1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.04.00 Jarima jazosini ijro qilish;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.08.00 (Кучини йукотган) Sud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QARZDOR VA UNING OILASINING NORMAL TURMUSH KECHIRISHI UCHUN ZARUR BOʻLGAN, IJRO HUJJATLARI BOʻYICHA UNDIRUV QARATILISHI MUMKIN BOʻLMAGAN UY ANJOMLARI VA JIHOZLARI, KIYIMLAR HAMDA BOSHQA BUYUMLAR ROʻYXATINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 52-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.12.00 Qarz;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
1. Qarzdor va uning oilasining normal turmush kechirishi uchun zarur boʻlgan, ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
2. Belgilab qoʻyilsinki, Roʻyxatga kiritilgan va garov buyumi hisoblangan buyumlarga undiruv, ushbu garovdagi mulk bilan taʼminlangan qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha qaratilishi mumkin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 14-aprel,
110-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-apreldagi 110-son qaroriga ILOVA
Qarzdor va uning oilasining normal turmush kechirishi uchun zarur boʻlgan, ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlar
roʻyxati
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
Qarzdor — jismoniy shaxsga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi boʻlgan mol-mulk va buyumlarning quyidagi turlariga:
1. Asosiy mashgʻuloti qishloq xoʻjaligi hisoblangan shaxslarning:
a) yagona sigiriga, sigiri boʻlmaganda — yagona gʻunajiniga, xoʻjaliklarida sigir ham, gʻunajin ham boʻlmaganda, yagona echkisiga, qoʻyi yoki choʻchqasiga, shuningdek uy parrandasiga (uy tovugʻi, oʻrdak, gʻoz, kurka va sesarkaga);
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.11.00 Texnik va em-xashak ekinlari]
b) qoramol uchun yangi yem-xashak yigʻib olingunga qadar yoki yaylovga chiqargunga qadar (agar qoramolga undiruv qaratilmagan boʻlsa) yem-xashakka;
v) navbatdagi ekish uchun zarur boʻlgan urugʻlarga;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
2. Qarzdor va uning qaramogʻidagi shaxslar normal turmush kechirishi uchun zarur boʻlgan quyidagi uy anjomlari, jihozlar, kiyimlarga:
a) har bir shaxsga kiyimlar: kuzgi yoki bahorlik palto yoki plash, bitta qishlik palto (yoki chopon, poʻstin), bitta qishlik kostum (ayollar uchun — ikkita qishlik koʻylak), erkaklar uchun bitta yozlik kostum yoki chopon (ayollar uchun — ikkita yozlik koʻylak), har bir mavsum uchun bittadan bosh kiyimi (bundan tashqari ayollar uchun — ikkita yozlik roʻmol va bitta issiq roʻmol yoki sholroʻmol), uzoq muddat foydalanilgan va qiymatga ega boʻlmagan boshqa kiyim-kechaklar va bosh kiyimlariga;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.18.00 Sanʼat va madaniyatning boshqa turlari]
b) foydalanilgan oyoq kiyimlari, ichki kiyimlar, choyshablar, oshxona va yemakxona jihozlariga (qimmatbaho metallardan tayyorlangan, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan yasalgan qadama naqshli buyumlar, shuningdek badiiy sanʼat qiymatiga ega boʻlgan buyumlardan tashqari);
v) har bir shaxs uchun mebel — bittadan karavot va stul yoki kursi, oila uchun bitta stol, bitta shkaf va bitta sandiqqa;
3. Nogironligi boʻlgan shaxslarda foydalanishda boʻlgan nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari va protez-ortopediya moslamalari.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
4. Qarzdorning asosiy mashgʻuloti qishloq xoʻjaligi boʻlsa, yangi hosilga qadar qarzdor va uning oilasi uchun zarur boʻlgan miqdorda oziq-ovqat mahsulotlariga, boshqa hollarda esa — qarzdor oilasining har biri uchun bazaviy hisoblash miqdorida oziq-ovqatlarga (pul mablagʻlariga);
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
5. Qarzdor va uning oilasi ovqat tayyorlashi va isitish mavsumi mobaynida uy-joyini isitishi uchun zarur boʻlgan yoqilgʻiga ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin emas.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 203-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)