(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.08.00 (Кучини йукотган) Sud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 5, 267-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Majburiy ijro byurosi deb yuritiladi) organlarining davlat ijrochilari zimmasiga yuklatiladi, ularning vakolatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
6) 21-modda ikkinchi qismining 3-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ijro hujjatida undiruvchining yoki qarzdorning elektron pochta manzili yoki mobil telefonining raqami mavjud boʻlgan taqdirda (agar ular sudga yoki ijro hujjatini bergan boshqa organga (mansabdor shaxsga) taqdim etilgan boʻlsa), ijro ishini yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi bildirishnoma uning joʻnatilganligi va qabul qilib olinganligi faktlarini qayd etish imkonini beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda elektron pochtaga yoxud mobil telefonga qisqa xabar (SMS) tarzida yuboriladi”;
“Jismoniy shaxsga yoʻllangan chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma (bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno), qoida tariqasida, Majburiy ijro byurosining boʻlinmasiga qaytarilishi lozim boʻlgan topshirganlik toʻgʻrisidagi yozma bildirishnomaga jismoniy shaxsning imzosi qoʻydirilgan holda unga shaxsan topshiriladi. Yuridik shaxsga yuborilgan chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma (bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno) yuridik shaxsning xodimiga topshiriladi, u topshirganlikni tasdiqlovchi yozma bildirishnomaga chaqiruv qogʻozini, boshqa xabarnomani olganligi haqida familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimini koʻrsatgan holda imzo qoʻyadi”;
oʻn birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” degan soʻzlar “Majburiy ijro byurosi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 23-moddaning ikkinchi qismidagi “kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay” degan soʻzlar “paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 33-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijro harakatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar mavjud boʻlganda davlat ijrochisi ijro harakatlarini qarzdorning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusiga koʻra oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga koʻpi bilan ikki marta kechiktirishi mumkin”;
10) 34-modda ikkinchi qismining 3-bandi quyidagi mazmundagi 3 va 4-bandlar bilan almashtirilsin:
“3) ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjatini yoki boshqa organ hujjatini ijro etishni toʻxtatib turish huquqi qonunda berilgan mansabdor shaxs tomonidan qaror chiqarilganda;
4) undiruvchi mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda, agar ijro ishi avval mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish munosabati bilan toʻxtatib turilmagan boʻlsa”;
birinchi qismining 5-bandi quyidagi mazmundagi 5 va 6-bandlar bilan almashtirilsin:
“5) davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda — shikoyat koʻrib chiqilguniga qadar;
6) mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilganda — oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddatga”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Undiruvchi va qarzdor oʻrtasida ijro predmeti yuzasidan kelishuvga erishilmaganda, shuningdek taraflardan biri mediatsiyani davom ettirishdan voz kechganda yoki uni amalga oshirish muddati tugaganda ijro ishini yuritish davlat ijrochisi tomonidan qayta tiklanadi”;
12) 37-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21) undiruvchi va qarzdor oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilganda”;
13) 39-moddaning birinchi qismidagi “yozma shaklda” degan soʻzlar “yozma yoki elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 41-moddaning toʻrtinchi qismidagi “yozma shaklda” degan soʻzlar “yozma yoki elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 421-moddaning beshinchi va oltinchi qismlaridagi “yozma shaklda” degan soʻzlar “yozma yoki elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 54-moddaning oʻninchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan tartibga solinadi”;
17) 64-moddaning oltinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Oʻrta maxsus (yuridik) yoki oliy (yuridik) maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, alohida hollarda esa, boshqa mutaxassislikdagi oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar davlat ijrochisi boʻlishi mumkin. Qoida tariqasida, oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi katta davlat ijrochisi boʻlishi mumkin.
Quyidagilarni:
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari (bundan bosh inspektorlar mustasno) va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan holda Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining boshqa xodimlarini, hududiy boshqarmalarining tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlarining oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosi direktori bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
Majburiy ijro byurosi hududiy boʻlinmalarining boshqa xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi hokimiyat vakilidir va u xizmat majburiyatlarini bajarayotganida qonun hujjatlarida prokuratura organlari uchun nazarda tutilgan formali kiyim-bosh kiyadi.
Davlat ijrochilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda prokuratura organlari xodimlarining mansab darajalari beriladi.
Majburiy ijro byurosining direktori lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalarining boshliqlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilaridir.
Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi boshligʻi va hududiy boshqarmalarning sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimlari boshliqlari lavozimiga koʻra tegishincha bosh davlat ijrochilarining oʻrinbosarlaridir. Majburiy ijro byurosining sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi va hududiy boshqarmalarning sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimlari xodimlari davlat ijrochilari maqomiga ega boʻladi”;
“891-modda. Majburiy ijro byurosining faoliyatini tashkil etish
Majburiy ijro byurosi organlarining faoliyatini tashkil etish, ushbu organlarning vazifalari va funksiyalari, shuningdek Majburiy ijro byurosida xizmatni oʻtash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Majburiy ijro byurosi organlari ijro ishlarini yuritish hujjatlarini hisobga olish va saqlashni qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq taʼminlaydi. Ijro ishlarini yuritishdagi ijro hujjatlarini va boshqa hujjatlarni olib qoʻyishga faqat sud qarori asosida yoki Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Ijro ishlarini yuritish, shu jumladan ularni shakllantirish, hisobga olish va saqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi.
Majburiy ijro byurosi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan qoʻzgʻatilgan ijro ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasini yuritadi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-iyulda qabul qilingan “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-482-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 427-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mediatsiya taraflarning xohish-istagi asosida qoʻllaniladi.
Mediatsiya suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida koʻrish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qoʻllanilishi mumkin.
Mediatsiya nizoni hakamlik sudida koʻrish jarayonida ham hakamlik sudining qarori qabul qilinguniga qadar qoʻllanilishi mumkin.
Mediatsiya sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qoʻllanilgan taqdirda faoliyatini professional asosda amalga oshiruvchi mediatorning albatta ishtirok etishi talab etiladi.
Mediatsiyada ishtirok etganlik fakti aybni tan olish dalili boʻlib xizmat qilishi mumkin emas”;
birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilgan taqdirda, uni amalga oshirish davrida ijro ishini yuritish toʻxtatib turiladi”;
beshinchi qismi quyidagi tahrirdagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida taraflar tomonidan erishilgan mediativ kelishuv ijro hujjati oʻz ish yurituvida boʻlgan davlat ijrochisiga darhol yuboriladi.
Nizo mediativ kelishuv bilan mediatsiya tartibida hal qilingan taqdirda, toʻlangan davlat boji qaytarilishi lozim, bundan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediativ kelishuv tuzilgan hollar mustasno”;
matni “oʻttiz kungacha uzaytirilishi mumkin” degan soʻzlardan keyin “bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddati koʻpi bilan oʻn besh kunni tashkil etadi”;
4) 29-moddaning birinchi qismi “kelib chiqqan nizo” degan soʻzlardan keyin “yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 1-moddasi “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgan kundan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-iyul,
OʻRQ-551-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)