1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sholi yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sholi yetishtiruvchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 15-avgustdagi PQ-290-son qaroriga muvofiq, shuningdek, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini qoʻllash koʻlamini kengaytirish, sugʻoriladigan yerlarning unumdorligini oshirish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2025-2026-yillarda Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq:
sholi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi subyektlariga (keyingi oʻrinlarda — sholi yetishtiruvchilar) lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish boʻyicha talab etiladigan hujjatlar, ularni koʻrib chiqish hamda subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
sholi yetishtiruvchilarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi;
2025-2026-yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
2. Belgilansinki:
Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchilarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilgʻi-moylash materiallari xarajatlarining 100 foizini, biroq 1 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan qismini qoplab berish uchun;
2025-2026-yillarda ishlab chiqaruvchidan xarid qilingan va xarid qilinganligiga bir yildan oshmagan, mahalliy ishlab chiqarilgan yoki import qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari hamda koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizini qoplab berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining hisob-kitoblariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchilarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan yer tekislash xarajatlari hamda 2025-2026-yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish uchun subsidiyalarga talab etiladigan mablagʻlarning nazarda tutilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qaroriga3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-fevral,
97-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-fevraldagi 97-son qaroriga 1-ILOVA
2025-2026-yillarda Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom 2025-2026-yillarda Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari, agroklasterlar hamda kooperatsiyalarning (keyingi oʻrinlarda — sholi yetishtiruvchilar) lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan ekin maydonlariga sarflangan yonilgʻi-moylash materiallari xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Ushbu Vaqtinchalik nizom Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchilarning lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan sugʻoriladigan ekin maydonlariga tatbiq etiladi.
2. Mazkur Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Agrosubsidiya” AT — Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiya platformasi tarkibiga kiruvchi hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kredit va subsidiyalarni ajratish, mahsulot yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmatlar koʻrsatish imkoniyatlarini taʼminlab beradigan axborot tizimi;
subsidiya — lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilgʻi-moylash materiallari xarajatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab beriladigan qismi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
3. Sholi yetishtiruvchilarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilgʻi-moylash materiallari xarajatlarining 100 foizini, biroq 1 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan qismini qoplash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratiladi. Bunda ushbu subsidiya uchun talab etiladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida Qishloq xoʻjaligi vazirligi uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
4. Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchilarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ajratiladi.
2-bob. Subsidiya ajratish boʻyicha ariza bilan murojaat qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
5. Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchilarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilgʻi-moylash materiallari xarajatlari uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — tuman ishchi guruhi) mazkur Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda har bir tumanda tashkil etiladi.
6. Sholi yetishtiruvchilar ekin maydonini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislab boʻlgandan soʻng 5 ish kuni ichida tuman ishchi guruhiga tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilgʻi-moylash materiallari xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha “Agrosubsidiya” AT orqali ariza bilan murojaat qiladi hamda quyidagilarni ilova qiladi:
a) ekin maydonini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislash boʻyicha tuzilgan pudrat shartnomasining nusxasi (agar lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat sholi yetishtiruvchilarning oʻziga tegishli boʻlsa, shartnoma talab etilmaydi);
b) lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilish boʻyicha hisob-faktura nusxasi.
Sholi yetishtiruvchilar arizadagi maʼlumotlar va ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻriligi uchun javobgar hisoblanadi.
Sholi yetishtiruvchilardan ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Sholi yetishtiruvchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish va subsidiya ajratish
7. Sholi yetishtiruvchilarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilgʻi-moylash materiallari xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha tegishli maʼlumotlarni toʻplash, tuman ishchi guruhi xulosasini tayyorlash hamda zarur maʼlumotlarni “Agrosubsidiya” AT ga kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlar tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
8. Tuman ishchi guruhi ariza tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida:
ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni ushbu Vaqtinchalik nizomning 7-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq sholi yetishtiruvchilar tomonidan taqdim etilganligini oʻrganib chiqadi;
joyiga chiqqan holda sholi yetishtiruvchilar tomonidan ekin maydonini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan belgilangan talablar darajasida tekislanganligini va sifatini konturlar kesimida oʻrganadi;
sholi yetishtiruvchilar tomonidan ekin maydoni lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan talab darajasida tekislanganligi aniqlanganda, Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchilarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilgʻi-moylash materiallari xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhimazkur Vaqtinchalik nizomga 3-ilovaga muvofiq tayyorlangan xulosani “Agrosubsidiya” AT orqali elektron imzo bilan tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
9. Sholi yetishtiruvchilarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilgʻi-moylash materiallari xarajatlarini qoplashni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
sholi yetishtiruvchilarning oʻz arizasiga asosan;
ushbu Vaqtinchalik nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
sholi yetishtiruvchilar tomonidan soxta hujjatlar, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganda;
sholi yetishtiruvchilar boʻlgan qishloq xoʻjaligi subyekti tugatilganda.
