1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining (bundan buyon matnda ichki ishlar organlari deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini taʼminlashdan, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iborat.
3-modda. Ichki ishlar organlari toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
4-modda. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.02 Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.05.00.00 Urush holati. Harbiy holat / 15.05.05.00 Hududiy mudofaa;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yoʻl harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.04.00 Davlat mulki va xususiy mulkni muhofaza qilish. Noidoraviy qoʻriqlash. Idoraviy qoʻriqlash;
6.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
7.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari;
8.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.02.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik]
Ichki ishlar organlari faoliyatni oʻz vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiradi:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash;
tergovga qadar tekshiruvni, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv hamda dastlabki tergovni oʻtkazish;
(4-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 38, 391, 344-moddalari.
jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashish, shu jumladan terrorchilik harakatlariga chek qoʻyishda hamda garovga olinganlarni ozod qilishda ishtirok etish yoʻli bilan kurashish, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash;
ehtiyot choralarini, jinoiy jazoni va jinoiy-huquqiy taʼsir koʻrsatishning boshqa choralarini ijro etish, shuningdek shaxslarni qidirish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
(4-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish, maʼmuriy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etish;
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash;
pasport tizimi talablarining bajarilishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish va unga kirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, doimiy va vaqtincha yashash uchun ruxsatnomalarni berishga hamda rasmiylashtirishga doir ishlarni, pasport tizimiga va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirish;
fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallarning, shuningdek pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi sohasini nazorat qilish;
(4-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
(4-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirish;
davlat obyektlarini, oʻta muhim, toifalangan obyektlarni va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqlash;
litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, shuningdek litsenziya va ruxsat etishga oid talablarga hamda shartlarga rioya etilishini nazorat qilish;
harbiy-safarbarlik ishlarini va fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirish;
qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir ishlarda ishtirok etish.
5-modda. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy prinsiplari
Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, yagonalik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish, ochiqlik va shaffoflikdan iborat.
Ichki ishlar organlari xodimlari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga aniq rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga koʻra yuz berganidan qatʼi nazar, qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 11-moddasining ikkinchi qismi.
Ichki ishlar organlarining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻidagi oʻzining qonunga xilof xatti-harakatlarini (harakatsizligini) oqlash uchun xizmat manfaatlarini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikni, yuqori turuvchi mansabdor shaxslarning qonunga xilof talablari, buyruqlari va farmoyishlarini yoki qonunga muvofiq boʻlmagan boshqa biror-bir holatni roʻkach qilishi mumkin emas. Ichki ishlar organlarining xodimlariga kimnidir gʻayriqonuniy harakatlarni sodir etishga bevosita yoki bilvosita qiziqtirish, koʻndirish, undash taqiqlanadi.
7-modda. Yagonalik prinsipi
Ichki ishlar organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlardir va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri rahbarlik qiladigan yagona tizimni tashkil etadi.
8-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish prinsipi
Ichki ishlar organlari oʻz faoliyatini fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish asosida amalga oshiradi.
Ichki ishlar organlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, himoya qilinishini taʼminlaydi.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-963-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
Ichki ishlar organlarining fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklovchi faoliyati, agar qonuniy maqsadga erishilgan boʻlsa yoki ushbu maqsadga fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklash orqali erishib boʻlmasligi yoki erishilmasligi kerakligi aniqlansa, darhol toʻxtatiladi.
Qiynoqlarga solish, zoʻravonlik qilish, boshqa shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsitadigan tarzda muomalada boʻlish ichki ishlar organi xodimiga taqiqlanadi. Ichki ishlar organining xodimi fuqaroga qasddan ogʻriq, jismoniy yoki maʼnaviy azob yetkaziladigan xatti-harakatlarga chek qoʻyishi shart.
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ichki ishlar organlari fuqaroning shaʼni, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
Agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, ichki ishlar organlari har bir fuqaroga oʻzlarida mavjud boʻlgan, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga bevosita daxldor boʻlgan hujjatlar hamda materiallar bilan tanishish imkoniyatini taʼminlashi shart.
Ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat etganida:
oʻz lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, fuqaroning talabiga koʻra xizmat guvohnomasini koʻrsatishi, shundan soʻng murojaat qilishining sababi va maqsadini maʼlum qilishi;
fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qoʻllanilgan taqdirda, bunday choralar qoʻllanilishining sababini hamda asoslarini, shuningdek fuqaroning shu munosabat bilan yuzaga keladigan huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirishi shart.
Ichki ishlar organi xodimi oʻziga fuqaro murojaat etgan taqdirda, oʻz lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, uni diqqat bilan eshitishi, oʻz vakolatlari doirasida tegishli choralar koʻrishi yoxud qoʻyilgan masalani hal etish kimning vakolatiga kirishini tushuntirishi shart.
9-modda. Ochiqlik va shaffoflik prinsipi
Ichki ishlar organlari oʻz faoliyatini ochiq va shaffof tarzda, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda ichki ishlar organlarining faoliyati haqida, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga bevosita daxldor boʻlgan haqqoniy axborotni olish huquqiga ega, foydalanilishi qonun bilan cheklangan axborot bundan mustasno.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ichki ishlar organlari “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanilishini taʼminlaydi.
10-modda. Ichki ishlar organi xodimi qonuniy talablari bajarilishining majburiyligi
Ichki ishlar organi xodimining oʻz vakolatlari doirasida qoʻyilgan qonuniy talablarini, shu jumladan qonunga rioya etish, hujjatlarni, tekshiruvlar materiallarini va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish, mutaxassis ajratish, ichki ishlar organiga kelish hamda aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish toʻgʻrisidagi, qoidabuzarliklarni, shuningdek ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish haqidagi qonuniy talablarini barcha davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborot, hujjatlar va boshqa materiallar ularning qonuniy talabi boʻyicha bepul taqdim etiladi.
Ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning bajarilishini toʻxtatib turmaydi.
11-modda. Ichki ishlar organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorligi
Ichki ishlar organlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda aniqlangan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar toʻgʻrisidagi axborotni almashishni, shu jumladan elektron shaklda almashishni, shuningdek boshqa axborotni almashishni amalga oshiradi.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini taʼminlashda, jinoyatlar va maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularni fosh etishda, jinoyat ishlarini tergov qilishda, jinoyatchilarni qidirishda, bedarak yoʻqolganlarning turgan joyini aniqlashda, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasida ichki ishlar organlariga oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashishi shart.
12-modda. Fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanish
Ichki ishlar organlari oʻz faoliyatida fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanadi.
Ichki ishlar organlari jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu organlarning vakolatlariga taalluqli elektron davlat xizmatlari koʻrsatilishini, shuningdek hujjatlarni qabul qilish va roʻyxatga olishning, davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni toʻgʻrisidagi xabarnomalarning elektron shakllari qoʻllanilishini qonunchilikka muvofiq taʼminlaydi.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ichki ishlar organlari jamoat tartibini, jamoat xavfsizligini taʼminlashda, jinoyatlar, maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olishda, ularni aniqlashda, ularga chek qoʻyishda, ularni fosh etishda, tergov qilishda hamda jinoyatlar, maʼmuriy huquqbuzarliklarning sodir etilishi holatlarini, hodisalar holatlarini hujjatlashtirishda, shu jumladan jamoat joylarida, shuningdek oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlarini qayd etish uchun texnik vositalardan, shu jumladan audio-, foto- va video qayd etish vositalaridan foydalanishi mumkin.
Ichki ishlar organlarida davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni muhofaza qilish, shu jumladan kriptografik vositalarni qoʻllagan holda texnik jihatdan muhofaza qilish taʼminlanadi.
Ichki ishlar organlarining tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari), transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmalari (boʻlimlari), jazoni ijro etish muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti va uning boʻlinmalari, ichki ishlar organlarining oʻta muhim va toifalangan obyektlardagi boʻlinmalari, shaharcha ichki ishlar boʻlinmalari, mahalla huquq-tartibot maskanlari hamda ichki ishlar organlarining tayanch punktlari, shuningdek taʼlim va tibbiyot muassasalari, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa boʻlinmalar va tashkilotlardan iboratdir.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 19-maydagi OʻRQ-1146-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 03/26/1146/0514-son)
Ichki ishlar organlari tizimiga oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda huquqlar va imtiyozlardan foydalanadigan qorovul qoʻshinlari ham kiradi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 19-maydagi OʻRQ-1146-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 03/26/1146/0514-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish]
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, qonunchilikka muvofiq ayrim masalalar boʻyicha esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
(13-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizom.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati]
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi axborotni yiliga ikki marta Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etadi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ichki ishlar organlarining tashkiliy-shtat tuzilishi va shtat sonining eng yuqori chegarasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
131-modda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari oldida hisobdorligi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida har chorakda, jamoat xavfsizligi haqida har olti oyda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
(131-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida, shuningdek jamoat xavfsizligi haqida har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
(131-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika bosh inspektorlari jamoat xavfsizligini taʼminlash holati toʻgʻrisida har olti oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
(131-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1132-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 03/26/1132/0378-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar va ishlarning natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish chogʻida tanqidiy jihatdan muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga shaxsan baho beriladi, shuningdek egallab turgan lavozimiga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida tavsiyalar qabul qilinadi.
