Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Agrar sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini koʻpaytirish, agrar sohada davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, respublika aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash va sohaning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar mazkur Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) agrar sohani moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini raqamlashtirish orqali mehnat va vaqt resurslari sarfini 2 baravarga qisqartirish, ajratiladigan mablagʻlar samaradorligini oshirish;
(b) oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash choralarini unifikatsiya qilish orqali ularning sonini 2028-yil yakuniga qadar 50 foizgacha qisqartirish;
(v) sohada qoʻllab-quvvatlash choralari samaradorligini oshirish hisobiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030-yilga qadar bosqichma-bosqich 20 foizga koʻpaytirish.
II. Agrar sohani moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini yoʻlga qoʻyish
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Agrar sohada toʻlovlar agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
3. Belgilansinki, Agentlik:
(a) oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari (keyingi oʻrinlarda — qoʻllab-quvvatlash choralari) koʻrilishini tashkil qiladi;
(b) qoʻllab-quvvatlash choralarining samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, ijrosini monitoring va tahlil qilish, natijadorligini oshirish hamda samara bermayotgan choralarni bekor qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
(v) qoʻllab-quvvatlash choralarining yangi turlarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
(g) qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrsatish uchun arizalarni topshirishdan boshlab, ularni koʻrib chiqish, maʼqullash va toʻlov jarayonigacha boʻlgan barcha bosqichlarni toʻliq raqamlashtiradi.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
(a) 1-ilovada keltirilgan qoʻllab-quvvatlash choralari Agentlik tomonidan amalga oshiriladi, bundan Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan imtiyozli resurslar va foiz xarajatlari bilan bogʻliq choralar mustasno;
(b) 2-ilovada koʻrsatilgan qoʻllab-quvvatlash choralarini amalga oshirish toʻxtatiladi;
(v) qoʻllab-quvvatlash choralarining yangi turlarini joriy qilish va amaldagilarini bekor qilish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish faqat Agentlik tomonidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
(g) qoʻllab-quvvatlash choralari tadbirkorlik subyektlariga alohida maxsus hisob raqamlar (23210) ochish orqali moliyalashtiriladi;
(d) qoʻllab-quvvatlash choralarining bir turidan iqtisod qilingan mablagʻlarni ularning boshqa turiga qayta taqsimlash Agentlikning manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan takliflariga koʻra Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
(j) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning qoʻllab-quvvatlash choralarini olish uchun belgilangan talablarni bajarganligi boʻyicha dala tekshiruvlari Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
(z) Agentlik bir yilda ikki marotaba (olti oylik va yil yakuni bilan) qoʻllab-quvvatlash choralarining samaradorligi va natijadorligi, ularni taqdim etishda yuzaga kelayotgan muammolar va bartaraf etish mexanizmlari yuzasidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritadi.
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar “Agrosubsidiya” platformasini Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekkosmos” agentligi, Kadastr agentligi, tijorat banklari hamda boshqa manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlariga integratsiya qilish choralarini koʻrsin. Bunda vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va resurslaridagi maʼlumotlar doimiy ravishda qonunchilikka muvofiq begʻaraz asosda taqdim etib borilsin.
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada toʻlovlar agentligining faoliyatini samarali tashkil qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Belgilansinki:
(a) qishloq xoʻjaligi vazirining moliya-iqtisodiyot masalalari yuklatilgan oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida Agentlik direktori hisoblanadi va oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritadi;
(b) Agentlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
(v) Agentlik shtat birliklari 4-ilovaga muvofiq vazirlik va idoralarning 23 ta shtat birligini maqbullashtirish hisobiga shakllantiriladi.
III. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yildan boshlab Qishloq xoʻjaligi vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra Agentlikka qoʻllab-quvvatlash choralari uchun talab etiladigan mablagʻlarni har yilgi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
9. Savdo-sanoat palatasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Agentlikni Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Sh. Rustaveli koʻchasi 8-uy manzilidagi binoga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirsin.
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Agentlik faoliyatini tashkil etish uchun zarur boʻlgan jihozlar, moddiy-texnik vositalar va aloqa turlari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda:
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Agentlik tuzilmasi va Agentlik toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
(b) qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida keng jamoatchilikni muntazam ravishda xabardor qilib borish tavsiya etilsin.
13. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qoʻchqorov, qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov belgilansin.
14. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 21-noyabr,
PF-224-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-224-son Farmoniga
1-ILOVA
2026-yil 1-yanvardan boshlab oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari

T/r

2026-yil 1-yanvargacha qoʻllab-quvvatlash choralari

2026-yil 1-yanvardan qoʻllab-quvvatlash choralari

Maqsadi

Asos

Masʼul vakolatli organ

Maqsadi

Masʼul vakolatli organ

1.