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar bilan sholi yetishtiruvchilarga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tuman ishchi guruhi subsidiya ajratishni rad etgan taqdirda, sholi yetishtiruvchilarga bir kun muddatda “Agrosubsidiya” AT orqali rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda xabarnoma yuboradi.
Subsidiya ajratish rad etilgan sholi yetishtiruvchilar tuman ishchi guruhining qarorida koʻrsatilgan rad etish sabablarini xabarnomani olgan kundan boshlab besh ish kuni ichida bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
Sholi yetishtiruvchilar tuman ishchi guruhining subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi II boʻlimining 23-bobi (“Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish”).
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
10. Tuman ishchi guruhi sholi yetishtiruvchilarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosani rasmiylashtirishda quyidagilarga shaxsan masʼul hisoblanadi:
tuman hokimi — ishchi guruh faoliyatini tashkil qilishga va ishchi guruh tomonidan sholi yetishtiruvchilarning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi arizasini joyiga chiqqan holda muddatida va toʻliq oʻrganilishiga hamda rasmiylashtirilgan hujjatlarning haqqoniyligiga;
tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi — subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlar oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi va muvofiqlashtirilishiga;
tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi — sholi yetishtiruvchilarga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari va hisobvaraqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzagroinspeksiya”) tuman boʻlimi rahbari — tekislangan maydonning oʻlchami, kontur raqamini aniqlash, ekin maydonini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislash ishlarining konturlar kesimida toʻliq va sifatli bajarilganligi hamda yonilgʻi-moylash mahsulotlarining sarflangan miqdoriga;
tuman prokurori va tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi — lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan ekin maydoniga sarflangan yonilgʻi-moylash materiallari xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratilishi boʻyicha umumiy nazoratni amalga oshirilishiga.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
11. Tuman ishchi guruhi sholi yetishtiruvchilarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosani rasmiylashtirgandan soʻng bir ish kuni ichida xulosani koʻrib chiqish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
“Oʻzagroinspeksiya” hamda Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ekin maydonini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislagan sholi yetishtiruvchilarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosani va unga ilova qilingan hujjatlarni ular kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi;
ekin maydonini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislagan sholi yetishtiruvchilarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra sholi yetishtiruvchilarga subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish haqidagi xulosani “Agrosubsidiya” AT orqali elektron imzo bilan tasdiqlaydi;
tasdiqlangan xulosaga muvofiq uch ish kuni ichida sholi yetishtiruvchilarning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga subsidiya mablagʻlarini oʻtkazib beradi.
Agar sholi yetishtiruvchilarga subsidiya ajratish rad etilganda, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tuman ishchi guruhi rahbari nomiga aniqlangan kamchiliklarni besh ish kuni ichida bartaraf etgan holda, xulosani qayta taqdim etishi toʻgʻrisida xabarnomani yuboradi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]
13. Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchilarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan yer tekislash xarajatlarini qoplab berish maqsadida ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
14. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining X bobi.
2025-2026-yillarda Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchilarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Sholi yetishtiruvchilar
Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchilarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilgʻi-moylash materiallari xarajatlari uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhiga (keyingi oʻrinlarda — tuman ishchi guruhi) “Agrosubsidiya” AT orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Ixtiyoriy ravishda, ekin maydonini tekislab boʻlgandan soʻng 5 ish kuni ichida
2-bosqich
Tuman ishchi guruhi
1. Joyiga chiqqan holda, sholi yetishtiruvchilar tomonidan ekin maydoni lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan talab darajasida tekislanganligini va sifatini konturlar kesimida oʻrganadi.
3 ish kuni ichida
2. Oʻrganish natijalariga koʻra “Agrosubsidiya” AT orqali subsidiya ajratish yuzasidan xulosani tayyorlaydi va tasdiqlaydi.
3. Sholi yetishtiruvchilarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosani rasmiylashtirgandan soʻng koʻrib chiqish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboradi.
1 ish kuni ichida
3-bosqich
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
1. “Oʻzagroinspeksiya” hamda Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ekin maydonini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislagan sholi yetishtiruvchilarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
2. Xulosa va hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra sholi yetishtiruvchilarga subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish haqidagi xulosani tasdiqlaydi.
3 ish kuni ichida
3. Tasdiqlangan xulosa va roʻyxatga muvofiq sholi yetishtiruvchining tijorat bankidagi hisobvaragʻiga subsidiya mablagʻlarini oʻtkazib beradi.
