toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek, aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash boʻyicha garov shartnomasini tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 145-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 421-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek, aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash boʻyicha garov shartnomasini tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining raisi T.K. Narbayeva zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-oktabr,
808-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 808-son qaroriga
ILOVA
Alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash boʻyicha garov shartnomasini tuzish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek voyaga yetmagan bolalar, er (xotin), sobiq xotin (sobiq er) va boshqa mehnatga layoqatsiz shaxslar taʼminoti uchun aliment toʻlash majburiyatini taʼminlashda garov shartnomasini tuzish tartibini belgilaydi.
2. Davlat ijrochilari ish yurituvida boʻlmagan ijro hujjatlari boʻyicha aliment toʻlovlarini ixtiyoriy ravishda toʻlayotgan jismoniy shaxslar muayyan davr uchun alimentni oldindan toʻlash yoki aliment oluvchi bilan kelishilgan holda aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash boʻyicha garov shartnomasini tuzishga haqli.
3. Davlat ijrochisi ish yurituvida boʻlgan ijro hujjatlari boʻyicha alimentlarni oldindan toʻlash yoki aliment toʻlash majburiyatini taʼminlashda garov taqdim etish uchun qarorlarni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 19-bobi.
4. Davlat ijrochisi ish yurituvida boʻlgan ijro hujjati boʻyicha qarzdor tomonidan undiruvchiga alimentlarni oldindan toʻlash hisobiga koʻchmas yoki koʻchar mulk yoxud boshqa qimmatli ashyo taqdim etilishi mumkin.
5. Alimentlar summasini oldindan toʻlash yoki alimentlar toʻlash majburiyatini taʼminlash boʻyicha garov taqdim etish faqat qarzdorning aliment toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud boʻlmaganda amalga oshiriladi.
6. Aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash boʻyicha garov shartnomasining tuzilishi alimentlarni toʻlamaganlik uchun qonun bilan belgilangan maʼmuriy va jinoiy javobgarlikdan ozod qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 474-moddasi.
7. Alimentlarni oldindan toʻlash oylik ish haqi va (yoki) boshqa daromadga nisbatan ulushlar hisobida belgilangan boʻlsa, oldindan toʻlangan alimentlar uchun keyingi davrlarda aliment toʻlovchining oylik ish haqi va (yoki) boshqa daromadi koʻpayishi natijasida vujudga keladigan qoʻshimcha aliment toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilmaydi.
8. Alimentlarni oldindan toʻlash yoki aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash uchun garov shartnomasining tuzilishi davlat ijrochisi yoki sud tomonidan qarzdor jismoniy shaxsning ilgari belgilangan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni olib tashlash uchun asos hisoblanadi.
2-bob. Alimentlarni oldindan toʻlash tartibi
9. Alimentlarni oldindan toʻlash bola voyaga yetguniga qadar har qanday davr uchun, biroq ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarni istisno qilganda besh yildan kam boʻlmagan muddatga amalga oshiriladi.
Alimentlarni oldindan toʻlash vaqtida agar bolalar voyaga yetguniga qadar boʻlgan davr 5 yildan kam boʻlsa, alimentlarni oldindan toʻlash qolgan davr uchun amalga oshiriladi.
Sud ajrimiga asosan oldindan toʻlanishi shart boʻlgan alimentlarning toʻliq miqdorini toʻlash, shuningdek, alimentlarni oldindan toʻlash hisobiga undiruvchiga topshirilishi shart boʻlgan mol-mulkni topshirish oʻn ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
10. Alimentlarni toʻlash toʻgʻrisidagi ijro hujjati (keyingi oʻrinlarda ijro hujjati deb ataladi) boʻyicha alimentlarni muayyan davr uchun oldindan toʻlash yoʻli bilan ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish masalasida, qarzdor ijro hujjatini bergan sudga ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.
Alimentlarni undirish alimentlar toʻlash toʻgʻrisidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvga asosan boʻlsa, ariza ijro hujjati ish yurituvi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) tuman (shahar) boʻlimi joylashgan hududdagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga beriladi.
11. Ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizada, qarzdor aliment majburiyatlarini umumiy tartibda bajarish uchun toʻsqinlik qiluvchi obyektiv holatlarni koʻrsatadi (boshqa mamlakatga tashrif buyurish toʻgʻrisida taklifnoma, boshqa mamlakatda ishga tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq va h.k.).
Arizaga Byuroning tuman (shahar) boʻlimi tomonidan berilgan aliment toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, shuningdek, davlat ijrochisining oldindan toʻlash belgilangan alimentlar summasini hisoblash toʻgʻrisidagi qarori ilova qilinishi shart.
Zarurat boʻlganda, arizaga aliment majburiyatlarini umumiy tartibda bajarish uchun toʻsqinlik qiluvchi obyektiv holatlar toʻgʻrisidagi hujjatlar ilova qilinadi.
Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan hollarda, arizaga qoʻshimcha ravishda baholash tashkilotining alimentlarni oldindan toʻlash hisobiga undiruvchiga oʻtkazib berilishi lozim boʻlgan mol-mulkni baholash xulosasi, shuningdek qarzdorning mazkur mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari ilova qilinadi.
12. Aliment toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va davlat ijrochisining oldindan toʻlanadigan aliment summasini hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi qarori, qarzdorning ijro ish yuritishni amalga oshirayotgan Byuroning tuman (shahar) boʻlimiga kiritgan arizasiga (shu jumladan, elektron pochta orqali kiritgan arizasiga) asosan beriladi.
Arizada qarzdor tomonidan alimentlarni oldindan toʻlamoqchi boʻlgan davri koʻrsatiladi. Arizaga avvalgi davrlar uchun toʻlangan (ushlab qolingan) aliment summalari, shuningdek, oylik ish haqi va boshqa daromadlari, shu jumladan chet elda olingan daromadlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
13. Qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va davlat ijrochisining oldindan toʻlash belgilangan alimentlar miqdorini hisoblash toʻgʻrisidagi qarorini berish toʻgʻrisidagi ariza yetti ish kuni davomida koʻrib chiqiladi. Hujjatlarni qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda ariza oʻn besh ish kuni ichida koʻrib chiqilishi mumkin.
Qarzdor tomonidan taqdim etilgan hujjatlar haqqoniyligiga shubha tugʻilganda va ularni boshqa tashkilotlarga soʻrovnoma yuborish orqali tekshirish zarur boʻlganda, arizani koʻrib chiqish muddati bir oy muddatga uzaytirilishi mumkin. Arizani koʻrib chiqish muddatini uzaytirish Byuroning tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi tomonidan arizani koʻrib chiqayotgan davlat ijrochisining asoslantirilgan bildirgisiga asosan amalga oshiriladi. Arizani koʻrib chiqish muddati uzaytarilganligi toʻgʻrisida arizachi xabardor qilinadi.
14. Oldindan toʻlash belgilangan alimentlar miqdorini hisoblash toʻgʻrisidagi qaror ijro hujjati yurituvida boʻlgan davlat ijrochisi tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 86-moddasiga muvofiq qabul qilinadi.
Bunda, oldindan toʻlash belgilangan alimentlar summasini hisoblash ushbu Nizomning 15 — 18-bandlarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldindan toʻlash belgilangan alimentlar summasini hisoblash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab bir oy muddat davomida amal qiladi, bu haqda qarorda koʻrsatiladi.
15. Oldindan toʻlash belgilangan alimentlar summasini hisoblashda, kelgusi davrlar uchun toʻlanadigan alimentlar summasiga, toʻlov vaqtidagi har yilgi alimentlar summasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalash stavkasiga kapitalizatsiya koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
Bunda, oldindan toʻlash belgilangan alimentlar summasini hisoblash, quyidagi formula boʻyicha belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
S=[12×A×(k^((g+1) )-1)/(k-1)]-[(MF-1)×A]-[(12-ML)×k^g×A]
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
S — oldindan toʻlash belgilangan alimentlar summasi;
A — ushbu Nizom 16-bandida belgilanadigan tartibga muvofiq alimentlar toʻlovining har oylik miqdori;
k — ushbu Nizomning 17-bandiga muvofiq belgilanadigan koeffitsiyent;
MF — alimentlarni oldindan toʻlash davrining birinchi oyi (masalan, yanvar — 1, fevral — 2, mart — 3 va h.k.);
ML — alimentlarni oldindan toʻlash davrining oxirgi oyi (masalan, yanvar — 1, fevral — 2, mart — 3 va h.k.);
g — mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq belgilanadigan alimentlarni oldindan toʻlash davrining yillar soni.
Byuro tomonidan rasmiy veb-sayt orqali oldindan toʻlanadigan alimentlar miqdorini hisoblash imkonini beruvchi interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatiladi (maxsus kalkulyator).
16. Har oylik alimentlar summasini hisoblash quyidagi tartibda belgilanadi:
a) agar ijro hujjatida aliment pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada belgilangan boʻlsa — ijro hujjatida koʻrsatilgan summa har oylik alimentlar summasi sifatida belgilanadi;
b) agar ijro hujjatida alimentlar qarzdorning oylik ish haqi va (yoki) boshqa daromadiga nisbatan ulushlar hisobida belgilangan boʻlsa — oylik aliment summasi qarzdorning oxirgi oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadi ulushidan, biroq hisoblash vaqtida Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblab chiqiladi. Bunda, qarzdor ishsiz boʻlsa yoki oylik ish haqi va boshqa daromadi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim qilinmagan taqdirda, tegishli ulush hisoblash vaqtida Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Har oylik alimentlar summasini hisoblashda, alimentlar summasi har bir bola uchun alimentni hisoblash vaqtida qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 26,50 foizidan kam boʻlmasligi kerak.
(16-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
17. Oldindan toʻlash belgilangan alimentlar summasini hisoblashda qoʻllanadigan koeffitsiyent hisoblash vaqtidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalash stavkasini inobatga olgan holda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
st — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank tomonidan belgilangan qayta moliyalash stavkasi.
18. Alimentlarni oldindan toʻlashda yillar soni, alimentlarning oldindan toʻlanadigan oxirgi oyi belgilangan yildan oldindan toʻlanadigan birinchi oyi belgilangan yilni ayirish orqali aniqlanadi (masalan, alimentlarni oldindan toʻlash muddati 2018-yil noyabr oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar boʻlsa, yillar soni 2025 — 2018=7 tarzidagi formula asosida amalga oshiriladi).
19. Davlat ijrochisining oldindan toʻlash belgilangan alimentlar summasini hisoblash toʻgʻrisidagi qarori va aliment boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani olganidan soʻng, qarzdor sudga ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini alimentlarni oldindan toʻlashga oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.
20. Qarzdorning ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini alimentlarni oldindan toʻlashga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizasi sud tomonidan qarorlarni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish boʻyicha fuqarolik protsessual qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
21. Ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini alimentlarni oldindan toʻlashga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etish asoslari:
a) ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan, arizaga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar mavjud emasligi yoki ularning ushbu Nizom talablariga muvofiq emasligi;
b) ushbu Nizomning 14-bandi uchinchi xatboshida nazarda tutilgan alimentlarni oldindan toʻlash belgilangan aliment summasi toʻlovining amal qilish muddati oʻtib ketganligi;
v) alimentlar boʻyicha toʻlanmagan qarzdorlikning mavjudligi;
g) alimentlarni oldindan toʻlash voyaga yetmagan bolalarning qonuniy huquq va manfaatlari jiddiy buzilishiga yoxud taʼminot sharoiti yomonlashuviga olib kelishi mumkin deb hisoblash uchun asoslar mavjudligi;
d) alimentlarni umumiy tartibda toʻlashga toʻsqinlik qiladigan obyektiv holatlarning mavjud emasligi;
e) qarzdor alimentlarni oldindan toʻlash imkoniyatidan, aliment majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki umumiy tartibda toʻlanishi lozim boʻlgan aliment summasini kam toʻlash maqsadida foydalanayotgan deb hisoblash uchun asoslarning mavjudligi;
j) qonunchilikda belgilangan boshqa asoslar mavjudligi.
22. Arizani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha alimentlarni oldindan toʻlash yoʻli bilan ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizani rad etish yoki qanoatlantirish toʻgʻrisida ajrim qabul qilinadi.
Alimentlarni oldindan toʻlash yoʻli bilan ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi shart:
oldindan toʻlanadigan aliment summasi;
oldindan toʻlanadigan alimentlar davri, ushbu davrning boshlanish va yakunlanishi oyi va yili;
alimentlar summasi toʻliq toʻlanishi lozim boʻlgan muddat.
Agar qarzdor oʻz arizasida alimentlarni oldindan toʻlash hisobiga undiruvchiga mol-mulk berish orqali ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirishni soʻragan boʻlsa, ajrimda shuningdek quyidagilar koʻrsatiladi:
mol-mulkning nomi, joylashgan joyi, qiymati va mazkur mol-mulkni aniqlash imkonini beradigan boshqa maʼlumotlar;
mol-mulkni undiruvchiga oʻtkazib berilishi lozim boʻlgan muddat.
23. Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishida boʻlgan ijro hujjati boʻyicha qabul qilingan ajrimga, ijro hujjati berish talab etilmaydi.
24. Davlat ijrochisi alimentlarni muayyan davr uchun oldindan toʻlash yoʻli bilan ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ajrimni qabul qilib olganda, shuningdek, mazkur ajrimda koʻrsatilgan alimentlar summasi toʻliq toʻlangandan soʻng, qarzdor va uning mol-mulkiga belgilangan barcha cheklovlarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni bekor qiladi.
Alimentlarni oldindan toʻlash uchun undiruvchiga muayyan mol-mulkni oʻtkazib berish yoʻli bilan qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilish faqat mol-mulkni topshirish va qabul qilish dalolatnomasiga asosan, shuningdek:
koʻchmas mulkni oʻtkazishda — mulkka boʻlgan egalik huquqi undiruvchi nomiga davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasiga;
avtotransport vositasi yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi (hisobga turishi) lozim boʻlgan boshqa mulklarni oʻtkazishda — avtotransport vositasi yoki boshqa mulkni undiruvchi nomiga davlat roʻyxatidan oʻtganligi (hisobga turganligi) toʻgʻrisidagi hujjat nusxasiga;
qimmatli qogʻozlar oʻtkazishda — qimmatli qogʻozlar undiruvchi nomiga roʻyxatdan (hisobiga) oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjatga asosan amalga oshiriladi.
Agar qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash sud hujjatiga asosan qoʻyilgan boʻlsa, cheklashni bekor qilish sud tomonidan amalga oshiriladi.
25. Alimentlarni oldindan toʻlash bolalar voyaga yetgunga qadar amalga oshirilgan taqdirda, mazkur ijro hujjati boʻyicha ijro ishini yuritish tamomlanmaydi.
Mazkur holatda alimentlar oldindan toʻlangan davr mobaynida ijro hujjati boʻyicha majburiy ijro harakatlari amalga oshirilmaydi.
Alimentlar oldindan toʻlangan davr yakunlanganda, shuningdek, sudning ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibi bekor boʻlganda majburiy ijro choralari umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Agar oldindan toʻlanishi lozim boʻlgan alimentlar summasi sudning ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibi oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatilgan muddatda toʻliq toʻlanmagan taqdirda majburiy ijro choralari umumiy tartibda amalga oshiriladi.
26. Agar qarzdorning ish haqi yoki boshqa daromadi oldindan toʻlangan alimentlar summasiga nisbatan koʻproq miqdorda toʻlash imkonini bersa, undiruvchi alimentlar oldindan toʻlangan davr yakunlangunga qadar qarzdor uchun aliment majburiyatlarining umumiy tartibini belgilash toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Mazkur ariza sud tomonidan sud qarorlarini ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish boʻyicha belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Aliment majburiyatlarini umumiy tartibda belgilash toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilganda, oldindan toʻlangan aliment toʻlovlari qaytarilmaydi, umumiy tartibda toʻlanishi lozim boʻlgan aliment hisobiga oʻtkaziladi. Bunda davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro choralari umumiy tartibda qoʻllaniladi.
3-bob. Alimentlarni toʻlash majburiyatini garov bilan taʼminlash tartibi
27. Alimentlarni toʻlash majburiyatini garov bilan taʼminlash yoʻli bilan ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza qarzdor tomonidan ijro hujjatini bergan sudga taqdim qilinadi.
Agar aliment undiruvi notarial tasdiqlangan kelishuv boʻyicha amalga oshirilgan boʻlsa, ariza ijro ish yuritishni amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimi joylashgan hududdagi fuqarolik ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga beriladi.
28. Ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizada qarzdor aliment majburiyatlarini umumiy tartibda bajarish uchun toʻsqinlik qiladigan obyektiv holatlarni koʻrsatadi (boshqa mamlakatga tashrif buyurish toʻgʻrisida taklifnoma, boshqa mamlakatda ishga tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq va h.k.).
Arizaga mazkur Nizom talablariga rioya qilgan holda tuzilgan garov shartnomasi, shuningdek, Byuro tomonidan aliment toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma ilova qilinishi shart.
Zarurat boʻlganda, arizaga qarzdor aliment majburiyatlarini umumiy tartibda bajarishi uchun toʻsqinlik qiladigan obyektiv holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
29. Garov shartnomasi qarzdor va undiruvchi oʻrtasida aliment toʻlash majburiyatini garov bilan taʼminlash va aliment majburiyatlari ikki oydan ortiq muddat davomida bajarilmagan taqdirda undiruvchiga undiruvni garov predmetiga qaratish huquqini berish uchun tuziladi.
Bunda, garov shartnomasida qarzdorning (garovga qoʻyuvchining) amalga oshirgan aliment toʻlovlari boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda har oyda davlat ijrochisini xabardor qilish majburiyati koʻrsatilishi shart.
Garov shartnomasi ushbu Nizomdagi ilovada keltirilgan namunaviy shaklga muvofiq tuziladi.
30. Har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar) garov predmeti boʻlishi mumkin, muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaxsi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan talablar, xususan, hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablar, alimentlar toʻgʻrisidagi talablar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man etilgan boshqa talablar bundan mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 52-moddasiga asosan undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk garov predmeti boʻla olmaydi.
31. Aliment toʻlash majburiyatini garov bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi garov shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanadi.
Garov huquqi shartnoma notarial tasdiqlangan paytdan boshlab, majburiy roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlsa — roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Agar garov predmeti qonun boʻyicha yoki shartnomaga muvofiq garovga qoʻyuvchida saqlanishi lozim boʻlsa, garov huquqi garov predmeti topshirilgan paytda vujudga keladi, agar topshirish shartnoma tuzishdan oldin amalga oshirilgan boʻlsa — notarial tasdiqlangan (roʻyxatdan oʻtkazilgan) paytdan boshlab vujudga keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Aliment toʻlash majburiyatini garov bilan taʼminlashda garov qiymati qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan kam boʻlmasligi lozim.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-noyabrdagi PF-196-sonli “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Garov predmeti qiymati taraflar kelishuviga binoan aniqlanadi.
Taraflar kelishuviga asosan garov predmeti qiymatini baholash tegishli baholash tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
33. Aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash uchun garovga qoʻyilgan mol-mulkning, qayta garovga qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, mazkur masala garov shartnomasida aks ettiriladi.
34. Aliment toʻlovlaridan qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani olish uchun qarzdor ijro ishi yuritishni amalga oshirayotgan Byuroning tuman (shahar) boʻlimiga ariza bilan (shu jumladan, elektron pochta orqali) murojaat qiladi.
Arizaga avvalgi davrlar uchun toʻlangan (ushlab qolingan) aliment miqdorlari, shuningdek, oylik ish haqi va boshqa daromadlarni, shu jumladan chet elda olingan daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
35. Qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani berish toʻgʻrisidagi ariza mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
36. Qarzdorning ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini aliment toʻlash majburiyatini garov bilan taʼminlashga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizasi sud tomonidan qarorlarni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish boʻyicha fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 19-bobi.
37. Ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini aliment toʻlash majburiyatini garov bilan taʼminlashga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etish asoslari quyidagilar hisoblanadi:
a) mazkur Nizomning 28-bandidagi arizaga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlarning yoʻqligi yoki ularning mazkur Nizom talablariga muvofiq emasligi;
b) aliment toʻlovlari boʻyicha toʻlanmagan qarzdorlikning mavjudligi;
v) aliment toʻlash majburiyatini garov bilan taʼminlash voyaga yetmagan bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlari jiddiy buzilishiga yoxud ularning taʼminot sharoitlari yomonlashuviga olib kelishi mumkin deb hisoblash uchun asoslarning mavjudligi;
g) umumiy tartibda aliment toʻlashga toʻsqinlik qiladigan obyektiv holatlarning mavjud emasligi;
d) qarzdor aliment toʻlash majburiyatini garov bilan taʼminlash imkoniyatidan aliment majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki umumiy tartibda toʻlanishi lozim boʻlgan aliment summasini kam toʻlash maqsadida foydalanayapti deb hisoblash uchun asoslar mavjudligi;
e) qonunchilikda belgilangan boshqa asoslarning mavjudligi.
38. Aliment toʻlash majburiyatini garov bilan taʼminlash boʻyicha ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan uni rad etish yoki qanoatlantirish toʻgʻrisida ajrim qabul qilinadi.
Aliment toʻlash majburiyatini garov bilan taʼminlash boʻyicha ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi shart:
aliment toʻlash majburiyatini garov bilan taʼminlashga ruxsat berish, shuningdek aliment majburiyatlari ikki oydan ortiq muddat davomida bajarilmagan taqdirda garov predmetiga qaratish talabi;
garov tariqasida topshirilayotgan mol-mulkning nomi, alohida xususiyatlari, soni va qiymati, joylashgan joyi;
garov shartnomasida qarzdorning amalga oshirilgan aliment toʻlovlari boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda har oyda davlat ijrochisini xabardor qilish majburiyati;
aliment majburiyatlarini bajarishning boshqa shartlari.
39. Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishida boʻlgan ijro hujjati boʻyicha qabul qilingan ajrimga ijro hujjati berish talab etilmaydi.
40. Davlat ijrochisi ijro hujjati ijrosi usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ajrimni olgandan soʻng, qarzdorga nisbatan qoʻllanilgan barcha cheklovlarni, shu jumladan qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni bekor qiladi.
41. Ijro hujjati ijrosi usuli va tartibini aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash boʻyicha garov bilan oʻzgartirish toʻgʻrisidagi sudning ajrimiga asosan qarzdorga aliment toʻlovlarini ixtiyoriy toʻlash imkoniyati berilib, majburiy ijro choralari qoʻllanilmaydi.
42. Qarzdor tomonidan ketma-ket ikki oy davomida aliment toʻlovlari toʻlanmagan taqdirda, davlat ijrochisi undiruvni garov predmetiga qaratish choralarini koʻradi. Shuningdek, aliment toʻlovlarini toʻliq toʻlamaslik ham toʻlanmagan aliment hisoblanadi.
Garov predmetini sotuvga chiqarishning boshlangʻich bahosi ijro hujjati ijro usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi sudning ajrimida koʻrsatilgan qiymat bilan belgilanadi.
43. Sudning ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibi oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ajrimi bekor qilingan taqdirda keyingi majburiy ijro choralari umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Bunda garov shartnomasi taraflar kelishuvi yoki qonunchilikda belgilangan asoslarga koʻra sud qaroriga asosan tugatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Garov toʻgʻrisida”gi Qonuni.
44. Undiruvni garov predmetiga qaratish natijasida kelib tushgan mablagʻlar, Byuroning tegishli tuman (shahar) boʻlimi depozit hisobraqamiga oʻtkaziladi, mazkur mablagʻ hisobidan oyma-oy aliment toʻlovlari amalga oshiriladi.
Farzandlar voyaga yetguniga qadar toʻlangan aliment toʻlovlaridan ortgan qismi qarzdorga qaytariladi.
45. Garov predmeti sotilmaganda va garovga oluvchi qarz hisobiga garov predmetini oʻziga olishni rad etganda garov shartnomasi tugatiladi.
Bunda davlat ijrochisi aliment boʻyicha qarzdorlikni qarzdorga tegishli boshqa mol-mulki hisobidan undirish choralarini koʻradi.
4-bob. Yakunlovchi qoida
46. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 474-moddasi.
Alimentni oldindan toʻlash, shuningdek aliment toʻlovi majburiyatlarini taʼminlash uchun garov shartnomasini tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Garov predmetini garovga oluvchida qoldirgan holdagi garov toʻgʻrisida
NAMUNAVIY SHARTNOMA
Oldingi tahrirga qarang.

_________________________ ___________‎ ‎

____________________‎201__ yil “_____” ___________ ‎

(shartnoma tuzilgan joy) _____________

‎‎_________________________________________________________________________________________ nomidan‎

‎‎(garov predmetini topshiruvchining toʻliq nomi yoki F.I.O.)‎

_______________________________________________________________________________ asosan‎‎‎
________________________________________________________________ Garovga qoʻyuvchi va Garovga
oluvchi __________________________________________________________________________________________
‎‎ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:‎

‎‎‎UMUMIY QOIDALAR

‎1. Garovga qoʻyuvchi garov sifatida Garovga oluvchiga garov sifatida: ‎‎‎‎

______________________________________________________________________________________________________________________________________
‎(nomi, shaxsiy belgilari, soni va
‎ _____________________________________________________________________________________________________________________________________
‎garov sifatida berilayotgan transport vositalari va mahsulotlar narxi. ______________________________________________________________________________________________________________________________________
Agar ilovasi boʻlsa koʻrsatiladi.) ‎‎‎

2. Garov predmeti Garovga qoʻyuvchining aliment toʻlovlari boʻyicha majburiyatlari bilan taʼminlanib ________________________________________________________________________________________________

(talab qilinadigan summa son va soʻzlarda yoziladi,

________________________________________________________________________________________________
‎garov bilan taʼminlangan) ‎‎‎

3. Garov predmeti__________________________________________________________________________________‎

(garov predmeti joylashgan joy koʻrsatiladi)‎

4. Garov bilan taʼminlangan majburiyatlarning amal qilishi aliment pullari ikki oy davomida toʻlanmaganda, jumladan belgilangan tartibda aliment toʻlovlari toʻgʻrisida davlat ijrochisi xabardor qilinmaganda tugaydi. ‎‎‎
‎‎5. Oʻzbekiston Respublikasining “Garov toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq garovning qonuniy topshirilishiga Garovga qoʻyuvchi javobgar hisoblanadi. ‎

TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI‎‎‎

6. Garovga qoʻyuvchi quyidagilarga majbur:
‎a) garovga qoʻyilgan mol-mulkning yoʻqolishidan, yengib boʻlmas kuch oqibatida yuz bergan xavf yoki ofat sababli yetishmasligi yoki shikastlanishidan, garovga qoʻyuvchining davlat organlari tomonidan xoʻjalik faoliyatini tugatish yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi hujjatlar qabul qilinishidan yoki noqulay taʼsir qiluvchi (garov predmeti musodara qilinishi, garov predmeti rekvizitsiyasi)dan, shuningdek, bankrot deb hisoblash yoxud oʻzini toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilishdan garov predmetining toʻla qiymati boʻyicha oʻz hisobidan sugʻurtalash;
‎g) garov predmetini boshqa garov uchun oʻtkazmaslik;
‎d) har oylik aliment toʻlovlari toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda davlat ijrochisini xabardor qilish;
‎e) garov predmetini saqlash uchun zarur choralar koʻrish;
‎j) agar garov predmeti Garovga oluvchining aybi boʻlmagani holda yoʻqolgan boʻlsa, Garovga oluvchining roziligi bilan garov predmetini qiymati teng boshqa mol-mulkka almashtirish.
‎7. Garovga predmetining huquqlari:
‎a) garov narsasi bilan taʼminlangan majburiyatlarini muddatidan oldin bajarish;
‎b) garov majburiyatlari boʻyicha u realizatsiya qilingunga qadar istalgan vaqtda sud qarori yoki notariusning ijro xatiga asosan garov predmetiga qaratilgan undiruvni tugatish.
‎8. Garovga oluvchining huquqlari:
‎a) garov bilan taʼminlangan majburiyatlar muddatida bajarilmaganda garov predmetiga undiruvni qaratish;
‎b) Garovga qoʻyuvchi ushbu shartnoma 6-bandining, “d”, “e” va “j” - kichik bandlarida koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarma olmagan taqdirda, muddatidan oldin garov predmetini undiruvga qaratish;
‎‎‎v) garov predmeti hisobidan oʻz talablarini toʻla qanoatlantirish;
‎g) Garovga qoʻyuvchining garov bilan taʼminlangan barcha majburiyatlari boʻyicha boshlanishidan ijro boʻlguniga qadar garovni saqlash;
‎d) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq undiruv qaratilgan garov predmetini realizatsiya qilish;
‎e) garov predmeti realizatsiyasi orqali topshirilgan pullar boʻyicha aliment toʻlovlarini qabul qilish;
‎j) garov predmeti realizatsiyasi orqali topshirilgan pul miqdori uning talablarini toʻliq qondirish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, yetmagan pul miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Garovga qoʻyuvchidan undirish;
‎z) garov predmetini uning miqdori, holati va saqlash sharoitlarini hujjatlar orqali tekshirish;
‎i) Garovga qoʻyuvchidan garov predmetini saqlash uchun zarur choralar koʻrishni talab qilish;
‎k) Garov predmeti yoʻqolishi yoki shikastlanishini xavfini bartaraf etishni talab qilish;
‎l) agar garov predmeti garovga oluvchining aybi boʻlmagani holda yoʻqolgan va garovga qoʻyuvchi uni tiklamagan yoki garovga oluvchining roziligi bilan qiymati teng boshqa mol-mulkka almashtirmagan boʻlsa, garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini talab qilish.
9. Ushbu shartnomadagi tomonlarning boshqa huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi.
‎10. Ushbu shartnoma bilan tartibga solinmagan qoidalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining “Garov toʻgʻrisida”gi
Qonuni tatbiq etiladi. ‎‎‎

‎‎TOMONLARNING MANZILI VA REKVIZITLARI‎


‎Garovga oluvchi:‎


‎Garovga qoʻyuvchi:‎

___________________________________

___________________________________

(Garovga oluvchining F.I.O.) ‎

(Garovga qoʻyuvchining F.I.O.)‎

___________________________________

___________________________________ ‎ ‎

manzili
‎_______________________________ _______________________________ _______________________________

‎__________________________________
‎(imzosi) ‎

manzili
‎ ‎_______________________________ _______________________________ _______________________________

‎__________________________________
‎ ‎(imzosi) ‎ ‎

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2018-y., 09/18/808/2015-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)