1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.08.00 (Кучини йукотган) Sud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.04.00 Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ish yuritish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI MAJBURIY IJRO ETISHDA XATLANGAN VA OLIB QO‘YILGAN MOL-MULKNI SAQLASH TARTIBI HAMDA SHARTLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 55-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.06.00 Sud hujjatlarini ijro etish 0]
1. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.A.Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 8-may,
132-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-maydagi 132-son qaroriga ILOVA
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.06.00 Sud hujjatlarini ijro etish 0]
1. Ushbu Nizom “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 55-moddasiga muvofiq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlarini belgilaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.01 Ko‘char va ko‘chmas mol-mulk]
Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni saqlash alohida qonun hujjatida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.01 Ko‘char va ko‘chmas mol-mulk]
2. Mol-mulkni xatlash mol-mulkni ro‘yxatga olishdan, uni tasarruf qilish man etilganligini e’lon qilishdan, zarur hollarda esa, mol-mulkdan foydalanish huquqini cheklashdan, uni olib qo‘yish yoki saqlashga topshirishdan iboratdir. Cheklashning turlari, hajmi va muddatlarini har bir muayyan holda mol-mulkning xususiyatini, uning mulkdori yoki egasi uchun ahamiyatini hisobga olib, davlat ijrochisi belgilaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
3. Xatlash:
undiruvchiga olib beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan qarzdorning mol-mulki saqlanishini ta’minlash maqsadida;
javobgarga tegishli bo‘lib, uning o‘zida yoki boshqa shaxslarda turgan mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi sud ajrimi ijro etilayotganda qo‘llanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.01 Ko‘char va ko‘chmas mol-mulk]
4. Xatlangan mol-mulkni olib qo‘yib, realizatsiya qilish uchun topshirish davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda, biroq xatlangandan keyin kamida uch ish kunidan so‘ng amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.01 Ko‘char va ko‘chmas mol-mulk]
Davlat ijrochisi muayyan ijro ishini yuritish holatlaridan kelib chiqib, mol-mulkni xatlash bilan bir vaqtda ushbu mol-mulkni yoki uning ayrim ashyolarini olib qo‘yishga haqli.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
5. Qarzdorning xatlangan mol-mulkini tasarruf qilish yuzasidan davlat ijrochisining taqiqini buzish yoki undan foydalanish huquqining cheklanganligiga rioya qilmaslik qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
II. Saqlash uchun topshirish
6. Xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulk quyidagilarni saqlovchi sifatida belgilagan holda saqlash uchun topshirilishi mumkin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
qarzdorni, undiruvchini, ularning vakillarini, qarzdor yoki undiruvchinining voyaga yetgan oila a’zolarini (jismoniy shaxs bo‘lgan qarzdor yoki undiruvchi uchun), yuridik shaxsning xodimini (yuridik shaxs bo‘lgan qarzdor yoki undiruvchi uchun);
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakilini;
saqlash uchun maxsus shart-sharoitlarni talab qiladigan mol-mulkni (avtomototransport vositasi, dori-darmonlar, zargarlik buyumlari va boshqalarni) xatlab qo‘yishda mol-mulkni mas’uliyatli saqlashning belgilangan normalariga muvofiq maxsus omborxona binolari, asbob-uskunalar va shart-sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlarning vakilini;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) organlarining mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar tuzilgan va mol-mulkni saqlash uchun tegishli binolarga ega bo‘lgan savdo tashkilotlarini.
