Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ichki isteʼmol bozorini goʻsht, sut va boshqa chorvachilik mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash, chorvachilik oziqa bazasini kengaytirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 24-avgustdagi PQ-285-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 mln soʻmdan, nasldor qoʻy va echkining har bir boshiga 400 ming soʻmdan subsidiya ajratish tartibi;
subsidiya oluvchilar roʻyxatini shakllantirish, subsidiya oluvchilarga qoʻyiladigan talablar, subsidiya ajratish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda chorvachilik xoʻjaliklarining arizalarini koʻrib chiqish va ularga ajratilgan subsidiya mablagʻlari toʻgʻrisida oʻzaro real vaqt rejimida elektron axborot almashishni yoʻlga qoʻysin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-yanvar,
52-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-yanvardagi 52-son qaroriga

1-ILOVA

Chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
“Agroplatforma” AT — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiya platformasi tarkibiga kiruvchi hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlarni ajratish, mahsulot yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini taʼminlab beradigan axborot tizimi;
subsidiya — yuridik shaxslarga xorijiy davlatlardan nasldor qoramol, qoʻy va echkilarni import qilishda xarajatlar oʻrnini qisman qoplash uchun beriladigan mablagʻ;
nasldor qoramol — kelib chiqishi hujjatlar (nasldor qoramol guvohnomasi) bilan tasdiqlangan, muayyan zotni takror koʻpaytirish uchun foydalaniladigan va belgilangan tartibda roʻyxatga olingan hayvon;
nasldor qoʻy va echki — kelib chiqishi hujjatlar (nasldor qoʻy va echki guvohnomasi) bilan tasdiqlangan, muayyan zotni takror koʻpaytirish uchun foydalaniladigan va belgilangan tartibda roʻyxatga olingan hayvon;
import qiluvchi — xorijiy davlatlardan nasldor qoramol, qoʻy va echkilarni olib kiruvchi tashkilotlar;
subsidiya oluvchi — ushbu Nizomda belgilangan tartibda xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilarni sotib olish orqali respublika hududida parvarishlaydigan chorvachilik xoʻjaliklari.
3. Chorvachilik xoʻjaliklariga 2023-yil 1-sentabrdan boshlab 2025-yil 31-dekabrga qadar davlat tomonidan xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 mln soʻm, nasldor qoʻy va echkining har bir boshiga 400 ming soʻm miqdorda subsidiya ajratiladi.
2-bob. Subsidiya oluvchilar roʻyxatini shakllantirish tartibi
4. Mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarkibdagi Chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — tuman komissiyasi):
kalendar yilning 1-mayiga qadar ushbu Nizomga 2 va 2.1-ilovalarga muvofiq shaklda kelgusi yil uchun subsidiya oluvchilar roʻyxatini shakllantiradi hamda tasdiqlaydi;
tasdiqlangan subsidiya oluvchilar roʻyxatini mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilgan Chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar komissiyalariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiya) kiritadi.
5. Hududiy komissiya:
uch ish kuni ichida subsidiya oluvchilar roʻyxatini umumlashtiradi hamda ushbu Nizomga 2.2 va 2.3-ilovalarga muvofiq shakl boʻyicha tasdiqlaydi;
tasdiqlangan subsidiya oluvchilar roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) taqdim etadi.
Qoʻmita uch ish kuni ichida hududiy komissiya tomonidan taqdim etilgan subsidiya oluvchilar roʻyxatini umumlashtiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bobi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
subsidiya oluvchilar roʻyxatini taqdim etilgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida ushbu Nizomga 2.4 va 2.5-ilovalarga muvofiq shaklda umumlashtiradi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishadi;
kelishilgan subsidiya oluvchilar roʻyxatini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bobi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
taqdim etilgan subsidiya oluvchilar roʻyxatini koʻrib chiqib tasdiqlaydi va uni kalendar yilning 15-iyuliga qadar Qishloq xoʻjaligi vazirligiga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ijro uchun yuboradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-bobi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusi yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya berish maqsadida zarur mablagʻlarni nazarda tutadi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoʻmitaning takliflari asosida tuman komissiyasi tomonidan shakllantirilgan subsidiya oluvchilar roʻyxatiga yil davomida haqiqiy holatdan kelib chiqqan holda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishi mumkin.
3-bob. Subsidiya oluvchiga qoʻyiladigan talablar
10. Goʻsht va sut yoʻnalishidagi xoʻjaliklarga xorijiy davlatlardan import qilinadigan nasldor qoramollarning boʻgʻozlik muddati 6 oygacha boʻlishi, tirik vazni 450 kilogrammdan va tugʻish vaqtida kutilayotgan yoshi 30 oydan koʻp boʻlmasligi hamda urugʻlantirgan nasldor buqa toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlar mavjud boʻlishi lozim.
11. Xorijiy davlatlardan import qilinadigan nasldor qoʻy va echkilar quyidagi talablarga mos kelishi shart:
tana tuzilishi — mustahkamligi;
nasldor qoʻy va echkilar yoshi 6 oylikdan kam boʻlmasligi.
12. Subsidiya oluvchi xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilarni kamida 2 avlod olgungacha saqlashi shart.
