Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish va muqobil energiyadan foydalanish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni hamda “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya miqdorini hisoblash;
paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratilgan subsidiyadan samarali foydalanilishi ustidan nazorat olib borish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qaroriga muvofiq 2022-yildan boshlab:
a) tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlari doirasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga 10 gektardan kam boʻlmagan, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorishda quyidagi xarajatlarining bir qismini qoplash uchun:
qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalarini sotib olish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 100 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda;
koʻchma generatorlar uskunalarini sotib olish xarajatlarining 30 foizigacha, biroq 30 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratish tizimini joriy qilsin;
b) qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va koʻchma generatorlar kabi uskunalarni joriy qilish boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirib borsin.
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda 10 gektardan kam boʻlmagan, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishni Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agro-subsidiya” yagona axborot tizimi orqali yoʻlga qoʻyish yuzasidan taklif kiritsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyun,
315-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 315-son qaroriga
1-ILOVA
Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisida
nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga (keyingi oʻrinlarda — talabgorlar) 10 gektardan kam boʻlmagan, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
subsidiya — talabgorlarning 10 gektardan kam boʻlmagan, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻ;
talabgorlar — qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan yer maydonida 2022-yil yoki undan keyingi yillarda 10 gektardan kam boʻlmagan, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari va koʻchma generatorlar kabi uskunalar — 10 gektardan kam boʻlmagan, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun nasos stansiyalari va sugʻorish quduqlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida quyosh, suv, shamol yordamida hamda koʻchma generatorlar orqali elektr energiyasini hosil qiluvchi qurilmalar;
xulosa — 10 gektardan kam boʻlmagan, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olgan talabgorga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tarkibdagi tuman ishchi guruhi tomonidan beriladigan va subsidiya ajratish uchun asos boʻladigan hujjat.
3. Talabgorlarga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha 10 gektardan kam boʻlmagan, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun:
qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalarini sotib olish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 100 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda;
koʻchma generator uskunalarini sotib olish xarajatlarining 30 foizigacha, biroq 30 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiya beriladi.
2-bob. Subsidiya miqdorini hisoblash tartibi
4. Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplash uchun subsidiya miqdorini hisoblash va uni ajratish yuzasidan dalolatnoma ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan namunaviy tarkib asosida shakllantiriladigan Paxta va boshoqli don ekin maydonlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tomonidan tayyorlanadi.
5. Talabgorlar subsidiya ajratish toʻgʻrisida ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha ariza bilan ishchi guruhga (tuman hokimligiga) yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan paxta va kuzgi boshoqli don ekin maydonlari (konturlar kesimida) toʻgʻrisida maʼlumot;
sotib olingan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarning sertifikati va texnik pasporti;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olinganligi va oʻrnatilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar (ijrochi bilan tuzilgan shartnomalar, bajarilgan qurilish, sinov-sozlash ishlariga oid maʼlumotlar);
talabgorlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxalari.
6. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar talabgorlar tomonidan ishchi guruhga (tuman hokimligiga) pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali taqdim etiladi.
Talabgorlar taqdim etilgan hujjatlar hamda ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javobgar boʻladi.
7. Ishchi guruh:
ariza tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻgʻri va toʻliqligini tekshiradi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni qurilish-sozlash ishlari yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilganligini joyiga chiqib oʻrganadi;
oʻrnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari va koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishi toʻgʻrisida ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnomani tasdiqlaydi hamda talabgorlarga yuboradi;
taqdim etilgan hujjatlar toʻgʻri yoki toʻliq boʻlmaganda yoxud qurilish-sozlash ishlari yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilmagan taqdirda, oʻrnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishini rad etish toʻgʻrisida ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnomani tasdiqlaydi hamda talabgorlarga yuboradi.
Talabgorlar ishchi guruhdan oʻrnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplashni rad etish toʻgʻrisidagi dalolatnomada koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etganidan keyin bir oy muddatda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ishchi guruhga (tuman hokimligiga) takroran murojaat qilishi mumkin.
Talabgor tuman ishchi guruhining ushbu qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, sud organlariga shikoyat qilishi mumkin.
3-bob. Subsidiya ajratish tartibi
8. Ushbu Nizomga asosan 10 gektardan kam boʻlmagan, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya 2022-yil va undan keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti parametrlari doirasida ajratiladi hamda quyidagi tashkilotlarning maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida yuritiladi:
Qishloq xoʻjaligi vazirligi — boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash;
Suv xoʻjaligi vazirligi — paxta maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladi.
9. Tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan talabgorlarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalar rasmiylashtirilib, ishchi guruhning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi va umumlashtirilib, roʻyxat asosida har oʻn kunda hududiy ishchi guruhga koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Talabgorlarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalarning haqqoniyligi uchun tuman (shahar) ishchi guruhi masʼul hisoblanadi.
10. Hududiy ishchi guruhlar roʻyxat kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida uni umumlashtiradi va tahlil qiladi, agar taqdim etilgan hujjatlarda keltirilgan maʼlumotlarda kamchilik aniqlansa, joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
har oʻn kunda subsidiya oladigan talabgorlarning roʻyxatini umumlashtirib, tegishliligicha 1-avgustga qadar Suv xoʻjaligi vazirligi hamda 20-noyabrga qadar Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
11. Suv xoʻjaligi vazirligi hududiy ishchi guruhlar tomonidan taqdim qilingan roʻyxatlarga muvofiq talabgorlarga paxta maydonlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun talab etiladigan subsidiyani 10-avgustga qadar talabgorlarning bank kartasi yoki tijorat bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hududiy ishchi guruhlar tomonidan taqdim qilingan roʻyxatlarga muvofiq talabgorlarga boshoqli don ekin maydonlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun talab etiladigan subsidiyani 1-dekabrga qadar talabgorlarning bank kartasi yoki tijorat bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
13. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratilgan subsidiyaning samarali foydalanilishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan doimiy nazorat amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhining
NAMUNAVIY TARKIBI

1.