(6-bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.01 Ko‘char va ko‘chmas mol-mulk]
7. Xatlangan mol-mulkni muayyan saqlovchiga saqlashga berish masalasi davlat ijrochisi tomonidan har bir holatda uni ro‘yxatga olishda, eng avvalo, mol-mulkning saqlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar mavjudligidan, mol-mulkning o‘zlashtirilishiga, rastrata qilinishiga, yashirilishiga, nobud qilinishiga, unga shikast yetkazilishiga yo‘l qo‘ymaslikdan yoki boshqacha tarzda mol-mulkning miqdor, sifat va qiymat tavsifining o‘zgarishidan, shuningdek ushbu mol-mulk bilan bog‘liq keyingi ijro xatti-harakatlarini amalga oshirishda yetkazilishi mumkin bo‘lgan har xil to‘siqlarning oldini olishdan kelib chiqqan holda hal qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.01 Ko‘char va ko‘chmas mol-mulk]
8. Qarzdorning mol-mulki saqlash uchun saqlovchiga mol-mulkning xatlash dalolatnomasiga imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.01 Ko‘char va ko‘chmas mol-mulk]
9. Avtomototransport vositasi xatlangan taqdirda davlat ijrochisi ushbu mol-mulkdan boshqa shaxslarning foydalanishini va boshqacha tarzda tegilishini cheklashni (muhrlab qo‘yishni) ta’minlashi shart.
Avtomototransport vositalari davlat ijrochisi tomonidan belgilanadigan ularning saqlanishi uchun tegishli shart-sharoitlar ta’minlanadigan (vakolatli organlar, DYHXX organlari va boshqa tashkilotlarning to‘xtash joylari, omborlari, jarima maydonchalari) maxsus ajratilgan joylarga qo‘yiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi]
Davlat ijrochisi savdoga qo‘yilgan avtomototransport vositasini saqlash joyini o‘zgartirishga va ularning saqlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlarida avtomototransport vositalarini saqlash joylari mavjud bo‘lgan taqdirda uni unga saqlash uchun berishga haqlidir. Bunda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzilib, davlat ijrochisi, mol-mulkning saqlanishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs, shuningdek mol-mulkning saqlanishi uchun yangidan tayinlangan mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
10. Qarzdorning ko‘chmas mulkini xatlashda mol-mulk qo‘riqlashga topshirilishi mumkin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
Byuro organlarida qarzdorning xatlangan mol-mulkka bo‘lgan huquqlari mavjudligini va hajmini tasdiqlovchi hujjatlarning (xonalarda, seyflarda va shu kabilarda), ularning saqlanishi ta’minlanadigan shartlarda saqlanishiga yo‘l qo‘yiladi.
(10-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
11. Xatlangan mol-mulk, uning egasi, qarzdor yoki boshqa shaxslarning xohishidan qat’i nazar, xatlangan joyda quyidagi hollarda qoldirilishi mumkin:
davlat ijrochisida mol-mulk joyini o‘zgartirish uning shikastlanishiga, qiymatining kamayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan asoslar mavjud bo‘lganda;
(11-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
davlat ijrochisida yoki saqlovchida ushbu mol-mulkni joyini o‘zgartirish imkoniyatining obyektiv sabablari mavjud bo‘lmaganda.
(11-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.01 Ko‘char va ko‘chmas mol-mulk;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
Ushbu holatda saqlovchi xatlangan mol-mulkning saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan, qonunchilikka zid bo‘lmagan har qanday xatti-harakatni amalga oshirishga haqli. Bunda davlat ijrochisi mol-mulkni xatlash dalolatnomasida xatlangan mol-mulkning egasiga, qarzdorga yoki uchinchi shaxsga xatlangan va saqlash uchun saqlovchiga topshirilgan mol-mulkdan saqlovchining to‘sqinliksiz foydalanishini ta’minlash majburiyatini yuklaydi.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.23.00 Mol-mulkni ishonchli boshqarish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.03.00 Jazo va uning tayinlanishi. Jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish]
12. Saqlovchi mol-mulkning saqlanishi uchun tegishli shart-sharoitlarga rioya qilishi va ularni ta’minlashi shart, mol-mulkni o‘zlashtirgan, rastrata qilgan, yashirgan, nobud qilgan yoki unga shikast yetkazishga yo‘l qo‘ygan taqdirda javobgar bo‘ladi, shu jumladan jinoiy javobgar bo‘ladi, bu to‘g‘rida mol-mulkni saqlashga qabul qilib olgan shaxsning imzosi bilan xatlash to‘g‘risidagi dalolatnomada (qarorda) yozuv qayd etiladi yoki saqlovchidan tegishli tilxat olinadi.
