalar bilan birga bir xilda tabiiy monopoliya subyektlariga nisbatan tegishli choralarni koʻrish;

intellektual mulk huquqlarini va monopoliyaga qarshi faoliyat huquqlarining muvozanatini taʼminlash;

axborot tizimlari bozorini tartibga solish xususiyatlari.

Qonun loyihasini qabul qilish tabiiy monopoliyalar sohasida tartibga solishni kuchaytirish, qonun buzilish holati uchun tabiiy monopoliya subyektlarining javobgarligini oshirish, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida raqobatni tartibga solishni taʼminlash imkonini beradi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Moliya vazirligi

2019-yil 1-oktabr

2019-yil 1-noyabr

Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati

31.

“Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi” (yangi tahrirda).

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 135-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

bozor iqtisodiyoti talabidan kelib chiqib, norasmiy mehnatdan foydalanishning oldini olishga qaratilgan ragʻbatlantiruvchi normalar;

ishning oʻziga xos xususiyatiga koʻra, mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilishning soddalashtirilgan tartibi, xodim bilan bir vaqtda ish beruvchining ham manfaatlarini ifodalaydigan qoidalar;

Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalarini implementatsiya qilish va mehnat munosabatlarini toʻgʻridan toʻgʻri tartibga soluvchi normalar nazarda tutiladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi

2019-yil 20-dekabr

2019-yil 20-yanvar

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi

va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati

II. Mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda davlat boshqaruvi organlarining tashabbuslari va takliflari asosida ishlab chiqiladigan qonun loyihalari

32.

“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”

(yangi tahrirda)

Qonun loyihas� Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3982-son qarorining 2-bandini inobatga olgan holda:

Oʻzbekiston Respublikasining xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorligini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi;

fuqarolik masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning normalarini yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonun hujjatlariga oʻtkazish;

toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi normalarni belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilishni nazarda tutadi.

Qonunning qabul qilinishi fuqarolikka kirish va chiqish bilan bogʻliq jarayonni soddalashtirish asosida fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.

Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura

2019-yil 1-iyun

2019-yil 1-iyul

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

33.

“Jinoyat-protsessual va Fuqarolik kodekslariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasi qonunga xilof tarzda hukm etish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda boʻlish haqida tilxat olishni qonunga xilof qoʻllash, qamoq tariqasidagi maʼmuriy jazoni qonunga xilof tarzda berish natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning mansabdor shaxslari aybidan qatʼi nazar, qonunda belgilangan tartibda tegishli davlat idoralarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan qoplanishini, keyinchalik ushbu summa aybdor shaxsdan undirib olinishini nazarda tutadi.

Qonuning qabul qilinishi:

mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning adolatliligi va ularning fuqarolar oldidagi javobgarligini oshirish;

korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonunchilik qoidalarini bajarish;

Davlat budjeti manfaatlarini himoya qilish;

davlat organlari faoliyatining sifatini oshirish;

qaror qabul qiluvchi mansabdor shaxslarning jismoniy va yuridik shaxslar oldidagi javobgarligini oshirish;

korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonunchilik qoidalarini bajarish hamda Davlat budjeti manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Moliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

2019-yil 1-iyun

2019-yil 1-iyul

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi

va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati

34.

“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasida:

qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining vakolatlarini kengaytirish, shu jumladan bank sirlarini ochish;

qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi organlar oʻrtasida axborot almashish vaqtida olingan maxfiy axborotni oshkor qilish boʻyicha cheklovlarni belgilash nazarda tutiladi.

Qonuning qabul qilinishi ichki fond bozorini jahon sarmoyasi bozoriga, xorijiy investitsiyalar oqimiga integratsiyalashga imkon beradi.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

2019-yil 1-iyul

2019-yil 1-avgust

Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati

35.

“Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida” (yangi tahrirda)

Qonunning qabul qilinishi:

bugungi kunda ishlab chiqarish va boshqaruv texnologiyalarining rivojlangan, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyatining yoʻnalishlari iqtisodiy va texnologik rivojlangani bugungi kun tendensiyalari va shartlariga javob beradigan geodeziya va kartografiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asosining shakllanishiga;

qonunni turlicha talqin qilish va qoʻllash uchun sharoit yaratuvchi umumiy, noaniq xususiyatga ega boʻlgan bir qancha normalar, shuningdek referans qoidalarni bartaraf etishga;

bugungi kunda geodeziya va kartografiya faoliyatining mohiyatini, xususan, “Davlat sunʼiy yoʻldosh geodeziya tarmogʻi”, “Davlat kartografiya-geodeziya kadastri” kabi zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan bogʻliq masalalarni aks ettirishga yoʻnaltirilgan.

