1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarorini ijro etish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarorida ekin maydoni tuprogʻi tarkibidagi zaharli kimyoviy moddalar (pestitsid) tahlili natijasiga koʻra eksportbop mahsulotlarni yetishtirishda biologik yoki almashlab ekish usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlarda (Quvasoy shaharda) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashning manzilli roʻyxatini shakllantirish tartibi;
talabgorlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunanda, kasallik va begona oʻtlardan himoya qilishda biologik himoya usuli qoʻllangan maydonlar uchun har bir ekin turini hisobga olgan holda hosil yilining yakuni boʻyicha bir marotaba subsidiya ajratish tartibi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi bir gektarga sarflanadigan biologik himoya vositalari (mahsulot) miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish boʻyicha namunaviy texnologik karta asosida belgilash tartibi.
3. Belgilansinki:
a) tumanlar (Quvasoy shahar) ishchi guruhi:
talabgorga tegishli yer uchastkasida hosil yilida ekilishi rejalashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini joyiga chiqib oʻrganadi va biologik himoya usuli qoʻllaniladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va ularning maydonini tahlil qiladi;
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
talabgorlarni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha tuman manzilli roʻyxatiga kiritish boʻyicha xulosalar tayyorlaydi;
(3-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
hosil yilining 5-sentabriga qadar tuman (Quvasoy shahar)da qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha tuman (Quvasoy shahar) manzilli roʻyxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga yuboradi.
(3-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari tumanlar (Quvasoy shahar) manzilli roʻyxatini umumlashtiradi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlangan umumlashtirilgan manzilli roʻyxatni hosil yilining 25-sentabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboradi.
(3-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
Manzilli roʻyxatlar toʻgʻri shakllantirilganligiga tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari masʼul hisoblanadi.
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
v) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
biologik himoya usulini qoʻllashning hududiy manzilli roʻyxatlarini hosil yilining 1-oktabriga qadar umumlashtiradi va 5-oktabriga qadar tasdiqlaydi;
(3-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
qishloq xoʻjaligi ekinlarining zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish uchun respublika hududida qoʻllashga ruxsat etilgan biologik vositalar roʻyxatini har yili 1-fevralga qadar Qishloq xoʻjaligi vazirligi rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
qishloq xoʻjaligi ekinlarining zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash boʻyicha mablagʻlar ajratilishini taʼminlash;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashish uchun biologik himoya vositalarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplashga ajratilgan mablagʻlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga oʻtkazib berish uchun masʼul hisoblanadi.
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplashga ajratiladigan subsidiyani belgilangan muddatlarda talabgorlarning bankdagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib bersin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash manzilli dasturiga muvofiq biologik himoya usulini qoʻllash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-avgust,
460-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 460-son qaroriga ILOVA
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Agrosubsidiya” axborot tizimi — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish yuzasidan materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish hamda vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish hamda imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish imkonini beruvchi axborot tizimi;
biologik himoya usuli — qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi biologik entomofaglar, feramon tutqich, biologik va mikrobiologik preparatlar bilan kurashish usuli;
biologik entomofaglar — biolaboratoriyalarda koʻpaytirilib, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari zararkunandalariga qarshi kurashishda qoʻllanadigan biomahsulotlar (trixogramma, oltinkoʻz, brakon va boshqalar);
biologik preparatlar — qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda qoʻllanadigan mikroorganizmlar va boshqa tirik organizmlar asosida ishlab chiqilgan vositalar;
manzilli roʻyxat — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, Toshkent shahri hamda tumanlar (Quvasoy shahri) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllovchilar roʻyxati;
mikrobiologik preparatlar — qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashishda qoʻllanadigan mikroorganizmlar (bakteriyalar, zamburugʻlar va viruslar);
subsidiya — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab beriladigan qismi;
talabgor — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha biologik xususiyatga ega boʻlgan mahsulotlardan foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslar;
feromon tutqich — zararli hashoratlarni aniqlash va bashorat qilish hamda biologik kurashning muddatlari va meʼyorlarini belgilashda qoʻllanadigan vosita.
3. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda oʻsimliklarni zararkunanda, kasallik va begona oʻtlarga qarshi kimyoviy himoya vositalaridan foydalanishdan biologik himoya vositalaridan (mahsulot) foydalanishga oʻtish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi.
Bunda:
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunanda, kasallik va begona oʻtlardan himoya qilishda biologik himoya usuli qoʻllangan maydonlar uchun har bir ekin turini hisobga olgan holda, hosil yili yakuni boʻyicha bir marotaba subsidiya ajratiladi;
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi bir gektarga sarflanadigan biologik himoya vositalari (mahsulot) miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish boʻyicha namunaviy texnologik karta asosida belgilanadi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda Oʻzbekistonda ishlatishga ruxsat etilgan biologik xususiyatga ega boʻlgan mahsulotlardan foydalaniladi, bunda ruxsat etilgan biologik vositalar (mahsulot) roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan eʼlon qilinadi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usuli qoʻllangan maydonlar uchun har bir ekin turini hisobga olgan holda hosil yili yakuni boʻyicha bir marotaba subsidiya ajratiladi;
talabgorga subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdori biologik himoya usuli qoʻllangan maydonlar uchun biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlarning 50 foizi miqdorida belgilanadi. Bunda sarflangan xarajatlarning subsidiyalashdan qolgan qismi talabgorning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha materiallarni jamlash, koʻrib chiqish hamda vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Talabgor qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usuli qoʻllangan maydonlarga subsidiya olish uchun “Agrosubsidiya” axborot tizimi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilgan tegishli havola (giperhavola) orqali ariza bilan murojaat qiladi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, Toshkent shahri hamda tumanlar (Quvasoy shahri) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan manzilli roʻyxatga (keyingi oʻrinlarda — manzilli roʻyxat) asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllagan talabgorga subsidiya mablagʻlari hosil yilining 1-dekabriga qadar ajratiladi.
5. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplanadi.
2-bob. Manzilli roʻyxatni shakllantirish tartibi
6. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatni shakllantirish yuzasidan tuman (Quvasoy shahri) ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — tuman ishchi guruhi) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining tuman (Quvasoy shahri) boʻlimlari tuman ishchi guruhining ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — tuman ishchi organi) hisoblanadi.
8. Talabgor qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatga kiritish uchun hosil yilining 31-avgustiga qadar tuman ishchi guruhiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq elektron shakldagi ariza bilan “Agrosubsidiya” axborot tizimi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilgan tegishli havola (giperhavola) orqali murojaat qiladi.
Bunda:
talabgorga tegishli boʻlgan yer uchastkasining maydoni (gektarda), shu jumladan, ekin, bogʻ va tokzorlar maydoni;
hosil yilida ekilishi rejalashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va ularning maydoni (gektarda);
biologik himoya usuli qoʻllanadigan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va ularning maydoni (gektarda) toʻgʻrisida maʼlumotlarni kiritadi.
9. Tuman ishchi guruhi:
talabgor arizasini qabul qiladi va oʻn ish kunida talabgorning murojaati asosida hosil yilida ekilishi rejalashtirilayotgan yoki ekilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va ularning maydonlarini joyiga chiqib oʻrganadi;
biologik himoya usuli qoʻllanadigan yoki qoʻllangan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va ularning maydonini tahlil qiladi. Bunda talabgorning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer maydonlarining holatini, yaʼni zararkunanda va kasalliklar, begona oʻtlardan tozalangani, qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirishga tayyorligi, bogʻlar, uzumzor va boshqa ekinlarning haqiqatda ekilganini (borligini) aniqlaydi;
talabgorni qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatga kiritish yoki kiritmaslik yuzasidan xulosani ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda tayyorlaydi.
Talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, talabgor ushbu kamchiliklarni oʻn ish kunida bartaraf etib, hujjatlarni qayta taqdim etishi mumkin.
Tuman ishchi guruhi xulosasidan norozi boʻlgan talabgor belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga shikoyat qilishi mumkin.