(131-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
14-modda. Ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash va lavozimidan ozod etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi va lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1166-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1166/0842-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(14-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(14-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 27-oktabrdagi OʻRQ-797-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son)
Ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida koʻrsatilmagan ichki ishlar organlari xodimlarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(14-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94, 109-moddalari.
15-modda. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) ichki ishlar organlarining jamoatchilik bilan hamkorligini taʼminlash maqsadida tashkil etiladigan hamda qishloqlarda, ovullarda va mahallalarda jamoat tartibi saqlanishini, fuqarolar xavfsizligini, huquqbuzarliklar profilaktikasini, jinoyatchilikka qarshi kurashishni bevosita taʼminlaydigan asosiy quyi boʻgʻinidir.
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari faoliyatni profilaktika katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlaridan iborat tarkibda amalga oshiradi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1132-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 03/26/1132/0378-son)
(15-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Profilaktika inspektorlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etadi.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari ishini tashkil etish uchun ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari ham jalb etilishi mumkin.
(15-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 27-oktabrdagi OʻRQ-797-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Mahalla huquq-tartibot maskanlari ichki ishlar organlarining faoliyatini bevosita mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha, shuningdek fuqarolarning xavfsizligi va osoyishtaligini taʼminlash borasida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining hamkorlikda ishlashini mahallalar kesimida tashkil etish boʻyicha amalga oshiradigan tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Mahalla huquq-tartibot maskanlari oʻz faoliyatini quyidagi tarkibda amalga oshiradi:
profilaktika bosh inspektorlari, katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari;
(151-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1132-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 03/26/1132/0378-son)
mazkur hududda xizmatni oʻtash uchun biriktirilgan yoki tashkiliy-shtat tuzilmasi asosida kiritilgan tuman (shahar) ichki ishlar organining xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori, probatsiya boʻlinmasi inspektori, tezkor vakil, patrul-post xizmati xodimlari, yoʻl harakati xavfsizligi inspektori, qoʻriqlash boʻlinmasining naryadi;
(151-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1132-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 03/26/1132/0378-son)
jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasiga koʻmaklashish uchun yuborilgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya boʻlinmasining va boshqa vakolatli davlat organlarining xodimlari, shuningdek jamoat tuzilmalarining vakillari.
(151-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 27-oktabrdagi OʻRQ-797-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son)
Mahalla huquq-tartibot maskani faoliyatiga profilaktika bosh inspektori rahbarlik qiladi.
(151-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1132-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 03/26/1132/0378-son)
3-bob. Ichki ishlar organlarining majburiyatlari va huquqlari
16-modda. Ichki ishlar organlarining majburiyatlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.02.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik;
6.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar]
Ichki ishlar organlari:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida barcha zarur choralarni koʻrishi;
jamoat joylarida, shu jumladan koʻchalarda, maydonlarda, istirohat bogʻlarida, transport magistrallarida, vokzallarda, aeroportlarda, shuningdek ommaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashi;
jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar va hodisalar toʻgʻrisidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni, shu jumladan elektron shakldagi shunday arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni qabul qilishi hamda roʻyxatga olishi, murojaat etuvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda keyinchalik xabar bergan holda ular boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻrishi;
(16-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyga, hodisa joyiga darhol yetib kelishi, gʻayriqonuniy qilmishlarga chek qoʻyishi, fuqarolarning xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etishi, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlarini, hodisa holatlarini hujjatlashtirishi, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik, hodisa izlarining saqlanishini taʼminlashi;
jismoniy va yuridik shaxslarning turar joylariga hamda boshqa xonalariga mulkdorlarning va ular vakillarining xohishiga xilof tarzda yoki ular yoʻqligida ichki ishlar organlari xodimlari kirganligining barcha hollari toʻgʻrisida yigirma toʻrt soat ichida prokurorni yozma shaklda xabardor qilishi;
jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda yoki hodisa joyida jabrlangan fuqarolarga, shuningdek nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam yoki boshqa xil yordam koʻrsatilishini tashkil etishi;
oʻz vakolatlari doirasida jinoyatlar faktlari boʻyicha jinoyat ishlarini qoʻzgʻatishi, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishi;
jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qoʻyish va ularni fosh etish, shuningdek ularni tayyorlash va sodir etishga aloqador boʻlgan shaxslarni aniqlash hamda topish choralarini koʻrishi;
ayrim protsessual harakatlarni bajarishda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga, surishtiruv va tergov organlariga, sudga Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda yordam berishi;
(16-moddaning birinchi qismi oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
jinoyat ishlari boʻyicha, zarur boʻlgan hollarda esa jinoyat ishi qoʻzgʻatilguniga qadar, ekspertizalarni, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ekspertizalarni, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish maqsadida narsalar va hujjatlarni tekshirishni tayinlashi hamda oʻtkazishi;
sogʻligʻining holatiga, yoshiga koʻra yoki boshqa sabablarga koʻra oʻzi toʻgʻrisida maʼlumotlar bera olmaydigan shaxslarni identifikatsiya qilish choralarini koʻrishi;
chaqiruv boʻyicha kelishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni majburiy keltirish toʻgʻrisidagi sud ajrimlarini, prokurorning, tergovchining surishtiruvchining va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qarorlarini bajarishi;
(16-moddaning birinchi qismi oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1024-son qarori bilan tasdiqlangan “Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha topshiriqlarni ijro etish tartibi toʻgʻrisida nizom”
maʼmuriy qamoq jazosini oʻtayotgan shaxslarni qamoqda saqlashi;
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar va mahkumlarni qamoqda saqlash joylarida saqlashi hamda qoʻriqlashi, mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga taqsimlashi;
jazoni ijro etish muassasalarida hamda qamoqda saqlash joylarida mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarning saqlanish sharoitlarini va ularning huquqlarini taʼminlashi;
ruhiy holati buzilgan shaxslarni keyinchalik majburiy yoʻsinda davolash uchun, ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni va mahkumlarni, shuningdek maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qoʻriqlab borishni va boshqa yerga koʻchirishni amalga oshirishi;
uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasining ijro etilishini nazorat qilishni amalga oshirishi;
muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish, umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazolarni, shuningdek jinoiy-huquqiy taʼsir koʻrsatishning boshqa choralarini qonunga muvofiq ijro etishi;
(16-moddaning birinchi qismi yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar ustidan maʼmuriy nazoratni sudning qarori asosida amalga oshirishi;
transport vositasini boshqarishga boʻlgan huquqdan mahrum qilish, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ularning haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish, maʼmuriy qamoqqa olish, chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish, voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish toʻgʻrisidagi sud qarorlarini ijro etishi;
(16-modda birinchi qismining yigirma ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
surunkali ichkilikbozlik, giyohvandlik va zaharvandlik bilan kasallangan, ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarni majburiy tarzda davolashni sudning hukmi, ajrimi va qarori asosida amalga oshirishi;
(16-moddaning birinchi qismi yigirma uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
jazoni ijro etish muassasalarining, vaqtincha saqlash hibsxonalarining, tergov hibsxonalarining, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalarning, ichki ishlar organlari voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlarining, aniq yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarining va ichki ishlar organlari kinologiya boʻlinmalarining faoliyatini taʼminlashi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashi hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrishi;
qonunda nazarda tutilgan shaxslarning profilaktik hisobini yuritishi;
profilaktika tadbirlarini rejalashtirish va oʻtkazish maqsadida jinoyatlar va maʼmuriy huquqbuzarliklarning, ularni sodir etgan shaxslarning, huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning, qidiruv eʼlon qilinganlarning, bedarak yoʻqolganlarning, fuqaroviy va xizmat quroliga ega boʻlganlarning hisobini yuritishi, ushbu maʼlumotlarning tahlilini amalga oshirishi hamda profilaktika tadbirlarini oʻtkazishi;
(16-modda birinchi qismining yigirma yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarni aniqlashi va ular bilan yakka tartibda profilaktika ishlarini olib borishi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishi;
huquqbuzarliklar yoki gʻayriijtimoiy harakatlar sodir etgan voyaga yetmaganlarni, shuningdek nazoratsiz va qarovsiz qolganlarni ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga, yashash, tarbiyalanish va taʼlim olish uchun alohida sharoitlarga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga yoxud hududiy ichki ishlar organining xizmat binosiga olib borishi;
ijtimoiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashtirish choralarini koʻrishi;
tanosil kasalliklariga, odamning immunitet tanqisligi virusiga (OIV infeksiyasiga), ruhiy holati buzilishi xastaligiga, surunkali ichkilikbozlikka, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka chalingan, shuningdek psixotrop moddalarni yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir qiluvchi boshqa moddalarni isteʼmol qiladigan, chaqiruv boʻyicha yetib kelishdan boʻyin tovlagan shaxslarni olib kelishda sogʻliqni saqlash muassasalariga qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda koʻmaklashishi;