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

2019-yil 1-sentabr

2019-yil 1-oktabr

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

36.

“Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

nodavlat arxivlarning faoliyatini rivojlantirish;

hujjatlarini Milliy arxiv fondida doimiy saqlash huquqi berilgan vazirlik va idoralar arxivlarining maqomini belgilash;

arxiv binolariga boʻlgan talablarni belgilash.

Qonunning qabul qilinishi mamlakatda arxiv ish faoliyatining rivojlanishi bilan bir qatorda hujjatlar yoʻqolishining oldini olish va fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini himoya qilish boʻyicha sharoit yaratadi.

“Oʻzarxiv” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

2019-yil 1-oktabr

2019-yil 1-noyabr

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati

37.

“Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasida:

tovar belgilarini, xizmat koʻrsatish belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanishga aniqlik kiritish;

elektron shaklda talabnomalar topshirish;

tovar belgisining hammaga maʼlum deb eʼtirof etilishi uchun xulosa beruvchi organni aniqlash;

yuridik shaxs tugatilganda, tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishini Intellektual mulk agentligi Apellatsiya kengashining qarori asosida tugatish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.

Intellektual mulk agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

2019-yil 1-oktabr

2019-yil 1-noyabr

Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati

38.

“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”

Mazkur Qonunning qabul qilinishi ichki suv yoʻllarida xavfsiz suzishni taʼminlash, atrof-muhit va suv havzalarini himoya qilish, kema egalari tomonidan kemalardan foydalanishda norma va qoidalarga rioya qilish, suv obyektlarida avariya holatlari va odamlarning halok boʻlishining oldini olish choralarini aniqlashtirish, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilganda maʼmuriy taʼsir choralari qoʻllaniladigan suv transporti (suzuvchi vositalar) turlarini kengaytirish imkonini beradi. Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jarima miqdorining oshirilishi kemalar egalarining javobgarligini oshiradi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

2019-yil 1-noyabr

2019-yil 1-dekabr

Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-fevraldagi 113-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga kiritilgan qonun loyihalarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Vazirlik va idoralar

1. Qonun loyihasi boʻyicha tegishli topshiriqda belgilangan masʼul tashkilot boshchiligida manfaatdor vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan iborat ishchi guruhni tashkil etish.

2. Ishchi guruh tomonidan qonun loyihasini ishlab chiqishni tashkillashtirish yuzasidan muhokama oʻtkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish.

Belgilangan muddatlarda

2-bosqich

Ishchi guruh

1. Qonun loyihasini ishlab chiqishni tashkillashtirish (qonun loyihasini, konsepsiyasini, xalqaro tajribani oʻrganish, tegishli tahliliy materiallar tayyorlash va b.).

2. Qonun loyihasini tegishli topshiriqda belgilangan asosiy ijrochi tashkilotning rahbari huzurida himoyasini amalga oshirish.

3. Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga muhokama qilish uchun joylashtirish.

4. Zarur hollarda, qonun loyihasini muhokama natijalari boʻyicha kelib tushgan takliflar asosida qayga koʻrib chiqish.

Belgilangan muddatlarda


15 kunda

3-bosqich

Asosiy ijrochi tashkilot

1. Qonun loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun yuborish.

2. Qonun loyihasini Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etish.

7 kunda

4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Qonun loyihasini asosiy ijrochi tashkilot mutaxassisi ishtirokida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.

2. Zarur xollarda, qonun loyihasini qayta koʻrib chiqib, huquqiy ekspertiza natijalari boʻyicha tegishli xulosa berish.

10 kunda

5-bosqich

Asosiy ijrochi tashkilot

Qonun loyihasi va unga tegishli materiallarni ilova qilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

shu kunning oʻzida

6-bosqich

Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmasi

1. Qonun loyihasini puxta iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizalardan oʻtkazish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokamasini va himoyasining taʼminlash.

4. Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish.

1 oyda, agar boshqacha muddat koʻrsatilmagan boʻlsa

7-bosqich

Ishchi guruh (Asosiy ijrochi tashkilot, Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmasi va b.)

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida oʻtkaziladigan muhokamalarda qatnashib, qonun loyihasi himoyasini amalga oshirish.

Belgilangan muddatlarda

8-bosqich

Asosiy ijrochi tashkilot

Qonun loyihasi qabul qilinganidan soʻng, uni amalga oshirish Harakatlar rejasi loyihasini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

3 kunda

9-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Harakatlar rejasini koʻrib chiqish va tasdiqlash.

2 kunda

10-bosqich

Vazirlik va idoralar

Harakatlar rejasida belgilangan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish.

Belgilangan muddatlarda

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2019-y., 09/19/113/2598-son)