Tuman hokimi, ishchi guruh rahbari

2.

Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

Tuman moliya boʻlimi boshligʻi

4.

Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi

5.

Tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi

6.

Xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tuman filiali boshqaruvchisi

7.

“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining hududiy boʻlimi boshligʻi, ishchi organ

8.

Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya toʻlash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

I. Subsidiya miqdorini hisoblash tartibi

1-bosqich

Talabgorlar

Subsidiya ajratish yuzasidan ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha ariza bilan tuman ishchi guruhiga murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Tuman ishchi guruh

Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻgʻri va toʻliqligini tekshiradi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni qurilish-sozlash ishlari yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilganligini joyiga chiqib oʻrganadi. Bunda:

oʻrnatilgan energiya samarador qurilmalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishi toʻgʻrisidagi ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnomani tasdiqlaydi hamda talabgorlarga yuboradi;

taqdim etilgan hujjatlar toʻgʻri yoki toʻliq boʻlmaganda yoxud qurilish-sozlash ishlari yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilmagan taqdirda, oʻrnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishini rad etish toʻgʻrisidagi ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnomani tasdiqlaydi hamda talabgorlarga yuboradi.

Talabgorlar rad etish toʻgʻrisidagi dalolatnomada koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etganlaridan keyin, bir oy muddatda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ishchi guruhga takroran murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kunida

3-bosqich

Tuman ishchi guruh

Ijobiy xulosa rasmiylashtirilgandan soʻng, hujjatlar umumlashtirilib, subsidiya ajratiladigan talabgorlar roʻyxatini hududiy ishchi guruhlarga yuboradi.

Murojaat kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kunida

II. Subsidiya ajratish tartibi

4-bosqich

Hududiy ishchi guruh

Talabgorlarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalarni tushgan kundan eʼtiboran umumlashtiradi va tahlil qiladi, agar taqdim etilgan hujjatlarda keltirilgan maʼlumotlarda kamchilik aniqlansa, joyiga chiqqan holda ishlash jarayonini oʻrganadi

Har oʻn kunda

5-bosqich

Hududiy ishchi guruh

Subsidiya oladigan talabgorlarning roʻyxatlarini umumlashtirib, tegishliligicha:

Suv xoʻjaligi vazirligiga;

1-avgustga qadar

Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.

20-noyabrga qadar

6-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi

Hududiy ishchi guruhlar tomonidan taqdim qilingan roʻyxatlarga muvofiq talabgorlarga paxta maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun talab etiladigan subsidiyani talabgorlarning bank kartasi yoki tijorat bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

10-avgustga qadar

7-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Hududiy ishchi guruhlar tomonidan taqdim qilingan roʻyxatlarga muvofiq talabgorlarga boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalar sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun talab etiladigan subsidiyani talabgorlarning bank kartasi yoki tijorat bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

1-dekabrga qadar

Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎ARIZA

‎‎1. Qurilma nomi _____________________________________________________________________________

‎2. Qurilmaning turi __________________________________________________________________________

‎3. Qurilmaning quvvati ________________________________________________________________________

‎4. Qurilmaning joylashgan manzili ______________________________________________________________

‎5. Qurilmaning kafolat muddati “_______” 202

‎6. Qurilmani oʻrnatgan tashkilot ________________________________________________________________

‎7. Qurilmaning oʻrnatilgan vaqti “_______” 202

‎8. Quyidagilar ilova qilinadi:

‎1. __________________________ (_____ varaqda)

‎2. __________________________ (_____ varaqda)

‎3. __________________________ (_____ varaqda)

‎4. __________________________ (_____ varaqda)

9. Vazirlar Mahkamasining 20___ yil “____” _______________ dagi _______-son qarori bilan tasdiqlangan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari doirasida ishchi guruh tegishli oʻrganishlarni amalga oshirib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan oʻrnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni xarid qilish xarajatlarining bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishi boʻyicha belgilangan shaklga muvofiq dalolatnoma rasmiylashtirilgandan soʻng ajratiladigan mablagʻni bank kartamga yoki bankdagi hisobvaragʻimga oʻtkazib berilishini soʻrayman.

‎‎
‎Bank hisobvaragʻi va rekvizitlari:_______________________________________________________________

‎ ___________________________________________________________________________________________

‎10. Men _____________________________________________________________________________________

‎‎(yuridik shaxsning nomlanishi, tashkiliy-huquqiy shakli, STIR raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili)

‎‎barcha taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman __________________________________
(imzo)‎
Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

‎‎Oʻrnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi
‎ uskunalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi
‎ Davlat budjetidan qoplanishi toʻgʻrisida
‎DALOLATNOMA

‎‎20____ “____”__________dagi _____-son

‎‎Mazkur dalolatnoma ishchi guruh rahbari _________________________________________________________

‎‎(lavozimi, F.I.O.)