3 ish kuni ichida
2025-2026-yillarda Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchilarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilgʻi-moylash materiallari xarajatlari uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhining
NAMUNAVIY TARKIBI
1. Tuman hokimi, ishchi guruh rahbari
2. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari
3. Tuman prokurori
4. Tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi
5. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi
6. “Oʻzagroinspeksiya”ning tuman boʻlimi rahbari
7. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi boshligʻi
2025-2026-yillarda Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 3-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
______________ tumani hokimi,
tuman ishchi guruhi rahbari
________ ___________________
(imzo)_________ (F.I.O.)______
20___ yil “____” _____________
Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchilarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilgʻi-moylash materiallari xarajatlariniqoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhining
XULOSASI
__________ tumanida sholi yetishtiruvchilarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilgʻi-moylash materiallari xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhi “_____________” MCHJ/fermer xoʻjaligi/dehqon xoʻjaligining 20___ yil “___”_________ dagi ____-son murojaati oʻrganib chiqildi va quyidagilar aniqlandi:
1. Qishloq xoʻjaligi subyektining nomi: ____________________________.
2. Ekin maydoni toʻgʻrisida maʼlumotlar:
jami ekin maydoni: ______ gektar; konturlar soni: ______;
shundan lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan:
ekin maydoni: ______ gektar; kontur raqami: ______.
3. Qishloq xoʻjaligi texnikasi toʻgʻrisida maʼlumotlar:
texnika rusumi: ____________; yonilgʻi-moylash materiallari sarfi _________ ga/l.
4. Lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan ekin maydonini tekislash boʻyicha shartnoma tuzgan pudrat tashkiloti nomi: ____________, u bilan tuzilgan shartnoma raqami va sanasi: _____-sonli shartnoma, 202__ yil “____” ________ (agar agregat talabgorga tegishli boʻlmasa)
5. Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki nomi: “___________” ATB ________ filiali.
XULOSA:
“______________” MCHJ/fermer xoʻjaligi/dehqon xoʻjaligi tomonidan ____-konturdagi _____ gektar ekin maydonini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislash uchun sarflangan jami _____ litr yonilgʻi-moylash materiallari xarajatlarini qoplash maqsadida ______ mln soʻm subsidiya ajratish maqsadga muvofiq deb topildi.
Tuman ishchi guruhi aʼzolari:
T/r
F.I.O.
Imzo
Lavozimi
1.
tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
2.
tuman prokurori
3.
tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi
4.
tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi
5.
“Oʻzagroinspeksiya”ning tuman boʻlimi rahbari
6.
tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi boshligʻi
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-fevraldagi 97-son qaroriga 2-ILOVA
2025-2026-yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom qishloq xoʻjaligi subyektlari (keyingi oʻrinlarda — xaridor) tomonidan 2025-2026-yillarda ishlab chiqaruvchidan xarid qilingan va xarid qilinganligiga bir yildan oshmagan, mahalliy ishlab chiqarilgan yoki import qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari hamda koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizini qoplab berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
“Agrosubsidiya” AT — Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiya platformasi tarkibiga kiruvchi hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kredit va subsidiyalarni ajratish, mahsulot yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmatlar koʻrsatish imkoniyatlarini taʼminlab beradigan axborot tizimi;
subsidiya — xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizini qoplab berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻ;
xaridor — sholi yetishtiruvchi yuridik shaxslar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan qishloq xoʻjaligida mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar;
qishloq xoʻjaligi texnikasi yoki agregati — ishlab chiqaruvchidan xarid qilinganligiga bir yildan oshmagan, mahalliy ishlab chiqarilgan yoki import qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari hamda koʻchatlab ekish uskunalari.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
3. 2025-2026-yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalariga subsidiya bir marta ajratiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
4. Ushbu Vaqtinchalik nizomga asosan 2025-2026-yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari hamda koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizini qoplashga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida Qishloq xoʻjaligi vazirligi uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
5. 2025-2026-yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ajratiladi.
2-bob. Subsidiya ajratish boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish va subsidiya ajratish tartibi
6. 2025-2026-yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhlari(keyingi oʻrinlarda — tuman ishchi guruhi) mazkur Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda har bir tumanda tashkil etiladi.
7. Xaridor zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalarini xarid qilish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini tuzgandan soʻng shartnoma shartlariga muvofiq ishlab chiqaruvchiga yoki sotuvchiga zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatini toʻliq toʻlab beradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
8. Xaridor zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalarini xarid qilgan kundan (hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sanadan) boshlab bir yil mobaynida tuman ishchi guruhiga xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha “Agrosubsidiya” AT orqali ariza bilan murojaat qiladi hamda arizaga quyidagilarni ilova qiladi:
oldi-sotdi shartnomasi yoki shartnoma (kredit mablagʻlari hisobiga xarid qilinganda), hisobvaraq-faktura, toʻlov hujjati nusxasi;
davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi “texnik pasport” yoki “texnik guvohnoma” nusxasi.
Xaridor arizadagi maʼlumotlar va ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻriligi uchun javobgar hisoblanadi.
Xaridordan ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Quyidagi hollarda zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish rad etiladi:
xaridorning oʻz arizasiga asosan;
ushbu Vaqtinchalik nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
xaridor tomonidan soxta hujjatlar, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganda;
zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalarini xarid qilgan qishloq xoʻjaligi subyekti tugatilganda;
xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari xaridorga mulk huquqi asosida tegishli boʻlmaganda;
xarid qilinganligiga bir yildan oshgan hamda yangi boʻlmagan sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari uchun subsidiya ajratish boʻyicha murojaat qilinganda.
10. Tuman ishchi guruhi tomonidan ariza tushgan kundan eʼtiboran besh ish kunida joyiga chiqqan holda, xaridor xarid qilgan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalarining texnik koʻrsatkichlari taqdim etilgan hujjatlarga mosligi, texnik holati, boshqa shaxsga qayta sotilmaganligi va haqiqatda mavjudligi va ushbu zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari uchun oldin subsidiya ajratilmaganligi oʻrganiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
Oʻrganish natijalari boʻyicha tuman ishchi guruhi mazkur Vaqtinchalik nizomga 3-ilovaga muvofiq xulosani “Agrosubsidiya” AT orqali elektron imzo bilan tasdiqlaydi.
11. Oʻrganish ishlarida mazkur Nizomning 9-10-bandlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmaganligi aniqlanganda, tuman ishchi guruhi uch ish kuni ichida “Agrosubsidiya” AT orqali xaridorga subsidiya ajratishni rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda xabarnoma yuboradi.
Subsidiya ajratish rad etilgan xaridor tuman ishchi guruhining xabarnomasida keltirilgan rad etish sabablarini xabarnomani olgan kundan boshlab besh ish kuni ichida bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
Xaridor tuman ishchi guruhining subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi II boʻlimining 23-bobi (“Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish”).
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar]
12. Tuman ishchi guruhi xaridorga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalarni rasmiylashtirishda quyidagilarga shaxsan masʼul hisoblanadi:
tuman hokimi — ishchi guruh faoliyatini tashkil qilishga va ishchi guruh tomonidan xaridorning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi arizasini joyiga chiqqan holda muddatida va toʻliq oʻrganilishiga hamda rasmiylashtirilgan hujjatlarning haqqoniyligiga;
tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi — subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi va muvofiqlashtirilishiga;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzagroinspeksiya”) tuman boʻlimi rahbari — zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari turi, rusumi, dvigatel va shassi raqamining toʻgʻriligiga;
xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tuman filiali boshqaruvchisi — xaridorning tijorat bankidagi hisobvaragʻi va STIR raqami toʻgʻriligiga.
13. Tuman ishchi guruhi xaridorga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosani rasmiylashtirgandan soʻng bir ish kuni ichida xulosani koʻrib chiqish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
14. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
“Oʻzagroinspeksiya” bilan birgalikda xaridorga xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosani va unga ilova qilingan hujjatlarni ular kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi;
xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosani hamda unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra xaridorga subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish haqidagi xulosani “Agrosubsidiya” AT orqali elektron imzo bilan tasdiqlaydi;
tasdiqlangan xulosaga muvofiq uch ish kuni ichida xaridorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga subsidiya mablagʻlarini oʻtkazib beradi.
Agar xaridorga subsidiya ajratish rad etilganda, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tuman ishchi guruhi rahbari nomiga aniqlangan kamchiliklarni besh ish kuni ichida bartaraf etgan holda, xulosani qayta taqdim etishi toʻgʻrisidagi xabarnomani yuboradi.
Xaridor Qishloq xoʻjaligi vazirligining subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi II boʻlimining 23-bobi (“Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish”).
3-bob. Zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalaridan foydalanishni nazorat qilish
15. Subsidiya ajratilgan xaridor zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalaridan 3 yildan kam boʻlmagan muddatda maqsadli hamda samarali foydalanishi lozim.
Zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalaridan foydalanishdagi mavsumiy tanaffuslar va taʼmirlash davri, shuningdek, boshqa fors-major holatlari bundan mustasno.
16. Zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalaridan maqsadli va samarali foydalanish tuman ishchi guruhi hamda “Oʻzagroinspeksiya”ning hududiy boʻlinmalari tomonidan nazorat qilinadi.
17. Zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalaridan bir yil davomida foydalanilmaganligi yoki ularni boshqacha tarzda begonalashtirilganligi (boshqa shaxsga sotib yuborganlik holati) aniqlanganda, tuman ishchi guruhi yoki “Oʻzagroinspeksiya” shu kunning oʻzida xaridorga ajratilgan subsidiya summasini Qishloq xoʻjaligi vazirligiga toʻliq qaytarish boʻyicha ogohlantirish xatini yuboradi.
18. Subsidiya olgan xaridor ogohlantirish xati yuborilgan kundan boshlab bir oy ichida subsidiyani ixtiyoriy ravishda qaytarmasa yoki qaytarishni rad etsa, subsidiyani majburiy undirish masalasi sud tartibida hal qilinadi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]
19. 2025-2026-yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish maqsadida ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining X bobi.
2025-2026-yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
2025-2026-yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Qishloq xoʻjaligi subyektlari
(keyingi oʻrinlarda — xaridor)
2025-2026-yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhiga (keyingi oʻrinlarda — tuman ishchi guruhi) “Agrosubsidiya” AT orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari xarid qilgandan soʻng bir yil ichida
2-bosqich
Tuman ishchi guruhi
1. Joyiga chiqqan holda, xaridor tomonidan xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalarining texnik koʻrsatkichlari taqdim etilgan hujjatlarga mosligini, texnik holatini, uning boshqa shaxsga qayta sotilmaganligini va haqiqatda mavjudligini, ushbu zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari uchun oldin subsidiya ajratilmaganligini oʻrganadi.
5 ish kuni ichida
2. Oʻrganishda kamchiliklar aniqlanganda, tuman ishchi guruhi aniq sabablarni koʻrsatgan holda, xulosa berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda “Agrosubsidiya” AT orqali xaridorga maʼlum qiladi.
3 ish kuni ichida
3. Oʻrganish natijalariga koʻra “Agrosubsidiya” AT orqali subsidiya ajratish yuzasidan xulosani tayyorlaydi va tasdiqlaydi.
4. Xaridorga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosani rasmiylashtirgandan soʻng koʻrib chiqish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboradi.
1 ish kuni ichida
3-bosqich
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
1. “Oʻzagroinspeksiya” bilan birgalikda zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizini qoplash boʻyicha roʻyxatlarni “Agrosubsidiya” AT orqali koʻrib chiqadi va yakuniy xulosa qabul qiladi.
3 ish kuni ichida
2. Tasdiqlangan xulosaga muvofiq xaridorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga subsidiya mablagʻlarini oʻtkazib beradi.
3 ish kuni ichida
2025-2026-yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
2025-2026-yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhning
NAMUNAVIY TARKIBI
1. Tuman hokimi, ishchi guruh rahbari
2. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi — ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari
3. “Oʻzagroinspeksiya”ning tuman boʻlimi rahbari
4. Xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tuman filiali boshqaruvchisi
2025-2026-yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 3-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
___________ tumani hokimi,
tuman ishchi guruhi rahbari
__________ _______________
(imzo) ________ (F.I.O.)
20___ yil “____” __________
2025-2026-yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhining
XULOSASI
_________________ tumanida 2025-2026-yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhi “___________________________” MCHJ/fermer xoʻjaligi/dehqon xoʻjaligining 20___ yil “___” ___________dagi ____-son murojaati oʻrganib chiqildi va quyidagilar aniqlandi:
1. Qishloq xoʻjaligi subyektining nomi: ________________________________________________
2. Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki nomi: “_____________” ATB __________ filiali.
XULOSA:
“_________________” MCHJ/fermer xoʻjaligi/dehqon xoʻjaligi tomonidan _______________________ _______________________________________________________________________________ ushbu qurilmadan kamida uch yil mobaynida foydalanish sharti bilan ___________ mln soʻm subsidiya ajratish maqsadga muvofiq deb topildi.
Tuman ishchi guruhi aʼzolari:
T/r
F.I.O.
Imzo
Lavozimi
1.
Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
2.
“Oʻzagroinspeksiya”ning tuman boʻlimi rahbari
3.
Xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tuman filiali boshqaruvchisi
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-fevraldagi 97-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
nomidagi “va dorivor oʻsimliklar” soʻzlari “, dorivor oʻsimliklar va sholi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bosqich pozitsiyasi “Chora-tadbirlar” ustunining 1-bandidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2025-y., 09/25/97/0149-son)