Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 19-avgustdagi 460-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qaroriga muvofiq organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya vositalari qoʻllashni jadallashtirish hamda aholi isteʼmoli uchun xavfsiz va sifatli mahsulotlarni yetkazib berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 19-avgustdagi 460-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish;
subsidiya olish uchun talabgorlar tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilinganini tasdiqlovchi ayrim hujjatlarni (eksport shartnomasi, yuk bojxona deklaratsiyasi, valyuta tushumi va boshqalar) taqdim etishni bekor qilish.
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 20-avgust,
520-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-con qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 19-avgustdagi 460-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Nomi va muqaddimadagi “Eksportbop” soʻzi chiqarib tashlansin.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
uchinchi xatboshidagi “eksportbop” soʻzi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunanda, kasallik va begona oʻtlardan himoya qilishda biologik himoya usuli qoʻllangan maydonlar uchun har bir ekin turini hisobga olgan holda hosil yilining yakuni boʻyicha bir marotaba subsidiya ajratish tartibi”.
ikkinchi xatboshidagi “kelgusi yilda” soʻzlari “hosil yilida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “eksportbop” soʻzi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“hosil yilining 5-sentabriga qadar tuman (Quvasoy shahar)da qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha tuman (Quvasoy shahar) manzilli roʻyxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga yuboradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari tumanlar (Quvasoy shahar) manzilli roʻyxatini umumlashtiradi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlangan umumlashtirilgan manzilli roʻyxatni hosil yilining 25-sentabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboradi”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Manzilli roʻyxatlar toʻgʻri shakllantirilganligiga tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari masʼul hisoblanadi”;
“b” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“v” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“biologik himoya usulini qoʻllashning hududiy manzilli roʻyxatlarini hosil yilining 1-oktabriga qadar umumlashtiradi va 5-oktabriga qadar tasdiqlaydi”;
“g” kichik banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 4-banddagi “eksportbop” soʻzi chiqarib tashlansin.
5. 5-banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Agrosubsidiya” axborot tizimi — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish yuzasidan materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish hamda vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish hamda imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish imkonini beruvchi axborot tizimi;
biologik himoya usuliqishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi biologik entomofaglar, feramon tutqich, biologik va mikrobiologik preparatlar bilan kurashish usuli;
biologik entomofaglarbiolaboratoriyalarda koʻpaytirilib, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari zararkunandalariga qarshi kurashishda qoʻllanadigan biomahsulotlar (trixogramma, oltinkoʻz, brakon va boshqalar);
biologik preparatlarqishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda qoʻllanadigan mikroorganizmlar va boshqa tirik organizmlar asosida ishlab chiqilgan vositalar;
manzilli roʻyxat — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, Toshkent shahri hamda tumanlar (Quvasoy shahri) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllovchilar roʻyxati;
mikrobiologik preparatlarqishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashishda qoʻllanadigan mikroorganizmlar (bakteriyalar, zamburugʻlar va viruslar);
subsidiya — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab beriladigan qismi;
talabgor — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha biologik xususiyatga ega boʻlgan mahsulotlardan foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslar;
feromon tutqich — zararli hashoratlarni aniqlash va bashorat qilish hamda biologik kurashning muddatlari va meʼyorlarini belgilashda qoʻllanadigan vosita.
3. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda oʻsimliklarni zararkunanda, kasallik va begona oʻtlarga qarshi kimyoviy himoya vositalaridan foydalanishdan biologik himoya vositalaridan (mahsulot) foydalanishga oʻtish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi.
Bunda:
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunanda, kasallik va begona oʻtlardan himoya qilishda biologik himoya usuli qoʻllangan maydonlar uchun har bir ekin turini hisobga olgan holda, hosil yili yakuni boʻyicha bir marotaba subsidiya ajratiladi;
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi bir gektarga sarflanadigan biologik himoya vositalari (mahsulot) miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish boʻyicha namunaviy texnologik karta asosida belgilanadi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda Oʻzbekistonda ishlatishga ruxsat etilgan biologik xususiyatga ega boʻlgan mahsulotlardan foydalaniladi, bunda ruxsat etilgan biologik vositalar (mahsulot) roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan eʼlon qilinadi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usuli qoʻllangan maydonlar uchun har bir ekin turini hisobga olgan holda hosil yili yakuni boʻyicha bir marotaba subsidiya ajratiladi;
talabgorga subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdori biologik himoya usuli qoʻllangan maydonlar uchun biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlarning 50 foizi miqdorida belgilanadi. Bunda sarflangan xarajatlarning subsidiyalashdan qolgan qismi talabgorning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha materiallarni jamlash, koʻrib chiqish hamda vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Talabgor qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usuli qoʻllangan maydonlarga subsidiya olish uchun “Agrosubsidiya” axborot tizimi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilgan tegishli havola (giperhavola) orqali ariza bilan murojaat qiladi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, Toshkent shahri hamda tumanlar (Quvasoy shahri) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan manzilli roʻyxatga (keyingi oʻrinlarda — manzilli roʻyxat) asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllagan talabgorga subsidiya mablagʻlari hosil yilining 1-dekabriga qadar ajratiladi.
5. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplanadi.
2-bob. Manzilli roʻyxatni shakllantirish tartibi
6. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatni shakllantirish yuzasidan tuman (Quvasoy shahri) ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — tuman ishchi guruhi) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining tuman (Quvasoy shahri) boʻlimlari tuman ishchi guruhining ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — tuman ishchi organi) hisoblanadi.
8. Talabgor qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatga kiritish uchun hosil yilining 31-avgustiga qadar tuman ishchi guruhiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq elektron shakldagi ariza bilan “Agrosubsidiya” axborot tizimi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilgan tegishli havola (giperhavola) orqali murojaat qiladi.
Bunda:
talabgorga tegishli boʻlgan yer uchastkasining maydoni (gektarda), shu jumladan, ekin, bogʻ va tokzorlar maydoni;
hosil yilida ekilishi rejalashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va ularning maydoni (gektarda);
biologik himoya usuli qoʻllanadigan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va ularning maydoni (gektarda) toʻgʻrisida maʼlumotlarni kiritadi.
9. Tuman ishchi guruhi:
talabgor arizasini qabul qiladi va oʻn ish kunida talabgorning murojaati asosida hosil yilida ekilishi rejalashtirilayotgan yoki ekilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va ularning maydonlarini joyiga chiqib oʻrganadi;
biologik himoya usuli qoʻllanadigan yoki qoʻllangan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va ularning maydonini tahlil qiladi. Bunda talabgorning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer maydonlarining holatini, yaʼni zararkunanda va kasalliklar, begona oʻtlardan tozalangani, qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirishga tayyorligi, bogʻlar, uzumzor va boshqa ekinlarning haqiqatda ekilganini (borligini) aniqlaydi;
talabgorni qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatga kiritish yoki kiritmaslik yuzasidan xulosani ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda tayyorlaydi.
Talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, talabgor ushbu kamchiliklarni oʻn ish kunida bartaraf etib, hujjatlarni qayta taqdim etishi mumkin.
Tuman ishchi guruhi xulosasidan norozi boʻlgan talabgor belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga shikoyat qilishi mumkin.
Hosil yilining 15-sentabriga qadar tumanda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha tuman manzilli roʻyxatini shakllantiradi.
Tumanda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash manzilli roʻyxati ikki ish kunida tuman ishchi guruhi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan tuman manzilli roʻyxati hosil yilining 20-sentabriga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga hamda viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga taqdim qilinadi.
Talabgorni manzilli roʻyxatga kiritilgani yoki kiritish rad etilgani toʻgʻrisida bir ish kunida xabardor qiladi.
Belgilangan tartibda maʼlumotlarni “Agrosubsidiya” axborot tizimiga kiritadi.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari tumanlar manzilli roʻyxatini umumlashtiradi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlangan umumlashtirilgan manzilli roʻyxatni hosil yilining 25-sentabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboradi.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hosil yilida ekilishi va biologik himoya usulida ishlov berilishi rejalashtirilgan qishloq xoʻjaligi ekin turlari va maydonlarining umumiy manzilli roʻyxati hosil yilining 1-oktabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan kelishiladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi kelishilgan umumiy manzilli roʻyxatni hosil yilining 5-oktabriga qadar tasdiqlaydi.
3-bob. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligida ochiladigan maxsus gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
14. Talabgor subsidiya olish uchun hosil yilining 11-oktabridan 25-oktabriga qadar tuman ishchi guruhiga “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq elektron shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
Talabgorning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:
biologik himoya usuli qoʻllangan maydonlar (gektarda);
biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻ miqdori (soʻmda), (hisobvaraq-faktura, chek va boshqalar);
biologik himoya usuli qoʻllangan maydonlarda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining tarkibidagi asosiy pestitsidlar qoldigʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (xulosa), belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriya tahlili natijalari;
talabgorning tijorat banklaridagi asosiy hisobvaragʻi.
15. Tuman ishchi guruhi hujjatlarni qabul qilib olgan kundan eʼtiboran oʻn ish kunida:
talabgorga tegishli boʻlgan yer uchastkasida mahsulot pishib yetilgandan keyin olingan laboratoriya tahlili natijalarini oʻrganadi;
talabgor tomonidan biologik himoya usuli qoʻllangan maydonlar uchun biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlarni tegishli dalolatnoma asosida rasmiylashtiradi;
dalolatnoma va subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga koʻrib chiqish va umumlashtirish uchun taqdim etadi.
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari besh ish kunida:
tuman ishchi guruhi tomonidan taqdim qilingan subsidiya ajratishga tavsiya qilingan talabgorlar roʻyxatini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
umumlashtirilgan roʻyxatni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim qiladi. Bunda umumlashtirilgan roʻyxatga tegishli dalolatnomalar va subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalar ilova qilinadi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarni uch ish kunida koʻrib chiqib, tasdiqlaydi;
tasdiqlangan roʻyxatlarga muvofiq hosil yilining 1-dekabriga qadar talabgorlarning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga subsidiya mablagʻlarini oʻtkazib beradi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan birgalikda talabgorlar tomonidan qoʻllanadigan biologik himoya usulini monitoring qilib boradi hamda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilishda ularga har tomonlama koʻmaklashadi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash boʻyicha Texnik ishchi guruh tomonidan 2027-yil 1-yanvarga qadar ushbu subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi baholanadi. Bunda:
subsidiyani ajratish natijasida subsidiya ajratilgan subyektlarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini biologik himoya usulini qoʻllagan holda yetishtirish hajmi oshganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “ijobiy”;
subsidiya oluvchi subyekt tomonidan olingan subsidiyadan foydalanilmayotgani yoki undan samarasiz foydalanayotgani, shuningdek, subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanilgani aniqlanganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “salbiy” deb baholanadi.
20. Talabgorlarning biologik himoya usulini qoʻllash bilan bogʻliq xarajatlari bir qismini qoplash boʻyicha Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
21. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

(jismoniy va yuridik shaxslar)

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatga kiritish uchun tuman ishchi guruhiga elektron shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.

Hosil yilining 31-avgustiga qadar

2-bosqich

Tuman ishchi guruhi

Talabgorning murojaati asosida hosil yilida ekilishi rejalashtirilayotgan yoki ekilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va ularning maydonlarini joyiga chiqib oʻrganadi.

Biologik himoya usuli qoʻllanadigan yoki qoʻllangan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va ularning maydonini tahlil qiladi. Bunda talabgorning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer maydonlarining holatini, yaʼni zararkunanda va kasalliklar, begona oʻtlardan tozalangani, qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirishga tayyorligi, bogʻlar, uzumzor va boshqa ekinlarning haqiqatda ekilganini (borligini) aniqlaydi.

Talabgorni qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatga kiritish yoki kiritmaslik yuzasidan xulosa beradi.

10 ish kunida

3-bosqich

Tuman ishchi guruhi

Tumanda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha tuman manzilli roʻyxatini shakllantiradi.

Hosil yilining 15-sentabriga qadar

4-bosqich

Tuman ishchi guruhi

Tumanda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash manzilli roʻyxati tasdiqlanadi.

2 ish kunida

5-bosqich

Tuman ishchi guruhi

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashning tuman manzilli roʻyxatini tasdiqlaydi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga yuboradi.

Hosil yilining 20-sentabriga qadar

6-bosqich

Tuman ishchi guruhi

Talabgorni manzilli roʻyxatga kiritilgani yoki kiritish rad etilgani toʻgʻrisida xabardor qiladi.

Belgilangan tartibda maʼlumotlarni “Agrosubsidiya” axborot tizimiga kiritadi.

1 ish kunida

7-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari

Tuman manzilli roʻyxatlarini umumlashtirib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboradi.

Hosil yilining 25-sentabriga qadar

8-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hosil yilida ekilishi va biologik himoya usulida ishlov berilishi rejalashtirilgan qishloq xoʻjaligi ekin turlari va maydonlarining umumiy manzilli roʻyxati Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan kelishadi.

Hosil yilining 1-oktabriga qadar

9-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Kelishilgan umumiy manzilli roʻyxatni tasdiqlaydi.

Hosil yilining 5-oktabriga qadar

10-bosqich

Talabgor

Subsidiya olish uchun tuman ishchi guruhiga quyidagilarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

biologik himoya usuli qoʻllangan maydonlar;

biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlar miqdori;

laboratoriya tahlili natijalari;

tijorat bankidagi asosiy hisobvaragʻi.

Hosil yilining 11-oktabridan 25-oktabriga qadar

11-bosqich

Tuman ishchi guruhi

Talabgorga tegishli boʻlgan yer uchastkasida mahsulot pishib yetilgandan keyin olingan laboratoriya tahlili natijalarini oʻrganadi.

Talabgor tomonidan biologik himoya vositalarni xarid qilishga sarflangan mablagʻlarni dalolatnoma asosida rasmiylashtiradi.

Dalolatnoma va subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga koʻrib chiqish va umumlashtirish uchun taqdim etadi.

10 ish kunida

12-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari

Tuman ishchi guruhi tomonidan taqdim qilingan subsidiya ajratishga tavsiya qilingan talabgorlar roʻyxatini tahlil qiladi va umumlashtiradi.

Umumlashtirilgan roʻyxatni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim qiladi. Bunda umumlashtirilgan roʻyxatga tegishli dalolatnomalar va subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalar ilova qilinadi.

5 ish kunida

13-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarni koʻrib chiqib, tasdiqlaydi.

3 ish kunida

14-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Tasdiqlangan roʻyxatlarga muvofiq talabgorlarning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga subsidiya mablagʻlarini oʻtkazib beradi.

Hosil yilining 1-dekabriga qadar

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatni shakllantirish yuzasidan tuman ishchi guruhining
NAMUNAVIY TARKIBI

T/r

F.I.O

Lavozimi

1.

Lavozimi boʻyicha

tuman (Quvasoy shahri) hokimi, ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimi boʻyicha

tuman (Quvasoy shahri) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi

3.

Lavozimi boʻyicha

tuman (Quvasoy shahri) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi

4.

Lavozimi boʻyicha

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman (Quvasoy shahri) boʻlimi boshligʻi

5.

Lavozimi boʻyicha

tuman (Quvasoy shahri) fermerlar kengashi raisi

6.

Lavozimi boʻyicha

xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tuman (Quvasoy shahri) filiali rahbari

7.