Paxta yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni (tomchilatib sugʻorish) joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni (tomchilatib sugʻorish) joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

2.

Paxta yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni (diskretli sugʻorish) joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash.

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi

3.

Dukkakli ekinlar yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

4.

Moyli ekinlar yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

5.

Poliz ekinlar yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

6.

Sabzavot, koʻkatlar va karam yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

7.

Kartoshka yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

8.

Ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

9.

Dorivor ekinlar yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

10.

Donli (gʻalla va yormabop) ekinlar yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun subsidiya.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

11.

Yangi intensiv bogʻ va tokzorlarda suv tejamkor texnologiyani joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-son qarori

Agrosanoatni rivojlantirish

 
agentligi

12.

Lalmi va yaylov yer uchastkalarida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish uchun ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarning sugʻorish tik quduqlarini burgʻilash bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-son qarori

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

Katta va kichik hajmdagi quduqlarni burgʻilash va daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplash

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

13.

Yangi intensiv bogʻ va tokzorlarda burgʻilangan quduq qazish xarajatlarining bir qismini qoplash

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-son qarori

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

14.

Yangi intensiv bogʻ va tokzorlarda suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasi qurish xarajatlarining bir qismini qoplash.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

15.

Dorivor oʻsimliklarning madaniy plantatsiyalariga suv chiqarish uchun burgʻilanadigan quduq qazish maqsadida nasos stansiyasini qurish xarajatlarining bir qismini qoplash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi PF-139-son Farmoni

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

16.

Yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga moliyaviy yordam berish.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 368-son qarori

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

17.

Boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 315-son qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan yer maydonlarini sugʻorishda foydalaniladigan nasos agregatlarini muqobil energiya manbalari bilan taʼminlash xarajatlarining bir qismini qoplash

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

18.

Boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

19.

Paxta maydonlarini sugʻorish uchun koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlaring bir qismini qoplash.

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi

20.

Kartoshka yetishtiruvchilar tomonidan yer maydonlarini sugʻorishda foydalaniladigan nasos agregatlarini ishlatishda quyosh panellarini oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

21.

Uzumchilik, bogʻdorchilik, issiqxona xoʻjaliklarini yurituvchi va vinochilik subyektlarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-son qarori

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

22.

Xorijiy davlatlardan nasldor qoramollarni import qilishda xarajatlar oʻrnini qisman qoplash uchun beriladigan mablagʻ ajratish.

Vazirlar Mahkamasining 2024 fil 26-yanvardagi 52-son qarori

 
 

Oʻzbekiston Respublikasi

 
Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Import qilingan chorva mollari va parrandalar uchun subsidiya ajratish

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

23.

Xorijiy davlatlardan nasldor qoʻylarni import qilishda xarajatlarning oʻrnini qisman qoplash uchun beriladigan mablagʻ ajratish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

24.

Xorijiy davlatlardan nasldor echkilarni import qilishda xarajatlarning oʻrnini qisman qoplash uchun beriladigan mablagʻ.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

25.

Parrandachilik xoʻjaliklari tomonidan import qilingan bir kunlik nasldor joʻjalar uchun mablagʻ ajratish.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi 280-son qarori

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

26.

Uzum koʻchatlarini shpalerga (yogʻoch va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) koʻtarish xarajatlarining bir qismini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-son qarori

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Xoʻraki va sanoatbop uzum koʻchatlarini shpalerga koʻtarish xarajatlarining bir qismini qoplash

 

27.

Muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini joriy etgan limon yetishtiruvchilarni, shuningdek, yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlar xarid qilishni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 24-son qarori

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Limon koʻchatlari, intensiv meva va xoʻraki tok koʻchatlari hamda mahalliy sharoitda “in-vitro” usulida yetishtirilgan har bir dona tok koʻchati va payvandtagli tok koʻchati uchun xarajatlarning bir qismini qoplash

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

28.

Payvandtagli meva koʻchatlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 468-son qarori

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

29.

Danaksiz va yangi nav tok koʻchatlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

30.

Mahalliy tok koʻchatlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

31.