4-bob. Subsidiya ajratish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi
13. Subsidiya oluvchi xorijiy davlatdan nasldor qoramolni olib kelgandan soʻng tuman komissiyasiga subsidiya olish uchun ushbu Nizomning 10 — 12 bandlarida qoʻyilgan talablarni hisobga olgan holda, “Agrosubsidiya” AT elektron tizimi orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkining kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkini sotib olish boʻyicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va toʻlov topshiriqnomasi nusxasi;
bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;
xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilarning elektron identifikatsiya bazaga kiritilganligi.
14. Ariza tuman komissiyasi kotibi tomonidan qabul qilinadi hamda arizaning nusxasi qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda subsidiya oluvchiga taqdim etiladi.
Subsidiya oluvchining arizasi tikilgan va muhrlangan jurnalga tuman komissiyasi kotibi tomonidan qayd etib boriladi.
Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliq va haqqoniyligi uchun subsidiya oluvchi javobgar hisoblanadi.
15. Subsidiya oluvchi ushbu Nizomning 10 va 11-bandlarida nazarda tutilgan talablarni oʻz ichiga olgan hujjatlarni toʻliq taqdim etmaganda, tuman komissiyasi bir ish kuni ichida hujjatlarni subsidiya oluvchiga asoslantirilgan kamchiliklarni koʻrsatgan holda javob xati bilan qaytaradi.
16. Subsidiya oluvchi ushbu Nizomning 10 va 11-bandlarida nazarda tutilgan talablarni oʻz ichiga olgan hujjatlarni toʻliq taqdim etganda, tuman komissiyasi arizani uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi.
Tuman komissiyasi arizani koʻrib chiqqandan keyin mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda subsidiya oluvchiga subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani uch nusxada toʻldiradi va tasdiqlaydi.
Subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosaning birinchi nusxasi Qoʻmitada, ikkinchi nusxasi tuman komissiyasida va uchinchi nusxasi murojaat etuvchida saqlanadi.
Tuman komissiyasi subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosa haqida subsidiya oluvchini xulosa qabul qilingan kunda xabardor qiladi.
Subsidiya oluvchi subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosada koʻrsatilgan kamchiliklarni besh ish kuni ichida bartaraf etib, tuman komissiyasiga ariza bilan qayta murojaat qilishi mumkin.
17. Tuman komissiyasi subsidiya oluvchi tomonidan taqdim etilgan arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni hamda subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi ijobiy xulosani bir ish kuni ichida hududiy komissiyaga yuboradi.
18. Hududiy komissiya tuman komissiyasi tomonidan taqdim etilgan ijobiy xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni ikki ish kuni ichida tumanlar kesimida jamlagan holda Qoʻmitaga yuboradi.
19. Qoʻmita hududiy komissiyalar tomonidan taqdim etilgan ijobiy xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni viloyatlarning tumanlari kesimida jamlagan holda subsidiya oluvchilar roʻyxatini ikki ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki ish kuni ichida subsidiya oluvchilar roʻyxatini koʻrib chiqib tasdiqlaydi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboradi.
21. Subsidiya oluvchining arizasini koʻrib chiqish uchun toʻlovlar undirilmaydi.
22. Subsidiya ajratishni rad etishga quyidagilar asos boʻladi:
xorijiy davlatlardan import qilingan qoramol, qoʻy va echkilar ushbu Nizomning 10 va 11-bandlari talablariga mos kelmasa;
tuman komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar natijasida subsidiya oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda.
Ushbu bandda qayd etilgandan boshqa hollarda, subsidiya oluvchiga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
23. Subsidiya oluvchi tuman komissiyasining subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
24. Chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ushbu Nizomga 5-ilovadagi sxemaga muvofiq ajratiladi.
5-bob. Subsidiya ajratish tartibi
25. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlangandan soʻng subsidiya ajratish uchun zarur mablagʻlarni besh ish kuni ichida belgilangan tartibda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga oʻtkazib beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlarning hisobi Qishloq xoʻjaligi vazirligida ochiladigan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi taqdim etilgan hujjatlarda tuman komissiyasining ijobiy xulosasi bor yoki yoʻqligiga aniqlik kiritadi va ikki ish kuni ichida tuman komissiyasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, subsidiya oluvchining tijorat bankidagi asosiy hisobvaragʻiga subsidiya mablagʻini oʻtkazib beradi.
Bunda moliya yili yakuni boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida foydalanilmay qolgan mablagʻlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. Subsidiya ajratish boʻyicha yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilinadi.
Kelishmovchiliklarni muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilishning iloji boʻlmaganda, sud tartibida hal qilinadi.
28. Chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun ajratilgan subsidiyalardan maqsadli foydalanish davlat moliyaviy nazorati boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan nazorat qilinadi.
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XIII bobi.

Chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining
NAMUNAVIY TARKIBI

T/r

F.I.O.

Ish joyi va lavozimi

1.

Lavozimiga koʻra

Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi, komissiya raisi oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimining chorvachilik boʻyicha mutaxassisi, komissiya kotibi

Izoh. Komissiya tarkibiga zaruratga koʻra boshqa tashkilotlar vakillari ham jalb etilishi mumkin.

Chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

“Tasdiqlayman”

________ tuman (shahar) komissiyasi raisi

_________ ________ ________________

(imzo) ________________(F.I.O) ___

20__ y “___” __________

____________ tumanida 20__ yilda import qilinadigan nasldor qoramollar uchun subsidiya ajratish prognozi

T/r

Import qilinadigan nasldor qoramollar uchun subsidiya ajratish prognozi

import qiluvchi tashkilot nomi

nasldor qoramollarni sotib oluvchi xoʻjalik nomi

zotga mansubligi

bosh soni,

(bosh)

subsidiya ajratish prognozi,

(mln soʻm)

1.

2.

...

Jami:

Chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2.1-ILOVA

“Tasdiqlayman”

________ tuman (shahar) komissiyasi raisi

_________ ________ ________________

(imzo) ________________(F.I.O) ___

20__ y “___” __________

____________ tumanida 20__ yilda import qilinadigan nasldor qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish prognozi

T/r

Import qilinadigan nasldor qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish prognozi

import qiluvchi tashkilot nomi

nasldor qoʻy va echkilarni sotib oluvchi xoʻjalik nomi

zotga mansubligi

bosh soni,

(bosh)

subsidiya ajratish prognozi,

(mln soʻm)

1.

2.

...

Jami:

Chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2.2-ILOVA

“Tasdiqlayman”

________ hududiy komissiyasi raisi

_________ ________ ________________

(imzo) ________________(F.I.O) ___

20__ y “___” __________

____________ viloyatida 20__ yilda import qilinadigan nasldor qoramollar uchun subsidiya ajratish prognozi

T/r

Import qilinadigan nasldor qoramollar uchun subsidiya ajratish prognozi

import qiluvchi tashkilot nomi

nasldor qoramollarni sotib oluvchi xoʻjalik nomi

zotga mansubligi

bosh soni,

(bosh)

subsidiya ajratish prognozi,

(mln soʻm)

_____________ tumani

1.

2.

...

Jami:

Chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2.3-ILOVA

“Tasdiqlayman”

________ hududiy komissiyasi raisi

_________ ________ ________________

(imzo) ________________(F.I.O) ___

20__ y “___” __________

___________ viloyatida 20__ yilda import qilinadigan nasldor qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish prognozi

T/r

Import qilinadigan nasldor qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish prognozi

import qiluvchi tashkilot nomi

nasldor qoʻy va echkilarni sotib oluvchi xoʻjalik nomi

zotga mansubligi

bosh soni,

(bosh)

subsidiya ajratish prognozi,

(mln soʻm)

_____________ tumani

1.

2.

...

Jami:

Chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2.4-ILOVA

“Tasdiqlayman”

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi

_________ ________ ________________

(imzo) ________________(F.I.O) ___

20__ y “____” __________

Respublikada 20__ yilda import qilinadigan nasldor qoramollar uchun subsidiya ajratish

PROGNOZ PARAMETRLARI

T/r

Tumanlar nomi

Import qilinadigan nasldor qoramollar uchun subsidiya ajratish

import qiluvchi tashkilot nomi

nasldor qoramollarni sotib oluvchi xoʻjalik nomi

zotga mansubligi

bosh soni,

(bosh)

subsidiya ajratish prognozi,

(mln soʻm)

_______________ viloyati

1.

2.

...

Viloyat boʻyicha jami:

Respublika boʻyicha jami:

Chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2.5-ILOVA

“Tasdiqlayman”

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi

_________ ________ ________________

(imzo) ________________(F.I.O) ___

20__ y “____” __________

Respublikada 20__ yilda import qilinadigan nasldor qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish

PROGNOZ PARAMETRLARI

T/r

Tumanlar nomi

Import qilinadigan nasldor qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish

import qiluvchi tashkilot nomi

nasldor qoʻy va echkilarni sotib oluvchi xoʻjalik nomi

zotga mansubligi

bosh soni,

(bosh)

subsidiya ajratish prognozi,

(mln soʻm)

_______________ viloyati

1.

2.

...

Viloyat boʻyicha jami:

Respublika boʻyicha jami:

Chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

“Tasdiqlayman”

________ tuman (shahar) komissiyasi raisi

________ ________ ______________________

(imzo) ____________________(F.I.O) ______

20__ y “___” __________

XULOSA

_________ viloyati _________tumanidagi subsidiya olishga talabgor “___________”ning 20__ yil _______dagi murojaatiga va taqdim etgan hujjatlariga asosan tuman komissiyasi tomonidan joyiga chiqqan holda quyidagilar oʻrganildi va aniqlandi:

T/r

Inventar raqami

Zotga mansubligi

Tugʻilgan vaqti

Urugʻlantirilgan vaqti

Iport qilingan vaqti

Onasining mahsuldorlik koʻrsatkichlari

Urugʻlantirgan nasldor buqa onasining mahsuldorlik koʻrsatkichlari

yoshi, oy

eng yuqori laktatsiyasidagi sut miqdori, kg

sut tarkibida, %

yoshi, oy

eng yuqori laktatsiyasidagi sut miqdori, kg

sut tarkibida, %

yogʻ

oqsil

yogʻ

oqsil

1.

2.

...

Jami:

YAKUNIY XULOSA:

_______ viloyati _______ tumanidagi ___________ga (tashkilot nomi) jami ______ mln soʻm miqdorida subsidiya ajratish maqsadga muvofiq deb topildi.*

_______ viloyati _______ tumanidagi ___________ga (tashkilot nomi) quyidagilarga, jumladan, _______________________ga asosan subsidiya ajratish maqsadga muvofiq emas deb topildi.**

Komissiya aʼzolari:

Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi__________imzo/muhr_________________F.I.O.

Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi___________________________________imzo/muhr_________________F.I.O.

* Subsidiya ajratish maqsadga muvofiq deb topilganda, maqsadga muvofiq emas deb topish toʻgʻrisidagi xatboshi chiqarib tashlanadi.
** Subsidiya ajratish maqsadga muvofiq emas deb topilganda, maqsadga muvofiq deb topish toʻgʻrisidagi xatboshi chiqarib tashlanadi hamda subsidiya ajratishni rad etish sabablari toʻliq koʻrsatiladi.

Chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

4-ILOVA

Chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar komissiyalarining
NAMUNAVIY TARKIBI

T/r

F.I.O.

Ish joyi va lavozimi

1.

Lavozimiga koʻra

Viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi, komissiya raisi oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

Viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining chorvachilik boʻyicha mutaxassisi, komissiya kotibi

Izoh. Komissiya tarkibiga zaruratga koʻra boshqa tashkilotlar vakillari ham jalb etilishi mumkin.

Chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

5-ILOVA

Chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

I. Subsidiya ajratishning prognoz parametrlarini shakllantirish

I bosqich

Chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — tuman komissiyasi)

Xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilarni sotib olgan chorvachilik xoʻjaliklari (keyingi oʻrinlarda — subsidiya oluvchi) roʻyxatini shakllantiradi va tasdiqlangan holda hududiy komissiyaga taqdim etadi.

Kalendar yilning 1-mayiga qadar

II bosqich

Chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiya)

Tuman komissiyasi tomonidan taqdim etilgan subsidiya oluvchilar roʻyxatini umumlashtirib, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — qoʻmita) taqdim etadi.

Uch ish kuni ichida

III bosqich

Qoʻmita

Hududiy komissiya tomonidan taqdim etilgan subsidiya oluvchilar roʻyxatini umumlashtirib, Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.

Uch ish kuni ichida

IV bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Qoʻmita tomonidan taqdim etilgan subsidiya oluvchilar roʻyxatini umumlashtirib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

Besh ish kuni ichida

V bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Subsidiya oluvchilar roʻyxatini koʻrib chiqib tasdiqlaydi va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ijro uchun yuboradi.

Kalendar yilning 15-iyuliga qadar

V bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya berish maqsadida zarur mablagʻlarni nazarda tutadi.

Har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari tasdiqlangunga qadar

II. Subsidiya oluvchilarga subsidiya ajratish tartibi

I bosqich

Subsidiya oluvchi

Xorijiy davlatdan nasldor qoramolni olib kelgandan soʻng tuman komissiyasiga subsidiya olish uchun “Agrosubsidiya” AT elektron tizimi orqali ariza bilan murojaat qiladi.

Ixtiyoriy ravishda

II bosqich

Tuman komissiyasi

Subsidiya oluvchi tomonidan taqdim etilgan arizani koʻrib chiqadi va belgilangan shaklda uch nusxada subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani qabul qiladi.

Uch ish kuni ichida

III bosqich

Tuman komissiyasi

Subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosa haqida subsidiya oluvchini xabardor qiladi.

Xulosa qabul qilingan kunda

IV bosqich

Tuman komissiyasi

Subsidiya oluvchi tomonidan taqdim etilgan arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni hamda subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi ijobiy xulosani hududiy komissiyaga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

V bosqich

Hududiy komissiya

Tuman komissiyasi tomonidan taqdim etilgan ijobiy xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni tumanlar kesimida jamlagan holda Qoʻmitaga yuboradi.

Ikki ish kuni ichida

VI bosqich

Qoʻmita

Hududiy komissiyalar tomonidan taqdim etilgan ijobiy xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni viloyatlarning tumanlari kesimida jamlagan holda subsidiya oluvchilar roʻyxatini Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.

Ikki ish kuni ichida

VII bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Qoʻmita tomonidan taqdim etilgan subsidiya oluvchilar roʻyxatini koʻrib chiqib tasdiqlaydi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboradi.

Ikki ish kuni ichida

VIII bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida subsidiya ajratish uchun nazarda tutilgan mablagʻlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligining maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

Besh ish kuni ichida

IX bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Subsidiyani subsidiya oluvchining tijorat bankidagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

Ikki ish kuni ichida

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-yanvardagi 52-son qaroriga

2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi oltinchi xatboshisidagi “Oʻzbekchorvanasl” agentligi” soʻzlari “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-dekabrdagi 711-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berish” axborot tizimi orqali beriladigan subsidiya turlari va ularni ajratishga masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxati quyidagi mazmundagi 22-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

22.

Chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2024-y., 09/24/52/0073-son)