(16-modda birinchi qismining oʻttiz ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
avariyalar, falokatlar, yongʻinlar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlarda aholini xabardor qilish, odamlarni qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, hududning zarur uchastkalarini oʻrab olish (toʻsish) yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrishi, shuningdek qarovsiz qolgan mol-mulkni qoʻriqlashga doir vazifalarni bajarishi;
(16-modda birinchi qismining oʻttiz uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etilgan hollarda uning huquqiy rejimini taʼminlashda ishtirok etishi;
transport vositalarining, yoʻl harakati qoidalari buzilishlarining hamda yoʻl-transport hodisalarining hisobini yuritishi va ularni roʻyxatga olishi, yoʻl-transport hodisalari toʻgʻrisidagi hujjatlarni rasmiylashtirishi;
shaxsni mastlik holatida deb hisoblashga asoslar mavjud boʻlgan taqdirda uning transport vositasini boshqarishdan chetlatilishini hamda mastlik holatini aniqlash uchun uni belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilishini taʼminlashi;
texnik holati xavfsizlik boʻyicha belgilangan talablarga javob bermaydigan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlashi, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablar bajarilmayotgan boʻlsa, koʻchalar va yoʻllarda taʼmirlash-qurilish ishlari hamda boshqa ishlar oʻtkazilishini cheklashi yoki taqiqlashi;
yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalariga mos kelmaydigan yoʻllardan hamda temir yoʻldan oʻtish joylaridan foydalanishni taqiqlashi;
Oʻzbekiston Respublikasida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning markazlashtirilgan hisobini hamda yagona maʼlumotlar bazasini yuritishi;
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga doir materiallarni tayyorlashda ishtirok etishi;
xavf tahdid solgan taqdirda, sudyalarning, prokurorlarning, tergovchilarning, surishtiruvchilarning, jabrlanuvchilarning, guvohlarning hamda jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining, shuningdek ular oila aʼzolarining hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki himoya qilinishini taʼminlash choralarini koʻrishi;
ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxslardan olib qoʻyilgan, shuningdek topilgan va ichki ishlar organlariga topshirilgan hujjatlar, qimmatbaho buyumlar, ashyolar va boshqa mol-mulkning saqlanishini taʼminlashi, ularni qonuniy egalariga qaytarish yoki tegishli davlat organlari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ixtiyoriga topshirish choralarini koʻrishi;
qoʻriqlanishi lozim boʻlgan davlat obyektlarini, oʻta muhim va toifalangan obyektlarni hamda boshqa obyektlarni, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, savdo, xizmat koʻrsatish, koʻngilochar obyektlarni hamda qurilish obyektlarini qoʻriqlashni amalga oshirishi
(16-modda birinchi qismining qirq uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 19-maydagi OʻRQ-1146-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 03/26/1146/0514-son)
egasiz mol-mulk va xazinalar tegishincha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolar yoki yuridik shaxslar ixtiyoriga topshirilguniga qadar ularning saqlanishini taʼminlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrishi;
oʻta xavfli va maxsus yuklarni qoʻriqlash hamda kuzatib borish tadbirlarini amalga oshirishi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni yoki xorijga chiqish uchun biometrik pasportlarni, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga harakatlanish hujjatlarini, shuningdek chegara zonasiga kirish uchun ruxsatnomalar berishni hamda ularni almashtirishni, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy yashash hamda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishni amalga oshirishi, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vizalarining amal qilish muddatini uzaytirish masalalarini koʻrib chiqishi;
(16-modda birinchi qismining qirq oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
fuqarolar va mansabdor shaxslardan qalbakilik belgilari boʻlgan hujjatlarni, shuningdek tegishli asoslarsiz ularda boʻlgan, muomalada boʻlishi taqiqlangan yoki cheklangan narsalarni bayonnoma tuzgan hamda uning koʻchirma nusxasini mazkur fuqarolarga va mansabdor shaxslarga bergan holda olib qoʻyishi;
topib olingan va ixtiyoriy ravishda topshirilgan sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallar, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar, aluminiy kukunlari va qurumlarining tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan qabul qilinishi hamda saqlanishi, shuningdek ularning realizatsiya qilinishi yoki yoʻq qilib tashlanishini taʼminlash choralarini koʻrishi;
(16-modda birinchi qismining qirq sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
xizmatga doir axborotning, shuningdek xizmat majburiyatlarini bajarishi chogʻida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning maxfiyligini va saqlanishini taʼminlashi;
karantin, sanitariya-epidemiologiya tadbirlarini, ekologiyaga va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etishi hamda mazkur sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha choralar koʻrishi;
(16-modda birinchi qismining elliginchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-iyuldagi OʻRQ-854-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2023-y., 03/23/854/0463-son — 2023-yil 13-oktabrdan kuchga kiradi)
qoʻriqlash faoliyati, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida, shuningdek boshqa sohalarda ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyatni amalga oshirishi, oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda fan va texnologiyalar yutuqlarini rivojlantirishi hamda ulardan foydalanishi, yangi usullarni, texnik va boshqa vositalarni joriy etishi;
(16-modda birinchi qismining ellik birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 19-maydagi OʻRQ-1146-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 03/26/1146/0514-son)
maʼlumot-axborot fondlarini shakllantirishi, kriminalistik hisob-axborot tizimini yaratishi, tezkor-qidiruv va kadrlarga oid hisoblarni, davlat statistika hisobotini va boshqa statistika hisobotini yuritishi shart.
Ichki ishlar organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
17-modda. Ichki ishlar organlarining huquqlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.01.00 Umumiy qoidalar;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yoʻl harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari;
6.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]
Ichki ishlar organlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
fuqarolardan qonunchilikka rioya etishni, gʻayriqonuniy xatti-harakatlarni tugatishni talab qilish, bu talablar bajarilmagan taqdirda esa majburlov choralarini qoʻllash;
(17-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
oʻz xizmat majburiyatlarini amalga oshirish chogʻida fuqarolarning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlarini tekshirish, agar ularda qurol, oʻq-dorilar, portlovchi, radioaktiv yoki zaharli moddalar, portlatish qurilmalari, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar yoxud muomalada boʻlishi taqiqlangan yoki cheklangan boshqa narsalar bor deb hisoblashga asoslar mavjud boʻlganda esa, fuqarolarni shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishni, ularning ashyolarini, qoʻl yukini, bagajini koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirish hamda mazkur narsalar, vositalarni va moddalarni olib yurish hamda saqlash uchun qonuniy asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda ularni olib qoʻyish;
(17-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
agar tergovga qadar va tergov harakatlarini, tezkor-qidiruv va qidiruv tadbirlarini oʻtkazish, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik, hodisa holatlarini hujjatlashtirish yoki jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik izlarini, hodisa holatlarini saqlab qolish uchun zarur boʻlsa, fuqarolardan jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, hodisa joyini tark etishni talab qilish;
sodir etilayotgan jinoyatlarga chek qoʻyish, shuningdek ularni sodir etayotgan shaxslarni taʼqib qilish hamda ushlash uchun, agar buning kechiktirilishi fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini, jamiyat va davlat xavfsizligini tahdid ostiga qoʻyishi mumkin boʻlsa, tashkilotlar va fuqarolarning hududiga, turar joylariga va boshqa binolariga, yer uchastkalariga, transport vositalariga sutkaning istalgan vaqtida toʻsqinliksiz kirish (oshib tushish);
fuqarolarning shaxsiy xavfsizligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatlarning oldini olish, ularni sodir etgan yoki qidiruvda boʻlgan shaxslarni aniqlash hamda ushlash maqsadida fuqarolarga tegishli boʻlgan turar joylarda va boshqa binolarda, ularga qarashli yer uchastkalarida fuqarolarning roziligi bilan, tashkilotlar joylashgan hududda va binolarda ularning maʼmuriyati ruxsati bilan yoki mulkdorning roziligi bilan boʻlish;
jinoyat ishlarini tergov qilish va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish, jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar va hodisalar haqidagi arizalar hamda xabarlarni koʻrib chiqish doirasida davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga kirish, zarur hujjatlar va materiallar bilan tanishish, shuningdek davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan hamda fuqarolardan maʼlumotlarni va boshqa zarur hujjatlar hamda materiallarni soʻrash va olish;
terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazilayotgan zonada jismoniy shaxslarni shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishni, ulardagi ashyolarni, transport vositalarini hamda olib oʻtilayotgan yuklarni koʻrikdan oʻtkazishni, shu jumladan nazorat qilishning texnik va boshqa vositalarini qoʻllagan holda koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirish;
ichki ishlar organlari yurituvidagi ishlar va materiallar boʻyicha fuqarolarni, mansabdor shaxslarni ichki ishlar organlariga chaqirtirish, ulardan zarur tushuntirishlar, maʼlumotlar, hujjatlar, maʼlumotnomalarni va ularning koʻchirma nusxalarini olish;
fuqarolarni ularning roziligi bilan hamkorlikka jalb etish, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlashda ichki ishlar organlariga yordam bergan hamda alohida xizmat koʻrsatgan fuqarolarni taqdirlash;
tashkilotlar va fuqarolardan ichki ishlar organlarining faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni bepul olish, bundan qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan hollar mustasno;
(17-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
huquqbuzarliklarni, shuningdek ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida davlat organlariga, boshqa tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga bajarilishi shart boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
jinoyatlarning va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularni fosh etish maqsadida zarur maʼlumotlar bazalariga ega boʻlgan axborot tizimlarini texnik va maxsus vositalardan foydalangan holda yaratish;
jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni, shuningdek oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan shaxslarni qonunchilikda belgilangan tartibda ushlash, ichki ishlar organlariga olib borish va qamoqda saqlash;
(17-modda birinchi qismining oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni.
jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan harbiy xizmatchilarni ular harbiy patrulga, harbiy komendantga, harbiy qismlar komandirlariga topshirilguniga qadar ushlab turish;
maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni qonunchilikda belgilangan tartibda ushlash va ichki ishlar organlariga olib borish;
(17-modda birinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
qamoqda saqlanayotgan, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni, shaxsini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda boshqa ushlab turilgan shaxslarni, shuningdek qonunga muvofiq oʻzga shaxslarni roʻyxatga olishni, fotosuratga olishni, ularning ovozini yozib olishni, ularni kino- va videotasvirga tushirishni, barmoq izlarini olishni amalga oshirish;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan yoxud shartli hukm qilingan shaxslarni nazorat qilish boʻyicha choralar koʻrish;
oʻziga nisbatan tayinlangan tibbiy va tarbiyaviy yoʻsindagi majburlov choralarini oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni ushlash va maxsus muassasalarga olib borish;
aniq yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya markazlariga olib borish, shuningdek ularni shaxsi aniqlanguniga qadar sudlarning ajrimlari asosida oʻttiz sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga saqlab turish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taʼsis etilgan ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan jinoyatlar holatlarini, ularni sodir etgan shaxslarni aniqlash, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan, surishtiruv, tergov organlaridan, suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazoni va maʼmuriy jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni, shuningdek bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish uchun bepul foydalanish;
(17-modda birinchi qismining yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 13-martdagi OʻRQ-920-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2024-y., 03/24/920/0209-son)
yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
(17-modda birinchi qismining yigirma ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
avtomototransport vositalarini boshqarish huquqi uchun imtihonlar qabul qilish hamda guvohnomalar berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirayotgan taʼlim muassasalari ustidan nazorat olib borish;
avtomototransport vositalarining hamda ularning tirkamalarining majburiy davlat texnik koʻrigini va roʻyxatdan oʻtkazilishini tashkil etish hamda oʻtkazish, yoʻl harakatini tartibga solish;
yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalarini ishlab chiqish;
avtomototransport vositalaridan foydalanishda atmosfera havosi ifloslanishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;
zarur boʻlgan hollarda, transport vositalarini toʻxtatish hamda uni boshqarish va undan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni, transport vositasiga, shuningdek tashilayotgan yuklarga oid hujjatlarni tekshirish, haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaxs bilan birgalikda transport vositasini va yuklarni tashqi koʻzdan kechirish;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda transport vositalarini va shaxslarni ushlashni, koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirish, shaxslarni transport vositasini boshqarishdan chetlashtirish, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni olib qoʻyish, shuningdek transport vositalarini saqlab turiladigan joyga qoʻyish uchun olib borish;
(17-modda birinchi qismining yigirma sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalari.
maxsus avtomobillarni, chet el delegatsiyalarini, avtomobil kolonnalarini, qimmatbaho, yirik gabaritli va xavfli yuklarni kuzatib borishni amalga oshirish;
yoʻllar va temir yoʻllarni kesib oʻtish joylarining saqlanishi, ularning yoʻl harakatini tartibga solish vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
belgilangan pasport tizimi qoidalariga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va mansabdor shaxslar tomonidan rioya etilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzda oʻtish qoidalariga chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
pasport rejimi qoidalariga, shuningdek bajarilishi ustidan nazorat qilish ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish amalga oshirilayotganda fuqarolarning turar joylariga va boshqa binolariga ularning roziligi bilan soat 6-00 dan soat 22-00 gacha kirish;
jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni ularning organizmida alkogol, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar mavjudligini aniqlash uchun tekshirishni amalga oshirish;
jamoat joylarida alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda taʼsirida mastlik holatida boʻlgan va mustaqil ravishda harakatlanish yoki adashmay yoʻl topish qobiliyatini yoʻqotgan fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining reabilitatsiya va tibbiy yordam koʻrsatish punktlariga olib borish;
fuqaroviy va xizmat quroli, uning oʻq-dorilari, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallar, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar, aluminiy kukunlari va qurumlari muomalada boʻladigan sohada faoliyatni amalga oshirayotgan obyektlarning maʼmuriy, ishlab chiqarish, omborxona va yordamchi binolariga mazkur sohada qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish yuzasidan ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat guvohnomasini hamda belgilangan tartibda beriladigan maxsus ruxsatnomani koʻrsatgan holda toʻsqinliksiz kirish;
(17-modda birinchi qismining oʻttiz beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
litsenziya va ruxsat etish talablari hamda shartlari buzilganligi fuqaroviy va xizmat qurolining, uning oʻq-dorilari, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallarning, giyohvandlik vositalarining, ularning analoglarining, psixotrop moddalar va prekursorlarning, aluminiy kukunlari va qurumlarining yoʻqolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini yuzaga keltirgan hollarda, ularni olib qoʻyishni amalga oshirish, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallarni, pirotexnika buyumlarini, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni, aluminiy kukunlari hamda qurumlarini tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini esa ichki ishlar organlariga zudlik bilan olib borishni hamda saqlash uchun joylashtirishni talab qilish;
(17-modda birinchi qismining oʻttiz oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-yanvardagi OʻRQ-1111-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 03/26/1111/0037-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-aprel)
tashkilotlarda hamda fuqarolarda litsenziyalarsiz va ruxsatnomalarsiz turgan fuqaroviy va xizmat qurolini, uning oʻq-dorilarini, portlovchi materiallarni, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni, aluminiy kukunlari va qurumlarini belgilangan tartibda olib qoʻyishni, tashishni hamda saqlash uchun joylashtirishni amalga oshirish, ularni yoʻq qilish choralarini koʻrish;
(17-modda birinchi qismining oʻttiz yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-yanvardagi OʻRQ-1111-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2026-y., 03/26/1111/0037-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 14-aprel)
(17-modda birinchi qismining oʻttiz sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
(17-modda birinchi qismining oʻttiz toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi OʻRQ-575-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son)
qoʻriqlanishi lozim boʻlgan davlat obyektlarini, oʻta muhim va toifalangan obyektlarni hamda boshqa obyektlarni, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, savdo, xizmat koʻrsatish, koʻngilochar obyektlarni hamda qurilish obyektlarini ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida qoʻriqlash;
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 19-maydagi OʻRQ-1146-sonli Qonuniga asosan oʻttiz sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 03/26/1146/0514-son)
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarida hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarida nazorat tekshiruvlarini oʻtkazish, tegishli tashkilotlarda obyektning ichki rejimga va ruxsatnoma bilan kirish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish, bundan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan obyektlari mustasno;
(17-modda birinchi qismining oʻttiz toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 19-maydagi OʻRQ-1146-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 03/26/1146/0514-son)
litsenziyalashni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishni amalga oshirish, qonunchilikka muvofiq litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishiga doir tekshiruvlar oʻtkazish;
(17-modda birinchi qismining oʻttiz toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi va Davlat gerbi toʻgʻrisidagi qonunchilikning davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, qonunchilikni ichki ishlar organlarining vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
(17-modda birinchi qismining qirqinchi va qirq birinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir ishlarda ishtirok etish.