‎‎va ishchi guruh aʼzolari ________________________________________________________________________

‎‎(ish joyi va lavozimi,F.I.O.)

‎‎________________________________________________________________________________

‎qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni oʻrnatgan yuridik shaxs ___________________________________________________________________________________________

‎‎( yuridik shaxs nomi)

‎‎uskunalarni oʻrnatgan yuridik shaxs vakili ________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎ishtirokida uskuna oʻrnatilganligi toʻgʻrisida tuzildi.
‎‎Obyektning nomi _____________________________________________________________________________

‎Obyektning joylashgan manzili _________________________________________________________________

‎Uskunalar _________ yil _____________________________________________ tomonidan ishlab chiqarilgan.

‎‎(ishlab chiqaruvchi nomi)

‎‎Kafolat muddati _______________________________

‎‎(oy, yil)

‎‎Texnik koʻrsatkichi:
‎‎ishlab chiqarish quvvati _________________;
‎‎(kVt.soat)
‎‎oʻrnatilgan quvvati _____________________
‎‎(kVt.soat)
‎‎Sarflangan mablagʻ:
‎‎oʻz mablagʻi hisobidan _________________________________________________________;‎

‎‎(soʻmda)

‎‎tijorat banki krediti hisobidan _______________________________________________;

‎‎‎‎(soʻmda)

‎‎Ushbu dalolatnoma bilan jismoniy (yuridik) shaxsning energiya samarador uskunalarni ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilganligi va qurilish-sozlash ishlari _______________________________ ravishda amalga oshirilganligini maʼlum qiladi.

‎‎
‎XULOSA:

‎‎____________________________________________________ ga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan

‎‎(yuridik shaxs nomi)

‎‎__________________________________ soʻm miqdorda subsidiya toʻlash maqsadga muvofiq.

‎‎

‎Ishchi guruh aʼzolari:

Tuman hokimi, ishchi guruh rahbari _______________________‎

___________________________‎‎‎‎

‎‎(imzo)

(F.IO)‎‎

Tuman hokimining qishloq va suv
‎xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari __________________ ‎‎

___________________________‎‎‎‎ ‎‎

‎‎(imzo)‎

(F.IO)‎‎ ‎‎

Tuman moliya boʻlimi boshligʻi ___________________________‎‎

___________________________‎‎

‎‎(imzo)

‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎‎Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi __________________

‎‎___________________________‎‎

‎‎(imzo) ‎

‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎‎Tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi ________________________

‎‎__________________________

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎‎Xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining
‎tuman ‎ filiali boshqaruvchisi ___________________________

__________________________

‎‎‎‎(imzo) ‎‎

‎‎‎‎‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎‎“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining
‎ hududiy boʻlimi boshligʻi _______________________________

‎‎__________________________

‎‎(imzo)

‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎‎Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari
‎va ‎tomorqa yer egalari kengashi raisi _____________________

__________________________ ‎‎

‎‎‎‎(imzo)

‎‎‎‎‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Oʻrnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi
‎ uskunalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi
‎Davlat budjetidan qoplanishini rad etish toʻgʻrisida
‎ DALOLATNOMA

‎‎20____ “____”__________dagi _____-son

‎‎Mazkur dalolatnoma ishchi guruh rahbari _________________________________________________________

‎‎(lavozimi, F.I.O.)

‎‎va ishchi guruh aʼzolari ________________________________________________________________________

‎‎(ish joyi va lavozimi,F.I.O.)

‎‎________________________________________________________________________________

‎qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni oʻrnatgan yuridik shaxs ___________________________________________________________________________________________

‎‎( yuridik shaxs nomi)

‎‎uskunalarni oʻrnatgan yuridik shaxs vakili ________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎ishtirokida qurilma oʻrnatilganligi toʻgʻrisida tuzildi.
‎‎Obyektning nomi _____________________________________________________________________________

‎Obyektning joylashgan manzili _________________________________________________________________

‎Uskunalar _________ yil _____________________________________________ tomonidan ishlab chiqarilgan.

‎‎(ishlab chiqaruvchi nomi)

‎‎Kafolat muddati _______________________________

‎‎(oy, yil)

‎‎Texnik koʻrsatkichi:
‎‎ishlab chiqarish quvvati _________________;
‎‎(kVt.soat)
‎‎oʻrnatilgan quvvati _____________________
‎‎(kVt.soat)
‎‎Sarflangan mablagʻ:
‎‎oʻz mablagʻi hisobidan _________________________________________________________;‎

‎‎(soʻmda)

‎‎tijorat banki krediti hisobidan _______________________________________________;

‎‎‎‎(soʻmda)

‎‎Ushbu dalolatnoma bilan jismoniy (yuridik) shaxsning energiya samarador uskunalarni ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilganligi va qurilish-sozlash ishlari _______________________________ ravishda amalga oshirilganligini maʼlum qiladi.