Lavozimi boʻyicha

Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman (Quvasoy shahri) boʻlimi boshligʻi, ishchi guruh kotibi

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatga kiritish uchun tuman ishchi guruhiga

ARIZA
 

_________________________________________________________________________ tomonidan

(qishloq; xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchi jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs rahbari F.I. O.)

________________________ tumandagi _______________________ hududda faoliyat koʻrsatayotgan

_______________________________________ning jami ekin yer maydoni ___________ gektariga,

_______________ (yuridik shaxs nomi)

shundan _______ gektari bogʻ, ______ gektari tokzor va _________ gektariga boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari ekiladi.

20 ___ yilda ekin maydonlarining jami ____________ gektariga, shundan gʻoʻza maydonlarining _________ gektariga, donli ekinlar maydonining __________ gektariga, sabzavot ekinlari maydonining __________ gektariga, kartoshka ekilgan maydonning __________ gektariga, poliz va boshqa ekinlar ekilgan maydonning _________ gektariga, bogʻ va tokzorlar maydonining ___________ gektariga biologik himoya usuli joriy etiladi.

____________________________________ni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda

______________ (yuridik shaxs nomi)

biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatga kiritishingizni soʻrayman.

_________________________________ rahbari

_________

___________________

(yuridik shaxs nomi)

(imzo)

(F.I.O.)

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Talabgorni qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatga kiritish yoki kiritmaslik yuzasidan

XULOSA
 

__________________________________________________________________________ tomonidan

(qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchi jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs rahbari F.I.O)

____________ tumandagi _____________ hududida faoliyat koʻrsatayotgan_________________ning

(yuridik shaxs nomi)

20 _____ yilda ekiladigan ekinlarining jami ______________ gektariga, shundan paxta ____________ gektar, donli ekinlar ___________ gektar, sabzavot __________ gektar, kartoshka ___________ gektar, poliz __________ gektar va boshqa ekinlar ____________ gektar va ___________ gektar bogʻ va tokzorlarga biologik himoya usuli qoʻllanadi.

____________________________________________________ni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari

________________ (jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs nomi)

yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash boʻyicha manzilli roʻyxatga kiritish maqsadga muvofiq (muvofiq emas).

Ishchi guruh aʼzolari

T/r

F.I.O

Lavozimi

1.

Lavozimi boʻyicha

tuman (Quvasoy shahri) hokimi, ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimi boʻyicha

tuman (Quvasoy shahri) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi

3.

Lavozimi boʻyicha

tuman (Quvasoy shahri) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi

4.

Lavozimi boʻyicha

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman (Quvasoy shahri) boʻlimi boshligʻi

5.

Lavozimi boʻyicha

tuman (Quvasoy shahri) fermerlar kengashi raisi

6.

Lavozimi boʻyicha

xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tuman (Quvasoy shahri) filiali rahbari

7.

Lavozimi boʻyicha

Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman (Quvasoy shahri) boʻlimi boshligʻi, ishchi guruh kotibi

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlarni qoplab berish (subsidiya) uchun

ARIZA
 

____________________ tumani _______________________________ hududida faoliyat koʻrsatayotgan

____________________________________________________________________________ tomonidan

(jismoniy yoki yuridik shaxs nomi)

20 ___ yilda jami ____ gektarda, jumladan, ____-konturdagi ____ gektar, ____-konturdagi ____ gektar, ____-konturdagi ____ gektar, ____-konturdagi ____ gektar maydonda biologik himoya usulini qoʻllagan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirildi. Ushbu mahsulotlarni yetishtirishda biologik himoya vositalarini xarid qilishga ________________ soʻm xarajat qilindi.

____________________________________________________________ tomonidan 20 _____ yilda

(jismoniy yoki yuridik shaxs nomi)

ekologik toza, kimyoviy vositalardan xoli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini qoplab berish (subsidiya)da amaliy yordam berishingizni soʻrayman.

___________________________________ rahbari

________

_________________

(jismoniy yoki yuridik shaxs nomi)

(imzo)

(F.I.O)

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)