Ichki ishlar organlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-bob. Ichki ishlar organlari tomonidan ayrim majburlov choralarining qoʻllanilishi
18-modda. Ichki ishlar organlari tomonidan shaxslarni ushlab turish asoslari va tartibi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.04.00 Protsessual majburlov (ushlab turish, ehtiyot choralari, lavozimidan chetlatish, majburiy keltirish va boshqalar)]
Ichki ishlar organlari:
jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda;
oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxslarni;
qidiruvdagi shaxslarni;
oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov kelib tushgan shaxslarni;
maʼmuriy qamoq jazosini oʻtashdan, maʼmuriy tarzda chiqarib yuborilishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni, shuningdek oʻziga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish yuritilayotgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda;
jinoiy jazoni oʻtashdan, shuningdek oʻziga nisbatan sud tomonidan tayinlangan tibbiy va boshqa yoʻsindagi majburlov choralarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni;
aniq yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni, keyinchalik ularni aniq yashash joyiga ega boʻlmaganlarni reabilitatsiya qilish markazlariga sud ajrimiga asosan joylashtirgan holda;
favqulodda holat yoki favqulodda vaziyat rejimini buzgan shaxslarni;
umumiy harbiy majburiyatni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni;
qoʻriqlanadigan obyektlarga gʻayriqonuniy ravishda kirgan yoki kirishga uringan shaxslarni;
oʻzini oʻzi oʻldirishga uringan yoxud ruhiy holatining yaqqol ifodalangan buzilishi belgilariga ega boʻlgan hamda oʻz harakatlari bilan oʻzi va atrofdagilar uchun xavf tugʻdirayotgan shaxslarni ushlab turish huquqiga ega.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar ularning shaxsi hamda huquqbuzarlikning holatlari aniqlanguniga qadar, shuningdek ular tegishli davlat organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirilguniga qadar ushlab turiladi.
Ushlab turilgan shaxsga telefon orqali soʻzlashish yoki advokatiga yoxud yaqin qarindoshiga oʻzining ushlab turilganligi va turgan joyi haqida xabar berish, ushlab turilgan paytidan eʼtiboran himoyachiga (advokatga) ega boʻlish huquqi, shuningdek qonunga muvofiq boshqa huquqlar beriladi.
Ushlab turilgan shaxslar, ularning yonidagi ashyolar va hujjatlar, shuningdek ularning transport vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtkazilishi mumkin.
(18-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 20-bobi.
Ichki ishlar organlari voyaga yetmagan shaxs ushlab turilgan har bir holat toʻgʻrisida uning yaqin qarindoshlariga yoki boshqa qonuniy vakillariga darhol xabar beradi.
Ichki ishlar organlari harbiy xizmatchi ushlab turilganligi toʻgʻrisida u harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy qism qoʻmondonligiga xabar beradi.
Ichki ishlar organlari chet el fuqarosi ushlab turilganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar beradi.
19-modda. Hududdagi uchastkalarni, turar joylarni, inshootlarni va boshqa obyektlarni oʻrab olish (toʻsib qoʻyish)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organlari tuman, shahar ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻining va boshqa yuqori turuvchi rahbarlarning ogʻzaki yoki yozma qaroriga koʻra hududdagi uchastkalarni oʻrab olishni (toʻsib qoʻyishni) quyidagi hollarda amalga oshirish huquqiga ega:
avariyalar, tabiiy va texnogen xususiyatga ega boʻlgan falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishda, epidemiyalar va epizootiyalar vaqtida karantin tadbirlarini oʻtkazishda;
ommaviy tartibsizliklarga hamda transport harakatini, aloqa vositalarini va tashkilotlar ishini izdan chiqaruvchi boshqa harakatlarga chek qoʻyish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishda;
jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni taʼqib etishda;
terrorchilikka qarshi operatsiyani oʻtkazishda, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari yoxud zaharli yoki radioaktiv moddalar topilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirishda;
ommaviy tadbirlar, shu jumladan bayramlar, xalq sayillari, mitinglar, koʻcha yurishlarini oʻtkazishda.
Agar fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash, tergov harakatlarini, tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, hodisa joyini qoʻriqlash, shuningdek xavf tahdid solayotgan mulk obyektlarini himoya qilish uchun zarur boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda hududdagi uchastkalarni oʻrab olish (toʻsib qoʻyish) chogʻida transport vositalari va piyodalar qatnovi cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin.
Agar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavfning oldini olish uchun zarur boʻlsa va ularni boshqacha usulda himoya qilish mumkin boʻlmasa, oʻrab olish (toʻsib qoʻyish) jismoniy va yuridik shaxslarga qarashli turar joylarga, imoratlarga va boshqa obyektlarga nisbatan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ichki ishlar organlari ushbu moddada koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshirishda boʻlgʻusi oʻrab olish (toʻsib qoʻyish) haqida aholini xabardor qilish, aholining normal hayot kechirishini taʼminlash choralarini koʻradi, fuqarolarga yuzaga kelgan vaziyatda eng qulay harakatlanish yoʻnalishlarini tushuntiradi.
20-modda. Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organlari tashkilotlarning yoki fuqarolarning transport vositalaridan tabiiy ofat yuz bergan joyga borish, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiy muassasalarga olib borish, jinoyat sodir etgan shaxslarni taʼqib qilish va ichki ishlar organlariga olib kelish, hodisa joyiga yoki ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibini jangovar trevoga boʻyicha toʻplash joyiga borish uchun majburiy tartibda foydalanishi mumkin va bunda transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi, chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli boʻlgan transport vositalari hamda maxsus moʻljallangan transport vositalari bundan mustasno.
Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida xarajatlar qilingan yoki zarar yetkazilgan taqdirda, shuningdek transport vositasining egasiga mulkiy zarar yetkazilgan taqdirda ushbu xarajatlarning yoki zararlarning oʻrnini ichki ishlar organlari tomonidan qoplash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-apreldagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari tomonidan tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida qilingan xarajatlar yoki yetkazilgan zarar, shuningdek transport vositasining egasiga yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida nizom”.
5-bob. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va oʻqotar qurolni qoʻllash
21-modda. Jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va oʻqotar qurolni qoʻllash shartlari
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.08.00.00 Qurol va harbiy texnika;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]
Ichki ishlar organi xodimi oʻziga biriktirilgan oʻqotar qurol va maxsus vositalarni xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida olib yurish, saqlash, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va oʻqotar qurolni qoʻllash huquqiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ega boʻladi.
Ichki ishlar organi xodimi maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishi bilan bogʻliq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini tekshirish uchun davriy tekshiruvdan oʻtishi shart. Maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan xodimga tegishli sertifikat beriladi.
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishi bilan bogʻliq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini aniqlash boʻyicha tekshiruvdan oʻta olmagan ichki ishlar organi xodimi egallab turgan lavozimga muvofiqligini aniqlash uchun attestatsiyadan oʻtadi.
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishidan avval ularni qoʻllash niyati toʻgʻrisida aniq ifodalangan ogohlantirish boʻlishi kerak, bundan ushbu ogohlantirishning imkoni boʻlmagan yoxud ularning qoʻllanilishini kechiktirish fuqarolarning va ichki ishlar organi xodimining hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdiradigan hamda boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar mustasno.
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslar xatti-harakatlarining xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak. Bunda ichki ishlar organi xodimi har qanday zararning imkon qadar kam boʻlishiga intilishi shart.
Ichki ishlar organi xodimi, agar yuzaga kelgan vaziyatda maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash uchun mazkur moddada hamda ushbu Qonunning 23 va 24-moddalarida nazarda tutilgan asoslar vujudga kelishi mumkin deb hisoblasa, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash uchun tayyorlash hamda ularni jangovar holatga keltirish huquqiga ega.
Jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga birinchi yordam koʻrsatilishi, shuningdek imkon qadar qisqa vaqt ichida tibbiy yordam koʻrsatish choralari koʻrilishi, ularning qarindoshlari esa yigirma toʻrt soat ichida bu haqda xabardor qilinishi kerak.
Jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilgan har bir holat toʻgʻrisida ichki ishlar organining xodimi bevosita boshligʻiga darhol axborot berishi shart.
Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qoʻllanilganligi natijasida jismoniy yoxud yuridik shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek oʻqotar qurol qoʻllanilgan barcha hollar toʻgʻrisida ichki ishlar organlari prokurorga darhol xabar beradi.
Ichki ishlar organi xodimining jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash chogʻida oʻz vakolatlari doirasidan chiqqanligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash qonunda belgilangan asoslar boʻyicha va tartibda amalga oshirilgan boʻlsa, ichki ishlar organi xodimi jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash chogʻida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydi.
Agar ichki ishlar organi xodimi tomonidan jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilganligi natijasida fuqaroga tan jarohati yetkazilsa yoxud u halok boʻlsa, ichki ishlar organi xodimi hodisa joyini oʻzgarishsiz saqlashga qaratilgan choralarni koʻrishi shart.
22-modda. Jismoniy kuch ishlatish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Agar kuch ishlatilmaydigan usullar ichki ishlar organi xodimining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlamasa, u quyidagi hollarda shaxsan oʻzi yoki boʻlinma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qoʻllash huquqiga ega boʻladi:
jinoyatlarga va maʼmuriy huquqbuzarliklarga chek qoʻyish uchun;
jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni eng yaqindagi ichki ishlar organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu shaxslarni ushlab turish uchun;
ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik koʻrsatilishini bartaraf etish uchun.