‎‎
‎XULOSA:

‎‎____________________________________________________ ga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan

‎‎(yuridik shaxs nomi)

____________________________ soʻm miqdorida subsidiya mablagʻlari toʻlash maqsadga muvofiq emas.


‎‎‎Rad etish sabablari:


‎‎‎1.__________________________________________________________________________________

‎2.__________________________________________________________________________________

‎3.__________________________________________________________________________________

‎4.__________________________________________________________________________________


‎Ishchi guruh aʼzolari:

Tuman hokimi, ishchi guruh rahbari _______________________‎

___________________________‎‎‎‎

‎‎(imzo)

(F.IO)‎‎

Tuman hokimining qishloq va suv
‎xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari __________________ ‎‎

___________________________‎‎‎‎ ‎‎

‎‎(imzo)‎

(F.IO)‎‎ ‎‎

Tuman moliya boʻlimi boshligʻi ___________________________‎‎

___________________________‎‎

‎‎(imzo)

‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎?Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi __________________

‎‎___________________________‎‎

‎‎(imzo) ‎

‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎‎Tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi ________________________

‎‎__________________________

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎‎Xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining
‎tuman ‎ filiali boshqaruvchisi ___________________________

__________________________

‎‎‎‎(imzo) ‎‎

‎‎‎‎‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎‎“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining
‎ hududiy boʻlimi boshligʻi _______________________________

‎‎__________________________

‎‎(imzo)

‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎‎Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari
‎va ‎tomorqa yer egalari kengashi raisi _____________________

__________________________ ‎‎

‎‎‎‎(imzo)

‎‎‎‎‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 315-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1) qarorning nomi va matnidagi “texnologiyalarni” soʻzi “sugʻorish texnologiyalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2) qarorning muqaddimasida “qarori” soʻzi “hamda “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qarorlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3) 1-bandning toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
“a” kichik bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari hamda “d” kichik bandidagi “yerlarni lazer uskunali tekislagichlar bilan tekislash, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olish” soʻzlari;
“v” kichik bandidagi “yerlarni lazer uskunali tekislagichlar bilan tekislashga, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olishga” soʻzlari;
“g” kichik bandi chiqarib tashlansin;
5) 3-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash va berilgan subsidiyani qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1) Nizomning nomi va matnidagi “texnologiyalarni” soʻzi “sugʻorish texnologiyalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2) 1-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Talabgorlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qarori bilan belgilangan subsidiyalar miqdoriga asosan qoplab beriladi.”;
3) 2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin;
“quruvchi-pudrat tashkilotining ishlab chiqarish bazasi — markaziy boshqaruv ofisiga ega boʻlish hamda loyiha amalga oshirilgan hududda servis xizmati, savdo shoxobchasi tashkil qilinganligi va mahsulotlar zaxirasi yaratilganligi;
“Tomchi-reestr” YAER — suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish ishlari bilan shugʻullanuvchi quruvchi-pudrat tashkilotlarining yagona elektron reyestri;
“Agro-subsidiya” YAAT — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga subsidiya ajratish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishishning yagona axborot tizimi.”;
4) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyasini joriy etish ishlarini bajarish xarajatlari uchun subsidiya Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har bir konturga joriy qilingan texnologiyaning har bir turi hamda sugʻoriladigan ekinlarning bir turi uchun faqat bir marta ajratiladi.”;
5) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Ushbu Nizom talablari paxta, donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari va oziqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor oʻsimliklarni yetishtirish uchun suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari 2022-yil va undan keyingi yillarda joriy etilgan maydonlarga, shuningdek, 2021-yil manzilli roʻyxatga kiritilgan va texnologiya joriy qilingan hamda subsidiya berilmagan maydonlarga tatbiq etiladi.”;
6) 5-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Qishloq xoʻjaligi vazirligi) tomonidan donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari va oziqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor oʻsimliklar yetishtirish uchun suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun beriladi.”;
7) quyidagi mazmundagi 51-band qoʻshilsin:
“51. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga 2022-yildan boshlab Davlat budjetidan subsidiya “Agro-subsidiya” YAAT orqali “Tomchi-reestr” YAERdan oʻtgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan loyihalar uchun ajratiladi.
Bunda Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi “Agro-subsidiya” YAATga barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi va “UzASBO” dasturiy majmuasi bilan integratsiya qilinishini taʼminlaydi.”;
8) 7-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
9) 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Tuman ishchi guruhi har kalendar yilning 1-iyuliga qadar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan muloqotlar oʻtkazadi va kelgusi yilda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qiluvchi talabgorlarni aniqlaydi (ushbu Nizomga 2-ilova).
Talabgorlar suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha manzilli roʻyxatga kiritish toʻgʻrisida har kalendar yilning 1-iyuliga qadar tuman ishchi guruhiga elektron shaklda ariza bilan murojaat qilishi mumkin.”;
10) 9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Tuman ishchi guruhi:
uch ish kunida joyiga chiqqan holda, talabgorlarning suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etiladigan yer maydonlari va ularning shart-sharoitlari, yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlariga mosligi, suv va elektr energiyasi bilan taʼminlanganlik darajasi, “bir kanal — bir tizim” tamoyili asosida joylashishini, oldingi yillar ushbu maydonlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarining joriy etilgan yoki etilmaganligini va boshqa tomonlarini, shuningdek, talabgorlarning moliyaviy holatini oʻrganadi;
oʻrganish natijasi boʻyicha suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha tuman manzilli roʻyxatlarini qishloq xoʻjaligi ekinlari va sugʻorish texnologiyalari turlari, hududlar hamda talabgorlar boʻyicha yer maydonlari va kontur raqamlari, suv manbai, xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari nomi koʻrsatilgan holda shakllantiradi.
Tuman manzilli roʻyxatlari tuman ishchi guruhining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi va tuman ishchi guruhining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan tuman manzilli roʻyxatlari tuman ishchi guruhi tomonidan har kalendar yilning 10-iyuliga qadar “Agro-subsidiya” YAATga kiritiladi.”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Kelgusi yilda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha “Agro-subsidiya” YAATga kiritilgan tumanlar manzilli roʻyxatlarini uch kun muddatda tahlil qiladi, zaruratga koʻra talabgorlar boʻyicha maʼlumotlarni joyiga chiqib oʻrganadi va sugʻorish texnologiyalari turlari, tumanlar, hududlar hamda talabgorlar boʻyicha yer maydonlari, suv manbai, xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari nomi koʻrsatilgan holda hududiy manzilli roʻyxatlarni shakllantiradi.”;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tasdiqlangan hududiy manzilli roʻyxatlar har kalendar yilning 15-iyuliga qadar “Agro-subsidiya” YAATga kiritiladi yoki Suv xoʻjaligi vazirligiga belgilangan tartibda taqdim qilinadi.”;
12) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda hududiy manzilli roʻyxatlarning belgilangan prognoz koʻrsatkichlarga mosligini tahlil qiladi hamda har kalendar yilning 1-avgustiga qadar kelgusi yilda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalariga subsidiya ajratish maqsadida budjet parametrlarini shakllantirishda inobatga olish uchun ularni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qiladi.”;
13) 14-banddagi “sxemaga muvofiq” soʻzlaridan keyin “Agro-subsidiya” YAAT orqali” soʻzlari qoʻshilsin;
14) 15-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Manzilli roʻyxatlarga kiritilgan talabgorlar paxta, donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari va ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor oʻsimliklar (keyingi oʻrinlarda — qishloq xoʻjaligi ekinlari) yetishtirish uchun suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini davlat budjetidan qoplashga subsidiya ajratilishi uchun tuman ishchi guruhiga “Agro-subsidiya” YAAT orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi (ushbu Nizomga 4-ilova).
Arizaga suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyasini qurish boʻyicha quruvchi-pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi, loyiha hujjati va qurilish ishlari yakunlanganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma (agar suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyasini oʻz kuchi va imkoniyatlari orqali qurgan boʻlsa, ehtiyot qismlarni sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi) ilova qilinadi.”;
15) 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Tuman ishchi guruhi ariza tushgan kundan eʼtiboran besh ish kunida:
talabgorning tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarda borligini hamda quruvchi — pudrat tashkilotini “Tomchi-reestr” YAERdan oʻtganligini tekshiradi;
talabgorlar va quruvchi — pudrat tashkilotlari vakili ishtirokida joriy qilingan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarining toʻliq ishlash jarayonini joyida oʻrganadi;
texnologiya sifatli qurilgan, toʻliq ishlagan boʻlsa va belgilangan texnik talablarga javob bersa, hisoblangan subsidiyaning 50 foizini “Agro-subsidiya” YAAT orqali ajratilishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan tayyorlangan xulosaga elektron imzo qoʻyadi.
Tuman ishchi guruhi aʼzolari tomondan imzolangan xulosa tuman hokimi tomonidan elektron imzo bilan tasdiqlanadi.”;
16) 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Oʻrganish natijalariga koʻra suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq boʻlmaganda, sifatsiz qurilgan va texnik talablarga javob bermaganda yoki boshqa kamchiliklar aniqlanganda, tuman ishchi guruhi uch kun ichida aniq sabablarni koʻrsatgan holda subsidiya ajratilishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosa berishni rad etish haqidagi qarorni qabul qiladi hamda “Agro-subsidiya” YAAT orqali talabgorlarga maʼlum qiladi.
Talabgorlar tuman ishchi guruhining ushbu qarorida qayd qilingan kamchiliklarni toʻliq bartaraf qilgandan soʻng tuman ishchi guruhiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaytadan murojaat qilishi mumkin.
Talabgorlar tuman ishchi guruhining ushbu qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, sud organlariga shikoyat qilishi mumkin.”;
17) 19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“19. Tuman ishchi guruhi tomonidan talabgorlarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalar rasmiylashtirilgandan soʻng hududiy ishchi guruhga koʻrib chiqish uchun “Agro-subsidiya” YAAT orqali belgilangan tartibda yuboriladi.”;
18) 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Tuman ishchi guruhi aʼzolari talabgorlarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalarni rasmiylashtirishda quyidagilarga shaxsan masʼul hisoblanadi:
tuman hokimi — ishchi guruh tomonidan talabgorlarning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi arizalarini oʻz vaqtida joyida toʻliq oʻrganilishiga va rasmiylashtirilgan hujjatlarning haqqoniyligiga;
tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — diskret sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan maydonlarni lazer uskunali yer tekislagichlar orqali sifatli tekislanganligiga, subsidiya ajratish boʻyicha hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirish va ularni muvofiqlashtirishga;
tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi — suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan maydonning oʻlchami, kontur raqami va ekin turini aniqlashga;
tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi — joriy qilingan texnologiya turi va uning sifat koʻrsatkichlarini aniqlashga;
tuman moliya boʻlim boshligʻi — subsidiyalarni mazkur nizom talablari asosida toʻgʻri hisob-kitob qilinganligiga;
xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tuman filiali boshqaruvchisi — talabgorlarning tijorat bankidagi hisobvaragʻi va STIR raqami toʻgʻri kiritilishiga;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining tuman boʻlimi boshligʻi — suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilingan maydonlarda ushbu texnologiyalardan foydalanish yuzasidan davriy ravishda nazorat olib borishga;
tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi — quruvchi — pudrat tashkilotlari bilan tuziladigan shartnomalarda fermer xoʻjaliklari huquqini himoya qilishga.
Belgilansinki, talabgorlar tomonidan “Agro-subsidiya” YAAT orqali yuborilgan murojaatlar tuman ishchi guruh aʼzolari tomonidan muddatlar buzilib koʻrib chiqilgan taqdirda, kelishilgan deb hisoblanadi.”;
ikkinchi xatboshidagi “ajratish toʻgʻrisidagi” soʻzlardan, toʻrtinchi xatboshidagi “umumlashtirib,” soʻzidan keyin “Agro-subsidiya” YAAT orqali” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi beshinchi-toʻqqizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Paxta xom ashyosini yetishtirish uchun tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha “Agro-subsidiya” YAAT orqali talabgorlarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tarkibida tashkil etilgan ichki audit guruhlari bilan birgalikda oʻrganiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tarkibida tashkil etilgan ichki audit guruhlari:
hududiy ishchi guruhlar bilan birgalikda paxta maydonlarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha “Agro-subsidiya” YAAT orqali talabgorlarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalarni oʻn kunda tahlil qiladi;
agar taqdim etilgan hujjatlarda keltirilgan maʼlumotlarda kamchilik aniqlansa, joyiga chiqqan holda texnologiyaning ishlash jarayonini oʻrganadi;
paxta xom ashyosini yetishtirish uchun tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilgan talabgorlarga subsidiya ajratish yoki ajratmaslik toʻgʻrisidagi xulosalarni har besh kunda hududiy ishchi guruhlarga hamda Suv xoʻjaligi vazirligining Ichki audit xizmatiga taqdim qilib boradi.”;
20) 22-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha (paxta yetishtirishda joriy qilingan tomchilatib sugʻorish texnologiyasi boʻyicha roʻyxat bundan mustasno) taqdim etilgan talabgorlar roʻyxatlarini ular tushgan kundan boshlab oʻn kun ichida Suv xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda koʻrib chiqadi (ushbu Nizomga 4-ilova);
yakuniy kelishilgan roʻyxatlarga muvofiq talabgorlarning qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida “Agro-subsidiya” YAAT orqali hisob-kitob qilingan subsidiyani ularning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi.”;
ikkinchi xatboshidagi “suvni tejaydigan texnologiyalar” soʻzlari “tomchilatib sugʻorish texnologiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin, “va umumlashtiradi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “qoplash maqsadida” soʻzlaridan keyin “Agro-subsidiya” YAAT orqali hisob-kitob qilingan subsidiyani” soʻzlari qoʻshilsin;
22) quyidagi mazmundagi 231 va 232-bandlar qoʻshilsin:
“231. Talabgorlarga ikkinchi yilda uskunalarning ishlatilishi va birinchi yilga nisbatan hosildorlik oshishiga qarab subsidiyaning qolgan 50 foizi, uchinchi yilda esa joriy qilingan tizimni ishlatgan holda hosildorlikni saqlab qolgan paxta, gʻalla va meva-sabzavot klasterlariga qoʻshimcha 20 foiz subsidiya ajratiladi.
Bunda talabgorlarga keyingi yillarda ajratiladigan subsidiya tuman va hududiy ishchi guruhlarining mazkur Nizom talablari asosida berilgan xulosalariga koʻra tegishliligicha Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan ajratib beriladi.
232. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Davlat statistika qoʻmitasining har bir qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan hosil toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oldingi yil olingan hosildorlikka taqqoslagan holda tahliliy maʼlumotni “Agro-subsidiya” YAATga kiritadi.”;
23) 4-bob quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4-bob. “Tomchi-reestr” yagona elektron reyestrini shakllantirish va reyting koʻrsatkichlarini baholash tartibi
24. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha quruvchi-pudrat tashkilotlari va mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar “Tomchi-reestr” YAERga quyidagi belgilangan mezonlar asosida tegishli hujjatlarni onlayn tarzda kiritadi:
tashkilot tomonidan mahalliy sharoitda ishlab chiqarishning yoʻlga qoʻyilganligi yoki xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlik guvohnomasi (agar quruvchi-pudrat tashkiloti xorijiy ishlab chiqaruvchining rasmiy dilerlik maqomiga ega boʻlsa, Oʻzbekistonda dilerlik markazi va mahsulotlar bazasini tashkil qilishi lozim);
soliq qarzi va yigʻimlar boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi hamda soliq hisobotlarining toʻliq taqdim etilganligi;
Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida soliq toʻlamaslik xavfi yuqori boʻlgan tashkilotlar roʻyxatida mavjud emasligi;
loyihani amalga oshirish uchun malakali mutaxassislar, jumladan, loyihachi, muhandis va agronom bilan taʼminlanganlik darajasi (har 100 gektar maydon uchun 5 nafar ishchi xodim);
sohaga aloqador oliy va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan oʻzaro hamkorlikning yoʻlga qoʻyilganligi;
loyihalar amalga oshirilgan hududlarda savdo shoxobchasi va servis-xizmat koʻrsatishning yoʻlga qoʻyilganligi.
Bunda “Tomchi-reestr” YAER platformasiga kiritilgan hujjatlarning toʻgʻriligiga tashkilotlar rahbarlari masʼul hisoblanadi.
25. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish ishlariga koʻmaklashuvchi hududiy va tuman ishchi guruhlari suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha “Tomchi-reestr” YAERdan oʻtgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan loyihalar yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatadi hamda faqat ushbu loyihalar yuzasidan talabgorlarga subsidiya ajratilishi yuzasidan tegishli xulosalarni rasmiylashtiradi.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi “Tomchi-reestr” YAERdan oʻtgan quruvchi-pudrat tashkilotlarining reyting koʻrsatkichini yuritadi.
27. Quyidagilar reyting koʻrsatkichlarining asosiy mezonlari etib belgilanadi:
quruvchi-pudrat tashkilotlari tomonidan texnologiyani joriy qilish ishlari loyiha asosida amalga oshirilganligi;
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarining qurilish-montaj ishlari oʻz vaqtida toʻliq joriy etilishi va ularning sifat koʻrsatkichlari koeffitsiyenti;
quruvchi-pudrat tashkilotlari tomonidan loyiha amalga oshirilgan hududlarda servis xizmati yoʻlga qoʻyilganligi;
loyihani amalga oshirish uchun malakali mutaxassislar, jumladan, loyihachi, muhandis va agronom bilan taʼminlanganlik darajasi;
sohaga aloqador oliy va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilganligi;
quruvchi-pudrat tashkilotlari oʻrtasida halol raqobat muhitini shakllantirish orqali mahalliy ishlab chiqarishning yoʻlga qoʻyilishi;
texnologiyadan foydalanish boʻyicha buyurtmachilar tomonidan eʼtirozlar mavjud emasligi.
28. Reytinglar ballari quyidagilardan shakllantiriladi:
tegishli reytinglar koʻrsatkichlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan quruvchi-pudrat tashkilotlari aniqlanadi;
har bir mezon boʻyicha koʻrsatkich ballar yigʻindisidan iborat boʻladi;
har bir mezon boʻyicha hisoblangan ballar yigʻindisi quruvchi-pudrat tashkilotlari reytingini ifodalaydi.
29. Quruvchi-pudrat tashkilotlari reytingi natijalari quyidagi toifalarga boʻlinadi:

T/r

Ishonchlilik darajasi

Umumiy ballar

1.

Mahalliy ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilganligi

20

2.

Oliy taʼlim muassasalariva ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan obyektlarning loyihaoldi birlamchi hujjatlarini tayyorlashda hamda materiallar va hisob-kitoblarni ilmiy-texnik jihatdan asoslanganligini, zamonaviy qurilish materiallari, resurs tejamkor texnologiyalar qoʻllanilishini boʻyicha tegishli xulosalar mavjudligi

20

3.

Hududlarda savdo shoxobchasi va servis-xizmat koʻrsatish markazi mavjudligi

20

4.

Malakali loyihachi, muhandis, agronom va ishchi xodimlar bilan taʼminlanganlik darajasi

15

5.

Texnologiyaning sifat koʻrsatkichlar koeffitsiyenti ≥ 1,0

15

6.

Texnologiyadan foydalanish boʻyicha buyurtmachilar tomonidan eʼtirozlar mavjud emasligi

10

Izoh: Reyting natijalariga koʻra 60 yoki undan koʻp ball toʻplagan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan loyihalar uchun subsidiya ajratiladi.
30. Quyidagi hollarda quruvchi-pudrat tashkilotlari reytingdan chiqariladi:
quruvchi-pudrat tashkilotlarining toʻplagan ballar yigʻindisi 60 balldan past boʻlganda;
quruvchi-pudrat tashkilotlari tomonidan Suv xoʻjaligi vazirligiga reytingdan ixtiyoriy chiqish toʻgʻrisida ariza berilganda;
loyiha amalga oshirilgan hududda buyurtmachilar umumiy sonining 25 foizi yoki undan ortigʻi “Tomchi-reestr” YAER orqali texnologiyadan foydalanish boʻyicha shikoyatlar va arizalar yuborganda hamda kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmaganda;
quruvchi-pudrat tashkilotlari faoliyati tugatilganda”;
24) 38-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“32. Agar joriy qilingan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalaridan yoki uning asosiy qismlaridan sugʻorish mavsumida foydalanilmaslik holatlari aniqlansa, ajratilgan subsidiya quyidagicha tartibda qaytariladi:
ikkinchi yildan foydalanilmasa — subsidiyaning 80 foizi;
uchinchi yildan foydalanilmasa — subsidiyaning 60 foizi;
toʻrtinchi yildan foydalanilmasa — subsidiyaning 40 foizi;
beshinchi yildan foydalanilmasa — subsidiyaning 20 foizi.”;
25) 39-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Agar davlat budjetidan subsidiya olib joriy qilingan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyasidan yoki uning asosiy qismidan maqsadli va samarali foydalanmaslik holati aniqlansa, talabgorga subsidiyaning ushbu Nizom 32-bandida belgilangan miqdorini subsidiyani ajratgan masʼul idoraga (ochiladigan shaxsiy gʻaznahisobvaragʻini koʻrsatgan holda) qaytarish toʻgʻrisida ogohlantirish xati beradi.”;
26) 44-banddagi “38-bandida” soʻzlari “32-bandida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
27) 48-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Paxta xom ashyosini yetishtirish uchun tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun taqdim etilgan subsidiyalardan maqsadli foydalanish holatlari sugʻorish mavsumi davomida kuzatib boriladi.”;
28) 24 — 49-bandlar tegishlicha 24 — 43 bandlar deb hisoblansin;
29) Nizomga 1-ilovada:
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
4. Tuman moliya boʻlimi boshligʻi
5. Xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tuman filiali boshqaruvchisi”;
3 — 6 bandlar tegishlicha 3 — 8 bandlar deb hisoblansin;
6-banddagi “ishchi guruh kotibi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
30) Nizomga 2-ilovada:
1-bosqich “Subyektlar” ustunidagi “Talabgorlar” soʻzlaridan oldin “Tuman ishchi guruhi” soʻzlari qoʻshilsin;
1-bosqich “Chora-tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tuman ishchi guruhi har kalendar yilning 1-iyuliga qadar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan muloqotlar oʻtkazadi va kelgusi yilda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qiluvchi talabgorlarni aniqlaydi.
Talabgorlar suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha manzilli roʻyxatga kiritish toʻgʻrisida tuman ishchi guruhiga elektron shaklda ariza berishi mumkin.”;
2-bosqich “Chora-tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Joyiga chiqqan holda suv va elektr energiyasi bilan taʼminlanganlik darajasi, shuningdek, talabgorlarning moliyaviy holatini oʻrganadi.
2. Oʻrganish natijasi boʻyicha suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishning tuman manzilli roʻyxatlarini shakllantiradi.
3. Tuman manzilli roʻyxatlari tuman ishchi guruhining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi va tuman ishchi guruhining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan tuman manzilli roʻyxatlari tuman ishchi guruhi tomonidan “Agro-subsidiya” YAATga kiritiladi.”;
3-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunida:
1-banddagi “Taqdim etilgan” soʻzlari “Agro-subsidiya” YAATga kiritilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “roʻyxatlar” soʻzidan keyin “Agro-subsidiya” YAATga kiritiladi yoki” soʻzlari qoʻshilsin;
4-bosqich “Muddatlar” ustunidagi “20-iyuliga” soʻzlari “1-avgustiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31) Nizomga 3-ilova chiqarib tashlansin;
32) Nizomga 4-ilovada:
1-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunidagi “ariza bilan yozma yoki” soʻzlari “Agro-subsidiya” YAAT orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bosqich “Chora-tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Talabgorlarning tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarda borligini hamda quruvchi — pudrat tashkiloti “Tomchi-reestr” YAERdan oʻtganligini tekshiradi.
2. Talabgorlar va quruvchi — pudrat tashkilotlari vakili ishtirokida joriy qilingan suvni tejaydigan texnologiyalarning toʻliq ishlash jarayonini joyida oʻrganadi.
Texnologiya sifatli qurilgan, toʻliq ishlagan boʻlsa va belgilangan texnik talablarga javob bersa, hisoblangan subsidiyaning 50 foizi “Agro-subsidiya” YAAT orqali ajratilishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan tayyorlangan xulosaga elektron imzo qoʻyadi.
3. Oʻrganish natijalariga koʻra suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq boʻlmaganda, sifatsiz qurilgan va texnik talablarga javob bermaganda yoki boshqa kamchiliklar aniqlanganda, tuman ishchi guruhi uch kun ichida aniq sabablarni koʻrsatgan holda subsidiya ajratilishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosa berishni rad etish haqidagi qarorni qabul qiladi hamda “Agro-subsidiya” YAAT orqali talabgorlarga maʼlum qiladi.
Talabgorlarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalar rasmiylashtirilgandan soʻng hududiy ishchi guruhga koʻrib chiqish uchun “Agro-subsidiya” YAAT orqali belgilangan tartibda yuboriladi.”;
3-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunidagi 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Talabgorlarga subsidiya ajratish toʻgʻrisida “Agro-subsidiya” YAAT orqali tushgan xulosalar kelgan kundan eʼtiboran ularni umumlashtiradi va tahlil qiladi”;
4-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunining 1-bandidagi “va umumlashtiradi” soʻzlari chiqarib tashlansin, 2-bandi “qoplash maqsadida” soʻzlaridan keyin “Agro-subsidiya” YAAT orqali hisob-kitob qilingan summani” soʻzlari qoʻshilsin;
5-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunining 1-bandidagi “joriy etilgan” soʻzlaridan keyin “tomchilatib sugʻorish texnologiyasi” soʻzlari, 2-banddagi “qoplash maqsadida” soʻzlaridan keyin “Agro-subsidiya” YAAT orqali hisob-kitob qilingan” soʻzlari qoʻshilsin;
33) Nizomga 5-ilova chiqarib tashlansin;
34) Nizomga 6-ilova chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/315/0495-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)