Dala chetlari va kanal atrofidagi maydonlarga ekish xarajatlarining bir qismini qoplash.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

32.

Limon yetishtirishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 24-son qarori

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Issiqxona xoʻjaliklarida muqobil energiya va koʻmir qozonlari qiymatining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

33.

Sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-noyabrdagi 632-son qarori

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash uchun subsidiya (Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun) ajratish

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

34.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etganlarga sovitkichli sigʻimlarning elektr energiyasi isteʼmoli xarajatlarining bir qismini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-noyabrdagi 632-son qarori

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

35.

Uzum (mayiz) quritish va qadoqlash liniyalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-son qarori

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Uzum (mayiz) quritish va qadoqlash liniyalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

36.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish tizimini joriy qilish hamda zarur boʻlgan uskuna va laboratoriya jihozlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-avgustdagi 476-son qarori

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Oziq-ovqat sanoatida boshqaruv tizimini qoʻllab-quvvatlash

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

37.

Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermerlarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 320-son qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Paxta xomashyosi va boshoqli don, kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatini qoplash

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

38.

Kartoshka yetishtiruvchilar tomonidan yer maydonlarini sugʻorishda foydalaniladigan oʻz balansidagi nasos agregatlari sarflaydigan elektr energiyasi xarajatlarining bir qismini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

39.

Qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining bir qismini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 373-son qarori

 
 

Oʻzbekiston Respublikasi

 
Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining bir qismini qoplash

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

40.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 348-son qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

41.

Xorazm viloyatining sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari hamda sholi ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunasi uchun subsidiya ajratish.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-fevraldagi 97-son qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Xorazm viloyatining sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari xamda sholi ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunasi uchun subsidiya ajratish

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

42.

Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini, biroq 1 oyga 1 nafar mutaxassis uchun 1000 AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-avgustdagi 476-son qarori

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Xorijiy agronom ish haqining 50 foizi biroq 1000 AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismini subsidiyalash

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

43.

Xorijiy agronom ish haqining 50 foizi biroq 1000 AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismini subsidiyalash.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 410-son qarori

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

44.

Koʻmir qozonini xarid qilganda 20 foiz qiymatini qoplab berish boʻyicha subsidiya ajratish.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-iyuldagi 400-son qarori

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Koʻmir qozonini xarid qilganda 20 foiz qiymatini qoplab berish boʻyicha subsidiya ajratish

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

45.

Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan har bir gektar yerni foydalanishga kiritish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, biroq BHMning 50 barobaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratish.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi

 Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan har bir gektar yerni foydalanishga kiritish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, biroq BHMning 50 barobaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratish

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

46.

Agrobank tomonidan suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun ajratiladigan tijorat krediti foiz xarajatlarining 14 foizdan oshgan qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Suvni tejaydigan texnologiyalarga ajratiladigan tijorat krediti foiz xarajatining 14 foizdan oshgan qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

47.

Xorijdan olib kelinadigan va respublikamizda ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foiz miqdorida subsidiya ajratish.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-son qarori

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Qishloq xoʻjaligi texnikasi va agregati qiymatining bir qismini qoplash

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

48.

Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan mahalliylashtirish darajasi 25 foizdan kam boʻlmagan holda qishloq xoʻjaligi texnikalari xarid qilinganida texnika narxining 15 foiziga subsidiya ajratish.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-son qarori

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

49.

Yangi qishloq xoʻjaligi texnikasi lizing yoki kredit shartlarida xarid qilinganda, ularning foiz xarajatlarini bir qismini qoplash.

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Yangi qishloq xoʻjaligi texnikasi lizing yoki kredit shartlarida xarid qilinganda, ularning foiz xarajatlarini bir qismini qoplash

50.

Avtopilot uskunasini xarid qilish uchun ajratiladigan kredit boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash.

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Avtopilot uskunasini xarid qilish uchun ajratiladigan kredit foiz xarajatlarining bir qismini qoplash

51.

Qishloq xoʻjaligi korxonalari, shu jumladan, chorvachilik xoʻjaliklari, fermer va dehqon xoʻjaliklarini sugʻorish uchun foydalaniladigan nasos agregatlarini muqobil energiya bilan taʼminlash maqsadida quyosh panellari oʻrnatish uchun tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratilgan yoki kelgusida ajratiladigan tijorat kreditlarining 14 foiz punktidan yuqori, biroq 10 foiz punktidan oshmagan qismini subsidiya sifatida qoplash.

Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi tayyorlanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Nasos agregatlarini uchun quyosh panellari oʻrnatish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlarining 14 foiz punktidan yuqori, biroq 10 foiz punktidan oshmagan qismini subsidiya sifatida qoplash

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

52.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-son qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-224-son Farmoniga
2-ILOVA
2026-yil 1-yanvardan toʻxtatiladigan qoʻllab-quvvatlash choralari
ROʻYXATI

T/r

Subsidiyalar turi

Asos

Vakolatli organ

Izoh

1.

Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-fevraldagi 97-son qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2025-yilda talabnoma kelib tushmagan

2.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻnalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berish.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-yanvardagi 37-son qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Ushbu yoʻnalishga Davlat budjetidan mablagʻ olish rejalashtirilmagan

3.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish tizimini joriy qilish hamda zarur boʻlgan uskuna va laboratoriya jihozlarini xarid qilish xarajatlarini qoplab berish.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-avgustdagi 476-son qarori

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan

4.

Eksportni amalga oshiruvchi mahalliy korxonalar tomonidan injener-texnolog, marketolog, dizayner va xalqaro standartlar boʻyicha xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda, ularga hisoblangan ish haqining bir qismini qoplab berish.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-avgustdagi 476-son qarori

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan

5.

Qorakoʻlchilik subyektlarida yetishtirilib, eksport qilingan qorakoʻl teri uchun subsidiya.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 368-son qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan

6.

Qorakoʻlchilik subyektlarida yetishtirilib, eksport qilingan qorakoʻlcha teri uchun subsidiya.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 368-son qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan

7.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-yanvardagi 37-son qarori

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi

Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan

8.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini yaratish.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-yanvardagi 37-son qarori

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi

9.

Oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-yanvardagi 37-son qarori

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi

10.

Uzumchilik va vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda tabiiy vino va brendi eksporti xarajatlarining bir qismini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-son qarori

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan

11.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishda milliy valyutada ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining 10 foizdan oshadigan, lekin 14 foizdan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-son qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan

12.

Meva-sabzavotchilik klasterlariga (kooperatsiyalarga) xorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 410-son qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan

13.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 460-son qarori

 

Oʻzbekiston Respublikasi

 
Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan

14.

Respublika hududidagi gidrografik obyektlarni raqamlashtirish va ularning elektron xaritalarini yaratish uchun xarajatlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyundagi PQ-273-son qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Gidrografik obyektlarning elektron xaritalarini yaratish toʻliq yakunlangan

15.

Uzumchilik va vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda vinochilik asbob-uskunalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-son qarori

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan

16.

Xoʻraki uzum uchun burgʻilangan quduq qazish xarajatlarining bir qismini qoplash.

17.

Xoʻraki uzum uchun suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasi qurish xarajatlarining bir qismini qoplash.

18.

Sanoatbop uzum uchun burgʻilangan quduq qurish xarajatlarining bir qismini qoplash.

19.

Sanoatbop uzum uchun suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasi qurish xarajatlarining bir qismini qoplash.

20.

Sanoatbop uzum uchun tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilish xarajatlarining bir qismini qoplash.

21.

Xoʻraki uzum uchun tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilish xarajatlarining bir qismini qoplash.

22.

Mahalliy yetishtirilgan intensiv koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash.

23.

Klasterlar tomonidan eksport qilingan har bir litr uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vino hamda brendi uchun subsidiya.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-224-son Farmoniga
3-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada toʻlovlar agentligining faoliyatini samarali tashkil qilish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Muddati

Masʼullar

1.

Agrar sohada toʻlovlar agentligi tashkiliy tuzilmasi va Agentlik toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:

Agrar sohada toʻlovlar agentligi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash. Bunda Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati shtat birliklari (ichki audit) hisobidan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari boʻyicha monitoringni amalga oshiruvchi boʻlinma faoliyatini tashkil etishni nazarda tutish;

2025-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

Agentlik toʻgʻrisidagi nizom;

mustaqil ekspertlarning faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

2.

Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash ishlarini tizimli tashkil qilish.

1. Qishloq xoʻjaligi sohasiga jalb qilinadigan grant mablagʻlari hisobidan xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

2026-yil iyun

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

2. Ekspertlar bilan birgalikda qoʻllab-quvvatlash choralarini tahlil qilish va 2027-yildan boshlab saqlab qolinadigan choralarning turlarini belgilash.