Ichki ishlar organi xodimi ushbu Qonunda maxsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaxslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi, fuqarolarning yoxud ichki ishlar organi xodimining hayoti va sogʻligʻiga tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.
23-modda. Maxsus vositalarni qoʻllash
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]
Ichki ishlar organi xodimi quyidagi hollarda maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega:
fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;
jinoyatga yoki maʼmuriy huquqbuzarlikka chek qoʻyishda;
ichki ishlar organi xodimiga qarshilik koʻrsatilishiga chek qoʻyishda;
jinoyatni sodir etish chogʻida yoki uni sodir etganidan keyin darhol koʻrib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda;
qurolli qarshilik koʻrsatishi mumkin boʻlgan shaxsni ushlashda;
ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni olib borish, qoʻriqlab borish va qoʻriqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki oʻziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida;
zoʻravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda;
fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy tartibsizliklarga hamda boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarga chek qoʻyishda;
haydovchisi ichki ishlar organi xodimining toʻxtash toʻgʻrisidagi talabini bajarmagan transport vositasini toʻxtatishda;
jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir etgan shaxslarni aniqlashda;
muhofaza qilinadigan obyektlarni himoya qilishda, gʻayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini toʻsib qoʻyishda.
Ichki ishlar organi xodimi quyidagi maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega:
transport vositalarini majburiy toʻxtatish vositalari — ushbu modda birinchi qismining toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
muhofaza qilinadigan obyektlarni (hududlarni) himoya qilish, gʻayriqonuniy harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini toʻsish vositalari — ushbu modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda;
Ichki ishlar organi xodimi ushbu Qonunda oʻqotar qurol ishlatishga ruxsat etilgan barcha hollarda maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega.
Maxsus vositalarning qoʻllanilishi uchinchi shaxslarning hayoti, sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasligi va mol-mulkiga zarar yetkazmasligi kerak.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaxslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi yoki fuqarolarning yoxud ichki ishlar organi xodimining hayoti va sogʻligʻiga haqiqatda tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno, shuningdek kuch ishlatmasdan, jamoat tartibini, transport, aloqa vositalari va tashkilotlarning ishini buzmasdan oʻtkazilayotgan gʻayriqonuniy yigʻilishlar, mitinglar, namoyishlar, ommaviy chiqishlar va piket qoʻyishlarni bartaraf etish chogʻida maxsus vositalarning, shu jumladan gazli hamda shikastlantiruvchi qurolning qoʻllanilishi taqiqlanadi.
Quyidagilar taqiqlanadi:
odamning boshiga, boʻyniga, oʻmrov suyagiga, qorniga, jinsiy aʼzolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish;
havo harorati Selsiy boʻyicha nol darajadan past boʻlganida suv bilan zarba beruvchi mashinalarni qoʻllash.
Suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining ogʻzaki yoki yozma qarori asosida qoʻllaniladi, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar prokurorlariga hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarga darhol xabar beriladi.
(23-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 27-oktabrdagi OʻRQ-797-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son)
Ichki ishlar organlari taʼminotida boʻladigan maxsus vositalarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
24-modda. Oʻqotar qurolni qoʻllash
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]
Ichki ishlar organi xodimi quyidagi hollarda oʻqotar qurolni qoʻllash huquqiga ega:
fuqarolarni yoxud oʻzini hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan, zoʻrlik ishlatish bilan qilingan hujumdan himoya qilishda;
garovdagilarni ozod qilishda;
oʻta ogʻir jinoyatni sodir etish chogʻida koʻrib qolingan va yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda, agar boshqa vositalar bilan bu shaxsni ushlash imkoni boʻlmasa;
ichki ishlar organlarining oʻqotar qurollarini, oʻq-dorilarini, portlovchi moddalarini, transport vositalarini, maxsus va jangovar texnikasini egallab olishga boʻlgan urinishlarga chek qoʻyishda;
fuqarolarning uy-joylariga, davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning qoʻriqlanadigan obyektlariga, oʻta muhim yuklariga, transport vositalariga, binolariga guruh boʻlib qilingan hujumni yoki qurolli hujumni daf etishda;
qurolli qarshilik koʻrsatayotgan shaxsni, shuningdek yonidagi qurolni, oʻq-dorilarni, portlovchi moddalarni, portlatish qurilmalarini, zaharli yoki radioaktiv moddalarni topshirish toʻgʻrisidagi qonuniy talabni bajarishni rad etayotgan shaxsni ushlashda;
jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarning, oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning qamoqdan qochib ketishiga chek qoʻyishda, shuningdek ushbu shaxslarni kuch ishlatib ozod qilishga boʻlgan urinishlarga chek qoʻyishda;
agar transport vositasining haydovchisi fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga haqiqiy xavf tugʻdirsa hamda ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qaramay, toʻxtashdan bosh tortsa, ushbu transport vositasini shikastlash yoʻli bilan toʻxtatishda;
insonning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solayotgan hayvonni zararsizlantirishda;
qurol ishlatish niyati haqida ogohlantirish sifatida oʻq otishda, yuqoriga qarata yoki boshqa xavfsiz yoʻnalishda oʻq otish orqali xavf-xatar signali berishda yoki yordamga chaqirishda.
Ichki ishlar organining xodimi oʻqotar qurolni qoʻllashdan oldin ogohlantirishi shart, bundan uning hayotiga yoki fuqarolarning hayotiga bevosita xavf tahdid solayotgan hollar mustasno.
Ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaxslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan oʻqotar qurolni qoʻllash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli hujum qilganligi, qurolli qarshilik koʻrsatganligi yoki fuqarolarning yoxud ichki ishlar organi xodimining hayoti va sogʻligʻiga tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno.
Oʻqotar qurol qoʻllanilishi natijasida tasodifiy shaxslar jabrlanishi mumkin boʻlsa, ichki ishlar organi xodimi koʻp fuqarolar toʻplanganda uni qoʻllash huquqiga ega emas.
Ichki ishlar organlari qurollantiriladigan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilari turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu roʻyxatga kirmaydigan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilari bilan ichki ishlar organlarini qurollantirish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
6-bob. Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi va shartlari
25-modda. Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash chogʻida fuqarolar huquqlarining tengligini taʼminlash
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga fuqarolarni qabul qilish, lavozimga tayinlash, ularning xizmatda koʻtarilishi va boshqa lavozimga oʻtishi fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
(25-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-963-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
26-modda. Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilish
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Oʻn sakkizdan oʻttiz yoshgacha, shu jumladan oʻttiz yoshdagi, tegishli maʼlumotga ega boʻlgan, oʻzining shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha ichki ishlar organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ichki ishlar organlaridagi xizmatga ixtiyoriy tartibda, tanlov asosida qabul qilinadi.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Zarur boʻlgan hollarda, ichki ishlar organlarining ayrim boʻlinmalari va tashkilotlariga xizmatda boʻlishning eng yuqori yoshiga toʻlgan paytida koʻp yillik xizmati uchun pensiya olish huquqiga ega boʻladigan oʻttiz yoshdan katta fuqarolar qabul qilinishi mumkin.
Ichki ishlar organlarining oʻttiz yoshdan katta fuqarolar qabul qilinadigan ayrim boʻlinmalari, tashkilotlari va lavozimlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Erkaklar ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtashi yoxud oliy taʼlim tashkilotlarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtishi kerak.
(26-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)
Alohida hollarda, boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan xodimlar ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilinishi mumkin.
Siyosiy partiyalarning aʼzolari boʻlgan, ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilingan fuqarolar xizmatni oʻtash davrida siyosiy partiyalarga aʼzolikni toʻxtatib turadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish uchun tegishli maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek ichki ishlar organlarining harbiy xizmatchilari va xodimlari qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼlim muassasalarida chet el fuqarolari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻqishi mumkin.
(26-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, xizmatni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari boʻlgan, boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga koʻra boʻshatilgan fuqarolar, shuningdek sodir etgan jinoyati uchun qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qoʻllanilganligidan qatʼi nazar muqaddam sudlangan fuqarolar ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas.
(26-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilingan shaxslar uchun dastlabki sinov muddati uch oydan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilingan harbiy xizmatga majbur Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining harbiy xizmatga chaqiriluvchi boʻlgan tinglovchilari va kursantlari harbiy hisobdan chiqariladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus hisobida turadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼlim muassasalari tinglovchilari va kursantlari birinchi bosqichdagi oʻquv muddatini tugallaganidan keyin muddatli harbiy xizmatni oʻtagan hisoblanadi va ularga oʻquv muassasasi joylashgan yerdagi mudofaa ishlari boʻyicha hududiy boʻlim tomonidan harbiy guvohnoma beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 2-noyabrdagi 601-sonli “Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3481, 06.12.2023-y.).