Saqlovchi, shuningdek, mol-mulkka nisbatan ijro xatti-harakatlarini amalga oshirish, shu jumladan ko‘zdan kechirish, tanishish, baholash yoki olib qo‘yish uchun davlat ijrochisining xatlangan mol-mulkdan foydalanishini ta’minlashi shart.
(12-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
13. Qarzdorning mol-mulkini ro‘yxatga olish paytida aniqlanib, xatlangan so‘mlar va chet el valyutasidagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallardan, qimmatbaho toshlardan, marvariddan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar, shuningdek ana shunday buyumlarning rezgilari va alohida qismlari (bo‘laklari) olib qo‘yilishi shart.
14. Olib qo‘yilgan so‘mdagi naqd pul mablag‘lari keyingi ish kunidan kechikmay Byuro organining depozit hisob raqamiga o‘tkazish uchun bankka topshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
15. Qimmatli qog‘ozlar, valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa ro‘zg‘or buyumlari, nodir buyumlar, asl tasviriy san’at hamda haykaltaroshlik asarlari uch ish kuni mobaynida mas’uliyatli saqlash uchun bankka yoki Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga yoki investitsiya vositachisiga topshirilishi kerak, muayyan turdagi qimmatliklar muzeyga yoki ularning saqlanish sharoitlarini ta’minlovchi boshqa ixtisoslashtirilgan muassasaga topshirilishi lozimligi to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
16. Pochta markalari, shu jumladan kolleksiya pochta markalari saqlash uchun pochta aloqa tashkilotlariga topshiriladi.
17. Tez buziladigan, shu jumladan saqlash muddati 72 soatgachani tashkil qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek yaroqlilik muddati bir oy mobaynida tugaydigan tovarlar olib qo‘yilib, iste’molga (foydalanishga, qayta ishlashga) yaroqliligini aniqlash uchun o‘tkazilgan ekspertiza xulosasi olingan va baholangan vaqtdan boshlab bir sutka davomida realizatsiya qilish uchun topshiriladi. Bunda tez buziladigan tovarlarni ekspertizadan o‘tkazish va baholash bir kun muddatda amalga oshiriladi.
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
18. Davlat ijrochisi tomonidan ijro xatti-harakatlarini amalga oshirishda qarzdorda qurol-yarog‘lar, o‘q-dorilar, narkotik vositalar, ularning analoglari psixotrop moddalar va radioaktiv materiallar borligi aniqlangan taqdirda davlat ijrochisi darhol tegishli huquqni muhofaza qilish organi vakilini ushbu holat yuzasidan qaror qabul qilish uchun chaqiradi va u yetib kelgunga qadar bunday mol-mulkning qo‘riqlanishini ta’minlaydi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son)
19. Saqlovchining javobgarligi:
mol-mulk realizatsiya qilingan hollarda;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.07 Ko‘chmas mulkni sotish]
ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalari realizatsiya qilinganda — mol-mulkni qabul qilib xaridorga topshirgandan keyin;
mol-mulk belgilangan tartibda egasiga qaytarilgan hollarda;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda tugatiladi.