2026-yil oktabr

3. Tahlil natijalariga asosan tegishli meʼyoriy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil noyabr

3.

Qoʻllab-quvvatlash choralarining samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, ijrosini monitoring va tahlil qilish hamda natijadorligini oshirish yoki ularni bekor qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Qoʻllab-quvvatlash choralari samaradorligi va natijadorligi, ularni koʻrishda yuzaga kelayotgan muammolarni oʻrganish.

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

2. Oʻrganish natijalari va qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Har chorak yakuni bilan

4.

“Agrosubsidiya” AT platformasini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlariga integratsiya qilish va maʼlumotlarni doimiy ravishda qonunchilikka muvofiq begʻaraz asosda taqdim etib borish tartibini oʻrnatish.

1. “Agrosubsidiya” ATga integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Agrar sohada toʻlovlar agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Integratsiya qilish boʻyicha texnologik yoʻriqnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil noyabr

3. Texnologik yoʻriqnomalarga asosan tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilish.

2025-yil dekabr

5.

Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya mablagʻlarini ajratish boʻyicha mobil ilovani yaratish.

1. Arizalarni taqdim etish, ularni kuzatish va subsidiya mablagʻlarini ajratish boʻyicha Agrosubsidiya mobil ilovasi va SMS xabarnoma tizimini yaratish boʻyicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqish.

2026-yil iyun

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Agrar sohada toʻlovlar agentligi,

“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ

2. Arizalarni taqdim etish, ularni kuzatish va subsidiya mablagʻlarini ajratish boʻyicha SMS xabarnomaga asoslangan Agrosubsidiya mobil ilovasini ishga tushirish.

2026-yil avgust

6.

Agentlikka vazirlik va idoralarning shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga 23 ta shtat birligi ajratish.

1. Vazirlik va idoralarning shtat birliklarini maqbullashtirish.

2. Maqbullashtirilgan shtat birliklari hisobidan Agentlikka 23 ta shtat birligi ajratish.

2025-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

7.

Agentlik hamda Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi jamgʻarmasining faoliyatini tubdan yaxshilash hamda xodimlariga shart-sharoitlar yaratish uchun bino va zaruriy jihozlar bilan taʼminlash.

1. Agentlikning Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Sh. Rustaveli koʻchasi 8-uy manzilida bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini taʼminlash.

2025-yil noyabr

Savdo-sanoat palatasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

2. Agentlik hamda Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi jamgʻarmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻlgan jihozlar va boshqa asosiy vositalar xaridi uchun Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratish.

2025-yil noyabr

8.

Qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

Ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

9.

Qishloq xoʻjaligi sohasidagi subsidiyalarni toʻlash jarayonlarini soddalashtirish, raqamlashtirish va ularning samaradorligini baholash mexanizmlarini belgilash boʻyicha xorijiy tajribalarni oʻrganish.

1. Xorijiy tajribani oʻrganish boʻyicha tegishli vazirlik idoralardan iborat ishchi guruh tuzish.

2025-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Agrar sohada toʻlovlar agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Ispaniya, Portugaliya, Niderlandiya va Chexiya davlatlaridagi qishloq xoʻjaligida toʻlovlar agentliklari faoliyati tashkil etish boʻyicha tajribalarni oʻrganish.

2026-yil yanvar

3. Oʻrganish natijalari yuzasidan asoslangan takliflarni Prezident Administratsiyasiga kiritish.

2026-yil mart

10.

Agrar sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan oʻzgartirish boʻyicha maʼlumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazish.

Agrar sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan oʻzgartirish boʻyicha maʼlumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazish, joylarda tushuntirish ishlarini olib borish, tadbirkorlik subyektlariga yuzaga kelayotgan masalalar boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish.

2025-yil noyabr

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Agrar sohada toʻlovlar agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-224-son Farmoniga
4-ILOVA
Vazirlik va idoralarning shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga shakllantirilayotgan Agrar sohada toʻlovlar agentligining
SHTAT BIRLIKLARI*

T/r

Vazirlik va idoralar nomi

Qisqartiriladigan shtat birliklari

1.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

6 ta

2.

Suv xoʻjaligi vazirligi

4 ta

3.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

5 ta

4.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

5 ta

5.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

3 ta

Jami

23 ta

Izoh. Qishloq xoʻjaligi vaziriga, zarur hollarda, tizim tashkilotlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Agrar sohada toʻlovlar agentligining shtat birliklari soniga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/224/1074-son)