Hosil yilining 15-sentabriga qadar tumanda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha tuman manzilli roʻyxatini shakllantiradi.
Tumanda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash manzilli roʻyxati ikki ish kunida tuman ishchi guruhi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan tuman manzilli roʻyxati hosil yilining 20-sentabriga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga hamda viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga taqdim qilinadi.
Talabgorni manzilli roʻyxatga kiritilgani yoki kiritish rad etilgani toʻgʻrisida bir ish kunida xabardor qiladi.
Belgilangan tartibda maʼlumotlarni “Agrosubsidiya” axborot tizimiga kiritadi.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari tumanlar manzilli roʻyxatini umumlashtiradi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlangan umumlashtirilgan manzilli roʻyxatni hosil yilining 25-sentabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboradi.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hosil yilida ekilishi va biologik himoya usulida ishlov berilishi rejalashtirilgan qishloq xoʻjaligi ekin turlari va maydonlarining umumiy manzilli roʻyxati hosil yilining 1-oktabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan kelishiladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi kelishilgan umumiy manzilli roʻyxatni hosil yilining 5-oktabriga qadar tasdiqlaydi.
3-bob. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligida ochiladigan maxsus gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
14. Talabgor subsidiya olish uchun hosil yilining 11-oktabridan 25-oktabriga qadar tuman ishchi guruhiga “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq elektron shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
biologik himoya usuli qoʻllangan maydonlar (gektarda);
biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻ miqdori (soʻmda), (hisobvaraq-faktura, chek va boshqalar);
biologik himoya usuli qoʻllangan maydonlarda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining tarkibidagi asosiy pestitsidlar qoldigʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (xulosa), belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriya tahlili natijalari;
talabgorning tijorat banklaridagi asosiy hisobvaragʻi.
15. Tuman ishchi guruhi hujjatlarni qabul qilib olgan kundan eʼtiboran oʻn ish kunida:
talabgorga tegishli boʻlgan yer uchastkasida mahsulot pishib yetilgandan keyin olingan laboratoriya tahlili natijalarini oʻrganadi;
talabgor tomonidan biologik himoya usuli qoʻllangan maydonlar uchun biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlarni tegishli dalolatnoma asosida rasmiylashtiradi;
dalolatnoma va subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga koʻrib chiqish va umumlashtirish uchun taqdim etadi.
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari besh ish kunida:
tuman ishchi guruhi tomonidan taqdim qilingan subsidiya ajratishga tavsiya qilingan talabgorlar roʻyxatini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
umumlashtirilgan roʻyxatni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim qiladi. Bunda umumlashtirilgan roʻyxatga tegishli dalolatnomalar va subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalar ilova qilinadi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarni uch ish kunida koʻrib chiqib, tasdiqlaydi;
tasdiqlangan roʻyxatlarga muvofiq hosil yilining 1-dekabriga qadar talabgorlarning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga subsidiya mablagʻlarini oʻtkazib beradi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan birgalikda talabgorlar tomonidan qoʻllanadigan biologik himoya usulini monitoring qilib boradi hamda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilishda ularga har tomonlama koʻmaklashadi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash boʻyicha Texnik ishchi guruh tomonidan 2027-yil 1-yanvarga qadar ushbu subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi baholanadi. Bunda:
subsidiyani ajratish natijasida subsidiya ajratilgan subyektlarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini biologik himoya usulini qoʻllagan holda yetishtirish hajmi oshganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “ijobiy”;
subsidiya oluvchi subyekt tomonidan olingan subsidiyadan foydalanilmayotgani yoki undan samarasiz foydalanayotgani, shuningdek, subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanilgani aniqlanganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “salbiy” deb baholanadi.
20. Talabgorlarning biologik himoya usulini qoʻllash bilan bogʻliq xarajatlari bir qismini qoplash boʻyicha Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
21. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Talabgor
(jismoniy va yuridik shaxslar)
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatga kiritish uchun tuman ishchi guruhiga elektron shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
Hosil yilining 31-avgustiga qadar
2-bosqich
Tuman ishchi guruhi
Talabgorning murojaati asosida hosil yilida ekilishi rejalashtirilayotgan yoki ekilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va ularning maydonlarini joyiga chiqib oʻrganadi.
Biologik himoya usuli qoʻllanadigan yoki qoʻllangan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va ularning maydonini tahlil qiladi. Bunda talabgorning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer maydonlarining holatini, yaʼni zararkunanda va kasalliklar, begona oʻtlardan tozalangani, qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirishga tayyorligi, bogʻlar, uzumzor va boshqa ekinlarning haqiqatda ekilganini (borligini) aniqlaydi.
Talabgorni qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatga kiritish yoki kiritmaslik yuzasidan xulosa beradi.
10 ish kunida
3-bosqich
Tuman ishchi guruhi
Tumanda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha tuman manzilli roʻyxatini shakllantiradi.
Hosil yilining 15-sentabriga qadar
4-bosqich
Tuman ishchi guruhi
Tumanda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash manzilli roʻyxati tasdiqlanadi.
2 ish kunida
5-bosqich
Tuman ishchi guruhi
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashning tuman manzilli roʻyxatini tasdiqlaydi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga yuboradi.
Hosil yilining 20-sentabriga qadar
6-bosqich
Tuman ishchi guruhi
Talabgorni manzilli roʻyxatga kiritilgani yoki kiritish rad etilgani toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Belgilangan tartibda maʼlumotlarni “Agrosubsidiya” axborot tizimiga kiritadi.
1 ish kunida
7-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari
Tuman manzilli roʻyxatlarini umumlashtirib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboradi.
Hosil yilining 25-sentabriga qadar
8-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hosil yilida ekilishi va biologik himoya usulida ishlov berilishi rejalashtirilgan qishloq xoʻjaligi ekin turlari va maydonlarining umumiy manzilli roʻyxati Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan kelishadi.
Hosil yilining 1-oktabriga qadar
9-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Kelishilgan umumiy manzilli roʻyxatni tasdiqlaydi.
Hosil yilining 5-oktabriga qadar
10-bosqich
Talabgor
Subsidiya olish uchun tuman ishchi guruhiga quyidagilarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
biologik himoya usuli qoʻllangan maydonlar;
biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlar miqdori;
laboratoriya tahlili natijalari;
tijorat bankidagi asosiy hisobvaragʻi.
Hosil yilining 11-oktabridan 25-oktabriga qadar
11-bosqich
Tuman ishchi guruhi
Talabgorga tegishli boʻlgan yer uchastkasida mahsulot pishib yetilgandan keyin olingan laboratoriya tahlili natijalarini oʻrganadi.
Talabgor tomonidan biologik himoya vositalarni xarid qilishga sarflangan mablagʻlarni dalolatnoma asosida rasmiylashtiradi.
Dalolatnoma va subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga koʻrib chiqish va umumlashtirish uchun taqdim etadi.
10 ish kunida
12-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari
Tuman ishchi guruhi tomonidan taqdim qilingan subsidiya ajratishga tavsiya qilingan talabgorlar roʻyxatini tahlil qiladi va umumlashtiradi.
Umumlashtirilgan roʻyxatni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim qiladi. Bunda umumlashtirilgan roʻyxatga tegishli dalolatnomalar va subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalar ilova qilinadi.
5 ish kunida
13-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarni koʻrib chiqib, tasdiqlaydi.
3 ish kunida
14-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Tasdiqlangan roʻyxatlarga muvofiq talabgorlarning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga subsidiya mablagʻlarini oʻtkazib beradi.
Hosil yilining 1-dekabriga qadar
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatni shakllantirish yuzasidan tuman ishchi guruhining
NAMUNAVIY TARKIBI
T/r
F.I.O
Lavozimi
1.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (Quvasoy shahri) hokimi, ishchi guruh rahbari
2.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (Quvasoy shahri) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi
3.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (Quvasoy shahri) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
4.
Lavozimi boʻyicha
—
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman (Quvasoy shahri) boʻlimi boshligʻi
5.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (Quvasoy shahri) fermerlar kengashi raisi
6.
Lavozimi boʻyicha
—
xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tuman (Quvasoy shahri) filiali rahbari
7.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman (Quvasoy shahri) boʻlimi boshligʻi, ishchi guruh kotibi
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatga kiritish uchun tuman ishchi guruhiga
ARIZA
_________________________________________________________________________ tomonidan
(qishloq; xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchi jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs rahbari F.I. O.)
________________________ tumandagi _______________________ hududda faoliyat koʻrsatayotgan
_______________________________________ning jami ekin yer maydoni ___________ gektariga,
_______________(yuridik shaxs nomi)
shundan _______ gektari bogʻ, ______ gektari tokzor va _________ gektariga boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari ekiladi.
20 ___ yilda ekin maydonlarining jami ____________ gektariga, shundan gʻoʻza maydonlarining _________ gektariga, donli ekinlar maydonining __________ gektariga, sabzavot ekinlari maydonining __________ gektariga, kartoshka ekilgan maydonning __________ gektariga, poliz va boshqa ekinlar ekilgan maydonning _________ gektariga, bogʻ va tokzorlar maydonining ___________ gektariga biologik himoya usuli joriy etiladi.
____________________________________ni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda
______________ (yuridik shaxs nomi)
biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatga kiritishingizni soʻrayman.
_________________________________ rahbari
_________
___________________
(yuridik shaxs nomi)
(imzo)
(F.I.O.)
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Talabgorni qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatga kiritish yoki kiritmaslik yuzasidan
XULOSA
__________________________________________________________________________ tomonidan
(qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchi jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs rahbari F.I.O)
____________ tumandagi _____________ hududida faoliyat koʻrsatayotgan_________________ning
(yuridik shaxs nomi)
20 _____ yilda ekiladigan ekinlarining jami ______________ gektariga, shundan paxta ____________ gektar, donli ekinlar ___________ gektar, sabzavot __________ gektar, kartoshka ___________ gektar, poliz __________ gektar va boshqa ekinlar ____________ gektar va ___________ gektar bogʻ va tokzorlarga biologik himoya usuli qoʻllanadi.
____________________________________________________ni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari
________________(jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs nomi)
yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatga kiritish maqsadga muvofiq (muvofiq emas).
Ishchi guruh aʼzolari
T/r
F.I.O
Lavozimi
1.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (Quvasoy shahri) hokimi, ishchi guruh rahbari
2.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (Quvasoy shahri) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi
3.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (Quvasoy shahri) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
4.
Lavozimi boʻyicha
—
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman (Quvasoy shahri) boʻlimi boshligʻi
5.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (Quvasoy shahri) fermerlar kengashi raisi
6.
Lavozimi boʻyicha
—
xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tuman (Quvasoy shahri) filiali rahbari
7.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman (Quvasoy shahri) boʻlimi boshligʻi, ishchi guruh kotibi
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlarni qoplab berish (subsidiya) uchun
ARIZA
____________________ tumani _______________________________ hududida faoliyat koʻrsatayotgan
____________________________________________________________________________ tomonidan
(jismoniy yoki yuridik shaxs nomi)
20 ___ yilda jami ____ gektarda, jumladan, ____-konturdagi ____ gektar, ____-konturdagi ____ gektar, ____-konturdagi ____ gektar, ____-konturdagi ____ gektar maydonda biologik himoya usulini qoʻllagan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirildi. Ushbu mahsulotlarni yetishtirishda biologik himoya vositalarini xarid qilishga ________________ soʻm xarajat qilindi.
____________________________________________________________ tomonidan 20 _____ yilda
(jismoniy yoki yuridik shaxs nomi)
ekologik toza, kimyoviy vositalardan xoli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini qoplab berish (subsidiya)da amaliy yordam berishingizni soʻrayman.
___________________________________ rahbari
________
_________________
(jismoniy yoki yuridik shaxs nomi)
(imzo)
(F.I.O)
(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)