(19-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Davlat ijrochisi mol-mulkni saqlashga topshirishda mol-mulkni tasarruf etishni taqiqlash va mazkur mol-mulkdan foydalanish yuzasidan muayyan cheklashlarni belgilash yo‘li bilan saqlashning maxsus rejimini belgilaydi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar]
21. Davlat ijrochisi xatlangan mol-mulkni saqlash uchun qaysi saqlovchiga topshirgan bo‘lsa, o‘sha saqlovchi davlat ijrochisining yozma ravishdagi roziligisiz ushbu mol-mulkdan foydalanishi mumkin emas. Bankka yoki Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga yoki investitsiya vositachisiga mas’uliyatli saqlash uchun topshirilgan mol-mulk bo‘yicha, shuningdek mol-mulkning xossalariga ko‘ra, undan foydalanish uning yo‘q bo‘lib ketishiga yoki qimmati pasayishiga olib kelgan taqdirda, davlat ijrochisi bunday rozilikni berishga haqli emas. Agar mazkur mol-mulkdan foydalanish uning saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa, davlat ijrochisining roziligi talab etilmaydi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
22. Xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkni uni buzilishiga va (yoki) keyinchalik sotib bo‘lmaydigan ahvolga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatda saqlashga qo‘yish taqiqlanadi. Bu holda davlat ijrochisi mol-mulkni zarur holatda saqlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘radi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
23. Davlat ijrochisi xatlangan va saqlashga topshirilgan mol-mulkni lentalardan, shu jumladan o‘zi yopishuvchi lentalardan foydalanib, qulflarni almashtirib va boshqa usullar bilan muhrlab qo‘yish yo‘li bilan boshqa shaxslar tomonidan foydalanishni va boshqacha tarzda u bilan munosabatda bo‘lishni cheklab qo‘yilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rishga haqli. Mol-mulkka uning xatlashda turganligini bildiruvchi maxsus ma’lumotlar, shuningdek farqlovchi belgilar qo‘yilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
24. Zarur hollarda davlat ijrochisi xona va omborlarni, shu jumladan ularga xatlangan mol-mulk saqlash uchun joylashtirilganda yoki davlat ijrochisi tomonidan mazkur xonalar va omborlardan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda muhrlab qo‘yishga haqli. Xona va omborlarni muhrlab qo‘yish to‘g‘risida yoki ulardan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishda davlat ijrochisi qarzdorning yoki boshqa shaxsning ushbu xonadagi va xatlanmagan boshqa mol-mulkdan foydalanish imkoniyatini hisobga oladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.01 Ko‘char va ko‘chmas mol-mulk]
Davlat ijrochisi va boshqa shaxslar xatlangan mol-mulkka saqlovchi ishtirokida yo‘l qo‘yilishi mumkin. Xatlangan mol-mulkka nisbatan ijro xatti-harakatlarini amalga oshirish paytida, shu jumladan mol-mulkni ko‘zdan kechirish, tanishish, baholash va olib qo‘yish vaqtida saqlovchining ishtirok etishi mumkin bo‘lmagan taqdirda mol-mulkka va xonani ochishga davlat ijrochisining va ikki nafar guvohning ishtirokida ruxsat etiladi, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
IV. Saqlash uchun haq to‘lash tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.01 Ko‘char va ko‘chmas mol-mulk]
25. Saqlovchi, agar qarzdor uning o‘zi yoki uning oila a’zolari (qarzdor yuridik shaxs bo‘lsa, — uning xodimi) bo‘lmasa, saqlaganligi uchun tegishli haq oladi. Saqlovchining mol-mulkni saqlash uchun qilgan zarur xarajatlari ham mazkur mol-mulkdan foydalanish orqali amalda olgan foydasi chegirib tashlangan holda qoplanadi.
Ijro xatti-harakatlarini amalga oshirish bo‘yicha xatlangan va qarzdordan olib qo‘yilgan mol-mulkni saqlash xarajatlari, shuningdek ularni tashkil etish uchun sarflangan mablag‘lar “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 77-moddasida belgilangan tartibda qoplanadi.
26. Ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan xarajatlar hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.04.00.00 Ota-onalar va bolalarning hamda boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlari. Aliment majburiyatlari / 04.04.01.00 Oila a’zolari va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari]
27. Budjet tashkilotlaridan pul mablag‘larini undirish va alimentlarni, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazganlik natijasida, boquvchining vafoti natijasida yetkazilgan zararlarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha xatlangan avtomototransport vositalarini vakolatli organlarning va DYHXX organlarining to‘xtash joylarida, omborlarida va jarima maydonchalarida saqlaganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
28. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
29. Ushbu Nizomni qo‘llanish bo‘yicha paydo bo‘ladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 19-20-son, 236-modda; 2012-y., 8-9-son, 83-modda; 2015-y., 39-son, 507-modda; 2017-y., 33-son, 864-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)