27-modda. Ichki ishlar organi xodimining qasamyodi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga birinchi marta qabul qilingan fuqarolar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirar ekanman, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, mamlakat tinchligi, osoyishtaligi va xavfsizligini mustahkamlash borasidagi burchimni va zimmamga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan, sidqidildan bajarishga vaʼda beraman.
Vatanimga va Oʻzbekiston xalqiga sodiq boʻlishga qasamyod qilaman”.
28-modda. Ichki ishlar organlarining xodimlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan, maxsus unvon berilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ichki ishlar organining xodimidir.
Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi hamda formali kiyim-bosh namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”.
Ichki ishlar organi xodimiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, belgilangan namunadagi xizmat guvohnomasi va jeton beriladi.
Ichki ishlar organi xodimi egallagan lavozimi, turgan joyi va vaqtidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida boshligʻining (komandirining) buyrugʻiga binoan istalgan vaqtda xizmat majburiyatlarini bajarishga kirishishi hamda quyidagi choralarni koʻrishi shart:
jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda yoki hodisalar joyida jabrlangan fuqarolarga, shuningdek nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam yoki boshqa xil yordam koʻrsatilishini tashkil etish;
odamlarni qutqarish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qoʻyish, ularni sodir etgan shaxslarni ushlash, hodisa joyini qoʻriqlash hamda unga fuqarolar oʻzlarining shaxsiy xavfsizligiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi voqealar toʻgʻrisidagi xabarlar bilan murojaat qilgan yoxud bevosita oʻzi shunday voqealarga duch kelgan taqdirda eng yaqindagi ichki ishlar organlari boʻlinmasiga xabar berish.
Ichki ishlar organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishi deganda quyidagilar tushuniladi:
lavozim majburiyatlarini bajarish va jangovar harakatlarda ishtirok etish;
xizmatni (jangovar xizmatni) oʻtash;
xizmat safarida yoki davolanishda boʻlish;
kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki xizmat zarurati tufayli ichki ishlar organlari (harbiy qism) hududida boʻlish;
xizmat, davolanish joyiga borish yoki ulardan qaytish;
yigʻinlarda (harbiy yigʻinlarda) ishtirok etish;
asirlikda boʻlish (oʻz ixtiyori bilan asirga tushish hollari bundan mustasno), garovga olingan yoki ushlab qurolsizlantirilgan holatda boʻlish;
bedarak ketish — xodim qonunda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb eʼlon qilinguniga qadar;
shaxsning hayoti, sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir harakatlar;
qonuniylikni va huquq-tartibotni taʼminlashda boshqa shaxslarga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam koʻrsatish;
sud tomonidan xodimning shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan deb topilgan boshqa harakatlari.
29-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus unvonlari
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organlari xodimlariga quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
safdorlar tarkibi — safdor;
serjantlar tarkibi — kichik serjant, serjant, katta serjant;
ofitserlar tarkibi:
kichik ofitserlar tarkibi — leytenant, katta leytenant, kapitan;
katta ofitserlar tarkibi — mayor, podpolkovnik, polkovnik;
generallar tarkibi — general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik.
Maxsus unvonlarni berish va ulardan mahrum etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikning amal qilishi ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash masalalarini belgilovchi qonunchilikda va ushbu Qonunda tartibga solinmagan qismiga nisbatan tatbiq etiladi.
(30-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ichki ishlar organlari xodimlari ish vaqtining davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshishi mumkin emas.
Zarur boʻlgan hollarda, ichki ishlar organlari xodimlari xizmatni oʻtashga kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda jalb qilinishi mumkin.
Kuchaytirilgan rejim ichki ishlar organlari xodimlari uchun kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi toʻrt soatdan oshmaydigan ish belgilanishini nazarda tutadi.
Sutkalik rejim ichki ishlar organlari xodimlari uchun xizmatni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga umumqoʻshin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogini kompensatsiya qilish oʻrniga xizmatni oʻtash joyida uch mahal bepul ovqatlangan holda sutkalik oʻtash belgilanishini nazarda tutadi.
Kuchaytirilgan va sutkalik rejimni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarini harbiy harakatlarda ishtirok etishga jalb qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Ichki ishlar organlarining xodimlariga taʼtilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur boʻlgan, biroq uch kundan oshmaydigan vaqt qoʻshilgan holda davomiyligi oʻttiz kalendar kun boʻlgan haq toʻlanadigan har yilgi taʼtil beriladi.
Ichki ishlar organlarining xodimlariga quyidagi kalendar hisobdagi xizmat davri uchun:
oʻn yillik xizmatdan soʻng — davomiyligi besh kun;
oʻn besh yillik xizmatdan soʻng — davomiyligi oʻn kun;
yigirma yillik xizmatdan soʻng — davomiyligi oʻn besh kun boʻlgan, haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi.
Ichki ishlar organlari xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa turdagi taʼtillar ham berilishi mumkin.
(30-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(30-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-noyabrdagi OʻRQ-1008-sonli Qonuniga asosan chiqarilish sanasi 2025-yil 3-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son)
“Ichki ishlar organlarida xizmatda boʻlishning cheklangan yoshi safdorlar va serjantlar tarkibi xodimlari uchun ellik yoshni, ofitserlar tarkibi uchun — ellik besh yoshni, generallar tarkibi uchun — oltmish yoshni, ayollarga esa (mavjud unvonidan qatʼi nazar) — ellik yoshni tashkil etadi.
(30-moddaning oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi qism bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Ichki ishlar organlarining safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibining maxsus unvonlariga ega boʻlgan, belgilangan chegaradagi yoshga toʻlgan xodimlari zaxiraga yoki isteʼfoga chiqariladi.
Yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega boʻlgan va sogʻligʻining holatiga koʻra xizmatni oʻtashga yaroqli xodimlarning xizmat muddati Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda ushbu xodimlarning roziligi bilan besh yilgacha, boshliqlar tarkibidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslarning xizmat muddati esa oʻn yilgacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(30-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Xizmatda qoldirish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror xodimni ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ichki ishlar organlaridan boʻshatish imkoniyatini istisno etmaydi.
Xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishganlik, majburiyatlarini namunali tarzda bajarganlik, benuqson xizmat qilganlik va ichki ishlar organlari tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga katta hissa qoʻshganlik, xizmat burchini bajarish chogʻida mardlik va jasorat koʻrsatganlik, shuningdek boshqa alohida xizmatlari uchun xodimlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan taʼsis etiladigan farqlovchi idoraviy belgilar bilan taqdirlanishga taqdim etilishi mumkin.
(30-moddaning oʻn beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ichki ishlar organlaridagi ishchi va xizmatchilarning mehnat munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(30-moddaning oʻn oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
301-modda. Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlar
Ichki ishlar organlari xodimlari quyidagilarga haqli emas:
oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) ichki ishlar organlarida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga olib kelsa;
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga;
oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;
chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;
oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;
xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
ichki ishlar organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik ichki ishlar organi xodimlarini qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
(301-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-noyabrdagi OʻRQ-1008-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 3-yanvar)
31-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari majburiy tartibda maxsus kasbiy tayyorgarlikdan yoki qayta tayyorgarlikdan oʻtadi.
Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish, qoida tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu muassasalarda oʻqitilmaydigan ixtisosliklar mustasno.
(31-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining tinglovchilari va kursantlari ichki ishlar organlarida xizmatda deb hisoblanadi, chet el fuqarolari bundan mustasno.
32-modda. Ichki ishlar organi xodimini xizmatdan boʻshatish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organi xodimini xizmatdan boʻshatishga quyidagilar asos boʻladi:
oʻzining xohishi (pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtamaganlarga) — xodimning bildirgisi asosida;
(32-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
ichki ishlar organlarida xizmatda boʻlishning ushbu Qonunda belgilangan chegaradagi yoshiga toʻlganligi;
pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtaganligi — xodimning bildirgisi asosida;
(32-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
kasalligi — harbiy-tibbiy komissiyaning xizmatga yaroqsizligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida;
(32-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
sogʻligʻining cheklanganligi holati — harbiy-tibbiy komissiyaning ichki ishlar organlaridagi xizmatga yaroqliligi cheklanganligi toʻgʻrisidagi va xizmat boʻyicha boshqa lavozimga oʻtkazish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi xulosasi asosida;
dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi;
(32-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi — attestatsiya natijalari asosida;
xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzganligi;
ichki ishlar organi xodimining shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi;
sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganligi;
(32-moddaning birinchi qismi oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
xodimda intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlgan taqdirda, muntazam ravishda xizmat intizomini buzganligi;
(32-moddaning birinchi qismi oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
boshqa turdagi davlat xizmatiga oʻtganligi (kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritilmagan holda);
(32-moddaning birinchi qismi oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi.
Ichki ishlar organi xodimi ushbu Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan cheklovlar va taqiqlarga rioya etmaganligi uchun xizmatdan boʻshatilishi mumkin.
(32-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
33-modda. Ichki ishlar organi xodimining boshqa organlar va tashkilotlarga saylanishidagi (tayinlanishidagi, yuborilishidagi) kafolatlar
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga, qaroriga, farmoyishiga, shuningdek roziligiga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga tayinlangan, xuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan boshqa davlat organlarining taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborilgan ichki ishlar organi xodimi majburiyatlarni bajarish (oʻqish) davrida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kadrlarining amaldagi zaxirasiga kiritib qoʻyilishi mumkin.
(33-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Majburiyatlarni bajarish (oʻqish) tugatilganidan keyin ichki ishlar organi xodimiga ilgarigi ishi (lavozimi), ushbu ish (lavozim) yoʻqligida esa unga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan ichki ishlar organlari xodimlariga maxsus unvonlar oxirgi egallagan lavozimidan qatʼi nazar, belgilangan tartibda beriladi.
Majburiyatlarni bajarish (oʻqish) davri ichki ishlar organi xodimiga navbatdagi maxsus unvonni olish huquqini beradigan xizmat qilgan yillariga ustama toʻlash, pul taʼminoti (lavozim maoshi va maxsus unvon boʻyicha maoshi summasidan iborat boʻlgan) maoshini belgilash va pensiya tayinlash uchun ichki ishlar organlaridagi xizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xodimlar xizmatdan boʻshatilganda, shuningdek ularning oila aʼzolari ichki ishlar organlaridan boʻshatilgan xodimlar bilan teng huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadi.
7-bob. Ichki ishlar organlari xodimlarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish
34-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini huquqiy himoya qilish kafolatlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Ichki ishlar organi xodimi davlat organi vakili sifatida ish yuritadi va davlat himoyasi ostida boʻladi.
Ichki ishlar organi xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida faqat bevosita yoki toʻgʻridan-toʻgʻri boshliqqa boʻysunadi.
Qonun bilan vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim ichki ishlar organi xodimining qonuniy faoliyatiga aralashish, ichki ishlar organi xodimini qonun bilan ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilmagan majburiyatlarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas. Qonunga zidligi aniq boʻlgan buyruq yoki farmoyish olganda ichki ishlar organi xodimi uni bajarishni rad etish huquqiga ega va qonunga amal qilishi shart.
Ichki ishlar organi xodimi oʻz ish yurituvida boʻlgan ishlar va materiallarning mohiyati haqida biror-bir tushuntirish berishga, shuningdek bunday ishlar va materiallarni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor ishlar hamda materiallarni tanishib chiqish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan boshqacha tarzda taqdim etishga majbur emas.
(34-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ichki ishlar organlarining xodimlari oʻziga nisbatan qabul qilingan qarorlar va harakatlar (harakatsizlik) ustidan yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga, prokurorga yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
341-modda. Ichki ishlar organlari tergov boʻlinmalari xodimlarining daxlsizligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.03 Fuqaroning shaʼni va obroʻsiga tajovuzlardan, uning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish, turar joy daxlsizligi huquqi]
Ichki ishlar organlarining tergov boʻlinmalari surishtiruvchilariga, tergovchilariga va rahbarlariga nisbatan jinoyat ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, Toshkent shahar, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining tergovchilariga, boʻlinmalari rahbarlariga va boshligʻiga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan qoʻzgʻatiladi.
(341-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
35-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali taʼminlanadi:
sogʻligʻini saqlash;
mehnatiga haq toʻlash;
uy-joy maydoni bilan taʼminlash;
mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;
Qonunchilikda ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
(35-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
36-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining sogʻligʻini saqlash
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organlarining xodimlariga, harbiy xizmatchilariga, pensionerlariga, ishchi va xizmatchilariga hamda ularning oila aʼzolariga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼlim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga ichki ishlar organlarining tibbiy muassasalari, shuningdek faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiruvchi boshqa davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy taʼminot beriladi hamda tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatiladi.
Ichki ishlar organlarining xodimlari, harbiy xizmatchilari, pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yiliga bir marta imtiyozli yoʻllanmalar bilan taʼminlanadi.
Kasalliklarning profilaktikasi, bemorlarga tashxis qoʻyish, ularni davolash va sogʻlomlashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, tibbiy koʻriklar va harbiy-tibbiy ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tibbiy vositalar, buyumlar, asbob-uskunalar va dori vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan olinadi.
Zarur boʻlgan hollarda, shoshilinch tibbiy yordam va rejali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Alohida hollarda, biriktirilgan tarkibning tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha tibbiy yordam olishi uchun uni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yuborish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining maxsus komissiyasi xulosasi asosida amalga oshiriladi. Bunday hollarda, biriktirilgan tarkibning tibbiy yordam olishi uchun xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordamni va sanatoriy-kurort taʼminotini, tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
37-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organlari xodimlariga pul taʼminotining turlari va miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda hamda miqdorlarda pul va oziq-ovqat taʼminoti bilan taʼminlanadi.
(37-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisida nizom.
38-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini uy-joy maydoni bilan taʼminlash
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.08.00 Fuqarolarning ayrim toifalarini davlat uy-joy fondiga qarashli uy-joy binolari bilan taʼminlash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan ichki ishlar organlari xodimlari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega.
Ichki ishlar organlari xizmat uy-joy fondiga ega boʻlishi mumkin.
Ichki ishlar organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish huquqi beriladi va yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion vositasida sotib olish xarajatlarining oʻrni qoplanadi.
(38-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2906-son “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori 1-ilovasi 3-bobining 5-paragrafi.
39-modda. Ichki ishlar organi xodimining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.06.00.00 Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi / 05.06.03.00 Ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun xodimning moddiy javobgarligi / 05.06.03.08 Zararni qoplash tartibi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻliq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisida nizom”ning 5-bobi.
40-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida transport vositalaridan foydalanishi tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organlari maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan ichki ishlar organlariga tegishlilikni bildiruvchi maxsus yorugʻlik signallariga va tovushli signallarga, boʻyoqli rangli grafika sxemasiga ega maxsus avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan taʼminlanadi.
Mehnatning qatnov xususiyati bilan bogʻliq boʻlgan xizmat majburiyatlarini bajaruvchi ichki ishlar organlari xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda shahar yoʻlovchi transportidan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yoʻl chiptalari beriladi yoki pullik kompensatsiya toʻlanadi.
(40-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Xizmat safariga yuborilgan ichki ishlar organlari xodimlariga transportning barcha turlariga yoʻl hujjatlarini safar guvohnomasini koʻrsatib navbatsiz olish huquqi beriladi.
Shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanadigan ichki ishlar organlari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya toʻlanadi.
41-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining davlat pensiya taʼminoti
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.09.00 Ayrim toifadagi fuqarolarning pensiya taʼminoti;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organlari xodimlari, boquvchisini yoʻqotgan taqdirda esa ularning oila aʼzolari qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda davlat pensiya taʼminotini olish huquqiga ega.
(41-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
42-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining davlat sugʻurtasi
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.08.00 Alohida toifadagi xodimlarni ijtimoiy sugʻurta qilish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organlarining xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilinadi.
(42-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
43-modda. Ichki ishlar organlarining xodimlariga va ularning oilalariga ijtimoiy yordam koʻrsatish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ichki ishlar organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimlariga, shuningdek halok boʻlganlarning oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda bir marotabalik nafaqa tayinlashga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori 1-ilovasining 7-bobi.
Qonunchilikda xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga ularni ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilishda va Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda afzalliklar berilishi mumkin.
(43-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
44-modda. Ichki ishlar organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi, bundan yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladigan boʻlinmalar mustasno.
(44-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan boʻlinmalari ushbu shaxslar hisobidan taʼminlanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan taʼminlanadi. Ashyoviy taʼminot normalari, shuningdek formali kiyim-boshni kiyish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ichki ishlar organlarida budjetdan tashqari jamgʻarma tashkil etilishi mumkin, uni tashkil etish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 4-bobi.
Ichki ishlar organlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(44-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan oʻz vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hamkorlikni amalga oshiradi.
(45-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
46-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining javobgarligi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organi xodimi gʻayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi.
Ichki ishlar organi xodimining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrni ichki ishlar organlari tomonidan budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat intizomini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Ichki ishlar organlarining intizom ustaviga muvofiq javobgar boʻladi.
Qaysi jismoniy yoki yuridik shaxs oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga ichki ishlar organi xodimining harakatlari yoki harakatsizligi sabab boʻldi deb hisoblasa, oʻsha jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu harakatlar yoki harakatsizlik ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, prokurorga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
47-modda. Ichki ishlar organlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ichki ishlar organlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(47-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi.
48-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(48-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
49-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2016-yil 17-sentabrdagi 184 (6619)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV